EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

25,4 KB


 
 
 
 
 
 
EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI 
 
 
Reja: 
1. Ekoturizmni rivojlantirishning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni.  
2. Ekoturizmning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, ekologik bilim va ekologik 
madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni. 
3. Ekoturizmning ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etishdagi o‘rni. 
 
 
Ekoturizmni rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati. 
G‘arb mamlakatlarida ekoturizmga ijtimoiy-iqtisodiy soha jihati dan qaraladi, 
chunki, chet ellarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm iqtisodiy 
foyda keltiruvchi va tabiatni muhofaza qiluvchi turizmning eng istiqbolli 
tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm ning roli aniqlanganda yana bir muhim, asosiy 
jihatlarga e’tibor berish lozimki, turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning 
asosiy faoliyat larida iste’molchilarga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy 
muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish, 
almashtirish uchun sharoitlar yaratish,sog‘liqni muhofaza qilishni ta’min 
lash,shuningdek, aholining umumiy ma’lumoti va madaniy texnik darajasi ni 
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 
Insonning bir yillik vaqti-8760 soat, umumlashtirib olsak-9000 soat. Bu 
ko‘rsatgich vaqt o‘tishi bilan quyidagicha bo‘lingan; 
 a) 1850 yilda; 
 5000 soat ish vaqti; 
 3000 soat uyqu; 
 1000 soat ishdan bo‘sh vaqt. 
  b)2000 yilda; 
EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI Reja: 1. Ekoturizmni rivojlantirishning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni. 2. Ekoturizmning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni. 3. Ekoturizmning ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etishdagi o‘rni. Ekoturizmni rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati. G‘arb mamlakatlarida ekoturizmga ijtimoiy-iqtisodiy soha jihati dan qaraladi, chunki, chet ellarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm iqtisodiy foyda keltiruvchi va tabiatni muhofaza qiluvchi turizmning eng istiqbolli tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm ning roli aniqlanganda yana bir muhim, asosiy jihatlarga e’tibor berish lozimki, turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy faoliyat larida iste’molchilarga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish, almashtirish uchun sharoitlar yaratish,sog‘liqni muhofaza qilishni ta’min lash,shuningdek, aholining umumiy ma’lumoti va madaniy texnik darajasi ni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Insonning bir yillik vaqti-8760 soat, umumlashtirib olsak-9000 soat. Bu ko‘rsatgich vaqt o‘tishi bilan quyidagicha bo‘lingan; a) 1850 yilda;  5000 soat ish vaqti;  3000 soat uyqu;  1000 soat ishdan bo‘sh vaqt.  b)2000 yilda;  
 
 3000 soat ish vaqti; 
 3000 soat uyqu; 
 3000 soat ishdan bo‘sh vaqt. 
Bundan xulosa qilish mumkinki, ish vaqti tizimli ravishda qisqarib boradi, 
bo‘sh vaqt esa ko‘payib boradi.Shuning uchun ham insonda ekologik rekreatsiya 
faoliyatining o‘sishiga bo‘sh vaqtning qo‘payishi sabab bo‘ladi1.Bu bo‘sh vaqtdan 
samarali foydalanish ham insonning ijtimoiy-iqtisodiy hoatlarini belgilaydi. 
Hozirgi vaqtda dam olishni tashkil qilish,inson ning hayotiy kuchlarini 
tiklash,bo‘sh vaqtidan unimli, to‘g‘ri foydalanishni ko‘plab imkoniyatlarini ham 
turizm sohasi ta’minlamoqda. Shuningdek, turizm shaxsning rivojlanishida, 
barkamolligida, sayohatining intellek tual darajasini oshirishda insonning jamiyatda 
o‘rnini aniqlashda, shaxs sifatida tavsifini berishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Ijtimoiy” so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida 5 ta ma’noda berilgan2  
1. Kishilik jamiyatining, uning hayoti va qonuniyatlariga oid fan. 
2. Biror ijtimoiy tabaqa yoki sinfga mansub fan, yo‘nalish. 
3. Kishilarning 
jamiyatdagi 
faoliyati 
bilan 
bog‘langan, 
jamiyatga, 
jamoatchilikga oid fan, yo‘nalish. 
4. Jamiyatning, ommaning siyosiy madaniy va boshqa ehtiyojlari uchun 
ixtiyoriy ravishda xizmat etish bilan bog‘langan fan yoki yo‘nalish. 
5. Ommaga,umumga tegishli, umumiy, birgalikda, ko‘pchilik kuchi bilan 
bajariladigan soha. 
Ijtimoiy so‘zining qayd qilingan izohlaridan kelib chiqadigan ma’no shundan 
iboratki,ijtimoiy masalalar insonlarning hayoti va rivojlanishi qonuniyatlari, 
jamiyatdagi 
faoliyatini, 
o‘rnini 
belgilashdagi 
xususiyatlaridir.Bu 
yerdagi 
umumiylik, bog‘langanlik so‘zlari insoniyat jamiyatining atrof-muhit va jamiyat 
qonunlarini o‘z vaqtida ilg‘ab olish va ushbu qonunlar asosida yashash tarzi 
tushunilmoqda. 
Ekologik muammolar sayyoraviy tus olgan hozirgi vaqtda ekoturizm ning 
mamlakat hayotidagi o‘rni qanday bo‘lmog‘i kerak? 
Ana shu savolga javob va isbotlar yozish ekologik turizmning mezonlarini 
                                                 
