DUNYO OKEANLARI VA UNING QISMLARI
KURS ISHI
Mundarija
I. KIRISH
1. Dunyo okeani va uning qismlari haqida umumiy maʼlumot
2. Dunyo okeanlarining ôrganilish tarixi
3.Yer yuzida joylashgan okeanlarga umumiy taʼrif
4. Dunyo okeanlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni muhofaza
qilish
II. XULOSA
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tabiiy geograflar uzoq vaqtlardan beri
materiklarni tadqiq etish bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lsalarda. Dunyo okeani
tabiatini okeanshunos olimlar shug‘ullanishi kerak degan fikrda bo‘lishgan. Shuning
uchun okeanlar tabiatini tadqiq etish va ularni tavsif etish va ularni tavsiflash va
tabiiy geografik rayonlashtirishga nisbatan ancha orqada qolgan.
Dunyo okeanini tadqiq etish vazifasini okeanologik fanlar emas, balki tabiiy
geografiya fani hal etishi lozim. Yer kurrasini materiklar va okeanlardan tarkib
topganligiga hamda ularning doimiy ravishdagi o‘zaro aloqadorligiga asoslanib
geografik fanlar tizimida materiklar tabiiy geografiyasi qanday rivojlangan bo‘lsa,
okeanlar tabiiy geografiyasi ham shu darajada rivojlangan bo‘lishi kerak.
Okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsadi geografik qobiqning katta
qismini tashkil etgan okeanosferada vujudga keladigan umumiy geografik, global
qonuniyatlarni, komponentlarning tabiiy geografik farqlanishlarini, akvatoriyaning
va okean tubining zonal, vertikal hamda provinsial differensiatsiyalanish
qouniyatlarini namoyon bo‘lishini kompleks tadqiq etishdir. K.K.Markov iborasi
3
bilan aytganda okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy ilmiy vazifasi okean
to‘g‘risidagi bilimlarni sintez qilishdan iboratdir.
Okeanlar tabiiy geografiyasida tabiiy akvatorial komplekslarni har tomonlama
mukammal o‘rganish, ularning geografik muhitini himoya qilish, okeanlarda
ekologik muvozanatni saqlash, dunyo okeani resurslaridan maqsadga muvofiq
foydalanish, biomassalarning hosildorligini oshirish, okean havo massalarining
materiklarga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil qilish va ular asosida tabiiy geografik
bashoratlar berish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan. O.K.Leontevning fikriga ko‘ra
okeanlar tabiiy geografiyasi fan sifatida endigina shakllanib va rivojlanib kelayotgan
yosh fan hisoblanadi. Dunyo okeanini tadqiq etish geograflarning asosiy vazifasiga
kiradi. Okeanlar tabiiy geografiyasisiz geografiya fani o‘zining sayyoraviy, global
miqyosdagi
xarakteriga
ega
bo‘la
olmaydi.
Binobarin,
okeanlar
tabiiy
geografiyasining asosiy maqsadi okeanshunoslar erishgan yutuqlardan keng
foydalanib, okean va dengizlarni kompleks tadqiq etishning geografik asoslarini
ishlab chiqish, akvatorial landshaftlar tizimini turli miqyosda xaritalashtirish, har xil
maqsadlar uchun tabiiy geografik rayonlashtirish, ekologik o‘zgarishlar to‘g‘risida
bashoratlar berish kabilardan iborat.
Kurs ishining maqsadi: Dunyo okeani. Kosmik, iqlimiy, biologik
resurslarning ahamiyati, ularning turlari xalq xo’jaligidagi o’rnini ochib berish.
Davlatlar misolida bu resurslarning tarqalishini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Dunyo okeanlari haqida maʼlumotlar toʻplash
2. Dunyo okeanlarining inson hayotidagi oʻrnini aniqlash
3. Dunyo okeanlarini muhofaza qilish chora tadbirlari.
Kurs ishining obyekti: Dunyo okeanlari va ularning qismlarini o' rganilish
jarayoni.
4
Kurs ishining predmeti: Boshlangʻich taʼlimda tabiiy fanlarni oʻqitish
jarayonida dunyo okeanlari haqida maʼlumotlar.
Kurs ishining hajmi: Mazkur kurs ishi 32 betdan iborat bo’lib, Kirish 9ta
punkt, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.
1. Dunyo okeanlari va ularning qismlari haqida umumiy maʼlumot
Planetamizdagi
suv
qobig‘i
gidrosfera
deb
aytiladi.
Gidrosferaga
planetamizdagi hamma suvlar - okean, dengiz, daryo, ko‘l, muz, botqoq, ko'llar,
tuproq suvlarini tashkil qiladi. Gidrosferada suvning miqdori 1 mlrd 454,5 mln
km.kub boʻlib, shundan 1 mlrd 370 mln km kub okean va dengizlarga, 60,0 mln
km.kub yer osti suvlariga, 24 mln km.kub muzlar va qorlarga, 750 ming km.kub
koʻllarga, 75 ming km.kub tuproq suvlariga, 1,2 ming km.kub daryo suvlariga
qolgani esa atmosfera va tirik organizm tarkibidagi suvlarga to‘g‘ri keladi.
