“EKOTURIZM” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI, TARIFI (Ekoturizmning ma'nosi, ilmiy adabiyotlarda ekoturizmning berilishi, jahon adabiyotida va ekoturizm amaliyotida ekoturizmning mohiyati)
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
31,1 KB
“EKOTURIZM” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI, TARIFI
1. Ekoturizmning o`rganish ob`ekti, maqsadi va vazifalari.
2. Ekoturizmni mamlakatimizda rivojlantirish, ekoturizm sohasini yo`lga
qo`yish.
3. Ekoturizmning ma'nosi, ilmiy adabiyotlarda ekoturizmning berilishi,
jahon adabiyotida va ekoturizm amaliyotida ekoturizmning mohiyati.
Ekoturizm fanining o‘rganish ob’ekti.
Dunyoda turizm sohasining ekologik turizm yo‘nalishi insoniyat oldidagi
ekologik inqirozning oldini olish, insoniyatning barqaror rivojlanishi va yashab
qolishi uchun sayyoramiz tabiati va uning resurs larini saqlab qolishdagi najot
yo‘llarini axtarish zaminida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Insoniyat oldida
turgan sayyoraviy ekologik muammo larni insoniyatning o‘zi bartaraf etishi kerak
va bartaraf etishga majbur. Shu nuqtai–nazardan ham mamlakatimizda ekologik
turizmni rivojlan tirish masalalarini o‘z vaqtida hal qilishimiz, tabiatimizdagi
bioxilma-xillikni saqlab qolish, tabiiy resurslarimizni muhofaza qilish hamda
xalqaro ekologik inqirozlarning oldini olishga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning ushbu
so‘zlarini keltirishimiz o‘rinli bo‘ladi.–“Men turistik biznes deganda, turizmni
shunchaki rivojlantirish emas, balki kengroq tushunchani nazarda tutaman. Bunda
gap turizm faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish va servis
tarmoqlarini rivojlantirish haqida bormoqda. Bu soha taraqqiyoti mamlakatimizga
xorijiy turistlarni ko‘plab jalb etish bilan birga, eng muhimi, katta valyuta
tushumlarini ta’minlash bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga ulkan hissa
qo‘shishi muqarrar”1.
Shu bilan ta’kidlash lozimki, biz hozircha turizmning barcha turlari bo‘yicha
turistik resurslarga boy ekanligimizni, jahon aholisi biladigan, dunyo tamaddudining
madaniyati, tibbiyoti, astranomiyasi, matematika va adabiyoti poyodevorlarini
yaratgan buyuk insonlar, afsonaviy sarkardalar bizning yurtdan chiqganligini, islom
dini ta’limotining ulug‘ allomalari bizning vatandoshlarimiz ekanligini, asrlarni
charchatayotgan tarixiy me’moriy, madaniy obidalarga boy ekanligimizni turizmda
va ijtimoiy– iqtisodiy hayotimizda reklama qilayotirmiz xolos.
Turizm sohasi o‘z rivojlanishini boshlayotganligi uchun Respublika mizda
iqtisodiyotning bu muhim tarmog‘ining istiqboli bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar asta-
sekinlik bilan tahlil qilinmoqda, ekologik turizmni O‘zbekistonda tashkil
qilishning mohiyati, an’analari va strategiyasi, O‘zbekistonda milliy turizmni
rivojlantirish modeli, milliy turizm biznesini tashkil qilish va boshqarish va
turizmda xavfsizlik asoslari bo‘yicha dastlabki muhim tahlillar natijalari chop
qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda turizm sohasida oliy va o‘rta toifadagi
mutaxassislar tayyorlash uchun dastlabki darsliklar,o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
sohani rivojlantirishda o‘quv–uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ilmiy
adabiyotlar tayyorlanmoqda.O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning dolzarb
masalalari va muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlan gan,o‘quv va ilmiy
adabiyotlarning nashr qilinganligi ham iqtisodiyotimiz da turizmning muhim sohaga
aylanib borayotganligini bildiradi2.
Mamlaktimizda turizmni shakllantirishda turizm sohalarining, turizmning
turlarinig mohiyatini anglab olishda turizm amaliyotida va nazariyasida yetuk
mutaxassislar, olimlarning yo‘qligi natijasida dastlab ki vaqtlarda ko‘plab
noaniqliklarga yo‘l qo‘yildi.Tajribasizlik natijasi da dastlabki tadqiqotchilar
ekologik turizmning kelib chiqishi va uning maqsadi, vazifalarini to‘g‘ri
tushunaolmadilar.
Ekologik turizm xalqaro miqyosda ommaviylashib borishi natijasida uning
1. Каримов И.А., Обод ва озод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. Тошкент,
Ўзбекистон,2000 ,232 б.