1.Ердавлетов С. Р. География туризма. Алматы,2000,336 с.  
2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Москва , “Рус тили” нашриёти.,1981й 316-б. 
 3000 soat ish vaqti;  3000 soat uyqu;  3000 soat ishdan bo‘sh vaqt. Bundan xulosa qilish mumkinki, ish vaqti tizimli ravishda qisqarib boradi, bo‘sh vaqt esa ko‘payib boradi.Shuning uchun ham insonda ekologik rekreatsiya faoliyatining o‘sishiga bo‘sh vaqtning qo‘payishi sabab bo‘ladi1.Bu bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish ham insonning ijtimoiy-iqtisodiy hoatlarini belgilaydi. Hozirgi vaqtda dam olishni tashkil qilish,inson ning hayotiy kuchlarini tiklash,bo‘sh vaqtidan unimli, to‘g‘ri foydalanishni ko‘plab imkoniyatlarini ham turizm sohasi ta’minlamoqda. Shuningdek, turizm shaxsning rivojlanishida, barkamolligida, sayohatining intellek tual darajasini oshirishda insonning jamiyatda o‘rnini aniqlashda, shaxs sifatida tavsifini berishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ijtimoiy” so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida 5 ta ma’noda berilgan2 1. Kishilik jamiyatining, uning hayoti va qonuniyatlariga oid fan. 2. Biror ijtimoiy tabaqa yoki sinfga mansub fan, yo‘nalish. 3. Kishilarning jamiyatdagi faoliyati bilan bog‘langan, jamiyatga, jamoatchilikga oid fan, yo‘nalish. 4. Jamiyatning, ommaning siyosiy madaniy va boshqa ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda xizmat etish bilan bog‘langan fan yoki yo‘nalish. 5. Ommaga,umumga tegishli, umumiy, birgalikda, ko‘pchilik kuchi bilan bajariladigan soha. Ijtimoiy so‘zining qayd qilingan izohlaridan kelib chiqadigan ma’no shundan iboratki,ijtimoiy masalalar insonlarning hayoti va rivojlanishi qonuniyatlari, jamiyatdagi faoliyatini, o‘rnini belgilashdagi xususiyatlaridir.Bu yerdagi umumiylik, bog‘langanlik so‘zlari insoniyat jamiyatining atrof-muhit va jamiyat qonunlarini o‘z vaqtida ilg‘ab olish va ushbu qonunlar asosida yashash tarzi tushunilmoqda. Ekologik muammolar sayyoraviy tus olgan hozirgi vaqtda ekoturizm ning mamlakat hayotidagi o‘rni qanday bo‘lmog‘i kerak? Ana shu savolga javob va isbotlar yozish ekologik turizmning mezonlarini 1.Ердавлетов С. Р. География туризма. Алматы,2000,336 с. 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Москва , “Рус тили” нашриёти.,1981й 316-б.  
 
