FOSFORLI O‘G‘ITLAR, O’simliklar uchun fosforning ahamiyati, Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

23,6 KB


 
 
 
 
 
 
FOSFORLI O‘G‘ITLAR 
 
Reja 
1. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati. 
2. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori. 
3. Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari va qo’llanishi. 
 
Kalit so’zlar: fosfor, ATF, fitin, leysitin, qandli fosfatlar, fosforli o’g’itlar, 
suvda eriydigan, kam eriydigan, erimaydigan fosforli o’g’itlar, superfosfat. 
 
Ma’lumki deyarli barcha tirik organizmlar uchun fosfor zarur hisoblanadi. 
Fosforsiz tirik hujayra mavjud bo’lishi mumkin emas. Hujayra yadrosining asosiy 
tarkibiy qismi – nukleoproteidlar fosfor moddasi saqlaydi. Nukleoproteidlar - 
nuklein kislotalarning oqsil bilan hosil qilgan murakkab birikmalaridir. Uning ikki 
turi mavjud (RHK, DNK). Nuklein kislotalar prosiy axborotni saqlaydigan, 
tashiydigan, oqsil sintezi to’g’risida ma’lumot beradigan birikmalardir. 
Nuklein kislotalar tarkibida 20% ga yaqin P2O5 hisobida fosfor uchraydi. 
O’simlik organlarida uning miqdori turlichadir. Barg va poyalar 0,1-1% P2O5 
saqlasa, urug’, changchi hamda poya va ildiz uchlarida esa ancha ko’p uchraydi. 
Fosfor bundan tashqari fitin, lesitin, qandli fosfatlar kabi qator organik 
birikmalar tarkibiga ham kiradi. 
Fitin - olti atomli spirt inozit va olti molekula fosfor kislotasining efirsimon 
birikmasi bo’lib, 27,5% fosfor saqlaydi. Urug’ va vegetativ organlarda fosforli 
birikmalar ichida eng ko’p fitin uchraydi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’ida 1-2%, 
donli ekinlar donida 0,5-1% fitin bor. 
FOSFORLI O‘G‘ITLAR Reja 1. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati. 2. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori. 3. Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari va qo’llanishi. Kalit so’zlar: fosfor, ATF, fitin, leysitin, qandli fosfatlar, fosforli o’g’itlar, suvda eriydigan, kam eriydigan, erimaydigan fosforli o’g’itlar, superfosfat. Ma’lumki deyarli barcha tirik organizmlar uchun fosfor zarur hisoblanadi. Fosforsiz tirik hujayra mavjud bo’lishi mumkin emas. Hujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi – nukleoproteidlar fosfor moddasi saqlaydi. Nukleoproteidlar - nuklein kislotalarning oqsil bilan hosil qilgan murakkab birikmalaridir. Uning ikki turi mavjud (RHK, DNK). Nuklein kislotalar prosiy axborotni saqlaydigan, tashiydigan, oqsil sintezi to’g’risida ma’lumot beradigan birikmalardir. Nuklein kislotalar tarkibida 20% ga yaqin P2O5 hisobida fosfor uchraydi. O’simlik organlarida uning miqdori turlichadir. Barg va poyalar 0,1-1% P2O5 saqlasa, urug’, changchi hamda poya va ildiz uchlarida esa ancha ko’p uchraydi. Fosfor bundan tashqari fitin, lesitin, qandli fosfatlar kabi qator organik birikmalar tarkibiga ham kiradi. Fitin - olti atomli spirt inozit va olti molekula fosfor kislotasining efirsimon birikmasi bo’lib, 27,5% fosfor saqlaydi. Urug’ va vegetativ organlarda fosforli birikmalar ichida eng ko’p fitin uchraydi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’ida 1-2%, donli ekinlar donida 0,5-1% fitin bor.  
