EKOLOGIK MONITORIGNING YAGONA DAVLAT TIZIMI, UNING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

Yuklangan vaqt

2024-11-15

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

862,5 KB


 
 
 
 
 
 
EKOLOGIK MONITORIGNING YAGONA DAVLAT TIZIMI, UNING 
TUZILISHI VA FUNKSIYALARI 
 
 
 
1. Geoekologik xaritalashtirishning mazmun mohiyati 
2. Geoekologik jihatdan va ekologik monitoring natijalari asosida  
xaritalashtirish 
3. Geoekologik rayonlashtirish 
 
Tayanch iboralar: 
 
Ekologik xaritalashtirish, analitik va sintetik xaritalar, umumekologik xarita, 
maqsadli xarita, metodologik asos, mavzuli xaritalar, aerokosmik usul, manba 
materiallari, geoekologik xaritalashtirish, Landshaft – ekologik xarita, geoekologik 
rayonlashtirish. 
 
Atrof muhit holatini xaritada tasvirlash muhim masala, uning ilmiy va 
amaliy ahamiyati barchaga ma’lum. Ekologik xaritalashtirish deganda faqat birgina 
«Ekologik xarita»ni tuzishni nazarda tutmaslik kerak. «Ekologiya» tushunchasiga 
ko‘ra tirik organizmlarning bir-birlari va atrof muhit bilan bo‘lgan o‘zaro 
munosabatlarini o‘rganish deb qaralsa; u holda bu yo‘nalishda bir necha bir-birlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan mavzuli xaritalar yaratish mumkinligi ravshan bo‘ladi. Tabiat 
muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar, inson bilan tabiat o‘rtasidagi 
munosabatlarning geografik va ekologik jihatlarini qamrab olganligi tufayli bu 
borada ko‘plab turli mavzuli analitik va sintetik xaritalar tuzish taqazo etiladi. 
EKOLOGIK MONITORIGNING YAGONA DAVLAT TIZIMI, UNING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI 1. Geoekologik xaritalashtirishning mazmun mohiyati 2. Geoekologik jihatdan va ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish 3. Geoekologik rayonlashtirish Tayanch iboralar: Ekologik xaritalashtirish, analitik va sintetik xaritalar, umumekologik xarita, maqsadli xarita, metodologik asos, mavzuli xaritalar, aerokosmik usul, manba materiallari, geoekologik xaritalashtirish, Landshaft – ekologik xarita, geoekologik rayonlashtirish. Atrof muhit holatini xaritada tasvirlash muhim masala, uning ilmiy va amaliy ahamiyati barchaga ma’lum. Ekologik xaritalashtirish deganda faqat birgina «Ekologik xarita»ni tuzishni nazarda tutmaslik kerak. «Ekologiya» tushunchasiga ko‘ra tirik organizmlarning bir-birlari va atrof muhit bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish deb qaralsa; u holda bu yo‘nalishda bir necha bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzuli xaritalar yaratish mumkinligi ravshan bo‘ladi. Tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar, inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning geografik va ekologik jihatlarini qamrab olganligi tufayli bu borada ko‘plab turli mavzuli analitik va sintetik xaritalar tuzish taqazo etiladi.  
 
Ekologik 
xaritalarning 
mazmuni, 
vazifasi 
(biror 
maqsadga 
yo‘naltirilganligi), undan foydalanishga turiga ko‘ra uch turga: umumekologik, aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan va amaliy xaritalarga ajratish mumkin.   
Umumekologik xaritalarga mazmunan keng qamrovli, u ko‘pgina  ekologik 
hodisalar va jarayonlarni majmuali umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruhdagi 
xaritalar sintezlashgan toifaga mansubligi tufayli kartografik mazmuni ancha 
murakkab tuzilmaga va boy ma’lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. «Tabiatdan 
foydalanish», «Ekologik xarita», «Geoekologik xarita» va boshqa shu toifadagi 
xaritalarni umumekologik xaritalar deb atash mumkin. 
Aniq maqsadga yo‘naltirilgan ekologik xaritalar maxsus kartografik 
mazmunga ega bo‘lib, biror ekologik yoki tabiat muhofazasiga oid hodisalarni 
tasvirlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda ushbu toifadagi xaritalar 
mazmuni ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki 
resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. 
Bu borada, masalan, suv resurslaridan foydalanish borasida hududda tarkib topgan 
ekologik ahvol va u bilan bog‘liq boshqa jarayon va hodisalar umumlashgan holda 
xaritada aks ettiriladi. Albatta, asosiy xaritada suv resursidan foydalanish va uning 
ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ayrim xarita-kesmalarda asosiy 
xaritaning mazmunini to‘ldirish maqsadida ba’zi hodisalar tasvirlanadi. Bu 
guruhdagi ekologik xaritalar ma’lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida 
tarkib topgan ahvol (vaziyat)ni tasvirlashga qaratilganligi tufayli mutaxassislar 
uchun u integral  baholashga xizmat qiladi.  
Amaliy ekologik xaritalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni 
yaxshilashga xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o‘z oldiga qo‘ygan aniq 
maqsadiga ko‘ra bu toifadagi xaritalar sintetik va analitik guruhlarga bo‘linadi. 
Sintetik ekologik xaritalar mazmunan ancha boy, ularda hisob-kitob natijalari, 
olingan ko‘rsatkichlar, mezonlar, me’yoriy ma’lumotlar, kuzatish asosida erishilgan 
jamlama ma’lumotlar, tajribaviy va dala axborotlari maxsus kartografik shartli 
belgilar asosida tasvirlanadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu guruhlagi xaritalar 
ko‘proq qayta ishlangan, ya’ni tahlil qilingan miqdoriy va sifatli ko‘rsatkichlarni 
tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik xaritalardan keskin farq qiladi. 
Ekologik xaritalarning mazmuni, vazifasi (biror maqsadga yo‘naltirilganligi), undan foydalanishga turiga ko‘ra uch turga: umumekologik, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va amaliy xaritalarga ajratish mumkin. Umumekologik xaritalarga mazmunan keng qamrovli, u ko‘pgina ekologik hodisalar va jarayonlarni majmuali umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruhdagi xaritalar sintezlashgan toifaga mansubligi tufayli kartografik mazmuni ancha murakkab tuzilmaga va boy ma’lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. «Tabiatdan foydalanish», «Ekologik xarita», «Geoekologik xarita» va boshqa shu toifadagi xaritalarni umumekologik xaritalar deb atash mumkin. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan ekologik xaritalar maxsus kartografik mazmunga ega bo‘lib, biror ekologik yoki tabiat muhofazasiga oid hodisalarni tasvirlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda ushbu toifadagi xaritalar mazmuni ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. Bu borada, masalan, suv resurslaridan foydalanish borasida hududda tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog‘liq boshqa jarayon va hodisalar umumlashgan holda xaritada aks ettiriladi. Albatta, asosiy xaritada suv resursidan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ayrim xarita-kesmalarda asosiy xaritaning mazmunini to‘ldirish maqsadida ba’zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik xaritalar ma’lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ahvol (vaziyat)ni tasvirlashga qaratilganligi tufayli mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi. Amaliy ekologik xaritalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadiga ko‘ra bu toifadagi xaritalar sintetik va analitik guruhlarga bo‘linadi. Sintetik ekologik xaritalar mazmunan ancha boy, ularda hisob-kitob natijalari, olingan ko‘rsatkichlar, mezonlar, me’yoriy ma’lumotlar, kuzatish asosida erishilgan jamlama ma’lumotlar, tajribaviy va dala axborotlari maxsus kartografik shartli belgilar asosida tasvirlanadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu guruhlagi xaritalar ko‘proq qayta ishlangan, ya’ni tahlil qilingan miqdoriy va sifatli ko‘rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik xaritalardan keskin farq qiladi.  
 