Gidrosferadagi suvning 97,20 %i sho‘r faqat 2.80 %i chuchuk suvdir.
Chuchuk suvning asosiy qismi muzliklar suvi qolgani daryo, kóllar va yer osti suvi
bir oz qismi atmosferadagi suvdir. Gidrosferadagi suv doimo bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tib harakat qilib yuradi. Gidrosferadagi suv quyoshdan kelayotgan
issiqlikni oʻzida toʻplovchi yoki bir akkumulator vazifasini bajaradi. Suv quruqlikka
nisbatan issiqlikni 25 - 30 % yutadi.
Dunyo okeanining eng katta qismini Tinch okeani tashkil etadi. U Amerika,
Osiyo, Avstraliya hamda Antraktida orasida joylashib, maydoni 179.7 mln.kv.km bu
esa butun yer yuzasi hududining 30%, dunyo okeani maydonining esa 50% iga teng.
Shu sababdan ba’zan Tinch okean ulug‘ okean deb ham yuritiladi. Tinch okeanining
5
suv hajmi 724mln. km, o‘rtacha chuqurligi esa 4028 m. Ba’zi yerlarda suvning
chuqurligi 7-11 km ga yetadi. Alevut botig‘i 7822 m, Kuril-Kamchatka botig‘i 9717
m, Filippin botig‘i 10497 m, Marina botig‘i 11022 m, va h.k. Marina botig‘i Tinch
okeanidagina emas, balki dunyo okeanida ham eng chuqur joy hisoblanadi. Atlantika
okeani kattaligi va chuqurligi jihatidan Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinda
turadi. U Amerika qit’asi bilan Yevropa va Afrika materigi orasida <<S>> harfi
shaklida joylashgan. Uning maydoni 93.3 mln kv.km, suv hajmi 350 mln. km.
Okeanining o‘rtacha chuqurligi 3332 m, eng chuqur yeri Braunsen (Puerto-Riko
oroli yaqinida) botig‘i 9428 m. Atlantika okeani shimolda Grenlandiya va Islandiya
orollari, Sharqda Yevropa hamda Afrika, g’arbda Shimol va Janubiy Amerika,
Janubda Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shimoldan Janubga 15 ming
kilometr, enining eng uzun joyi 2830 kilometr (ekvator yaqinida). Maydoni
dengizlari bilan birgalikda 91140,8 ming kilometr kvadrat, suvining o’rtacha hajmi
337541 ming kilometr kub (dengizlarsiz maydoni 82441,5 ming kilometr kvadrat,
o’rtacha chuqurligi 3926 metr va suv hajmi 323613 ming kilometr kub). Atlantika
okeani orollarining ko’pchiligi materikdan ajralib chiqqan bo’lib, qirg’oqlar
yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, katta Antil va qisman kichik
Antil orollari, Kanar, yashil burun, Folklend orollari va boshqalar). Okeanning ichki
qismida Orol kam. Borlari ham vulkan orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-
Kunya va boshqalar). Hind okeani. Osiyo Afrika va Avstraliya materiklari orasida
joylashgan. Maydoni 75 mln km. bo‘lib, dunyo okeani umumiy suv zapasining 4.4%
shu okeanda. Chuqurligi va kattaligi jihatidan 3-o‘rinda bo‘lib, eng chuqur yeri Yava
oroli yaqinida 7450 m ga yetadi. Maydoni jihatidan eng kichik va eng sayoz shimoliy
muz okeanidir. Uning maydoni 13.1 mln.km bo‘lib, Dunyo okeani suv zaxirasining
bir foizi shu okeanda. Bu okean ancha sovuq joyda joylashganligi sababli suvi uncha
sho‘r emas, yilning uzoq vaqti muz bilan qoplanib yotadi. Shimoliy muz okeani
nisbatan sayoz bo‘lib, eng chuqur yeri 5449 m ga yetadi.Okeanlar orasidagi chegara
6
shartli bo‘lib, quruqliklar bir-biriga yaqin bo‘lgan joylardan o‘tkaziladi. Tinch
okeani bilan Atlantika okeani orasidagi chegara Gorn bumi (olovli yer Oroli) dan
Greyam yeri oroli (Antraktida) gacha o‘tkaziladi. Tinch okean bilan Hind okeani
orasidagi chegara Vilyams yeri (Antraktida 70* janubiy kenglik va 163* sharqiy
uzunlik) dan Tasmaniya oroli orqali o‘tqaziladi. Atlantika okeani bilan Shimoliy
Muz okeani orasidagi chegara Shimoliy Amerikadan 32* parallel bo‘lib Grenlandiya
oroliga, Grelandiya orolidan 65* Shimoliy kenglikdan Skandinaviya yarim orolining
59* Shimoli kenglikgacha boradi. Atlantika okeani bilan Hind okeani orasidagi
chegara Antraktidadagi Lars Yeri (68*janubiy kenglik, 69*sharqiy uzunlik) dan
Kergelen oroli orqali Afrikaning janubiy-sharqiy qirg‘og‘igacha boradi.Okean
suvining sho‘rligi va undagi gazlar. Dunyo okeani massasining 96.5 foizi suvdan,
qolgani esa erigan har xil tuzlardan, gazlardan va mayda zarrachalardan iborat.