belgilaydi. Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi o‘rnini belgilashda aynan, halqimizning birinchidan, tabiat va 
uning boyliklariga qiziqishi, muhofaza qilishi ikkinchidan, insonning kamol 
topishida tabiatni anglash, jamiyat qonun- qoidalarini bilishi uning hayotidagi 
birinchi darajali ehtiyojlari hisoblanadi.  
Ekologik turizm “tabiatni muhofaza qilish” , “ekologiya”, “biologiya”, 
“tabiatdan foydalanish iqtisodi”, “geologiya”, “geografiya”, “batanika” va boshqa 
tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, tabiiy va ijtimoiy munosa batlardan, tabiatdagi 
o‘zaro munosabatlardan kelib chiqdi. Shu nuqtai-nazardan bu fanlarning har qanday 
fan ta’limi va har qanday sohadagi o‘rni deyarli bir-biriga o‘xshash ta’rifni, tavsifni 
anglatadi. 
Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy xayotidagi o‘rnini belgilaganda tabiatning 
inson-turist xayoti uchun bo‘lgan ahamiyatlari ko‘rsatkichlarini keltirish lozim 
bo‘ladi.Ekoturizmning ahamiyatini turistning ehtiyoj larini qondirish jihatlariga 
qarab ma’naviy, iqtisodiy, sog‘lomlash tirishi,tabiatni anglash tarbiyaviy va estetik 
guruhlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu guruhlarning tavfsifi faqat turist uchun emas 
umuminsoniyat xayotidagi tabiatning o‘rnini ham anglatadi. 
Ekologik turizmning asl maqsadlari qayd qilingin xulosalarni tashkil qiladi. 
Ekoturizm o‘zining ta’rifini izohlashda birinchi navbatda tabiat qo‘ynida bo‘lib, 
uning resurslariga ozor yetkazmaslikni ta’minlaydi. Tabiat va uning biologik xilma-
xillik resurslaridan zavq-shavq olgan insonda albatda, bu ob’ektni asrash istagi 
paydo bo‘ladi. Shu bilan birga ekologik turizm rivojlanishiga sabab bo‘lgan boshqa 
sabablar ham bor. Jumladan ekologik inqirozning sayyoraviy tus olganligi 
insoniyatni tobora tashvishga solmoqda.  
Ekologik mumamolarni dunyo miqyosida haddan tashqari og‘irlashib 
kelayotganligi zamirida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi pasayib borayotganligi, 
uning resurslari kamaygani, atrof muhitning ifloslanib, zaxarlanib borayotganligi, 
insoniyatning 
bir 
me’yorda 
sog‘lom 
yashashigi 
tabiat 
to‘liq 
sharoit 
yarataolmayotganligi yotadi. 
Shuning uchun ham Butun Jahon Turizm Tashkilotlarining-“tabiiy xududlarga 
mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida ekoturistlar faoliyati tabiatni muhofaza 
etishni ta’minlaydi va mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilaydi”-degan 
belgilaydi. Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotidagi o‘rnini belgilashda aynan, halqimizning birinchidan, tabiat va uning boyliklariga qiziqishi, muhofaza qilishi ikkinchidan, insonning kamol topishida tabiatni anglash, jamiyat qonun- qoidalarini bilishi uning hayotidagi birinchi darajali ehtiyojlari hisoblanadi. Ekologik turizm “tabiatni muhofaza qilish” , “ekologiya”, “biologiya”, “tabiatdan foydalanish iqtisodi”, “geologiya”, “geografiya”, “batanika” va boshqa tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, tabiiy va ijtimoiy munosa batlardan, tabiatdagi o‘zaro munosabatlardan kelib chiqdi. Shu nuqtai-nazardan bu fanlarning har qanday fan ta’limi va har qanday sohadagi o‘rni deyarli bir-biriga o‘xshash ta’rifni, tavsifni anglatadi. Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy xayotidagi o‘rnini belgilaganda tabiatning inson-turist xayoti uchun bo‘lgan ahamiyatlari ko‘rsatkichlarini keltirish lozim bo‘ladi.Ekoturizmning ahamiyatini turistning ehtiyoj larini qondirish jihatlariga qarab ma’naviy, iqtisodiy, sog‘lomlash tirishi,tabiatni anglash tarbiyaviy va estetik guruhlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu guruhlarning tavfsifi faqat turist uchun emas umuminsoniyat xayotidagi tabiatning o‘rnini ham anglatadi. Ekologik turizmning asl maqsadlari qayd qilingin xulosalarni tashkil qiladi. Ekoturizm o‘zining ta’rifini izohlashda birinchi navbatda tabiat qo‘ynida bo‘lib, uning resurslariga ozor yetkazmaslikni ta’minlaydi. Tabiat va uning biologik xilma- xillik resurslaridan zavq-shavq olgan insonda albatda, bu ob’ektni asrash istagi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga ekologik turizm rivojlanishiga sabab bo‘lgan boshqa sabablar ham bor. Jumladan ekologik inqirozning sayyoraviy tus olganligi insoniyatni tobora tashvishga solmoqda. Ekologik mumamolarni dunyo miqyosida haddan tashqari og‘irlashib kelayotganligi zamirida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi pasayib borayotganligi, uning resurslari kamaygani, atrof muhitning ifloslanib, zaxarlanib borayotganligi, insoniyatning bir me’yorda sog‘lom yashashigi tabiat to‘liq sharoit yarataolmayotganligi yotadi. Shuning uchun ham Butun Jahon Turizm Tashkilotlarining-“tabiiy xududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida ekoturistlar faoliyati tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilaydi”-degan  
 
ta’rifi birinchi navbatda xalqning ijtimoiy xolatining yaxshilanishiga qaratilgan. 
 
Ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati. 
 Ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rni esa ekoturizmning buyuk 
tamoyillaridan kelib chiqib, ya’ni ekoturizmdan keladigan mablag‘ tabiatni 
muhofaza qilish, noyob biologik resurslar,biologik xilma-xillikni saqlab qolishga 
qaratilganligi bilan juda muhimdir.Yana ham muhimrog‘i, ekoturizm resursi 
atrofidagi 
aholining 
ish 
bilan 
bandligini 
oshirishi, 
ta’minlashi 
hisoblanadi.Ekoturistik xizmatlar ko‘rsatish esa mehnat qilishning eng yengil 
turlariga kirishi ham juda muhimdir. 
Shuning uchun ham ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rnini 
quyidagicha belgilash mumkin.Bu tamoyillar ekoturizmning ijtimoiy tamoyillariga 
qo‘shiladi va ekoturizmning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida istiqbolli 
yo‘nalish bo‘lishini isbotlaydi.3 
 Ekoturizm mahalliy mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan 
ta’minlashda yordam beradi; 
 Ekoturizm 
tabiat 
va 
tabiiy 
resurslardan 
foydalanishning 
yangi 
texnologiyalarini jalb qiladi; 
 Ekoturizm ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni 
rag‘batlantiradi; 
 Ekoturizm tabiat muhofazasidagi investitsiyalar kirishini axborot laydi va 
ekoturistik xizmatlar servisini takomillashtiradi; 
 Ekoturizm ob’ektlarida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajalarini 
o‘stiradi; 
 Ekoturizm va tabiat muhofazasi ta’limini olishda mutaxassislarda ekoturistik 
bilim va ekoturistik madaniyat bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini 
yaratadi; 
 Ekoturizm mahalliy ekoturistik mahsulotlar xunarmandchiligiga yo‘l ochadi; 
 Ekoturizm tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivoj lantiradi va 
ma’naviy,moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi; 
                                                 
