ENDOGEN JARAYONLAR
Kirish:
I bob. Endogen jarayonlar va ularning geografik oqibatlari
1.1 Endogen jarayonlarning Yer yuzasi relefiga ta’siri.
1.2.Relef va uning xosil bo’lishi.
II bob. Endogen jarayonlarning turlari.
2.1. Yerning tektonik harakatlari va ularning Yer yuzasiga ta’siri.
2.2. Zilzilalar va ularning geografik oqibatlari.
2.3. Vulqonlar ularning turlari va Yer yuzasi relefiga ta’siri.
Xulosa.
Foydanilgan adabiyotlar.
KIRISH.
Mavzuning dolbzarligi. Tog‘li relefga ega bo‘lgan mintaqalar eng
seysmofaol hududlar hisoblanadi. Xitoy, Yaponiya, CHili, Peru, O‘rta Osiyo shular
jumlasidandir. Bu joylarda eng yirik talofatlarga olib kelgan va minglab
odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lgan. Masalan, XX asrdagi
eng kuchli zilzila 1976 yilning 28 iyulida Xitoyda sodir bo‘lgan. Gipotsentri
Tiyon-SHon ostida bo‘lgan bu zilzila 650 mingdan ortiq kishilarning hayotdan
ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan. Ulkan darzliklar butun uylarni, poezdlarni
domiga tortib ketgan, temir yo‘llarni qirqib o‘tgan.
1966 yil 26 aprel Yertalab mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 23 minut
o‘tganda Toshkentda kuchli zilzila tinch uyqudagi aholini uyg‘otib
yuborgan. Zilzila to‘lqinlari birinchi zarbasining kuchi epitsentrda 7,5 - 8
ball bo‘lgan. Uning epitsentri shaharning markazida, gipotsentri esa 9 - 10
km chuqurlikda joylashgan. Bu zilzila natijasida 7 ballga mo‘ljallangan
imoratlarda darz ketish va hatto qulash hodisalari ro‘y bergan. Birinchi
zilzila zarbasidan keyin 4 oy davomida Toshkent seysmik stansiyasi 800
martadan ortiq silkinish bo‘lganligini qayd etgan. Bundan 5 tasi: 10.05;
24.05; 5.06; 29.06 va 4.07 da bo‘lib, 7 balldan kam bo‘lmagan, ularning
magnitudasi 4,5 - 3,5 ga teng bo‘lgan.
Toshkent zilzilasining dahshati hali ko‘pchilik aholining yodidan
ko‘tarilganicha yo‘q. Bir necha daqiqada shaharni chang-to‘zon bosib,
ko‘pgina xalq xo‘jaligi ob’ektlari, turar-joy binolari vayronaga aylangan.
O‘lkamizda sodir bo‘lgan zilzilalar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Abu
Sayd Gardiziyning «Kitobi Zayn al-Axbor»idan Farg‘onadagi zilzila haqida,
Zahiriddin Muxammad Boburning «Boburnoma»sida Farg‘ona, Andijon,
Toshkent, Zarafshon va Samarqand shaharlarida sodir bo‘lgan kuchli
zilzilalar haqida yozib qoldirilgan.
XX asr boshida tarixga «Andijon fojiasi» deb muhrlangan Andijon
zilzilasi 50 ming aholi yashaydigan shaharni bir necha soniyada vayronaga
aylantirgan.
O‘rta Osiyoda zilzilalar haqida qadimgi tarixshunoslarning, hind va arab
sayyohlarining qo‘lyozmalarida, Abu Ali Ibn Sino va boshka o‘zbek
olimlarining kitoblarida qayd qilingan. Zahiriddin Muhammad Bobur
Qandahor shahridagi zilzilani bunday tasvirlaydi: «Bu damda andoq zilzila
bo‘ldiki... Shaharda va qishloqlarda ko‘p uylar tekis bo‘lib, uy va tom ostida
qolib o‘lgani ko‘p bo‘lib edi, ba’zi tarafi belcha past yorilgan. Yerga ba’zi
Yerda kishi sig‘ar edi. Zilzila bo‘lgan zamon tog‘larning «boshidan» to‘fon
ko‘tarildi». Shu bilan birga Zahriddin Muhammad Bobur bir kunda 33 marta
zilzila bo‘lganini va u bir yilcha takrorlanib turganini ko‘rsatib o‘tgan.
XIX - asrning ikkinchi yarmida Toshkentda yashagan bir yozuvchi
o‘zining tojik - fors tilida yozilgan «Tarixi jadidai Toshkent» asarida
quyidagi satrlarni yozadi: «Toshkent shahrida kuchli zilzila voqea bo‘ldi,
mozorlarning 11 gumbazi, hazrat Axror valiy masjidi, Jomiyning gumbazi
kunfayakun bo‘ldi, ko‘p kishilar g‘aflatda yotgan edi, aholi imoratlar tagida
qoldi. Barakxoh madrasasi gumbazi tagida 4 tolibi ilm mullabachcha
halokatga etdi. Kuchli silkinish 4 daqiqa davom etdi. Zilzila tinchigandan
keyin ham kechalari bedor bo‘lgan kishilarga qariyb bir oy davomida Yer
harakati ma’lum bo‘lib turdi». Kuchli vulqan otilishi tufayli Krakatau
arxipelagining eng katta oroli bo‘lgan Rakataning uchdan ikki qismi vayronaga
aylangan. Danan va Perbuatan vulqon konuslari bilan birgalikda orolning 416 km2
maydoni havoga otilgan. Ularning o‘rnida chuqurligi 360 m li o‘yilma hosil
bo‘lgan. Vulqon otilishi tufayli vujudga kelgan sunami bir necha soat davomida
Fransiya, Panama va Janubiy Amerika sohilla-riga etib borgan. Krakatau
vulqonidan ko‘tarilgan chang va to‘zonlar atmosferaning yuqori qismini
qoplagan va uch - to‘rt oy maboynidayerni aylanib yurgan.
O‘zbekistonda Qurama, Oloy, Turkiston tog‘larida va Toshkentdan 80
km sharqdagi Chotqol tog‘ tizmasidagi Go‘sh, Shovas, Oqsoqota soylari atrofida
nordon vulqon jinslari ko‘p. Vulqonlarning harakati va Yer sharida tarqalishi
tarixini o‘rganish ma’danli konlarni qidirishda ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir.
