1
EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI
Reja:
1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari.
2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi.
3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari.
Mashg‘ulot
maqsadi:
Ekonometrik
modellashtirish
bo‘yicha
umumiy
tasavvurlarni shakllantirish.
Mavzuni o‘rganish natijasida talaba:
Iqtisodiyotda modellashtirish ahamiyatini aytib beradi;
Iqtisodiyotda modellarning tasnifini aytib beradi;
Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlarini sanab beradi.
1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy
element sifatida matematik modellar va usullarni o‘z ichiga oladi. Matematikadan
iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o‘zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim,
ahamiyatli
bog‘lanishlarini
ajratishga
va
formal
tasvirlashga,
iqtisodiyot
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo‘nda bayon qilishga
imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o‘rin tutadi.
2
O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 05.06.2018 yilda qabul qilingan PQ-3775 sonli Qarorida “Hududlarda
yangi oliy ta’lim tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim
muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohatlar
hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologk g‘oyalar bilan fikr
almashadigan muloqat markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo
va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif
kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus
ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan1” ta’kidlab o‘tilgan.
Model - bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki
tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o‘rnini shunday bosadiki, uni bevosita
o‘rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni tuzishda tadqiq
qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo‘yilgan masalani
yechish uchun muhim bo‘lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo‘llanila boshlandi
va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya,
biologiya va nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi.
Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik
makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX
asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta
muvaffaqiyatlar va obro‘-e’tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o‘rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi
1 O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.06.2018y Qarori //O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari to‘plami. 2018 y.,
№23. 474 modda.
3
modellari, firma modellari, iqtisodiy o‘sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi
muvozanat modellari va boshqa ko‘p modellar iqtisodiy modellarga misol bo‘ladi.
Iqtisodiyotda matematik model - bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil
qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy
masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli - bu uning
funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi
ko‘rinishidagi
aks
ettirilishi.
Bunday
aks
ettirish
o‘rganilayotgan
ob’ekt
elementlarining munosabatlari to‘plamini model elementlarining shunga o‘xshash
munosabatlariga birlashtiradi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo‘llash usullari iqtisodiy-
matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni
o‘rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning birlashmasidir. Bu
tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan
kiritilgan bo‘lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil
bo‘lgan.
2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi
Modellashtirish va modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab, moddiy
va abstrakt kabi sinflarga bo‘linadi.
Moddiy modellar asosan o‘rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik,
dinamik yoki funksional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan
maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi
maketlar bunga misol bo‘la oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik
jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo‘llari
o‘rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo‘lib,
texnika fanlarida keng qo‘llaniladi.
Ammo moddiy modellashtirishdan iqtisodiy maslalarni yechish uchun
foydalanishda ma’lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni biror sohasini
o‘rganish bilan butun iqtisodiy ob’ekt haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ko‘pgina
4
iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratish qiyin bo‘ladi va ko‘p xarajat
talab etadi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar,
gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish
sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi.
Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma’lum tillarga asoslangan belgilar majmuidan
iborat. O‘z navbatida, belgili abstrakt modellar matematik va logik tillar shaklidagi
matematik logik modellarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik
bog‘lanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir.
Iqtisodiyotda modellar turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi.
Modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning ishlab chiqarish-
texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohida qismlarini tadqiq qilish
uchun mo‘ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar va
muammolar
mazmuni
bo‘yicha
tasniflashda
butun
iqtisodiyot
modellari
(makroiqtisodiy modellar)ni va uning quyi tizimlari - tarmoqlar, hududlar va
hokazolarning modellari, ishlab chiqarish, iste’mol, daromadlarni shakllantirish va
taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aloqalar va shu
kabilar modellarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)ni ajratib ko‘rsatish
mumkin.
Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki
parametrlarini, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi
tadqiqotlarda ko‘proq tuzilmaviy modellar qo‘llaniladi, chunki ular quyi tizimlarning
o‘zaro bog‘liqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O‘ziga
xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin.
Funksional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo‘llaniladi, bunda ob’ektning holati
(«chiqish»)ga «kirish»ni o‘zgartirish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatiladi. Iste’molchilarning
tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli bunga misol bo‘la oladi.
Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o‘zida ham tuzilmaviy, ham funksional model bilan
tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tiziminini rejalashtirish uchun
5
tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq
funksional model bilan ifodalanishi mumkin.
Determinirlangan modellar model o‘zgaruvchilari orasidagi qat’iy funksional
bog‘lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq qilinayotgan
ko‘rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligini e’tiborga oladi hamda ularni tasvirlash
uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning vositalaridan foydalanadi.