 
Lesitin - yog’simon fosfatidlar guruhiga mansub bo’lib, asosan o’simlik 
urug’ida uchraydi. Lesitin tarkibida 1,37% P2O5 bor. Lesitin juda muhim biologik 
ahamiyatga ega. U fosfolipid membranalar tarkibiga kiradi, hujayra plazmolemmasi 
o’tkazuvchanligini boshqaradi. 
Qandlarning fosforli efirlari - qandli fosfatlar - nafas olishda, oddiy 
uglevodlardan murakkab uglevodlar biosintezida, fotosintez fosforni ko’p 
o’zlashtiradi, o’zida zahira hosil qiladi, keyinchalik ushbu hosil bo’lgan zahirani 
barcha organlar bo’yicha qayta taqsimlaydi. 
O’suv davri boshida fosfor yetishmasligini keyingi har qancha oziqlantirish 
bilan o’rnini bosib bo’lmaydi. Bu holat ayniqsa g’o’za yetishtirishda yaqqol 
namoyon bo’ladi. 
Yirik ekinlarning urug’i (makkajo’xori, g’o’za) urug’ endospermida ham fosfor 
zahirasi tezda tugaydi, bu davrda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo’lishi, 
maysalarning o’sishdan ortda qolishga, fosfor yetishmasligi tashqi belgilari paydo 
bo’lishiga olib keladi. G’o’za chigitdagi fosfor zahirasini 10-20 kun mobaynida 
to’liq o’zlashtirib bo’ladi, makkajo’xori esa 14 kunda o’zlashtiradi. 
Fosfor o’simlik o’sish va rivojlanishi mobaynida asosan tovar qismida ko’p 
to’planadi, bu jihat o’g’itlarni qo’llash tavsiyasida o’z ahamiyatiga ega. Chunki 
ko’pchilik hollarda tovar mahsulot xo’jalik hududlaridan chetga olib ketilib, fosfor 
balansida salbiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari fosfor balansini hisobga olganda 
yem-xashak ekinlari bilan xo’jalikdan chiqib ketgan fosfor miqdori, o’g’itdan 
foydalanish koeffisiyenti ham hisobga olinadi. 
Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori. 
Fosfor 1662 yili nemis aptekachisi G.Brant tomonidan ochilgan, keyinchalik 
bu element oqsillari barcha tirik organizmlar uchun zarur ekanligi aniqlangan. 
Fosforning tuproqdagi umumiy miqdori o’rtacha 0,12% yoki 1,10 tonnani tashkil 
etadi. 
Qo’riq yerlardagi fosfor zahirasi uning ona jins tarkibidagi miqdoriga bog’liq. 
Haydaladigan va o’g’itlanadigan tuproqlarda bu holat o’zgacha bo’ladi. Tuproq 
eritmasida fosforning konsentrasiyasi - 1 litrda 0,1-1 mg atrofida bo’ladi. 
