FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
316,5 KB
FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI.
TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM
RЕJA:
1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti.
2. Til va nutqning farqli jihatlari.
3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen
strukturalizm maktablari.
1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti.
XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr
boshlandi. Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik
fransuz. Jeneva, Leypsig, Berlinda ta’lim oldi. 1878 yilda yigirma yasharlik F. De
Sossyur “Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining
tadqiqi” nomli ishi e’lon qilindi.1881 yilda Leypsigda doktorlik dis-yasini himoya
qildi. 1906 yildan Jenevada umumiy tilshunoslik kafedrasiga rahbarlik qildi va
tadqiqotlari asosida ma’ruzalar o‘qidi.
F. de Sossyurning fanda mashhur bo‘lgan eng yirik asari “Umumiy
tilshunoslik kursi” deb ataladi. Ushbu asarni Sossyur vafotidan keyin 1916 yilda
uning shogirdlari Sharl Balli va Albert Setselar o‘z konspektlari asosida chop
ettirishgan bo‘lib, 1931 yilda nemis tilida, 1933 yilda rus tilida nashr ettirildi.
Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda
keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til material emas, balki
formadir” degan fikri Praga, Kopengagen, Amerika struktural maktablarining
shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p
qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va
boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni
e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o‘rganishni,
bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi, nutq lingvistikasi esa
fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi kerak, deb hisoblaydi. U
nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan
foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va tashqi lingvistika
antinomiyalarini ilgari surdi.
2. Til va nutqning farqli jihatlari.
Til va nutq o`rtasidagi bog`liqlik, o`zaro aloqadorlik quyidagilardan ham
ma`lum bo`ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir
vaqtning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq
shu materialdan fikr shakllantirishdir. F.de Sossyur aytganidek, til bizga nutq
tushunarli bo`lishi uchun zarur bo`lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi,
shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlar tildan oldin keladi.
Har bir nutq faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til sestem
harakterga ega bo`lsa, nutq ham, tilo elementlari asosida namoyon bo`lgandan keyin,
sestem harakterga ega bo`ladi.
Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko`rsatadi. Til va nutq ham
ijtimoiy, ham individual. Tildagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo`ladi. Tildagi
ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo`lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir.
Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya`ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz
va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va muayyan
vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning – fikr
yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi.
Nutq – alohida shaxsga, individga bog`liq. Til esa alohida shaxsga, individga
bog`liq emas.
1. Tilshunoslik fanining haqiqiy ob’ekti – tildir. Tilni psixologiya, mantiq,
fiziologiya kabi fanlar nuqtai nazaridan emas, balki bevosita tilshunoslik fani asosida
o‘rganish kerak.
2. Til sistem tuzilishga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til belgilari, hodisalari
o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini belgilaydi va o‘zaro mantiqiy, zaruriy
aloqaga kirishib, bir butunlikni – til sistemasini hosil qiladi.
3. Til g‘oya, fikr, ma’no tashuvchi belgilar sistemasidir. Til belgisi 2 tomonga:
ifoda tomoni (ifodalovchi) va mazmun tomoni (ifodalanuvchi)ga ega shartli,
ixtiyoriy, birlikdir. Ular moddiy va ruhiy tomonlar, ya’ni tovush va ma’no birligidan
iborat bo‘lib, o‘zaro dialektik bog‘liqlikdabitta ijtimoiy vazifani bajaradi, fikr
almashuvni – kommunikativ jarayonni ta’minlaydi.
4. Sossyur tilni ichki va tashqi lingvistikaga ajratadi va ularni bir-biriga
qarama-qarshi qo‘yadi. Uning fikricha, ichki lingvistikatilning strukturasini, tashqi
lingvistika esa tilniu yashaydigan real shart-sharoit - jamiyat taraqqiyoti bilan
bog‘liq holda o‘rganishi kerakligini ta’kidlaydi. Aynan shu masalalar umumiy
tilshoslikning o‘rganish ob’ektihisoblanadi.
5. Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Uning
fikricha, til sistemasi va strukturasini o‘rganishda ayniqsa sinxron aspektning
ahamiyati katta, tilshunoslik fanining bosh vazifasi til hodisalarining bugungi
kundagi holatini o‘rganishdir va bu tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini
o‘rganishdan avval bo‘lishi kerak.
6. Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi.
1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa.
2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa.
3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik.
4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa.
5) Til - mohiyat, nutq – hodisa.
7. Sossyur til va nutq birliklariorasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va
sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir
paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish
qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni,
kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra
olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik
munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi:
kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi.
Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi
bo‘lsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy
munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.
Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir
bo‘lgan davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning
qarashlari va faoliyatlari tilshunoslik fanining keng miqyosda rivojlanishiga
sababbo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda ayniqsa tilning sistemaliligi, til va nutq dialektikasi,
tilning ijtimoiyligi g‘oyalarini ilgari surgan Sossyur ta’limotining ahamiyati beqiyos.
Sossyur ta’limoti tilshunoslikda nafaqat sotsiologik lingvistikaning yuzaga
kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural lingvistikaning vujudga
kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi.
Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari:
1. U tilning sistem xarakterga ega ekanligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi.
2. U tilda assotsiativ va sintagmatik munosabatlarni ajratib ko‘rsatatdi.
3. Sossyur til birligining ma’nodorligi va qimmati haqidagi ta’limotni yaratdi.
4. Sossyur nazariyasining eng muhim jihati shundaki, u ilk bor “Til va nutq”
dixotomiyasini bahs maydoniga tashladi.
