Ekskursiya darslari

Yuklangan vaqt

2024-12-30

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

32,6 KB


 
 
 
 
 
 
Ekskursiya darslari 
 
Geografik ekskursiyalar - sinf yoki muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv 
dasturiga muvofiq, o’qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muxit yoki 
sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog’liq holda 
o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan o’quv-tarbiya 
jarayonining muhim shakli sanaladi. 
O’quv ekskursiyalari umuma’lim maktablari ta’limiy-tarbiyaviy ishlarda 
katta o’rin tutadi.O’quv ekskursiyalarida yil davomida olingan bilimlar 
mustaxkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish 
ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Ekskursiyaning turlari. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko’ra, bir 
soatlik, bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin. 
Bir soatga mo’ljallangan ekskursiya - geografiya maydonchasida yoki o’quv 
tajriba yer maydonchasida o’tkaziladi. 
Bir kunga mo’ljallangan ekskursiya - tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, 
fermer 
xo’jaliklariga, 
hayvonot 
yoki 
botanika 
bog’iga, 
suv 
omboriga 
uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo’lim mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Ko’p kunlik ekskursiya - o’quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, 
bunga tarix, geografiya, biologiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim 
fani o’qituvchilari bilan birgalikda o’tkaziladi. Ko’p kunlik ekskursiya - rejasini 
pedagogik kengashda tasdiqlanadi. 
O’quv ekskursiyalari maktablarda bahorda va kuzda o’tkaziladi. Ularning 
asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi. 
O’quv ekskursiyalarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va 
ko’nikmalarni yanada mustaxkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda 
Ekskursiya darslari Geografik ekskursiyalar - sinf yoki muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv dasturiga muvofiq, o’qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muxit yoki sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan o’quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi. O’quv ekskursiyalari umuma’lim maktablari ta’limiy-tarbiyaviy ishlarda katta o’rin tutadi.O’quv ekskursiyalarida yil davomida olingan bilimlar mustaxkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish ko’nikmalari shakllantiriladi. Ekskursiyaning turlari. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko’ra, bir soatlik, bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin. Bir soatga mo’ljallangan ekskursiya - geografiya maydonchasida yoki o’quv tajriba yer maydonchasida o’tkaziladi. Bir kunga mo’ljallangan ekskursiya - tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo’jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog’iga, suv omboriga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo’lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Ko’p kunlik ekskursiya - o’quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, biologiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim fani o’qituvchilari bilan birgalikda o’tkaziladi. Ko’p kunlik ekskursiya - rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi. O’quv ekskursiyalari maktablarda bahorda va kuzda o’tkaziladi. Ularning asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi. O’quv ekskursiyalarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va ko’nikmalarni yanada mustaxkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda  
 
kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir. 
Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan xolda o’quv ekskursiyalarning asosiy 
vazifalari quydagilardan iborat: 
1. Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni yanada 
chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini 
olib borish ko’nikmalarini shakllantirish. 
2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, 
sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini) aniqlash va ularga 
qarab mo’ljal olish ko’nikmalarini shakllantirish; 
3. Joyning relyefini o’rganish va relyef to’g’risidagi bilimlar va ko’nikmalarni 
yanada chuqurlashtirish xamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini 
o’rganish ko’nikmalari shakillantirilishi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi 
omillarni ham o’rganish usullari bilan tanishtiradi. 
4. Joyning geologik tuzilishini o’rganish metodikasi bilan tanishtirish. 
5. Ob-havoni kuzatish vva suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini 
shakillantirish. O’quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim. 
6. Joyning tuproq qoplamini o’rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash 
ko’nikmalarini shakillantirish 
7. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish usuli bilan tanishtirish. O’simliklarni 
qavatlarga (yaruslarga) bo’lib o’rganish ko’nikmasini shakillantirish. 
8. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. 
9. Landshaftlarniajratish ko’nikmalarini shakllantirish. 
10. 
Korxonani o’rganish ko’nikmasini shakllantirish. 
Demak, mazkur vazifani bajarish davomida o’quvchilarning olgan geografik 
bilimlari va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi, ularda tabiatni va tabiiy geografik 
jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu 
esa keyingi sinflardagi geografik bilimlarni o’zlashtirishda juda katta zamin 
yaratadi. 
O’quv ekskursiyalari tabiiy geografiya kurslari (V-VII sinflar) bo’yicha 4- 
marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1-marta ishlab 
chiqarish korxonasiga uyushtiriladi. 
O’quv ekskursiyalari quyidagi turlarga bo’linadi: 
kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir. Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan xolda o’quv ekskursiyalarning asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 1. Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantirish. 2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini) aniqlash va ularga qarab mo’ljal olish ko’nikmalarini shakllantirish; 3. Joyning relyefini o’rganish va relyef to’g’risidagi bilimlar va ko’nikmalarni yanada chuqurlashtirish xamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini o’rganish ko’nikmalari shakillantirilishi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi omillarni ham o’rganish usullari bilan tanishtiradi. 4. Joyning geologik tuzilishini o’rganish metodikasi bilan tanishtirish. 5. Ob-havoni kuzatish vva suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini shakillantirish. O’quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim. 6. Joyning tuproq qoplamini o’rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash ko’nikmalarini shakillantirish 7. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish usuli bilan tanishtirish. O’simliklarni qavatlarga (yaruslarga) bo’lib o’rganish ko’nikmasini shakillantirish. 8. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. 9. Landshaftlarniajratish ko’nikmalarini shakllantirish. 10. Korxonani o’rganish ko’nikmasini shakllantirish. Demak, mazkur vazifani bajarish davomida o’quvchilarning olgan geografik bilimlari va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi, ularda tabiatni va tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu esa keyingi sinflardagi geografik bilimlarni o’zlashtirishda juda katta zamin yaratadi. O’quv ekskursiyalari tabiiy geografiya kurslari (V-VII sinflar) bo’yicha 4- marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1-marta ishlab chiqarish korxonasiga uyushtiriladi. O’quv ekskursiyalari quyidagi turlarga bo’linadi:  
 
- tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari; 
- iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari; 
- o’lkashunoslik o’quv ekskursiyalari; 
- maxsus o’quv ekskursiyalari (geografik, beogeografik, meteorologik va h.k). 
O’quv ekskursiyalari turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi tanlaydi. 
Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarining asosiy maqsadi o’quvchilarni 
maktabda olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustaxkamlashdir. Iqtisodiy 
geografik o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar ishlab chiqarish jarayonini 
o’rganishadi va sanoat geografiyasi xaqida bilim va ko’nikmalari kengaytiriladi. 
O’lkashunoslik bo’yichao’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar o’lkani 
tabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o’rganishadi va tegishli 
ma’lumotlar yig’iladi. 
Maxsus geografik sayoxatlar o’qituvchini dasturiga binoan olib boriladi. Ular 
ko’pincha joyning geologik sharoitini va foydali qazilmalarini, tuprog’i, o’simligi 
va hayvonot dunyosini yoki ko’nikmalarini o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi. 
O’quv ekskursiyalariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. 
Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo’linadi: nazariy; amaliy; tashkiliy. 
Nazariy tayyorgarlik jarayonida o’quv ekskursiyaida amalga oshiriladigan 
ishlar xususiyati va turiga ko’ra o’quvchilarni bilimlari mustaxkamlanadi. Tabiatga 
uyushtiriladigan ekskursiyalarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy 
geografik bilimlar mustaxkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, 
atmosfera, biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustaxkamlanadi. 
Amaliy tayyorgarlik bosqichida o’quvchilarga ekskursiya davomida zarur 
bo’ladigan ish usullari haqida bilim va ko’nikmalar shakllantiriladi. Agar agar o’quv 
ekskursiya daryo vodiysi bo’ylab o’tkaziladigan bo’lsa daryoni ko’ndalang 
kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. 
Agar o’quv ekskursiyaida reja olish ko’zda tutilgan bo’lsa turlari bo’yicha amaliy 
ko’nikmalar shakillangan bo’lmog’i lozim. 
Tashkiliy tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat: 
- o’qituvchi ekskursiyani mavzusini e’lon qiladi. Mavzu tabiiy geografik yoki 
iqtisodiy geografik bo’lishi mumkin. Masalan, qishloqda suv xavzalarini o’rganish, 
maktab atrofidagi o’simliklarni o’rganish, ishlab chiqarish korxonasini o’rganish; 
- tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari; - iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari; - o’lkashunoslik o’quv ekskursiyalari; - maxsus o’quv ekskursiyalari (geografik, beogeografik, meteorologik va h.k). O’quv ekskursiyalari turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi tanlaydi. Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarining asosiy maqsadi o’quvchilarni maktabda olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustaxkamlashdir. Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar ishlab chiqarish jarayonini o’rganishadi va sanoat geografiyasi xaqida bilim va ko’nikmalari kengaytiriladi. O’lkashunoslik bo’yichao’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar o’lkani tabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o’rganishadi va tegishli ma’lumotlar yig’iladi. Maxsus geografik sayoxatlar o’qituvchini dasturiga binoan olib boriladi. Ular ko’pincha joyning geologik sharoitini va foydali qazilmalarini, tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosini yoki ko’nikmalarini o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi. O’quv ekskursiyalariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo’linadi: nazariy; amaliy; tashkiliy. Nazariy tayyorgarlik jarayonida o’quv ekskursiyaida amalga oshiriladigan ishlar xususiyati va turiga ko’ra o’quvchilarni bilimlari mustaxkamlanadi. Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy geografik bilimlar mustaxkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustaxkamlanadi. Amaliy tayyorgarlik bosqichida o’quvchilarga ekskursiya davomida zarur bo’ladigan ish usullari haqida bilim va ko’nikmalar shakllantiriladi. Agar agar o’quv ekskursiya daryo vodiysi bo’ylab o’tkaziladigan bo’lsa daryoni ko’ndalang kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. Agar o’quv ekskursiyaida reja olish ko’zda tutilgan bo’lsa turlari bo’yicha amaliy ko’nikmalar shakillangan bo’lmog’i lozim. Tashkiliy tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat: - o’qituvchi ekskursiyani mavzusini e’lon qiladi. Mavzu tabiiy geografik yoki iqtisodiy geografik bo’lishi mumkin. Masalan, qishloqda suv xavzalarini o’rganish, maktab atrofidagi o’simliklarni o’rganish, ishlab chiqarish korxonasini o’rganish;  
 