Okean suvida erigan holda bo‘lgan hamma kimyoviy elementlar bo‘lib, ulaming
ko‘pchiligi tuzlardir. Tuzlar ichida eng ko‘pi natriy xlor (NaCl-77.9 foizi), magniy
xlor (MgCl-10.9 foiz). Shuningdek, okean suvida oltin, kumush, mis, fosfor, yod
kabi moddalar ham mavjud. Okeanlardagi mineral moddalaming miqdori 5.10 tonna
boʻlib , butun okean suvi massasining 3.5 foizini tashkil etadi. Okean suvida erigan
holdagi minerallar ichida eng ko‘pi tuzlardir. Agar bu tuzlami yer shari yuzasiga
yotqizilsa, qalinligi 45 m tuz qatlami vujudga kelar edi. Okean suvida minerallar
erigan holda boʻlsa sho‘rligi deb aytiladi. Okean suvining sho‘rligi promille (%)
bilan belgilanadi.Okeanlarda suvning o‘rtacha sho‘rligi 35%. Lekin suvning
sho‘rligi okeanlarning turli qisimlarida turlichadir. Yer sharining ekvator atrofidagi
joylarida suvning sho‘rligi 34%. Chunki bu yerlarga yogʻin ko‘p tushadi.
Okeanlaming 20* bilan 30*grafik kengliklar orasida, ya’ni subtropik mintaqada
joylashgan suvlarda sho‘rlik 36-37% ga teng. Bu joylarda harorat yuqori, yogʻin
kam. Mo‘tadil va sovuq mintaqalarda okean suvining sho‘rligi 30 - 32 %. Chunki bu
mintaqalarda quyosh issiqligi va yorugiigi kamayadi , yogʻin ko‘p daryolar ko‘plab
7
chuchuk suv keltiradi.Okeanlar bilan tutashib turgan tashqi dengizlaming sho‘rligi
30 - 32 foiz boʻlsada, lekin materik ichkarisidagi dengizlaming sho‘rligi okean
sho‘rligidan ancha past. Yarim tashqi dengiz hisoblangan Oxoto dengizining
sho‘rligi 32% Yapon dengiziniki 33% boisa ichki dengiz hisoblangan Qora
dengizning sho‘rligi 14 - 30 %. Baltika dengiziniki 8 - 12 %. Baltika dengizining
ko‘plab chuchuk daryo suvi quyiladigan Botnik qoʻltigʻida sho‘rlik 3% dir. Lekin
yoz issiq bóladigan hududlardagi ba’zi ichki dengizlar chunonchi qizil dengizda
suvning sho‘rligi 41 % ga yetadi. Okean va dengiz suvlari tarkibida har xil tuzlardan
tashqari yana erigan holda azot, karbonat angidrid ,vodorod sulfid ,ammiak, metan
va boshqa gazlar ham bo‘ladi. Dengiz suvida atmosferadagiga nisbatan kislorodning
miqdori (35 %) ortiq. Bu esa dengiz hayvonlari uchun juda qulaydir. Gaz issiq
suvdagiga nisbatan sovuq suvda ko‘p. Sho‘rligi 35% bo‘lgan okean suvining bir
litrida 0 temperaturada 8,5 sm kub, 30 temperaturada esa 4,5 sm kub hajmdagi erigan
gaz bo‘ladi. Okean suvi tarkibidagi gazlar har xil yo‘llar bilan vujudga kelgan. Agar
azot atmosferadan suvga o‘tgan bo‘lsa, kislorod suvga ham atmosferadan o‘tadi ham
suvning o‘zida fotosintez yo‘li bilan vujudga keladi. Karbonat angidrid esa
vulqonlaming otilishidan, atmosferadan va jonivorlar tufayli vujudga keladi.
Kislorod sovuq suvda issiq suvdagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. 100-300 m
chuqurlikdagi 1 litr dengiz suvida 5 sm kub dan (0 kenglikda) 8 sm kub gacha (50
kenglikda) hajmda kislorod mavjud. Korbanat angidrid ham kislorod singari sovuq
suvda ko‘p bo‘ladi. Chunki issiq suvda u atmosferaga tarqalsa, sovuq suv uni ko‘plab
yutadi. Okean suvining 1 litrida 45 - 50 sm kub hajmda karbonat angidrid mavjud.
