Efferent va afferent asab uchlariga ta’sir qiluvchi moddalar farmakologiyasi
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
36,2 KB
Efferent va afferent asab uchlariga ta’sir qiluvchi moddalar farmakologiyasi
Reja:
1. Xolinergik moddalar
2. Adrenolitik moddalar
3. Gangliyalarni stimullovchi moddalar. Mioreleksant moddalar
4. Afferent nervlarning faoliyatini kuchaytiruvchi (qo‘zg‘atuvchi) dorilar:
ta’sirlovchi moddalar
Tayanch tushunchalar:
► Vegetotrop moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati.
► Xolinomimetik moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati.
► Antixolinesteraz moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati.
► Xolinolitik moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.S.Azizova « Asosiy adabiyotlar:
2. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
3.. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar»
Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent
1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Zooveterinariya” jurnali, Toshkent
Vegetotrop moddalarga qisqacha xarakteristika
Ma’lumki, periferik nerv sistemasi ikki qismdan iborat :
1. Efferent nerv uchlari.
2. Afferent nerv uchlari.
Efferent (vegetativ) nerv sistema organizmda ichki organlarni, qon va limfa
tomirlarni, ichki va tashqi sekretsiya bezlarini, silliq va kundalang-targ‘il
muskullarni boshqaradi va xayvonlar organizmi bioximik protsesslariga murakkab
ta’sir qo‘rsatadi. Bu sistema xam ikkita bo‘limdan iborat: parasimpatik va simpatik
bo‘limlar. Ushbu bo‘limlar faoliyati bosh miya pustlog‘i boshqaruvida bo‘ladi.
Vegetativ nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib, gangliyalar xosil qiladi. Bular
pre - va postgangliyalarga bo‘linadi. Impulslar pregangliya toladan postgangliya
tolaga, ulardan ichki organlardagi retseptorlarga ximiyaviy moddalar – mediatorlar
orqali o‘tkaziladi.
Farmakologiyada vegetativ nervlarning uchlarida ajraladigan mediatorlarni
xisobga olib, xolinergitiklar – mediator – atsetilxolin – va adrenergitiklar – mediator
– adrenalin bo‘lish qabul qilingan.
Xolinergitik nervlarga postganglionar parasimpatik tolalar, skelet muskullarini
xarakatlantiruvchi tolalar, preganglionar parasimpatik va simpatik tolalar kiradi.
Xolinergitik
nervlardan
impulslarni
kabul
kiluvchi
to‘qimalar
–
xolinoretseptorlar, adrenergitik nervlarni – adrenoretseptorlar deyiladi. SHuning
uchun bu sistemalarga ta’sir etuvchi moddalar
1. Xolinergetik moddalar
2. Adrenergitik moddalarga bo‘linadi.
Xolinoretseptorlarning farmakologik moddalarga nisbatan sezuvchanligi xar xil
bo‘ladi. Ular:
1. N – xolinoretseptorlar, nikotin sezuvchi
2. M – xolinoretseptorlar, muskarin sezuvchilarga bulinadi.
N – xolinoretseptorlar simpatik va parasimpatik nerv tugunlarida, buyrak usti
bezining xromaffin to‘qimalarida, skelet muskullarida, MNS ning bosh miya
po‘stlog‘ida va orqa miyada joylashgan.
M – xolinoretseptorlar postganglionar parasimpatik tolalar joylashgan
to‘qimalarda (Yurak, oshqozon, ichaklar, bronxlar, bachadon muskullarida, ko‘z,
oshqozon – ichak kanali bezlarida) joylashgan.
Adrenoretseptorlarning xam ikki xil turi bor:
1. α – adrenoretseptorlar bachadon, qon – tomirlar va boshqalar silliq muskulida
joylashgan.
2. β – adrenoretseptorlar skelet va Yurak muskullarida, bronx va ichaklarda
joylashgan.
