FARG‘ONA TURISTIK MINTAQASI.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

25,6 KB


 
 
 
 
 
 
FARG‘ONA TURISTIK MINTAQASI. 
 
 
 
Reja 
1. Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.  
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari 
salohiyati.  
3. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 
 
1.Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi 
o‘rni. 
 
Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg’ona, 
Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon o’zoq tarixga ega 
hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan. 
Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon shahrida bir qancha arxitektura 
yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, 
Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir. 2700 yil yoshga kirgan Marg’ilon 
(2007y) X asrda o’zining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan. Marg’ilonning 
monumental 
yodgorliklaridan 
bezatilgan, 
masjid, 
minora, 
maqbara 
va 
kaptarxonadan iborat bo’lgan Kaptarlik kompozasiyasi (XVIII) hamda Shouda 
masjidini ke6ltirish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek turistik rayonda milliy 
hunarmandchilik taraqqiy etgan. Shu o’rinda Marg’ilon ipaklari, shoyilari va 
do’ppilari, Chust pichoqchiligi, charmdo’zligi, Rishton kulolchilik mahsilotlari 
hamda Andijon, Asaka, Pop, Qo’qon, Shahrixon kabi shaharlari ham ma’lum 
hunarmandchilik turlari bilan turistlarini jlb qilish imkoniyatiga ega. Yozyovon 
cho’llari noyob cho’l landshafti bo’lsa, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal’a ekoturistik 
FARG‘ONA TURISTIK MINTAQASI. Reja 1. Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. 2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. 3. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 1.Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg’ona, Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon o’zoq tarixga ega hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan. Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon shahrida bir qancha arxitektura yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir. 2700 yil yoshga kirgan Marg’ilon (2007y) X asrda o’zining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan. Marg’ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan, masjid, minora, maqbara va kaptarxonadan iborat bo’lgan Kaptarlik kompozasiyasi (XVIII) hamda Shouda masjidini ke6ltirish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek turistik rayonda milliy hunarmandchilik taraqqiy etgan. Shu o’rinda Marg’ilon ipaklari, shoyilari va do’ppilari, Chust pichoqchiligi, charmdo’zligi, Rishton kulolchilik mahsilotlari hamda Andijon, Asaka, Pop, Qo’qon, Shahrixon kabi shaharlari ham ma’lum hunarmandchilik turlari bilan turistlarini jlb qilish imkoniyatiga ega. Yozyovon cho’llari noyob cho’l landshafti bo’lsa, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal’a ekoturistik  
 
obidalar va rayon etnografiyasi, san’ati, madaniyati, urf-odatlari (tuylari, milliy 
uyinlar) hamda choyxonalari turistik qiziqishni orttiruvchi resurslardir. 
Turistik rayon tabiiy – rekreasiya resurslariga ham boydir. Hozirgi kunda 
mazkur turistik rayonda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik obyektlar hisobga olingan. 
Dam olish va davolanish maskanlariga Chortoq, Chimyon, Shohimardon, Vodil 
kabilarni misol keltirish mumkin. Undan tashqari Namangan viloyatidagi Chortoq, 
Gulshan dam olish va davolvnish sihatgohlari, Baliqko’l, Nanay, G’ova, Mavlono 
Lutfullo, Parda Tursun kabi dam olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon 
viloyatidagi Shirmonbuloq, Xonobod, Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba Ibn 
Muslim, Imom ota, Qambar ota va boshqa diniy ziyoratgohlar rayonni turistik 
resurslar salohiyatini belgilaydi. Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv manbalari 
mavjud. Misol uchun turli kasalliklar davolanayotgan Chortoq mineral suvi 1946 
yilda ochilgan. 
Hozirgi kunda rayonda mahalliy turizm ancha rivojlangan bo’lib, ammo chet el 
turistlarini jalb qilish nisbatan past darajada. Chunki, birinchidan, rayon turistik 
nuqtai nazardan yaxshi o’rganilmagan, ikkinchidan, turistik infratuzilma yuqori 
darajada takomillashmagan. Agarda yuqoridagi muammolar o’z yechimini topsa, 
mintaqa mamlakatimizning turistlarni qabul qiluvchi asosiy markazlariga aylanadi. 
 
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik 
resurslari salohiyati. 
 
