EPIK VA DRAMATIK ASARLAR TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

7

Sahifalar soni

17

Faytl hajmi

32,5 KB


 
 
 
 
 
 
EPIK VA DRAMATIK ASARLAR TAHLILI 
 
 
REJA: 
1. Epik asarlarga xos xususiyatlar. 
2. Epik asarlar tahlilida tafsilotning o‘rni. 
3. Epik asarlarni tahlillashda timsollardan foydalanish imkoniyatlari. 
4. Epik asarlarni tahlil qilishda badiiy lavhadan foydalanish. 
5. Epik tasvir va badiiy tahlil tadrijidagi yangilanishlar. 
6. Dramatik asarlarning asosiy belgilari. 
7. Dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg‘unlashuvi. 
8. Dramatik asarlarni tahlillashda so‘zning alohida o‘rnini ko‘zda tutish. 
9. Drama asarlari tahlilida sahnaviylikni hisobga olish. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Epik ko‘lam, tafsilot, Tafsilot va inson xarakteri munosabati, Timsollarni 
guruhlashtirish, Timsolli tahlil, Badiiy lavha - epizod, tahlilda lavhadan foydalanish 
o‘rni. Drama va harakat, Adabiyot va teatr munosabati, Sahnaviy so‘z, Sahnabop 
holat, Drama va dramatizm, Dramada muallif ishtiroki, Drama nazariyasi, Sahnaviy 
bilimdonlikning drama tahlilida zarurligi. 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. Mustaqillik nasri poetikasi. – Toshkent: 2006 yil 
3. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., Sharq, 2002 yil 
4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
EPIK VA DRAMATIK ASARLAR TAHLILI REJA: 1. Epik asarlarga xos xususiyatlar. 2. Epik asarlar tahlilida tafsilotning o‘rni. 3. Epik asarlarni tahlillashda timsollardan foydalanish imkoniyatlari. 4. Epik asarlarni tahlil qilishda badiiy lavhadan foydalanish. 5. Epik tasvir va badiiy tahlil tadrijidagi yangilanishlar. 6. Dramatik asarlarning asosiy belgilari. 7. Dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg‘unlashuvi. 8. Dramatik asarlarni tahlillashda so‘zning alohida o‘rnini ko‘zda tutish. 9. Drama asarlari tahlilida sahnaviylikni hisobga olish. Tayanch tushunchalar: Epik ko‘lam, tafsilot, Tafsilot va inson xarakteri munosabati, Timsollarni guruhlashtirish, Timsolli tahlil, Badiiy lavha - epizod, tahlilda lavhadan foydalanish o‘rni. Drama va harakat, Adabiyot va teatr munosabati, Sahnaviy so‘z, Sahnabop holat, Drama va dramatizm, Dramada muallif ishtiroki, Drama nazariyasi, Sahnaviy bilimdonlikning drama tahlilida zarurligi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. Mustaqillik nasri poetikasi. – Toshkent: 2006 yil 3. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., Sharq, 2002 yil 4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
 
 
5. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”, 1992 y 
 
Hayotiy ko‘lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar 
ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo‘lgan epik 
asarlarda tahlil ham o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik asarlarda 
kechinmalarning o‘zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‘ra, tuyg‘ularning 
paydo bo‘lish jarayoni, ularning ildizlari ko‘rsatilishiga e'tibor qaratiladi. Epik 
asarlarda badiiy tahlil ham ko‘lamdor, ko‘p bosqichli bo‘ladi. Epiklikning eng asosiy 
belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir. Qaysi janrda bo‘lishiga 
qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida 
tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri asnosida namoyon bo‘la boradi. 
Epik asarda dramadagi singari makon va zamonda sodir bo‘lgan voqealar aks 
ettiriladi. Epik asarning o‘ziga xosligini ta'minlaydigan asosiy jihat unda bayonning 
tashkiliy o‘rni muhimligidan iboratdir. Nutq egasi, so‘zlovchi yoki bayonchi go‘yo 
oldin bo‘lib o‘tgan voqeani hikoya qilib berayotganday bo‘ladi va ayni vaqtda yo‘l-
yo‘lakay turli holatlarni, personajlar qiyofasini tasvirlaydi, ba'zan izohlaydi. Epik 
asarlarning, odatda, hajman yirikligi, ko‘pincha, lirik asarlar singari bir zarb bilan 
o‘kib chiqib bo‘lmasligi, uning ta'sir ko‘rsatishi ham serqatlam ekanligi tahlilda 
e'tiborga olinishi lozim.Bu xil asarda tuyg‘ular oqimi bir tarafga yo‘nalgan 
bo‘lmaydi. Unda to‘qnashuvlar, his-hayajonlar,olqish-u qarg‘ishlar, ma'qullash-u 
inkorlar g‘oyat sertarmoq, ko‘p farvaterli bo‘ladiki, tahlilchi ana shu badiiy oqimlar 
orasida tadqiqining kalavasini yuqotib quyishi mumkin. Epik asarlarni tahlil 
qilishning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan omillar ayni shu hajm va ko‘lamdir. 
Lirik asarlarda muallif hissiyotini yashirib o‘tirmaydi, butun asar faqat tuyg‘ular 
junbushiga quriladi, kechinmalarqanchalik kuchli va ularning ifodasi qanchalik 
yorqin bo‘lsa, lirik asarlardan chiqadigan badiiy ma'no ham shunchalik salmoqli 
bo‘ladi.Epik asarlarda esa, muallif tuyg‘usi ham, lirik asarlarda mutlaqo 
bo‘lmaydigan personajlar kechinmalari ham, ko‘pincha, ochiq holda kelmaydi. Bu 
xil asarlarda hissiyot voqealar qa'riga berkitilgan bo‘ladi. Qahramonlarni voqealar 
og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kechinmalarni tafsilotlar 
tasviri zamiriga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan bu sezimlarni ilg‘ab olish 
talab qilinadi. Tahlilchi o‘z mushtariylarida ayni shu malakani - epik asar zamiridagi
5. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”, 1992 y Hayotiy ko‘lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo‘lgan epik asarlarda tahlil ham o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik asarlarda kechinmalarning o‘zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‘ra, tuyg‘ularning paydo bo‘lish jarayoni, ularning ildizlari ko‘rsatilishiga e'tibor qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko‘lamdor, ko‘p bosqichli bo‘ladi. Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir. Qaysi janrda bo‘lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri asnosida namoyon bo‘la boradi. Epik asarda dramadagi singari makon va zamonda sodir bo‘lgan voqealar aks ettiriladi. Epik asarning o‘ziga xosligini ta'minlaydigan asosiy jihat unda bayonning tashkiliy o‘rni muhimligidan iboratdir. Nutq egasi, so‘zlovchi yoki bayonchi go‘yo oldin bo‘lib o‘tgan voqeani hikoya qilib berayotganday bo‘ladi va ayni vaqtda yo‘l- yo‘lakay turli holatlarni, personajlar qiyofasini tasvirlaydi, ba'zan izohlaydi. Epik asarlarning, odatda, hajman yirikligi, ko‘pincha, lirik asarlar singari bir zarb bilan o‘kib chiqib bo‘lmasligi, uning ta'sir ko‘rsatishi ham serqatlam ekanligi tahlilda e'tiborga olinishi lozim.Bu xil asarda tuyg‘ular oqimi bir tarafga yo‘nalgan bo‘lmaydi. Unda to‘qnashuvlar, his-hayajonlar,olqish-u qarg‘ishlar, ma'qullash-u inkorlar g‘oyat sertarmoq, ko‘p farvaterli bo‘ladiki, tahlilchi ana shu badiiy oqimlar orasida tadqiqining kalavasini yuqotib quyishi mumkin. Epik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan omillar ayni shu hajm va ko‘lamdir. Lirik asarlarda muallif hissiyotini yashirib o‘tirmaydi, butun asar faqat tuyg‘ular junbushiga quriladi, kechinmalarqanchalik kuchli va ularning ifodasi qanchalik yorqin bo‘lsa, lirik asarlardan chiqadigan badiiy ma'no ham shunchalik salmoqli bo‘ladi.Epik asarlarda esa, muallif tuyg‘usi ham, lirik asarlarda mutlaqo bo‘lmaydigan personajlar kechinmalari ham, ko‘pincha, ochiq holda kelmaydi. Bu xil asarlarda hissiyot voqealar qa'riga berkitilgan bo‘ladi. Qahramonlarni voqealar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kechinmalarni tafsilotlar tasviri zamiriga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan bu sezimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Tahlilchi o‘z mushtariylarida ayni shu malakani - epik asar zamiridagi
 