Farmakalogik moddalar xolinoretseptorlar va adrenoretseptorlarni qo‘zg‘ashi
yoki susaytirishi mumkin.
1. Xolinomimetiklar – qo‘zg‘atuvchi
2. Xolinolitik – susaytiruvchi
3. Adrenomimetik – qo‘zg‘atuvchi
4. Adrenolitik – susaytiruvchi
M – xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi moddalar
Bu guruxga kiruvchi preparatlar asosan postganglionar xolinergitik
sistemaga ta’sir qo‘rsatadi va qo‘yidagi guruxlari mavjud:
1. Xolinomimetiklar.
2. Antixolinesteraz moddalar.
3. Xolinolitiklar.
1- va 2- gurux preparatlari xolinergitik sistemani aktivlashtiradi, 3- gurux
preparatlari esa bu sistemani blokada kiladi.
Xolinomimetik va antixolinesteraz moddalar bir-biriga uxshash xolinergitik
innervatsiyani
aktivlashtiruvchi
o‘zgarishlar
chaqiradi.
Jumladan,
hazm
sistemasining sekretor va qisqarish funksiyasini birdan aktivlashtirib yuboradi, ichak
bezlari sekretsiyasi 2-8 marta, oshqozonda 3-12, sulak bezlari 3-20 marta
qo‘chayadi, bu xolat o‘txo‘r xayvonlarda kuchli, go‘shtxo‘rlarda sust namoyon
bo‘ladi. Hazm organlari sekretsiyasini oshirish, ovqat xazm qilishni yaxshilash
maqsadida qo‘llash qiyin, lekin bezlar bilan zaxarlarni va ozuqalarni xazm yo‘lidan
chiqarishda yordam beradi.
Bu moddalar oshqozon va ichaklar peristaltikasini ham tez aktivlashti-radi.
Bu holat 10- 20 minut davom etadi va oshqozon, ichaklarni tezakdan tez tozalaydi.
Lekin o‘txo‘r xayvonlarda bu juda xavfli, chunki ichaklarni yorib yuborishi mumkin.
SHuning uchun bu dorilarni belgilangan dozada bo‘lib- bo‘lib yuborish (drob. doza)
tavsiya etiladi.
Nafas organlarida sekretsiya qo‘chayadi va muskullar qisqarishi tezlashadi.
Yurak ishini vaqtinchalik susaytirishi mumkin. Katta dozalarda mayda kapilyarlar
kengayib, qon bosimi pasayishi mumkin. Eng ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlardan
biri, bu ko‘z qorachig‘ining torayishi, ko‘z ichki bosimining pasayishi. Bunda
xayvon yaqinni ko‘rib, uzoqni ko‘ra olmaydi.
Ushbu guruxga kiruvchi dorilar xolinergik sistemani sezilarli darajada
aktivlashtirib, shu innervatsiyaga ega boshqa fiziologik sistemalarda ham murakkab
o‘zgarishlar chaqiradi. Lekin hamma preparatlar bir xil ta’sir etmaydi, shuning
uchun har biri har xil maqsadlarda qo‘llaniladi.
Xolinomimetik moddalar.
Bu guruxga tabiiy xolinomimetik – atsetilxolin, uning stabillashgan
preparati – karboxolin hamda atsetilxolin hosil bo‘lishini aktivlashtiruvchi moddalar
– arekolin, piloxarbin, atseklidin va tenzamonlar kiradi.
1. Karboxolin – oq, kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Karboxolin xolinergetik innervatsiyaning tipik mimetik dorisi, xuddi
atsetilxolin kabi ta’sir etadi, lekin atsetilxolinesteraza uni sekin parchalaydi va
organizmda 40-80 minut ta’sir etadi.
Uning ta’sirida so‘lak bezlari sekretsiyasi 3-5 min. dan keyin birdan
tezlashib, 6-16 barobar ko‘payadi va 30-40 min davom etadi. Oshqozon shirasi
miqdori xam 30-70 min davomida bir necha marta ko‘payadi.