Lesitin - yog’simon fosfatidlar guruhiga mansub bo’lib, asosan o’simlik urug’ida uchraydi. Lesitin tarkibida 1,37% P2O5 bor. Lesitin juda muhim biologik ahamiyatga ega. U fosfolipid membranalar tarkibiga kiradi, hujayra plazmolemmasi o’tkazuvchanligini boshqaradi. Qandlarning fosforli efirlari - qandli fosfatlar - nafas olishda, oddiy uglevodlardan murakkab uglevodlar biosintezida, fotosintez fosforni ko’p o’zlashtiradi, o’zida zahira hosil qiladi, keyinchalik ushbu hosil bo’lgan zahirani barcha organlar bo’yicha qayta taqsimlaydi. O’suv davri boshida fosfor yetishmasligini keyingi har qancha oziqlantirish bilan o’rnini bosib bo’lmaydi. Bu holat ayniqsa g’o’za yetishtirishda yaqqol namoyon bo’ladi. Yirik ekinlarning urug’i (makkajo’xori, g’o’za) urug’ endospermida ham fosfor zahirasi tezda tugaydi, bu davrda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo’lishi, maysalarning o’sishdan ortda qolishga, fosfor yetishmasligi tashqi belgilari paydo bo’lishiga olib keladi. G’o’za chigitdagi fosfor zahirasini 10-20 kun mobaynida to’liq o’zlashtirib bo’ladi, makkajo’xori esa 14 kunda o’zlashtiradi. Fosfor o’simlik o’sish va rivojlanishi mobaynida asosan tovar qismida ko’p to’planadi, bu jihat o’g’itlarni qo’llash tavsiyasida o’z ahamiyatiga ega. Chunki ko’pchilik hollarda tovar mahsulot xo’jalik hududlaridan chetga olib ketilib, fosfor balansida salbiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari fosfor balansini hisobga olganda yem-xashak ekinlari bilan xo’jalikdan chiqib ketgan fosfor miqdori, o’g’itdan foydalanish koeffisiyenti ham hisobga olinadi. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori. Fosfor 1662 yili nemis aptekachisi G.Brant tomonidan ochilgan, keyinchalik bu element oqsillari barcha tirik organizmlar uchun zarur ekanligi aniqlangan. Fosforning tuproqdagi umumiy miqdori o’rtacha 0,12% yoki 1,10 tonnani tashkil etadi. Qo’riq yerlardagi fosfor zahirasi uning ona jins tarkibidagi miqdoriga bog’liq. Haydaladigan va o’g’itlanadigan tuproqlarda bu holat o’zgacha bo’ladi. Tuproq eritmasida fosforning konsentrasiyasi - 1 litrda 0,1-1 mg atrofida bo’ladi.  
 
Magmatik otqindi jinslar tarkibida 0,275% P2O5 bo’lgani holda ulardan 
yemirilish natijasida hosil bo’lgan tuproq tarkibida ko’pi bilan 0,14% atrofida fosfor 
bo’ladi. 
Tuproqda fosforli birikmalar organik va mineral shaklda uchraydi. 
Mineral fosfatlar miqdori ancha yuqori bo’ladi. Ularning tuproqlardagi miqdori 
tuproq tipiga, mexanik tarkibiga, sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. 
Masalan, kuchli podzollashgan qumoq tuproqlarda mineral fosfatlar - 73%, o’rta 
podzollashganda - 69, kulrang o’rmon- 56, kuchli qavatli qora-65, kashtan - 75, bo’z 
tuproqlarda 86% ni tashkil etadi. 
Tuproq muhiti neytral sharoitda mineral fosfatlar asosan apatit shaklida, nordon 
tuproqlarda temir, allyuminiy fosfatlari shaklida zahirada bo’ladi. 
Fosforning organik shakli gumus (0,8-2,5% P2O5) va fitatlar tarkibida bo’ladi. 
Fitatlar tuproqdagi organik fosforning yarmidan ko’pini tashkil etadi. Organik fosfor 
turli mikroorganizmlar ta’sirida yemiriladi. Bir qism fosfor shu mikroblar tarkibida 
bo’ladi. 
Tuproqdagi bir valentli kationlarning fosforli tuzlari suvda yaxshi eriydi, 
o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Kalsiy va magniy monofosfatlari ham 
xuddi shu xususiyatga ega. Kalsiy gidrofosfat va kalsiy fosfat suvda kam eriydi. 
1 kg tuproqda 1 mg P2O5 bo’lsa, 0-20 sm lik haydov qatlamida uning umumiy 
miqdori 3 kg ni tashkil etadi. G’alla ekinlari o’rtacha hosildorlikda gektaridan 20 kg 
R2O5, texnik ekinlar esa bundan ham ko’proq o’zlashtiradi. Bundan ko’rinib 
turibdiki, suvda eruvchan fosfor o’simlikning talabini qondira olmaydi. 