2.Н.Тухлиев.,Т.Абдуллаева.Экологический туризм;сушность,тенденциии стратегия развития.Тошкент,2006-
416 б.,Тухлиев И., Ҳайитбоев Р.,ва бошқалар, Туризм асослари,Тошкент, 2014,330 б.Тухлиев И.С.,Қудратов
Ғ.Ҳ.,Пардаев
М.Қ.,Туризмни
режалаштириш.Тошкент,2010,265
б.,Маматқулов
Х.М.
Туризм
инфратузилмаси.Ўқув қўлланма,Тошкент,2011,336 б.,
targ‘ibotiga va tashviqotiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya lar tashkil
qilish, o‘tkazish kuchaytirilgandan keyin noaniq fikr-mulohaza lar, quruq tavsiyalar,
ilmiy to‘plamlarda ekologik turizmning ta’rif va tavsiflarini belgilashdagi tavsiyalar
ilmiy-amaliy jihatdan asoslan magan holda ko‘payib ketdi (shaharlar ekoturizmi,
tarixiy obidalar ekoturizmi, arxeologik qoldiqlar ekoturizmi,hayvonot bog‘lari
ekoturiz mi, muzeylar ekoturizmi va boщq…).
Ekoturizmni rivojlantirishda muammolar bilan birga noaniq, axborotlarning,
tavsiyalarning ham ko‘payib borayotganligi turizm ta’limi yo‘nalishida bilim
olayotgan yosh mutaxassislarni ham, turistik firmalar faoliyatini ham, ekologik
turizmdagi tadbirkorlarni ham, tadqiqotchilarni ham chalkashtirishi aniq. Shuning
uchun ham biz jahon ekoturizm rivojidagi ustuvor usullar, dasturlarini yaxshi
ӯrganishimiz, ekoturizm rivojlangan davlatlarning tajribalari asosida o‘zimizning
milliy ekoturizm dastur larini ishlab chiqishga ma’sulmiz. Bu yo‘nalishda dastlab
ekoturizmning kelib chiqishidagi ijtimoiy-iqtisodiy,tarixiy muhit sabablari va
mohiyatini bilishimiz va tushunib olishimiz lozim.
Ekologik turizm Vatanimizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish
sohasida,nafaqat xorijiy sayyohlarni Vatanimizning tabiiy landshaftlari, hayvonot
va nabotot dunyosiga boy va betakror tabiati bilan tanishtirish balki, xalqlar o‘rtasida
do‘stlik rishtalarini bog‘lash, mamla katlar va turli xalqlarning bir-birini kengroq
bilishini ta’minlaydi, shu bilan birga O‘zbekiston hududida qirilib ketish arafasida
turgan noyob hayvonlar va o‘simliklarni saqlash va ko‘paytirish maqsadlarida
qo‘riqxona lar tarkibida va atrofida jahon talablariga javob beraoladigan milliy tabiiy
bog‘larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali muhofaza
qilinadigan hududlarda ekoturizm ob’ektlarining moddiy-texnika bazasini yaratish
uchun «ekoturizmni rivojlantirish» davlat dasturlarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Ekoturizmning haqiqiy muxlislari o‘zining yangi tabiat go‘shalariga sayohati
vaqtida «tabiat–jamiyat do‘stligi, bardamligi» munosabatlarini ko‘rishni hohlaydi,
kuzatishni hohlaydi. Umumiy fikrlarni jamlab tahlil qilganimizda ekoturizm tabiat
qo‘ynida bo‘lishlikdir.O‘zbekistonda hozirgacha turizm sohasiga bag‘ishlangan
ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilishdan va turizmning rivojlanish ma’lumotlari
natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, turizm Respublikamizda umumiy yo‘nalishdagi
dastlabki bosqichlaridan o‘tdi3.4.
Endilikda, Respublikamizda turizmni rivojlantirishning iqtisodiy geografik
,tabiiy, mintaqaviy jihatlarini tadqiq qilish yuzaga chiqmoqda. Lekin bu
yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar juda kam. O‘zbekistonlik turizm mutaxassislari
turizm geografiyasi va mintaqaviy turizmni rivojlan tirishning istiqbolli yo‘nalish
ekanligini tadqiq qilishga kirishdilar. Bu yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqotlardan
ma’lum bo‘ldiki, mintaqa turizmini barqaror rivojlantirishda ushbu mintaqaning
barcha turistik resurslari asosiy, hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Singapur mamlakatining
markaziy nashrlaridan biri «TODAU» gazetasi muxbiri ning savollariga bergan
javoblarida O‘zbekistonda ekologik turizmning katta salohiyatga ega ekanligini
ta’kidlagan holda, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilarni
keltiradi– «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublika hududida ekologik
turizmni rivojlan tirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li
hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va
noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‘nalishi–yirik
qo‘riqxonalar va bog‘lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi
rivojlanmoqda.5»
Ekologik turizm–«Tabiatni muhofaza qilish»,«Biologiya», «Geolo giya»,
«Geografiya», «Botanika», «Tabiatdan foydalanish iqtisodi», «Iqtisodiy ekologiya»
va boshqa tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, jamiyat va tabiat munosabatlarining
hozirgi asrimizga kelib sayyoraviy chegaralarda keskinlashib borayotganligi
holatlaridan kelib chiqdi. Shu nuqtai-nazardan bu fanlarning har qanday fan ta’limi
va har qanday sohadagi o‘rni deyarli biri-biriga o‘xshash ta’rifni, tavsifni anglatadi.