8
2. Dunyo okeanlarining ôrganilish tarixi
Buyuk geografik kashfiyotlar davri (XV asrning ikkinchi yarmi — XVII
asrning birinchi yarmi)dan boshlanadi. Bu davrda X.Kolumb, J.Kabot, Vasko da
Gama, A.Vespuchchi, F.Magellan, F.Dreyk, V.Yanszon, A.Tasman va boshqalar
dunyo okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qilishgan. Shu bilan birga, oqimlar,
materik va orollar, quruqlik qirg‘oqlari, suvning sho‘rligi, harorati, hayvonot olami
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar. XVII-XIX asrlarda okeanni tadqiq
etish ilmiy yondashuv asosida olib borildi. Jumladan, J.Kuk, I.F.Kruzenshtern va
Y.V.Lisyanskiy, F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev, S.O.Makarov, „Chellenjer"
kemasi a’zolari Dunyo okeani geografiyasi uchun eng zarur ma’lumotlar to‘pladi.
Masalan, „Chellenjer" ekspeditsiyasi natijalari okeanografiya faniga asos soldi.
XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib, Dunyo okeanini xalqaro
hamkorlik asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 1920-yildan keyin okean suvlari
chuqurlik bo‘yicha o‘rganila boshlandi. 1960-yilda fransuz Jan Pikar Mariana
cho‘kmasini zabt etdi. Endilikda kemalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan
jihozlandi, kosmik kemalardan olingan tasvirlar tahlil qilinmoqda.
Tinch okeani : Birinchi bo‘lib ispaniyalik V.Balboa 1513-yilda Panama
bo‘ynidan o‘tib, Tinch okeanni ko‘rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan.
F.Magellan 1520-1521- yillardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan.
Okean to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar F.Magellan va J.Kuk sayohatlari tufayli
to‘plangan. V.Bering va A.I.Chirikovlar 1741-yilda okeanning shimoliy qismini
o‘rganishdi. I.F.Kruzenshtern, Y.V.Lisyanskiy, S.O.Makarov „Vityaz" kemasida va
Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot ishlari olib bordilar. Hozirgi
vaqtda Tinch okeanni o‘rganish yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar tuzilgan.
Atlantika okeani: Insoniyatga qadim zamondan ma’lum bo’lgan: miloddan
1200 yil oldin finikiyaliklar, 300 — 100 yil oldin rimliklar Atlantika okeanining
Yevropa va shimoliy Afrika qirg’oqlariga yaqin qismlarida, 9 — 10 – asrlarda
9
slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15 – asrda ispan va portugal
dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yo’llarini qidirib, Atlantika
okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash
(1487), X. Kolumb (1492 -1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vasko da
Gama (1498) sayohatlari alohida o’rin tutadi. 1520 yil F. Magellan dunyo bo’ylab
sayohat qilganda Atlantika okeanidan o’tgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev
(1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va boshqalarning sayohatlari
ham Atlantika okeani haqida ma’lumot berdi. Atlantika okeanini o’rganishda
xalqaro geofizika yili davrida o’tkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Shundan so’ng Atlantika okeanini bir qancha
mamlakatlarning olimlari hamkorlikda o’rgana boshladilar. Atlantika okeani
hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro
ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Frantsiya, Niderlandiya, Braziliya,
Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan o’rganilmoqda.
Hind okeani: Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va
Hind okeanida suzishgan (er. av. IV-V asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av.VI
asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib
kelganlar. Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII — XII asrlarda) Hind
okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni
atroflicha o‘rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi (1498-
y.). Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Тasman (1642-1643) g‘arbdan sharq tomonga
(Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, J.Kuk (1771-1775) okean chuqurligini
aniqladi. Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi.
„Chellenjer" kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960-1965-yillarda tashkil
etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal
ilmiy ma’lumotlar to‘pladi.
10
Shimoliy muz okeani: Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650 yilda
golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o‘sha davrda Giperborey
okeani deb atalgan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz
okeani deb atadi.
3. Yer yuzida joylashgan okeanlarga umumiy taʼrif
Tinch okeani: Okeanlar ichida eng keksa va eng kattasi. Eng issig‘i, „olovli
halqa" si mavjud, biomassaga eng boy. Baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli
shamol, baland to‘lqin, suv tubi vulqonlari bo‘yicha dunyo okeanidabirinchi o‘rinda.