 
badiiy ma'noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kela bilishni shakllantirishga 
intilishi, eng muhimi, asarning hayotiy va badiiy ma'nosini kashf eta olishi kerak. 
Boshdanoq qat'iy hukm tarzida ta'kidlab aytish kerakki, tahlillanadigan asar 
qanchalik yirik,voqealar tasviri qanchalar serqatlam, personajlar soni nechog‘lik 
ko‘p bo‘lmasin, tahlil mobaynida asarlarning mazmunini so‘zlab berish mumkin 
emas. Buning ikki sababi bor. Birinchidan,tahlilchi qanchalik mahoratli bo‘lmasin 
badiiy asarni adibning o‘ziday aytib berolmaydi va buning zaruriyati ham yo‘q. 
Chunki matn bilan tanishganlar uni bilishadi. Asarni o‘qimaganlarga matnning 
tarovatini bir qadar yo‘qotib hikoya qilib berishning foydasi yo‘q. Negaki, bunda 
asarning o‘zi emas, uning suyaklari, skleti yetib boradi, xolos. Tahlilchi nechog‘lik 
urinmasin, ayni asarni bitgan yozuvchi bo‘lolmaydi. Ayni asarni yorug‘ olamda ayni 
shu yozuvchigina yoza oladi. Tahlilchi asar mazmunini hikoya qilishi orqali asardagi 
qiziqarli voqealarni berishi mumkindir, ammo insoniy xarakterlarni, kechinmalarni, 
hissiyotlarni, ularni tug‘dirgan ochik - yashirin sabablarni yetkaza olmaydi. 
Tekshirilayotgan asar mazmunini so‘zlab berish mumkin emasligining ikkinchi 
sababi matn tahlil qilinmay, asarning barcha unsurlari badiiy elakdan o‘tkazilmay 
turib, uning zamiridagi estetik ma'no noma'lumligicha qolaveradi. Epik asarlarni 
tahlil qilishda uning hajmi tasvirning murakkablik darajasi hisobga olingan holda ish 
ko‘riladi. Hajm taqozo etsa asarni badiiy tahlilning avval aytilgan uch usulidan birini 
yoki barini qo‘llagan holda tekshirish zarur. Mabodo, tahlillanadigan asar juda yirik 
bo‘lsa, tahlilchi, albatta, asarning eng qiziqarli, muhim bir qator intellektual-estetik 
operatsiyalar amalga oshirilmasa, anglash mushkul bo‘lgan jihatini tekshirishi lozim. 
Buning uchun asarning umumiy tirik vujudiga daxl etilmagan holda u badiiy ma'noli 
qismlarga ajratib olinishi lozim. Bunda o‘quvchi diqqatini o‘ziga beixtiyor 
tortadigan, personajlar tabiati yorqin namoyon bo‘ladigan, muallif mahorati ko‘zga 
balqib tashlanadigan, qahramonlar ruhiy dunyosi bo‘rtiq aks etgan o‘rinlar nazardan 
qochirilmasligi kerak. Badiiy tahlilda matndagi muhim jihatni nomuhimdan ajratish, 
asar personajlariga jonli bo‘lingandagina timsolning o‘ziga xosligi, adibning 
san'atkorligi 
namoyon 
bo‘ladi. 
Ko‘pincha,tadqiqotchilar 
epik 
asarlardagi 
qahramonlardan, avval boshdanoq goya qidirishga tutinishadi va shu bois turli 
asarlardagi mutlaqo boshqa-boshqa personajlar ikki tomchi suvday bir xil baho oladi, 
birday talqin etiladi. Chunki g‘oyalar o‘xshash bo‘ladi, bir xil g‘oyalar ham ko‘p,
badiiy ma'noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kela bilishni shakllantirishga intilishi, eng muhimi, asarning hayotiy va badiiy ma'nosini kashf eta olishi kerak. Boshdanoq qat'iy hukm tarzida ta'kidlab aytish kerakki, tahlillanadigan asar qanchalik yirik,voqealar tasviri qanchalar serqatlam, personajlar soni nechog‘lik ko‘p bo‘lmasin, tahlil mobaynida asarlarning mazmunini so‘zlab berish mumkin emas. Buning ikki sababi bor. Birinchidan,tahlilchi qanchalik mahoratli bo‘lmasin badiiy asarni adibning o‘ziday aytib berolmaydi va buning zaruriyati ham yo‘q. Chunki matn bilan tanishganlar uni bilishadi. Asarni o‘qimaganlarga matnning tarovatini bir qadar yo‘qotib hikoya qilib berishning foydasi yo‘q. Negaki, bunda asarning o‘zi emas, uning suyaklari, skleti yetib boradi, xolos. Tahlilchi nechog‘lik urinmasin, ayni asarni bitgan yozuvchi bo‘lolmaydi. Ayni asarni yorug‘ olamda ayni shu yozuvchigina yoza oladi. Tahlilchi asar mazmunini hikoya qilishi orqali asardagi qiziqarli voqealarni berishi mumkindir, ammo insoniy xarakterlarni, kechinmalarni, hissiyotlarni, ularni tug‘dirgan ochik - yashirin sabablarni yetkaza olmaydi. Tekshirilayotgan asar mazmunini so‘zlab berish mumkin emasligining ikkinchi sababi matn tahlil qilinmay, asarning barcha unsurlari badiiy elakdan o‘tkazilmay turib, uning zamiridagi estetik ma'no noma'lumligicha qolaveradi. Epik asarlarni tahlil qilishda uning hajmi tasvirning murakkablik darajasi hisobga olingan holda ish ko‘riladi. Hajm taqozo etsa asarni badiiy tahlilning avval aytilgan uch usulidan birini yoki barini qo‘llagan holda tekshirish zarur. Mabodo, tahlillanadigan asar juda yirik bo‘lsa, tahlilchi, albatta, asarning eng qiziqarli, muhim bir qator intellektual-estetik operatsiyalar amalga oshirilmasa, anglash mushkul bo‘lgan jihatini tekshirishi lozim. Buning uchun asarning umumiy tirik vujudiga daxl etilmagan holda u badiiy ma'noli qismlarga ajratib olinishi lozim. Bunda o‘quvchi diqqatini o‘ziga beixtiyor tortadigan, personajlar tabiati yorqin namoyon bo‘ladigan, muallif mahorati ko‘zga balqib tashlanadigan, qahramonlar ruhiy dunyosi bo‘rtiq aks etgan o‘rinlar nazardan qochirilmasligi kerak. Badiiy tahlilda matndagi muhim jihatni nomuhimdan ajratish, asar personajlariga jonli bo‘lingandagina timsolning o‘ziga xosligi, adibning san'atkorligi namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha,tadqiqotchilar epik asarlardagi qahramonlardan, avval boshdanoq goya qidirishga tutinishadi va shu bois turli asarlardagi mutlaqo boshqa-boshqa personajlar ikki tomchi suvday bir xil baho oladi, birday talqin etiladi. Chunki g‘oyalar o‘xshash bo‘ladi, bir xil g‘oyalar ham ko‘p,
 
