EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

20,5 KB


 
 
 
 
 
 
EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI 
 
 
Reja:  
1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi. 
2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi 
 
Quyidagi mavzular bilan tanishasiz: yirik ekologik muammolar, “issiqxona 
samarasi”, ozn “tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko’tarilishi, cho’llashish, o’rmon, 
yer va suv resurslaridan foydalanish, hududiy ekologik muammolar. 
Insonning mehnat faoliyati natijasida atrof-muhitga turli chiqindilar 
chiqariladi. Chiqindilar (qattiq, gazsimon va suyuq)ning bir qismi atmosferaga, 
boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida 
to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli 
muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni chiqarishi 
endilikda to’liq tasdiqlanmoqda. Quyida mazkur geoekologik muammolarning 
ba’zilari bilan tanishasiz.  
 
1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi. 
 
Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar 
kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”, 
cho’llashish. 
“Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50-yillaridan boshlab, 
energiya chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta miqdorda 
chiqindilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori 
yiliga 5 mlrd tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi 
o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 °C dan 1980-yilda 15,2 °C ga, ya’ni 0,7 darajaga 
EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI Reja: 1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi. 2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi Quyidagi mavzular bilan tanishasiz: yirik ekologik muammolar, “issiqxona samarasi”, ozn “tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko’tarilishi, cho’llashish, o’rmon, yer va suv resurslaridan foydalanish, hududiy ekologik muammolar. Insonning mehnat faoliyati natijasida atrof-muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqindilar (qattiq, gazsimon va suyuq)ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda. Quyida mazkur geoekologik muammolarning ba’zilari bilan tanishasiz. 1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi. Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”, cho’llashish. “Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50-yillaridan boshlab, energiya chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqindilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 mlrd tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 °C dan 1980-yilda 15,2 °C ga, ya’ni 0,7 darajaga  
 
ortishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatkich yil ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa 
“issiqxona samarasi”ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlarning fikricha, 
“issiqxona samarasi”ni vujudga keltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib 
qolsa, har 10 yilda harorat 0,2 – 0,5 darajaga ortib boradi. Bu esa turli ekologik va 
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi munkin. Dunyo bo’yicha havo 
haroratining 1 – 2 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon-
tundra, taiga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat 
zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada 
daryolarning suv oqimi ortadi.  
Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean 
suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning 
hisobi bo’yicha okean sathi 17,5 sm ga ko’tarilgan. Amerika olimlarining 
bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4 – 2,2 m ga ko’tarilishi 
mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv ostida qolib 
ketishiga sabab bo’ladi.  
Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillaridan boshlab, havoda Freon 
gazlarining (xlor, ftor, uglerod) miqdori ko’payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 
25 km balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki, ozon 
qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi. Ozon 
qatlamining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynukdan 
Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin 
kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi 
aniqlangan.  
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari hamda davlat arboblari qabul 
qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga 
qadar Freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kamaytirib borish 
tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi”ning maydoni 
qisqarib bormoqda. 
Cho’llashish. Hozirgi paytda cho’llashish jarayoni, ya’ni hosildor 
yerlarning, yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir 
bo’lmoqda. Tabiiy omillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968 – 1974-
yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad 
ortishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatkich yil ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa “issiqxona samarasi”ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlarning fikricha, “issiqxona samarasi”ni vujudga keltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2 – 0,5 darajaga ortib boradi. Bu esa turli ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi munkin. Dunyo bo’yicha havo haroratining 1 – 2 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon- tundra, taiga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi. Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo’yicha okean sathi 17,5 sm ga ko’tarilgan. Amerika olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4 – 2,2 m ga ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi. Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillaridan boshlab, havoda Freon gazlarining (xlor, ftor, uglerod) miqdori ko’payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 25 km balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynukdan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan. 1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga qadar Freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kamaytirib borish tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi”ning maydoni qisqarib bormoqda. Cho’llashish. Hozirgi paytda cho’llashish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. Tabiiy omillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968 – 1974- yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad  
 
