FERENTS LIST IJODI. (1811-1886)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

28,5 KB


 
 
 
 
 
 
FERENTS LIST IJODI. (1811-1886) 
 
 1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. 
 2. F,Listning tarjimai holi . 
 3. F. List fortepiano musiqasining ahamiyati . 
 
1.F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Ferents List 
XIX asrning novatori, pianinochi va dirijer, venger xalqining g’ururi, muzika jamoat 
arbobidir. Ammo List ko’p umrini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi, uning taqdiri 
shuni taqozo etdi. Uning Frantsiya va Germaniya bo’lib o’tgan hayoti davomidagi 
ortirgan tajribasi unga musiqaning yangi ochilmagan qirralarini ochib berdi. Shu bilan 
birga List Frantsiya va Germaniya musiqa madaniyatiga ham o’z hissasini qo’shdi, 
desak mubolag’a bo’lmas. Ferents List 22-oktyabr 1811-yili Estergazi shaxridagi 
venger knyazlari oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan fortepiano chalishni mashq qila 
boshladi. Ferents List ijodining asosiy yo’nalishi fortepiano ijrochiligi va fortepiano 
uchun yaratilgan asarlardir. Zamonaviy ijrochilik va ijodiyotiga List o’zining 
fortepiano uchun yozilgan simfonik risolalari bilan yangilik olib kirdi. List o’zining 
fortepiano uchun yozilgan asarlarida fortepianoning barcha registrlaridan keng 
foydalangan. 20-30 yillarda pianinochilar orasida opera parafrazalaridan foydalanish 
udumga aylanib qoldi. List ham mana shu zamonaviy udumga asoslanib, Motsart, 
Veber, Guno, Vagner, Verdi operalari ohanglaridan foydalangan holda, fortepiano 
uchun kontsert fantaziyalarini yoza boshladi. List Sentning “Letuchiy gollandets”, 
Vagnerning “Trubadur”, “Aida “ operalaridan, Guno “Faust” operasidagi vals, 
Glinkaning “Ruslan va Lyudmila”sidan Chernomor marshi, Chaykovskiyning “ 
Evgeniy Onegin” operasidan polonezini fortepiano uchun qayta ishladi. Opera va 
simfonik muzikalaridan tashqari Listni organ musiqasi ham befarq qoldirmagan. 
Uning organ uchun 6 prelyudiya va fuga transkriptsiyalari bor. Listning vokal va 
fortepiano uchun yozilan asarlari ham bor. Shu bilan birga List fortepiano uchun 
FERENTS LIST IJODI. (1811-1886) 1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. 2. F,Listning tarjimai holi . 3. F. List fortepiano musiqasining ahamiyati . 1.F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Ferents List XIX asrning novatori, pianinochi va dirijer, venger xalqining g’ururi, muzika jamoat arbobidir. Ammo List ko’p umrini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi, uning taqdiri shuni taqozo etdi. Uning Frantsiya va Germaniya bo’lib o’tgan hayoti davomidagi ortirgan tajribasi unga musiqaning yangi ochilmagan qirralarini ochib berdi. Shu bilan birga List Frantsiya va Germaniya musiqa madaniyatiga ham o’z hissasini qo’shdi, desak mubolag’a bo’lmas. Ferents List 22-oktyabr 1811-yili Estergazi shaxridagi venger knyazlari oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan fortepiano chalishni mashq qila boshladi. Ferents List ijodining asosiy yo’nalishi fortepiano ijrochiligi va fortepiano uchun yaratilgan asarlardir. Zamonaviy ijrochilik va ijodiyotiga List o’zining fortepiano uchun yozilgan simfonik risolalari bilan yangilik olib kirdi. List o’zining fortepiano uchun yozilgan asarlarida fortepianoning barcha registrlaridan keng foydalangan. 20-30 yillarda pianinochilar orasida opera parafrazalaridan foydalanish udumga aylanib qoldi. List ham mana shu zamonaviy udumga asoslanib, Motsart, Veber, Guno, Vagner, Verdi operalari ohanglaridan foydalangan holda, fortepiano uchun kontsert fantaziyalarini yoza boshladi. List Sentning “Letuchiy gollandets”, Vagnerning “Trubadur”, “Aida “ operalaridan, Guno “Faust” operasidagi vals, Glinkaning “Ruslan va Lyudmila”sidan Chernomor marshi, Chaykovskiyning “ Evgeniy Onegin” operasidan polonezini fortepiano uchun qayta ishladi. Opera va simfonik muzikalaridan tashqari Listni organ musiqasi ham befarq qoldirmagan. Uning organ uchun 6 prelyudiya va fuga transkriptsiyalari bor. Listning vokal va fortepiano uchun yozilan asarlari ham bor. Shu bilan birga List fortepiano uchun  
 
etyudlar ham yaratgan. 1851-yilda nashrdan chiqqan “ yuqori ijrochilik etyudlari” juda 
katta omad olib keldi. “ Peyzaj” “Mazepa”, “Pervomu godu stranstviy” ,”Blujdayuhie 
ogni” kabi etyudlari bor.  
 
  
 2--: 
   Kompozitorning tarjimai holi. FERENTs LIST (1811-1886) Ferents List — 
buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojiga katta 
hissa qo’shgan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo’ldiki, u Vengriyani erta tark 
etdi va umrining ko’p yillarini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi. 
San’atkor List doimo o’zining venger ekanligini ta’kidlagan. U o’z xalqi, Vatani 
bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini qo’llab-quvvatlagan va 
rivojlantirishga harakat qilgan. Hayoti davomida List venger mavzusiga ko’p 
murojaat qilgan. U yaratgan asarlar: «Venger uslubidagi qaxramonlik marshi», 
«Vengriya» kantatasi, bir nechta «Venger milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari 
bilan bog’liq uchta simfonik poema, («Qaxramonlar xaqida girya», «Vengriya», 
«Gunnlar jangi»), xalq ohanglari qo’llanilgan erkin shaklli venger rapsodiyalari, 
Vengriya mashhur arboblarining (Sh. Petefi, M. Vereshmarti) musiqiy 
xarakteristikasidan iborat “Venger portretlari” fortepiano uchun mo’ljallangan 
qo’shiqlar turkumi. Venger mavzularini damli cholg’ular uchun maxsus yozilgan 
asarlarida xam eshitish mumkin: «Gran ibodati», «Muqaddas Elizaveta xaqida 
afsona», «Vengertoj kiyish marosimi messasi». va boshqalar. Listning Vengriya 
bilan bo’lgan aloqalari xaqida uning vengr lo’lilari musiqasi xaqidagi kitobida va 
uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasi birinchi prezidenti etib tayinlanishi 
(1875) guvohlik beradi. 
List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. U kompozitor sifatida 
turli g’oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va romantik estetikaning ta’sirini xam 
boshidan o’tkazgan edi. Listning o’zi xam ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama-
qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishida 
ko’rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalarni bajarishda reallikdan uzoqlashish 
namoyon bo’ladi. 
Listning dasturiylikka munosabati progressiv hodisa edi. 
etyudlar ham yaratgan. 1851-yilda nashrdan chiqqan “ yuqori ijrochilik etyudlari” juda katta omad olib keldi. “ Peyzaj” “Mazepa”, “Pervomu godu stranstviy” ,”Blujdayuhie ogni” kabi etyudlari bor. 2--: Kompozitorning tarjimai holi. FERENTs LIST (1811-1886) Ferents List — buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojiga katta hissa qo’shgan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo’ldiki, u Vengriyani erta tark etdi va umrining ko’p yillarini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi. San’atkor List doimo o’zining venger ekanligini ta’kidlagan. U o’z xalqi, Vatani bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini qo’llab-quvvatlagan va rivojlantirishga harakat qilgan. Hayoti davomida List venger mavzusiga ko’p murojaat qilgan. U yaratgan asarlar: «Venger uslubidagi qaxramonlik marshi», «Vengriya» kantatasi, bir nechta «Venger milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari bilan bog’liq uchta simfonik poema, («Qaxramonlar xaqida girya», «Vengriya», «Gunnlar jangi»), xalq ohanglari qo’llanilgan erkin shaklli venger rapsodiyalari, Vengriya mashhur arboblarining (Sh. Petefi, M. Vereshmarti) musiqiy xarakteristikasidan iborat “Venger portretlari” fortepiano uchun mo’ljallangan qo’shiqlar turkumi. Venger mavzularini damli cholg’ular uchun maxsus yozilgan asarlarida xam eshitish mumkin: «Gran ibodati», «Muqaddas Elizaveta xaqida afsona», «Vengertoj kiyish marosimi messasi». va boshqalar. Listning Vengriya bilan bo’lgan aloqalari xaqida uning vengr lo’lilari musiqasi xaqidagi kitobida va uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasi birinchi prezidenti etib tayinlanishi (1875) guvohlik beradi. List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. U kompozitor sifatida turli g’oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va romantik estetikaning ta’sirini xam boshidan o’tkazgan edi. Listning o’zi xam ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama- qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishida ko’rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalarni bajarishda reallikdan uzoqlashish namoyon bo’ladi. Listning dasturiylikka munosabati progressiv hodisa edi.  
 