 
lekin cheksiz olamda bir-biriga to‘liq o‘xshash bo‘lgan ikki kishi yo‘q. Badiiy asar 
va undagi qahramonlar tasviriesa, ayni shu o‘xshamaslikning, o‘ziga xoslikning 
badiiy ifodasi sifatida paydo bo‘lgan hodisalardir.Shuning uchun ham 
adabiyotshunoslik amaliyotida Yo‘lchi va G‘ofir, Jamila va Gulnor, Saida va 
Zaynab, Otabek va Anvar, Kumush va Ra'no timsollariga uzoq vaqt mobaynida bir 
xil baho berib kelingan. Bunga sabab adabiyotshunoslar bu qahramonlarga 
individual qiyofaga ega jonli odam sifatida yondashmaganlar va ulardan faqat g‘oya 
qidirilib, ijtimoiy xulosa chiqarishga urinilganligidir. Epik asarlarni tahlil etishning 
ususllari juda ko‘p va tekshirilayotgan epik asar qancha bo‘lsa, tahlil ham o‘shancha 
o‘ziga xosliklarga ega bo‘laveradi. Adabiy tahlilda biror quyushqonni yasab olib, har 
doim shundan foydalanaman degan mutaxassis xato qiladi. Epik asar 
o‘rganilayotganda personajlar xatti-harakatlari uning xarakter mantig‘iga muvofiq 
kelishi yoki kelmasligi muammosi tahlilning markazida turishi kerak. Ya'ni epik asar 
tahlil qilinayotganda, obrazlarning gap-so‘zlari, qiliqlari, fikrlari ularning 
sa'jiyalariga muvofiqligi,ruhiy jihatdan asoslanganligiga e'tibor qilinishi va asarning 
asl qiymati ana shulardan keltirib chiqarilishi lozim. Epik asar tahlili faqat mantiqiy 
operatsiyaga aylanib qolmasligi, balki hamisha asardan go‘zallik topishga intilish 
diqqat markazida turishi joiz. Nasriy til jozibasini, turli-tuman badiiy vositalar 
tufayli tug‘ilgan estetik mu'jizalarni payqaydigan va shundan lazzatlanadigan, 
hamda shu lazzatning manbaini tushunib va tushuntirib berish kishi ma'naviy 
yuksalishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Epik asarlar tahlilida badiiy shartlilik, 
obrazlilik, olamni o‘zgacha estetik nazar bilan ko‘rish mumkinligi hamisha ko‘zda 
tutilishi mushtariylarni xilma-xil ijodiy yo‘nalishdagi, turli janrlardagi badiiy 
hodisalarni qabul qila bilish va san'at asarlarini suyuk ommabop bitiklardan ajrata 
olishga o‘rgatadi. Aytilgan fikrlarni tahlilning amaliyotiga doir biror misol bilan 
mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, adib Abdulla Qahhorning 20 
asrning 30-yillaridan buyon tekshirilib,tahlil etilib kelayotgan "O‘g‘ri" hikoyasi 
misolida nazariy fikrlarning amaliy isbotini ko‘rsatish ma'qul bo‘ladi. Bu asarni 
tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mu'jaz bu hikoyada 
badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan 
bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim, ikkinchi darajali badiiy 
unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani
lekin cheksiz olamda bir-biriga to‘liq o‘xshash bo‘lgan ikki kishi yo‘q. Badiiy asar va undagi qahramonlar tasviriesa, ayni shu o‘xshamaslikning, o‘ziga xoslikning badiiy ifodasi sifatida paydo bo‘lgan hodisalardir.Shuning uchun ham adabiyotshunoslik amaliyotida Yo‘lchi va G‘ofir, Jamila va Gulnor, Saida va Zaynab, Otabek va Anvar, Kumush va Ra'no timsollariga uzoq vaqt mobaynida bir xil baho berib kelingan. Bunga sabab adabiyotshunoslar bu qahramonlarga individual qiyofaga ega jonli odam sifatida yondashmaganlar va ulardan faqat g‘oya qidirilib, ijtimoiy xulosa chiqarishga urinilganligidir. Epik asarlarni tahlil etishning ususllari juda ko‘p va tekshirilayotgan epik asar qancha bo‘lsa, tahlil ham o‘shancha o‘ziga xosliklarga ega bo‘laveradi. Adabiy tahlilda biror quyushqonni yasab olib, har doim shundan foydalanaman degan mutaxassis xato qiladi. Epik asar o‘rganilayotganda personajlar xatti-harakatlari uning xarakter mantig‘iga muvofiq kelishi yoki kelmasligi muammosi tahlilning markazida turishi kerak. Ya'ni epik asar tahlil qilinayotganda, obrazlarning gap-so‘zlari, qiliqlari, fikrlari ularning sa'jiyalariga muvofiqligi,ruhiy jihatdan asoslanganligiga e'tibor qilinishi va asarning asl qiymati ana shulardan keltirib chiqarilishi lozim. Epik asar tahlili faqat mantiqiy operatsiyaga aylanib qolmasligi, balki hamisha asardan go‘zallik topishga intilish diqqat markazida turishi joiz. Nasriy til jozibasini, turli-tuman badiiy vositalar tufayli tug‘ilgan estetik mu'jizalarni payqaydigan va shundan lazzatlanadigan, hamda shu lazzatning manbaini tushunib va tushuntirib berish kishi ma'naviy yuksalishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Epik asarlar tahlilida badiiy shartlilik, obrazlilik, olamni o‘zgacha estetik nazar bilan ko‘rish mumkinligi hamisha ko‘zda tutilishi mushtariylarni xilma-xil ijodiy yo‘nalishdagi, turli janrlardagi badiiy hodisalarni qabul qila bilish va san'at asarlarini suyuk ommabop bitiklardan ajrata olishga o‘rgatadi. Aytilgan fikrlarni tahlilning amaliyotiga doir biror misol bilan mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, adib Abdulla Qahhorning 20 asrning 30-yillaridan buyon tekshirilib,tahlil etilib kelayotgan "O‘g‘ri" hikoyasi misolida nazariy fikrlarning amaliy isbotini ko‘rsatish ma'qul bo‘ladi. Bu asarni tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mu'jaz bu hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim, ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani
 
 
ham tekstual usulda o‘rganish samarali bo‘ladi.Tahlilni kampirning tong 
qorong‘usida turishi va hukizidan xabar olishi sabablarini aniqlashdan boshlagan 
ma'qul. Kampirning barcha o‘zbek ayollari, ayniqsa, qishloqda yashaydigan hamma 
kayvonilar singari saharlab turishi o‘z holicha hech kimning e'tiborini mutlaqo 
tortmasligi mumkin. Lekin yozuvchi kampirning saharxezligini shunchaki odat 
tarzida emas, balki zaruriyat taqozosi sifatida ham ko‘rsatadi: u xamir qorishi kerak. 
Hikoya matnidan ma'lumki, kampirning dastyori yo‘q. Demak, kundalik yumushlar 
ko‘paymay, quyosh juda qizib ketmay turib, non yopishga ulgirishi kerak. Buning 
ustiga, choli nonushtaga issiq non yesa yana ham yaxshi. Ehtimol, ertalikka ularda 
nondan bo‘lak yeydigan narsaning o‘zi yo‘qdir. Endi e'tibor "...xamir qilgani" turgan 
kampirning ne bois hukizdan xabar olganligiga qaratilishi joiz. Ma'lumki, har kim 
o‘zi uchun qimmatbaho hisoblangan narsadan bot-bot xabardor bo‘lib turadi, 
farzandli ona hamisha bolalaridan xabardor bo‘lishga, badavlat odam davlatidan 
ogoh turishga intiladi. Chol-u kampirning uyida bir-birlari uchun o‘zlaridan keyingi 
qimmatbaho narsa – ho‘kiz. Shu bois kampirning o‘rnidan turiboq undan xabar olishi 
tasviri ham tushunarli, ham ishonarli. O‘quvchilar diqqati hikoyada birgina 
tovushdan iborat "O!." gina tashiydigan serqirra ma'noga, ifodalaydigan holatlar 
ekstratsiyasiga qaratilishi lozim. Bu tovush - gap zamirida kampirning qanday 
kechinmalari borikin? Kitobxonlar kampirning ayni paytdagi holatini to‘lik his 
qilishsa, uning kechinma-yu sezimlarini ilg‘ab olishsa, estetik maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. So‘ng hikmatga o‘xshab ketadigan: "Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi 
yo‘qolmasin" jumlasiga mushtariylar e'tibori tortilgani ma'qul. Kambag‘al odamda 
yuksak orzular bo‘lmaydi. Chunki bedavo dard bo‘lmish qashshoqlik insonni, 
avvalo, baland orzulardan mahrum etadi. Havas – imkoniyatdan tug‘iladigan hosila. 
Shu bois dehqonning uyi ma'murchilik obidasi yoki yuqolsa kishining joni 
achiydigan koshona emas, shunchaki "... bir qop somon, un-un beshta xoda, bir arava 
qamish "bilan tiklanadigan kulba. Binobarin, uning kuyib ketishi uy egasi uchun juda 
katta yuqotish emas.Yangisini tiklab olish mumkin. Kambag‘alda uyi kuyganda 
yonib ketadigan boylik ham yo‘qki, unga achinsa.Tahlilchi syujet rivojidagi har bir 
nuqtaga kampirning reaksiyasi qandayligiga diqqat qilishi kerak: ho‘kizning 
yo‘qolganini bilgan kampir eng avval nima qildi? Hamma ayollarning qurolini ishga 
soldi, ya'ni dodladi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmidi? Uning o‘rnida Qobil bobo
ham tekstual usulda o‘rganish samarali bo‘ladi.Tahlilni kampirning tong qorong‘usida turishi va hukizidan xabar olishi sabablarini aniqlashdan boshlagan ma'qul. Kampirning barcha o‘zbek ayollari, ayniqsa, qishloqda yashaydigan hamma kayvonilar singari saharlab turishi o‘z holicha hech kimning e'tiborini mutlaqo tortmasligi mumkin. Lekin yozuvchi kampirning saharxezligini shunchaki odat tarzida emas, balki zaruriyat taqozosi sifatida ham ko‘rsatadi: u xamir qorishi kerak. Hikoya matnidan ma'lumki, kampirning dastyori yo‘q. Demak, kundalik yumushlar ko‘paymay, quyosh juda qizib ketmay turib, non yopishga ulgirishi kerak. Buning ustiga, choli nonushtaga issiq non yesa yana ham yaxshi. Ehtimol, ertalikka ularda nondan bo‘lak yeydigan narsaning o‘zi yo‘qdir. Endi e'tibor "...xamir qilgani" turgan kampirning ne bois hukizdan xabar olganligiga qaratilishi joiz. Ma'lumki, har kim o‘zi uchun qimmatbaho hisoblangan narsadan bot-bot xabardor bo‘lib turadi, farzandli ona hamisha bolalaridan xabardor bo‘lishga, badavlat odam davlatidan ogoh turishga intiladi. Chol-u kampirning uyida bir-birlari uchun o‘zlaridan keyingi qimmatbaho narsa – ho‘kiz. Shu bois kampirning o‘rnidan turiboq undan xabar olishi tasviri ham tushunarli, ham ishonarli. O‘quvchilar diqqati hikoyada birgina tovushdan iborat "O!." gina tashiydigan serqirra ma'noga, ifodalaydigan holatlar ekstratsiyasiga qaratilishi lozim. Bu tovush - gap zamirida kampirning qanday kechinmalari borikin? Kitobxonlar kampirning ayni paytdagi holatini to‘lik his qilishsa, uning kechinma-yu sezimlarini ilg‘ab olishsa, estetik maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘ng hikmatga o‘xshab ketadigan: "Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin" jumlasiga mushtariylar e'tibori tortilgani ma'qul. Kambag‘al odamda yuksak orzular bo‘lmaydi. Chunki bedavo dard bo‘lmish qashshoqlik insonni, avvalo, baland orzulardan mahrum etadi. Havas – imkoniyatdan tug‘iladigan hosila. Shu bois dehqonning uyi ma'murchilik obidasi yoki yuqolsa kishining joni achiydigan koshona emas, shunchaki "... bir qop somon, un-un beshta xoda, bir arava qamish "bilan tiklanadigan kulba. Binobarin, uning kuyib ketishi uy egasi uchun juda katta yuqotish emas.Yangisini tiklab olish mumkin. Kambag‘alda uyi kuyganda yonib ketadigan boylik ham yo‘qki, unga achinsa.Tahlilchi syujet rivojidagi har bir nuqtaga kampirning reaksiyasi qandayligiga diqqat qilishi kerak: ho‘kizning yo‘qolganini bilgan kampir eng avval nima qildi? Hamma ayollarning qurolini ishga soldi, ya'ni dodladi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmidi? Uning o‘rnida Qobil bobo
 
