EKINLARNING RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

44,0 KB


 
 
 
 
 
 
EKINLARNING RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH 
 
 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish va 
prognozlash tartibini o‘rganish. 
Topshiriqlar: 
1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish; 
2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish; 
3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish. 
Kerakli materiallar va asboblar: bir yillik va ko‘p yillik havo haroratlari, 
namligi haqidagi ma’lumotlar, o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talablari haqida 
ma’lumotlar va jadvallar, ish daftari, ob–havo prognozi haqidagi ma’lumotlar va. 
h. 
 
1.1. Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha 
 
Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning muhim 
turlaridan biri ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan 
ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir. 
Agrometeorologik stansiyalarda ekinlarning issiqlik va namlik bilan 
ta’minlanishi, o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib 
boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘laroq 
va unumli foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay 
ob-havo sharoitidan, suvsizlikdan, haroratlar yig‘indisining yetishmasligi yoki 
EKINLARNING RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish va prognozlash tartibini o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish; 3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish. Kerakli materiallar va asboblar: bir yillik va ko‘p yillik havo haroratlari, namligi haqidagi ma’lumotlar, o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talablari haqida ma’lumotlar va jadvallar, ish daftari, ob–havo prognozi haqidagi ma’lumotlar va. h. 1.1. Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning muhim turlaridan biri ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir. Agrometeorologik stansiyalarda ekinlarning issiqlik va namlik bilan ta’minlanishi, o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘laroq va unumli foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay ob-havo sharoitidan, suvsizlikdan, haroratlar yig‘indisining yetishmasligi yoki  
 
aksincha, harorat yuqori (ortiqcha) bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish 
imkonini beradi. 
Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qo‘llaniladigani statistik 
usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarning agrometeorologik omillarga 
bog‘liqligiga asoslangan. Keyingi yillarda dinamik modellarga asoslangan 
prognozlar qilish ijobiy natijalar bermoqda. Bu xildagi prognozlarda barcha 
omillar bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish 
dinamikasini yaxshilash va hosildorligini oshirishga qaratiladi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik 
sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. 
Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq 
muddatga mo‘ljallangan ob–havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari 
va meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi. 
 
15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari 
 
Fenologik 
prognozlar 
deganda 
o‘simliklar 
rivojlanish 
fazalarining 
boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikda tashqi morfologik 
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish 
fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik, 
issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, issiqlik bilan 
namlik bir - biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy 
sug‘orish orqali ta’minlanishini hisobga olsak, yetarli harorat bilan ta’minlanish 
masalasi asosiy o‘ringa chiqadi. Har bir o‘simlik o‘z hayotini ma’lum 
diapazondagi havo haroratida davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib 
chiqishi boshlansa, maksimumdan keyin o‘simlikning rivojlanishi to‘xtaydi. 
Ko‘pchilik madaniy ekinlarning biologik minimum +5oC dan boshlanadi. 
Issiqsevar o‘simliklar uchun biologik minimum harorat +10–15oC oralig‘ida 
bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.).  
aksincha, harorat yuqori (ortiqcha) bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish imkonini beradi. Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qo‘llaniladigani statistik usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarning agrometeorologik omillarga bog‘liqligiga asoslangan. Keyingi yillarda dinamik modellarga asoslangan prognozlar qilish ijobiy natijalar bermoqda. Bu xildagi prognozlarda barcha omillar bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish dinamikasini yaxshilash va hosildorligini oshirishga qaratiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq muddatga mo‘ljallangan ob–havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari va meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi. 15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari Fenologik prognozlar deganda o‘simliklar rivojlanish fazalarining boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikda tashqi morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik, issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, issiqlik bilan namlik bir - biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy sug‘orish orqali ta’minlanishini hisobga olsak, yetarli harorat bilan ta’minlanish masalasi asosiy o‘ringa chiqadi. Har bir o‘simlik o‘z hayotini ma’lum diapazondagi havo haroratida davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib chiqishi boshlansa, maksimumdan keyin o‘simlikning rivojlanishi to‘xtaydi. Ko‘pchilik madaniy ekinlarning biologik minimum +5oC dan boshlanadi. Issiqsevar o‘simliklar uchun biologik minimum harorat +10–15oC oralig‘ida bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.).  
 
Biologik minimum va maksimum haroratlar o‘rtasida biologik optimum 
harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga 
kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali 
haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham 
alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash 
uchun fazalar orasidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning samarali haroratlarini 
qo‘shib chiqish kerak. 
O‘zbekiston 
hududida 
yetishtiriladigan 
ko‘pchilik 
qishloq 
xo‘jalik 
ekinlarining rivojlanish fazalari bo‘yicha 
f
t – samarali haroratlar yig‘indisi 
aniqlangan. Kuzgi bug‘doyning naychalashdan boshoqlashgacha zarur bo‘lgan 
samarali haroratlari yig‘indisi 320–370oC, boshoqlashdan mum pishish davrigacha 
500–550oC, arpa uchun muvofiq ravishda 330 va 388oC samarali harorat yig‘indisi 
kerak bo‘ladi. 
Biologik minimum havo harorati +5oC dan boshlanadigan o‘simliklar uchun 
fenologik prognozlash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi: 
 


1
D
D
.
.
'
m
b
rt
o
t
t
A

   
 
 
 