Ammo o’simliklar nafaqat suvda eruvchan balki kuchsiz kislotalarda eruvchan 
fosfor birikmalarini ham o’zlashtira oladi. Kuchsiz (karbonat, limon, olma 
kislotalari) kislotalarni o’simliklar ildizi ajratib, qisman tuproq fosfatlarini 
parchalaydi. Fosfat va gidrofosfat shaklidagi kalsiy va magniy tuzlarini o’simlik 
o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi. 
Ikki 
valentli 
asoslarning 
uch 
o’rinli 
fosforli 
tuzlarini 
o’simliklar 
o’zlashtirmaydi. Bundan lyupin, xantal, grechixa mustasno. Ushbu ekinlarning 
Magmatik otqindi jinslar tarkibida 0,275% P2O5 bo’lgani holda ulardan yemirilish natijasida hosil bo’lgan tuproq tarkibida ko’pi bilan 0,14% atrofida fosfor bo’ladi. Tuproqda fosforli birikmalar organik va mineral shaklda uchraydi. Mineral fosfatlar miqdori ancha yuqori bo’ladi. Ularning tuproqlardagi miqdori tuproq tipiga, mexanik tarkibiga, sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, kuchli podzollashgan qumoq tuproqlarda mineral fosfatlar - 73%, o’rta podzollashganda - 69, kulrang o’rmon- 56, kuchli qavatli qora-65, kashtan - 75, bo’z tuproqlarda 86% ni tashkil etadi. Tuproq muhiti neytral sharoitda mineral fosfatlar asosan apatit shaklida, nordon tuproqlarda temir, allyuminiy fosfatlari shaklida zahirada bo’ladi. Fosforning organik shakli gumus (0,8-2,5% P2O5) va fitatlar tarkibida bo’ladi. Fitatlar tuproqdagi organik fosforning yarmidan ko’pini tashkil etadi. Organik fosfor turli mikroorganizmlar ta’sirida yemiriladi. Bir qism fosfor shu mikroblar tarkibida bo’ladi. Tuproqdagi bir valentli kationlarning fosforli tuzlari suvda yaxshi eriydi, o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Kalsiy va magniy monofosfatlari ham xuddi shu xususiyatga ega. Kalsiy gidrofosfat va kalsiy fosfat suvda kam eriydi. 1 kg tuproqda 1 mg P2O5 bo’lsa, 0-20 sm lik haydov qatlamida uning umumiy miqdori 3 kg ni tashkil etadi. G’alla ekinlari o’rtacha hosildorlikda gektaridan 20 kg R2O5, texnik ekinlar esa bundan ham ko’proq o’zlashtiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, suvda eruvchan fosfor o’simlikning talabini qondira olmaydi. Ammo o’simliklar nafaqat suvda eruvchan balki kuchsiz kislotalarda eruvchan fosfor birikmalarini ham o’zlashtira oladi. Kuchsiz (karbonat, limon, olma kislotalari) kislotalarni o’simliklar ildizi ajratib, qisman tuproq fosfatlarini parchalaydi. Fosfat va gidrofosfat shaklidagi kalsiy va magniy tuzlarini o’simlik o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi. Ikki valentli asoslarning uch o’rinli fosforli tuzlarini o’simliklar o’zlashtirmaydi. Bundan lyupin, xantal, grechixa mustasno. Ushbu ekinlarning  
 
xususiyati ildizdan ajraladigan kislota miqdori va tarkibida fosforga nisbatan 
kalsiyning ko’pligi bilan tushuntiriladi. 
Zamonaviy qarashlar bo’yicha tuproqda uch kalsiyli fosfat hosil bo’lishi uchun 
deyarli sharoit bo’lmaydi. Balki bundan ham erishi qiyin bo’lgan oqtakalsiy fosfat 
Ca4H(PO4)3 * 3H2O appatit Ca5(OH)(PO4)3, nordon tuproqlar sharoitida strengit 
Fe(OH)2H2PO4 va varissit AI(OH)2H2PO4 hosil bo’ladi. 
Alyuminiy va temir fosfatlari erishi uchun tuproq muhit reaksiyasi minimal 
ko’rsatkichi 2,2-3,7 uch kalsiyli va magniyli fosfatlar uchun esa 6,5-10 bo’ladi.   