-o’qituvchi ekskursiyani maqsadi va rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi. 
O’quv 
ekskursiyaining 
maqsadini 
o’qituvchi 
aniqlaydi. 
Uning 
maqsadi 
o’quvchilarga topografik xaritalar bilan joyd ishlash ko’nikmalarini shakllantirish. 
O’quv ekskursiyaini rejasi bilan o’quvchilarni tanishtirish. Rejada yo’nalish, 
to’xtash joylari ko’rsatilgan bo’lishi lozim; 
-sinf ma’lum bir guruxga bo’linadi; har bir guruxda 5-6tadan o’quvchi bo’lishi 
lozim. Xar bir guruxni raxbari tayinlanadi. Xar bir guruxni vazifalari tushuntiriladi; 
- o’quvchilar qanday kiyim kiyishi, nimalarni o’zlari bilan olib borishini va 
ekskursiyada o’zlarini qanday tutishlarini va xavfsizlik muxofazasi qoidalariga roya 
qilishlari xaqia ko’rsatma beriladi. 
O’qituvchi ekskursiyani maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan xolda jihozlar, 
priborlar va anjomlar ro’yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O’quv ekskursiyalarida 
quyidagi jihoz asboblar va uskunalar lozim bo’lishi mumkin: kompas, termometr, 
reyka, arqon, xarita, barometr, tuproq parmasi (bur) va h.k. 
O’quv ekskursiyalarini quyidagi xollarda o’tkazish mumkin: yangi mavzuni 
o’rganishdan oldin; qator mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng. 
O’quv ekskursiyalarini muvoffaqiyatli o’tkazish ekskursiya o’tkaziladigan 
joyni tanlashga bog’lik. Agar ekskursiyani mavzusi relyef shakllarini o’rganishga 
bag’ishlangan bo’lsa iloji boricha relbelefi xilma xil bo’lgan joy tanlanishi lozim. 
Tog’ jinslariga bag’ishlangan ekskursiyalarni o’tkazishda geologik ochilmalar 
mavjud bo’lgan joylar tanlanadi. 
O’quv ekskursiyalari o’tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim: 
- tanlangan joy o’quv mavzulari va o’quv o’lkashunoslik maqsadi va 
vazifalariga mos kelishi zarur. Demak, o’lkashunoslik materiallari bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan mavzu va masalalarni o’rganishda; 
- o’ziga xos o’quv ekskursiyai obyektlari bo’yicha ma’lumotlar to’plash, 
o’rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko’rish imkonini yaratmog’i lozim; 
- o’quv ekskursiyalari davomida tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmog’i lozim. 
Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo’qolib 
borayotgan o’simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini 
mavjudligi va h.k; 
-o’qituvchi ekskursiyani maqsadi va rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi. O’quv ekskursiyaining maqsadini o’qituvchi aniqlaydi. Uning maqsadi o’quvchilarga topografik xaritalar bilan joyd ishlash ko’nikmalarini shakllantirish. O’quv ekskursiyaini rejasi bilan o’quvchilarni tanishtirish. Rejada yo’nalish, to’xtash joylari ko’rsatilgan bo’lishi lozim; -sinf ma’lum bir guruxga bo’linadi; har bir guruxda 5-6tadan o’quvchi bo’lishi lozim. Xar bir guruxni raxbari tayinlanadi. Xar bir guruxni vazifalari tushuntiriladi; - o’quvchilar qanday kiyim kiyishi, nimalarni o’zlari bilan olib borishini va ekskursiyada o’zlarini qanday tutishlarini va xavfsizlik muxofazasi qoidalariga roya qilishlari xaqia ko’rsatma beriladi. O’qituvchi ekskursiyani maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan xolda jihozlar, priborlar va anjomlar ro’yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O’quv ekskursiyalarida quyidagi jihoz asboblar va uskunalar lozim bo’lishi mumkin: kompas, termometr, reyka, arqon, xarita, barometr, tuproq parmasi (bur) va h.k. O’quv ekskursiyalarini quyidagi xollarda o’tkazish mumkin: yangi mavzuni o’rganishdan oldin; qator mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng. O’quv ekskursiyalarini muvoffaqiyatli o’tkazish ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlashga bog’lik. Agar ekskursiyani mavzusi relyef shakllarini o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa iloji boricha relbelefi xilma xil bo’lgan joy tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan ekskursiyalarni o’tkazishda geologik ochilmalar mavjud bo’lgan joylar tanlanadi. O’quv ekskursiyalari o’tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - tanlangan joy o’quv mavzulari va o’quv o’lkashunoslik maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur. Demak, o’lkashunoslik materiallari bilan bevosita bog’liq bo’lgan mavzu va masalalarni o’rganishda; - o’ziga xos o’quv ekskursiyai obyektlari bo’yicha ma’lumotlar to’plash, o’rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko’rish imkonini yaratmog’i lozim; - o’quv ekskursiyalari davomida tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmog’i lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini mavjudligi va h.k;  
 