Karboxolin qoramol va qo‘y – echkilarda oshqozon va ichaklar motorikasini
kichik dozalarda aktivlashtiradi, doza qo‘chaytirilsa katta qorin muskul devori
tonusini kuchaytiradi. Karboxolin so‘lak, oshqozon, ichak va bronxlardagi bezlar
sekretsiyasini kuchaytiradi, oshqozon va barcha ichaklar peristaltikasi qo‘chayadi.
Karboxolin xazm organlaridagi o‘zgarishlar bilan birga o‘pkadagi
qisqarishlarini ham kuchaytiradi, qon bosimini pasaytiradi, Yurak ishini dastlab
susaytiradi, keyin tiklaydi, ko‘z qorachig‘ini qisqartiradi.
Qo‘llash.
Qoramollar
atoniyasida,
otlar
va
qoramollar
revmatik
sanchiqlarida, ichaklar atoniyasida, bachadon atoniyasida. Go‘shtxo‘r xayvonlar ich
qotishida hamda ginekologik kasalliklarda.
2. Arekolin – alkaloid, Filippin mamlakatida o‘sadigan Palma urug‘idan
hamda sintetik yo‘l bilan olinadi, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Arekolin M-xolinoreaktiv qo‘zg‘atadi, kuchli o‘zgarish hazm yo‘lida
ko‘zatiladi, oshqozon, ichaklar va bachadon muskullari tonusini kuchaytiradi: ter,
so‘lak, bronxial va hazm yo‘li bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi va kuchli surgi
ta’sir etadi. Yurak ishini susaytiradi, ko‘z qorachig‘i kichrayadi. Ichaklarda
gelmentlarni o‘ldiradi. Ta’siri 15-20 minutdan keyin boshlanadi va 1-3 soat davom
etadi.
Qo‘llash. Hayvonlarda surgi dori sifatida, otlarda oyoq bo‘g‘imlari revmatik
yallig‘lanishida, bosh miya shishida, itlarda ichak sestodozlarida antigelmentik
sifatida.
Antixolinesteraz moddalar.
1. Fizostigmin salitsilat – alkoloid, rangsiz kristall, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Xolinergik innervatsiyani aktivlashtiradi, ya’ni atsetilxolineste-raza
fermentini buzib, atsetilxolin paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi.
Fizostigmin karboxolinga o‘xshash ta’sirga ega, lekin sekretsiyani kuchsiz
tezlatadi va organlar motorikasini qisqa aktivlashtiradi.u boshqa preparatlarga
qaraganda ko‘z qorachig‘ini kuchli qisqartiradi. Ta’siri 2-5 minutdan keyin
boshlanib, 20-30 minut davom etadi.
Qo‘llash. Oftalmalogiyada 0,5-1 % li eritmasi va surgi dori sifatida
qo‘llaniladi.
2. Prozerin – oq kristall poroshok, A ro‘yxatda.
Go‘shtxo‘r xayvonlarga kuchsiz, qoramol va otlarga kuchli ta’sirga ega.
Fizostigminga qaraganda prozerin xolinesteraza fermentini blokada qilib,
atsetilxolinning ko‘p miqdorda to‘planishiga sharoit yaratadi. To‘plangan
atsetilxolin xolinergik sistemani qo‘zg‘atadi, natijada oshqozon, ichaklar, bachadon,
bronxlar muskulaturasi qisqarishi kuchayadi, tonusi oshadi.
Qo‘llash. Kavshovchi hayvonlar atoniya va gipatoniyasida, katta qorin to‘lib
qolganda, katta qorin muskuli parezida, endometritda, yo‘ldosh ushlanib qolishida,
tug‘ishni stimullashda, bachadon tiklanishi tezlatishda, qo‘y va cho‘chqalar jinsiy
funksiyasini stimullashda.
Xolinolitiklar.