3 Ҳайитбоев Р., Матяқубов У.,Экологик туризм. Самарқанд,2010, 60 б. 
ta’rifi birinchi navbatda xalqning ijtimoiy xolatining yaxshilanishiga qaratilgan. Ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati. Ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rni esa ekoturizmning buyuk tamoyillaridan kelib chiqib, ya’ni ekoturizmdan keladigan mablag‘ tabiatni muhofaza qilish, noyob biologik resurslar,biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qaratilganligi bilan juda muhimdir.Yana ham muhimrog‘i, ekoturizm resursi atrofidagi aholining ish bilan bandligini oshirishi, ta’minlashi hisoblanadi.Ekoturistik xizmatlar ko‘rsatish esa mehnat qilishning eng yengil turlariga kirishi ham juda muhimdir. Shuning uchun ham ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rnini quyidagicha belgilash mumkin.Bu tamoyillar ekoturizmning ijtimoiy tamoyillariga qo‘shiladi va ekoturizmning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida istiqbolli yo‘nalish bo‘lishini isbotlaydi.3  Ekoturizm mahalliy mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda yordam beradi;  Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini jalb qiladi;  Ekoturizm ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni rag‘batlantiradi;  Ekoturizm tabiat muhofazasidagi investitsiyalar kirishini axborot laydi va ekoturistik xizmatlar servisini takomillashtiradi;  Ekoturizm ob’ektlarida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajalarini o‘stiradi;  Ekoturizm va tabiat muhofazasi ta’limini olishda mutaxassislarda ekoturistik bilim va ekoturistik madaniyat bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini yaratadi;  Ekoturizm mahalliy ekoturistik mahsulotlar xunarmandchiligiga yo‘l ochadi;  Ekoturizm tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivoj lantiradi va ma’naviy,moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi; 3 Ҳайитбоев Р., Матяқубов У.,Экологик туризм. Самарқанд,2010, 60 б.  
 
 Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi. 
Alohida muhofazadagi hududlarida ekologik turizmni rivojlan tirayotgan xorij 
davlatlari yaxshi foyda olmoqdalar va asta-sekinlik bilan o‘z aholisini va xorijlik 
ekoturistlarni ekoturizmning talablarini o‘rgatmoqdalar.Masalan, Kosta-Rikadagi 
Monteverdi qo‘riqxonasi mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish hisobiga 50 
ming dollar, ekologik turizmdan har yili 650 ming dollar foyda oladi.Keniya milliy 
parklari dan har yili 450 ming dollar,Ekvador “Galapagos” orollari ekoturizmidan 
180 ming dollar daromad qiladi.  
Ruanda ekoturizmda o‘z gorillalarini ko‘rsatib( bir sutkada har bir gorillani 4 
kishi tomosha qilishi mumkin, undan ortig‘iga ruxsat berilmay di) har yili 1 
mln.,boshqa ekoturizmidan 3 mln. dollar foyda oladi. Zambiyada Luangva 
qo‘riqxonasi ekologik turizmdan 150 ming dollar daromad qiladi.Keniyadagi 
Amboseli qo‘riqxonasi bitta sherdan 27 ming dollar,bitta fillar to‘dasidan 610 ming 
dollar foyda oladi. 
O‘z mamlakatlarida ekologik turizmni rivojlantirib yaxshi foyda olayotgan 
Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining taraqqiyot darajalariga qarab ularning 
ekologik 
turizmni 
yaxshi 
yo‘lga 
qo‘yganligini 
hisobga 
olsak 
bizning 
mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishdagi holatimiz ancha taassufli 
holdir.  
Biz 
hozirdan 
ekologik 
turizmda 
lider 
davlatlarning 
tajribalarini, 
texnologiyalarini,ekologik 
turizmni 
tashkil 
qilishning 
ijtimoiy-iqtiso 
diy 
mexanizmlarini,usullarini, ekologik turizmda boshqarish va ish yuritishni 
mukammal o‘rganishimiz kerak. 
Eng muhimi,-ekologik turizmda ekologik ob’ekt,resurslardan olinadigan 
daromadlar taqsimotida mahalliy aholining ulushlarini (ekoturistning kirish va tabiat 
betakrorligidan foydalangandagi to‘lovlari) huquqiy-me’yorlar asosida hal 
qilishimizdir. 
 
Ekoturizmda ekologik bilim va madaniyatning shakllanishi. 
Tabiatning tobora zaiflanib borishi ham ekoturizmda tabiatni asrab qolish 
g‘oyalarining kuchini oshirib boradi.Chunki qayd qilganimizdek, ekologik 
turizmning kelib chiqishi ham birinchi navbatda global ekologik inqiroz 
 Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi. Alohida muhofazadagi hududlarida ekologik turizmni rivojlan tirayotgan xorij davlatlari yaxshi foyda olmoqdalar va asta-sekinlik bilan o‘z aholisini va xorijlik ekoturistlarni ekoturizmning talablarini o‘rgatmoqdalar.Masalan, Kosta-Rikadagi Monteverdi qo‘riqxonasi mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish hisobiga 50 ming dollar, ekologik turizmdan har yili 650 ming dollar foyda oladi.Keniya milliy parklari dan har yili 450 ming dollar,Ekvador “Galapagos” orollari ekoturizmidan 180 ming dollar daromad qiladi. Ruanda ekoturizmda o‘z gorillalarini ko‘rsatib( bir sutkada har bir gorillani 4 kishi tomosha qilishi mumkin, undan ortig‘iga ruxsat berilmay di) har yili 1 mln.,boshqa ekoturizmidan 3 mln. dollar foyda oladi. Zambiyada Luangva qo‘riqxonasi ekologik turizmdan 150 ming dollar daromad qiladi.Keniyadagi Amboseli qo‘riqxonasi bitta sherdan 27 ming dollar,bitta fillar to‘dasidan 610 ming dollar foyda oladi. O‘z mamlakatlarida ekologik turizmni rivojlantirib yaxshi foyda olayotgan Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining taraqqiyot darajalariga qarab ularning ekologik turizmni yaxshi yo‘lga qo‘yganligini hisobga olsak bizning mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishdagi holatimiz ancha taassufli holdir. Biz hozirdan ekologik turizmda lider davlatlarning tajribalarini, texnologiyalarini,ekologik turizmni tashkil qilishning ijtimoiy-iqtiso diy mexanizmlarini,usullarini, ekologik turizmda boshqarish va ish yuritishni mukammal o‘rganishimiz kerak. Eng muhimi,-ekologik turizmda ekologik ob’ekt,resurslardan olinadigan daromadlar taqsimotida mahalliy aholining ulushlarini (ekoturistning kirish va tabiat betakrorligidan foydalangandagi to‘lovlari) huquqiy-me’yorlar asosida hal qilishimizdir. Ekoturizmda ekologik bilim va madaniyatning shakllanishi. Tabiatning tobora zaiflanib borishi ham ekoturizmda tabiatni asrab qolish g‘oyalarining kuchini oshirib boradi.Chunki qayd qilganimizdek, ekologik turizmning kelib chiqishi ham birinchi navbatda global ekologik inqiroz  
 