Ishning maqsadi. Endogen jaryonlar tufayli Yer yuzasi relefining shakllanishi,
Yerning ichki qismida kechadigan jarayoblar; vulqonlar, zilzilalar lavlalar va
boshqa jarayonlarni kuzatish, relefining xosil bo’lishidagi rolini o’rganishdan
iborat. Respublikamiz va boshqa davlatlarda sodir bo’ladigan endogen jarayonlarni
o’rganishdan iborat. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib, ishda quyidagi
vazifalar belgilandi:
- Endogen jarayonlar va ularning geografik oqibatlari;
- Endogen jarayonlar tufayli relefning hosil bo’lishi;
- YYerning tektonik harakatlari va ularning Yer yuzasiga ta’siri;
- Zilzilalar va ularning geografik oqibatlari;
- Vulqonlar va ularning turlari;
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy manbaalar va bevosita turli
tadqiqotlarda to’pplangan materiallar atroflich atroflicha tahlil qilindi. Ishni
bajarishda asosiy manba bo’lib internet tarmog’i va boshqa tashkilotlar
ma’lumotlardan foydalaniladi.
Ishni hajmi va tuzishi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, tatqiqotning ketma-
ket bajarilishi va mazmunini o’zida aks ettiruvchi kirish 2 bob, xulosa, adabiyotlar
ro’yhati va ilovadan iborat
Ishning umumiy hajmi 37 Sahifa bo’lib, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatid
manbaa keltirilgan. Kurs ishining matn qismida mavzuga oid 20 ta chizma
keltirilgan.
I BOB. Endogen jarayonlar va ularning geografik oqibatlari
1.1 Endogen jarayonlarni Yer yuzasi relefiga ta’siri.
Endogen jarayonlar - Yer qa’rida Yer ichki kuchlarining ta’sir etishidan yuzaga
keladigan geologik jarayonlar. Yer po’stida sodir bo’ladigan tektonik harakatlar,
seysmik faollik, magmatizm, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar va boshqalar
endogen jarayonlari tashkil etadi. Yerning ichki energiyasi uning chuqur qismida
radioaktiv moddalarni parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik, Yer qatlamlaridan
hosil bo’ladigan gravitatsion kuchlar ta’siri va Yerning aylanishidan yuzaga
keladigan kuchlar hisobiga paydo bo’ladi. Gravitatsion kuchlarning Yer po’stida
notekis taqsimlanishi unda turli zichlik hamda tektonik faolliqdagi qismlar
bo’linishi, qatlamlarning deformatsiyalanishiga va metamorfizmga uchrashiga
sabab bo’ladi. Shuningdek, Yer po’stining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada
to’plangan energiya qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil
bo’lishiga, qatlamlarni yoriqlar bo’ylab turli yo’nalishlarda siljishiga, zilzilalar
vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning cho’kindi yotqiziqlar
ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar bo’ylab
yuqoriga ko’tarilishi va boshqalar omillar ta’siridan turli foydali qazilma konlari
hosil bo’ladi. Endogen jarayonning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar
ta’sirida vujudga keladi. Ko’pgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib
topishi va
strukturalarning shakllanishi ekzogen va
endogen geologik
jarayonlarning bir-biriga bo’lgan aloqasiga bog’liqdir
Endogen jarayonlarning Yer qaridagi materiyaning bir formadan boshqa formaga
o`tishda uning harakati va bo`linishi natijasida yuzaga keladigan magnitizm,
metamorfizm va deformatsiya ko`rinishlarida shakilanada. Bu jarayonlarning
harakteri va intensivligi borasida so`z borganda bevosita uning otilayotgan vulqon,
zilzila, yoriq va boshqa deformatsiyalarning Yer yuzasidagi shakillanishini
kuzatish
lozim.
Endogen jarayonlarda materiyaning bo`linishi foydali qazilmalarni juda muhim
guruhlarini shakillanishiga, shuningdek stihiyali fojia ko`rinishlarini keltirib
chiqaradi, qaysiki ularni o`rganish ular bilan bog`liq bo`lgan fojialar haqida
oldindan ogohlantirish imkonini beradi.
Shuning
uchun
endogen jarayonlarni o`rganish faqatgina ilmiy ahamiyatga ega bo`lmasdan balki
amaliy
ahamiyatga
ham
ega.
Endogen jarayonlar chuqur Yer qaridan chiqayotgan magmaning shakilanishi va
uning Yer yuzasiga chiqishi hisobiga Yer tarkibini va shaklini o`zgartiradi. Relyef
ham chuqur magmatik jinslar ham Yer yuzasi sharoitiga mutloq turg`un emas. Yer
qarida shakilangan jinslar o`sha sharoitdagina turg`un bo`lib ular yYer yuzasida
ekzogen jarayonlar tasirida sutkali va mavsumiy tekis turani o`zgarishi, suvning,
havoning va tirik organizmlarning mehanik va himiyaviy tasirida tezda buziladi
.Natijada Yer yuzasida turg`un bo`lgan boshqa yangi moddalar shakilanadi.
Birlamchi magmatik tog` jinslarining hisobiga yuzaga keladigan ikkilamchi
materiyaning
yangi
formalari,
yangi
tog`
jinslari
hosil
bo`ladi.
Kuzatishlardan bizga malumki o`zgarish va buzilish faqatgina Yer qaridan Yer
yuzasiga chiqqan jinsgagina tegishli bo`lmaydi.
O`zgarish Yer yuzasida hosil bo`lgan jinslarni Yerning chuqirroq zonalariga
tushib qolishida yuz beradi. Masalan, cho`kindi jinslarni Yer qaridan chiqayotgan
magma yaqiniga ya`ni yuqori tekstura va bosim tasiriga tushib qolishda, yoki
bo`lmasa Yer qobigining deformatsiyasi natijasida temperatura va bosimning
keskin o`zgarishi hisobiga o`zgaradi. Yer yuzasida shakillangan jinslar turg`unlik
holati juda past ko`rsatgichga ega, jinslarning qayta shakilanishidan avvalgisiga
o`hshamaydigan yangi jinslar hosil bo`ladi. Bu jinslar metamorfik tog` jinslari,
ularni hosil qiluvchi jarayonga metamorfizm jarayoni deyiladi. Metamorfizm
jarayoni vaqtida foydali qazilma konlari ham hosil bo`lishi mumkin, misol uchun
asbest,
talk,
mramorlar,
ko`pchilik
metallar
va
boshqalar.
Shunday qilib endogen jarayonlar ya`ni ichki agentlar doimo o`zgartiradi va bir
vaqtni o`zida yangi sharoitga turg`un moddalar hosil qiladi, Yer yuzasiga
shakilangan materiya Yer qa`rida turginsiz holatda uchraydi, agar shu muhitga
tushib
qolsa
ularni
qayta
shakilantiradi.