Lekin«Ekologik turizm» fanida ekologik fanlar nazariyasiga nisbatan ekoturizm
amaliyoti ancha ustunroq darajalarni egallaydi.
Ekoturizmning o‘rnini belgilaganda tabiatning inson–turist uchun bo‘lgan
ahamiyatlari ko‘rsatkgichlarini keltirish lozim bo‘ladi. Ekoturizm ning, ahamiyatini
3.Тухлиев И.С., Қудратов Ғ.Х.,Пардаев М.К. Туризмни режалаштириш ,Т.; Иқтисодиёт,2010,265 б.
4 . Тухлиев И.С., Ҳайитбоев Р.,Сафаров Б.Ш.,Турсунова Г.,Туризм асослари,Тошкент,2014,330 б.
5. Ўзбекистон Республикаси президенти И. Каримовнинг «TODAY» газетеси мухбирига берган
жавобларидан. «Халқ сўзи»,2007,26-январ,№ 19.
ekoturistning ehtiyojlarini qondirish jihatlariga qarab iqtisodiy, sog‘lomlashtirish,
tarbiyaviy va estetik guruhlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu guruhlarning tavsifi faqat
turist uchun emas,umuminsoniyat hayotidagi tabiatning o‘rnini ham anglatadi.
Umumfikrlarni jamlab,tahlil qilganimizda ekoturizm tabiat qo‘ynida
bo‘lishlikdir. Shundan kelib chiqib ekologik turizmning o‘rganish ob’ekti tabiat va
tabiatning barcha resurslari hisoblanadi. Demak, sayyora miz biosferasi va uning
barcha tabiiy geografik mintaqalari, dunyo okeani, tog‘lar, daryolar, o‘rmonlar,
o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami, iqlim boyliklari va xususiyatlari ekologik
turizmning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ekoturizmning asosiy ob’ektlari-Alohida
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, milliy parklar, biosfera qo‘riqxonalari, tabiat
qo‘riqxonalari, tabiat buyurtmaxonalari, tabiat rezervatlaridir.
Ekoturizm fanining maqsadi va vazifalari.
Ekoturizm bilan tabiatshunoslik va tabiatni muhofaza qilish fanlari va
amaliyotlari tobora o‘zaro yaqinlashib bir maqsadga intilib bormoqda. Mavzu
boshlanishdagi mulohazalardan kelib chiqib ekoturizmning bosh maqsadi ham
tabiatni va uning barcha resurslarini hozirgi va kelajak avlodlar uchun muhofaza
qilish va saqlab qolishni bildiradi.
Ekoturizmning maqsadini belgilashda jahonda ekoturizmning kelib chiqishi
va shakllanishini puxta o‘rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda ekoturizm jahon
turizmida jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu o‘rinda ekoturizm
insoniyatning XXI asrdagi eng og‘ir sayyoraviy ekologik muammolarining
yechimlarini ham topilishida najot yo‘llaridan ham biri ekanligining mazmunini,
mohiyati ni tushunib olishni talab qiladi.
Turizmning ko‘plab turlari o‘z mavzusi yoki atalishi bo‘yicha bir yo‘nalishni,
yoki bir maqsadni bildiradi. Masalan, tarixiy obidalar bilan bog‘liq turlar turdagi
tarixiy obidalarning tarixi yoki ularning mo‘jiza viy qurilishlari, ulug‘vorligi,
qadimiyligi bilan insonlarni o‘ziga jalb qiladi. Albatda, tarixiy obidalarga qiziquvchi
turistlarni yoki ziyorat turizmini misol qilganimizda ziyoratchi turistlar birinchi
navbatda o‘zi uchun muqaddas bo‘lgan ziyorat makonlarni tanlaydi va ziyoratni
amalga oshiradi so‘ngra ushbu ziyoratgohning tarixi bilan qiziqishi mumkin.
Ekoturizmda esa majmuali masalalar qo‘yiladi va birinchi navbatda insonning
tabiat boyliklaridan foydalanishi, tabiat bag‘rida dam olishi va ushbu tabiat
boyliklarining o‘z farzandlariga ham tegishli ekanligini anglab bilishi, muhofaza
qilishi, ongli ravishda saqlashga, ko‘paytirishga harakat qilishi tushuniladi. Chunki,
Butunjahon turizm tashkiloti ekoturizmni rivojlantirishga, uning maqsadi va
vazifalarini belgilashda BMT ning insoniyatning hozirda og‘ir ekologik inqirozlarga
duch kelganligini va sayyoramiz hayotini saqlab qolishdagi global ekologik
muammolarini hal qilishda ekologik turizm najot yo‘llaridan eng maqbuli ekanligini
hisobga olgan.