holatlarining kuchayib borayotganligi bo‘ldi.Shu nuqtai -nazardan ekologik bilim va 
ekologik madaniyatning shakllanishi ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydi. 
Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakillanishida tabiat 
qonunlarininig mohiyatini anglash, insonning o‘zi ham tabiatning biologik turi 
ekanligini tushunib olishidir.Tabiat vayron qilinganda ham yashayveradi.Masalan, 
o‘rmonlar kesilib ketsa, xavo, suv zaxarlansa, ifloslansa, hayvonat dunyosi qirilib 
ketsa va h.k.lar,lekin inson tabiatsiz yashay olmaydi. 
Insonda insoniy faoliyatlarning kamol topishida tabiatning tarbiyaviy 
ahamiyati 
deyilganda, 
sof 
tabiatning 
kishilarda 
olijanoblik, 
xushfellik, 
bag‘rikenglik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni 
ug‘otishi va shakllanririshi xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo‘ynida tez-tez bo‘lib 
turish insoniy fazilatlarning kamol topishi ga yordam beradi.Ekoturizm 
muxlislarining eng ulug‘ xislatlari ham ularni tabiat bag‘riga chorlagan xususiyat 
ham aslida ana shundan iboratdir. Inson o‘z uyi bo‘lgan tabiatga qancha ko‘p zarar 
yetkazar ekan uning o‘zi ham ma’naviy jihatdan qashshoqlashib boradi. 
Tabiatni asrab qolishdek og‘ir muammoni yechishda insonni ekologik 
savodxon,ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham ekoturizmning ahamiyati 
beqiyosdir.Ekoturizmning 
ta’rifini 
keltirishda 
xalqaro 
ekologik 
tashkilotlar,Butunjahon turizm tashkiloti qayd qilgan muhim omilni hisobga oladi va 
tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlan tirishni eng muhim omillardan biri deb 
hisoblaydi. 
Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi ekologik ong 
hisoblanadi.Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, unga ongli munosabat da 
bo‘lishida, resurslaridan me’yorida foydalanishda, tabiat inqirozining oldini olishda 
eng zaruri, atrof-muxitni doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Insonda ekologik 
bilim va ekologik madaniyatni shakillantirishda quyidagi tamoyillar ma’nosini 
o‘rganish, tushunish va amaliyotda qo‘llash tushuniladi: 
1. Tabiatni–“Ona yer” deb ardoqlash. 
2. Bizga ma’lum bo‘lgan “Olamda” birorta ham Yer sayyorasining tabiatiga 
o‘xshash tabiat va xayot shaklining mavjudligi aniqlanmaganligi; 
3. Tabiatning iqtisodiy ahamiyati deyilganda,undagi resurslardan moddiy manba 
sifatida foydalanishni tushunish; 
holatlarining kuchayib borayotganligi bo‘ldi.Shu nuqtai -nazardan ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydi. Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakillanishida tabiat qonunlarininig mohiyatini anglash, insonning o‘zi ham tabiatning biologik turi ekanligini tushunib olishidir.Tabiat vayron qilinganda ham yashayveradi.Masalan, o‘rmonlar kesilib ketsa, xavo, suv zaxarlansa, ifloslansa, hayvonat dunyosi qirilib ketsa va h.k.lar,lekin inson tabiatsiz yashay olmaydi. Insonda insoniy faoliyatlarning kamol topishida tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deyilganda, sof tabiatning kishilarda olijanoblik, xushfellik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni ug‘otishi va shakllanririshi xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo‘ynida tez-tez bo‘lib turish insoniy fazilatlarning kamol topishi ga yordam beradi.Ekoturizm muxlislarining eng ulug‘ xislatlari ham ularni tabiat bag‘riga chorlagan xususiyat ham aslida ana shundan iboratdir. Inson o‘z uyi bo‘lgan tabiatga qancha ko‘p zarar yetkazar ekan uning o‘zi ham ma’naviy jihatdan qashshoqlashib boradi. Tabiatni asrab qolishdek og‘ir muammoni yechishda insonni ekologik savodxon,ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham ekoturizmning ahamiyati beqiyosdir.Ekoturizmning ta’rifini keltirishda xalqaro ekologik tashkilotlar,Butunjahon turizm tashkiloti qayd qilgan muhim omilni hisobga oladi va tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlan tirishni eng muhim omillardan biri deb hisoblaydi. Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi ekologik ong hisoblanadi.Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, unga ongli munosabat da bo‘lishida, resurslaridan me’yorida foydalanishda, tabiat inqirozining oldini olishda eng zaruri, atrof-muxitni doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakillantirishda quyidagi tamoyillar ma’nosini o‘rganish, tushunish va amaliyotda qo‘llash tushuniladi: 1. Tabiatni–“Ona yer” deb ardoqlash. 2. Bizga ma’lum bo‘lgan “Olamda” birorta ham Yer sayyorasining tabiatiga o‘xshash tabiat va xayot shaklining mavjudligi aniqlanmaganligi; 3. Tabiatning iqtisodiy ahamiyati deyilganda,undagi resurslardan moddiy manba sifatida foydalanishni tushunish;  
 