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kuchsiz nordon tuproqlar (pH-6) 
o’simliklarni fosfat bilan oziqlanishi uchun nisbatan qulay tuproq sharoiti hisoblanar 
ekan. 
Tuproqda organik fosfor kam bo’lgan sharoitda oson eruvchan fosforli 
birikmalar birmuncha kamayishi mumkin. Aniqlanishicha, tarkibida 0,2-0,3% dan 
kam fosfor saqlaydigan moddalar minerallashuvi natijasida, o’simlik uchun 
o’zlashtiriluvchan fosfor to’lasincha mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi. 
O’simliklar oson o’zlashtiradigan fosfor birikmalari tuproqda juda kam. 
O’simlik oziqlanishi uchun eng maqbo’l fosforli birikmalar suvda eruvchan fosfatlar 
hisoblanadi. 
Ammo o’simliklarning fosfor bilan ta’minlanish darajasi haqida fikr yuritish 
uchun suvda eruvchan fosfatlar miqdori yetarli emas, shu tufayli keyingi yillarda 
kuchsiz nordon so’rimdagi fosfor miqdori aniqlanadi. 
Bu so’rimga suvda eruvchan fosforga nisbatan o’simlik uchun zaxira bo’lgan 
birikmalarning ham bir qismi ajralib chiqadi. 
Tuproq tarkibidagi o’zlashtiriluvchan fosfor miqdorini laboratoriyada aniqlash 
asosida agrokimyoviy xaritanoma tuziladi va shu asosda o’g’itlashga tavsiyalar 
beriladi. 
Tabiatda fosfor saqlovchi minerallar juda ko’p uchraydi, ammo ulardan apatit 
va fosforit fosforli o’g’it ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib hisoblanadi. 
Apatit – tuproq hosil kiluvchi ona jins tarkibida dispers holda tarqalgan otqindi 
jins hisoblanadi. Ammo uning konlari kam tarqalgan. 
xususiyati ildizdan ajraladigan kislota miqdori va tarkibida fosforga nisbatan kalsiyning ko’pligi bilan tushuntiriladi. Zamonaviy qarashlar bo’yicha tuproqda uch kalsiyli fosfat hosil bo’lishi uchun deyarli sharoit bo’lmaydi. Balki bundan ham erishi qiyin bo’lgan oqtakalsiy fosfat Ca4H(PO4)3 * 3H2O appatit Ca5(OH)(PO4)3, nordon tuproqlar sharoitida strengit Fe(OH)2H2PO4 va varissit AI(OH)2H2PO4 hosil bo’ladi. Alyuminiy va temir fosfatlari erishi uchun tuproq muhit reaksiyasi minimal ko’rsatkichi 2,2-3,7 uch kalsiyli va magniyli fosfatlar uchun esa 6,5-10 bo’ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kuchsiz nordon tuproqlar (pH-6) o’simliklarni fosfat bilan oziqlanishi uchun nisbatan qulay tuproq sharoiti hisoblanar ekan. Tuproqda organik fosfor kam bo’lgan sharoitda oson eruvchan fosforli birikmalar birmuncha kamayishi mumkin. Aniqlanishicha, tarkibida 0,2-0,3% dan kam fosfor saqlaydigan moddalar minerallashuvi natijasida, o’simlik uchun o’zlashtiriluvchan fosfor to’lasincha mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi. O’simliklar oson o’zlashtiradigan fosfor birikmalari tuproqda juda kam. O’simlik oziqlanishi uchun eng maqbo’l fosforli birikmalar suvda eruvchan fosfatlar hisoblanadi. Ammo o’simliklarning fosfor bilan ta’minlanish darajasi haqida fikr yuritish uchun suvda eruvchan fosfatlar miqdori yetarli emas, shu tufayli keyingi yillarda kuchsiz nordon so’rimdagi fosfor miqdori aniqlanadi. Bu so’rimga suvda eruvchan fosforga nisbatan o’simlik uchun zaxira bo’lgan birikmalarning ham bir qismi ajralib chiqadi. Tuproq tarkibidagi o’zlashtiriluvchan fosfor miqdorini laboratoriyada aniqlash asosida agrokimyoviy xaritanoma tuziladi va shu asosda o’g’itlashga tavsiyalar beriladi. Tabiatda fosfor saqlovchi minerallar juda ko’p uchraydi, ammo ulardan apatit va fosforit fosforli o’g’it ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib hisoblanadi. Apatit – tuproq hosil kiluvchi ona jins tarkibida dispers holda tarqalgan otqindi jins hisoblanadi. Ammo uning konlari kam tarqalgan.  