Bastakor o’z san’ati bilan uni qadrlaydiganlarning tor doirasi bilan cheklanmay, 
tinglovchilarning keng ommasi biian so’zlashishni istardi. Chuqur fikrlar va 
tuyg’ularni gavdalanttrishga harakat qilib, u ko’pincha abstraktsiya, noaniq falsafa 
to’qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o’z asarlarining ta’sir 
doirasini cheklab qo’yardi. Lekin ularning eng yaxshilarida dasturning bunday 
umumiy noaniqligi va noravshanlik engib o’tilardi: List yaratgan musiqa namunalari 
aniq va tu-shunarli, mavzusi ta’sirli va ravshan, shakli aniq. Dasturiy an’analar 
Listning ko’plab transkriptsiyalarida ko’zga tashlanadi, negaki, ular opera va 
romanslarning aniq syujeti bilan bevosita bog’liq. Listning venger xalq xayoti 
manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari xam dasturiy hisoblanadi. 
Listning dasturiylik tamoyillari Berlioznikidan farq qiladi. Berlioz simfoniyasida 
syujet rivojini bayoniy uslubga bersa, Listni ko’proq asosiy poetik g’oyaning 
umumlashmasi qiziqtiradi. 
O’zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirgan 
holda bir vaqtning o’zida u garmoniya sohasida xam yangiliklar kiritadi. List 
«simfonik poema» janri va «monotematizm», deb ataluvchi musiqiy rifojlanish 
usullarining yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura 
sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki, List daho darajasidagi ijrochi 
bo’lgan va tarixda unga etadigani bo’lmagan. 
Ferents List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog’ida (Vengriya) dunyoga 
kelgan. Bolaligida lo’lilar ohanglari va venger deh-qonlarining quvnoq qo’shiqlariga 
maftun bo’lib qolgan. Listning otasi, graf Estergazining katta er-mulkida 
boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo’lgan va o’g’lining musiqaga qiziqishini 
rag’batlantirardi. Aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o’rgatgan. 9 yoshida 
Ferents qo’shni Shoprone shaharchasida o’zining birinchi kontsertini beradi. Tez 
orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi. Bolakayning ijro mahorati graf 
mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar Listning musiqiy 
ta’lim olishi uchun pul to’lash istagini bildirishdi. Ferentsni Venaga yuborishdi, u 
erda kompozitsiyani A. Saleridan va fortepianoni Evropaning yirik pedagogi K. 
Chernidan o’rgandi. 
 
Bastakor o’z san’ati bilan uni qadrlaydiganlarning tor doirasi bilan cheklanmay, tinglovchilarning keng ommasi biian so’zlashishni istardi. Chuqur fikrlar va tuyg’ularni gavdalanttrishga harakat qilib, u ko’pincha abstraktsiya, noaniq falsafa to’qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o’z asarlarining ta’sir doirasini cheklab qo’yardi. Lekin ularning eng yaxshilarida dasturning bunday umumiy noaniqligi va noravshanlik engib o’tilardi: List yaratgan musiqa namunalari aniq va tu-shunarli, mavzusi ta’sirli va ravshan, shakli aniq. Dasturiy an’analar Listning ko’plab transkriptsiyalarida ko’zga tashlanadi, negaki, ular opera va romanslarning aniq syujeti bilan bevosita bog’liq. Listning venger xalq xayoti manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari xam dasturiy hisoblanadi. Listning dasturiylik tamoyillari Berlioznikidan farq qiladi. Berlioz simfoniyasida syujet rivojini bayoniy uslubga bersa, Listni ko’proq asosiy poetik g’oyaning umumlashmasi qiziqtiradi. O’zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirgan holda bir vaqtning o’zida u garmoniya sohasida xam yangiliklar kiritadi. List «simfonik poema» janri va «monotematizm», deb ataluvchi musiqiy rifojlanish usullarining yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki, List daho darajasidagi ijrochi bo’lgan va tarixda unga etadigani bo’lmagan. Ferents List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog’ida (Vengriya) dunyoga kelgan. Bolaligida lo’lilar ohanglari va venger deh-qonlarining quvnoq qo’shiqlariga maftun bo’lib qolgan. Listning otasi, graf Estergazining katta er-mulkida boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo’lgan va o’g’lining musiqaga qiziqishini rag’batlantirardi. Aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o’rgatgan. 9 yoshida Ferents qo’shni Shoprone shaharchasida o’zining birinchi kontsertini beradi. Tez orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi. Bolakayning ijro mahorati graf mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar Listning musiqiy ta’lim olishi uchun pul to’lash istagini bildirishdi. Ferentsni Venaga yuborishdi, u erda kompozitsiyani A. Saleridan va fortepianoni Evropaning yirik pedagogi K. Chernidan o’rgandi.  
 
Listning Venadagi debyuti 1822-yil 1-dekabrda bo’lib o’tdi. Tanqidchilar 
hayratda qolishdi va shundan e’tiboran, List uchun shuhrat va to’la zallar 
ta’minlandi. U mashhur noshir A. Diabellidan vals mavzusiga variatsiyalar yozish 
taklifini oladi, shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iltimos bilan murojaat 
qilgan buyuk Betxoven va Shubert davrasiga qo’shilib qoldi. Shunga qaramay List 
(xorijlik sifatida) Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va o’z bilimini oshirish 
maqsadida to’lovli darslarga qatnadi. List musiqa nazariyasi bo’yicha Parijda italyan 
operasi kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan ta’lim 
oldi. 
Listning dastlabki kompozitorlik tajribalaridan biri 1825-yili Grand Operada 
qo’yilgan «Don Sancho yoki muxabbat qasri» operasi bo’ldi. Bu vaqtda u kontsertlar 
bilan Frantsiya va Angliyaga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Otasining o’limidan 
so’ng (1827) List dars bera boshladi. o’sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F. 
Shopen bilan tanishdi. Ularning san’ati Listga katta ta’sir ko’rsatdi: u Berliozning 
partiturasidagi milliy-mahalliy boylikni «fortepiano tiliga o’girish» xamda 
Shopenning mayin lirizmini o’zining jo’shqin temperamenti bilan qo’shib olib 
borishni uddalay olardi. List Shopenga bag’ishlangan ko’plab nozik va aniq tavsiflar 
va kuzatishlardan iborat bo’lgan kitob yozadi. 
1830-yil boshida italiyalik virtuoz skripkachi N. Paganini Listning eng yaxshi 
ko’rgan san’atkoriga aylandi. List o’sha darajada ajoyib fortepiano uslubini 
yaratishni maqsad qilib oldi va xatto, Paganining kontsert estradasida o’zini 
tutishidagi ayrim xususiyatlariga taqlid qilardi. Endi List virtuoz pianinochi sifatida 
raqobatchiga ega emasdi. 
List hissiyotli va jozibali odam bo’lgan. Uning xar bir kontserti xaqiqiy 
tomoshaga aylanardi. List butun Evropaning idealiga aylandi va kontsert safarlariga 
uch yil davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»ga 
hamroxlik qildi. 1834-yil List grafinya Mari d Agu (keyinchalik Daniel Stern 
taxallusi bilan yozuvchi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi. 
Ularning turmushida uch farzand — o’g’il va ikki qiz tug’ildi. Farzandlarining 
kichigi Kozima buyuk pianist va dirijyor G. Fon Bulovga turmushga chiqqan, keyin 
esa R. Vagnerning rafiqasi bo’lgan. 
 