4. Tabiatning ilmiy ahamiyati deyilganda insonning barcha bilimlari negizida 
tabiatning jarayonlari asos bo‘lishi; 
5. Tabiatning sog‘lomlashtirish ahamiyati deganda sof tabiat boyliklari ning va 
shifo beruvchi tabiiy modda va jarayonlarining inson salomat ligiga ijobiy ta’sir 
etishi; 
6. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deganda sof,haqiqiy tabiatning kishilarda 
olijanoblik,xushfellik,vatanparvarlik,ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy 
xususiyatlarini uyg‘otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi; 
7. Tabiatning 
estetik 
ahamiyati 
deyilganda-insondagi 
barcha 
go‘zallik, 
mukammallik,musiqa,tasviriy san’at,kuy-navo xislari va ularga bo‘lgan 
ehtiyojlar tushuniladi; 
8. Tabiat-inson-jamiyat yaxlit,bir yagona tizimdir. 
Qayd qilingan tamoyillardan ekoturizmni rivojlantirishda foydala nish 
maqsadli bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi.Ekologik tarbiyalanmagan kishi 
tabiatdan uzoqlashib,hissiz bo‘lib qoladi.Bunday insonlar gullarning chiroyliligini 
his qilmasdan o‘z uyiga yasama gullarni keltira di, tabiatdagi qushlarning sayrashini 
his qilmasdan o‘z uyini qushlarning portreti bilan to‘ldirishdan qanoatlanishadi.Shu 
tariqa u tabiatdan uzoqla shib ma’naviy jixatdan qashshoqlashib boradi. Eng 
muhimi, insoniyatning ekologik ongi dunyo tabiatini muhofaza qilishdagi chora-
tadbirlarini muntazzam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi. 
Demak, hayotda ham, har qanday ishlab chiqarish sohasida ham ekologik 
bilim va ekologik madaniyatning shakllanishida mamlakatimizda ekologik turizmni 
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekologik bilim va ekologik 
madaniyatni shakillantirishni quyidagi tizimda amalga oshirishda tavsiya qilinadi: 
1. Ekologik ta’lim-sayyoramiz tabiiy boyliklari va yaqin fazoga ehtiyot korona 
munosabatda bo‘lishi, insoniyatning tabiatdagi ekologik jarayon lar bilan uzviy 
bog‘liqligini chuqur anglash ruhida tarbiyalash va boshlang‘ich o‘qitish; 
2. Ekologik madaniyat-hozirgi va kelajak avlod hayotida ekologik muammo lar 
juda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglagan davlatlar va jahon 
madaniyatining rivojlanish bosqichi va tarkibiy qismi; 
3. Ekologik targ‘ibot tabiiy boyliklarni maksimal holatda saqlab qolishni 
ta’minlovchi faktlar, qarashlar va g‘oyalarni ommaviy axborot vositalari 
4. Tabiatning ilmiy ahamiyati deyilganda insonning barcha bilimlari negizida tabiatning jarayonlari asos bo‘lishi; 5. Tabiatning sog‘lomlashtirish ahamiyati deganda sof tabiat boyliklari ning va shifo beruvchi tabiiy modda va jarayonlarining inson salomat ligiga ijobiy ta’sir etishi; 6. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deganda sof,haqiqiy tabiatning kishilarda olijanoblik,xushfellik,vatanparvarlik,ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xususiyatlarini uyg‘otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi; 7. Tabiatning estetik ahamiyati deyilganda-insondagi barcha go‘zallik, mukammallik,musiqa,tasviriy san’at,kuy-navo xislari va ularga bo‘lgan ehtiyojlar tushuniladi; 8. Tabiat-inson-jamiyat yaxlit,bir yagona tizimdir. Qayd qilingan tamoyillardan ekoturizmni rivojlantirishda foydala nish maqsadli bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi.Ekologik tarbiyalanmagan kishi tabiatdan uzoqlashib,hissiz bo‘lib qoladi.Bunday insonlar gullarning chiroyliligini his qilmasdan o‘z uyiga yasama gullarni keltira di, tabiatdagi qushlarning sayrashini his qilmasdan o‘z uyini qushlarning portreti bilan to‘ldirishdan qanoatlanishadi.Shu tariqa u tabiatdan uzoqla shib ma’naviy jixatdan qashshoqlashib boradi. Eng muhimi, insoniyatning ekologik ongi dunyo tabiatini muhofaza qilishdagi chora- tadbirlarini muntazzam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi. Demak, hayotda ham, har qanday ishlab chiqarish sohasida ham ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishida mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakillantirishni quyidagi tizimda amalga oshirishda tavsiya qilinadi: 1. Ekologik ta’lim-sayyoramiz tabiiy boyliklari va yaqin fazoga ehtiyot korona munosabatda bo‘lishi, insoniyatning tabiatdagi ekologik jarayon lar bilan uzviy bog‘liqligini chuqur anglash ruhida tarbiyalash va boshlang‘ich o‘qitish; 2. Ekologik madaniyat-hozirgi va kelajak avlod hayotida ekologik muammo lar juda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglagan davlatlar va jahon madaniyatining rivojlanish bosqichi va tarkibiy qismi; 3. Ekologik targ‘ibot tabiiy boyliklarni maksimal holatda saqlab qolishni ta’minlovchi faktlar, qarashlar va g‘oyalarni ommaviy axborot vositalari  
 