 
Eng yirik apatit koni Rossiya Federasiyasi Kola yarim orolida Xibin tog’larida 
1925 yili ochilgan. Bundan tashqari uning konlari Braziliya, Ispaniya, Kanada, 
AQSh, Shvesiyada uchraydi. 
Fosforitlar uzoq yillar davomida hayvon skeletlari minerallashuvi, kalsiy 
ta’sirida dengiz suvlarida fosforli birikmalarning cho’ktirilishi natijasida hosil 
bo’lgan cho’kindi jins. 
Fosforit konlari yer yuzida keng tarqalgan bo’lsada, uning sanoat ahamiyatiga 
ega bo’lganlari nisbatan ozdir. Fosforitning eng katta konla-ridan Janubiy 
Qozog’iston Qoratov fosforit koni hisoblanadi. Apatit kristall modda, fosforit amorf 
va kristall holda uchraydi. Shu tufayli fosforitni kimyoviy  ishlov bermasdan turib 
o’g’it sifatida ishlatish mumkin. 
Apatit va fosforit kelib chiqishi turlicha bo’lishi bilan bir vaqtda bir-biriga 
o’xshash jihatlari ham ko’p. 
Apatit empirik formulasi Ca5(PO4)3F yoki (Ca3(PO4)2)* CaF2 xom-ashyo 
tarkibidagi ftor o’rniga xlor, gidroqsil birikkan holda ham uchrashi mumkin, shu 
tufayli xlor-apatit, ftor-apatit, gidroqsil-apatit deb ataladi. 
Fosforitlar fosfat minerallaridan tashqari qum, loyqa kabi qo’shilmalar ham 
saqlaydi. Fosforitlar tabiatda 2 xil holda: katta-katta xarsang holida yoki plast 
shaklida uchraydi. Qoratov fosforitlari qalinligi 7metrgacha yetadigan plast holidagi 
kon hisoblanadi. Qoratov fosforitlari sifat jihatidan ham boshqa xom-ashyolardan 
ustun turadi: 29,6-35,6 % P2O5 2-2,5 %, Al2O3, Fe2O3 saqlaydi. Ammo Qoratov 
fosforitlarining bitta kamchiligi magniy miqdorining yuqori bo’lishidadir, bu uni 
qayta ishlashda xalaqit beradi. 
Dunyodagi eng qimmatli fosfor xom-ashyosi Xibin apatiti hisoblanadi. 
Flotasion usulda tozalangan Xibin apatiti 39-40% P2O5 saqlaydi. 
Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari. 
Barcha fosforli o’g’itlar 3guruhga bo’linadi: 
1 .Suvda eriydigan fosforli o’g’itlar. 
2 .Suvda kam eriydigan, kuchsiz kislotada eriydigan. 