Magmatik tog` jinslari magmani asta-sekin sovib kristallanib qotishdan hosil
bo`ladi. Silikat tarkibli olovli massa-magma Yer qobig`ining chuqur qismlarida
paydo bo`lib, har hil gazsimon moddalar va suv bug`lari bilan tuyingan bo`ladi.
Yer qobigtning chuqur qismlarida bunday qizigan modda katta bosim ostida
nisbatan qattiq holda uchraydi. Lekin qatlamlardagi darzlarda, yoriqlarda
bosimning
pasayishi
natijasida
bunday
massa
suyuq
holatga
o`tadi.
Yer qobig`ida tektonik harakatlar natijasida hosil bo`lgan darzlar orqali magma
yuqorida joylashgan qatlam orasiga kirib qotishi yoki Yer yuzasiga otilib chiqishi
mumkin. Agar magma Yer yuzasiga otilib chiqa olmasa, u asta-sekin uning chuqur
qismlarida qotadi. Bunday magma mahsulotlari intruziv jinslar deb ataladi.
Magmatik jinslar klassifikatsiyasi turlichadir. Bunday klassifikatsiya magmadagi
SiO2 ning miqdoriga asoslangan bo`lib, magmatik jinslar qo`yidagi gruppalarga
bo`linadi:
1. Nordon jinslar SiO2 miqdori 64-78 % (granit, granodiorit, liparit va hokazo).
2. O`rta jinslar SiO2 miqdori 53-64% (siyenit, diorit, trahit va hokazo).
3. Asosli jinslar SiO2 miqdori 44-53% (gabbro, bazalt, diabaz va hokazo).
Intruziv tog` jinslari Yer qobig`i orasida hosil bo`lib, keyingi tog` hosil qiluvchi
jarayonlar va chuqur nurashlar natijasida Yer yuzasiga chiqib ochilib qoladi.
Nurash jarayonlarining bunday jinslarga kuchli ta`sir etishi ularning yotish shaklini
yoki o`rnini aniqlashga imkon bermaydi. Intruziv jinslar Yerning ichki qismida
qatlamlar orasida turli shakllarni hosil qilishga qarab batolit, shtok, qatlamli, tomir,
lakkolit,
lopolit,
fakolit,
dayka
kabi
turlarga
ajratiladi.
Tog` jinslarining hossalari ularning ichki tuzilishi va Yer po`stida joylashishiga
bog`liq. Shuning uchun ham ularning struktkra va teksturasini bilish katta
ahamiyatga ega. Tog` jinslarining strukturasi deb, ularning ichki tuzilishi, jins
tashkil etuvchi minYeral zarralarning katta-kichikligi, shakli, miqdoriy nisbati va
bu
zarralarning
bir-biri
bilan
o`zaro
aloqada
bo`lishiga
aytiladi.
Tog` jinslarining teksturasi deb, ularni tashkil etuvchi minera zarrachalarining
jinsda fazoviy joylashishi va jinslarning yahlitlik darajasiga aytiladi. Magmatik
jinslarning Yer yuzasida va ichkarisida qotishiga qarab g`ovak va zich jinslar
bo`ladi. Nordon jinslar magmatik jinslar orasida eng ko`p tarqalgan. Ularga granit
va uning otkindi hillari liparit, vulkon shishasi va boshqalar kiradi.
Granit juda mustahkam tog` jinsi, uning rangi och kul rang, pushti yoki qizil
bo`ladi. Liparit himiyaviy tarkibiga ko`ra granitga yaqin bo`lsa ham u otkindi jins
hisoblanadi. Liparitlarning rangi och sariq va och kulrangdir. Strukturasi porfili
bo`lib, shishasimon massada dala shpati. Kvarts, biotit minerallarining zarralari
uchraydi. Liparitning ko`rinishi shishasimon bo`lib, vulkon shishasiga obsidian va
pemza kiradi.Pemza zichligi 1 gG`sm3 dan kam bo`lgan. Oq, kulsimon, sariq tusli
ko`piksimon jins. U issiqlik tutuvchi beton, tsement, buyoqlar tayyorlashda
ishlatiladi.Diorit tula kristallangan donador jins.
Mineral tarkibi asosan plagioklazdan iborat rangli minerallar 30 % ni tashkil
etib,
amfibiol,
avgit,
biotitlardan
iboratdir.
Gabbro qumtuproqqa tuyinmagan, massiv asosli intruziv jinsdir. Gabbro tarkibida
asosli plagioklaz, piroksen, amfibol uchraydi.
1.2.Relef va uning xosil bo’lishi.
Relyef — Yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi ko’rinishi, o’lchamlari,
kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga ko’ra turlituman notekisliklar: tog’,
tekislik, payettekislik, adir, yassitog’, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va
boshqa. pastbalandliklar majmui. Relef kattaligiga ko’ra quyidagi toifalarga
ajratiladi: megarelyef, shuningdek, bir qadar kichikroq bo’lgan shakllar;
makrorelyef; mezorelyef; mikrorelyef; n a n o relyef. Bu bo’linish shartli ravishda
ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi Releyfning tashqi yoki
morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari Relefni kompleks
baholash uchun har doim ham ishonchli asos bo’la olmaydi, chunki bir xil tashqi
ko’rinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha bo’lishi
mumkin.
Relyefi endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda
muntazam o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining
shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Endogen jarayonlar ta’siri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik,
dengiz va okeanlar tubida strukturali relef shakllari hosil bo’ladi. Yirik relef
shakllarining vujudga kelishi, shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi,
QuyoshOy tortilishi va boshqalar bilan ham bog’liq. Ekzogen kuchlar odatda,
nisbatan maydaroq relef shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli releflarni
yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga bo’lib yuboradi, pastqam joylarni nurash
mahsulotlari bilan to’ldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan relef
shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer po’stining geologik
strukturasianiq ifodalanadi. Relefdagi katlamlar gorizontal yotgan platformali
geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga tog’li o’lkalar
to’g’ri keladi. Relefning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar ta’sirida
vujudga kelgan shakllari morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.
II BOB. Endogen jarayonlarning turlari.
2.1. Tektonik strukturalar
Tektonik harakatlar tufayli burmali va uzilmali strukturalar hosil bo‘ladi.
Burmali strukturalar va ularning elementlari. Burma deb tektonik va boshqa
tashqi
kuchlar
ta’sirida
cho‘kindi,
vulqonogen
va
metamorfik
jinslar
qatlamlarining plastik deformatsiyasi tufayli to‘lqinsimon buklanishiga aytiladi.