- o’quv ekskursiyalarida o’quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo’lgan 
xususiyatlarni xisobga olish; 
- geografiya va o’lkashunoslik obyektlarini o’zgarishini o’quvchilar 
tomonidan qabul qilinishini xissiy-emotsional xususiyatlarini xisobga olish; 
- ma’lum bir geografiya predmetlari bo’yicha aniq mavzularning o’quv 
tarbiyaviy talablarini xisobga olish; 
- o’qituvchi va o’quvchilarni o’quv ekskursiyaini o’tkazishga tayyorgarlik 
darajasini xisobga olish; 
- o’quv sayxatlarida ma’lumotlarni yig’ish imkonini xisobga olish. Mazkur 
ma’lumotlar qayta ishlangandan so’ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin. 
Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari 
Umumta’lim maktablarida o’quv ekskursiyalarining katta qismi tabiiy 
geografiya kurslari buyicha o’tkaziladi. SHuning uchun tabiiy geografik o’quv 
ekskursiyalari bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan. 
Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarini ikkita yirik guruxga bo’lishimiz 
mumkin. 
-umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunda ekskursiya davomida 
o’quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish ko’nikmalariga ega 
bo’ladi; 
-maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunday ekskursiyalarda tabiiy 
geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari aloxida o’rganiladi. Masalan, relyefi, tuproq, 
o’simlik va h.k. 
Umumiy tabiiy geografik o'quv ekskursiyalari maktab tabiiy geografiya 
kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyushtiriladi. 
Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi: 
1. O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga 
quyidagilar kiradi: ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlash va uni xaritasini toptsh 
yoki xomaki rejasini tuzish; ekskursiyani vaqtini va davomiyligini aniqlash; 
ekskursiya uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yxatini tuzish va u ularni 
topish; o’quvchilar bilan suxbat o’tkazish va ularni ma’lum bir guruxlarga bo’lish; 
2. 
O’quv ekskursiyaini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ma’lum 
bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat o’tkaziladi. Unda 
- o’quv ekskursiyalarida o’quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo’lgan xususiyatlarni xisobga olish; - geografiya va o’lkashunoslik obyektlarini o’zgarishini o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini xissiy-emotsional xususiyatlarini xisobga olish; - ma’lum bir geografiya predmetlari bo’yicha aniq mavzularning o’quv tarbiyaviy talablarini xisobga olish; - o’qituvchi va o’quvchilarni o’quv ekskursiyaini o’tkazishga tayyorgarlik darajasini xisobga olish; - o’quv sayxatlarida ma’lumotlarni yig’ish imkonini xisobga olish. Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so’ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin. Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari Umumta’lim maktablarida o’quv ekskursiyalarining katta qismi tabiiy geografiya kurslari buyicha o’tkaziladi. SHuning uchun tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan. Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarini ikkita yirik guruxga bo’lishimiz mumkin. -umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunda ekskursiya davomida o’quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish ko’nikmalariga ega bo’ladi; -maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunday ekskursiyalarda tabiiy geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari aloxida o’rganiladi. Masalan, relyefi, tuproq, o’simlik va h.k. Umumiy tabiiy geografik o'quv ekskursiyalari maktab tabiiy geografiya kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyushtiriladi. Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi: 1. O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlash va uni xaritasini toptsh yoki xomaki rejasini tuzish; ekskursiyani vaqtini va davomiyligini aniqlash; ekskursiya uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yxatini tuzish va u ularni topish; o’quvchilar bilan suxbat o’tkazish va ularni ma’lum bir guruxlarga bo’lish; 2. O’quv ekskursiyaini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ma’lum bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat o’tkaziladi. Unda  
 
o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi. 
Xar bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning) 
geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga nisbatan, daryoga 
nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan 
aniqlanishi mumkin. 
Bundan tashqari agar topografik xarita mavjud bo’lsa nuqtaning matematik 
geografik o’rni xam aniqlanadi. SHundan so’ng nuqtaning umumiy tabiiy geografik 
o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, 
gidrografik tarmoqlari, tuproqlari o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari 
o’rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik ekskursiyalarda o’quvchilar xar bir 
nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish va baxolash 
ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim va 
ko’nikmalarni mustaxkamlash va yanada chuqurlashtirish imkonini beradi. 
Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo’lgan 
joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr yotqiziqlari va qanday 
tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko’proq to’rtlamchi davr 
yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li o’lkalarda bir necha geologik davrlarga 
xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari 
joylashganligi aniqlanadi. Ular magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning 
qaysi guruhiga mansubligi aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil 
bo’lganligi tushuntiriladi. CHo’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda ularni 
qatlamsimon joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va xar qatlamdagi 
jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. 
Masalan agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning ustida 
qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa demak dastlab kuchli oqim 
ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin oqim sharoitida qum qatlami 
xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida 
gillar qatlami vujudga kelgan. 
Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda ekskursiya davomida g’isht 
xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi mumkin. 
Joyni relyefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi omillar 
va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari tashqi 
o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi. Xar bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning) geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga nisbatan, daryoga nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari agar topografik xarita mavjud bo’lsa nuqtaning matematik geografik o’rni xam aniqlanadi. SHundan so’ng nuqtaning umumiy tabiiy geografik o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, gidrografik tarmoqlari, tuproqlari o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari o’rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik ekskursiyalarda o’quvchilar xar bir nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish va baxolash ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash va yanada chuqurlashtirish imkonini beradi. Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo’lgan joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr yotqiziqlari va qanday tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko’proq to’rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li o’lkalarda bir necha geologik davrlarga xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari joylashganligi aniqlanadi. Ular magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning qaysi guruhiga mansubligi aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. CHo’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda ularni qatlamsimon joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va xar qatlamdagi jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. Masalan agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning ustida qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa demak dastlab kuchli oqim ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin oqim sharoitida qum qatlami xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan. Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda ekskursiya davomida g’isht xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi mumkin. Joyni relyefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi omillar va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari tashqi  
 
kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan reblef shakillari xam aloxida ajratib 
ko’rsatilishi zarur. 
Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin. Shunining 
uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib, 
mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o’tiladi 
va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib beriladi. 
Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor beriladi. 
O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi: daraxtlar, butalar, 
o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruxlarga bo’lib yuboriladi: sudralib 
yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar. 
Xar bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish. 
Maxsus tabiiy geografik ekskursiyalari ayrim mavzularni o’tib bo’lgandan 
so’ng amaliy ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida o’tkaziladi. Masalan, 
litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib bo’lgandan so’ng 
uyushtirish mumkin. 
Maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalarini o’tkazish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari xamda o’tkazish 
joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv ekskursiyai xaqida va 
ekskursiya o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar bilan suxbat o’tkaziladi. 
Maxsus o’quv ekskursiyalari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin: 
joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relyefini o’rganish; joynining ichki 
suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganish; 
joyning landshaftlarini o’rganish; 
Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalaridan farq qilib maxsus tabiiy 
geografik ekskursiyalarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har 
tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi ochilma mavjud 
bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov, 1985) 
1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti 
yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo’yiladi. 
2. Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash. Xar bir qatlamning qalinligi 
va tog’ jinslarining xolatini o’rganish. 
3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Xar bir qatlamni chizish 
kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan reblef shakillari xam aloxida ajratib ko’rsatilishi zarur. Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin. Shunining uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib, mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o’tiladi va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib beriladi. Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor beriladi. O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi: daraxtlar, butalar, o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruxlarga bo’lib yuboriladi: sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar. Xar bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish. Maxsus tabiiy geografik ekskursiyalari ayrim mavzularni o’tib bo’lgandan so’ng amaliy ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida o’tkaziladi. Masalan, litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib bo’lgandan so’ng uyushtirish mumkin. Maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalarini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari xamda o’tkazish joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv ekskursiyai xaqida va ekskursiya o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar bilan suxbat o’tkaziladi. Maxsus o’quv ekskursiyalari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin: joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relyefini o’rganish; joynining ichki suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganish; joyning landshaftlarini o’rganish; Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalaridan farq qilib maxsus tabiiy geografik ekskursiyalarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi ochilma mavjud bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov, 1985) 1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo’yiladi. 2. Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash. Xar bir qatlamning qalinligi va tog’ jinslarining xolatini o’rganish. 3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Xar bir qatlamni chizish  
 
davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat, 
qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash. Qatlamlar 
chizmasida pastdan yuqoriga qarab xarflar bilan belgilanadi. 
4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari, xolati tavsifi 
tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning 
namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish xolati aniqlanadi: 
gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa uning qiyaligi aniqlanadi. 
Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish mumkin. 
5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi 
mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan xolda olish lozim bo’lsa o’lchami 
10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin (sham) 
eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra monolitga etiketka 
yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo’lishi lozim. Monolit olingan 
ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik, monolit olingan 
yil, oy, kun. 
O’quvchilar ochilmalarni o’rganish ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan so’ng 
bunday ishlarni mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. 
Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari yuqori sinflarda o’tkaziladi 
va o’quvchilarni iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlaydi va bir vaqtni 
o’zida iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borish usullarini egallashadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha o’quv ekskursiyalari xam ikki 
guruxga bo’linadi: umumiy iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari; maxsus 
iqtisodiy o’quv ekskursiyalari. 
Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari. Umumiy 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari o’quv yilining oxirida ma’lum 
bir predmet to’la o’rganilib bo’lingandan so’ng olingan bilim va ko’nikmalarni 
mustaxkamlash uchun o’tkaziladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda 
o’tkaziladi. 
O’quv 
ekskursiyalariga 
tayyorgarlik 
davrida 
o’qituvchi 
ekskursiya 
o’tkaziladigan joyni tanlaydi, mazkur joy iqtisodiy geografik sharoiti xaqida 
davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat, qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash. Qatlamlar chizmasida pastdan yuqoriga qarab xarflar bilan belgilanadi. 4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari, xolati tavsifi tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish xolati aniqlanadi: gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa uning qiyaligi aniqlanadi. Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish mumkin. 5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan xolda olish lozim bo’lsa o’lchami 10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin (sham) eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra monolitga etiketka yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo’lishi lozim. Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik, monolit olingan yil, oy, kun. O’quvchilar ochilmalarni o’rganish ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan so’ng bunday ishlarni mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari yuqori sinflarda o’tkaziladi va o’quvchilarni iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlaydi va bir vaqtni o’zida iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borish usullarini egallashadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha o’quv ekskursiyalari xam ikki guruxga bo’linadi: umumiy iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari; maxsus iqtisodiy o’quv ekskursiyalari. Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari. Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari o’quv yilining oxirida ma’lum bir predmet to’la o’rganilib bo’lingandan so’ng olingan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash uchun o’tkaziladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi. O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik davrida o’qituvchi ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlaydi, mazkur joy iqtisodiy geografik sharoiti xaqida  
 