 
nima qilgan bo‘lardi? Bu haqda jiddiy uylab kurish kerak. Hikoyaning keyingi 
jumlasi yanada g‘alati va bir qarashda asosiy tasvirga daxli yo‘qqa o‘xshab tuyuladi: 
"Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga 
tushadi...". "Odamlar dodga o‘rganib qolgan..." bo‘lsa, demak, bu holat tez-tez 
takrorlanib turadi. Axir o‘zbeklar andishali, ovozini balandlatishdan iymanadigan 
xalq-ku?! Buning ustiga, asar voqealari inqilob deb atalmish tuntarishdan oldin sodir 
bo‘lgan. Binobarin, hozirgi ayollarni dod solishga majbur etadigan asosiy sabab - 
ichkilik u zamonlar hali yo‘q edi. Shuni bilish kerakki, mustamlaka xalq hech qachon 
farovon turmush kechira olmaydi. Ya'ni xalqimiz Rossiya qo‘li ostida g‘oyat faqir 
yashagan. Kambagallikning azobini esa, eng avval, ayollar tortadi. Chunki ro‘zgorni 
ular yuritadi, uyda nima bor-u nima yo‘qligini ayollar yaxshi bilishadi. Ustiga ustak, 
ular onalardir. Farzandlarining ehtiyojlarini qondirish tashvishi avval onalarga 
tushadi. Ayniqsa, o‘zbek oilalarida bolalar o‘z dardlarini, asosan, onalariga 
aytishadi. Shu bois xotin kishi mustamlaka yurtning erkagini har kuni "u yo‘q,bu 
yo‘q" deb "egovlaydi". Erkak ham ro‘zg‘orning to‘kis emasligini yaxshi biladi, 
ammo to‘kis qilishning yo‘lini bilmaydi. Xotin esa, uyda nimaningdir yo‘qligini 
eslataverishdan 
charchamaydi. 
Aytgani 
bo‘lavermagach, 
kemtiklik 
butlanavermagach, eridan norozi bo‘ladi, unga tik gapiradi. O‘zbekning erkagi 
qandayligidan qat'iy nazar xotinidan gap eshitishga o‘rganmagani bois 
kambag‘allikni tug‘dirgan sababni bartaraf etishning emas, balki norozi bo‘laverib, 
erining hamiyatiga tekkan ayolining isyonini bir yoqlik qilish yo‘lini izlaydi. Va 
topadi: uni kaltaklaydi.O‘zbekning ayoli erining hamma kaltagiga ham dod sola 
bermaydi. Agar o‘zining aybi uchun kaltak yesa, hech kimga bildirmaydi. Dod solish 
u yoqda tursin, keyinchalik ham birovga "tish yormaydi". Ammo janjal 
kambag‘alchilik tufayli kelib chiqsa-yu, musht bilan xotimalanadigan bo‘lsa, endi 
bizning ayollarni ma'zur tutib qo‘yasiz. U erining kambag‘alligini, noshudligini yeti 
mahallaga yoyadi. Endi dod ovozi paydo bo‘lish sabablarining ikkinchi qismini 
ko‘rib chiqaylik:"...birovning uyi xatga tushadi". Bugungi o‘quvchi dastlab bu jumla 
zamiridagi haqiqatni payqamasligi aniq. Shuning uchun unga oydinlik kiritiladi: 
Kambag‘al odam bir balo qilib tirikchilik o‘tkazish, oilasi ochlikdan patorat topib 
ketmasligi uchun yo‘qsulning eng sinalgan usulini ishga soladi. Ya'ni badavlatroq 
odamdan qarz oladi. Aniqki, qarz qachondir to‘lanishi kerak. Vaqtida to‘lanmagan
nima qilgan bo‘lardi? Bu haqda jiddiy uylab kurish kerak. Hikoyaning keyingi jumlasi yanada g‘alati va bir qarashda asosiy tasvirga daxli yo‘qqa o‘xshab tuyuladi: "Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...". "Odamlar dodga o‘rganib qolgan..." bo‘lsa, demak, bu holat tez-tez takrorlanib turadi. Axir o‘zbeklar andishali, ovozini balandlatishdan iymanadigan xalq-ku?! Buning ustiga, asar voqealari inqilob deb atalmish tuntarishdan oldin sodir bo‘lgan. Binobarin, hozirgi ayollarni dod solishga majbur etadigan asosiy sabab - ichkilik u zamonlar hali yo‘q edi. Shuni bilish kerakki, mustamlaka xalq hech qachon farovon turmush kechira olmaydi. Ya'ni xalqimiz Rossiya qo‘li ostida g‘oyat faqir yashagan. Kambagallikning azobini esa, eng avval, ayollar tortadi. Chunki ro‘zgorni ular yuritadi, uyda nima bor-u nima yo‘qligini ayollar yaxshi bilishadi. Ustiga ustak, ular onalardir. Farzandlarining ehtiyojlarini qondirish tashvishi avval onalarga tushadi. Ayniqsa, o‘zbek oilalarida bolalar o‘z dardlarini, asosan, onalariga aytishadi. Shu bois xotin kishi mustamlaka yurtning erkagini har kuni "u yo‘q,bu yo‘q" deb "egovlaydi". Erkak ham ro‘zg‘orning to‘kis emasligini yaxshi biladi, ammo to‘kis qilishning yo‘lini bilmaydi. Xotin esa, uyda nimaningdir yo‘qligini eslataverishdan charchamaydi. Aytgani bo‘lavermagach, kemtiklik butlanavermagach, eridan norozi bo‘ladi, unga tik gapiradi. O‘zbekning erkagi qandayligidan qat'iy nazar xotinidan gap eshitishga o‘rganmagani bois kambag‘allikni tug‘dirgan sababni bartaraf etishning emas, balki norozi bo‘laverib, erining hamiyatiga tekkan ayolining isyonini bir yoqlik qilish yo‘lini izlaydi. Va topadi: uni kaltaklaydi.O‘zbekning ayoli erining hamma kaltagiga ham dod sola bermaydi. Agar o‘zining aybi uchun kaltak yesa, hech kimga bildirmaydi. Dod solish u yoqda tursin, keyinchalik ham birovga "tish yormaydi". Ammo janjal kambag‘alchilik tufayli kelib chiqsa-yu, musht bilan xotimalanadigan bo‘lsa, endi bizning ayollarni ma'zur tutib qo‘yasiz. U erining kambag‘alligini, noshudligini yeti mahallaga yoyadi. Endi dod ovozi paydo bo‘lish sabablarining ikkinchi qismini ko‘rib chiqaylik:"...birovning uyi xatga tushadi". Bugungi o‘quvchi dastlab bu jumla zamiridagi haqiqatni payqamasligi aniq. Shuning uchun unga oydinlik kiritiladi: Kambag‘al odam bir balo qilib tirikchilik o‘tkazish, oilasi ochlikdan patorat topib ketmasligi uchun yo‘qsulning eng sinalgan usulini ishga soladi. Ya'ni badavlatroq odamdan qarz oladi. Aniqki, qarz qachondir to‘lanishi kerak. Vaqtida to‘lanmagan
 