11
Geografik o‘rni. Tinch okean Dunyo okeani maydonining yarmini va Yer
yuzining 1/3 qismidan ortig‘ini egallagan. Bu okean kattaligi sababli Ulug‘ okean
deb ham ataladi. Okeanni beshta materik chegaralab turadi. Uni shimoli-sharqda
Shimoliy Amerika, janubi-sharqda Janubiy Amerika, janubda Antarktida, janubi-
g‘arbda Avstraliya, shimoli-g‘arbda Yevrosiyo materiklari o‘rab olgan. Shimoldan
janubga qarab qariyb 12 ming km va g‘arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km
masofaga cho‘zilgan. Eng keng joyi ekvatorda va uning atrofida. Maydoni 180 mln
kv.km.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean botig‘i eng keksa va
Yer po‘stining juda katta maydonini egallaydi. Shunga asoslanib, mustaqil litosfera
plitasi tariqasida ajratilgan. Ayni paytda Tinch okean litosfera plitasi o‘rta okean
tizmasi zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng serharakat plita
ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm dan katta (Atlas, 4-5-betlar).
Shuning uchun ham bu „olovli halqa" da kuchli va halokatli zilzilalar, vulqon
harakatlari takrorlanib turadi. Tinch okeanda mineral boyliklar juda ko‘p.
Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Bu yerda
dengiz sayozligi kam, 1,7 % maydonni egallaydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota,
Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlarida mavjud. Materik yonbag‘irlari tik zinapoyalar
hosil qiladi. Okean tubi 62,6 % maydonni egallagan. Bu yerda tog‘ tizmalari,
cho‘kmalar, tekisliklar, botiqlar ko‘p tarqalgan. Тinch okeanda minglab kilometr
masofaga cho‘zilib yotgan eng chuqur cho‘kmalar ham bor. Bular Mariana (11 022
m), Тonga (10 882 m), Kermadek (10 047 m), Kuril-Kamchatka (9 783 m),
Filiрpin, Peru, Chili va boshqa cho‘kmalardir. Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km
dan ortiq bo‘lgan 35 ta botiqdan 25 tasining chuqurligi 10 km dan ortiq bo‘lgan 5 ta
botiqning barchasi shu okeanda joylashgan.
Iqlimi. Тinch okean eng issiq okean bo‘lib, yuzasidagi suvning harorati
ekvatordan ikkala qutb tomon kamayib boradi. Ekvatorial mintaqalarda suv
12
yuzasining harorati yil davomida 28-29 °C, Bering dengizida 2-7 °C, janubiy
yarimsharning o‘rta kengliklarida 12-15 °C atrofida o‘zgaradi. O‘rtacha yillik
yog‘in miqdori ekvator atrofida 3 000 mm bo‘lsa, mo‘tadil kengliklarning g‘arbida
1 000 mm va sharqida 2 000-3 000 mm, subtropikning sharqida esa 100-200 mm
atrofida yog‘in yog‘adi. Okean suvining eng sho‘r qismi tropiklarga to‘g‘ri keladi
(36 ‰). Eng chekka shimoliy va janubiy qismlarida sho‘rlik ancha pasayadi
(32 ‰).
Okeanning g‘arbiy qismidagi tropik kengliklarda kuchli shamollar —
tayfunlar (xitoycha „tay fin" — katta shamol) esib turadi. Tayfunlarning tezligi
soatiga 30-50, ba’zan 100 km gacha boradi va katta to‘lqinlarni yuzaga keltiradi.
Oqimlari.Tinch okean g‘arbdan sharqqa tomon uzoq masofaga
cho‘zilganligi sababli unda geografik kenglik bo‘ylab, harakat qiladigan oqimlar
ko‘p. Bu oqimlar okeanda issiqlikning qayta taqsimlanishiga va quruqlik iqlimiga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Organik dunyosi. Тinch okean organizmlarning turli-tumanligiga ko‘ra
birinchi o‘rinda turadi. Dunyo okeanidagi tirik organizmlarning yarmi shu okeanga
to‘g‘ri keladi. Okeanning shimoliy qismida losossimon baliqlarning 95 % i
yashaydi. Boshqa okeanlarga nisbatan hayvonlar turi 3-4 baravar ko‘p. Тridakna
nomli eng yirik molluskalarning og‘irligi 30 kg ga boradi. Sovuq va mo‘tadil
mintaqalarda, ayniqsa, janubiy kengliklarda uzunligi 200 m bo‘lgan gigant suv
o‘simliklari o‘sadi.
Тabiat mintaqalari. Тinch okeanda barcha tabiat mintaqalari (shimoliy qutbiy
mintaqadan tashqari) mavjud. Shimoldan janubga tomon subarktika, mo‘tadil,
subtropik, tropik, ekvatorial tabiat mintaqalari tarkib topgan. Ular janubiy
yarimsharda yana takrorlanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati. Okean sohillari va orollarida o‘nlab
mamlakatlar joylashgan bo‘lib, dunyo aholisining yarmi shu joyda yashaydi.