Listning Venadagi debyuti 1822-yil 1-dekabrda bo’lib o’tdi. Tanqidchilar hayratda qolishdi va shundan e’tiboran, List uchun shuhrat va to’la zallar ta’minlandi. U mashhur noshir A. Diabellidan vals mavzusiga variatsiyalar yozish taklifini oladi, shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iltimos bilan murojaat qilgan buyuk Betxoven va Shubert davrasiga qo’shilib qoldi. Shunga qaramay List (xorijlik sifatida) Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va o’z bilimini oshirish maqsadida to’lovli darslarga qatnadi. List musiqa nazariyasi bo’yicha Parijda italyan operasi kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan ta’lim oldi. Listning dastlabki kompozitorlik tajribalaridan biri 1825-yili Grand Operada qo’yilgan «Don Sancho yoki muxabbat qasri» operasi bo’ldi. Bu vaqtda u kontsertlar bilan Frantsiya va Angliyaga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Otasining o’limidan so’ng (1827) List dars bera boshladi. o’sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F. Shopen bilan tanishdi. Ularning san’ati Listga katta ta’sir ko’rsatdi: u Berliozning partiturasidagi milliy-mahalliy boylikni «fortepiano tiliga o’girish» xamda Shopenning mayin lirizmini o’zining jo’shqin temperamenti bilan qo’shib olib borishni uddalay olardi. List Shopenga bag’ishlangan ko’plab nozik va aniq tavsiflar va kuzatishlardan iborat bo’lgan kitob yozadi. 1830-yil boshida italiyalik virtuoz skripkachi N. Paganini Listning eng yaxshi ko’rgan san’atkoriga aylandi. List o’sha darajada ajoyib fortepiano uslubini yaratishni maqsad qilib oldi va xatto, Paganining kontsert estradasida o’zini tutishidagi ayrim xususiyatlariga taqlid qilardi. Endi List virtuoz pianinochi sifatida raqobatchiga ega emasdi. List hissiyotli va jozibali odam bo’lgan. Uning xar bir kontserti xaqiqiy tomoshaga aylanardi. List butun Evropaning idealiga aylandi va kontsert safarlariga uch yil davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»ga hamroxlik qildi. 1834-yil List grafinya Mari d Agu (keyinchalik Daniel Stern taxallusi bilan yozuvchi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi. Ularning turmushida uch farzand — o’g’il va ikki qiz tug’ildi. Farzandlarining kichigi Kozima buyuk pianist va dirijyor G. Fon Bulovga turmushga chiqqan, keyin esa R. Vagnerning rafiqasi bo’lgan.  
 
1835-yildan 1839-yilgacha List Mari d Agu bilan Shveytsariyadan Italiyagacha 
katta sayohatni amalga oshirgan. o’zining Shveytsariya xaqidagi taassurotlarini List 
«Sayohatchi albomi» ( 1835—1836) nomi bilan fortepiano asarlari turkumida 
gavdalantirgan. Bu turkum to’rt bo’limdan iborat. Birinchi qism — «Taassurot va 
poetik kechinmalar» ettita p’esadan tashkil topgan: «Lion», «Buloqda», 
«Vallenshtadt ko’lida», «Jeneva qo’ng’iroqlari»; «Oberman vodiysi», «Vilgelm 
Tellning butxonasi», «Psalom». «Sayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi «Alp 
yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism — «Parafrazalar». 
1837-yilning may oyida List Mari d Agu bilan Italiyaga jo’nadi. Uyg’onish davri 
italyan san’ati yodgorliklari ta’siri ostida List tomonidan keyinchalik «Sayohatning 
ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» (Rafael surati 
bo’yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo’yicha); uchta «Petrarka soneti», 
«Danteni o’qigach».sonata-fantaziyasi va xokazo. 
 
Serunum kontsert faoliyati 1839—1847-yillar qayd etilgan. List Avstriya, 
Belgiya, Angliya, Frantsiya, Vengriya, Shotlandiya, Rossiyada chiqish qildi va 
1849-yilda kontsertlar turkumini berdi. Undan tushgan mablag’ni Bonn shahridagi 
Betxoven yodgorligini barpo etish uchun sarflandi. Mazkur kontsertlarda List 
tomonidan ijro etilgan asarlar ko’lami cheksiz: shaxsiy transkriptsiyadagi turli opera 
uvertyuralari, «Don Juan», «Figaroning uylanishi», «Iblis Robert», «Gugenotalar», 
«Norma» operalari mavzulariga parafrazlar, Betxovenning Beshinchi, Ettinchi 
simfoniyalari, Paganini kaprizlari, Bax, Betxoven, Shopen, Shubert, Shumanlar 
asarlari va ko’plab shaxsiy asarlar (Vengr rapsodiyalari, «Petrarka sonetlari» va 
boshqalar). 
1842-yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843-yil mayda esa Peterburg va 
Moskvada. 1847-yil List Ukrainada (Kiev, Odessa), Moldaviyada, Qora dengizdan 
Turkiyaga o’tib, Konstantinopolda kontsert berdi, keyin esa Ukrainaga qaytdi, bu 
erdagi Elizavetgrad shahrida pianist-virtuozning sayohatlari davri yakuniga etdi. 
1839-yil Mari d Agu bilan ajrashgach, List polyak pomeshigining qizi Karolina 
Vitgenshteyn bilan uchrashadi. 1848-yilning boshida List Karolina Vitgenshteyn 
bilan birgalikda Germaniyaga, Veymar shahriga kelib joylashadi. 
1835-yildan 1839-yilgacha List Mari d Agu bilan Shveytsariyadan Italiyagacha katta sayohatni amalga oshirgan. o’zining Shveytsariya xaqidagi taassurotlarini List «Sayohatchi albomi» ( 1835—1836) nomi bilan fortepiano asarlari turkumida gavdalantirgan. Bu turkum to’rt bo’limdan iborat. Birinchi qism — «Taassurot va poetik kechinmalar» ettita p’esadan tashkil topgan: «Lion», «Buloqda», «Vallenshtadt ko’lida», «Jeneva qo’ng’iroqlari»; «Oberman vodiysi», «Vilgelm Tellning butxonasi», «Psalom». «Sayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi «Alp yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism — «Parafrazalar». 1837-yilning may oyida List Mari d Agu bilan Italiyaga jo’nadi. Uyg’onish davri italyan san’ati yodgorliklari ta’siri ostida List tomonidan keyinchalik «Sayohatning ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» (Rafael surati bo’yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo’yicha); uchta «Petrarka soneti», «Danteni o’qigach».sonata-fantaziyasi va xokazo. Serunum kontsert faoliyati 1839—1847-yillar qayd etilgan. List Avstriya, Belgiya, Angliya, Frantsiya, Vengriya, Shotlandiya, Rossiyada chiqish qildi va 1849-yilda kontsertlar turkumini berdi. Undan tushgan mablag’ni Bonn shahridagi Betxoven yodgorligini barpo etish uchun sarflandi. Mazkur kontsertlarda List tomonidan ijro etilgan asarlar ko’lami cheksiz: shaxsiy transkriptsiyadagi turli opera uvertyuralari, «Don Juan», «Figaroning uylanishi», «Iblis Robert», «Gugenotalar», «Norma» operalari mavzulariga parafrazlar, Betxovenning Beshinchi, Ettinchi simfoniyalari, Paganini kaprizlari, Bax, Betxoven, Shopen, Shubert, Shumanlar asarlari va ko’plab shaxsiy asarlar (Vengr rapsodiyalari, «Petrarka sonetlari» va boshqalar). 1842-yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843-yil mayda esa Peterburg va Moskvada. 1847-yil List Ukrainada (Kiev, Odessa), Moldaviyada, Qora dengizdan Turkiyaga o’tib, Konstantinopolda kontsert berdi, keyin esa Ukrainaga qaytdi, bu erdagi Elizavetgrad shahrida pianist-virtuozning sayohatlari davri yakuniga etdi. 1839-yil Mari d Agu bilan ajrashgach, List polyak pomeshigining qizi Karolina Vitgenshteyn bilan uchrashadi. 1848-yilning boshida List Karolina Vitgenshteyn bilan birgalikda Germaniyaga, Veymar shahriga kelib joylashadi.  
 