ko’li maydonining 60 foizdan ortig’i, Niger, Senegel daryolari qurib qoldi, namlik 
yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamayadi, cho’l 100–
150 km ga savannaga bostirib kirdi. 
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda 
hosildor yerlar cho’lga aylanmoqda. Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 mln 
kv.km maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yili taxminan 21 mln ga yer to’liq buzilib, 
cho’lga aylanmoqda. Har yili yerlarning 6 mln ga maydoni cho’lga aylandi.  
Hozirgi paytda cho’llashishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va 
amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga 
qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi. 
2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi 
 
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va 
jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik 
muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin 
o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda.  
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, 
Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kaspiy va Orol dengizlari, 
Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda 
mavjud. 
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – 
bu, Orol dengizi muammosidir. 1911–1960-yillar davomida Orol dengiziga har yili 
50 kub km suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutloq 
balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kv.km, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi 
9,5 – 10 foiz (9,5 – 10 g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 m ni tashkil qolgan.  
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’istondagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, 
qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini 
qurib, ishga tishirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan 
Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol 
dengizining sathi pasayib, matdoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi 
esa orta boshladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ko’li maydonining 60 foizdan ortig’i, Niger, Senegel daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamayadi, cho’l 100– 150 km ga savannaga bostirib kirdi. Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosildor yerlar cho’lga aylanmoqda. Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 mln kv.km maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yili taxminan 21 mln ga yer to’liq buzilib, cho’lga aylanmoqda. Har yili yerlarning 6 mln ga maydoni cho’lga aylandi. Hozirgi paytda cho’llashishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi. 2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda. Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kaspiy va Orol dengizlari, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda mavjud. O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu, Orol dengizi muammosidir. 1911–1960-yillar davomida Orol dengiziga har yili 50 kub km suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutloq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kv.km, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi 9,5 – 10 foiz (9,5 – 10 g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 m ni tashkil qolgan. O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’istondagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tishirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, matdoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi esa orta boshladi.  
 
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo orqali quyilgan suv miqdorining 
1926–1996-yillar mobaynida o’zgarib borishi, 
km3 
                                                                    4 – j a d v a l 
Tavsif 
 
 
 
1961-1970 
1971-1985 
1986-  1996 
Suv resurslari 
116,2 
109,6 
98,6 
Suv oqimi sarfi 
70,8 
92,2 
- 
Daryo deltalariga 
yetib 
kelgan suv 
45,4 
17,4 
14,6 
Daryo deltalarida suv 
3,9 
2,4 
2,0 
Dengizga quyilgan suv 
41,5 
15,0 
12,6 
 
 
 
 
 
 
Orol dengizi suv rejimining o’zgarishi 
(A.Ye.Asarin ma’lumotlari bo’yicha) 
                                            5 – j a d v a l 
Tavsif 
 