5. U ichki (intralingvistika) va tashqi (ekstralingvistika) tushunchalarini farqladi.
Uning fikricha ichki lingvistikaning bitta o‘zi tilning ijtimoiy mohiyatini to‘liq
ochib bera olmaydi.
Ferdinand de Sossyur ta’limotining zaif tomonlari:
1. Sossyur lisoniy belgini ikki tomonlama psixik qurilma deb qaradi.
2. Sossyur tovushlar nutq elementlari, ular til elementlari emas degan g‘oya bilan
fonologiyani lingvistikadan chiqarib tashlash g‘oyasini ilgari surdi.
3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen
strukturalizm maktablari.
Struktural lingvistika va uning maktablari
Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning
1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi
sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika,
leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi
to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan
bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30-
yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya
olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash,
har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari
suradi.
Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari:
1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir belgi
mavjud strukturaning ichki munosabatidir
2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagi
paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish
shakllari hisoblanadi.
3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif
metodlari afzalroqdir.
4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi
o‘rinda turadi.
Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi:
1. Praga funksional lingvistika maktabi;
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi;
3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi.
Praga funksional lingvistika maktabi
Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926 yilda
Chexoslavakiyadagi Praga lingvistik to‘garagi tomonidan
tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib,
o‘z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan
“Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu
maktab XX asrning 30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-
yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 1953 yilda tashkiliy
jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari jahon lingvistikasiga katta
ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. Uning yetakchi
namoyondalari: chex tilshunosi Vil’yam Matezius (1882-1945), Garvard universiteti
professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi, slavyanist va fonolog
Nikolay Sergeevich Trubeskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar.
Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u
tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab
namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni
jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap
bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.
Xususan, o‘zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual
qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi.
Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy
elementlar grammatik ob’ekt va grammatik predikat bo‘lsa, unda dolzarb bo‘linishda
so‘zning o‘zak va yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual bo‘linishida ohang
(intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Til va nutqni
chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib keladi.
Amerika deskriptiv lingvistika maktabi
Ushbu
lingvistik
maktab
Amerikaning mashhur lingvisti va
antropologi Frans Boas (1858-1942)
ilmiy qarashlari asosida 1933-1957
yillarda
AQShda
vujudga
keldi.
F.Boas Amerika hindularining tasviriy grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarida
barcha tillarni tasvirlashning yagona tamoyilini inkor qilishga va aniq tilning o‘z
mantiqi asosida, tilning “ichidan” induksiya yo‘li bilan o‘rganishga chaqirgan edi.
F.Boasning ishini Eduard Sepir (1884-1939) hamda Leonard Blumfild (1887-1949)
davom ettirdilar. E.Sepir Kanada, Meksika va AQShdagi mahalliy aholilar tillari
bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, o‘zining asosiy “Til” (1921) asarida tilni insonning
aloqa quroli bo‘lgan aniq tillar ta’siri ostida bo‘lishini, insonlarning madaniyati
qanday bo‘lishi ham tillarga bog‘liq bo‘lishini ilgari surgan. Sepir tilshunoslikda
etnolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga asos soldi.
Sepirning izdoshi E.Sepir va
uning
izdoshlari
Benjamen
Uorf
(1897-1941), L.Blumfildlar dastlab
Sossyur
ta’limotidan
ilhomlangan
bo‘lsalar ham, keyinchalik chetga
chiqib ketdilar. Sossyurdan farq qilgan
holda Sepir tilda shaklni (formani)
ikkilamchi deb hisoblaydi. L.Blumfild
tilni
tasvirlashning
metodini
psixologiyadagi
bixeviorizm
(hatti-harakat
psixologiyasi) oqimiga mosladi. Shunga ko‘ra u so‘zlashish jarayoni qator fiziologik
stimullar va reaksiyalar – qabul qilish, eshitish, tinglab tushunish, bunda tashqi
ta’sirning o‘rni va ahamiyati kabilardan iborat bo‘ladi. Ularning fikricha, til – tashqi
va ichki aloqalarga ega bo‘lgan signallar (xabarlar) sistemasi, shunga ko‘ra til
metalingvistika va makrolingvistika qismlaridan iborat.
Metalingvistika
tilning
og‘zaki
faoliyati-tashqi
holatini
o‘rganib,
etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, mentalingvistika, paralingvistika
(til atrofidagi hodisalar, imo-ishoralar, intonatsiya va boshqalar) kabi fanlarni
birlashtiradi. Makrolingvistika ifodalar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, matn (nutq bo‘lagi)
bilanshug‘ullanadi. Matnbo‘laklari- fonema va morfemalar muayyan izchillik,
ketma-ketlikdagi til birliklaridir.
Aynan shu deskriptiv lingvistikani shakllantirdi. Deskriptiv lingvistika matnni
har tomonlama tasvirlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosida distrubitsiya
tushunchasi yotadi. Distrubitsiya muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan
yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga
nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir. Ushbu
qarashlar tilni sistema sifatida o‘rganish, til va nutqni farqlashga qaratilgan hozirgi
zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi.
Kopengagen strukturalizmi
Kopengagen strukturalizmi XX asrda - 30 yillarning boshlarida Daniyada
tashkil topdi. Tilshunoslikdagi bu yo`nalish glossematikadeb ham ataladi.
Kopengagen strukturalizmining asoschisi Lui Yelmslev (1899-1965) bo`lib,
o`zi yaratgan maktabga 1936 yilda glossematika nomini berdi. Bu bilan olim tilga,