Shuning uchun ham mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda birinchi
navbatda ekoturizmning maqsadi va vazifalarini puxta o‘rganib olishimiz talab
qilinadi. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi mukammal ishlab
chiqilgan.Bu muhim hujjatda ekoturizmning maqsadi va vazifalari ekoturizmning
xalqaro talablari va huquqhiy- me’yorlari berilgan. Ushbu Kotsepsiyada
belgilanganidek:
Ekoturizmning maqsadi:
hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror
rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona
foydalanish hisoblanadi.
Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni
bajarish talab etiladi:
ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlar ishlab
chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
ekoturistik fan,ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;ekoturizm orqali
mahalliy aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etish;
ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
ekoturistik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib
borish;
ekoturizm monitoringini va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;
milliy davlat hududini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirib chiqish;
ekoturizm bilan shug‘ullanuvchi,yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan
maxsus turdagi sub’ektlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni huquqiy
jihatda qo‘llab quvvatlash chora –tadbirlarini belgilash;
biologik xilma-xillikni saqlash;
ekoturizmga oid ijobiy harakatlarni rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish;
davlatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini
ishlab chiqish6.
Ekoturizmning yuqoridagi maqsadi va vazifalarini o‘rgangani mizda bu turni
mamlakatimizda rivojlantirishda ko‘plab muammolarni hal qilishimiga to‘g‘ri
kelishini va albatda birinchi vazifalarimiz ekoturizmning asl mohiyatini,uning
talablarini, ekoturizmni rivojlan tirishga tayyorliligimiz va ma’sulliligimizning,
bilimliligimizning qanday darajalarda ekanligini to‘g‘ri baholashimiz lozim.
Ikkinchidan,mamlakatimizda ekoturizm muammolarini o‘rganuvchilar va
uning tashkil qiluvchilar ekoturizm kuchli rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini
mukammal o‘rganishlari va ularning tajribalaridagi usullar, texnologiyalar yoki
amaliyotlar bizning ekoturizmimizga qanchalik muvofiq kelishliklarini yaxshi
bilishlari lozim.
Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish mavzusida
chop qilinayotgan maqolalarni, axborotlarni tahlil qilishdan ma’lum bo‘lmoqdaki,
aksariyat hollarda ekoturizmning asl maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri tushunib
yetmaganlikdan tabiat qo‘riqxonalaridan ekoturizmda foydalanish bo‘yicha bitiruv
bakalavr va magistrlik dissertatsiyalari yozilmoqda. Vaholanki, mamlakatimizda
tabiat qo‘riqxonalaridan ekoturizmda foydalanishga hozirgacha ruxsat berilgan
emas.
Uchinchidan, O‘zbekistonda turizm ta’limi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan
universitetlar, institutlar va turizm kasb-hunar kollejlari ning barchasida ekoturizm
fani o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ekoturizmning ta’rifi va mohiyati.
«Ekologiya» so‘zi «oicos» - uy va «lagos» - fan so‘zlaridan hosil bo‘lgan.
Ekologiya–tirik
organizmlarning
va
ularning
tizimlari
(populyatsiyalari,
turkumlari)ning biri-birlari hamda yashash muhitlari bilan o‘zaro munosabatlari
5.Ўзбекистонда экологик туризмни ривожлантириш Концепцияси.Экология хабарномаси,№ 6,
Тошкент,2007.6-7 б.
haqidagi fandir. «Ekologiya» va «Ekonomika» so‘zlariga e’tibor bersak bu
so‘zlarning umumiy o‘zagi-«Eko». Demak, bu bizning «Tabiat uyimiz»,
«Ekonomika» so‘zining ma’nosi «Uy xo‘jaligi» (ro‘zg‘or)ni yuritish san’atini
bildiradi.
Shuning uchun ham bu ikki fan «Uyimizning saqlanishi» va «Rivojlanishi»ga
yordam berishi lozim. Agar biz tabiat bilan «kelishuvda» yashashni, uning
ne’matlaridan foydalanishni, go‘zalliklaridan zavqlanishni hohlasak uning
sharoitlarini qabul qilishimiz, o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun atrof muhitni
o‘zgartirayotganda muayyan chegaralardan chiqmasligimiz zarur. Ekoturizm ana
shu ikki fanning rivoji bilan uzviy holatda bog‘lanishi lozim.
Tabiat muhofazasi, tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar, jamiyatdagi kasal liklarning
ko‘payishi,
yangi–xavfli
kasalliklarning
kelib
chiqayotganligi,
tabiatdagi
kutilmagan-insoniyat uchun fojiali, halokatli–dovullar, suv toshqinlari, tsunami va
boshqa hodisalarning barchasi ekologiya bilan bog‘lanmoqda.