Burmali strukturalar orasida ularning ikkita asosiy turi: antiklinal va sinklinal
strukturalar ajratiladi.
Antiklinal burma morfologik tomondan qavariq struktura bo‘lib, uning
yadrosida qari jinslar ochilib yotgan bo‘ladi, qanotlarini esa yosh jinslar tashkil
etadi.
Sinklinal
burma
antiklinal
burmaning
aksi
bo‘lib,
morfologik
tomondan
botiq
struktura
va
uning
muldasida
yosh
jinslar,
qanotla-rida
esa qari jinslar rivoj-
langan bo‘ladi.
Burmalar Yer po‘stida har qanday holatda yotishi mumkin. Ular qanday
holatda yotishidan qat’iy nazar ma’lum bir morfologik elementlardan iborat
bo‘ladi. Tabiiy holda Yer yuzasida yuvilishdan to‘la saqlangan burmalar kamdan-
kam uchraydi. Burma elementlari holatini tahlil qilish orqali ularning umumiy
shaklini tiklash mumkin.
Antiklinal va sinklinal burmalar.
Burmali
struk-
turalarning o‘lchami va
tartibi har xil bo‘lib, ko‘p
hollarda yirik birinchi tar-
tibdagilari
mayda
burmalardan
tuzilgan
bo‘ladi.
Burmalar
Yer
yuzasida alohida-alohida
yoki katta guruhlardan
iborat bo‘lishi mumkin.
Keyingi holda ular burmali o‘lkalarni tashkil qiladi.
Har bir burma ma’lum elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Burmalarda
qatlamlarning buklanish joyi burma qulfi yoki yadrosi deyiladi. Burmalarning
qulfiga tutashgan qismlari burma qanotlari deyiladi va ular qarama qarshi tomonga
monoklinal yotgan bo‘ladi. Burma yadrosi Yer yuzasida, odatda, yuvilgan holda
uchraydi.
Qatlamlarning buklanish chizig‘i bo‘yicha burmani ikkiga bo‘luvchi
hayoliy tekislik burmaning o‘q tekisligi deb yuritiladi. Burma o‘q tekisligi muhim
elementlardan biri bo‘lib, uning fazoda tutgan vaziyatiga qarab burmalarning
morfologik turlari ajratiladi. Burma o‘q tekisligi bilan relef yuzasining
kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq burmaning o‘q chizig‘i deyiladi. Burma o‘q
tekisligi bilan burmada qatnashayotgan qatlamlardan birining yuzasi kesishishidan
hosil bo‘lgan chiziq burma sharniri deyiladi.
Burmaning o‘q tekisligi.
Qatlamlarning
buklanish holatiga qarab
burma
sharni-ri
gorizontal, qiya, egri va
to‘lqinsimon
bo‘lishi
mumkin. Bur-ma sharniri
yordamida uning fazoda
tutgan
vaziyati
aniqlanadi.
Burma
sharnirining
bo‘ylama
yo‘nalishda bir necha bor
sho‘ng‘i-shi va ko‘tarilishidan burma undulyasiyasi hosil bo‘ladi. Burma sharniri
bilan uning gorizontal tekislikka o‘tkazilgan proeksiyasi orasidagi burchak
burmaning sho‘ng‘ish yoki ko‘tarilish burchagi deyiladi.
Har qanday burma o‘z o‘lchamlariga ega. Ularning eni, bo‘yi va balandligi
bo‘ladi. Burmaning eni yondosh burmalar o‘q tekisliklari orasidagi masofadan
iborat bo‘ladi. Uning uzunligi qarama-qarshi tomonda burmada qatnashayotgan
ma’lum qatlamning sho‘ng‘ish nuqtalari orasidagi masofaga teng, balandligi esa
yondosh qarama-qarshi burmalar qulflari orasidagi vertikal masofaga teng bo‘ladi.
Burmalarning morfologik turlari. Burmalar gorizontal tekislikka nisbatan
qavariq-botiqligiga, o‘q tekisligining vaziyatiga, burma qanotlari orasidagi
munosabatga, qulfining shakliga, eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga va boshqa
hususiyatlariga qarab morfologik turlarga bo‘linadi.
Burmalarning sharniri va qanotlari.
Burmalar o‘q tekis-ligining
vaziyatiga qarab simmetrik va
asimmetrik burmalarga bo‘linadi.
Simmetrik burmalarda o‘q
tekisligi vertikal joylashgan bo‘lib,
ularning qanotlari bir xil qiyalik
burchagiga
ega
bo‘ladi.
Asimmetrik burmalarda esa o‘q
tekisligi
qiya
yoki
gorizontal
yotgan
bo‘lib,
qanotlari
turli
qiyalik burchagiga ega bo‘ladi Asimmetrik burmalar orasida qiya, to‘ntarilgan,
yotuvchi va sho‘ng‘uvchi turlari ajratiladi.
Qiya burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘lib, uning
yotish burchagi har xil va o‘q tekisligi qiya bo‘ladi.To‘ntarilgan burmalarda
qanotlari bir tomonga yotgan va o‘q tekisligi qiya joylashgan bo‘ladi. Ularda
to‘g‘ri va to‘ntarilgan qanotlar ajratiladi. YOtuvchi burmalarda o‘q tekisligi
gorizontal yotgan bo‘ladi. Sho‘ng‘uvchi burmalarda o‘q tekisligining oldingi
qismi pastga qarab engashgan bo‘ladi Ba’zi hollarda bunday burmalarning
ustki qismi yuvilib ketishi natijasida ularning yadrosida, shakli bo‘yicha
sinklinal burmani eslatuvchi qoldiqni kuzatish mumkin. Lekin uning
markazida yosh emas, balki nisbatan qari tog‘ jinslari yotgan bo‘ladi.
Burmalar qanotlari orasidagi munosabatga qarab odatdagi, izoklinal va
elpig‘ichsimon turlarga bo‘linadi.
Odatdagi burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘ladi.
Izoklinal burmalarda qanotlari bir-biriga paralleldir.
yelpig‘ichsimon
burmalarda ularning qanotlari elpig‘ichsimon tarzda yoki yoyilgan bo‘ladi.
Burmalar sharnirining planda va kesmada
tasvirlanishi.
Burmalar eni bilan
bo‘yi
orasidagi
nisbatga
qarab cho‘ziq, braxiformali
va gumbazsimon turlarga
bo‘linadi.
Cho‘ziq burmalarda
ularning bo‘yining eniga
nisbati 3 dan katta bo‘ladi.