ma’lumotlarni to’playdi. O’quv ekskursiyai rejasi ishlab chiqladi. 
O’quv ekskursiyaini o’tkazish. O’quv ekskursiyai o’tkaziladigan kun 
belgilangan vaqtda o’quvchilar yig’ilishganda o’qituvchi yana bir marta suxbat 
o’tkazadi. O’quv ekskursiyaining maqsadi, vazifalari, obyekti va ekskursiya 
davomida o’quvchilar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar tushuntiriladi. SHundan 
so’ng o’quv ekskursiyai boshlanadi. 
Ma’lum bir joyning ijtimoiy geografik sharoitini o’rganish quyidagi tartibda olib 
boriladi. 
Obyektni iqtisodiy geografik o’rnini aniqlash. Iqtisodiy geografik obyektlarni 
geografik o’rnini asosiy davlat axamiyatiga ega bo’lgan avtomobilb, xavo va temir 
yo’llarga nisbatan, tuman, viloyat va markazlarni xamda poytaxtga nisbatan, yirik 
daryolar va dengizlarga nisbatan joylanishi. 
So’ngra joyning ya’ni obyektning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari o’rganiladi. 
Tabiiy resurslarni o’rganishda ularni quyidagi guruxlarga bo’lib o’rganish 
maqsadga muofiqdir: yer resurslari, suv resurlslari, mineral resurslar, tuproq 
resurslari, bioligik resurslar, rekratsion resurslar. 
Aholi va mehnat resurslari quyidagi tartibda o’rganiladi: qishloq yoki maktab 
joylashgan joy axolisining joylashishi, ularning kasbi, statistik ma’lumotlar asosida 
axolining boshqa ko’rsatgichlari xam aniqlanadi. Obyektning xo’jaligi o’rganiladi. 
Bunda sanoatning asosiy tarmoqlari, dexqonchilik va chorvachilikning qaysi 
tarmog’i yaxshi rivojlanganligi aniqlanadi va aynan shu tarmoqqa ko’proq e’tibor 
beriladi. 
Agar qishloq yoki maktab joylashgan joydan davlat yoki viloyat axamiyatiga 
ega bo’lsa ular xaqida ma’lumotlar aniqlanadi. Bunday yo’llar mavjud bo’lmagan 
tadqiqotlarda qishloqdagi yoki shahardagi yo’llarni o’rnini tavsifi beriladi. 
Maxsus iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari. Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya kurslarida maxsus o’quv ekskursiyalari ko’proq o’tkaziladi. 
Maxsus iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalarida xo’jalikni ayrim tarmoqlari 
aloxida chuqur va xar tomonlama o’rganiladi. Masalan, joyning miniral resurslari; 
suv resurslari; ishlab chiqarish korxonalari va h.k 
Mazkur o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilarda sanoat va qishloq 
xo’jaligi xaqida chuqur bilim va ko’nikmalar shakilantiriladi. 
ma’lumotlarni to’playdi. O’quv ekskursiyai rejasi ishlab chiqladi. O’quv ekskursiyaini o’tkazish. O’quv ekskursiyai o’tkaziladigan kun belgilangan vaqtda o’quvchilar yig’ilishganda o’qituvchi yana bir marta suxbat o’tkazadi. O’quv ekskursiyaining maqsadi, vazifalari, obyekti va ekskursiya davomida o’quvchilar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar tushuntiriladi. SHundan so’ng o’quv ekskursiyai boshlanadi. Ma’lum bir joyning ijtimoiy geografik sharoitini o’rganish quyidagi tartibda olib boriladi. Obyektni iqtisodiy geografik o’rnini aniqlash. Iqtisodiy geografik obyektlarni geografik o’rnini asosiy davlat axamiyatiga ega bo’lgan avtomobilb, xavo va temir yo’llarga nisbatan, tuman, viloyat va markazlarni xamda poytaxtga nisbatan, yirik daryolar va dengizlarga nisbatan joylanishi. So’ngra joyning ya’ni obyektning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari o’rganiladi. Tabiiy resurslarni o’rganishda ularni quyidagi guruxlarga bo’lib o’rganish maqsadga muofiqdir: yer resurslari, suv resurlslari, mineral resurslar, tuproq resurslari, bioligik resurslar, rekratsion resurslar. Aholi va mehnat resurslari quyidagi tartibda o’rganiladi: qishloq yoki maktab joylashgan joy axolisining joylashishi, ularning kasbi, statistik ma’lumotlar asosida axolining boshqa ko’rsatgichlari xam aniqlanadi. Obyektning xo’jaligi o’rganiladi. Bunda sanoatning asosiy tarmoqlari, dexqonchilik va chorvachilikning qaysi tarmog’i yaxshi rivojlanganligi aniqlanadi va aynan shu tarmoqqa ko’proq e’tibor beriladi. Agar qishloq yoki maktab joylashgan joydan davlat yoki viloyat axamiyatiga ega bo’lsa ular xaqida ma’lumotlar aniqlanadi. Bunday yo’llar mavjud bo’lmagan tadqiqotlarda qishloqdagi yoki shahardagi yo’llarni o’rnini tavsifi beriladi. Maxsus iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida maxsus o’quv ekskursiyalari ko’proq o’tkaziladi. Maxsus iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalarida xo’jalikni ayrim tarmoqlari aloxida chuqur va xar tomonlama o’rganiladi. Masalan, joyning miniral resurslari; suv resurslari; ishlab chiqarish korxonalari va h.k Mazkur o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilarda sanoat va qishloq xo’jaligi xaqida chuqur bilim va ko’nikmalar shakilantiriladi.  
 