Ekologik xaritalarni tuzishning metodologik asoslari. Tabiat murakkab 
geotizimlardan iborat, binobarin, ularni o‘rganishning tizimli yondashuv asosida 
amalga oshirish samarali ekanligi fanda asoslangan.  Hozirda tizimli yondashuv 
umumilmiy tamoyilga aylandi. Tizimli yondashuv o‘rganilayotgan hududni tizim 
sifatida qaraydi, uni o‘rganish esa uslubiyot asosida amalga oshiriladi. 
A.G.Isachenko (1991)ning ta’kidlashicha, tizimli tamoyilni kartografiyada 
qo‘llanilishining eng qulay yo‘li tuziladigan   bir turkum mavzuli xaritalar asosida 
geotizimlarning ifodalanishi eng qulay va samarali usul bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy 
tadqiqot usullari sifatida landshaft, aerokosmik, landshaft indikatsiyasi, kartografik, 
miqdoriy, solishtirish va boshqalar qo‘llaniladi. Ekologik xaritalar asosini 
landshaftlar tashkil qiladi. 
Amaliy ekologik xaritalashtirish. Amaliy ekologik xaritalashtirish 
hududlarda tabiat muhofazasi, vujudga kelgan qaltis vaziyatlarni yumshatish, aholi 
uchun qulay va juda qulay tabiiy muhit yaratish, falokat keltiruvchi tabiat 
hodisalarining oldini olish, tabiiy muhitni optimallashtirish va boshqa yumushlarda 
kurashning taktika va strategiyasini aniqlash, loyiha ishlarini amalga oshirishda 
negiz vazifasini o‘taydi. 
Amaliy xaritalar guruhida baholash, prognoz, chora-tadbirlar majmuasi, 
inventarlash, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha rayonlashtirish, ekologik 
rayonlashtirish va boshqa turdagi mavzuli xaritalar tuziladi. Xaritalar amaliy turdagi 
ustuvorlikka ega bo‘lganliklari uchun ularni tayyorlashda me’yoriy, tahlil natijasida 
aniqlangan ko‘rsatkichlar, kuzatish, dala tajribaviy ishlar(eksperiment) natijalaridan 
keng foydalaniladi. 
 