Nemis olimi E.Gekkel 1866 yilda yozgan «Organizmlarning umumiy
morfologiyasi»,va 1868 yilda yozgan«Dunyo vujudga kelishining tabiiy tarixi»kabi
asarlarida ekologiya atamasiga to‘liq tavsif berib ekologiya ning ikkinchi ma’nosi-
«yashash joyi»,«oziqlanish makoni»deb belgilagan. Shuning uchun ham tabiatni har
bir inson o‘z uyim deb bilgandagina global ekologik inqirozlarning oldini olishi
mumkin. Ekoturizm bu yo‘nalishda insoniyatga katta yordam beradi. Shuning uchun
ham dastlab ekoturizmning mohiyatini va mazmunini yaxshi tushunib va o‘rganib
olishimiz lozim7.
Ekoturizmning mazmuni va va mohiyati bo‘yicha birinchi bo‘lib Meksikalik
ekolog-iqtisodchi Gektor Seballos Laskureyn 1980 yilda o‘z tadqiqotlari
natijalarini bildirgan edi. Uning xulosasi bo‘yicha– “Ekologik turizm-bu tabiatga
xushyor munosabatlar,tanishish quvonchini birlashtiruvchi va flora, fauna
namunalarini o‘rganishga, himoya qilishga yordam berish imkoniyatlariga
asoslangan turistik faoliyatdir”.
Gujin G.S.,M.Yu. Belikov va Ye.V. Klimenkolar 1997 yilda Rossiyada
7.Allcock A., Jones B., Lane S., Grant J. National ecotourism strategy. Commonwealth of
Australia, 1994,196 р.
birinchilardan bo‘lib-«Ekologik turizmning asosi-atrof muhit g‘amxo‘rligi va
muhofazasidir»degan taklifni kiritdi va ekoturizmning o‘zlari belgilagan ta’rifga
asoslangan ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqdi va o‘tkazdi. O‘sha vaqt uchun
ham, hozir ham ushbu ta’rif eng qulay va ekoturizmning haqiqiy mazmuni,
mohiyatini anglatadi degan xulosalarni biz ham quvvatlaymiz.Mustaqil hamdo‘stlik
davlatlarida Rossiyalik quyidagi olimlarni ekoturizm asoschilari deb tan olishadi:
Birjakov M.B–«Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilib tabiat bilan birga
bo‘lish natijasida uning boyliklarini muhofaza qilish, asrab qolish tuyg‘ulari hosil
bo‘ladi».
Drozdov A.V- «Eski va Yangi dunyoda deyarli bir vaqtda mahalliy aholining
an’anaviy madaniyatini hurmat qilishga, sayohatchilarning ma’rifiy madaniyatini
oshiruvchi,tabiat oldida ma’sullik va himoya qilishga,ijtimoiy va ekologik
talablarini qondirishga qaratilgan va sayyoraviy ekologik inqirozning oldini olishga
asoslangan ekoturizm shakl landi».
Sergeyeva T.S-“Ekoturizm bu-mahalliy aholining an’anaviy turmush tarzini
saqlagan, xo‘jalik faoliyati kam tasir qilgan betakror tabiiy hududlarni ko‘rish;bu-
mahalliy aholining yashash darajalarini va turistik jarayondagi barcha
qatnashuvchilarning ekologik madaniyati darajalarini oshirish, ekologik tur va
dasturlarda tabiat muhofazasi me’yorlari va texnologiyalariga rioya qilishdir”
XX asr oxirlariga kelib AQSh, Kanada, Yevropa davlatlari, Avstraliya
ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqdilar. Bu dasturlarda
ekoturizmni rivojlantirish shiorlari va talablari quyidagicha edi:
Amerika qo‘shma shtatlari ekoturizmi jamiyati–«Ekoturizm– mahalliy
aholi
manfaatlarini
e’tiborga
oluvchi,
tabiiy
resurslarni
muhofaza
kiluvchi,ekotizmlarning butunligini saqlovchi,mahalliy madaniyat va tabiiy muhitni
anglash uchun tabiiy hududlarga maqsadli sayohat».
Avstraliya ekoturizmi milliy strategiyasi –«Ekoturizm – ekologik
barqarorlik prinsiplariga va ekologik bilim, madaniyat dasturlariga amal qilishga
asoslangan va mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tabiatga sayohat
qilish turizmi».
Germaniyada ekoturizmni rivojlantirishda moliyaviy hamkorlik Federal
vazirligi–«Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilish hissi madaniyati va tuyg‘usi
paydo bo‘ladi, qo‘riqlanadigan hududlarga moliya viy yordam imkoniyatlari va
mahalliy aholida qo‘shimcha daromad olish manba lari hosil bo‘ladi».
Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha Kanada davlati maslahat Kenga shi -
«Ekoturizm-turizmning turi bo‘lib, mahalliy xalq manfaatlarini hurmat qilish
asosida tabiatni bilish,anglash va ekotizimlarni saqlashga yordam ko‘rsatish
yo‘nalishidagi turistik faoliyat hisoblanadi».