Kichik nemis shaharchasi Veymar bir vaqtlar gullab-yashnagan madaniy markaz 
bo’lgan va List unga san’at poytaxti sharafini qaytarishni orzu qilgan. List Veymar 
opera teatri dirijyori etib tayinlandi. Opera teatriga o’n yillik rahbarligi davrida List 
turli bastakorlarning operalarini ko’plab sahnalashtirish ishlarini amalga oshirdi: 
Glyukning «Orfey», «Altsesta», «Armida», Meyerberning «Gugenotlar»i, 
Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va «Sexrli nay»i, Rossinining 
«Vilgelm Tell» va «Otello»si, Veberning «Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda 
List o’z zamondoshlari operasini targ’ib etar edi: 1852-yili u Berliozning 
«Benvenutto Chellini», 1855-yili esa Shumanning «Genoveva» operalarini qo’ydi. 
Vagnerning «Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik» (1853) 
operalari qo’yildi. 
List Frantsiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir paytda bu 
bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan Berliozning asarlari ijro 
etildi («Fantastik simfoniya», «Garold Italiyada», «Romeo va Juletta», «Faustni 
qoralash», «Rim kamavali»). 1856-yilda Motsart tavalludining 100 yilligi 
munosabati bilan List Venada dirijyorlik qildi. 
Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so’z bilan faol targ’ib qilishida 
namoyon bo’ldi. U Berliozning «Garold Italiyada»si, Vagnerning «Tangeyzer», 
«Uchar gollandiyalik», «Loengrin» operalariga bag’ishlangan maqolalari katta 
tadqiqot bo’lib, ularda sanab o’tilgan bastakorlar ijodi va ularning asarlari tahlili 
berilgan. Veymarda Listning ikki kitobi yozilgan: «Shopen» (1849) va.«Vengr 
lo’lilari» musiqasi xaqida (1854). 
Veymar davrida List pedagoglik faoliyati bilan faol shug’ullangan. Ommaviy 
chiqishlardan voz kechgach, List o’zini yosh musiqachilarni tarbiyalashga 
bag’ishladi. List o’quvchilari qatorida etuk pianinochi va dirijyor Gans Bulov, 
pianinochi Karl Tauzig, bastakorlar Petr Komelius va Ioaksim Rafflar bo’lgan. 
Butun umri davomida List 337-nafar o’quvchini tarbiyalagan. Ular orasida rossiyalik 
o’quvchilar xam bo’lgan (Aleksandr Ziloti, Vera Timanova). 
1854-yili List Veymarda «Yangi Veymar uyushmasi»ni tuzdi, 1861-yili 
«Umumnemis musiqa uyushmasi»ga asos soldi. Ularning vazifasi yangi, ilg’or 
musiqa san’ati g’oyasini yoyish va buyuk bastakorlar — eskilari va 
zamonaviylarining ijodini targ’ib etish bo’ldi. Veymarda List chex musiqasining 
Kichik nemis shaharchasi Veymar bir vaqtlar gullab-yashnagan madaniy markaz bo’lgan va List unga san’at poytaxti sharafini qaytarishni orzu qilgan. List Veymar opera teatri dirijyori etib tayinlandi. Opera teatriga o’n yillik rahbarligi davrida List turli bastakorlarning operalarini ko’plab sahnalashtirish ishlarini amalga oshirdi: Glyukning «Orfey», «Altsesta», «Armida», Meyerberning «Gugenotlar»i, Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va «Sexrli nay»i, Rossinining «Vilgelm Tell» va «Otello»si, Veberning «Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda List o’z zamondoshlari operasini targ’ib etar edi: 1852-yili u Berliozning «Benvenutto Chellini», 1855-yili esa Shumanning «Genoveva» operalarini qo’ydi. Vagnerning «Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik» (1853) operalari qo’yildi. List Frantsiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir paytda bu bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan Berliozning asarlari ijro etildi («Fantastik simfoniya», «Garold Italiyada», «Romeo va Juletta», «Faustni qoralash», «Rim kamavali»). 1856-yilda Motsart tavalludining 100 yilligi munosabati bilan List Venada dirijyorlik qildi. Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so’z bilan faol targ’ib qilishida namoyon bo’ldi. U Berliozning «Garold Italiyada»si, Vagnerning «Tangeyzer», «Uchar gollandiyalik», «Loengrin» operalariga bag’ishlangan maqolalari katta tadqiqot bo’lib, ularda sanab o’tilgan bastakorlar ijodi va ularning asarlari tahlili berilgan. Veymarda Listning ikki kitobi yozilgan: «Shopen» (1849) va.«Vengr lo’lilari» musiqasi xaqida (1854). Veymar davrida List pedagoglik faoliyati bilan faol shug’ullangan. Ommaviy chiqishlardan voz kechgach, List o’zini yosh musiqachilarni tarbiyalashga bag’ishladi. List o’quvchilari qatorida etuk pianinochi va dirijyor Gans Bulov, pianinochi Karl Tauzig, bastakorlar Petr Komelius va Ioaksim Rafflar bo’lgan. Butun umri davomida List 337-nafar o’quvchini tarbiyalagan. Ular orasida rossiyalik o’quvchilar xam bo’lgan (Aleksandr Ziloti, Vera Timanova). 1854-yili List Veymarda «Yangi Veymar uyushmasi»ni tuzdi, 1861-yili «Umumnemis musiqa uyushmasi»ga asos soldi. Ularning vazifasi yangi, ilg’or musiqa san’ati g’oyasini yoyish va buyuk bastakorlar — eskilari va zamonaviylarining ijodini targ’ib etish bo’ldi. Veymarda List chex musiqasining  
 