Sanoat korxonalarini quyidagi tortibda o’rganish mumkin: 
  1. Korxonaning barpo etilish vaqti, sabablari, rivojlanishning asosiy 
bosqichlari. 
2. Korxonaning iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy obyektlarga nisbatan 
joylashishi (joy relyefi, suv xavzalari, o’rmonlar, foydali qazilma konlari va h.k); 
transport yo’llariga, boshqa aholi manzilgoxlariga va yirik xo’jalik obyektlariga 
nisbatan joylashishi. 
3. Korxonani qaysi vazirlikka bo’yso’nishi: tuzilishi; texnologik jarayonini 
o’ziga xos xususiyati; texnologik jihatdan qurollanganligi va avtomatlashtirish 
darajasi; korxonani ishlab chiqarish aloqalari; fan texnika yutuqlarini qo’llanilishi. 
4. Korxonani 
ixtisoslashuvi 
va 
uni 
asoslash; 
mahsulot 
turlari; 
foydalanilgan xom-ashyo, yoqilg’i va materiallar turlari va ularni tejash; elektro 
texnika ta’minoti; chiqindilardan foydalanish. 
5. Korxonadagi 
ishchilar soni va ularni mehnat kategoriyalari, kasblar va 
malakalar bo’yicha tarkibi; ishchilarni ma’lumotlik darajasi; mehnat va hayot 
sharoiti va ularni yaxshilash choralari. 
6. Mehnat unumdorligi o’sishi; mahsulot sifatini oshirish va tannarxni 
pasaytirish. 
7. Korxonani rivojlantirish yilliklari. 
Qishloq xo’jalik korxonalari quyidagi tartibda qrganiladi: 
1. Qishloq xo’jalik korxonasining (fermer xo’jaligi) vujudga kelish vaqti va 
sabablari. Tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va iqtisodiy 
obyektlarga nisbatan geografik joylashishi; suv ayirg’ichda, vodiyda, botiqda, 
terassada, yoyilmada joylashishi; yo’llarga (asosiy, ikkinchi darajli, temir yo’llar va 
h.k.) va axoli punktilariga nisbatan joylanishi. 
2. Qishloq xo’jaligi korxonasining o’lchamlari: ekin maydoni, axolisi va 
uning zichligi (1m1 ga) 
3. Fermer xo’jaligining yer fondi, ularning o’lchamlari va turlari. 
Foydalanilayotgan yerlar; yaxshilangan yerlar (sug’orilish, qurilish, sho’r 
yuvish, jarlarni tekislash). 
4. Fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi (don, sabzavot, texnika ekinlari, 
                                                          
 
 
Sanoat korxonalarini quyidagi tortibda o’rganish mumkin: 1. Korxonaning barpo etilish vaqti, sabablari, rivojlanishning asosiy bosqichlari. 2. Korxonaning iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy obyektlarga nisbatan joylashishi (joy relyefi, suv xavzalari, o’rmonlar, foydali qazilma konlari va h.k); transport yo’llariga, boshqa aholi manzilgoxlariga va yirik xo’jalik obyektlariga nisbatan joylashishi. 3. Korxonani qaysi vazirlikka bo’yso’nishi: tuzilishi; texnologik jarayonini o’ziga xos xususiyati; texnologik jihatdan qurollanganligi va avtomatlashtirish darajasi; korxonani ishlab chiqarish aloqalari; fan texnika yutuqlarini qo’llanilishi. 4. Korxonani ixtisoslashuvi va uni asoslash; mahsulot turlari; foydalanilgan xom-ashyo, yoqilg’i va materiallar turlari va ularni tejash; elektro texnika ta’minoti; chiqindilardan foydalanish. 5. Korxonadagi ishchilar soni va ularni mehnat kategoriyalari, kasblar va malakalar bo’yicha tarkibi; ishchilarni ma’lumotlik darajasi; mehnat va hayot sharoiti va ularni yaxshilash choralari. 6. Mehnat unumdorligi o’sishi; mahsulot sifatini oshirish va tannarxni pasaytirish. 7. Korxonani rivojlantirish yilliklari. Qishloq xo’jalik korxonalari quyidagi tartibda qrganiladi: 1. Qishloq xo’jalik korxonasining (fermer xo’jaligi) vujudga kelish vaqti va sabablari. Tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va iqtisodiy obyektlarga nisbatan geografik joylashishi; suv ayirg’ichda, vodiyda, botiqda, terassada, yoyilmada joylashishi; yo’llarga (asosiy, ikkinchi darajli, temir yo’llar va h.k.) va axoli punktilariga nisbatan joylanishi. 2. Qishloq xo’jaligi korxonasining o’lchamlari: ekin maydoni, axolisi va uning zichligi (1m1 ga) 3. Fermer xo’jaligining yer fondi, ularning o’lchamlari va turlari. Foydalanilayotgan yerlar; yaxshilangan yerlar (sug’orilish, qurilish, sho’r yuvish, jarlarni tekislash). 4. Fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi (don, sabzavot, texnika ekinlari,  
 