 
qarz evaziga qarzdorning pichoqqa ilingudek mulki "xat"ga olinadi, garovga 
qo‘yiladi. Kambag‘alda qanday mulk bo‘lishi mumkin? Bola-baqrasi bilan yashab 
turgan va "bir qop somon-u bir arava qamishdan" bino bo‘lgan uyda! Yomon bo‘lsa-
da, boshpanasidan ajralgan odamning ahli ayoli dod solishi tabiiy. Bu xil dodlashlar 
tez-tez ro‘y berib turgani uchun ham, odamlarning qulog‘i o‘rganib qolgan. 
Hikoyada: "Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi",- deb ta'kidlanadi. O‘ylab 
ko‘rish kerak: Nega? Chunki bu uydan shu paytgacha dod ovozi chiqmagan, har 
holda chol-u kampir bir-birlarini tushunib qolishgan, uy o‘zlariniki, hukizlari ham 
bor edi. Hech kutilmaganda, kampirning dod solishi, odatdagi ovozlarga "begona" 
tovushning qo‘shilishi atrofdagilarni befarq qoldirmasligi aniq. Hikoyaning shu 
jihatlari 
ilg‘ab 
olinsa, 
undan 
kutiladigan 
estetik 
samaradorlik 
ortib 
boraveradi.Hikoyadagi Qobil bobo holatini ham ichdan his etishga urinish lozim. 
Bunda ham eng yaqin asos- badiiy matn. Tasvirga e'tibor qaratilishi kerak: "Qobil 
bobo yalang bosh, ylang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ 
titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, ko‘zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, 
ammo hech kimni ko‘rmaydi". Agar Qobil bobo holatini ichdan his etilmay, 
shunchaki o‘qib yoki eshitib ketilaversa, matn qudrati anglanmay qolaveradi. 
Qandaydir birodarning qiynalganligini axborot sifatida bilib qo‘yish - boshqa-yu, 
o‘sha odamning holatiga tushib, u kechirgan tuyg‘ularni ichdan his etish - boshqa. 
Shuning uchun ham Qobil bobo holatidagi hech bir chizgi nazardan chetda 
qolmasligi kerak. Nega Qobil bobo yalang bosh,yalang oyoq, buning ustiga 
yaktakchan? Shu o‘rinda "yaktakchan" so‘zi mamlakatimizning turli mintaqalarida 
turlicha tushunilishiga e'tibor qaratilishi lozim. Toshkent va Farg‘ona tomonlarda 
yashovchi aholining aksari qismi uchun "yaktakchan" degani yaktaksiz demakdir. 
Qolgan mintaqalardagi kishilar uchun esa faqat yaktakda mazmunini anglatadi. Adib 
qaysi holatni ko‘zda tutganligini badiiy vaziyatni anglab yetishiga qarab har bir 
o‘quvchi o‘zi hal etadi. Qariyalarimiz hozir ham bosh yalang yurishni odobsizlik deb 
bilishadi. U paytlarda-ku yalang boshlik borib turgan shakkoklik hisoblangandir. 
Hikoyadagi bobo esa yalang bosh, yalang oyoq ekani kamlik qilganday, el ko‘ziga 
yaktaksiz ko‘ringanini qanday izohlash mumkin? Bu savollarga javob topish uchun 
e'tibor qahramonlarning tashqi holatini taftish qilishdan ichki dunyosini tekshirishga 
yo‘naltirilishi kerak. Cholning tizzalari "bukilib-bukilib" ketishiga sabab nima? Bu
qarz evaziga qarzdorning pichoqqa ilingudek mulki "xat"ga olinadi, garovga qo‘yiladi. Kambag‘alda qanday mulk bo‘lishi mumkin? Bola-baqrasi bilan yashab turgan va "bir qop somon-u bir arava qamishdan" bino bo‘lgan uyda! Yomon bo‘lsa- da, boshpanasidan ajralgan odamning ahli ayoli dod solishi tabiiy. Bu xil dodlashlar tez-tez ro‘y berib turgani uchun ham, odamlarning qulog‘i o‘rganib qolgan. Hikoyada: "Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi",- deb ta'kidlanadi. O‘ylab ko‘rish kerak: Nega? Chunki bu uydan shu paytgacha dod ovozi chiqmagan, har holda chol-u kampir bir-birlarini tushunib qolishgan, uy o‘zlariniki, hukizlari ham bor edi. Hech kutilmaganda, kampirning dod solishi, odatdagi ovozlarga "begona" tovushning qo‘shilishi atrofdagilarni befarq qoldirmasligi aniq. Hikoyaning shu jihatlari ilg‘ab olinsa, undan kutiladigan estetik samaradorlik ortib boraveradi.Hikoyadagi Qobil bobo holatini ham ichdan his etishga urinish lozim. Bunda ham eng yaqin asos- badiiy matn. Tasvirga e'tibor qaratilishi kerak: "Qobil bobo yalang bosh, ylang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, ko‘zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi". Agar Qobil bobo holatini ichdan his etilmay, shunchaki o‘qib yoki eshitib ketilaversa, matn qudrati anglanmay qolaveradi. Qandaydir birodarning qiynalganligini axborot sifatida bilib qo‘yish - boshqa-yu, o‘sha odamning holatiga tushib, u kechirgan tuyg‘ularni ichdan his etish - boshqa. Shuning uchun ham Qobil bobo holatidagi hech bir chizgi nazardan chetda qolmasligi kerak. Nega Qobil bobo yalang bosh,yalang oyoq, buning ustiga yaktakchan? Shu o‘rinda "yaktakchan" so‘zi mamlakatimizning turli mintaqalarida turlicha tushunilishiga e'tibor qaratilishi lozim. Toshkent va Farg‘ona tomonlarda yashovchi aholining aksari qismi uchun "yaktakchan" degani yaktaksiz demakdir. Qolgan mintaqalardagi kishilar uchun esa faqat yaktakda mazmunini anglatadi. Adib qaysi holatni ko‘zda tutganligini badiiy vaziyatni anglab yetishiga qarab har bir o‘quvchi o‘zi hal etadi. Qariyalarimiz hozir ham bosh yalang yurishni odobsizlik deb bilishadi. U paytlarda-ku yalang boshlik borib turgan shakkoklik hisoblangandir. Hikoyadagi bobo esa yalang bosh, yalang oyoq ekani kamlik qilganday, el ko‘ziga yaktaksiz ko‘ringanini qanday izohlash mumkin? Bu savollarga javob topish uchun e'tibor qahramonlarning tashqi holatini taftish qilishdan ichki dunyosini tekshirishga yo‘naltirilishi kerak. Cholning tizzalari "bukilib-bukilib" ketishiga sabab nima? Bu
 