5.2. Geoekologik jihatdan va ekologik monitoring natijalari asosida 
xaritalashtirish 
 
Geoekologik xaritalashtirish usullari. Geografik ekologiya tadqiqotlari 
natijalarini xarita asosida ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Geoekologik xarita 
asosida landshaft to‘ri beriladi, chunki u har bir hudud bo‘yicha ma’lum axborotni 
beradi, shuningdek landshaft chegaralari asosiy tabiiy chegaralar hisoblanadi, ular 
asosida boshqa ko‘rsatkichlarning ham bir-birlaridan farqi aniqlanadi. Ranglar jilosi 
Ekologik xaritalarni tuzishning metodologik asoslari. Tabiat murakkab geotizimlardan iborat, binobarin, ularni o‘rganishning tizimli yondashuv asosida amalga oshirish samarali ekanligi fanda asoslangan. Hozirda tizimli yondashuv umumilmiy tamoyilga aylandi. Tizimli yondashuv o‘rganilayotgan hududni tizim sifatida qaraydi, uni o‘rganish esa uslubiyot asosida amalga oshiriladi. A.G.Isachenko (1991)ning ta’kidlashicha, tizimli tamoyilni kartografiyada qo‘llanilishining eng qulay yo‘li tuziladigan bir turkum mavzuli xaritalar asosida geotizimlarning ifodalanishi eng qulay va samarali usul bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy tadqiqot usullari sifatida landshaft, aerokosmik, landshaft indikatsiyasi, kartografik, miqdoriy, solishtirish va boshqalar qo‘llaniladi. Ekologik xaritalar asosini landshaftlar tashkil qiladi. Amaliy ekologik xaritalashtirish. Amaliy ekologik xaritalashtirish hududlarda tabiat muhofazasi, vujudga kelgan qaltis vaziyatlarni yumshatish, aholi uchun qulay va juda qulay tabiiy muhit yaratish, falokat keltiruvchi tabiat hodisalarining oldini olish, tabiiy muhitni optimallashtirish va boshqa yumushlarda kurashning taktika va strategiyasini aniqlash, loyiha ishlarini amalga oshirishda negiz vazifasini o‘taydi. Amaliy xaritalar guruhida baholash, prognoz, chora-tadbirlar majmuasi, inventarlash, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha rayonlashtirish, ekologik rayonlashtirish va boshqa turdagi mavzuli xaritalar tuziladi. Xaritalar amaliy turdagi ustuvorlikka ega bo‘lganliklari uchun ularni tayyorlashda me’yoriy, tahlil natijasida aniqlangan ko‘rsatkichlar, kuzatish, dala tajribaviy ishlar(eksperiment) natijalaridan keng foydalaniladi. 5.2. Geoekologik jihatdan va ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish Geoekologik xaritalashtirish usullari. Geografik ekologiya tadqiqotlari natijalarini xarita asosida ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Geoekologik xarita asosida landshaft to‘ri beriladi, chunki u har bir hudud bo‘yicha ma’lum axborotni beradi, shuningdek landshaft chegaralari asosiy tabiiy chegaralar hisoblanadi, ular asosida boshqa ko‘rsatkichlarning ham bir-birlaridan farqi aniqlanadi. Ranglar jilosi  
 
ekologik vaziyatlar darajalarini bildiradi, shuning uchun ham ranglarni tanlashda 
vaziyat darajasiga ahamiyat berish lozim (masalan, qulay vaziyat havo rang, falokatli 
vaziyat qizil rang bo‘lishi mumkin). Ranglar chegaralari landshaft chegaralari 
bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Har bir vaziyat darajasi landshaftlarning inson xo‘jalik faoliyati natijasida 
o‘zgarganlik sinfini aks ettiradi, buning uchun rim raqami bilan o‘zgarganlik darajasi 
ko‘rsatiladi, masalan 15-V, bunda arab raqami landshaftning tartib, rim raqami esa 
o‘zgaruvchanlik darajaasini ifodalaydi (V-qayta o‘zgartirilgan daraja). 
Har bir kesimda rivojlanayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar namunalar 
asosida berilishi ma’qul: sel, qor ko‘chkisi, surilmalar hududiy xarakterga ega 
bo‘lganliklarini e’tiborga olib maxsus chiziqlar, areallar, nuqtalar bilan ko‘rsatilishi 
mumkin. Tabiiy jarayonlarni shartli belgilarning qalinligi yoki shaklining 
o‘zgartirish yo‘li bilan jadalligini ko‘rsata olish mumkin. Bu ayniqsa, eroziya, 
deflyasiya, sho‘rlanish, jar eroziyasi, akkumulyasiya kabi hodisalarni tasvirlashda 
asqotadi. 
Professor A.A.Rafiqov O‘zbekistonda ekologik xaritashunoslik va ekologik 
rayonlashtirish bo‘yicha karvonboshilardan biri ekanligi sir emas (ushbu masalaga 
yuqorida batafsil to‘xtab o‘tildi). 
Keyingi paytlarda respublikamizning ko‘plab olimlari tomonidan ham 
mamlakatimiz turli mintaqalarining landshaft-ekologik xaritalarini yaratish bo‘yicha 
samarali tadqiqotlar amalga oshirilganligini qayd etish lozim (masalan, 
A.Abdulqosimov va boshqalar (2004), SH.Do‘sanova, U.YUsupov (2004), 
S.B.Abbosov (2007), N.R.Alimqulov (2008) va boshqalar). 
Landshaft kesmalarida, shuningdek nomlari «Qizil kitob»larga kiritilgan 
o‘simlik va hayvonlarni maxsus belgi bilan ko‘rsatish joiz, bunda aylana yoki ko‘p 
qirrali katak orasiga raqam yoki hayvonning rasmini ko‘rsatish yo‘li bilan 
ifodalanishi mumkin. Bu borada «O‘zbekiston Respublikasining ekologik xaritasi» 
(1991) da berilgan shartli belgilar ancha haqqoniy chiqqan. SHartli belgilarni 
joylashtirishda albatta, tasvirlanayotgan o‘simlik yoki hayvonning ayni shu kesimda 
hozirda tarqalganligini hisobga olish zarur. Tog‘lik va tog‘ oldi tekisliklarida ushbu 
shartli belgilarni joylashtirishda siyraklikka amal qilish zarur bo‘ladi, respublikada 
ekologik vaziyatlar darajalarini bildiradi, shuning uchun ham ranglarni tanlashda vaziyat darajasiga ahamiyat berish lozim (masalan, qulay vaziyat havo rang, falokatli vaziyat qizil rang bo‘lishi mumkin). Ranglar chegaralari landshaft chegaralari bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir vaziyat darajasi landshaftlarning inson xo‘jalik faoliyati natijasida o‘zgarganlik sinfini aks ettiradi, buning uchun rim raqami bilan o‘zgarganlik darajasi ko‘rsatiladi, masalan 15-V, bunda arab raqami landshaftning tartib, rim raqami esa o‘zgaruvchanlik darajaasini ifodalaydi (V-qayta o‘zgartirilgan daraja). Har bir kesimda rivojlanayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar namunalar asosida berilishi ma’qul: sel, qor ko‘chkisi, surilmalar hududiy xarakterga ega bo‘lganliklarini e’tiborga olib maxsus chiziqlar, areallar, nuqtalar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Tabiiy jarayonlarni shartli belgilarning qalinligi yoki shaklining o‘zgartirish yo‘li bilan jadalligini ko‘rsata olish mumkin. Bu ayniqsa, eroziya, deflyasiya, sho‘rlanish, jar eroziyasi, akkumulyasiya kabi hodisalarni tasvirlashda asqotadi. Professor A.A.Rafiqov O‘zbekistonda ekologik xaritashunoslik va ekologik rayonlashtirish bo‘yicha karvonboshilardan biri ekanligi sir emas (ushbu masalaga yuqorida batafsil to‘xtab o‘tildi). Keyingi paytlarda respublikamizning ko‘plab olimlari tomonidan ham mamlakatimiz turli mintaqalarining landshaft-ekologik xaritalarini yaratish bo‘yicha samarali tadqiqotlar amalga oshirilganligini qayd etish lozim (masalan, A.Abdulqosimov va boshqalar (2004), SH.Do‘sanova, U.YUsupov (2004), S.B.Abbosov (2007), N.R.Alimqulov (2008) va boshqalar). Landshaft kesmalarida, shuningdek nomlari «Qizil kitob»larga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni maxsus belgi bilan ko‘rsatish joiz, bunda aylana yoki ko‘p qirrali katak orasiga raqam yoki hayvonning rasmini ko‘rsatish yo‘li bilan ifodalanishi mumkin. Bu borada «O‘zbekiston Respublikasining ekologik xaritasi» (1991) da berilgan shartli belgilar ancha haqqoniy chiqqan. SHartli belgilarni joylashtirishda albatta, tasvirlanayotgan o‘simlik yoki hayvonning ayni shu kesimda hozirda tarqalganligini hisobga olish zarur. Tog‘lik va tog‘ oldi tekisliklarida ushbu shartli belgilarni joylashtirishda siyraklikka amal qilish zarur bo‘ladi, respublikada  
 