 
(1)
 
 
bunda: D – prognoz qilinayotgan fazaning boshlanish muddati; D1 – oldingi 
fazaning boshlanishi muddati yoki hisob olib borishning boshlang‘ich muddati; A – 
fazalar orasidagi davr uchun foydali haroratlar yig‘indisi; to‘rt – kutilayotgan fazalar 
orasidagi davr uchun havoning o‘rtacha sutkalik harorati; tb.m.– berilgan faza uchun 
haroratning biologik minimumi. 
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati kutilayotgan ob–havo ma’lumotlaridan 
olinadi. 
Prognoz bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan oy uchun o‘simlikning rivojlanish 
fazasining prognoz qilish uchun o‘rtacha sutkalik havo haroratini bilgan holda, 
berilgan fazalar orasidagi ekinlar uchun zarur bo‘lgan samarali haroratlar 
yig‘indisini to‘plash uchun necha kun n kerak bo‘lishini aniqlash mumkin 
Biologik minimum va maksimum haroratlar o‘rtasida biologik optimum harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash uchun fazalar orasidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning samarali haroratlarini qo‘shib chiqish kerak. O‘zbekiston hududida yetishtiriladigan ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish fazalari bo‘yicha  f t – samarali haroratlar yig‘indisi aniqlangan. Kuzgi bug‘doyning naychalashdan boshoqlashgacha zarur bo‘lgan samarali haroratlari yig‘indisi 320–370oC, boshoqlashdan mum pishish davrigacha 500–550oC, arpa uchun muvofiq ravishda 330 va 388oC samarali harorat yig‘indisi kerak bo‘ladi. Biologik minimum havo harorati +5oC dan boshlanadigan o‘simliklar uchun fenologik prognozlash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi:   1 D D . . ' m b rt o t t A  (1) bunda: D – prognoz qilinayotgan fazaning boshlanish muddati; D1 – oldingi fazaning boshlanishi muddati yoki hisob olib borishning boshlang‘ich muddati; A – fazalar orasidagi davr uchun foydali haroratlar yig‘indisi; to‘rt – kutilayotgan fazalar orasidagi davr uchun havoning o‘rtacha sutkalik harorati; tb.m.– berilgan faza uchun haroratning biologik minimumi. Havoning o‘rtacha sutkalik harorati kutilayotgan ob–havo ma’lumotlaridan olinadi. Prognoz bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan oy uchun o‘simlikning rivojlanish fazasining prognoz qilish uchun o‘rtacha sutkalik havo haroratini bilgan holda, berilgan fazalar orasidagi ekinlar uchun zarur bo‘lgan samarali haroratlar yig‘indisini to‘plash uchun necha kun n kerak bo‘lishini aniqlash mumkin  
 
 
.
.
'
m
b
rt
o
t
t
A
n


   
 
 
  
 
(2)
 
 
Misol: A=340oC,  to‘rt=20oC,  tb.m.=+5oC bo‘lsa, 
kun
n
20
17
340
5
22
340




 
 
Mazkur yilda biror turdagi ekinlarning prognoz qilinayotgan fazasining 
boshlanish kuni D ni hisoblash uchun boshlang‘ich muddati (kun) D1 ga fazalar 
orasi davridagi kunlar sonini qo‘shish kerak, ya’ni: 
 
D=D1+n  
 
 
 
 
 
 
(3) 
 
Misol: D1=6.VI; n=20 ga teng bo‘lsa, u holda  
 
 
 
 
 
 
     D=6.VI+20=26 VI. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.  Qanday agrometeorologik prognoz turlarini bilasiz? 
2.  Prognozlashda qanday usul ko‘p ishlatiladi? 
3.  Agrometeorologik prognozlar qilish uchun qanday ma’lumotlar kerak? 
4.  Fenologik fazalarni tushuntirib bering? 
5.  Issiqsevar ekinlarning samarali haroratlari necha gradusdan boshlanadi? 
6.  O‘simliklar urug‘ining unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan harorat bilan 
ballast haroratni tushuntirib bering? 
7.  Bug‘doy va arpaning mum pishish davri uchun necha gradus samarali 
harorat kerak? 
8.  Biologik minimum +5oC dan boshlanadigan o‘simliklarning fenologik 
. . ' m b rt o t t A n   (2) Misol: A=340oC, to‘rt=20oC, tb.m.=+5oC bo‘lsa, kun n 20 17 340 5 22 340     Mazkur yilda biror turdagi ekinlarning prognoz qilinayotgan fazasining boshlanish kuni D ni hisoblash uchun boshlang‘ich muddati (kun) D1 ga fazalar orasi davridagi kunlar sonini qo‘shish kerak, ya’ni: D=D1+n (3) Misol: D1=6.VI; n=20 ga teng bo‘lsa, u holda D=6.VI+20=26 VI. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qanday agrometeorologik prognoz turlarini bilasiz? 2. Prognozlashda qanday usul ko‘p ishlatiladi? 3. Agrometeorologik prognozlar qilish uchun qanday ma’lumotlar kerak? 4. Fenologik fazalarni tushuntirib bering? 5. Issiqsevar ekinlarning samarali haroratlari necha gradusdan boshlanadi? 6. O‘simliklar urug‘ining unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan harorat bilan ballast haroratni tushuntirib bering? 7. Bug‘doy va arpaning mum pishish davri uchun necha gradus samarali harorat kerak? 8. Biologik minimum +5oC dan boshlanadigan o‘simliklarning fenologik  
 
fazalarini aniqlash formulasini tushuntirib bering. 
 
fazalarini aniqlash formulasini tushuntirib bering.