 
so‘zning ikki marta yozilganligiga diqqat qilish kerak. Chol nega "dag‘-dag‘" 
titraydi? Havoning sovuqligidanmi, yaktaksizligidanmi yoki boshqa ichki sabab 
bormi? Adibning: "...hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi" tarzidagi 
ta'kidini qanday tushunmoq kerak? Boboning ko‘zlari xirami yoki kutilmagan 
baxtsizlik uning ko‘z oldini qorong‘ulashtirdimi? O‘zi aslida,cholning ko‘zi 
xiralashdimi yoki aqli? Tahlil qamroviga ellikboshini ham olish lozim. Burunsizligi, 
ovozining pangligi tufayli boshdanoq yoqimsiz bo‘lgan ellikboshining dabdurustdan 
boboni sensirab: "Ho‘kizing hechqayoqqa ketmaydi, topiladi!" - deya karomat qilishi 
kishidagi noxush taassurotni yanada kuchaytiradi. Agar estetik nishon to‘g‘ri olinsa, 
asarda juda nozik ishoralar borligini ko‘rish, ularning tagiga ham yetish mumkin. 
Ellikboshining o‘g‘ri teshgan yerni nima sababdan ikki bor taftish qilgani, qayta-
qayta sinchiklab tekshirgani, hatto ustunni ham qimirlatib ko‘rganini izohlash zarur. 
Sal e'tibor qilgan kishiga bu harakatlar tagidagi g‘araz ko‘rinib turibdi. Ellikboshi 
o‘zini o‘g‘rini topishga astoydil urinayotgan kishi qilib ko‘rsatmoqchi, cholning 
ishonchini qozonib, undan biror narsa o‘ndirmoqchi. Lekin Qobil bobo bu g‘arazni 
sezmaydi. Chunki kutilmagan baxtsizlik uning keksa aqlini yanada xiralashtirib 
qo‘ydi. Shu vaqtga qadar karaxt bo‘lib yig‘lamay turgan Qobil boboning ellikboshi 
ho‘kiz topilishini ishonch bilan aytganidan keyin yig‘lab yuborganligi sababini 
anglatish kerak. Bu haqda bosh qotirish kishida boshqa insonni tuyish,o‘zgani 
tushunish malakalarini shakllantiradi. Ellikboshining keyingi harakatlari uning 
qanday shaxs ekanligini yanada yaqqol ko‘rsatadi: "Yig‘lama, yig‘lama deyman! 
Ho‘kizing oqposhsho qo‘lostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi". Ellikboshining 
keksa odamga, buning ustiga, kulfatga yo‘liqqan yon qo‘shnisiga nega bunchalik 
dag‘daga qilayotgani haqda o‘ylab ko‘rish kerak. Ellikboshiboshiga ishi tushgan 
kishiga yordam berishni emas, balki undan biror narsa o‘ndirib qolishni o‘ylaydi. 
To‘g‘ri gapni to‘g‘rilikcha aytsa, avvalo, nimadir qilish kerak bo‘ladi, ikkinchidan, 
pora olish mumkin bo‘lmay qoldi. Ta'maning yo‘lini yaqinroq qilish va cholni 
ho‘kizi topilishiga ko‘proq ishontirish uchun esa uni sensiraydi. Manfaatga qo‘l 
bo‘lgan odam imondan ayriladi. Kishi o‘z manfaatining yugurdagiga aylanib qoladi. 
Bosgan, hatto bosmagan qadamidan ham foyda chiqarishga urinaveradi. Bu yo‘lda 
insof, shafqat singari tuyg‘ulardan ayriladi. Shu bois: "Ho‘kizing oq poshsho qo‘l 
ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi",- deb cholni masxaralagan ellikboshi hech
so‘zning ikki marta yozilganligiga diqqat qilish kerak. Chol nega "dag‘-dag‘" titraydi? Havoning sovuqligidanmi, yaktaksizligidanmi yoki boshqa ichki sabab bormi? Adibning: "...hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi" tarzidagi ta'kidini qanday tushunmoq kerak? Boboning ko‘zlari xirami yoki kutilmagan baxtsizlik uning ko‘z oldini qorong‘ulashtirdimi? O‘zi aslida,cholning ko‘zi xiralashdimi yoki aqli? Tahlil qamroviga ellikboshini ham olish lozim. Burunsizligi, ovozining pangligi tufayli boshdanoq yoqimsiz bo‘lgan ellikboshining dabdurustdan boboni sensirab: "Ho‘kizing hechqayoqqa ketmaydi, topiladi!" - deya karomat qilishi kishidagi noxush taassurotni yanada kuchaytiradi. Agar estetik nishon to‘g‘ri olinsa, asarda juda nozik ishoralar borligini ko‘rish, ularning tagiga ham yetish mumkin. Ellikboshining o‘g‘ri teshgan yerni nima sababdan ikki bor taftish qilgani, qayta- qayta sinchiklab tekshirgani, hatto ustunni ham qimirlatib ko‘rganini izohlash zarur. Sal e'tibor qilgan kishiga bu harakatlar tagidagi g‘araz ko‘rinib turibdi. Ellikboshi o‘zini o‘g‘rini topishga astoydil urinayotgan kishi qilib ko‘rsatmoqchi, cholning ishonchini qozonib, undan biror narsa o‘ndirmoqchi. Lekin Qobil bobo bu g‘arazni sezmaydi. Chunki kutilmagan baxtsizlik uning keksa aqlini yanada xiralashtirib qo‘ydi. Shu vaqtga qadar karaxt bo‘lib yig‘lamay turgan Qobil boboning ellikboshi ho‘kiz topilishini ishonch bilan aytganidan keyin yig‘lab yuborganligi sababini anglatish kerak. Bu haqda bosh qotirish kishida boshqa insonni tuyish,o‘zgani tushunish malakalarini shakllantiradi. Ellikboshining keyingi harakatlari uning qanday shaxs ekanligini yanada yaqqol ko‘rsatadi: "Yig‘lama, yig‘lama deyman! Ho‘kizing oqposhsho qo‘lostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi". Ellikboshining keksa odamga, buning ustiga, kulfatga yo‘liqqan yon qo‘shnisiga nega bunchalik dag‘daga qilayotgani haqda o‘ylab ko‘rish kerak. Ellikboshiboshiga ishi tushgan kishiga yordam berishni emas, balki undan biror narsa o‘ndirib qolishni o‘ylaydi. To‘g‘ri gapni to‘g‘rilikcha aytsa, avvalo, nimadir qilish kerak bo‘ladi, ikkinchidan, pora olish mumkin bo‘lmay qoldi. Ta'maning yo‘lini yaqinroq qilish va cholni ho‘kizi topilishiga ko‘proq ishontirish uchun esa uni sensiraydi. Manfaatga qo‘l bo‘lgan odam imondan ayriladi. Kishi o‘z manfaatining yugurdagiga aylanib qoladi. Bosgan, hatto bosmagan qadamidan ham foyda chiqarishga urinaveradi. Bu yo‘lda insof, shafqat singari tuyg‘ulardan ayriladi. Shu bois: "Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi",- deb cholni masxaralagan ellikboshi hech
 
 
narsa qilmay turib, pora olishdan tortinmaydi. Tahlil qiluvchi ellikboshining so‘zlari 
zamiridagi masxaraomuz ma'noga e'tibor qaratishi shart. Aks holda, ellikboshining 
qiyofasi to‘lik anglashilmay qolishi mumkin. "...Oqposhshoning qo‘l ostidan chiqib 
ketmasa" topiladigan ho‘kizni izlash ellikboshining xayoliga ham kelmaganligini 
sinchkov o‘quvchi tahlil maromidan sezib olishi kerak. O‘g‘ri ho‘kizni go‘yo chet 
elga olib ketishi mumkinday. Afg‘on yerlaridan to Xitoy mulkigacha bo‘lgan 
bepoyon xududda bo‘lsa,topaman, deyish, qariyani masxaralashdan boshqa narsa 
emasligi anglashilishi zarur. Bu hol ellikboshi ma'naviyatining qanchalar qurum 
bosganligini ko‘rsatuvchi dalildir. Endi kitobxonlar diqqati olingan pora evaziga 
ellikboshi ko‘radigan tadbirning nechog‘lik bema'ni va nokerak ekanligiga qaratish 
zarur. Choldan oladiganini olgan ellikboshi ho‘kizning yo‘qolgani haqida: "betuxtov 
aminga xabar qilaman",- deb va'da beradi. Anchagina pul hisobiga qilmoqchi 
bo‘lgan ishi keraksizligi oldindan ayon tadbir bo‘lsa-da, u hatto shuni ham 
bajarmaydi. Xush u holda ellikboshi aminni tilga olganligining sababi nimada? 
Buning sababi shundaki, amin ham to‘ralik zanjirining muhim xalqalaridan bo‘lib, 
boshiga ish tushgan himoyasiz bechoralar uni ham boqishlari darkor edi. Aminni 
ho‘kizi yo‘qolganidan o‘zi xabardor qilish va undan: "beto‘xtov pristavga xabar 
qilaman",- degan g‘oyat "qimmatli" va'dani olish uchun Qobil bobo aminga ham 
pora beradi. Dahshatlisi shundaki, oxir oqibatda pristavga ham boboning o‘zi xabar 
yetkazadi va jabrlanganligini aytib yordam so‘rashning o‘zi uchungina ham 
o‘rislardan chiqqan katta amaldorga, ham uning "o‘zimizniki" bo‘lgan tilmochiga 
pora berishga majbur bo‘ladi. Pristavning ko‘rgan chorasi esa, ellikboshi va 
aminnikidan ham g‘aroyibroq, ya'ni "aminga bor",- deyishdangina iborat. Insonqadri 
toptalgan, sha'ni, huquqi oyoq osti qilingan holatning shafqatsiz realistik manzarasi 
kishi qalbini iztirobga to‘ldiradi. Nega bu odamlar bu qadar yuzsiz? Porasiz-ku qimir 
etmas ekan, jilla qursa, pora olishgach, harakat qilishni ep ko‘rishmaydi. Hech 
qanday ish qilmay turib, birovdan ta'ma qilishdan xijolat bo‘lmasligi sababi nimada? 
Badiiy tahlil natijasida kishini shu xildagi uylar bezovta qilsa, komil shaxsni 
shakllantirish jarayoni boshlangan bo‘ladi. O‘quvchilarda ojiz, qarshilik ko‘rsata 
olmaydigan, haqqini himoya qila bilmaydigan odamlarni inson qatorida 
ko‘rmaydigan noinsof kimsalarga nisbatan nafrat uyg‘onishi, bechoralarning 
holatini tushunish hislatining paydo bo‘lishi badiiy tahlil uchun yuksak
narsa qilmay turib, pora olishdan tortinmaydi. Tahlil qiluvchi ellikboshining so‘zlari zamiridagi masxaraomuz ma'noga e'tibor qaratishi shart. Aks holda, ellikboshining qiyofasi to‘lik anglashilmay qolishi mumkin. "...Oqposhshoning qo‘l ostidan chiqib ketmasa" topiladigan ho‘kizni izlash ellikboshining xayoliga ham kelmaganligini sinchkov o‘quvchi tahlil maromidan sezib olishi kerak. O‘g‘ri ho‘kizni go‘yo chet elga olib ketishi mumkinday. Afg‘on yerlaridan to Xitoy mulkigacha bo‘lgan bepoyon xududda bo‘lsa,topaman, deyish, qariyani masxaralashdan boshqa narsa emasligi anglashilishi zarur. Bu hol ellikboshi ma'naviyatining qanchalar qurum bosganligini ko‘rsatuvchi dalildir. Endi kitobxonlar diqqati olingan pora evaziga ellikboshi ko‘radigan tadbirning nechog‘lik bema'ni va nokerak ekanligiga qaratish zarur. Choldan oladiganini olgan ellikboshi ho‘kizning yo‘qolgani haqida: "betuxtov aminga xabar qilaman",- deb va'da beradi. Anchagina pul hisobiga qilmoqchi bo‘lgan ishi keraksizligi oldindan ayon tadbir bo‘lsa-da, u hatto shuni ham bajarmaydi. Xush u holda ellikboshi aminni tilga olganligining sababi nimada? Buning sababi shundaki, amin ham to‘ralik zanjirining muhim xalqalaridan bo‘lib, boshiga ish tushgan himoyasiz bechoralar uni ham boqishlari darkor edi. Aminni ho‘kizi yo‘qolganidan o‘zi xabardor qilish va undan: "beto‘xtov pristavga xabar qilaman",- degan g‘oyat "qimmatli" va'dani olish uchun Qobil bobo aminga ham pora beradi. Dahshatlisi shundaki, oxir oqibatda pristavga ham boboning o‘zi xabar yetkazadi va jabrlanganligini aytib yordam so‘rashning o‘zi uchungina ham o‘rislardan chiqqan katta amaldorga, ham uning "o‘zimizniki" bo‘lgan tilmochiga pora berishga majbur bo‘ladi. Pristavning ko‘rgan chorasi esa, ellikboshi va aminnikidan ham g‘aroyibroq, ya'ni "aminga bor",- deyishdangina iborat. Insonqadri toptalgan, sha'ni, huquqi oyoq osti qilingan holatning shafqatsiz realistik manzarasi kishi qalbini iztirobga to‘ldiradi. Nega bu odamlar bu qadar yuzsiz? Porasiz-ku qimir etmas ekan, jilla qursa, pora olishgach, harakat qilishni ep ko‘rishmaydi. Hech qanday ish qilmay turib, birovdan ta'ma qilishdan xijolat bo‘lmasligi sababi nimada? Badiiy tahlil natijasida kishini shu xildagi uylar bezovta qilsa, komil shaxsni shakllantirish jarayoni boshlangan bo‘ladi. O‘quvchilarda ojiz, qarshilik ko‘rsata olmaydigan, haqqini himoya qila bilmaydigan odamlarni inson qatorida ko‘rmaydigan noinsof kimsalarga nisbatan nafrat uyg‘onishi, bechoralarning holatini tushunish hislatining paydo bo‘lishi badiiy tahlil uchun yuksak
 