tog‘ landshaft kesimlari kichikroq bo‘lganligi uchun boshqa belgilar bilan 
murakkablashib ketadi, natijada xaritani o‘qish og‘irlashadi. 
Sanoat shaharlarining atmosfera havosini ifloslantiradigan toifalari havoni 
ifloslanish darajasi bo‘yicha berilishi va shahar belgisini ushbu darajaga mo‘ljallab 
(qizil rangda) ko‘rsatish ma’qul. Daryo, ko‘l, suv ombori, kanal, kollektorlarning 
minerallashuv darajasi ma’lum nuqta (stvor)da kartogramma usuli bilan bir necha 
yillar uchun beriladi. SHuningdek, ularning chetlari hoshiya (rang) usuli bilan 
ma’lum nuqtalar oralig‘ida ko‘rsatiladi. Bu bilan daryolarda manbadan mansabga 
tomon minerallashuv darajasining ortib borishi yaxshi ifodalanadi. Masalan, 
Amudaryoda Termiz -CHorjo‘y-Tuyamo‘yin-Nukus-Qiziljar-Orol dengizi bo‘yicha 
beriladi. 
Xaritada buzilgan va rekultivatsiya qilingan erlar ko‘rsatilishi lozim 
(masalan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlar). 
Xaritadan tashqari bo‘sh joylardan to‘g‘ri foydalanishni rejalashtirish kerak: 
bizningcha, bu joylarda xarita-kesmalar, jadval, chizma, matnlar berilishi maqsadga 
muvofiq, ular asosiy xarita mazmunini suvlarning ifloslanishi, tuproqlarning og‘ir 
metallar bilan ifloslanishi, tuproqda qoldiq pestitsidlarning miqdori, atmosfera 
havosining ifloslanishiga oid ma’lumotlar bilan boyitadi. Sanoat shaharlarida chang 
va gazlarning maxsus moslamalar bilan ushlanib qolayotgan qismlari, havoga 
chiqarilayotgan qismi turli shartli belgilar bilan ifodalanishi yaxshi samara beradi. 
Qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurtmalar alohida xarita-kesmada berilishi, 
yangidan vujudga keltirilishi lozim bo‘lgan alohida muhofaza etiladigan hududlar 
areallar bilan berilishi mutaxassislar uchun yaxshi yordam beradi. 
Orol dengizining hozirgi holati, quriyotgan jarayonlar, suv va tuz muvozanati, 
tabiiy jarayonlar, dengizning 1961 yildan boshlab o‘zgarish dinamikasi, istiqbolda 
kutilayotgan o‘zgarshlarni xaritalar asosida ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. 
Atrof muhitning ifloslanishi munosabati bilan aholi orasida tibbiy 
o‘zgarishlarni xaritalar asosida tavsiflash amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish. Atrof muhitni, 
xususan suv va havo havzalari,  tuproqning ifloslanishi,  yaylov,  o‘rmonzorlarning 
buzilishi, er resurslarining muomiladan chiqib ketayotganligi muntazam faoliyat 
ko‘rsatuvchi ekologik monitoringni joylarda amalga oshirishni talab qiladi. Bu 
tog‘ landshaft kesimlari kichikroq bo‘lganligi uchun boshqa belgilar bilan murakkablashib ketadi, natijada xaritani o‘qish og‘irlashadi. Sanoat shaharlarining atmosfera havosini ifloslantiradigan toifalari havoni ifloslanish darajasi bo‘yicha berilishi va shahar belgisini ushbu darajaga mo‘ljallab (qizil rangda) ko‘rsatish ma’qul. Daryo, ko‘l, suv ombori, kanal, kollektorlarning minerallashuv darajasi ma’lum nuqta (stvor)da kartogramma usuli bilan bir necha yillar uchun beriladi. SHuningdek, ularning chetlari hoshiya (rang) usuli bilan ma’lum nuqtalar oralig‘ida ko‘rsatiladi. Bu bilan daryolarda manbadan mansabga tomon minerallashuv darajasining ortib borishi yaxshi ifodalanadi. Masalan, Amudaryoda Termiz -CHorjo‘y-Tuyamo‘yin-Nukus-Qiziljar-Orol dengizi bo‘yicha beriladi. Xaritada buzilgan va rekultivatsiya qilingan erlar ko‘rsatilishi lozim (masalan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlar). Xaritadan tashqari bo‘sh joylardan to‘g‘ri foydalanishni rejalashtirish kerak: bizningcha, bu joylarda xarita-kesmalar, jadval, chizma, matnlar berilishi maqsadga muvofiq, ular asosiy xarita mazmunini suvlarning ifloslanishi, tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanishi, tuproqda qoldiq pestitsidlarning miqdori, atmosfera havosining ifloslanishiga oid ma’lumotlar bilan boyitadi. Sanoat shaharlarida chang va gazlarning maxsus moslamalar bilan ushlanib qolayotgan qismlari, havoga chiqarilayotgan qismi turli shartli belgilar bilan ifodalanishi yaxshi samara beradi. Qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurtmalar alohida xarita-kesmada berilishi, yangidan vujudga keltirilishi lozim bo‘lgan alohida muhofaza etiladigan hududlar areallar bilan berilishi mutaxassislar uchun yaxshi yordam beradi. Orol dengizining hozirgi holati, quriyotgan jarayonlar, suv va tuz muvozanati, tabiiy jarayonlar, dengizning 1961 yildan boshlab o‘zgarish dinamikasi, istiqbolda kutilayotgan o‘zgarshlarni xaritalar asosida ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Atrof muhitning ifloslanishi munosabati bilan aholi orasida tibbiy o‘zgarishlarni xaritalar asosida tavsiflash amaliy ahamiyat kasb etadi. Ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish. Atrof muhitni, xususan suv va havo havzalari, tuproqning ifloslanishi, yaylov, o‘rmonzorlarning buzilishi, er resurslarining muomiladan chiqib ketayotganligi muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi ekologik monitoringni joylarda amalga oshirishni talab qiladi. Bu  
 