(gazeta, radio, tv, jurnal, ma’ruzalar, internet) orqali yig‘ish va keng 
chegaralarda tarqatish; 
4. Ekologik o‘quv-kishilarda ekologik dunyoqarashni shakllantiradigan va 
tabiatda insonlarning tutgan o‘rni haqidagi bilimlar bilan qurollan tiradigan, 
tabiiy tizimlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dagi har bir insonning baxti 
saodatidagi ahamiyatini tushuntrishga qaratilgan ekologik tarbiya, ta’lim, 
ma’lumot va targ‘ibot majmui. 
Ekologik huquq, ekologik savodxonlik va ekologik bilim har–bir ishlab 
chiqarish yoki ta’lim sohasiga moslashtirilmaydi balki, insonning komil inson bo‘lib 
yetishiga da’vat qiladi.Ekoturizmning o‘rnini belgilash da asoslandiki,insoniyat 
oldidagi ekologik inqirozni to‘xtatish va barta raf qilishning eng samarali yo‘li 
umuminsoniyatda ekologik huquq, ekolo gik tarbiya va ekologik bilimni 
shakllantirishdir.Ekoturizmda ekologik tarbiya, ekologik bilim va madaniyatni 
shakllantirishda birinchi navbatda ekologik boshqaruv tizimini ishlab chiqish zarur 
bo‘ladi. 
Ekologik boshqaruv tizimi turizmning sohalari, tarmoqlari bo‘yicha har-xil 
yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin.Lekin “Ekologiya” fanining predmeti bu fanning 
yangi tarmoqlari yo‘nalishlari yuzaga kelganida ham o‘zgarmasdan qolishi ma’lum, 
o‘zgarish mumkin ham emas. 
Alohida ta’kidlash lozimki, ekologik tarbiya, ekologik bilim va ekologik 
madaniyat ishlab chiqarish sohalariga qarab o‘zgarmaydi, balki ekologik bilimli, 
ekologik madaniyatli kishi o‘z bilimlari yordamida o‘zi ishlayotgan sohani 
ekologiyalashtiradi.Shu 
o‘rinda 
ham 
mamlakatimizda 
ekologik 
turizmni 
rivojlantirish maqsadli, istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qolishi insonni tarbiyalashda 
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Ekologik turizmda ham ishlab chiqarishning barcha sohalarida ham inson 
ekologik bilim, ekologik madaniyatni o‘rganish uchun ekologik huquq asoslarini 
mukammal bilishi lozim bo‘ladi.Turizmda ekologik huquq asoslarini bilishning 
majburiyligi shundaki, ekoturizm faoliyatidagilar asosan“kelib-ketuvchilar” 
bo‘lganligidan turist yoki ekoturist tabiatimizda yoki qo‘riqxonalarda, betakror 
landshaftlarda bo‘lganida va o‘simliklar olami ancha kambag‘al bo‘lganida ham 
tabiatni toptagani uchun jazolanishini bilishi kerak. 
(gazeta, radio, tv, jurnal, ma’ruzalar, internet) orqali yig‘ish va keng chegaralarda tarqatish; 4. Ekologik o‘quv-kishilarda ekologik dunyoqarashni shakllantiradigan va tabiatda insonlarning tutgan o‘rni haqidagi bilimlar bilan qurollan tiradigan, tabiiy tizimlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dagi har bir insonning baxti saodatidagi ahamiyatini tushuntrishga qaratilgan ekologik tarbiya, ta’lim, ma’lumot va targ‘ibot majmui. Ekologik huquq, ekologik savodxonlik va ekologik bilim har–bir ishlab chiqarish yoki ta’lim sohasiga moslashtirilmaydi balki, insonning komil inson bo‘lib yetishiga da’vat qiladi.Ekoturizmning o‘rnini belgilash da asoslandiki,insoniyat oldidagi ekologik inqirozni to‘xtatish va barta raf qilishning eng samarali yo‘li umuminsoniyatda ekologik huquq, ekolo gik tarbiya va ekologik bilimni shakllantirishdir.Ekoturizmda ekologik tarbiya, ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda birinchi navbatda ekologik boshqaruv tizimini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Ekologik boshqaruv tizimi turizmning sohalari, tarmoqlari bo‘yicha har-xil yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin.Lekin “Ekologiya” fanining predmeti bu fanning yangi tarmoqlari yo‘nalishlari yuzaga kelganida ham o‘zgarmasdan qolishi ma’lum, o‘zgarish mumkin ham emas. Alohida ta’kidlash lozimki, ekologik tarbiya, ekologik bilim va ekologik madaniyat ishlab chiqarish sohalariga qarab o‘zgarmaydi, balki ekologik bilimli, ekologik madaniyatli kishi o‘z bilimlari yordamida o‘zi ishlayotgan sohani ekologiyalashtiradi.Shu o‘rinda ham mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish maqsadli, istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qolishi insonni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekologik turizmda ham ishlab chiqarishning barcha sohalarida ham inson ekologik bilim, ekologik madaniyatni o‘rganish uchun ekologik huquq asoslarini mukammal bilishi lozim bo‘ladi.Turizmda ekologik huquq asoslarini bilishning majburiyligi shundaki, ekoturizm faoliyatidagilar asosan“kelib-ketuvchilar” bo‘lganligidan turist yoki ekoturist tabiatimizda yoki qo‘riqxonalarda, betakror landshaftlarda bo‘lganida va o‘simliklar olami ancha kambag‘al bo‘lganida ham tabiatni toptagani uchun jazolanishini bilishi kerak.  
 