Ahmad al-Farg`oniy majmuasi. Majmua mustaqillik davrida - 1998 yilda 
bunyod etilgan. Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Ahmad al-Farg`oniy 797 yili 
Farg`ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog`ida tug`ilgan. Xalifa Horun ar-
Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, o`g`li Ma’munning Marvdagi olimlari 
doirasiga kirgan. Ahmad al-Farg`oniy nihoyatda mashhur olim bo`lib, asarlarining 
tarjimasi bir necha asrlar davomida hatto Yevropa universitetlarida ham asosiy 
darslik sifatida qo`llanilgan. Manbalarda Ahmad al-Farg`oniy va uning 861 yilgi 
ixtirolari haqida ko`p gapiriladi. U ixtiro qilgan "Miqyos an-Nil " (Nil daryosi suvini 
o`lchash) hozirgi kunda ham Misrning Qohira shahrida saqlanib qolgan. Vafoti 
taxminan 865-866 yillar, deb qabul qilingan. 
obidalar va rayon etnografiyasi, san’ati, madaniyati, urf-odatlari (tuylari, milliy uyinlar) hamda choyxonalari turistik qiziqishni orttiruvchi resurslardir. Turistik rayon tabiiy – rekreasiya resurslariga ham boydir. Hozirgi kunda mazkur turistik rayonda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik obyektlar hisobga olingan. Dam olish va davolanish maskanlariga Chortoq, Chimyon, Shohimardon, Vodil kabilarni misol keltirish mumkin. Undan tashqari Namangan viloyatidagi Chortoq, Gulshan dam olish va davolvnish sihatgohlari, Baliqko’l, Nanay, G’ova, Mavlono Lutfullo, Parda Tursun kabi dam olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon viloyatidagi Shirmonbuloq, Xonobod, Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba Ibn Muslim, Imom ota, Qambar ota va boshqa diniy ziyoratgohlar rayonni turistik resurslar salohiyatini belgilaydi. Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv manbalari mavjud. Misol uchun turli kasalliklar davolanayotgan Chortoq mineral suvi 1946 yilda ochilgan. Hozirgi kunda rayonda mahalliy turizm ancha rivojlangan bo’lib, ammo chet el turistlarini jalb qilish nisbatan past darajada. Chunki, birinchidan, rayon turistik nuqtai nazardan yaxshi o’rganilmagan, ikkinchidan, turistik infratuzilma yuqori darajada takomillashmagan. Agarda yuqoridagi muammolar o’z yechimini topsa, mintaqa mamlakatimizning turistlarni qabul qiluvchi asosiy markazlariga aylanadi. 2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Ahmad al-Farg`oniy majmuasi. Majmua mustaqillik davrida - 1998 yilda bunyod etilgan. Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Ahmad al-Farg`oniy 797 yili Farg`ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog`ida tug`ilgan. Xalifa Horun ar- Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, o`g`li Ma’munning Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Ahmad al-Farg`oniy nihoyatda mashhur olim bo`lib, asarlarining tarjimasi bir necha asrlar davomida hatto Yevropa universitetlarida ham asosiy darslik sifatida qo`llanilgan. Manbalarda Ahmad al-Farg`oniy va uning 861 yilgi ixtirolari haqida ko`p gapiriladi. U ixtiro qilgan "Miqyos an-Nil " (Nil daryosi suvini o`lchash) hozirgi kunda ham Misrning Qohira shahrida saqlanib qolgan. Vafoti taxminan 865-866 yillar, deb qabul qilingan.  
 