borada mamlakatimizda ma’lum darajada ekologik kuzatish va nazorat ishlari olib 
borilmoqda. 
Ekologik monitoring natijasida jonli va jonsiz tabiat bo‘yicha har yili 
ko‘plab kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘iladi. Ayniqsa, suv va havo 
havzalarining ifloslanishi, tuproqlarning qashshoqlanishi, sug‘oriladigan erlarning 
sho‘rlanishi, eroziya va boshqa jarayonlarning harakati bo‘yicha ko‘plab 
ma’lumotlar yig‘iladi. Ular asosida ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha ekologik xaritalar 
tuzish manba materiallaridan foydalanish samaradorligini bir necha barobar oshiradi. 
Xarita ko‘plab turli ko‘rsatkich, miqdoriy ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgani 
tufayli, ulardan amaliy foydalanishni osonlashtiradi, samaradorligini orttiradi. 
Bunday xaritalar ma’lum erlar uchun muntazam tuzib borilishi natijasida ularning 
ko‘p yillik dinamik o‘zgarishidagi qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradi. Ekologik 
xaritalarni tuzishda aerokosmik uslubiyotdan foydalanish ancha samarali 
hisoblanadi. Koinotdan olingan sur’atlar asosida tuzilgan xaritalar loyihachilar, turli 
mutaxassislar, olimlarni tabiat muhofazasi, ekologik vaziyatni yumshatish, tabiiy 
resurslarning mahsuldorligini oshirishdagi ishlarining tez bajarilishi, sifatli qilib 
amalga oshirish va ko‘zlangan maqsadga erishishda negiz bo‘ladi. 
 