1980 
1985 
1989 
 1999  
2003 
Sathi, m 
 
46,3    
42,2 
38,6     
35,0     
30 
Hajmi, km3 
 
675 
470 
329 
 231,3     
155 
Maydoni, 
ming km2 
 
52,1    
45,0 
36,5      
28,0     
20 
 
Orol dengizi sathi 1960–1970-yillari 21 sm, 1971–1980-yillarda 68 sm, 
1981–1985-yillarda sm ni tashkil qiladi. 
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan 1941 – 1960-yillari 55,2 kub km; 
1961 – 1970-yillari 41,5; 1971 – 1985-yillari 15,0; 1986 – 1996-yillari 12,6 kub km 
suv kelgan. 
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo orqali quyilgan suv miqdorining 1926–1996-yillar mobaynida o’zgarib borishi, km3 4 – j a d v a l Tavsif 1961-1970 1971-1985 1986- 1996 Suv resurslari 116,2 109,6 98,6 Suv oqimi sarfi 70,8 92,2 - Daryo deltalariga yetib kelgan suv 45,4 17,4 14,6 Daryo deltalarida suv 3,9 2,4 2,0 Dengizga quyilgan suv 41,5 15,0 12,6 Orol dengizi suv rejimining o’zgarishi (A.Ye.Asarin ma’lumotlari bo’yicha) 5 – j a d v a l Tavsif 1980 1985 1989 1999 2003 Sathi, m 46,3 42,2 38,6 35,0 30 Hajmi, km3 675 470 329 231,3 155 Maydoni, ming km2 52,1 45,0 36,5 28,0 20 Orol dengizi sathi 1960–1970-yillari 21 sm, 1971–1980-yillarda 68 sm, 1981–1985-yillarda sm ni tashkil qiladi. Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan 1941 – 1960-yillari 55,2 kub km; 1961 – 1970-yillari 41,5; 1971 – 1985-yillari 15,0; 1986 – 1996-yillari 12,6 kub km suv kelgan.  
 
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni 
tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun 
yer osti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi 
bug’lanib, tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi. 
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi 
oqibatida bu yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib, cho’llashish jarayoni 
rivojlandi. 
Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga – dengiz sathini 
ma’lum darajada ushlab turishga va Orol bo’yi ekologik sharoitini yaxshilashga 
qaratilgan. 
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlikda, ya’ni 33 m mutlaq balandlikda 
ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub km suv tushib 
turishi lozim. 
Orol bo’yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo’li aholini 
toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o’zanlar, ko’llarga muntazam 
ravishda suv yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to’sish uchun 
qumlarni o’simliklar bilan mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash, yaylovlar, pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat. 
Bilimingizni sinab ko’ring: 
 
1. Yirik ekologik muammolarga nimalar kiradi? 
2. “Issiqxona samarasi” qanday hosil bo’ladi va uning oqibatlari nimalardan 
iborat? 
3. Ozon “tuynugi” qanday gazlar ta’sirida vujudga keladi? 
4. Cho’llashish jarayoni qanday omillar natijasida sodir bo’ladi? 
5. O’zingiz yashab turgan joyda yerlar qanday omillar ta’sirida buzilishini va 
ishdan chiqishini aniqlab, daftaringizga yozing. 
6. Cho’llashishning oqibatlari haqida so’zlab bering. 
7. Orol dengizi qurishining asosiy sababi nima? 
8. Orol dengizini saqlab qolish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish 
lozim? 
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun yer osti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug’lanib, tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqibatida bu yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib, cho’llashish jarayoni rivojlandi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga – dengiz sathini ma’lum darajada ushlab turishga va Orol bo’yi ekologik sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlikda, ya’ni 33 m mutlaq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub km suv tushib turishi lozim. Orol bo’yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo’li aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o’zanlar, ko’llarga muntazam ravishda suv yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to’sish uchun qumlarni o’simliklar bilan mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yaylovlar, pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat. Bilimingizni sinab ko’ring: 1. Yirik ekologik muammolarga nimalar kiradi? 2. “Issiqxona samarasi” qanday hosil bo’ladi va uning oqibatlari nimalardan iborat? 3. Ozon “tuynugi” qanday gazlar ta’sirida vujudga keladi? 4. Cho’llashish jarayoni qanday omillar natijasida sodir bo’ladi? 5. O’zingiz yashab turgan joyda yerlar qanday omillar ta’sirida buzilishini va ishdan chiqishini aniqlab, daftaringizga yozing. 6. Cho’llashishning oqibatlari haqida so’zlab bering. 7. Orol dengizi qurishining asosiy sababi nima? 8. Orol dengizini saqlab qolish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?  
 
9. Orol bo’yi hududi ekologik sharoitini yaxshilash uchun nimalar qilish 
lozim? 
10. 
Orol muammosini yechish bo’yicha o’z fikrlaringizni daftaringizga 
yozing. 
 
9. Orol bo’yi hududi ekologik sharoitini yaxshilash uchun nimalar qilish lozim? 10. Orol muammosini yechish bo’yicha o’z fikrlaringizni daftaringizga yozing.