13
Insonlar qadimdan okean hayvonlaridan oziq-ovqat mahsuloti tariqasida foydalanib
kelganlar. Hozirgi paytda Dunyo okeanida ovlanadigan baliqlarning yarmi Тinch
okeanga to‘g‘ri keladi. Тurli molluskalar, qisqichbaqalar, krevetkalar, krillar ham
ko‘p ovlanadi.
Ôsimliklar va hayvonot dunyosi: Tinch okeanining flora va faunasi juda
boy. Ummonda 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ziyod fitoplankton turi
mavjudligi ma’lum. Shelf zonasida turli-tuman qo‘ng‘ir, fukus, laminar suvo‘tlar,
mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa
organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan.
Baliqlarning tropiklarda 2000 ming turi, mo‘’tadil kengliklarda 800 turi mavjud.
Shimoliy mo'ʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sut emizuvchilardan dengiz
mushugi, kit, shuningdek, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa,
boshoyoqli mollyuskalar juda ko‘p. Ma’lumki, dengiz tubida zilzila sodir
bo‘lganda ulkan to‘lqinlar – sunami yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar gohida 16 ming
kilometr masofani egallaydi. Ochiq dengizda ularning balandligi katta bo‘lmasa-da,
ko‘lami ulkan bo‘ladi. Lekin quruqlikka yaqinlashgan sayin, ayniqsa, tor
qo‘ltiqlarda, ularning balandligi 50 metrgacha yetishi mumkin. Lekin tsunami
bo‘lmagan paytlarda ham okean suvining sathi bir maromda bo‘lmaydi. Suv sathi
ko‘tarilishi yarim sutkada (Alyaska qo‘ltig‘ida 5,4 metr, Oxota dengizida 12,9
metr), Solomon orollari atrofida har sutkada takrorlanadi (balandligi 2,5 metr).
Okeanda doimiy va suzib yuruvchi muzlar bo‘lib, ular asosan yuqori janubiy
kengliklarda joylashgan.
Tuganmas javohirlar ummoni : Tinch okeni jahon iqtisodiyoti va xo‘jaligi
sohalarida g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Okean va dengiz atrofida yashovchi
aholining asosiy daromadi, qolaversa, butun turmush tarzi va hatto an’analari ham
ana shu suv havzalari bilan uzviy bog‘liq. Mana bir misol, dunyo bo‘yicha
tutiladigan baliqlar va ishlab chiqarilayotgan dengiz mahsulotlarining deyarli 60
14
foizi Tinch okeani hissasiga to‘g‘ri keladi. Baliqchilarning asosiy ovi
losossimonlar, treskasimonlar, seldsimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz
olabug‘asi, tunetslar va kambalasimonlardir. Lekin har joyning o‘z tosh-tarozisi
mavjud. Tinch okeanida baliq ovlash bo‘yicha tuzilgan bir necha xalqaro
konventsiyalar shundan dalolat beradi. Ular okeanning biologik boyliklaridan
oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan. Ertaklardan ma’lumki, ummon
shoxlari juda badavlat bo‘lgan. Buni cho‘pchak deganlar esa adashadi. Masalan,
Alyaskaning sohil bo‘yi dengiz qismi oltin va platinaga nihoyatda boy.
Shuningdek, okeanning shimoliy kenglik va g‘arbiy uzunliklarida 3000 metr
chuqurlikda temir-marganets konkretsiyalarning yirik konlari bor. Okeandagi 120
dan ortiq neft va gaz konlari tadqiq etilib, ulardan 70 foizi ishga tushirilgan.
Bugun…. Tinch okeani orqali to‘rt materikni bog‘lab turuvchi eng muhim
dengiz va havo yo‘llari o‘tgan. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya),
Shanxay (Xitoy), Singapur (Singapur), Sidney (Avstraliya), Vankuver (Kanada),
San-Frantsisko (AQSh), Uasko (Chili). Tinch okeani tashiladigan yuklar hajmi va
ularning o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. Eng muhim transport yo‘llari
AQSh va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bog‘laydi.
Yana bir muhim ma’lumot, Tinch okeani orqali 1800 meridian bo‘yicha
vaqt o‘zgarishi chizig‘i o‘tgan. Shu sababli ham diyorimizda soat kunduzgi to‘qqiz
bo‘lganda, Shimoliy Amerika qit’asida soat kechki 11 lar atrofida bo‘ladi.
Atlantika okeani : Yer sharida kattaligi jihatidan tinch okeandan keyin 2-
o’rinda turadigan okean.
Relefi va geologik tuzilishi — Atlantika okeani tubidagi ulkan O’rta
Atlantika tizmasi okeanni g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’lib turadi. Bu tizmadan
G’arb va Sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklar bor.