Ekoturizm jadal rivojlantirilayotgan davlatlarning ekoturizm dasturlari
asosida xalqaro tabiat va turizm tashkilotlari ham ekoturizm ning ta’riflarini qabul
qilishdi:
Butunjahon turizm tashkiloti – «Ekoturizm- tabiat turizmining barchasini
o‘zida mujassamlashtirib tabiiy hududlarga ma’suliyat bilan sayohat qilish
natijasida tabiatni muhofaza qilishni ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush
darajasini yaxshilaydi»
Xalqaro ekoturizm tashkilot(TIES)-«Ekoturizm-tabiat mintaqa lariga
mahalliy aholining farovonligini quvvatlovchi, va atrof -muhitni saqlovchi
masuliyatli sayohatdir».
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish «Konsepsiyasi» da–
«Ekoturizm deganda nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni ko‘zlagan ekzotik
tabiiy hududlarga,ularning hayvonot va o‘simlik dunyosiga sayohat balki,ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarning amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal
qilish bilan bir-biriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz».
Xalqaro turizm jamiyati (XTJ) – «Ekoturizm-tabiiy hududlarga ma’suliyat
bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy
xalqning turmush darajasini yaxshilaydi».
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi – «Ekoturizm yoki ekoturizm–
tabiat muhitiga nisbatan ma’suliyat bilan sayohat qilish, tabiat hududlariga ziyon
yetkazmagan holda, hamda tabiatning betakror, jalb etuvchi joylaridan zavq olish
maqsadida tabiatni muhofaza qilgan holda tabiatga ko‘maklashadi, atrof muhitga
«yumshoq»
ta’sir
etadi.
Mahalliy
xalqning
ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitini
faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta’minlaydi».
Islomova
R.A.bizningcha,mamlakatimizda
birinchilardan
bo‘lib
ekoturizmning maqsadi va vazifalarini to‘liq anglatuvchi ta’rifini taklif qildi-
«Ekoturizm deganda, tabiiy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni ko‘rish,tomosha
qilish, ilmiy jihatdan o‘rganish, ularning betakror jozibasi va o‘ziga xos
tomonlaridan zavq olish maqsadida tabiat hududlariga ziyon yetkazmasdan, atrof-
muhitni muhofaza qilgan holda sayohat va sarguzasht qilish orqali tabiatga
ko‘maklashish, mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga
qaratilgan turizmning turi tushuniladi».
Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni jamlab bizningcha ekoturizmning
ta’rifi bo‘yicha quyidagi xulosaga kelish mumkin:-«Ekoturizm-faqat tabiat bag‘rida
dam olish, o‘rganish, kuzatish, tomosha qilish va zavqlanish natijasida tabiatni,
biologik xilma-xillikni saqlash, muhofaza qilish tadbirlariga ixtiyoriy moddiy
yordam berishga qaratilgan, mahalliy aholining milliy madaniyatini, me’rosiy
an’analarini, yashash tarzini hurmat qilishga asoslangan turistik faoliyatdan
iboratdir».
Ekoturizmning umumiy turizmga nisbatan farqlanishi belgilari.
Ekoturizmning mohiyati va mazmuni haqida «Tabiatni muhofaza qilish
xalqaro ittifoqi»,«Xalqaro turizm jamiyati», «Yovvoyi tabiat umumjahon
jamg‘armasi» va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar Butunjahon turizm
tashkilotining ekoturizm haqidagi ta’rifini qabul qildi. Dunyo hamjamiyatiga xizmat
qiluvchi yuqoridagi xalqaro markazlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari har xil
bo‘lsada, ekoturizmning o‘rnini belgilashdagi xulosalari deyarli bir xil8.
Chunki, ekoturizmni targ‘ib qilayotgan,BTT,XTJ, tabiatni muhofaza
qiluvchi–TMKHI ning ish tartibi, maqsadlari doimo biri-biriga qarshi turadi.
Dastlabki ikki xalqaro jamiyat tabiatdan turistik maqsadlarda foydalanish tarafdori,
keyingi xalqaro tashkilot esa tabiatni muhofaza qilish tarafdori.
1-Jadval
Ekologik turizmning umumiy turizmga nisbatan
xususiyatlari9.
8.Lindberg K., Hawkins D.E. ( eds ) Ecotourism: a Guide for Planners and Managers. North Bennington, Vermont.
1993,256 р.
9 .Исломова Р.А., Экологик туризмни ривожлантириш муаммолари. Тошкент,2014,130 б.
Umumiy turizmdagi holat
Ekoturizmning o‘ziga xos xususiyatlari
1.Umumiy turizmdagi turistik
jarayonga barcha turistik ob’ektlar
ishtirok etadi.
Ekoturizmdagi turistik jarayonga faqat
ekologik turistik ob’ektlar ishtirok etadi.
2.Turistik ob’ektlar(resurslar)
aksariyat hollarda insonlar
tomonidan barpo qilingan bo‘ladi.