 
natijadir.Amin bilan Qobil bobo orasidagi munosabat atroflicha tahlil qilinishi kerak. 
Arzga kelgan cholni ko‘riboq "og‘zini ochmay kekirgan, so‘ng baqbaqasini 
selkillatib kulgan", ho‘kizni atay sigir deb cholni masxaralagan, "yo‘qolmasdan 
oldin bormidi", "Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan- da!"- deya 
qariya ustidan ochiqchasiga kulgan, Qobil bobo oldida"chinchalog‘ini ikkinchi 
bug‘inigacha burniga" tiqqan, so‘ng o‘sha "chinchalog‘ini etigining tagiga art"gan, 
hech tortinmay bobodan pora ta'ma qilgan amin qiyofasidagi belgilarni butun 
dahshati, bor xunukligi, butun murakkabligi bilan his etgan kishigina Qobil bobo 
fojiasini chuqur anglaydi.O‘ylab ko‘rish zarur: amin hamisha ham o‘zini shunday 
tutarmikin? Aminning o‘z chirkin qiyofasini bu qadar yashirmayotganligiga sabab 
nimada? Ehtimol, jazosizlikdadir? Boboni amin odam o‘rnida ko‘rmaganligi uchun 
unga bir hayvon yanglig‘ munosabatda bo‘ladi. Qariyadan uyalishni ham lozim 
topmaydi. Uni uyalishga arzimaydi deb hisoblaydi. Shu bois chinchalog‘ini burniga 
tiqadi, qolog‘ini etigining tagiga artadi. Qanchalik befarosat va tarbiyasiz bo‘lmasin, 
amin boshqa kishining oldida shu jirkanch qiliqlarini qilmagan bo‘lardi. Qobil bobo 
oldida esa bemalol qilaverish mumkin. Chunki uningcha, bobo inson emas. Inson 
bo‘lmagan maxluqdan esa uyalib o‘tirilmaydi. Qadimgi Yunonistonda azamat va 
devqomat gladiatorlar bekalarini hammomga olib kirib yuvintirib qo‘yishgan. 
Sohibjamol bekalar qo‘llardan uyalishni xayollariga ham keltirmaganlar. Chunki 
uyalish insonga xos bo‘lganidek, faqat insondan uyalinadi! Qul esa odam emas! 
Aminning Qobil boboga munosabatida ana shu holat belgi beradi.Amin nechog‘lik 
yuzsiz bo‘lmasin unda baribir qandaydir o‘zbeklik unsurlari saqlanib qolgan. Qobil 
bobo ilojsizlikdan, hurligi kelganidan, masxara bo‘layotganidan alam qilib 
yog‘lasa,"yig‘lama" deya olmaydi, lekin "yog‘lamang" degisi ham kelmaydi. Shu 
bois "yig‘lanmasin" deya vaziyatdan chiqadi. Hikoyanavis timsollar tabiatidagi eng 
mayda holatlarni ham bexato ilg‘ay oladi va mahorat bilan aks ettira biladi. 
Ellikboshi Qobil boboga ta'sirini o‘tkazish, yolg‘oniga ishontirish uchun oldin unga 
sensirab gapiradi. Oladiganini olib bo‘lgach esa, doimgiday sizlab muomala 
qilaveradi. Epik asarlarning shu yusinda amalga oshirilgan tahlili uning zamiridagi 
hayotiy, badiiy mantiqni to‘laroq ochish va matnning estetik jozibasini tuyish 
imkonini beradi. Bu esa millatdoshlarimiz ma'naviyatini ezgu xislatlar bilan 
boyitishning eng samarali vositasidir. Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik
natijadir.Amin bilan Qobil bobo orasidagi munosabat atroflicha tahlil qilinishi kerak. Arzga kelgan cholni ko‘riboq "og‘zini ochmay kekirgan, so‘ng baqbaqasini selkillatib kulgan", ho‘kizni atay sigir deb cholni masxaralagan, "yo‘qolmasdan oldin bormidi", "Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan- da!"- deya qariya ustidan ochiqchasiga kulgan, Qobil bobo oldida"chinchalog‘ini ikkinchi bug‘inigacha burniga" tiqqan, so‘ng o‘sha "chinchalog‘ini etigining tagiga art"gan, hech tortinmay bobodan pora ta'ma qilgan amin qiyofasidagi belgilarni butun dahshati, bor xunukligi, butun murakkabligi bilan his etgan kishigina Qobil bobo fojiasini chuqur anglaydi.O‘ylab ko‘rish zarur: amin hamisha ham o‘zini shunday tutarmikin? Aminning o‘z chirkin qiyofasini bu qadar yashirmayotganligiga sabab nimada? Ehtimol, jazosizlikdadir? Boboni amin odam o‘rnida ko‘rmaganligi uchun unga bir hayvon yanglig‘ munosabatda bo‘ladi. Qariyadan uyalishni ham lozim topmaydi. Uni uyalishga arzimaydi deb hisoblaydi. Shu bois chinchalog‘ini burniga tiqadi, qolog‘ini etigining tagiga artadi. Qanchalik befarosat va tarbiyasiz bo‘lmasin, amin boshqa kishining oldida shu jirkanch qiliqlarini qilmagan bo‘lardi. Qobil bobo oldida esa bemalol qilaverish mumkin. Chunki uningcha, bobo inson emas. Inson bo‘lmagan maxluqdan esa uyalib o‘tirilmaydi. Qadimgi Yunonistonda azamat va devqomat gladiatorlar bekalarini hammomga olib kirib yuvintirib qo‘yishgan. Sohibjamol bekalar qo‘llardan uyalishni xayollariga ham keltirmaganlar. Chunki uyalish insonga xos bo‘lganidek, faqat insondan uyalinadi! Qul esa odam emas! Aminning Qobil boboga munosabatida ana shu holat belgi beradi.Amin nechog‘lik yuzsiz bo‘lmasin unda baribir qandaydir o‘zbeklik unsurlari saqlanib qolgan. Qobil bobo ilojsizlikdan, hurligi kelganidan, masxara bo‘layotganidan alam qilib yog‘lasa,"yig‘lama" deya olmaydi, lekin "yog‘lamang" degisi ham kelmaydi. Shu bois "yig‘lanmasin" deya vaziyatdan chiqadi. Hikoyanavis timsollar tabiatidagi eng mayda holatlarni ham bexato ilg‘ay oladi va mahorat bilan aks ettira biladi. Ellikboshi Qobil boboga ta'sirini o‘tkazish, yolg‘oniga ishontirish uchun oldin unga sensirab gapiradi. Oladiganini olib bo‘lgach esa, doimgiday sizlab muomala qilaveradi. Epik asarlarning shu yusinda amalga oshirilgan tahlili uning zamiridagi hayotiy, badiiy mantiqni to‘laroq ochish va matnning estetik jozibasini tuyish imkonini beradi. Bu esa millatdoshlarimiz ma'naviyatini ezgu xislatlar bilan boyitishning eng samarali vositasidir. Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik
 
