EKINLARNI RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

30,2 KB


 
1 
 
 
 
 
 
EKINLARNING RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish prognozlash 
tartibini o‘rganish. 
Topshiriqlar: 
1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish; 
2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish; 
3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish. 
  
Kerakli materiallar va asboblar: bir yillik va ko‘p yillik havo haroratlari, 
namligi haqidagi ma’lumotlar, o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talablari haqida 
ma’lumotlar va jadvallar, ish daftari, ob-havo haqidagi max’ulotlar va. h. 
 
1.1. Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha  
Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning muhim 
turlaridan bir  ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan 
ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir. 
Agrometeorologik stansiyalarda ekinlarning issiqlik va namlik bilan 
ta’minlanishi o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib 
boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘la 
foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay ob-havo 
sharoitidan, suvsizlikdan, haroratlar yig‘indisining yetishmasligi yoki aksincha 
haroratning yuqori (ortiqcha) bo‘lishini oldini olish choralarini ko‘rish imkonini 
beradi. 
Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qullaniladigan statistik 
usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarni agrometeorologik omillarga 
bog‘liqligiga asoslangan. Keyingi yillarda dinamik modellarga asoslangan 
1 EKINLARNING RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish prognozlash tartibini o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish; 3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish. Kerakli materiallar va asboblar: bir yillik va ko‘p yillik havo haroratlari, namligi haqidagi ma’lumotlar, o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talablari haqida ma’lumotlar va jadvallar, ish daftari, ob-havo haqidagi max’ulotlar va. h. 1.1. Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning muhim turlaridan bir ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir. Agrometeorologik stansiyalarda ekinlarning issiqlik va namlik bilan ta’minlanishi o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘la foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay ob-havo sharoitidan, suvsizlikdan, haroratlar yig‘indisining yetishmasligi yoki aksincha haroratning yuqori (ortiqcha) bo‘lishini oldini olish choralarini ko‘rish imkonini beradi. Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qullaniladigan statistik usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarni agrometeorologik omillarga bog‘liqligiga asoslangan. Keyingi yillarda dinamik modellarga asoslangan  
2 
 
prognozlar qilish ijobiy natijalar bermoqda. Bu xildagi prognozlarda barcha omillar 
bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish 
dinamikasini yaxshilash va hosildorliginini oshirishga qaratiladi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik 
sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. 
Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq 
muddatga mo‘ljallangan ob-havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari va 
meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi. 
 
 
 
15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari 
Fenologik prognozlar deganda o‘simliklarni rivojlanish fazalarining 
boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikning tashqi morfologik 
o‘zgarishlarining sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish 
fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik, 
issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa issiqlik bilan namlik 
bir biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy sug‘orish 
orqali ta’minlanishini hisobga olsak, etarli harorat bilan ta’minlanish masalasi asosiy 
o‘ringa chiqadi. Har bir o‘simlik o‘z hayotini ma’lum diapazonidagi havo haroratida 
davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib chiqishi boshlansa, maksimumdan 
keyin o‘simlikning rivojlanishi to‘xtaydi. Ko‘pchilik madaniy ekinlarning biologik 
minimum +5 oC dan boshlanadi. Issiqsevar o‘simliklar uchun biologik minimum 
harorat +10-15 oC oralig‘ida bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.).  
Biologik minimum va maksimum haroratlar o‘rtasida biologik optimum 
harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga 
kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali 
haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham 
alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash 
uchun fazalar orasidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning samarali haroratlarini 
qo‘shib chiqish kerak. 
2 prognozlar qilish ijobiy natijalar bermoqda. Bu xildagi prognozlarda barcha omillar bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish dinamikasini yaxshilash va hosildorliginini oshirishga qaratiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq muddatga mo‘ljallangan ob-havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari va meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi. 15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari Fenologik prognozlar deganda o‘simliklarni rivojlanish fazalarining boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikning tashqi morfologik o‘zgarishlarining sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik, issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa issiqlik bilan namlik bir biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy sug‘orish orqali ta’minlanishini hisobga olsak, etarli harorat bilan ta’minlanish masalasi asosiy o‘ringa chiqadi. Har bir o‘simlik o‘z hayotini ma’lum diapazonidagi havo haroratida davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib chiqishi boshlansa, maksimumdan keyin o‘simlikning rivojlanishi to‘xtaydi. Ko‘pchilik madaniy ekinlarning biologik minimum +5 oC dan boshlanadi. Issiqsevar o‘simliklar uchun biologik minimum harorat +10-15 oC oralig‘ida bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.). Biologik minimum va maksimum haroratlar o‘rtasida biologik optimum harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash uchun fazalar orasidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning samarali haroratlarini qo‘shib chiqish kerak.  
3 
 
O‘zbekiston 
hududida 
etishtiriladigan 
ko‘pchilik 
qishloq 
xo‘jalik 
ekinlarining rivojlanish fazalari bo‘yicha 
f
t - samarali haroratlar yig‘indisi 
aniqlangan. Kuzgi bug‘doyning naychalashdan boshoqlashgacha zarur bo‘lgan 
samarali haroratlari yig‘indisi 320-370oC, boshoqlashdan mum pishish davrigacha 
500-550 o C, arpa uchun muvofiq ravishda 330 va 388 0C samarali harorat yig‘indisi 
kerak bo‘ladi. 
Biologik minimum havo harorati +5oC dan boshlanadigan o‘simliklar uchun 
fenologik prognozlash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi: 