 
5.3. Geoekologik rayonlashtirish 
XX asrning oxirgi o‘n yilligidan boshlab geografiya va ekologiya fanlarida 
ekologik rayonlashtirish tushunchasi ishlab chiqildi. Mazkur tushunchalar hozirgi 
paytda qator fanlarda qo‘llanilib kelmoqda. 
O‘zbekistonda ushbu muammo bilan P.N.G‘ulomov, A.A.Rafiqov, 
A.N.Nig‘matov, A.Abdulqosimov, R.M.Razzoqov, V.V.Titova, V.P.Savello, 
S.B.Abbosov, N.R.Alimqulov, SH.M.SHaripov va boshqalar shug‘ullanishgan va 
shug‘ullanib kelishmoqda. 
Geoekologik 
rayonlashtirishning 
maqsadi 
A.A.Rafiqov 
(2000), 
A.G.Isachenko (2003) va boshqalarning fikriga ko‘ra, tabiiy muhitning hududiy 
tabaqalanishidagi geografik qonuniyatlarni namoyon qilish va getizimlarning 
geoekologik vaziyatini majmuali baholashdir. Boshqacha aytganda, landshaft-
ekologik rayonlashtirish zaminida tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan maqsadli 
foydalanish yotadi. Bunda har bir tabiiy resurs yoki lanshaft komponenti alohida 
borada mamlakatimizda ma’lum darajada ekologik kuzatish va nazorat ishlari olib borilmoqda. Ekologik monitoring natijasida jonli va jonsiz tabiat bo‘yicha har yili ko‘plab kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘iladi. Ayniqsa, suv va havo havzalarining ifloslanishi, tuproqlarning qashshoqlanishi, sug‘oriladigan erlarning sho‘rlanishi, eroziya va boshqa jarayonlarning harakati bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar yig‘iladi. Ular asosida ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha ekologik xaritalar tuzish manba materiallaridan foydalanish samaradorligini bir necha barobar oshiradi. Xarita ko‘plab turli ko‘rsatkich, miqdoriy ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgani tufayli, ulardan amaliy foydalanishni osonlashtiradi, samaradorligini orttiradi. Bunday xaritalar ma’lum erlar uchun muntazam tuzib borilishi natijasida ularning ko‘p yillik dinamik o‘zgarishidagi qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradi. Ekologik xaritalarni tuzishda aerokosmik uslubiyotdan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Koinotdan olingan sur’atlar asosida tuzilgan xaritalar loyihachilar, turli mutaxassislar, olimlarni tabiat muhofazasi, ekologik vaziyatni yumshatish, tabiiy resurslarning mahsuldorligini oshirishdagi ishlarining tez bajarilishi, sifatli qilib amalga oshirish va ko‘zlangan maqsadga erishishda negiz bo‘ladi. 5.3. Geoekologik rayonlashtirish XX asrning oxirgi o‘n yilligidan boshlab geografiya va ekologiya fanlarida ekologik rayonlashtirish tushunchasi ishlab chiqildi. Mazkur tushunchalar hozirgi paytda qator fanlarda qo‘llanilib kelmoqda. O‘zbekistonda ushbu muammo bilan P.N.G‘ulomov, A.A.Rafiqov, A.N.Nig‘matov, A.Abdulqosimov, R.M.Razzoqov, V.V.Titova, V.P.Savello, S.B.Abbosov, N.R.Alimqulov, SH.M.SHaripov va boshqalar shug‘ullanishgan va shug‘ullanib kelishmoqda. Geoekologik rayonlashtirishning maqsadi A.A.Rafiqov (2000), A.G.Isachenko (2003) va boshqalarning fikriga ko‘ra, tabiiy muhitning hududiy tabaqalanishidagi geografik qonuniyatlarni namoyon qilish va getizimlarning geoekologik vaziyatini majmuali baholashdir. Boshqacha aytganda, landshaft- ekologik rayonlashtirish zaminida tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan maqsadli foydalanish yotadi. Bunda har bir tabiiy resurs yoki lanshaft komponenti alohida  
 