buyuk klassigi Bedrjix Smetana, Ioganns Brams, vengr skripkachisi Edde Remini, 
rus bastakorlari A.N. Serov, A.G. Rubinshteyn va boshqalar bilan uchrashadi. 
Veymar davrida 12 ta simfonik poema (13 tasidan), 15 ta vengr rapsodiya (19 
tasidan), fortepiano kontsertlarining yangi tahriri, «Oliy mahorat etyudlari» va 
«Paganini kaprizlari bo’yicha etyudlar» yozildi. h-moll sonatasi xam shu davrda ijod 
qilingan. 
Listning 12 ta simfonik poemasi dasturiy musiqaning go’zal namunalaridandir. 
Unda musiqiy obrazlar va ularning tadriji poetik xamda ma’naviy-falsafiy g’oyalar 
bilan bog’lanib ketgan. List bir qismli shaklda yozilgan yirik dasturiy asar bo’lgan 
yangi romantik janr — «simfonik poema» yaratuvchisi bo’ldi. Simfonik poemalarda 
List tomonidan gavdalantirilgan obrazlar doirasi juda kengdir. Viktor Gyugoning 
she’rlariga yozilgan «Tog’da eshitganlarim» simfonik poemasida tabiatning 
ulug’vorligi, insoniy iztiroblar va kechinmalarga zid qo’yishdek romantik g’oyalarni 
mujassamlashtiradi. 
Gyotening yuz yillik yubileyiga yozilgan «Tasso» simfonik poemasida 
Tassoning hayotligidagi iztiroblari va uning vafotidan so’ng ulug’ iste’dodining 
zafarli tantanasi tasvirlanadi. «Orfey» (1854) simfonik poemasi Glyukning 
Veymardagi «Orfey» operasi postonovkasiga uvertyura sifatida yozilgan. Mazkur 
simfonik poemada List san’at ramziga aylangan frakiyalik xonanda Orfey xaqidagi 
mashhur qadimgi yunon afsonasini gavdalantirdi. «Prometey» (1850) simfonik 
poemasi dastlab Garderning «Prometeyning ozod etilishi» dramasi postanovkasiga 
uvertyura edi. Bu asar xudolardan olovni o’g’irlab, odamlarga tuhfa etgan yunon 
afsonasi qahramoni Prometeyning azamat obrazi bilan uyg’un. «Prelyudlar» 
simfonik poemasi avval Lamartin she’ri asosida yaratilgan bo’lib, Jozef Otranning 
matni asosidagi to’rt erkaklar xoriga kirish tarzida yaratilgan edi. Keyinroq uni qayta 
ishlash asnosida mustaqil simfonik poemaga aylantirish jarayonida List 
Lamartinning «Poetik mushohadalar» she’rini tanlaydi va uning matni musiqaga 
ko’proq mos kelishini anglab etadi. 
Listning boshqa simfonik poemalarini sanab o’tamiz: «Mazepa» (1851, Viktor 
Gyugo bo’yicha), «Bayram jarangi» (1853), «Qaxramon xaqida yig’i-yo’qlov» 
(1850—1854), «Vengriya» (1854), «Gamlet» (1858, Shekspir tragediyasi bo’yicha), 
buyuk klassigi Bedrjix Smetana, Ioganns Brams, vengr skripkachisi Edde Remini, rus bastakorlari A.N. Serov, A.G. Rubinshteyn va boshqalar bilan uchrashadi. Veymar davrida 12 ta simfonik poema (13 tasidan), 15 ta vengr rapsodiya (19 tasidan), fortepiano kontsertlarining yangi tahriri, «Oliy mahorat etyudlari» va «Paganini kaprizlari bo’yicha etyudlar» yozildi. h-moll sonatasi xam shu davrda ijod qilingan. Listning 12 ta simfonik poemasi dasturiy musiqaning go’zal namunalaridandir. Unda musiqiy obrazlar va ularning tadriji poetik xamda ma’naviy-falsafiy g’oyalar bilan bog’lanib ketgan. List bir qismli shaklda yozilgan yirik dasturiy asar bo’lgan yangi romantik janr — «simfonik poema» yaratuvchisi bo’ldi. Simfonik poemalarda List tomonidan gavdalantirilgan obrazlar doirasi juda kengdir. Viktor Gyugoning she’rlariga yozilgan «Tog’da eshitganlarim» simfonik poemasida tabiatning ulug’vorligi, insoniy iztiroblar va kechinmalarga zid qo’yishdek romantik g’oyalarni mujassamlashtiradi. Gyotening yuz yillik yubileyiga yozilgan «Tasso» simfonik poemasida Tassoning hayotligidagi iztiroblari va uning vafotidan so’ng ulug’ iste’dodining zafarli tantanasi tasvirlanadi. «Orfey» (1854) simfonik poemasi Glyukning Veymardagi «Orfey» operasi postonovkasiga uvertyura sifatida yozilgan. Mazkur simfonik poemada List san’at ramziga aylangan frakiyalik xonanda Orfey xaqidagi mashhur qadimgi yunon afsonasini gavdalantirdi. «Prometey» (1850) simfonik poemasi dastlab Garderning «Prometeyning ozod etilishi» dramasi postanovkasiga uvertyura edi. Bu asar xudolardan olovni o’g’irlab, odamlarga tuhfa etgan yunon afsonasi qahramoni Prometeyning azamat obrazi bilan uyg’un. «Prelyudlar» simfonik poemasi avval Lamartin she’ri asosida yaratilgan bo’lib, Jozef Otranning matni asosidagi to’rt erkaklar xoriga kirish tarzida yaratilgan edi. Keyinroq uni qayta ishlash asnosida mustaqil simfonik poemaga aylantirish jarayonida List Lamartinning «Poetik mushohadalar» she’rini tanlaydi va uning matni musiqaga ko’proq mos kelishini anglab etadi. Listning boshqa simfonik poemalarini sanab o’tamiz: «Mazepa» (1851, Viktor Gyugo bo’yicha), «Bayram jarangi» (1853), «Qaxramon xaqida yig’i-yo’qlov» (1850—1854), «Vengriya» (1854), «Gamlet» (1858, Shekspir tragediyasi bo’yicha),  
 