Balandliklar g’arbda Labrador, shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va
boshqa soyliklarni; Sharqda G’arbiy Yevropa, shimoliy Afrika, Gvineya, Angola,
15
Kap, Agulyas soyliklarini; Janubda Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu
soyliklarning chuqurligi 3000 metrdan 7200 — 7300 metrgacha. Eng chuqur joylari
8385 metr, 8428 metr. Suv osti tog’larining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan
ko’tarilib turadi. Okean tubidagi cho’kindilarning qalinligi ba’zi joylarda 800 —
1000 metrga yetadi. Tub jinslar materik yon bag’irlarida chiqib qolgan. Chunonchi
O’rta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi. Atlantika
okeani meridian bo’ylab katta masofada cho’zilganligidan okean yuzasida iqlim
sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan
subarktika iqlim mintaqasigacha va Janubda Antarktika iqlim mintaqasigacha
bo’lgan iqlim mintaqalarini o’z ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi,
ya’ni 40° shimoliy qutb bilan 40° janubiy qutb orasi ekvatorial, tropik va subtropik
iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera
minimumlari, shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosfera maksimumlari
vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari ta’sirida o’rtacha kengliklarda kuchli
g’arbiy shamollar, shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik
kengliklarda esa shimoliy-sharqiy va janubiy- sharqiy (passat) shamollar hosil
bo’ladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining janubiy yarim shardagi o’rtacha
kengliklarida esadi. Shimoliy tropik kengliklarda iyundan oktabrgacha davom
etadigan kuchli bo’ronlar bo’lib turadi. Havo temperaturasi qishda, Fevralda
(Atlantika okeanining Janubiy qismida esa avgustda) ekvatorda 25° bo’lsa, 60°
shimoliy qutbda 0°, 60° janubiy qutbda — 8 dan -10° gacha bo’ladi. Atlantika
okeanining chekka shimoliy g’arbi va Janubda temperatura — 25° va undan pastga
tushadi. Yozda, ya’ni avgust oyida esa (Atlantika okeanining Janubiy qismida
Fevral oyida) temperatura ekvatorda 26 — 28° bo’lsa, 60° shimoliy qutbda 8 —
12° va 60° janubiy qutbda 0 — 2° bo’ladi. Atlantika okeanining gidrologik rejimi
iqlim sharoitlari ta’sirida, qo’shni okeanlar hamda O’rta dengiz suvlari bilan
16
almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi qurukliklar ta’sirida vujudga
keladi.
Atlantika oqimi g’arbiy va shimoliy tarmoqlarga bo’linib ketadi. Oqimlar
okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir.
Atlantika okeanining 30° shimoliy qutb bilan 30° janubiy qutb orasidagi yuzasi
quyosh energiyasini ko’proq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiqlik
atmosferaga o’tib turadi. Iliq va sovuq oqimlar ta’sirida suvning temperaturasi
kenglik zonalarida katta farq qiladi. 30° shimoliy qutbdan shimolda, g’arbda
temperatura sharqdagiga nisbatan 10° past bo’ladi. 30° shimoliy qutb bilan 40°
janubiy qutb orasida esa aksincha, bu yerda g’arbda temperatura Sharqdagiga
nisbatan 5° yuqori. Suvning sho’rligi suv balansiga bog’liqdir, yiliga okean
yuzasidan 1040 millimetr suv bug’lanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780
millimetr yog’in yog’adi va quruqlikdan 200 millimetr yog’inga teng hajmda suv
keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 — 1660 millimetr suv
bug’lanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 millimetr, 60° shimoliy qutbda 780
millimetr, 60° janubiy qutbda esa atigi 320 millimetr suv bug’lanadi. Ekvatorga eng
ko’p yiliga 1770 millimetr yog’in yog’adi, 20° shimoliy qutbda esa 640 millimetr,
20° janubiy qutbda 270 millimetr yog’in yog’adi. O’rtacha kengliklarda esa yog’in
miqdori yiliga 1100 — 1200 millimetrga yetadi. Fandi qo’ltig’ida suv ko’tarilishi
18 metrga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland ko’tariladigan joy yo’q.
Atlantika okeanining o’rta qismida suv ko’tarilishi 1 metrga yaqin, qolgan joylarida
0,5 dan 2,2 metrgacha. Ko’plab muz va aysberglar okeanning o’rta qismiga
Shimoliy muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan
o’rtacha chegarasi taxminan 40° shimoliy qutbdan o’tadi. Ayrim hollarda Atlantika
okeanining janub qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi
yaqinida hosil bo’ladi. Noyabr – dekabr oylarida aysberglar ayniqsa ko’payadi va
17
okeanning o’rta qismida 40° janubiy qutbda, g’arbiy va sharqiy qismlarida esa 35°
janubiy qutbda ko’plab aysberglar uchraydi.