Statik modellarda barcha bog‘lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga
tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini
tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va
rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha), uzoq
muddatli (10-15 va undan ko‘proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy-matematik
modellarda vaqtning o‘zi yoki uzluksiz, yoki diskret ravishda o‘zgarishi mumkin.
Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o‘z ichiga olishiga qarab
fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.
Shunday qilib, iqtisodiyotda modellarning umumiy tasnifi o‘ndan ortiq asosiy
belgilarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy-matematik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan
qo‘llanilayotgan modellarni tasniflash muammosi murakkablashib boraveradi.
3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan,
iqtisodiyotda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Iqtisodiy-matematik
modellashtirish bitta siklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik.
Iqtisodiy muammoning qo‘yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich
modellashtiriladigan ob’ektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni
ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning elementlarini
bog‘lovchi asosiy bog‘lanishlarni o‘rganishni; ob’ektning holati va rivojlanishini
tushuntiruvchi (hech bo‘lmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni o‘z ichiga
oladi.
6
Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoni formallashtirish, uni
tayinli matematik bog‘lanishlar va munosabatlar (funksiyalar, tenglamalar,
tengsizliklar va h.k.) ko‘rinishida ifodalash bosqichidir. Odatda avval matematik
modelning asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so‘ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari
(o‘zgaruvchilar va parametrlarning aniq ro‘yxati, bog‘lanishlar shakli) aniqlashtiriladi.
Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy
xossalarini aniqlashdan iborat. Bu yerda tadqiqotning sof matematik usullari
qo‘llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida yechimning mavjudligi, yagonaligi,
yechimga qaysi o‘zgaruvchilar (noma’lumlar) kirishi mumkinligi, ular orasidagi
munosabatlar, bu o‘zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga bog‘liq
ravishda o‘zgarishi, ularning o‘zgarish yo‘nalishlari va shu kabi masalalar
oydinlashtiriladi. Modelning analitik tadqiqoti empirik (sonli) tadqiqotiga nisbatan
shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalar modelni tashqi va ichki
parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o‘z kuchini saqlaydi.
Miqdoriy yechish. Bu bosqich masalani miqdoriy yechish uchun algoritmlarni
ishlab chiqish, kompyuterda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o‘tkazishni o‘z
ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiy masalalarning
katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlash zaruriyatidan kelib chiqadi.
Miqdoriy natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Siklning bu yakunlovchi
bosqichida modellashtirish natijalarining to‘g‘riligi va to‘laligi, ularning amalda
qo‘llanish darajasi haqida muammo ko‘tariladi.
Har qanday ekonometrik tadqiqotlar iqtisodiy jarayon va hodisalarni statisik
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslangan holda olib boriladi. Har bir
iqtisodiy hodisa va jarayon esa makro- yoki mikro statistik ko‘rsatkichlar orqali
ifodalanadi. Statistika nazariyasi fanidan ma’lumki, statistik ko‘rsatkichlar mutloq,
nisbiy va o‘rtachalardan iborat bo‘lib, ular o‘zlarining miqdoriy va sifat tomonlariga
ega. Demak, iqtisodiy jarayonlar yuqoridagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistik
kuzatish natijasida olingan va tahlil qilingan ma’lumotlar ekonometrik modellarning
statistik bazasini tashkil etadi.
7
Tuzilgan va o‘tgan davrdagi jarayonlarni aks ettiruvchi ekonometrik modellar
endi prognozlash masalalarini hal etishda foydalaniladi, ya’ni omil belgilarning
kelajakda qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlarida jarayonda qanday o‘zgarishlar
bo‘lishi mumkinligi masalasi yechiladi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi № PQ-3775 sonli Qarori. //Xalq so‘zi. 2018 yil 6 iyun.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni.
//Xalq so‘zi. 2017 yil 8 fevral.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 2017 yil 15
avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.
4. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.-T.: O‘zbekiston, 2017-104 b.
5. Dougherty, Christopher. Elements of econometrics. Study Guide. University of
London. 2011.
6. Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4th edition, 2003 (Gu); 5th
edition (2009, Gujarati D.N., and D.C.Porter).
7. Абдуллаев О.М., Жамалов М.С. Эконометрическое моделирование.
Учебник. –Т.: Фан ва технология. 2010. – 612 с.
8. Елисеева И.И., Куришева С.В. и др. Эконометрика: Учебник. –М.:
Издательство Юрайт, 2018. –288 с.
9. Кремер Н.Ш. Эконометрика: Учебник. –М.: Издательство Юрайт, 2018. –
354 с.
8
10. Демидова О.А. Учебник и практикум для прикладного бакалавриата. –М.:
Издательство Юрайт, 2018. . – 334 с.