Bu moddalar xolinergitik sistemani blokada qiladi, falajlaydi, natijada
mediator atsetilxolin bu sistemaga ta’sir etmaydi. Bu guruxga kiruvchi moddalarni
nisbatan M–xolinoretseptorlarga va N–xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilarga
bo‘linadi.
M–xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilarga atropin guruxi kiradi.
N–xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilarga gangliyalarga ta’sir etuvchi va
kurarisimon moddalar.
Atropin sulfat. Atropin alkaloid, bangidevona, mingdevona, belladonna
o‘simliklaridan va sintetik yo‘l bilan olinadi. A ro‘yxatda. Xozirda atropin sulfat
holida qo‘llaniladi. U oq poroshok, suvda eriydi, poroshok yoki 0,1% li eritma holida
ishlab chiqariladi.
Ta’siri. M–xolinoreaktiv sistemani blokada qiladi, natijada bu sistemaning
atsetilxolin mediatoriga sezuvchanligi yo‘qoladi. Atropin ta’sirida silliq muskullar
spazmi bo‘shashadi, jumladan oshqozon, ichaklar, bronx, siydik yo‘llari, va
bachadon.
Oshqozon, ichak, so‘lak, ter, bronxial bezlar sekretsiyasi kamayadi yoki
to‘xtaydi, oshqozon va ichaklar matorikasi kamayadi.
Yurak qisqarishlari ritmi oshadi, qon bosimi oshadi, ko‘z qorachig‘i
kengayadi, hayvon uzoqni ko‘radi, yaqinni ko‘rmaydi, nafas olishni yaxshilaydi, gaz
almashinuvi kuchayadi.
Qo‘llash. Atropin xolinolitiklar va FOB bilan zaxarlanganda, nafas markazini
qo‘zg‘atish uchun narkotiklar bilan zaxarlanaganda; Yurak ishi va nafas susayganda;
silliq muskullar spazmini olish uchun oshqozon-ichak sanchig‘ida, ichaklarda
konkrement bo‘lganda, siydik yo‘li, bronxlar spazmida, qizilo‘ngachga yot narsalar
tiqilsa; ko‘z kasalliklari diagnostikasi va kosmetika maqsadlarida.
Atropin o‘ta zaxarli shuning uchun uni qo‘llashda ehtiyot bo‘lib, dozaga
e’tibor berish kerak.
Adrenomimetiklar.
Adrenomimetik moddalar–adrenolinga o‘xshash ta’sir qiladigan ximiyaviy
birikmalar. Ularga adrenalin, noradrenalin, mezaton, setanol, izadrin, efurinlar
kiradi. Bular hammasi adrenoreaktiv sistemalar bilan birga ta’sir ko‘rsatadilar,
natijada adrenergitik sinapslarni qo‘zg‘atadi. Adrenomimetiklar ichida adrenalin α-
va β- retseptorlarga bir xil; noradrenalin, mezaton, fetanol esa α- retseptorlarga
kuchliroq; izadrin esa β- retseptorlarga kuchliroq ta’sir etadi.
1. α- retseptorlar bachadon, qon–tomirlar, silliq muskullarda bo‘ladi.
2. β- retseptorlar skelet muskullarida, Yurak, bronx va ichaklarda bo‘ladi.
Veterinariyada
adrenomimetiklar
ko‘proq
tomirlarni
qisqartiruvchi,
bachadonga ta’sir etuvchi, Yurak faoliyatini aktivlashtiruvchi va qon bosimini
ko‘taruvchi sifatida ishlatiladi.
Adrenalin – buyrak usti bezi garmoni, qonga ajralib boshqa moddalar bilan
birga adrenergitik innervatsiya tonusini ushlab turadi. Adrenalinnig ajralish miqdori
ba’zan birdan ko‘payishi yoki birdan kamayishi mumkin bu o‘z navbatida hayvon
holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Simpatik nerv sistemasi aktivlashgan sharoitlarda,
og‘riqlarda, emotsional holatlarda, strixnin yoki nikotin ta’sirida, buyrak usti bezi
kichiklashganda adrenalin miqdori ko‘payadi.