Burxoniddin Marg`inoniy (ramziy) maqbarasi. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov sa’y-harakatlari bilan allomaning ramziy maqbarasi 2000 
yilda Rishton shahrida bunyod qilindi. Buyuk faqih Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr 
ibn Abduljalil al-Farg`oniy ar-Rishtoniy al-Marg`inoniy 1123 yilning 23 sentyabrida 
tug`ilgan. U Qur’on, hadis va fiqh ilmini benihoya chuqur va mukammal egallagani 
va bu sohada beqiyos durdonalar yaratgani tufayli "Burhon ad-din val-milla" (Din 
va ummatning hujjati) degan nom olgan. 1178 yili yozgan "Al-Hidoya" asari fiqh 
bo`yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida butun Islom olamida hanafiy 
mazhabining fiqh masalalaridagi asosiy qo`llanmasiga aylangan. 
Xo`ja Amin maqbarasi. XVIII asr. Xo`ja Amin maqbarasi XVIII asrning ikkinchi 
yarmida bunyod etilgan. Maqbarani bezashda XIV asr boshida o`rta osiyolik 
me’morlar foydalangan rang-barang sirkor qoplamadan siqib chiqargan o`yma sopol 
qo`llanshgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, XVI asrning oxirlarida SHayx 
Xovandi Tahur avlodlaridan bo`lgan Iminxo`ja Eshon Toshkentdan Namanganga 
kelib o`rnashib qoladi. Unga ixlos qiluvchi kishilar ko`payib ketadi. Iminxo`ja Eshon 
qaynotasidan meros qolgan boyliklar evaziga Ibrohimxo`ja xotiralari uchun 
taxminan XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida Ibrohimxo`ja qabrining oldi tarafiga 
maqbara bunyod etadi. Maqbara qurilishiga o`sha davrning mohir me’morlari jalb 
qilinib, u juda nozik did bilan qurilgan. 
Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) maqbarasi. XX asr boshi. Mullo Bozor Oxund 
(Mulla qirgiz) XVII asrning birinchi yarmida dunyoga kelgan. Ilmga tashnalik uni 
Turkistonning ilmu fan markazi bo`lmish Buxoroga olib kelgan. Uzoq yillar 
madrasada o`qish bilan birga donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta’lim 
olib, u zotdan irshod xatini - pirning yorlig`ini olgach, Buxorodan chiqib, O`rta va 
YAqin SHarq mamlakatlariga sayohat qilgan. Qashqarning Xo`tan, yorkent va 
boshqa shaharlarida bo`lgan. Mullo Bozor Oxund fiqh, hadis, faroiz, jo`g`rofiya, ilmi 
hisob, tarix, adabiyot, tasavvuf va boshqa ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim edi. 
 
Burxoniddin Marg`inoniy (ramziy) maqbarasi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sa’y-harakatlari bilan allomaning ramziy maqbarasi 2000 yilda Rishton shahrida bunyod qilindi. Buyuk faqih Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg`oniy ar-Rishtoniy al-Marg`inoniy 1123 yilning 23 sentyabrida tug`ilgan. U Qur’on, hadis va fiqh ilmini benihoya chuqur va mukammal egallagani va bu sohada beqiyos durdonalar yaratgani tufayli "Burhon ad-din val-milla" (Din va ummatning hujjati) degan nom olgan. 1178 yili yozgan "Al-Hidoya" asari fiqh bo`yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida butun Islom olamida hanafiy mazhabining fiqh masalalaridagi asosiy qo`llanmasiga aylangan. Xo`ja Amin maqbarasi. XVIII asr. Xo`ja Amin maqbarasi XVIII asrning ikkinchi yarmida bunyod etilgan. Maqbarani bezashda XIV asr boshida o`rta osiyolik me’morlar foydalangan rang-barang sirkor qoplamadan siqib chiqargan o`yma sopol qo`llanshgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, XVI asrning oxirlarida SHayx Xovandi Tahur avlodlaridan bo`lgan Iminxo`ja Eshon Toshkentdan Namanganga kelib o`rnashib qoladi. Unga ixlos qiluvchi kishilar ko`payib ketadi. Iminxo`ja Eshon qaynotasidan meros qolgan boyliklar evaziga Ibrohimxo`ja xotiralari uchun taxminan XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida Ibrohimxo`ja qabrining oldi tarafiga maqbara bunyod etadi. Maqbara qurilishiga o`sha davrning mohir me’morlari jalb qilinib, u juda nozik did bilan qurilgan. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) maqbarasi. XX asr boshi. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) XVII asrning birinchi yarmida dunyoga kelgan. Ilmga tashnalik uni Turkistonning ilmu fan markazi bo`lmish Buxoroga olib kelgan. Uzoq yillar madrasada o`qish bilan birga donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta’lim olib, u zotdan irshod xatini - pirning yorlig`ini olgach, Buxorodan chiqib, O`rta va YAqin SHarq mamlakatlariga sayohat qilgan. Qashqarning Xo`tan, yorkent va boshqa shaharlarida bo`lgan. Mullo Bozor Oxund fiqh, hadis, faroiz, jo`g`rofiya, ilmi hisob, tarix, adabiyot, tasavvuf va boshqa ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim edi.