Turistik ob’ektlar(resurslar) asosan
tabiatning mahsuli hisoblanadi.
3.Umumiy turizmda turist
shaharlarda, tarixiy obidalar
madaniy me’roslar joylashgan
joylarda bo‘ladi.
Ekoturizmda turist tabiat qo‘ynida bo‘ladi
va tabiatdan zavqlanish bilan birga uni
o‘rganib boradi.
4.Turist sayohat davomida
rejalashtirilgan, turistik marshrutga
kiritilgan ob’ektlarni ko‘rishga
muyassar bo‘ladi.
Turist sayohat davomida kutilmagan yangi
o‘simliklar va yovvoyi hayvonlarga duch
keladi, tabiat to‘g‘risida tasavvuri
kengayadi.
5.Umumiy turizmda turist turistik
marshrutga kiritilgan barcha
joylarda(shahar, qishloq,cho‘l, tog‘
kabi hududlarda bo‘ladi.
Ekoturizm asosan qishloq va tog‘
hududlarida amalga oshiriladi, tabiat va
inson munosabatlarining uyg‘unligini
ta’minlaydi.
6. Umumiy turizmda turistik ob’ekt
sifatida hududdagi barcha turistik
resurslar, mahalliy aholining
umumiy yashash tarzi, urf-odatlari
ishtirok etadi.
Ekoturistik ob’ekt sifatida asosan tabiat,
mahalliy aholining etnografik madaniyati
va urf-odatlari, ularning yashash tarzi
qaraladi.
7. Umumiy turizmda turistlarning
tabiat bilan munosabati va tabiatga
tasiri bo‘lmasligi mumkin.
Ekoturizm orqali tabiat muhofazasi
bevosita va bilvosita ta’minlanadi va
uning barcha komponentlari saqlanadi va
yaxshilanadi
8. Umumiy turizmda shahar va
qishloq aholisining yashash tarzi
o‘nglanadi va mahalliy iqtisod
Ekoturizm orqali asosan qishloq
aholisining yashash tarzi o‘nglanadi va
mahalliy iqtisod rivojlanadi.
rivojlanadi.
9.Umumiy turizmda tushgan
(mablag‘lar) daromadlarning asosiy
qismi turistik firmalar faoliyatini
o‘nglashga ketadi.
Ekoturizmda tushgan mablag‘lar
(daromad)ning bir qismi turistik firmalar
uchun sarflansa,asosiy qismi atrof-muhitni
muhofaza qilishga qaratiladi.
10. Umumiy turizmda xavf-xatar
kam, chunki oldindan
rejalashtirilgan turistik marshrutda
bu holat ta’minlangan.
Ekoturizmda xavf-xatarning mavjudligi,
chunki oldindan rejalashtirilgan turstik
marshrutlarda turli hodisalarning ro‘y
berishi, yirtqich hayvonlarga duch kelish
hollari, jala, chaqmoq kabi tabiiy
ofatlarning ro‘y berishi kabilar.
11.Umumiy turizmda turistlardan
alohida malakaning hamisha talab
qilmaslik hollarining mavjudligi
Ekoturizmda turistlardan ayrim hollarda(
tabiiy to‘siqlarga duch kelganda) alohida
malakaning talab qilinishi.
Ekoturizmning jahon miqyosida jadal rivojlanib borayot ganligining yana bir
sababi ham shundaki, tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro markazlar ham
ekoturizmni rivojlantirishni quvvatlamoqda. Ekoturizmning mazmuni va mohiyati
haqidagi fikr va mulohazalarga yana bir aniqlikni kiritadigani R.A.Islomovaning
xulosalaridir(1-Jadval). Ushbu xulosalar ekoturizmning umumiy turizmga nisbatan
farqlanishlariga asoslangan bo‘lib ekoturizmning asl mohiyati va mazmunini
tushunib olishga yordam beradi.
Mamlakatimizda hozirga kelib ekoturizmning muammolarini o‘rganish va
rivojlantirishdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar boshlandi10. Bu tadqiqotlar hozircha
mintaqaviy
chegaralarda
bajarilayotganligidan
ekoturizmning
mintaqaviy
muammolari va ularning yechimini ishlab chiqishga yo‘naltirilmoqda. Ekoturizm
yo‘nalishi o‘zining dastlabki shakllanishi bosqichida hisoblanadi. Bu bosqichda
ekoturizmni rivojlantirishga milliy ekoturizmni rivojlantirish ma’nosida qarashimiz
va ekoturizmni rivojlantirishning milliy dasturlarini ishlab chiqishimi lozim bo‘ladi.
10 . Шамуратова Н. Т., Ўзбекистонда экологик туризм ва унинг табиий географик жиҳатлари. г.ф.н. илмий
даражасиниолиш учун тақдим этилган диссертация автореферати, Тошкент, 2011,22 б.,Матяқубов
У.,Экологик вазиятни инобатга олиб туризм самарадорлигини ошириш йўналишлари ва истиқболлари,
и.ф.н.,илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация авторефарати, Самарқанд,2011,22
б.Исломова Р.А., Экологик туризмни ривожлантириш муаммолари.Тошкент-Иқтисодиёт-2014, 131
б.Ҳайитбоев Р., Матяқубов У., Экологик туризм. Самарқанд, 2010, 60 б.