MNS va simpatik innervatsiya susayganda adrenalin ajralishi pasayadi.
Hayvonlar organizmida adrenalin doim aminoksidaza fermenti yordamida
parchalanib turadi. Adrenalin davolash maqsadida buyrak usti bezidan va sintetik
olinadi va adrenalin gidrobromid qo‘llaniladi. U mayda kristall poroshok, suvda
yaxshi eriydi. Amaliyotda 0,18% li ofitsional eritma ishlatila-di. B ro‘yxatda.
Ta’siri. Adrenalin α- va β- adrenoretseptorlarga ta’sir etib, butun organizmda
adrenergetik nervlar ta’sirini kuchaytiradi, ayniqsa, bu narsa tomirlarda va Yurakda
yaqqol namoyon bo‘ladi.
1.Tomirlarga ta’siri maxalliy va rezorbtiv bo‘ladi. Maxalliy ta’sirida shilliq
pardalar oqaradi, agar kapilyarlardan qon oqsa to‘xtaydi. Teri ostiga yuborilsa
rezorbtiv ta’sir etib, tomirlarni toraytiradi. Bu holat 20-30 minut, ba’zan 2-3 soat
davom etadi. Adrenalinning bu ta’siri amaliyotda xirurgik operatsiyalarda qon
oqishini to‘xtatishda juda qo‘l keladi, ayniqsa mahalliy anesteziyalovchilar bilan
birga. Adrenalinning qon to‘xtatuvchi ta’siri shundan iboratki, bunda tomirlar yuzasi
qisqarib, tromblar xosil bo‘lishi faollashadi. Bu xolat mayda tomir va kapilyarlarga
taaluqli.
Adrenalin surilgandan keyin, adrenoreaktiv sistemalarga ta’sir etadi, shuning
uchun uning ta’siri turli organlar tomirlarida turli xil namoyon bo‘ladi. Masalan,
buyraklar tomiri avval qisqarib, keyin kengayadi, o‘pka va miya tomirlari kengayadi.
2. Adrenalin Yurakka ta’sir etib, Yurak qisqarishlari ritmini birdan oshiradi,
Yurak muskullarining qisqarish holati kuchayadi, impulslar o‘tkazish tezlashadi.
Agar adrenalin venaga yuborilsa, Yurak faoliyati tez o‘zgaradi. 2-3 minutdan
keyin Yurak urishlari tezlashadi. Teri ostiga yuborilsa bu holat 5-10 min. dan keyin
boshlanadi.
3. Adrenalin ta’sirida qon bosimi birdan ko‘tariladi, ichki organlar tomirlari
qisqarishi hisobiga.
4. Adrenalin bachadonda turli hayvonlarda turlicha ta’sir qiladi. Quyonlar
bachadoni qo‘zg‘aladi koramol, it va mushuk bachadonini qisqartiradi, bo‘g‘oz
bo‘lsa ta’sir etmaydi, bo‘g‘oz bo‘lmasa qo‘zg‘atadi.
5. Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi.
6. Bronxial bezlar va oshqozon–ichak bezlari sekretsiyasi susayadi, ter bezlari
kuchayadi, ichaklar muskulini bo‘shashtiradi, taloq muskullarini qisqartiradi.
Katta dozalarda hayvonlar uchun zaxarli. Avval Yurak qisqarishlari soni
oshib, shilliq pardalar oqaradi, keyin o‘pka shishi hosil bo‘ladi, so‘ngra Yurak urishi
susayadi qon bosimi pasayadi.
Qo‘llanishi. Qon to‘xtatuvchi vosita sifatida og‘iz, burun, bachadon,
oshqozondan qon ketganda; Yurak qon-tomir faoliyatini tiklash uchun kollapslarda
qon bosimini ko‘tarish uchun, Yurak to‘xtash xavfi bo‘lganda. Lekin qon bosimi
ko‘tarilganda qo‘llash ta’qiqlanadi.