Braxiformali
burmalarda
bo‘yining eniga nisbati 3
dan
kichik
bo‘ladi.
Gumbazsimon burmalarda burma eni bilan bo‘yi taxminan bir-biriga teng bo‘ladi.
Fleksuralar. Fleksura deb gorizontal yoki qiya yotgan qatlamlarning
tirsaksimon buklanishidan hosil bo‘lgan pog‘onali strukturaga aytiladi.
Fleksuralarda ustki yoki ko‘tarilgan qanot, pastki yoki cho‘kkan qanot va
tutashtiruvchi qanot singari elementlar ajratiladi.
Qiya yotgan qatlamlarda
hosil bo‘lgan fleksuralar muvofiq
va nomuvofiq turlarga bo‘linadi.
Muvo-fiq
fleksuralarda
ustki,
pastki va tutashtiruvchi qanotlari
bir
tomonga
qarab
yotgan
bo‘ladi. Nomuvofiq fleksuralarda
ustki va pastki qanotlar bir
tomonga, tutashtiruvchi qanotlari
esa,
qarama-qarshi
tomonga
qarab
yotgan
bo‘ladi.Fleksuralar
substrat
yotqiziqlarida uzilmali strukturalar hosil bo‘lishi va ma’lum blokning cho‘kishi
natija-sida paydo bo‘ladi. Lekin bunda fleksura hosil qiluvchi qatlam yaxlitligi
buzilmasdan cho‘zilgan bo‘ladi.
Burmalarning eni va bo‘yi orasidagi munosabat
bo‘yicha morfologik turlari.
Fleksura elementlari.
Burmali strukturalar va fleksuralar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular Yer
po‘stining tektonik rivojlanishi natijasida vujudga keladi va hududning geologik
taraqqiyoti tarixini bosqichma-bosqich o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Bulardan tashqari ko‘pgina foydali qazilma boyliklarning hosil bo‘lishi va
to‘planishi burmali strukturalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Burmali struktu-
ralarni va fleksuralarni har tomonlama o‘rganish foydali qazilma konlarini
qidirishda, razvedka va eksplutatsiya qilishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Uzilmali strukturalar va ularning morfologik turlari. Uzilmali strukturalar
Yer po‘stida rivojlanadigan tektonik kuchlar ta’sirida sodir bo‘lib, burmali
tog‘larda keng tarqalgan.
Yer po‘stining yaxlitligi buzilishi orqali bir-biridan ajralgan bo‘laklari
o‘zining fazoda tutgan o‘rni va surilishda qatnashish faolligi bilan ajralib turadi.
Surilish yuzasi bilan ajralgan tog‘ jinslarining bo‘laklari surilmali strukturalarning
bloklari yoki qanotlari deb ataladi. Uzilmali strukturalar Yer yuzasidagi relef
shakllari bo‘yicha yaqqol ko‘rinib turadi.
Uzilmali strukturalarning surilish yuzasi tekis va notekis bo‘lishi mumkin.
Birinchi holda u odatda silliqlangan bo‘ladi. Bunday silliq va yaltiroq yuza -
sirpanish oynasi deb ataladi.
Surilish yuzasi notekis bo‘lsa, o‘zaro xarakatda bo‘lgan bloklar orasida
tektonik brekchiyalar hosil bo‘lishi mumkin. Tektonik brekchiyalarning
harakatdagi bloklar orasida maydalanib ezilishi va zichlashishi oqibatida milonitlar
hosil bo‘ladi.
Tektonik brekchiyalar katta bo‘shliq hajmiga ega bo‘lganligi uchun ko‘p
hollarda ularning ichiga gidrotYermal Yeritmalar kirib, tomirli va ma’danli
minYeral yotqiziqlar hosil qiladi. SHuningdek tektonik brekchiyalar orasida
Yerosti suvlari, gaz va neft mahsulotlri to‘planishi mumkin.
Uzilmali strukturada ko‘tarilgan blok yoki yotgan qanot, cho‘kkan blok yoki
osma qanot, surilish yuzasi, surilish yuzasining yotish burchagi, surilish
amplitudasi kabi elementlar ajratiladi
Uzilmali strukturalar o‘zining xima-xilligi bilan ajralib turadi va bloklarning
surilish yuzasi yo‘nalish chizig‘i bo‘yicha, surilish yuzasining yotish chizig‘i
bo‘ycha va ularning har ikkisiga ham ma’lum burchak ostida harakatlanishi orqali
bir-biridan
farqlanadi.
Bulardan
tashqari
bloklarning
surilish
yuzasiga
perpendikulyar yo‘nalishdagi xarakati, surilish yuzasining yotish burchagi, uning
yotish tomoni va boshqa xususiyatlari ham hisobga olinadi. Ular orqali uzilmali
strukturalar uzilma, aksuzilma, siljima, ustsurilma, qoplama va ochilma singari
turlarga ajratiladi.
Uzilmali
struktura-larning
bunday xilma-xilligi tog‘ jinslariga
ta’sir qiluvchi tektonik kuchlarning
harakat yo‘nalishi va ular orasidagi
munosabatga
bog‘liq.
Tektonik
kuchlar harakat yo‘nalishiga qarab
siquvchi, cho‘zuvchi va juft kuchlarga
bo‘linadi
Siquvchi tektonik kuchlar bir-biriga qarshi yo‘nalishdagi harakati tufayli
tog‘ jinslarida burmali strukturalardan tashqari aksuzilma, ustsurilma va qoplama
singari uzilmali strukturalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
CHo‘zuvchi tektonik kuchlar qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘lib,
ularning ta’sirida asosan uzilma, ochilma va rift strukturalari vujudga keladi
Parakuchlar esa, siquvchi tektonik kuchlar singari bir-biriga qarshi
yo‘nalishda harakat qilsada, lekin ular o‘zaro parallel bo‘ladi. Bu kuchlar ta’sirida
siljima strukturalar hosil bo‘ladi.
Uzilma strukturaning ko‘rinishi.
Tektonik
qoplamalar
yoki
sharyajlar tog‘ jinslari bloklarining qiyaligi kichik, gorizontal va to‘lqinsimon
surilish yuzalari bo‘ylab o‘nlab va yuzlab kilometrlarga surilganligi bilan ajralib
turadi. Qoplama struktura tagidagi surilmagan tog‘ jinslari bloki avtoxton, katta
masofaga surilgan va qoplama strukturani tashkil qiluvchi jinslar alloxton deb
yuritiladi. Alloxtonning oldingi qismi emirilishi mumkin. Uning emirilishidan
saqlanib qolgan fragmentlari tekonik qoldiq deb, alloxtonning emirilib yuvilishi
natijasida avtoxtonning ochilib qolgan joylari tektonik shog‘noq yoki tuynuk deb
va alloxtonning oldingi qismi shar’yaj fronti deb yuritiladi.