Buning uchun birinchi navbatda oliy ta’lim tizimida ekoturizm mutaxassislarini
tayyorlashni boshlashimiz lozim.
Shuningdek, institut va universitetlarda hozirda turizm oliy ta’limining barcha
yo‘nalishida ekoturizm fanini amaliyoti bilan o‘qitish mamlakatimizda ekoturizmni
rivojlantirishdagi dastlabki qadamlar bo‘ladi.
Tayanch so‘z va iboralar; ekoturizm, ekologik inqiroz, ekologik turizmni
rivojlantirish, turizm geografiyasi, biosfera qo‘riqxonalari, biologik xilma-xillik,
alohida muhofaza qilinadigan hududlar, strategik reja, taktik vazifalar, xalqaro
ekologik tajriba.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha test savollari;
1.Ekoturizmning o‘rganish ob’ektini belgilang.
A.Tabiat va uning barcha resurslari.
B.Tog‘lar,daryolar,o‘rmonlar.
V. Biologik xilma-xillik resurslari.
G.O‘simliklar olami va hayvonot dunyosi.
2.Xalqaro ekoturizm yili qaysi yil?
A.2006 yil.
B.2008 yil.
V.2002 yil.
G.2010 yil.
3.Ekoturizmni rivojlantirishning dasturlarini birinchilardan bo‘lib qaysi
davlatlar ishlab chiqdilar?
A.AQSh, Kanada, Yevropa davlatlari va Avstraliya.
B.AQSh, Germaniya, Italiya va Avstraliya.
V.AQSh, Germaniya, Kanada va Avstraliya.
G.AQSh, Kanada, Meksika va Avstraliya.
4.Ekoturizmning maqsadi nima?
A.Hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini
ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanish.
B.Aholida ekologik madaniyat va ekologik bilimlarni shakllantirish.
V.Tabiatni va tabiiy resurslarni saqlash va muhofaza qilish.
G.Biologik xilma-xillikni saqlash va tabiat bag‘rida dam olish.
5.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi qachon ishlab chiqildi?
A.2009 yil.
B.2002 yil.
V.2006 yil.
G.2010 yil.
6.Ekoturizmning ta’rifini birinchi bo‘lib kim yaratdi?
A. Birjakov M. B.
B. Sergeyeva T.S.
V. Drozdov A.V.
G. Laskureyn S.
7. «Ekologiya» so‘zining to‘g‘ri ma’nosini belgilang.
A.Oykos –uy, logos- fan.
B.Yashil joy, oziqlanish makoni.
V.Tabiatdagi ekologik tizim.
G. Oykos-uy, logos-fan, yashil joy, oziqlanish makoni.
8.Ekoturizm turizmning qanday turi?
A.Tabiatni o‘rganuvchi tur.
B.Turizmning tabiat bilan bog‘liq tur.
V.Turizmning sarguzasht turi.
G.Turizmning ijtimoiy- iqtisodiy sohasi.
9. Ekologik turizmning asosiy talablarini aniqlang.
A.Tabiatga sayohat +tabiat muhofazasi + mahalliy aholiga iqtisodiy yordam.
B.Tabiatga sayohat+ tabiat muhofazasi.
V.Tabiatga sayohat+ mahalliy aholiga iqtisodiy yordam.
G.Tabiatga sayohat+sarguzasht turizmi.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar.
1.2002 nima uchun “Xalqaro ekoturizm yili” deb e’lon qilindi?;
2.Istiqbolda nima uchun ekoturizm xalqaro miqyosda rivojlanib boradi?
3.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasini o‘rganing.
4.Ekologik inqirozni bartaraf etishda ekoturizmning o‘rnini belgilang.
5.Ekoturizm
fani
haqida
dastlabki
fikrlaringizni
tayyorlang
va
amaliy
mashg‘ulotlarda aytib bering.
6.Ekoturizmning mohiyati va mazmunini belgilagan olimlarning xulosalarini
alohida-alohida o‘rganing va qaysi olimning xulosasi sizga ko‘proq tushunarli
bo‘ldi?;
7.Ekoturizmning ta’rifi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning xulosalarini o‘rganing va
qaysi xalqaro tashkilotning xulosalari sizga ko‘proq tushunarli bo‘ldi?.
8.Ekoturizmning ta’rifiga sizningcha yana qanday talablarni qo‘shish kerak?
9.Ekoturizm haqidagi ekologik turizm rivojlangan xorij davlatlarining ilmiy
adabiyotlarni toping va o‘rganing.
10. Siz yashayotgan joylarda ekoturizmning qanday resurslari bor va bu resurslardan
ekoturizmni rivojlantirishda nimalar qilish kerak?