o‘rganilib, undan foydalanishning qulay tomonlari aniqlanadi (R.Holiqov va b., 
2004). 
X.Vaxobov va boshqalar (2004) fikriga ko‘ra, ekologik rayonlashtirish, 
tushunchasini ikki jihati mavjud: 1) geografiyada juda keng tarqalgan sifat jihatdan 
rayonlashtirish (qulay, o‘rtacha qulay va hakoza); 2) taksonomik birliklar asosan 
miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida ajratiladi (suvlar, atmosfera havosi, tuproqlarning 
ifloslanishi, aholining o‘lim darajasi va hakazo). 
Geografiyaga oid adabiyotlarda (D.Armand, 1975; N.Gvozdetskiy, 1979; 
N.Kogay, 1979; A.Fedina, 1981; N.Mixaylov, 1985; A.Isachenko, 1991) 
ta’riflanishicha, rayon tadqiqotchi tomonidan ajratiladigan hududdir. 
SH.S.Zokirov (2004) tabiiy geografik rayonlashtirish-tabiatda ob’ektiv 
mavjud bo‘lgan tabiiy geografik majmualarni aniqlash, ma’lum bir taksonomik 
birlikka mos holda xaritaga tushirish, ularning tarkibi, tuzilmasi (strukturasi), 
dinamikasi, rivojlanishi va boshqa xususiyatlarini bilish hamda tavsiflab berishdir”-
deb ta’kidlaydi. 
Demak, tabiiy geografik rayonlashtirish umumilmiy rayonlashtirish bo‘lib, 
“umumilmiy rayonlashtirish asosida u yoki bu masalalarni hal etishga qaratilgan, 
ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan amaliy rayonlashtirishni yaratish mumkin” 
(A.Isachenko, 1991). Ko‘rinib turibdiki, “tabiiy geografik rayonlashtirish amaliy 
maqsadlarni ko‘zlab bajariladigan rayonlashtirilishlarga ham, tabiiy sharoit va tabiiy 
resusrslardan to‘g‘ri va oqilona foyldalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p tadbiralarni 
amalga oshirish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi” (SH.Zokirov, 2004). Bunda 
avvalo, tabiiy geografik rayonlashtirish va landshaft tipologik xaritalarining zarurligi 
taqazo etiladi. 
Geoekologik vaziyatni o‘rganish uchun har qanday hududni uning chegara 
va maydonidan qat’iy nazar ob’ekt sifatida olish mumkin. 
A.G.Isachenko (2003) ta’biri bilan aytganda, “geoekologik tahlil tabiiy 
hududiy bo‘linmalar, ya’ni biron taksonomik pog‘onadagi geotizimlar bo‘yicha 
amalga oshirilishi lozim. Bu talabga tabiiy geografik bo‘linishning landshaft birligi 
to‘la javob beradi”. 
A.A.Abdulqosimov (2004) O‘rta Osiyo tog‘ oralig‘i botiqlarini, jumladan 
Surxondaryo botig‘ini ham landshaft tipologik xaritalashtirish asosida quyidagi 
o‘rganilib, undan foydalanishning qulay tomonlari aniqlanadi (R.Holiqov va b., 2004). X.Vaxobov va boshqalar (2004) fikriga ko‘ra, ekologik rayonlashtirish, tushunchasini ikki jihati mavjud: 1) geografiyada juda keng tarqalgan sifat jihatdan rayonlashtirish (qulay, o‘rtacha qulay va hakoza); 2) taksonomik birliklar asosan miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida ajratiladi (suvlar, atmosfera havosi, tuproqlarning ifloslanishi, aholining o‘lim darajasi va hakazo). Geografiyaga oid adabiyotlarda (D.Armand, 1975; N.Gvozdetskiy, 1979; N.Kogay, 1979; A.Fedina, 1981; N.Mixaylov, 1985; A.Isachenko, 1991) ta’riflanishicha, rayon tadqiqotchi tomonidan ajratiladigan hududdir. SH.S.Zokirov (2004) tabiiy geografik rayonlashtirish-tabiatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan tabiiy geografik majmualarni aniqlash, ma’lum bir taksonomik birlikka mos holda xaritaga tushirish, ularning tarkibi, tuzilmasi (strukturasi), dinamikasi, rivojlanishi va boshqa xususiyatlarini bilish hamda tavsiflab berishdir”- deb ta’kidlaydi. Demak, tabiiy geografik rayonlashtirish umumilmiy rayonlashtirish bo‘lib, “umumilmiy rayonlashtirish asosida u yoki bu masalalarni hal etishga qaratilgan, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan amaliy rayonlashtirishni yaratish mumkin” (A.Isachenko, 1991). Ko‘rinib turibdiki, “tabiiy geografik rayonlashtirish amaliy maqsadlarni ko‘zlab bajariladigan rayonlashtirilishlarga ham, tabiiy sharoit va tabiiy resusrslardan to‘g‘ri va oqilona foyldalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p tadbiralarni amalga oshirish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi” (SH.Zokirov, 2004). Bunda avvalo, tabiiy geografik rayonlashtirish va landshaft tipologik xaritalarining zarurligi taqazo etiladi. Geoekologik vaziyatni o‘rganish uchun har qanday hududni uning chegara va maydonidan qat’iy nazar ob’ekt sifatida olish mumkin. A.G.Isachenko (2003) ta’biri bilan aytganda, “geoekologik tahlil tabiiy hududiy bo‘linmalar, ya’ni biron taksonomik pog‘onadagi geotizimlar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Bu talabga tabiiy geografik bo‘linishning landshaft birligi to‘la javob beradi”. A.A.Abdulqosimov (2004) O‘rta Osiyo tog‘ oralig‘i botiqlarini, jumladan Surxondaryo botig‘ini ham landshaft tipologik xaritalashtirish asosida quyidagi  
 
geoekologik rayonlarni ajratishni taklif qilgan: 1) kuchsiz ifloslangan va 
degradatsiyalashgan Termiz–Surxon vodiy geoekologik rayoni; 2) deflyasiya va 
sho‘rlanish tufayli kuchli degradatsiyalashgan quyi Surxon voha-cho‘l geoekologik 
rayoni; 3) kimyoviy birikmalar bilan ifloslangan O‘rta Surxon voha-cho‘l 
geoekologik rayoni; 4) metallogen changlar bilan ifloslangan YUqori Surxon voha-
dasht geoekologik rayoni. 
S.B.Abbosov (2007) Qizilqum cho‘lini geoekologik rayonlashtirishda 
tuzilgan landshaftlarga asoslanib hamda keyingi yillardagi ekologik vaziyatlarni 
hisobga olib, Qizilqum cho‘lida tegishli geoekologik rayonlarni ajratishga erishdi (2 
- rasm). 
 
 
 
2-rasm. Qizilqumning geoekologik rayonlari 
N.R.Alimqulov (2008) Jizzax viloyatining landshaft-ekologik sharoitini 
o‘rganish asosida viloyatning landshaft-ekologik rayonlashtirish xaritasini va unda 
landshaft-ekologik rayonlarini ajratishga muyassar bo‘ldi (3 - rasm). 
geoekologik rayonlarni ajratishni taklif qilgan: 1) kuchsiz ifloslangan va degradatsiyalashgan Termiz–Surxon vodiy geoekologik rayoni; 2) deflyasiya va sho‘rlanish tufayli kuchli degradatsiyalashgan quyi Surxon voha-cho‘l geoekologik rayoni; 3) kimyoviy birikmalar bilan ifloslangan O‘rta Surxon voha-cho‘l geoekologik rayoni; 4) metallogen changlar bilan ifloslangan YUqori Surxon voha- dasht geoekologik rayoni. S.B.Abbosov (2007) Qizilqum cho‘lini geoekologik rayonlashtirishda tuzilgan landshaftlarga asoslanib hamda keyingi yillardagi ekologik vaziyatlarni hisobga olib, Qizilqum cho‘lida tegishli geoekologik rayonlarni ajratishga erishdi (2 - rasm). 2-rasm. Qizilqumning geoekologik rayonlari N.R.Alimqulov (2008) Jizzax viloyatining landshaft-ekologik sharoitini o‘rganish asosida viloyatning landshaft-ekologik rayonlashtirish xaritasini va unda landshaft-ekologik rayonlarini ajratishga muyassar bo‘ldi (3 - rasm).  
 