 
va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham o‘xshab ketadi. Ammo dramatik 
turdagi asarlar faqat o‘qish uchun emas, balki asosan ko‘rsatish, namoyish etish 
uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi,ya'ni 
yaratilayotgan vaqtidayoq asarning spektaklga aylanishi ko‘zda tutilishi joiz. 
Dramatik asarlar tahlili o‘zgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida so‘z va teatr 
san'atlarining omuxtasi bo‘lmish dramani o‘qish, idrok etish hamda tahlillash uchun 
muayyan darajada qushimcha zo‘riqish lozim bo‘ladi. Qahramonlar va ularning 
tuyg‘ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning xarakteristikasi bo‘lmagan sharoitda 
asar qahramonlari holati, ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan 
xulosalar chiqarish katta aqliy quvvat taqozo etadi. Drama asarlari tahlilida asosiy 
e'tiborni qahramonning sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik 
qahramon tabiati yuzasidan ularning o‘z so‘zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr 
yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam 
berolmaydi. Dramatik asarlarni to‘laqonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan 
ham xabardor bolish zarur. Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator 
qiyinchililarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarning o‘qilishi boshqa turdagi 
asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu 
xildagi tayyorgarlik yo‘qligi uchun ham kishilar ko‘pincha dramatic asarlarni 
o‘qimaydilar. Bordi-yu, sahna asari o‘qilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning 
zamiridagi badiiy ma'noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif 
mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi biror yo‘l bilan bayon qilinmaydi va 
asarda ro‘y berayotgan tuqnashuvlarni ma'naviy jihatdan baholash hamda undan 
estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, 
ma'naviy sifatlariga bog‘lik bo‘lib qoladi. Murakkablik yana shundaki, drama 
asarlarida voqea ham, tuyg‘u ham yetakchi bo‘lmaydi. Bu xil asarlarda xarakter 
asosiy o‘rin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo‘lishidan 
qat'i nazar dramatizmga - ruhiy xavotir shiddati tasviriga qo‘rilgan bo‘ladi. Dramatik 
asarda qahramon uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan qandaydir bir 
narsaning qo‘ldan berilishi yoki amalga oshmay qolishi xavfi tasvirlangan bo‘lishi 
kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chiqadi.Tahlilda ushbu nazariy talabga 
alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, muallif bayon qilishi ham, munosabat
va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham o‘xshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o‘qish uchun emas, balki asosan ko‘rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi,ya'ni yaratilayotgan vaqtidayoq asarning spektaklga aylanishi ko‘zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o‘zgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida so‘z va teatr san'atlarining omuxtasi bo‘lmish dramani o‘qish, idrok etish hamda tahlillash uchun muayyan darajada qushimcha zo‘riqish lozim bo‘ladi. Qahramonlar va ularning tuyg‘ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning xarakteristikasi bo‘lmagan sharoitda asar qahramonlari holati, ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chiqarish katta aqliy quvvat taqozo etadi. Drama asarlari tahlilida asosiy e'tiborni qahramonning sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati yuzasidan ularning o‘z so‘zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni to‘laqonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan ham xabardor bolish zarur. Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator qiyinchililarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarning o‘qilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik yo‘qligi uchun ham kishilar ko‘pincha dramatic asarlarni o‘qimaydilar. Bordi-yu, sahna asari o‘qilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma'noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi biror yo‘l bilan bayon qilinmaydi va asarda ro‘y berayotgan tuqnashuvlarni ma'naviy jihatdan baholash hamda undan estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma'naviy sifatlariga bog‘lik bo‘lib qoladi. Murakkablik yana shundaki, drama asarlarida voqea ham, tuyg‘u ham yetakchi bo‘lmaydi. Bu xil asarlarda xarakter asosiy o‘rin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo‘lishidan qat'i nazar dramatizmga - ruhiy xavotir shiddati tasviriga qo‘rilgan bo‘ladi. Dramatik asarda qahramon uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan qandaydir bir narsaning qo‘ldan berilishi yoki amalga oshmay qolishi xavfi tasvirlangan bo‘lishi kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chiqadi.Tahlilda ushbu nazariy talabga alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, muallif bayon qilishi ham, munosabat
 
 
bildirishga ham, tasvirlashga ham haqli bo‘lmagan ushbu adabiy turda nutq deyarli 
barcha vazifani o‘z zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialog 
tarzida sahnadosh sheriklarga murojaat qilishning, voqealar rivojining, xarakterlar 
ochilishining vositasi bo‘ladi. Shuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy 
quvvatga ega bo‘ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim. Dramatik 
nutqqa doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar ko‘tarinki, 
aytilishi jarangli, eshitilishi aniq bo‘lishi lozim. Chunki u sahnada qo‘yilishi 
zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaklarida o‘tirganlarga eshitilishi uchun 
shunday 
xususiyatlarga 
ega 
bo‘lishi 
joiz. 
Dunyodagi 
barcha 
dramatik 
qaqramonlarning bir qadar sun'iyroq tilda so‘zlashi va L.Tolstoy tomonidan tanqid 
qilinganligi sababi shunda. Drama qahramonlari quyuq tuyg‘ular, hissiyotlar bo‘roni 
og‘ushida yashaydilar,kuchli to‘qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va 
ta'sirchan tilda so‘zlashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan 
munosabat bildirishga moyil bo‘ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga 
olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning mag‘zini chaqa oladilar.Yana bir 
muhim jihat shundaki, dramatik asarni tahlil qilish boshqa-yu, shu asosda o‘ynalgan 
spektaklni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so‘z san'ati namunasi 
bo‘lmish drama spektaklga aylangan teatr san'ati namunasiga evriladi va o‘sha 
san'atning qoidalari muvofik yashay boshlaydi. Rejissura, dekoratsiya, aktyorlar 
mahorati drama muallifining badiiy maqsadini tamomila o‘zgartirib yuborishi 
mumkin. Chunonchi, B.Yuldoshev rejissyorligida quyilgan "Otello" spektaklida 
Afzal Rafikov o‘ynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaklning o‘zi yovuz 
ruhning iztiroblari va qiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro mobaynida 
drama matnidagi barcha nozikliklar yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lganidek, kuchli ijro 
tufayli o‘rta miyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot qoldirishi ham 
mumkin.Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini hisobga olgan holda ish 
yuritilsa, juda ta'sirchan tahlil qilishga erishiladi. Faqat, bizning nazarimizda, drama 
matni bilan tanishishdan oldin dramatik asarga xos sahna, parda, ko‘rinish, monolog, 
dialog, luqma, remarka, prolog, epilog singari sahnaviy tushunchalar tug‘risida to‘liq 
nazariy ma'lumotga ega bo‘lish kerak. Negaki, shu xildagi nazariy ma'lumotsiz sahna 
asarini tushunib ham, tahlil qilib ham bo‘lmaydi.Dramatik asarning yana bir o‘ziga 
xos jihati shundaki, drama badiiy hodisa hayot xodisasiga aylangan, kishining sezgi
bildirishga ham, tasvirlashga ham haqli bo‘lmagan ushbu adabiy turda nutq deyarli barcha vazifani o‘z zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialog tarzida sahnadosh sheriklarga murojaat qilishning, voqealar rivojining, xarakterlar ochilishining vositasi bo‘ladi. Shuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy quvvatga ega bo‘ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim. Dramatik nutqqa doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar ko‘tarinki, aytilishi jarangli, eshitilishi aniq bo‘lishi lozim. Chunki u sahnada qo‘yilishi zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaklarida o‘tirganlarga eshitilishi uchun shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi joiz. Dunyodagi barcha dramatik qaqramonlarning bir qadar sun'iyroq tilda so‘zlashi va L.Tolstoy tomonidan tanqid qilinganligi sababi shunda. Drama qahramonlari quyuq tuyg‘ular, hissiyotlar bo‘roni og‘ushida yashaydilar,kuchli to‘qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va ta'sirchan tilda so‘zlashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan munosabat bildirishga moyil bo‘ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning mag‘zini chaqa oladilar.Yana bir muhim jihat shundaki, dramatik asarni tahlil qilish boshqa-yu, shu asosda o‘ynalgan spektaklni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so‘z san'ati namunasi bo‘lmish drama spektaklga aylangan teatr san'ati namunasiga evriladi va o‘sha san'atning qoidalari muvofik yashay boshlaydi. Rejissura, dekoratsiya, aktyorlar mahorati drama muallifining badiiy maqsadini tamomila o‘zgartirib yuborishi mumkin. Chunonchi, B.Yuldoshev rejissyorligida quyilgan "Otello" spektaklida Afzal Rafikov o‘ynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaklning o‘zi yovuz ruhning iztiroblari va qiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro mobaynida drama matnidagi barcha nozikliklar yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lganidek, kuchli ijro tufayli o‘rta miyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot qoldirishi ham mumkin.Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini hisobga olgan holda ish yuritilsa, juda ta'sirchan tahlil qilishga erishiladi. Faqat, bizning nazarimizda, drama matni bilan tanishishdan oldin dramatik asarga xos sahna, parda, ko‘rinish, monolog, dialog, luqma, remarka, prolog, epilog singari sahnaviy tushunchalar tug‘risida to‘liq nazariy ma'lumotga ega bo‘lish kerak. Negaki, shu xildagi nazariy ma'lumotsiz sahna asarini tushunib ham, tahlil qilib ham bo‘lmaydi.Dramatik asarning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, drama badiiy hodisa hayot xodisasiga aylangan, kishining sezgi