Atlantika okeani o’simlik dunyosi juda xilma-xil. 100 metrgacha chuqur
bo’lgan qismi (okean tubining 2%) suv tubi o’simliklari (fitobentos) qo’ng’ir,
yashil va qizil suvo’tlardan, shuningdek sho’r suvda o’sa oladigan gulli o’simliklar
(filospadiks, zootera, poseydoniya) dan iborat. Atlantika okeanining 20° shimoliy
qutb bilan 40° shimoliy qutb orasida. Bu dengizda sargass deb ataladigan qo’ng’ir
suvo’tlar nihoyatda ko’p. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100
metrli ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 — 50 metrli ustki qismida esa
ayniqsa ko’p. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvo’tlardan iborat. 1 metr kub
suvda 1 milligrammdan 100 milligrammgacha fitoplankton bor. Atlantika
okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari
xilma-xil bo’la boradi. Sovuq va mo’tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi
bo’lsa, tropik kengliklarda o’nlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va mo’tadil
mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld,
treskasimonlar, olabug’asimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida
kurak oyokdi qisqichbakasimonlar va ba’zan qanot oyoqli mollyuskalar
ko’pchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, ya’ni sovuq va
mo’tadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar,
dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va boshqalar) xos. Atlantika okeanining
tropik qismida kashalot, dengiz toshbaqalari, qisqichbaqasimonlar, akulalar,
ucharbaliklar, krablar, marjonpoliplari, stsifoid meduzalar, sifonoforalar,
radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar,
marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz hayvonlaridan
iborat.
Atlantika okeani muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Atlantika
okeaniga dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 60%, baliq ovlashning 40%
18
to’g’ri keladi. Suyuq yoqilg’i va metallurgiya xom ashyolari ayniqsa ko’p tashiladi.
Atlantika okeani orqali o’tgan dengiz va havo yo’llari bir qitani ikkinchisi bilan
bog’laydi. Trans-Atlantika havo yo’llarining ko’p qismi shimoliy Atlantika orqali
o’tadi va Yevropadagi London, Parij, Amsterdam va boshqa poytaxt shaharlarni
AQSh va Kanada shaharlari bilan bog’laydi. Yevropa bilan Janubiy Amerika
orasida ham aviatrassa bor. Dunyodagi eng katta portlarning ko’pchiligi Atlantika
okeani havzasida joylashgan.
Mineral va energetika resurslari. Atlantika okeani mineral xom ashyo
zaxiralariga boy. Meksika va Biskay qo’ltig’i, Karib va O’rta dengizlari materik
sayozligidan neft qazib olinadi. Meksika qo’ltig’idan — oltingugurt, Nyufaunlend
qo’ltig’idan temir rudasi, Janubiy Afrika qirg’oqlari yaqinidan olmos va boshqa
foydali qazilmalar olinadi.
Hind okeani: Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta
suvosti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi
janubiy yarimsharda joylashgan. O'simlik va hayvonlar eng kam tarqalgan. Eng
uzun bo‘g‘izi bor. Neft va gaz zaxirasi qazib olinadi. Tashiladigan neft hajmi
bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi
hisoblanadi. Geografik o‘rni. „Hind" so‘zi sanskritcha daryo degan ma’noni
anglatadi. Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida)
oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan.
Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76
mln kv.km.
Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘ linib ketgan
tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston, G‘arbiy Hind tog‘lari va
Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir. Okeanning sharqiy qismida Markaziy va
G‘arbiy Avstraliya botiqlari mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi ajratib
turadi. Tog‘ tizmalarining kengligi 400-800 km, balandligi 2-3 km. Hind
19
okeanining eng chuqur joyi Yava (Zond) cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7729 m ga
teng.
Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25
+28 °C, janubida esa ancha past. Suvining sho‘rligi dunyo okeani o‘rtacha
sho‘rligidan yuqori. Qizil dengiz suvi eng sho‘r (42 %), sho‘rligi eng past
Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34 %) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada
ko‘p (3000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog‘in shimoli-
g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda subtropik, tropik,
subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil,
subantarktika va antarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida planktonlar ko‘p.
Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan
sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz
ilonlari, molluskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, marjon riflari
atrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda haqiqiy suvosti o‘tloqlarini
uchratish mumkin.
Okeanning tabiat mintaqalari. Okeanning ekvatorial mintaqasida iqlim
sharoiti yil davomida kam o‘zgaradi. Yuzadagi suv harorati 20-28 °C. Yillik
yog‘ingarchilik miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi. Shunga mos tabiat
kompleksi shakllangan. Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik kompleksni —
iliq va sovuq suv massalaridan tashkil topgan tabiat komplekslarini ko‘ramiz.
Mintaqaning g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik ko‘p (1000 mm), iliq oqimlar
ta’sirida bo‘lganligidan yil davomida suvi iliq, harorati ancha yuqori bo‘ladi.
Sharqiy qismida esa sovuq oqimlar ta’sirida yil davomida suvning harorati past
bo‘ladi, yog‘in kam (500 mm) yog‘adi. Okeanning janubida mo‘tadil va
subantarktika tabiat mintaqalari joylashgan. Ular tabiatining shakllanishida g‘arbiy