bog’dorchilik, uzumchilik). 
5. CHorvachilikka 
ixtisoslashgan 
fermer 
xo’jaligi: 
ixtisoslashuvi 
(qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik va h.k). yem- 
xashak ta’migoti. 
Tarixiy geografik va o’lkashunoslik ekskursiyalari 
Tarixiy geografik o’lkashunoslik umumta’lim maktablarda, akademik litsey va 
kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarni shaxs sifatida shakillanishida muhim rolb 
o’ynaydi. O’lkashunoslik tadqiqotlarida o’quvchilar quyidagi faoliyatini amalga 
oshirishadi. 
O’lkashunoslik bilish faoliyati mazkur faoliyat davomida o’lkashunoslar o’lka 
to’g’risidagi alohida tarixiy vaqealar va ma’lumotlar xaqida bilimlarga ega 
bo’lishadi. 
Mazkur faoliyat ma’naviy yo’nalishiga ega va turli xil murakkablikka ega 
bo’lgan darajalardan iborat. Masalan, o’lka haqida oddiy bilimlardan tortib 
ekspeditsiyalardan olingan murakkab bilimlarga ega bo’ladilar. 
O’zgartiruvchi faoliyati. Mazkur faoliyat davomida amaliy-ma’naviy 
qadriyatlar barpo qilinadi (ko’rgazmalar, tarixiy o’lkashunoslik burchaklari, maktab 
muzeylari, memorial taxtalarni tashkil qilish). 
Qadriyatlarga yo’naltirilgan faoliyat ham asosan ma’naviy xususiyatga ega. 
mazkur faoliyat natijasida har qanday shaxs o’zi uchun va jamiyat uchun u yoki bu 
tarixiy ma’lumotlarni voqealarni, kishilarni qaxramonligini ahamiyatini anglaydi. 
Qadriyatlarga yo’naltiriigan faoliyat ma’naviy qadriyatlarini ishshlab chiqaruvchi 
shaklida ularni iste’molchisi sifatida ham namoyon bo’ladi. Masalan, urf-odatlarni 
avloddan-avlodga o’tishi. Bunda katta avlod ma’naviy qadriyatlarni ishlab 
chiqarish, yosh avlod esa uni iste’mol qiladi. 
Kommunikativ faoliyati o’lkashunosliklarda o’zaro aloqa, munosabat. 
Ko’nikma va malakalarni shakilantiradi va rivojlantiradi. Xayotni xar qanday 
bosqichida mustaqil ravishda shaxsiy aloqalarni o’rganishga imkon beradi. 
Yuqoridagi keltirilgan tarixiy-o’lkashunoslik faoliyatining hamma turlari bir- 
biri bilan chambarchas o’z aro bog’langan va yaxlit faoliyat turi sifatida namoyon 
bo’ladi. Masalan, maktabda yoki joyda o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish 
davomida memorial taxta o’rnatish o’zgartirish faoliyatiga kiradi, uni o’rganish 
bog’dorchilik, uzumchilik). 5. CHorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaligi: ixtisoslashuvi (qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik va h.k). yem- xashak ta’migoti. Tarixiy geografik va o’lkashunoslik ekskursiyalari Tarixiy geografik o’lkashunoslik umumta’lim maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarni shaxs sifatida shakillanishida muhim rolb o’ynaydi. O’lkashunoslik tadqiqotlarida o’quvchilar quyidagi faoliyatini amalga oshirishadi. O’lkashunoslik bilish faoliyati mazkur faoliyat davomida o’lkashunoslar o’lka to’g’risidagi alohida tarixiy vaqealar va ma’lumotlar xaqida bilimlarga ega bo’lishadi. Mazkur faoliyat ma’naviy yo’nalishiga ega va turli xil murakkablikka ega bo’lgan darajalardan iborat. Masalan, o’lka haqida oddiy bilimlardan tortib ekspeditsiyalardan olingan murakkab bilimlarga ega bo’ladilar. O’zgartiruvchi faoliyati. Mazkur faoliyat davomida amaliy-ma’naviy qadriyatlar barpo qilinadi (ko’rgazmalar, tarixiy o’lkashunoslik burchaklari, maktab muzeylari, memorial taxtalarni tashkil qilish). Qadriyatlarga yo’naltirilgan faoliyat ham asosan ma’naviy xususiyatga ega. mazkur faoliyat natijasida har qanday shaxs o’zi uchun va jamiyat uchun u yoki bu tarixiy ma’lumotlarni voqealarni, kishilarni qaxramonligini ahamiyatini anglaydi. Qadriyatlarga yo’naltiriigan faoliyat ma’naviy qadriyatlarini ishshlab chiqaruvchi shaklida ularni iste’molchisi sifatida ham namoyon bo’ladi. Masalan, urf-odatlarni avloddan-avlodga o’tishi. Bunda katta avlod ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarish, yosh avlod esa uni iste’mol qiladi. Kommunikativ faoliyati o’lkashunosliklarda o’zaro aloqa, munosabat. Ko’nikma va malakalarni shakilantiradi va rivojlantiradi. Xayotni xar qanday bosqichida mustaqil ravishda shaxsiy aloqalarni o’rganishga imkon beradi. Yuqoridagi keltirilgan tarixiy-o’lkashunoslik faoliyatining hamma turlari bir- biri bilan chambarchas o’z aro bog’langan va yaxlit faoliyat turi sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, maktabda yoki joyda o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish davomida memorial taxta o’rnatish o’zgartirish faoliyatiga kiradi, uni o’rganish  
 
uchun yangi bilimlar olish bilish faoliyatiga kiradi, mazkur bilimlar ichidan eng 
muximini tanlab olish kadirlar faoliyatiga, shaxslar bilan bo’laigan muloqatlar esa 
kommunikativ faoliyatga kiradi. 
O’lka tarixi o’lkashunoslikning murakkab faoliyatiga kiradi. Bundav tarixiy 
materiallarning xajmi katta tarixiy davrni o’z ichiga oladi. 
Tayanch so’z va iboralar: O’qitish jarayoni, o’qitish shakllari, dars,dars tiplari, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya 
va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, o ’zaro uzviy bog’liqlik. 
uchun yangi bilimlar olish bilish faoliyatiga kiradi, mazkur bilimlar ichidan eng muximini tanlab olish kadirlar faoliyatiga, shaxslar bilan bo’laigan muloqatlar esa kommunikativ faoliyatga kiradi. O’lka tarixi o’lkashunoslikning murakkab faoliyatiga kiradi. Bundav tarixiy materiallarning xajmi katta tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Tayanch so’z va iboralar: O’qitish jarayoni, o’qitish shakllari, dars,dars tiplari, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, o ’zaro uzviy bog’liqlik.