Adrenalin venaga, muskul orasiga, teri ostiga yoki Yurakka to‘g‘ri yuboriladi.
Adrenolitiklar
Adrenolitik moddalar organizmda adrenoreaktiv sistemani blokada qiladi va
natijada simpatik nervlardan ishchi organlarga utadigan impluslarni utishiga
qarshilik qiladi.
Adrenolitik moddalar adrenolinga va uni ajralishiga ta’sir qilmaydi. Bu
moddalarni asosiy ta’siri tomirlarni kengaytiradi, bachadon taloq silliq muskullarni
bo‘shashtiradi qon bosimini pasaytiradi.
Preparatlar : fentolamin, tropafin, sporinya alkoloidlari,
Qo‘llanilishi: qon bosimi kutarilganda, bachadon kasalliklarida
Gangliyalarni stimullovchi moddalar.
Bu moddalar boshqacha N–xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi moddalar ham
deyiladi. N–xolinlretseptorlar simpatik va parasimpatik gangliyalarda, buyrak usti
bezi karatoid koptokchalarida, tomirlar xemoretseptorlarida va MNS. da joylashgan.
Amaliyotda N–xolinoretseptorlardan lobelin va sitizin qo‘llaniladi.
Lobelin lobeliya, sitizin esa rakitnik o‘simliklaridan olinadigan alkoloidlar.
Lobelin 1%li eritma holida, sitizin esa 0,15%li sititon holida qo‘llaniladi.
Bu preparatlar karatoid koptokchalardagi gangliyalarni qo‘zg‘atib, reflektor
yo‘l bilan uzunchoq miyadagi nafas va qon-tomirlar markazini qo‘zg‘atadi, natijada
nafas tezlashadi va chuqurlashadi, o‘pkada gaz almashinuvi oshadi, qon bosimi
ko‘tariladi, shu bilan birga bu moddalar simpatik nervlarni, N–xolinlretseptorlarni
qo‘zg‘atadi, simpatik nerv mediatri – noradrenalin ajralishi oshib, biroz qon bosimini
oshiradi.
Bu moddalar asosan nafas etishmovchiligida, nafas markazini falajlovchi
moddalar bilan zaharlanganda, SO2 bilan zaxarlanganda, yosh hayvonlar
asfiksiyasida, qon bosimini tiklashda vena yoki teri ostiga yuboriladi.
Gangliyalarni blokada qiluvchi moddalar.
Bu moddalar vegetativ gangliyalar sezuvchanlishini pasaytiradi va natijada
postgangliyalarga o‘tadigan impulslarni to‘xtatadi. Bu holatda vegetativ nervlarning
organizmning turli organ va sisiemalarini funksional holatiga ta’siri susayadi.
Gangliyalitiklar
meditsina
amaliyotida
keng
qo‘llaniladi,
lekin
veterinariyada ko‘p qo‘llanilmaydi. Ko‘proq pentamin, benzogeksoniy, paxikarpin,
sintamin va x.k qo‘llaniladi.
1. Pentamin – poroshok yoki 5%li eritma holida chiqariladi. U oshqozon,
ichaklar, tomir va bronxlar silliq muskullarini bo‘shashtiradi va turli spazmlar
muskul ichiga yoki venaga yuboriladi.
2.Paxikarpin – alkaloid, bachadon qisqarishi bo‘shashganda, tomirlar
spazmida, tug‘ishda yo‘ldosh ushlanib qolganda qo‘llaniladi.
Harakatlantiruvchi nervlar oxirlariga ta’sir etuvchi moddalar-
mioreleksantlar.
Bu moddalar Janubiy Afrika mamlakatlarida o‘sadigan o‘simliklardan olinadi.
Mahalliy aholi yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun kamon o‘qlarini zaxarlaganlar. Bu
zaxarlarga qurare deb nom berildi.