«Gunnlar jangi» (1857, nemis rassomi Vilgelm Kaulbax freskasi bo’yicha), 
«Ideallar» (1857, Shiller bo’yicha). 
Veymar davrida ikki dasturiy simfoniya yozilgan: 1854-yilda «Faust» 
simfoniyasi, u uch qismdan iborat: «Faust», «Gretxen», «Mefistofel». 1857-yilda 
Dantening «Ilohiy komediya»si bo’yicha ikki qismdan iborat simfoniya yozilgan: 
«Do’zax» va «Arosat». Shuningdek, Lenauning «Faustdan ikki epizod», «Tungi 
namoyish» va «Mefisto-vals» (1860) yozilgan. 
Rim va ikkinchi Veymar davri 1861-yilda List knyaginya Vitgenshteyn bilan 
nikohini ilojsiz qilib qo’yayotgan bir qator siyosiy va diniy xarakterdagi g’ovlarni 
bartaraf etishga umid qilib, Rimga otlandi. Rim katolik cherkovi ularning ittifoqiga 
fotiha berishdan bosh tortgach, g’ayratli musiqachi charchagan va hayotdan hafsalasi 
pir bo’lgan holda tarki dunyo qildi. 1865-yil List abbatlik darajasini qabul qildi va 
bir necha yirik diniy asarlar yozdi: «Muqaddas Elizaveta» (1862), «Xristos» (1866) 
oratoriyalari, «Vengr tojlanish messasi» (1867). 
Rim davrida List dunyoviy yo’nalishda xam musiqa yozgan: «O’rmon shovqini» 
va «Gnomlar yurishi» mashhur fortepiano etyudlari (1862), «Ispan rapsodiyasi» 
(1863), Betxoven, Verdi va Vagner asarlari transkriptsiyalari. 
1869-yili List Veymarga qaytdi, bastakor ijodining so’nggi davri boshlandi. Bu 
davrda List Vena, Parij, Budapeshtga borib turar edi. Vatani, Budapeshtda u milliy 
musiqa akademiyasining birinchi prezidenti va o’qituvchisi etib tayinlangan (1875). 
Veymarda Listning oldiga ko’psonli o’quvchilar kelishar edi: A. Ziloti, Sofya 
Metner, Vera Timanova. Listning huzurida A. P. Borodin bir necha marta bo’lgan. 
List tashabbusi bilan A. P. Borodinning simfoniyasi ilk ijrosi Baden-Badenda 
uyushtirildi (1880). 
List rus bastakorlarini yaxshi ko’rar va ularning asarlariga ko’plab 
transkriptsiyalar yozgan edi: «Ruslan va Lyudmila” operasidan Chernomor marshi, 
Chaykovskiyning 
«Evgeniy 
Onegin» 
operasi, 
Alyab’evning 
«Bulbul», 
Rubinshteynning «Azra»sidan polonezlar. List tomonidan Aleksey Tolstoyning 
«So’qir mashshoq»i matniga melodeklamatsiya yozilgan. 
Xayotining so’nggi yillarida List «Sayoxatlarning uchinchi yili»ni yozdi. Unda 
bastakorning Rim taassurotlari aks etgan («d Este villasi sarvlari», «d Este villasi 
favvoralari»). So’nggi davrda List ijodi qarama-qarshiliklarda o’tdi: diniy 
«Gunnlar jangi» (1857, nemis rassomi Vilgelm Kaulbax freskasi bo’yicha), «Ideallar» (1857, Shiller bo’yicha). Veymar davrida ikki dasturiy simfoniya yozilgan: 1854-yilda «Faust» simfoniyasi, u uch qismdan iborat: «Faust», «Gretxen», «Mefistofel». 1857-yilda Dantening «Ilohiy komediya»si bo’yicha ikki qismdan iborat simfoniya yozilgan: «Do’zax» va «Arosat». Shuningdek, Lenauning «Faustdan ikki epizod», «Tungi namoyish» va «Mefisto-vals» (1860) yozilgan. Rim va ikkinchi Veymar davri 1861-yilda List knyaginya Vitgenshteyn bilan nikohini ilojsiz qilib qo’yayotgan bir qator siyosiy va diniy xarakterdagi g’ovlarni bartaraf etishga umid qilib, Rimga otlandi. Rim katolik cherkovi ularning ittifoqiga fotiha berishdan bosh tortgach, g’ayratli musiqachi charchagan va hayotdan hafsalasi pir bo’lgan holda tarki dunyo qildi. 1865-yil List abbatlik darajasini qabul qildi va bir necha yirik diniy asarlar yozdi: «Muqaddas Elizaveta» (1862), «Xristos» (1866) oratoriyalari, «Vengr tojlanish messasi» (1867). Rim davrida List dunyoviy yo’nalishda xam musiqa yozgan: «O’rmon shovqini» va «Gnomlar yurishi» mashhur fortepiano etyudlari (1862), «Ispan rapsodiyasi» (1863), Betxoven, Verdi va Vagner asarlari transkriptsiyalari. 1869-yili List Veymarga qaytdi, bastakor ijodining so’nggi davri boshlandi. Bu davrda List Vena, Parij, Budapeshtga borib turar edi. Vatani, Budapeshtda u milliy musiqa akademiyasining birinchi prezidenti va o’qituvchisi etib tayinlangan (1875). Veymarda Listning oldiga ko’psonli o’quvchilar kelishar edi: A. Ziloti, Sofya Metner, Vera Timanova. Listning huzurida A. P. Borodin bir necha marta bo’lgan. List tashabbusi bilan A. P. Borodinning simfoniyasi ilk ijrosi Baden-Badenda uyushtirildi (1880). List rus bastakorlarini yaxshi ko’rar va ularning asarlariga ko’plab transkriptsiyalar yozgan edi: «Ruslan va Lyudmila” operasidan Chernomor marshi, Chaykovskiyning «Evgeniy Onegin» operasi, Alyab’evning «Bulbul», Rubinshteynning «Azra»sidan polonezlar. List tomonidan Aleksey Tolstoyning «So’qir mashshoq»i matniga melodeklamatsiya yozilgan. Xayotining so’nggi yillarida List «Sayoxatlarning uchinchi yili»ni yozdi. Unda bastakorning Rim taassurotlari aks etgan («d Este villasi sarvlari», «d Este villasi favvoralari»). So’nggi davrda List ijodi qarama-qarshiliklarda o’tdi: diniy  
 
mushohada unsurlariga ega bo’lgan musiqiy asarlar bilan birgalikda, musiqiy 
impressionizm manbalarini ochib beruvchi asarlar xam uchraydi («Qo’ng’ir 
bulutlar» (1881), «Motam qayig’i» (1882). Ana shu davrda bir vaqtning o’zida List 
maishiy raqs janri bilan bog’liq yorqin asarlarni yozdi: uchta «Yoddan chiqqan vals» 
(1881 —1883) , ikkinchi va uchinchi «Mefisto-vals» (1880 1883), «Me-litsio polka» 
(1883), so’nggi venger rapsodiyalari (16—19). So’nggi yillarda List ommaviy 
chiqishlari qayta boshladi. Vagner vafotidan so’ng 1883-yili List Veymarda xotira 
kontsertini o’tkazdi. 1886-yil boshida 75 yoshli List Angliyaga boradi, u erda 
qirolicha Viktoriya tomonidan qabul qilinadi va uni qadrlovchilar tomonidan 
hayajon bilan kutib olinadi. Charchagan va o’zini yomon his qilayotgan List 
Angliyadan Bayrctga har yilgi Vengriya festivaliga keladi. U ana shu shaharda 1886-
yil 31-iyulda o’pka shamollashiga chalinib vafot etdi. 
  
 
 3--: 
 F.List fortepiano musiqasining ahamiyati. Fortepiano ijodi. List o’ziuing butun 
ijodiy faoliyati davomida fortepiano musiqasini yozdi. U o’zining eng qimmatli fikr-
o’ylarini, orzu-umidlarini va tuyg’ularini fortepianoga bag’ishladi. Uning fortepiano 
uchun asarlarida kompozitor va ijrochining ijodiy o’zligi uyg’un xolda birlashib 
ketgan. 
Buyuk pianinochi sifatida List o’zining ajoyib ijrosi bilan minglab 
tinglovchilarni qoyil qoldirardi, u pianino texnikasining turli-tuman ko’rinishlarini 
mohirona egallagan edi. U fortepiano sad-olanishi butun tizimi va xarakterini 
o’zgartira oldi, fortepianoda dabdabali ijro etish, cholg’uning qudrati va go’zalligini 
birinchi o’ringa olib chiqdi. List fortepiano fakturasini orkestr vositasidagi 
ifodaviylik bilan boyitdi, orkestr cholg’ulari turli guruhlarining sadolarini mohirona 
tarzda talqin etdi. U ko’plab cholg’ularni, jumladan, fortepiano adabiyotida kamdan 
kam uchraydigan qo’ng’iroqchalar, venger milliy cholg’ulari (tsimbal) tembrini 
o’rniga qo’yib o’xshatdi. 
List o’zining fortepiano uchun asarlarida tremolo, akkordli trellar kabi orkestr 
uslublaridan keng foydalandi, yuqori registrda kadentsiya ko’rinishidagi jilvali, tiniq 
bayon usulini ajoyib tarzda qo’lladi. 
mushohada unsurlariga ega bo’lgan musiqiy asarlar bilan birgalikda, musiqiy impressionizm manbalarini ochib beruvchi asarlar xam uchraydi («Qo’ng’ir bulutlar» (1881), «Motam qayig’i» (1882). Ana shu davrda bir vaqtning o’zida List maishiy raqs janri bilan bog’liq yorqin asarlarni yozdi: uchta «Yoddan chiqqan vals» (1881 —1883) , ikkinchi va uchinchi «Mefisto-vals» (1880 1883), «Me-litsio polka» (1883), so’nggi venger rapsodiyalari (16—19). So’nggi yillarda List ommaviy chiqishlari qayta boshladi. Vagner vafotidan so’ng 1883-yili List Veymarda xotira kontsertini o’tkazdi. 1886-yil boshida 75 yoshli List Angliyaga boradi, u erda qirolicha Viktoriya tomonidan qabul qilinadi va uni qadrlovchilar tomonidan hayajon bilan kutib olinadi. Charchagan va o’zini yomon his qilayotgan List Angliyadan Bayrctga har yilgi Vengriya festivaliga keladi. U ana shu shaharda 1886- yil 31-iyulda o’pka shamollashiga chalinib vafot etdi. 3--: F.List fortepiano musiqasining ahamiyati. Fortepiano ijodi. List o’ziuing butun ijodiy faoliyati davomida fortepiano musiqasini yozdi. U o’zining eng qimmatli fikr- o’ylarini, orzu-umidlarini va tuyg’ularini fortepianoga bag’ishladi. Uning fortepiano uchun asarlarida kompozitor va ijrochining ijodiy o’zligi uyg’un xolda birlashib ketgan. Buyuk pianinochi sifatida List o’zining ajoyib ijrosi bilan minglab tinglovchilarni qoyil qoldirardi, u pianino texnikasining turli-tuman ko’rinishlarini mohirona egallagan edi. U fortepiano sad-olanishi butun tizimi va xarakterini o’zgartira oldi, fortepianoda dabdabali ijro etish, cholg’uning qudrati va go’zalligini birinchi o’ringa olib chiqdi. List fortepiano fakturasini orkestr vositasidagi ifodaviylik bilan boyitdi, orkestr cholg’ulari turli guruhlarining sadolarini mohirona tarzda talqin etdi. U ko’plab cholg’ularni, jumladan, fortepiano adabiyotida kamdan kam uchraydigan qo’ng’iroqchalar, venger milliy cholg’ulari (tsimbal) tembrini o’rniga qo’yib o’xshatdi. List o’zining fortepiano uchun asarlarida tremolo, akkordli trellar kabi orkestr uslublaridan keng foydalandi, yuqori registrda kadentsiya ko’rinishidagi jilvali, tiniq bayon usulini ajoyib tarzda qo’lladi.  
 