Agar uzilma qanotlari bitta yoriq orqali ko‘chsa oddiy uzilma hosil
bo‘ladi. Murakkab uzilmalar ham uchraydi. Ikkita parallel yoriqlar bilan
chegaralangan joy cho‘kkan bo‘lsa graben deyiladi. Agar ikkita parallel yoriqlar
bilan chegaralangan joy ko‘tarilgan bo‘lsa gorst deyiladi. Oddiy graben ikkita
uzilma bilan chegaralandi.
Yuqorida
ko‘rib
o‘tilgan
strukturalar-ning
geologik qidiruv ishlarida
ahamiyati katta. Ular turli
ma’danlarga
boy
gidrotermal
Yeritma-
larning
harakatla-nishi
uchun eng qulay joy
hisoblanadi. Shuning uchun
ham geologlar ma’danlarni
izlashda bunday tektonik struktura-larga katta ahamiyat berishadi.Uzilmali
tektonik harakatlar palaxsali tog‘larni hosil qiladi. Platolar, stolsimon tog‘lar
ham, burmali - palaxsali tog‘lar ham ana shu tektonik harakatlarning hosilasi.
Siljima strukturaning ko‘rinishi.
Murakkab tuzilgan surilmali Yer yoriqlari.
2.2. Zilzilalar va ularning geografik oqibatlari.
Yerning ichki qismidan sirtiga tomon yo‘nalgan kuchlanish ta’sirida Yer
po‘stining ayrim joylarida to‘satdan Yer silkinishiga zilzila deyiladi. Zilzila -
tabiatda sodir bo‘ladigan eng xavfli hodisalarning biridir.
To‘fonlar, suv bosish, ko‘chkilar singari tabiat hodisalari insoniyatga katta
kulfat keltiradi. Lekin ularning orasida eng dahshatlisi zilziladir. Hech bir
kataklizm zilziladek vayronaga olib kelmaydi va insonlar hayotiga zomin
bo‘lmaydi. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra zilzila keltiradigan iqtisodiy zarar
va insonlar orasidagi qurbonlar bo‘yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi
o‘rinni egallaydi.
Har bir odam zilzila nima ekanligini biladi, ammo u nima sababdan kelib
chiqishini bilmaydi. Vulqon otilishi, tog‘larda ko‘chki rivojlanishi, yirik
meteoritning Yerga urilishi, yadro bombasi portlashi, foydali qazilmalarni qazib
olish – bularning barchasi zilzilaga sababchi bo‘lishi mumkin. Ammo bunda
litosfera plitalarining harakati etakchi ahamiyatga ega. Bunday plitalarning
tutashish chegaralarida zilzilalarni keltirib chiqaruvchi tektonik kuchlanish
to‘planadi. Plitalar bir-biridan uzoqlashishi, tutashish chegaralari bo‘ylab qarama-
qarshi yo‘nalishlarda siljishi, bir-birining ustiga surilib chiqishi mumkin. Shu
tufayli Yer yuzasida turli ko‘rinishdagi relef shakllanadi. Litosfera plitalarining
ba’zi joylarida zilzila keltirib chiqaruvchi Yer yoriqlarining vujudga kelishi yoki
muayyan qismining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Tog‘li relefga ega bo‘lgan mintaqalar eng seysmofaol hududlar hisoblanadi.
Xitoy, Yaponiya, Chili, Peru, O‘rta Osiyo shular jumlasidandir. Bu joylarda eng
yirik talofatlarga olib kelgan va minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan
zilzilalar sodir bo‘lgan. Masalan, XX asrdagi eng kuchli zilzila 1976 yilning 28
iyulida Xitoyda sodir bo‘lgan. Gipotsentri Tiyon-San ostida bo‘lgan bu zilzila 650
mingdan ortiq kishilarning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan. Ulkan
darzliklar butun uylarni, poezdlarni domiga tortib ketgan, temir yo‘llarni qirqib
o‘tgan.
1966 yil 26 aprel Yertalab mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 23 minut
o‘tganda Toshkentda kuchli zilzila tinch uyqudagi aholini uyg‘otib
yuborgan. Zilzila to‘lqinlari birinchi zarbasining kuchi epitsentrda 7,5 - 8
ball bo‘lgan. Uning epitsentri shaharning markazida, gipotsentri esa 9 - 10
km chuqurlikda joylashgan. Bu zilzila natijasida 7 ballga mo‘ljallangan
imoratlarda darz ketish va hatto qulash hodisalari ro‘y bergan. Birinchi
zilzila zarbasidan keyin 4 oy davomida Toshkent seysmik stansiyasi 800
martadan ortiq silkinish bo‘lganligini qayd etgan. Bundan 5 tasi: 10.05;
24.05; 5.06; 29.06 va 4.07 da bo‘lib, 7 balldan kam bo‘lmagan, ularning
magnitudasi 4,5 - 3,5 ga teng bo‘lgan.
Toshkent zilzilasining dahshati hali ko‘pchilik aholining yodidan
ko‘tarilganicha yo‘q. Bir necha daqiqada shaharni chang-to‘zon bosib,
ko‘pgina xalq xo‘jaligi ob’ektlari, turar-joy binolari vayronaga aylangan.
O‘lkamizda sodir bo‘lgan zilzilalar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Abu
Sayd Gardiziyning «Kitobi Zayn al-Axbor»idan Farg‘onadagi zilzila haqida,
Zahiriddin Muxammad Boburning «Boburnoma»sida Farg‘ona, Andijon,
Toshkent, Zarafshon va Samarqand shaharlarida sodir bo‘lgan kuchli
zilzilalar haqida yozib qoldirilgan.
XX asr boshida tarixga «Andijon fojiasi» deb muhrlangan Andijon
zilzilasi 50 ming aholi yashaydigan shaharni bir necha soniyada vayronaga
aylantirgan.