Qo‘llanganda
hayvon
harakatlana
olmaydi,
ya’ni
bu
moddalar
harakatlantiruvchi nervlar oxiridagi skelet muskullari N –xolinoretseptorlarni
falajlaydi, qo‘zg‘atuvchi nervdan impulslar o‘tolmay, muskullar bo‘shashadi –
relaksatsiya yuz beradi, lekin Yurak faoliyati, qon aylanishi hazm organlariga ta’siri
kuchsiz.
Preparatlari: Diplatsin, ditilen, mellektin, siklobutoni, kondelfin
Qo‘llash. Xirurgik operatsiyalarda muskul bo‘shatish uchun yovvoyi
hayvonlar diagnostikasi va davolash ishlarini bajarish uchun muskul ichiga
yuboriladi.
Gistaminga qarshi moddalar.
Gistamin – o‘simlik va hayvon to‘qimlarida keng tarqalgan, uning miqdori
autointoksikatsiyasida, toksimiya, meteorizmda birdan ko‘payadi. Natijada
hayvonlarga noxush ta’sir etadi – shilliq muskullar spazmi, kapillyarlar kengayadi,
oshqozon – ichak sistemasi sekretsiyasi qo‘chayadi, bachadon qisqaradi, shishlar
hosil bo‘ladi, teri sezuvchanligi oshadi. Bu holatlar allergiyada ham quzatiladi.
Uni organizmda gistaminaza parchalab turadi.
Qo‘llanishi. Veterinariyada gistaminga qarshi moddalar isitmada zardob
kasalliklarida, medikomentoz zaxarlanishlarda shishlarda va allergik kasalliklarda
qo‘llaniladi
Gistaminga qarshi moddalar: dimedrol, diazolin, diprozin, suprastin.
1. Dimedrol – dimedrolum oq kristall poroshok, suv va spirtda eriydi, B
ro‘yxatda. Aktiv gistaminga qarshi preparat. U silliq muskullar spazmini tez
yo‘qotadi, kapilyarlar funksional harakatini tiklaydi. Og‘riqni kamaytiradi va bir
vaqtning o‘zida nerv gangliyalarini blokada qilib, sezuvchan nervlarda
sezuvchanlikni
kamaytiradi,
adrenergitik
va
xolinergitik
sistemalar
qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. Bundan tashqari dimedrol ta’sirida hayvonlarda
sedativ – tinchlantiruvchi va uxlatuvchi holatlar ham qo‘zatiladi. Dimedrol turli
yallig‘lanishlarda, allergiyalarda, nur kasalliklarida qo‘llaniladi. Ukol, tabletka
holida.
2. Diazolin – oq, kristall poroshok, B ro‘yxatda. Dimedrol kabi ta’sirga ega,
allergiyaga qarshi ta’siri uziga xos lekin uxlatuvchi ta’siri sustroq. Ko‘pincha zardob
kasalida,
dermatozlarda,
krapivnitsada,
medikamentoz,
idiosinkraziyada
qo‘llaniladi. Og‘iz orqali.
Afferent nerv sistemalari ta’sir etuvchi moddalarga qisqacha
tavsifnoma
Bu nerv sistemasi reflektor yoyining asosiy qismi hisoblanadi. Bu bo‘lim
funksiyasi periferik retseptorlardan qo‘zg‘alishni M.N.S. ga o‘tkazish. Bunda
qo‘zg‘alish shilliq pardalarda, terida, muskullar, ichki organlar va qorinda
joylashgan maxsus retseptorlar-taktil, issiq, sovuq, og‘riq va boshqa nuqtalar orqali
markazga uzatiladi.
Afferent nervlarni qo‘zg‘alishi-og‘riq reflektor reaksiya chaqirishi, nafas
organlarni xarakatlantiruvchi, qustiruvchi va boshqa uzunchoq miyadagi
markazlarni qo‘zg‘ashi yoki susaytirishi, ba’zan shok va o‘lim holat keltirib
chiqarishi mumkin.