1
D
D
.
.
'
m
b
rt
o
t
t
A

    
 
 
 
( 
 
1)
 
bunda: D - prognoz qilinayotgan fazaning boshlanish muddati; D1 - oldingi 
fazaning boshlanishi muddati yoki hisob olib borishning boshlang‘ich 
muddati; A - fazalar orasidagi davr uchun foydali haroratlar yig‘indisi; to‘rt - 
kutilayotgan fazalar orasidagi davr uchun havoning o‘rtacha sutkalik 
harorati; tb.m.- berilgan faza uchun haroratining biologik minimumi. 
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati kutilayotgan ob-havo ma’lumotlaridan 
olinadi. 
Prognoz bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan oy uchun o‘simlikning rivojlanish 
fazasining prognoz qilish uchun o‘rtacha sutkalik  havo haroratini bilgan holda, 
berilgan fazalar orasidagi  ekinlar uchun zarur bo‘lgan effekitiv haroratlar 
yig‘indisini to‘plash uchun necha kun n kerak bo‘lishini aniqlash mumkin 
.
.
'
m
b
rt
o
t
t
A
n


    
 
 
  
 
(2)
 
 
Misol:  A=340oC,     to’rt=20oC,       tb.m.=+5oC  bo‘lsa, 
kun
n
20
17
340
5
22
340
0
0
0
0




 
 
Mazkur yilda biror turdagi ekinlarning prognoz qilinayotgan fazasining 
boshlanish kuni D ni hisoblash uchun boshlang‘ich muddati (kun) D1 ga fazalar orasi 
davridagi kunlar sonini qo‘shish kerak, ya’ni: 
3 O‘zbekiston hududida etishtiriladigan ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish fazalari bo‘yicha  f t - samarali haroratlar yig‘indisi aniqlangan. Kuzgi bug‘doyning naychalashdan boshoqlashgacha zarur bo‘lgan samarali haroratlari yig‘indisi 320-370oC, boshoqlashdan mum pishish davrigacha 500-550 o C, arpa uchun muvofiq ravishda 330 va 388 0C samarali harorat yig‘indisi kerak bo‘ladi. Biologik minimum havo harorati +5oC dan boshlanadigan o‘simliklar uchun fenologik prognozlash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi:   1 D D . . ' m b rt o t t A  ( 1) bunda: D - prognoz qilinayotgan fazaning boshlanish muddati; D1 - oldingi fazaning boshlanishi muddati yoki hisob olib borishning boshlang‘ich muddati; A - fazalar orasidagi davr uchun foydali haroratlar yig‘indisi; to‘rt - kutilayotgan fazalar orasidagi davr uchun havoning o‘rtacha sutkalik harorati; tb.m.- berilgan faza uchun haroratining biologik minimumi. Havoning o‘rtacha sutkalik harorati kutilayotgan ob-havo ma’lumotlaridan olinadi. Prognoz bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan oy uchun o‘simlikning rivojlanish fazasining prognoz qilish uchun o‘rtacha sutkalik havo haroratini bilgan holda, berilgan fazalar orasidagi ekinlar uchun zarur bo‘lgan effekitiv haroratlar yig‘indisini to‘plash uchun necha kun n kerak bo‘lishini aniqlash mumkin . . ' m b rt o t t A n   (2) Misol: A=340oC, to’rt=20oC, tb.m.=+5oC bo‘lsa, kun n 20 17 340 5 22 340 0 0 0 0     Mazkur yilda biror turdagi ekinlarning prognoz qilinayotgan fazasining boshlanish kuni D ni hisoblash uchun boshlang‘ich muddati (kun) D1 ga fazalar orasi davridagi kunlar sonini qo‘shish kerak, ya’ni:  
4 
 
 
D=D1+n  
 
 
 
 
 
 
(3) 
 
Misol: D1=6.VI; n=20 ga teng bo‘lsa,  u holda  
 
D=6.VI+20=26 VI. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qanday agrometeorologik prognoz turlarini bilasiz? 
2. Prognozlashda qanday usl ko‘p ishlatiladi? 
3. Agrometeorologik prognozlar qilish uchun qanday ma’lumotlar kerak? 
4. Fenologik fazalarni tushuntirib bering? 
5. Issiqsevar ekinlarning samarali haoratlari necha gradusdan boshlanadi. 
6. O‘simliklar urug‘ining unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan harorat bilan 
ballast haroratni tushuntirib bering? 
7. Bug‘doy va arpaning mum pishishi davri uchun necha gradus samarali 
harorat kerak ? 
8. Biologik minimum +5oC dan boshlanadigan o‘simliklarning fenologik 
fazalarini aniqlash formulasini tushuntirib bering. 
 
4 D=D1+n (3) Misol: D1=6.VI; n=20 ga teng bo‘lsa, u holda D=6.VI+20=26 VI. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qanday agrometeorologik prognoz turlarini bilasiz? 2. Prognozlashda qanday usl ko‘p ishlatiladi? 3. Agrometeorologik prognozlar qilish uchun qanday ma’lumotlar kerak? 4. Fenologik fazalarni tushuntirib bering? 5. Issiqsevar ekinlarning samarali haoratlari necha gradusdan boshlanadi. 6. O‘simliklar urug‘ining unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan harorat bilan ballast haroratni tushuntirib bering? 7. Bug‘doy va arpaning mum pishishi davri uchun necha gradus samarali harorat kerak ? 8. Biologik minimum +5oC dan boshlanadigan o‘simliklarning fenologik fazalarini aniqlash formulasini tushuntirib bering.