Ekologiya huquqi esa-jamiyat(kishilar) va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir 
doirasi ekologik harakatlarini tartibga solishning ququqiy tamoyillari va 
me’yorlarini o‘rganuvchi ta’limot yoki fan sohasi hisob lanadi.Shuning uchun ham 
ekologiya huquqining maqsadi-hozirgi va kelajak avlod uchun tabiatni muhofaza 
qilish va tabiiy resurslardan oqilona foyda lanish doirasidagi jamiyatning ekologik 
munosabatlarini huquqi 
y tartib ga solish hisoblanadi. 
Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy–iqtisodiy hayotidagi o‘rnini belgilashda 
yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar,tadqiqotlar natijasida quyidagi umumlashgan 
xulosalar kelib chiqadi.Ya’ni ekoturizm rivojla nishida ekoturizm faoliyatining 
ijtimoiy hayotidagi o‘rni quyidagicha izohlanadi: 
1.Turistlar bilimini, madaniyatini, ma’naviyatini umummadaniy, tabiiy ilmiy, 
ekologik bilim va ekologik xavfsizlik bilimlari bilan tabiatning o‘zida boyitish 
va shakllantirish; 
2.“Shahardagi” stress-charchoq holatdan chiqish va ehtiros, hissiyotlarni 
tiklash, sog‘lomlashtirish; 
3.Turistlarda notanish xalqlarning milliy yashash tarziga, milliy urf-odatlariga, 
marosimlariga,vataniga do‘stona mehr-oqibatlarini shakllantirish4. 
Tayanch so‘zlar va iboralar; milliy ijtimoiy-iqtisodiy,  texnik daraja, ekologik 
rekreatsiya,intellektual daraja,ekologik ong,ekologik madaniyat, nazariy va amaliy 
asoslar,mehr-oqibatlar 
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar; 
1.Tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlantirish eng muhim omillardan biri 
ekanligi haqida prezentatsiyali ma’ruza tayyorlang. 
2.Ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakillantirish tizimni tushuntirib bering. 
3.“Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi” 
mavzusida qisqacha ma’ruza tayyorlang. 
4.“Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini 
jalb qiladi” mavzusida qisqacha ma’ruza tayyorlang. 
5.“Shahardagi” stress-charchoq holatdan chiqish va ehtiros, hissiyotlarni tiklash, 
                                                 
4 Храбовченко В.В. Экологический туризм. Москва, “Финансы и статистика”, 2003, 172 стр. 
Ekologiya huquqi esa-jamiyat(kishilar) va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir doirasi ekologik harakatlarini tartibga solishning ququqiy tamoyillari va me’yorlarini o‘rganuvchi ta’limot yoki fan sohasi hisob lanadi.Shuning uchun ham ekologiya huquqining maqsadi-hozirgi va kelajak avlod uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foyda lanish doirasidagi jamiyatning ekologik munosabatlarini huquqi y tartib ga solish hisoblanadi. Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy–iqtisodiy hayotidagi o‘rnini belgilashda yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar,tadqiqotlar natijasida quyidagi umumlashgan xulosalar kelib chiqadi.Ya’ni ekoturizm rivojla nishida ekoturizm faoliyatining ijtimoiy hayotidagi o‘rni quyidagicha izohlanadi: 1.Turistlar bilimini, madaniyatini, ma’naviyatini umummadaniy, tabiiy ilmiy, ekologik bilim va ekologik xavfsizlik bilimlari bilan tabiatning o‘zida boyitish va shakllantirish; 2.“Shahardagi” stress-charchoq holatdan chiqish va ehtiros, hissiyotlarni tiklash, sog‘lomlashtirish; 3.Turistlarda notanish xalqlarning milliy yashash tarziga, milliy urf-odatlariga, marosimlariga,vataniga do‘stona mehr-oqibatlarini shakllantirish4. Tayanch so‘zlar va iboralar; milliy ijtimoiy-iqtisodiy, texnik daraja, ekologik rekreatsiya,intellektual daraja,ekologik ong,ekologik madaniyat, nazariy va amaliy asoslar,mehr-oqibatlar Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar; 1.Tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlantirish eng muhim omillardan biri ekanligi haqida prezentatsiyali ma’ruza tayyorlang. 2.Ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakillantirish tizimni tushuntirib bering. 3.“Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi” mavzusida qisqacha ma’ruza tayyorlang. 4.“Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini jalb qiladi” mavzusida qisqacha ma’ruza tayyorlang. 5.“Shahardagi” stress-charchoq holatdan chiqish va ehtiros, hissiyotlarni tiklash, 4 Храбовченко В.В. Экологический туризм. Москва, “Финансы и статистика”, 2003, 172 стр.  
 
sog‘lomlashtirishda ekoturizmning ahamiyatini tushuntiring. 
 
sog‘lomlashtirishda ekoturizmning ahamiyatini tushuntiring.