Eng yirik apatit koni Rossiya Federasiyasi Kola yarim orolida Xibin tog’larida 1925 yili ochilgan. Bundan tashqari uning konlari Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSh, Shvesiyada uchraydi. Fosforitlar uzoq yillar davomida hayvon skeletlari minerallashuvi, kalsiy ta’sirida dengiz suvlarida fosforli birikmalarning cho’ktirilishi natijasida hosil bo’lgan cho’kindi jins. Fosforit konlari yer yuzida keng tarqalgan bo’lsada, uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari nisbatan ozdir. Fosforitning eng katta konla-ridan Janubiy Qozog’iston Qoratov fosforit koni hisoblanadi. Apatit kristall modda, fosforit amorf va kristall holda uchraydi. Shu tufayli fosforitni kimyoviy ishlov bermasdan turib o’g’it sifatida ishlatish mumkin. Apatit va fosforit kelib chiqishi turlicha bo’lishi bilan bir vaqtda bir-biriga o’xshash jihatlari ham ko’p. Apatit empirik formulasi Ca5(PO4)3F yoki (Ca3(PO4)2)* CaF2 xom-ashyo tarkibidagi ftor o’rniga xlor, gidroqsil birikkan holda ham uchrashi mumkin, shu tufayli xlor-apatit, ftor-apatit, gidroqsil-apatit deb ataladi. Fosforitlar fosfat minerallaridan tashqari qum, loyqa kabi qo’shilmalar ham saqlaydi. Fosforitlar tabiatda 2 xil holda: katta-katta xarsang holida yoki plast shaklida uchraydi. Qoratov fosforitlari qalinligi 7metrgacha yetadigan plast holidagi kon hisoblanadi. Qoratov fosforitlari sifat jihatidan ham boshqa xom-ashyolardan ustun turadi: 29,6-35,6 % P2O5 2-2,5 %, Al2O3, Fe2O3 saqlaydi. Ammo Qoratov fosforitlarining bitta kamchiligi magniy miqdorining yuqori bo’lishidadir, bu uni qayta ishlashda xalaqit beradi. Dunyodagi eng qimmatli fosfor xom-ashyosi Xibin apatiti hisoblanadi. Flotasion usulda tozalangan Xibin apatiti 39-40% P2O5 saqlaydi. Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari. Barcha fosforli o’g’itlar 3guruhga bo’linadi: 1 .Suvda eriydigan fosforli o’g’itlar. 2 .Suvda kam eriydigan, kuchsiz kislotada eriydigan.  
 
3. Suvda erimaydigan, kuchsiz kislotada kam kuchli kislotada eriydigan 
fosforli o’g’itlar. 
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar 
O d d i y s u p e r f o s f a t - maydalangan fosfat xom ashyosiga 57% li sulfat 
kislotasi bilan ishlov berish natijasida kaliy monofosfat va kalsiy sulfat, vodorod 
ftorid aralashmasi olinadi. Vodorod ftorid uchib ketadi, u maxsus uskunalar orqali 
to’plab olinadi. 
(Ca3(PO4)2)3 * CaF2 + 7H2SO4 + 3H2O = 3Ca(H2PO4)2 *H2O 
+7CaSO4+2HF 
1 tonna xom ashyo uchun 1 t kislota sarflanadi va 2 tonna mahsulot olinadi. 
Shu tufayli o’g’it tarkibidagi fosfor miqdori xom-ashyoga nisbatan 2 marta 
kamayadi. 
Apatitdan tayyorlangan superfosfatda kamida 19%, fosforitdan olinganda esa 
14% o’zlashtiriluvchan P2O5 bo’ladi. 
O’g’it ishlab chiqish jarayonida aralashmani yaxshilab aralashtirmaslik sababli 
sulfat kislotasi bir muncha ortiqcha miqdorda to’planib, qolib, u uch kalsiyli fosfatni 
fosfor kislotasi, kalsiy sulfat va vodorod ftoridgacha parchalaydi. 
(Ca3PO4)2) *CaF2 + 10H2SO4 =6H3PO4 + 10CaSO4 + 2HF 
Erkin fosfor kislotasi tayyor mahsulot tarkibida 5-5,5% gacha yetishi mumkin. 