List fortepiano musiqasida pozitsiyali majmualar (oktava, akkordlar) sakrama 
harakatini qo’llashi yangilik bo’ldi, ular sadolanishga ulkan kenglik va mahobatlilik 
bag’ishlaydi. Butun klaviatura bo’ylab o’tuvchi va yagona pedalda ijro etiluvchi 
oktavali, qo’shaloq notali passajlarni Listning eng sevimli texnik usullari sirasiga 
kiritish mumkin. 
List fortepiano ijodining asosiy tamoyili uning dasturiyligi bo’lib, shu tufayli u 
keng obrazlar doirasini ochib bera oldi. Uni qahramonlik («Lion» p’csasi. 
moslashtirilgan «Rakotsi marsh»), sevgi lirikasi (uchta «Petrarka sonetlari», uchta 
noktyurn), tabiat obrazlari( “d Este villasi favvoralari”), iblis ibtidosi, Mefistofel 
(«Mefisto-vals». si minor sonatasi), diniy tuyg’ular (si minor sonatasi yordamchi 
partiyasining birinchi mavzusi) o’ziga tortardi. 
Listning fortepiano ijodida uning o’n to’qqizta vengercha rapsodiyalari muhim 
o’rinlardan birini egallaydi, bu rapsodiyalar venger va lo’lilarning qo’shiq-raqslari 
mavzulariga asoslangan o’ziga xos milliy-romantik poemalardir. 
30-yillar oxiridan boshlab List «Venger milliy kuylari» to’pla-mini yarata 
boshladi. Keyinchalik, shu to’plamning ko’plab kuylarini List ajoyib tarzda 
fortepianoda rivojlantirdi. 
Bir-biriga qarama-qarshi lavhalarning almashinuviga asoslangan rapsodiyalar 
shakli xalq musiqachiligidan boshlanadi. Og’ir qismlar musiqasi qadimiy vengercha 
raqs — yurishni eslatadi. Tez qismlar xalq xursandchiligi manzarasini tasvirlaydi va 
chardashni eslatadi. Listning ba’zi rapsodiyalariga dasturiylik xususiyatlari xosdir, 
bu xaqda ularning sarlavxasidan bilish mumkin. Bular Beshinchi rapsodiya — 
«Qahramonona elegiya», To’qqizinchi rapsodiya — «Pesht karnavali», o’n 
beshinchi rapsodiya — «Rakotsi marsh». 
Shopen va List 
Shopenning xarakteri introvertiv (o’z-o’ziga biqingan), Listniki esa – ekstravertiv 
(ochiq) bo’lgan. Uzoq davom etgan vaqt mobaynida Shopen va List yaqin do’st 
bo’lishgan. Ular bir-biridan o’zlarida etishmaydigan sifatlarni topishgan.  
Zamondoshlarining xotirlashiga ko’ra, Shopen juda hissiyotli, ojiz va nozik 
bo’lgan. U o’z tinglovchilarini ijro nozikligi va shoironaligi, musiqiy cholg’usining 
nafis jarangi bilan maftun qilardi. Shopen melonxoliyaga moyil edi, xarakteridagi bu 
xususiyat uning ko’plab asarlari – mazurka, ballada, noktyurnlarida namoyon bo’lardi. 
List fortepiano musiqasida pozitsiyali majmualar (oktava, akkordlar) sakrama harakatini qo’llashi yangilik bo’ldi, ular sadolanishga ulkan kenglik va mahobatlilik bag’ishlaydi. Butun klaviatura bo’ylab o’tuvchi va yagona pedalda ijro etiluvchi oktavali, qo’shaloq notali passajlarni Listning eng sevimli texnik usullari sirasiga kiritish mumkin. List fortepiano ijodining asosiy tamoyili uning dasturiyligi bo’lib, shu tufayli u keng obrazlar doirasini ochib bera oldi. Uni qahramonlik («Lion» p’csasi. moslashtirilgan «Rakotsi marsh»), sevgi lirikasi (uchta «Petrarka sonetlari», uchta noktyurn), tabiat obrazlari( “d Este villasi favvoralari”), iblis ibtidosi, Mefistofel («Mefisto-vals». si minor sonatasi), diniy tuyg’ular (si minor sonatasi yordamchi partiyasining birinchi mavzusi) o’ziga tortardi. Listning fortepiano ijodida uning o’n to’qqizta vengercha rapsodiyalari muhim o’rinlardan birini egallaydi, bu rapsodiyalar venger va lo’lilarning qo’shiq-raqslari mavzulariga asoslangan o’ziga xos milliy-romantik poemalardir. 30-yillar oxiridan boshlab List «Venger milliy kuylari» to’pla-mini yarata boshladi. Keyinchalik, shu to’plamning ko’plab kuylarini List ajoyib tarzda fortepianoda rivojlantirdi. Bir-biriga qarama-qarshi lavhalarning almashinuviga asoslangan rapsodiyalar shakli xalq musiqachiligidan boshlanadi. Og’ir qismlar musiqasi qadimiy vengercha raqs — yurishni eslatadi. Tez qismlar xalq xursandchiligi manzarasini tasvirlaydi va chardashni eslatadi. Listning ba’zi rapsodiyalariga dasturiylik xususiyatlari xosdir, bu xaqda ularning sarlavxasidan bilish mumkin. Bular Beshinchi rapsodiya — «Qahramonona elegiya», To’qqizinchi rapsodiya — «Pesht karnavali», o’n beshinchi rapsodiya — «Rakotsi marsh». Shopen va List Shopenning xarakteri introvertiv (o’z-o’ziga biqingan), Listniki esa – ekstravertiv (ochiq) bo’lgan. Uzoq davom etgan vaqt mobaynida Shopen va List yaqin do’st bo’lishgan. Ular bir-biridan o’zlarida etishmaydigan sifatlarni topishgan. Zamondoshlarining xotirlashiga ko’ra, Shopen juda hissiyotli, ojiz va nozik bo’lgan. U o’z tinglovchilarini ijro nozikligi va shoironaligi, musiqiy cholg’usining nafis jarangi bilan maftun qilardi. Shopen melonxoliyaga moyil edi, xarakteridagi bu xususiyat uning ko’plab asarlari – mazurka, ballada, noktyurnlarida namoyon bo’lardi.  
 