O‘rta Osiyoda zilzilalar haqida qadimgi tarixshunoslarning, hind va arab
sayyohlarining qo‘lyozmalarida, Abu Ali Ibn Sino va boshka o‘zbek
olimlarining kitoblarida qayd qilingan. Zahiriddin Muhammad Bobur
Qandahor shahridagi zilzilani bunday tasvirlaydi: «Bu damda andoq zilzila
bo‘ldiki. Shaharda va qishloqlarda ko‘p uylar tekis bo‘lib, uy va tom ostida
qolib o‘lgani ko‘p bo‘lib edi, ba’zi tarafi belcha past yorilgan. Yerga ba’zi
Yerda kishi sig‘ar edi. Zilzila bo‘lgan zamon tog‘larning «boshidan» to‘fon
ko‘tarildi». Shu bilan birga Zahriddin Muhammad Bobur bir kunda 33 marta
zilzila bo‘lganini va u bir yilcha takrorlanib turganini ko‘rsatib o‘tgan.
XIX - asrning ikkinchi yarmida Toshkentda yashagan bir yozuvchi
o‘zining tojik - fors tilida yozilgan «Tarixi jadidai Toshkent» asarida
quyidagi satrlarni yozadi: «Toshkent shahrida kuchli zilzila voqea bo‘ldi,
mozorlarning 11 gumbazi, hazrat Axror valiy masjidi, Jomiyning gumbazi
kunfayakun bo‘ldi, ko‘p kishilar g‘aflatda yotgan edi, aholi imoratlar tagida
qoldi. Barakxoh madrasasi gumbazi tagida 4 tolibi ilm mullabachcha
halokatga etdi. Kuchli silkinish 4 daqiqa davom etdi. Zilzila tinchigandan
keyin ham kechalari bedor bo‘lgan kishilarga qariyb bir oy davomida Yer
harakati ma’lum bo‘lib turdi».
Zilzila hodisasini seysmologiya fani o‘rganadi. Zilzila Yer po‘stining ostki
qismidagi, jumladan, mantiyadagi moddalarning saralanish jarayonida vujudga
keladi. Bunda hosil bo‘lgan tebranma to‘lqinli harakatlar zilzila markazidan
atrofga va Yer yuzasi bo‘ylab tarqaladi. Zilzilaning dastlabki harakatidan
keyin ham Yer ichida saqlanib qolgan ortiqcha enYergiya evaziga Yer
po‘stining ayrim qismlari ma’lum vaqtgacha bot-bot tebranib turadi. Yer
sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan o‘tib keluvchi elastik to‘lqinlarning
urilishidan kelib chiqadi.
Agar
zilzila
markazidan
yo‘nal-
gan to‘lqin Yer sirtiga
tik yoki unga yaqin
burchak ostida urilsa,
Yer ustidagi jismlar
yuqoriga
ko‘tari-
libtushadi.
To‘lqin
qiya urilganda esa Yer
ustidagi jism-lar gorizontal yo‘nalishda suriladi, ba’zan ular qayiqqa o‘xshab
chayqaladi, daraxtlar og‘ib, yana tiklanadi, imorat bezaklari ko‘chib tushadi.
Zilzilalarni tahlil qilishda zilzila o‘chog‘i, gipotsentr, epitsentr, izoseyst va
boshqa tushunchalardan foydalaniladi.
Zilzila o‘chog‘ining tuzilish sxemasi.
Zilzila o‘chog‘i – bu Yer qa’rida oniy buzilishga uchraydigan tog‘
jinslarining hajmi.
Yer ichidagi zilzila markazi - gipotsentr, uning Yer yuzasidagi
proeksiyasi - fokusi epitsentr deb ataladi. Izoseyst – tebranishlar kuchi teng
bo‘lgan chiziq.
Litosfera va astenosferadan tarkib topgan tektonosfYerada bunday
jarayonlar natijasida gipotsentrda mexanik energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya
gipotsentr atrofidagi qatlamlarga elastik to‘lqinlar tarzida yoyiladi.
XUI-XUII asrlardan boshlab zilzila kuchini o‘lchash uchun turli
usullardan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtgacha ko‘pgina mamlakatlarda
olimlar tomonidan ellikdan ortiq seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan
eng ko‘p tarqalganlari va ko‘pchilik mutaxassislarga ma’qul bo‘lgani uchta
bo‘lib, birinchisi 1917 yilda Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul
qilingan 12 balli Merkalli-Kankani-Ziberg shkalasi hisoblanadi va undan
hozirgacha bir qancha Evropa davlatlarida foydalanib kelinmoqda.
Ikkinchisi, 1931 yilda AQSH tadqiqotchilaridan Vud va Nyumanlar
tomonidan
Merkalli
shkalasiga
bir
oz
o‘gartirishlar
kiritilib
mukammallashtirgan 12 balli MM shkalasi hisoblanadi. Uchinchisi
Rossiyadagi Yer fizikasi institutida prof. S.V.Medvedev tomonidan ishlab
chiqilgan 10 balli shkaladir.
1964 yili mavjud seysmik shkalalar boshqa mamlakatlarning olimlari
bilan birga qayta ko‘rib chiqilishi natijasida zilzilaning intensivligini
belgilovchi Xalqaro seysmik shkala ishlab chiqilgan. Xususan, bu ishda
S.V.Medvedev V.SHponxoyer va V.Karniklarning xizmatlari katta.
YUNESKOning 1964 yili Parijda o‘tkazilgan Xalqaro yig‘ilishida
seysmologiya va seysmikbardoshli qurilish bo‘limida mazkur shkala
foydalanishga tavsiya etilgan.
Zilzilaning kuchi ballar bo‘yicha kundalik hayotimizda quyidagilarda
aks etadi:
I ball. Zilzila sezilmaydi. Yer tebranishining kuchi insonlar sezadigan
darajaga etmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar -
seysmograflar yordamida aniqlash mumkin.
II ball. Zilzila arang seziladi. Zilzila kuchini binoning ichida
harakatsiz holatda bo‘lgan, ayniqsa yuqori qavatlardagi ayrim insonlar
sezishi mumkin.
III ball. Yer kuchsiz tebranadi. Zilzilani bino ichida bo‘lgan
insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bo‘lganlardan faqat tinch holatda
turganlargina sezadi. Tebranish go‘yo ma’lum masofada yuk mashinasi
o‘tgandek
tuyuladi.
Sinchkov
kuzatuvchi
osma
holatda
bo‘lgan
buyumlarning engil tebranishini ilg‘ab oladi, binolarning yuqori qavatlarida
tebranish nisbatan kuchliroq bo‘ladi.
IV ball. Sezilarli tebranish qayd etiladi. Bino ichida bo‘lgan
insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan
uyqudagilar ham o‘yg‘onadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar engil titraydi.
Osma holatda bo‘lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda
chayqalish kuzatiladi. Uni to‘xtab turgan avtotransportdagilar ham sezishi
mumkin.