Bundan tashqari SH.Do‘sanova (Quyi Amudaryo), SH.M.SHaripov 
(Toshkent viloyati) va boshqa tadqiqotchilarning ham geoekologik rayonlashtirish 
borasidagi izlanishlari hududlardagi ekologik vaziyatlarni yaxshilash borasida  
chora – tadbirlar majmuasi va yo‘nalishini ishlab chiqish va amalga 
oshirishda asqotmoqda. 
 
 
Jizzax viloyatining Landshaft-ekologik rayonlashtirish xaritasi 
 
Adabiyotlar 
1. Abbosov.S.B. Tabiatdan foydalanishning geoekologik shakl va tamoyillari // 
O‘zGJ Axboroti. T., 2003, 23-jild, 59-60-b. 
Bundan tashqari SH.Do‘sanova (Quyi Amudaryo), SH.M.SHaripov (Toshkent viloyati) va boshqa tadqiqotchilarning ham geoekologik rayonlashtirish borasidagi izlanishlari hududlardagi ekologik vaziyatlarni yaxshilash borasida chora – tadbirlar majmuasi va yo‘nalishini ishlab chiqish va amalga oshirishda asqotmoqda. Jizzax viloyatining Landshaft-ekologik rayonlashtirish xaritasi Adabiyotlar 1. Abbosov.S.B. Tabiatdan foydalanishning geoekologik shakl va tamoyillari // O‘zGJ Axboroti. T., 2003, 23-jild, 59-60-b.  
 
2. Abdullaev S.I. va b. Geoekologiya ilmiy va o‘quv fani sifatida // O‘zGJ Axboroti. 
T., 2010, 35-jild, 68-71-b. 
3. Bogucharskov V.T. Istoriya geografii. M.-Rostov n/d.: MART, 2004. 
4. Zokirov SH.S. Ekologik vaziyatlar va Landshaftlarni o‘rganishning ba’zi nazariy 
masalalari // Istiqlol va geografiya. II qism. T.: O‘zRGJ, 1995, 141-142-b. 
5. Zokirov SH.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T.: Universitet, 1999. 
6. Isachenko A.G. Vvedenie v ekologicheskuyu geografiyu. SPb., 2003. 
7. Makunina G.S. Geoekologiicheskie kompleksы regionalnogo urovnya: 
konsepsiya, klassifikatsiya, sistemnaya struktura, otsenka i prognoz // Geografiya i 
prirodne resursy. 1990, № 3. 
8. Mirakmalov M.T., SHaripov SH.M. Professor A.A.Rafiqovning geoekologiya 
ilmiy maktabi // O‘zGJ Axboroti. T., 2012, 41-jild, 59-62-b. 
9. Nazarov I.Q. Geoekologiya prioretetnoe integralnoe geograficheskoe nauchnoe 
napravlenie // O‘zGJ Axboroti. T., 1998, 19-jild, 14-17 b. 
10. Nazarov I.Q. va boshqalar. Geografiya va hududlar ekologiyasi: muammolar va 
vazifalar // O‘zGJ Axboroti. T. 2012, 40-jild, 10-13 b. 
11. Nazarov I.Q. Geografiya fanining asosiy muammolari. T.: Muharrir, 2013. 
12. Nigmatov N.A., Rasulov A.B. Geografik ekologiyaning ilmiy – nazariyasiga doir 
mulohazalar // O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari. 
Samarqand, 2013, 14-15-b. 
 
2. Abdullaev S.I. va b. Geoekologiya ilmiy va o‘quv fani sifatida // O‘zGJ Axboroti. T., 2010, 35-jild, 68-71-b. 3. Bogucharskov V.T. Istoriya geografii. M.-Rostov n/d.: MART, 2004. 4. Zokirov SH.S. Ekologik vaziyatlar va Landshaftlarni o‘rganishning ba’zi nazariy masalalari // Istiqlol va geografiya. II qism. T.: O‘zRGJ, 1995, 141-142-b. 5. Zokirov SH.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T.: Universitet, 1999. 6. Isachenko A.G. Vvedenie v ekologicheskuyu geografiyu. SPb., 2003. 7. Makunina G.S. Geoekologiicheskie kompleksы regionalnogo urovnya: konsepsiya, klassifikatsiya, sistemnaya struktura, otsenka i prognoz // Geografiya i prirodne resursy. 1990, № 3. 8. Mirakmalov M.T., SHaripov SH.M. Professor A.A.Rafiqovning geoekologiya ilmiy maktabi // O‘zGJ Axboroti. T., 2012, 41-jild, 59-62-b. 9. Nazarov I.Q. Geoekologiya prioretetnoe integralnoe geograficheskoe nauchnoe napravlenie // O‘zGJ Axboroti. T., 1998, 19-jild, 14-17 b. 10. Nazarov I.Q. va boshqalar. Geografiya va hududlar ekologiyasi: muammolar va vazifalar // O‘zGJ Axboroti. T. 2012, 40-jild, 10-13 b. 11. Nazarov I.Q. Geografiya fanining asosiy muammolari. T.: Muharrir, 2013. 12. Nigmatov N.A., Rasulov A.B. Geografik ekologiyaning ilmiy – nazariyasiga doir mulohazalar // O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari. Samarqand, 2013, 14-15-b.