Katta auditoriyani yoqtirmaydigan Shopen musiqani faqat bir necha yaqin do’stlari 
oldidagina chalib o’zini to’la to’kis namoyon qilardi. «Katta zallar meni falajlaydi», – 
deb tan olgan edi u maktublaridan birida. 
Bir kuni Shopen va List bir bayramda ishtirok etishadi. List Shopenning 
noktyurnlaridan birini chaladi. Shopenga ijro yoqmaydi va u shunday deydi: «Asarni 
bunday chalgandan ko’ra, umuman ijro etmagan yaxshi». Shu zahotiyoq List 
Shopenning zo’r etyudlaridan birini ijro etadi va bu barcha tashrif buyurganlarni, 
jumladan, Shopenni ham maftun etib qo’yadi. «Men kontsertlar berishga 
yaramayman, – deydi Shopen Listga, – Lekin, bu ishni siz, siz boplaysiz. Omma 
iltifotini qozonmagan taqdiringizda ham, uni hayratda qoldirishga, junbushga 
keltirishga, zabt etishga va o’z ortingizdan ergashtirishiga sizning kuchingiz etadi»1.  
List zamondoshlarini zo’r ijrosi bilan hayratda qoldirgan. Listning do’sti, taniqli 
nemis shoiri Heyne uning «barmoqlari klavishlar ustida haddan tashqari quturib 
harakat qiladi» deydi. Heyne Listni «Atilla», ya’ni xun qabilasining yo’lboshchisi 
nomi bilan atar edi: «...uning kelishi haqidagi xabar tufayligina klavishlar titrab ketadi, 
qaltiraydi, uning barmoqlari ostida chiyillab yuboradi...», derdi u. 
Boshqa bir tanqidchi List kontsertlari haqida shunday fikr bildirgan: «Kontsertdan 
so’ng u jang maydonidagi g’olib misoli turar edi... engilgan fortepiano uning yonida 
pisib turardi, uzilgan torlar xuddi... engilganlar bayrog’i kabi salqib yotardi, qo’rqib 
qolgan musiqa cholg’ulari uzoq burchaklarga biqinib olishardi»2. List pianizm 
islohotchiligida buyuk edi. Qolaversa, Heyne uning ijrosi haqida fikr bildirib, u yoxud 
juda ajoyib chaladi, yoxud bo’sh qozondek taraqlaydi deydi. «Momaqaldiroq – 
mening kasbim», – deya tan olgan List. Agar List tinglovchilarni ijrosining kuchi bilan 
hayratda qoldirgan bo’lsa, Shopen ularni nozik lirizm, betakror piano nyuansi bilan 
maftun etgan. Shopen shogirdlaridan ijroda «qo’pollik qilmay quvvatli» bo’lishni 
talab etgan. U qattiq tovushga toqat qila olmasdi. List Shopen haqidagi kitobida deydi: 
«U romantizmning kuchli va shiddatli tomonini inkor etardi, u esankiratib qo’yuvchi 
ta’sir va bema’ni ortiqchaliklarga toqat qila olmasdi»3. List va Shopenning har ikkalasi 
ham buyuk musiqachilar bo’lgan, lekin har biri o’zicha buyuk edi, har biri o’z yo’li 
                                                 
1 Александров В., Мейлих Е.Лист, Л.,1968, с.44. 
2 Коган Г. Работа пианиста.М.,1963,с.137. 
3 Лист Ф. Шопен. М., 1956, с.266. 
 
Katta auditoriyani yoqtirmaydigan Shopen musiqani faqat bir necha yaqin do’stlari oldidagina chalib o’zini to’la to’kis namoyon qilardi. «Katta zallar meni falajlaydi», – deb tan olgan edi u maktublaridan birida. Bir kuni Shopen va List bir bayramda ishtirok etishadi. List Shopenning noktyurnlaridan birini chaladi. Shopenga ijro yoqmaydi va u shunday deydi: «Asarni bunday chalgandan ko’ra, umuman ijro etmagan yaxshi». Shu zahotiyoq List Shopenning zo’r etyudlaridan birini ijro etadi va bu barcha tashrif buyurganlarni, jumladan, Shopenni ham maftun etib qo’yadi. «Men kontsertlar berishga yaramayman, – deydi Shopen Listga, – Lekin, bu ishni siz, siz boplaysiz. Omma iltifotini qozonmagan taqdiringizda ham, uni hayratda qoldirishga, junbushga keltirishga, zabt etishga va o’z ortingizdan ergashtirishiga sizning kuchingiz etadi»1. List zamondoshlarini zo’r ijrosi bilan hayratda qoldirgan. Listning do’sti, taniqli nemis shoiri Heyne uning «barmoqlari klavishlar ustida haddan tashqari quturib harakat qiladi» deydi. Heyne Listni «Atilla», ya’ni xun qabilasining yo’lboshchisi nomi bilan atar edi: «...uning kelishi haqidagi xabar tufayligina klavishlar titrab ketadi, qaltiraydi, uning barmoqlari ostida chiyillab yuboradi...», derdi u. Boshqa bir tanqidchi List kontsertlari haqida shunday fikr bildirgan: «Kontsertdan so’ng u jang maydonidagi g’olib misoli turar edi... engilgan fortepiano uning yonida pisib turardi, uzilgan torlar xuddi... engilganlar bayrog’i kabi salqib yotardi, qo’rqib qolgan musiqa cholg’ulari uzoq burchaklarga biqinib olishardi»2. List pianizm islohotchiligida buyuk edi. Qolaversa, Heyne uning ijrosi haqida fikr bildirib, u yoxud juda ajoyib chaladi, yoxud bo’sh qozondek taraqlaydi deydi. «Momaqaldiroq – mening kasbim», – deya tan olgan List. Agar List tinglovchilarni ijrosining kuchi bilan hayratda qoldirgan bo’lsa, Shopen ularni nozik lirizm, betakror piano nyuansi bilan maftun etgan. Shopen shogirdlaridan ijroda «qo’pollik qilmay quvvatli» bo’lishni talab etgan. U qattiq tovushga toqat qila olmasdi. List Shopen haqidagi kitobida deydi: «U romantizmning kuchli va shiddatli tomonini inkor etardi, u esankiratib qo’yuvchi ta’sir va bema’ni ortiqchaliklarga toqat qila olmasdi»3. List va Shopenning har ikkalasi ham buyuk musiqachilar bo’lgan, lekin har biri o’zicha buyuk edi, har biri o’z yo’li 1 Александров В., Мейлих Е.Лист, Л.,1968, с.44. 2 Коган Г. Работа пианиста.М.,1963,с.137. 3 Лист Ф. Шопен. М., 1956, с.266.  
 
bilan borib, dunyo madaniyatiga o’zining takrorlanmas hissasini qo’shgan. Shuning 
uchun musiqachining ijodiy kasbiga temperamentning qaysi turi ko’proq mos keladi, 
degan savolni berish noo’rindir. Musiqachi tabiatan qaysi temperamentga ega 
bo’lishidan qat’iy nazar, uning qo’shgan hissasi bu temperamentga bog’liq emas. 
Musiqa tarixida turli temperamentlarga ega bo’lgan ijodkorlar juda ko’p bo’lgan.  
 
bilan borib, dunyo madaniyatiga o’zining takrorlanmas hissasini qo’shgan. Shuning uchun musiqachining ijodiy kasbiga temperamentning qaysi turi ko’proq mos keladi, degan savolni berish noo’rindir. Musiqachi tabiatan qaysi temperamentga ega bo’lishidan qat’iy nazar, uning qo’shgan hissasi bu temperamentga bog’liq emas. Musiqa tarixida turli temperamentlarga ega bo’lgan ijodkorlar juda ko’p bo’lgan.