V ball. Uyqudagi kishilar qo‘rquv aralash uyg‘onib ketadi. Zilzilani
bino ichidagi insonlarning barchasi sezadi. Ayrimlar ko‘chaga qochib
chiqadi. Hayvonlar bezovta bo‘ladi. Osma soatlar to‘xtab qoladi.
Mustahkam asosga ega bo‘lmagan ayrim buyumlar qulab tushadi yoki
suriladi. Yaxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi.
Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman to‘kiladi.
VI ball. Insonlarni qo‘rquv bosadi. Zilzilani bino ichidagi va ochiq
joydagi insonlarning barchasi sezadi. Odamlar uydan tashqariga qochib
chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo‘qotadi. Hayvonlarda bezovtalik
kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar
tushib ketadi. Og‘ir mebellar suriladi.
VII ball. Binolar shikastlanadi. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv
paydo bo‘ladi. Avtoulov boshqarayotganlar ham uni sezadi. Tepalik va
tog‘oldi zonalarida ko‘chki, o‘pirilish sodir bo‘ladi. Suv yuzasida to‘lqinlar
paydo bo‘lib, loyqalanadi. Quduq suvlarining sathi, miqdori o‘zgarishi
kuzatiladi. Yerosti suvlari sizib chiqish hollari qayd qilinadi.
VIII ball. Binolar kuchli shikastlanadi. Insonlarni qo‘rquv va
sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuproqda bir necha santimetrli
darzliklar paydo bo‘ladi. YAngi suv havzalari vujudga keladi. Quvurlar
payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan
siljiydi. Yerosti suvi harakati keskin o‘zgaradi. Yangi buloqlar paydo
bo‘ladi.
IX ball. Binolar batamom shikastlanadi. Aholining barchasini
vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat qiladi.
Yerosti quvurlari uziladi, temir yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari
shikastlanadi. Tuproqda 10 sm gacha darzliklar paydo bo‘ladi. Qoyalar
qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar qulab tushadi.
X ball. Inshootlar: suv omborlari, to‘g‘onlar, ko‘priklar batamom
buziladi. Yer yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar paydo bo‘ladi.
Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalar o‘piriladi. Kanal, ko‘l va daryolarda
suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo‘ladi.
XI ball. Talofatli. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar,
to‘g‘onlar, temir yo‘llar jiddiy shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar,
uzilish, siljish kabi deformatsiyalar kuzatiladi. Tog‘oldi zonalarida kuchli
ko‘chkilar yuzaga keladi.
XII ball. Halokatli. Yerning relefi butunlay o‘zgaradi, barcha Yerusti
va Yerosti inshootlari to‘liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo‘ladi. Daryolar
o‘zanidan chiqadi. Yirik tog‘ ko‘chkilari sodir bo‘ladi. Yangi ko‘llar
vujudga keladi.
Ushbu 12 balli shkala keyingi izlanishlar davomida tobora
takomillashtirilib borilmoqda.
SHu o‘rinda yana bitta shkala to‘g‘risida ma’lumot bYerish maqsadga
muvofiqdir. Odatda, sayyoramizning biror burchagida Yer qimirlasa,
tebranish Yer shkalasi bo‘yicha 5 yoki 6 magnitudali kuchlanishga ega
bo‘ldi, degan xabarni eshitib qolamiz.
Yer shkalasi seysmik energiyaning o‘lchov birligiga asoslangan bo‘lib,
zilzila gipotsentrida seysmik to‘lqin sifatida tarqaluvchi energiya kuchini
o‘lchaydi. O‘lchov birligi qilib magnituda qabul qilingan. Har ikkala
shkalani o‘zaro solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, quyidagi munosabat
ko‘rinishidagi jadvalga ega bo‘lamiz:
Seysmik shkalalarning taqqoslanishi
RixtYer shkalasi
bo‘yicha magnituda
4,0-4,9
5,0-5,9
6,0-6,9
7,0-7,9 8,0-8,9
MSK-64 shkala
buyicha kuchlanish
1V-V
V1-VII
VIII-IX 1X-X
X1-XII
Magnituda arab raqami bilan, kuchlanish esa rim raqamlari bilan
belgilanishi xalqaro miqyosda qabul qilingan.
Respublikamizda sodir bo‘ladigan zilzilalarni aniqlashda MSK-64
shkalasidan foydalaniladi.
Seysmik xavfli hududlarga ega bo‘lgan har bir davlatda seysmograflar bilan
jihozlangan
seysmostansiyalar
tashkil
etilgan.
Jumlandan
bunday
seysmostansiyalar tarmog‘i O‘zbekistonda ham mavjud. Har bir stansiyada uchta
seysmograf o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan ikkitasi o‘zaror perpendikulyar gorizontal
yo‘nalishdagi va uchinchisi vertikal yo‘nalishdagi tebranishlarni qayd qiladi.
Tom ma’nosida bular mayatniklar bo‘lib, Yerga mustahkam o‘rnatilgan
shtativga nisbatan o‘zining holatini o‘zgartirmaydi. Mayatnikning tebranishlari
yorug‘lik yoki elektr signallariga aylantirib, kompyuterga kirgizish uchun magnit
tasmasiga yozib olinadi.
Zilzilalar o‘chog‘ining joylashish chuqurligi bo‘yicha qisqa fokusli – 0 - 70
km, o‘rtacha fokusli – 70 - 300 km va chuqur fokusli – 300 - 700 km turlarga
bo‘linadi. Qayd etilgan eng chuqur zilzila o‘chog‘i 720 km da joylashgan.
Zilzilalar o‘chog‘ining ko‘pchiligi 10-30 km chuqurliklarda joylashgan.
Ulardan asosiy qismi (85 %) tektonik siqilish va ozrog‘i (15 %) tektonik cho‘zilish
vaziyatlari bilan bog‘liq.
Grizontal tabranishlarni qayd etuvchi
seysmograf.
Vertikal tabranishlarni qayd etuvchi
seysmograf.
Zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladigan
har bir mamlakatda seysmograflar
bilan jihoz-langan seysmostansiyalar
qurilgan
bo‘ladi.
Seymostan-
siyalarda uchtadan seysmograf-lar
o‘rnatilgan bo‘ladi. Ulardan ikkitasi
o‘zaro
prependikulyar
bo‘lgan
gorizontal yo‘nalishdagi, uchinchisi esa vertikal yo‘nalishdagi tebranishlarni
qayd etadi. Ular zaminga mustahkam o‘rnatilgan shtativdagi mayatnik va
barabandan iborat. Seysmograflar tebranishlarni yorug‘lik yoki elektr
Magnit
tasmasiga
yozilgan
seysmogramma.