Boshqa tomondan, qon bilan etarli ta’minlanmaslik, shikastlanishlar,
sovuqqotish teskari natijaga olib kelishi ya’ni afferent nerv
lar
funksiyasini
susayishiga va ularni falajlanishga olib kelishi mumkin.
SHuning uchun bu nervlar tinchlantirish maqsadida turli dorilar qo‘llaniladi.
Bu moddalar 2 guruhga bo‘linadi:
I. Susaytiruvchilar
II. Qo‘zg‘atuvchilar.
1. Mahalliy anesteziyalovchi
1. Ammiak va birikmalar
2. Burishtiruvchilar
2. Terpenlar va efir moylar
3. Yumshatuvchilar
3. SHirin moddalar
4. SHilliq moddalar
4. Achchiq moddalar
5. Adsorbiyalovchilar
5. Surgi dorilar
6. O‘t haydovchilar
7. Qustiruvchi va balg‘am
ko‘chiruvchi moddalar
Afferent nerv oxirlarini qitiqlovchi moddalar.
Ammiak va uning unumlari
Ammiak (NH3)-ko‘plab organizm azot saqlovchi birikmalar parchalanishidan
hamda ammoniy tuzlarni ishqorlar bilan o‘zaro ta’siridan hosil bo‘ladi. U rangsiz
gaz bo‘lib, o‘tkir qitiqlovchi hidga ega. Amaliyotda ammiakni suvli eritmasi-nashatil
spirt qo‘llaniladi, tarkibida 10% NH3 caqlaydi. (NH4OH)
1.Nashatir spirti mahalliy kuchli qitiqlovchi, uzoq ta’sir ettirilsa to‘qimalarni
qo‘zg‘atuvchi ta’sir etadi. Teriga tekkanda u giperemiya, shish, og‘riq, sochlarni
to‘kilishi, ba’zan terida nekroz hosil qilishi mumkin. Shilliq pardalarga yana ham
kuchli ta’sir etadi. Kichik konsentratsiyalarda (0,1-0,3% li) u oshqozon ichak bezlari
sekretsiyasini kuchaytiradi, ishqor sifatida kislotalarni neytrallaydi.
Nashatir spirti bilan eksteroretseptorlar qitiqlansa reflektor yo‘l bilan ichki
organlar funksional holatini o‘zgarishga olib keladi. Masalan, qorin terisiga surtilsa
sanchiqlarda og‘riqni pasayishi, ingalyasiya qilinganda reflektor nafas olishni
kuchayishi va qon aylanishi yaxshilanishi kuzatiladi lekin katta dozalarda nafas
olishni to‘xtatadi.
Ammiak organizmga so‘rilgach markaziy nerv sistemasini reflektor
qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi va o‘pka, bronxial bezlar bilan ajralib balg‘am
ko‘chiruvchi ta’sir etadi.
Qo‘llash. Navshatir spirti tashqi tomonga oshqozon- ichak va bo‘g‘imlar
yallig‘lanishlarda og‘riqlarni reflektor ravishda qoldiruvchi vosita sifatida, og‘iz
orqali hazm organlari motorikasi va sekretsiyasini aktivlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, u nafas olish susayganda ingalyasiya yo‘li bilan markaziy
nerv sistemasini reflektor qo‘zg‘atish uchun qo‘llaniladi.
2. Ammoniy xlorid (NH4Cl) – oq poroshok suvda yaxshi eriydi u to‘qima
suyuqliklarida parchalanib, ammiak mochivina va boshqa moddalarga aylanadi va
qitiqlovchi dezinfeksiyalovchi ta’sir etadi, ayniqsa bu holat bronxial bezlarda yuz
beradi. Shuning uchun samarali balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida yo‘tal bilan
kechadigan barcha nafas organlari kasalliklarida.