Erkin kislotaning bo’lishi o’g’itning fiziologik nordonligi va gigroskopikligi yuqori 
bo’lishiga olib keladi. O’g’it nordonligini neytrallash maqsadida ammiaq ohak yoki 
fosforit qo’shiladi. 
Agar o’g’it olish jarayonida yaxshilab aralashtirmaslik oqibatida sulfat kislota 
yetishmasa, kalsiy gidrofosfat - suvda kam eruvchan fosfat hosil bo’ladi: 
(Ca3(PO4)2)3 * CaF2 + 4H2SO4 + 12H2O = 6CaHPO4 * 2H2O + 4CaSO4+ 
2HF 
Shunday qilib, superfosfat tarkibiga kalsiy monofosfat, kalsiy difosfat, erkin 
fosfor kislotasi kiradi. Monofosfat va fosfor kislotasi o’g’it tarkibidagi P2O5 ning 75-
90% ini, difosfat esa 10-25% ini tashkil etadi. Superfosfat kukun holida va donador 
shaklda ishlab chiqariladi. 
3. Suvda erimaydigan, kuchsiz kislotada kam kuchli kislotada eriydigan fosforli o’g’itlar. Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar O d d i y s u p e r f o s f a t - maydalangan fosfat xom ashyosiga 57% li sulfat kislotasi bilan ishlov berish natijasida kaliy monofosfat va kalsiy sulfat, vodorod ftorid aralashmasi olinadi. Vodorod ftorid uchib ketadi, u maxsus uskunalar orqali to’plab olinadi. (Ca3(PO4)2)3 * CaF2 + 7H2SO4 + 3H2O = 3Ca(H2PO4)2 *H2O +7CaSO4+2HF 1 tonna xom ashyo uchun 1 t kislota sarflanadi va 2 tonna mahsulot olinadi. Shu tufayli o’g’it tarkibidagi fosfor miqdori xom-ashyoga nisbatan 2 marta kamayadi. Apatitdan tayyorlangan superfosfatda kamida 19%, fosforitdan olinganda esa 14% o’zlashtiriluvchan P2O5 bo’ladi. O’g’it ishlab chiqish jarayonida aralashmani yaxshilab aralashtirmaslik sababli sulfat kislotasi bir muncha ortiqcha miqdorda to’planib, qolib, u uch kalsiyli fosfatni fosfor kislotasi, kalsiy sulfat va vodorod ftoridgacha parchalaydi. (Ca3PO4)2) *CaF2 + 10H2SO4 =6H3PO4 + 10CaSO4 + 2HF Erkin fosfor kislotasi tayyor mahsulot tarkibida 5-5,5% gacha yetishi mumkin. Erkin kislotaning bo’lishi o’g’itning fiziologik nordonligi va gigroskopikligi yuqori bo’lishiga olib keladi. O’g’it nordonligini neytrallash maqsadida ammiaq ohak yoki fosforit qo’shiladi. Agar o’g’it olish jarayonida yaxshilab aralashtirmaslik oqibatida sulfat kislota yetishmasa, kalsiy gidrofosfat - suvda kam eruvchan fosfat hosil bo’ladi: (Ca3(PO4)2)3 * CaF2 + 4H2SO4 + 12H2O = 6CaHPO4 * 2H2O + 4CaSO4+ 2HF Shunday qilib, superfosfat tarkibiga kalsiy monofosfat, kalsiy difosfat, erkin fosfor kislotasi kiradi. Monofosfat va fosfor kislotasi o’g’it tarkibidagi P2O5 ning 75- 90% ini, difosfat esa 10-25% ini tashkil etadi. Superfosfat kukun holida va donador shaklda ishlab chiqariladi.  
 
K u k u n s i m o n  s u p ye r f o s f a t - och kul rang (apatit) yoki to’q kul rang 
(fosforit) o’ziga xos o’tkir hidli kukun modda. 
Neytral asoslar bilan to’yingan tuproqlarda kukunsimon superfosfat difosfat 
shaklidagi birikmaga tezda o’tib ketadi: 
Ca(H2PO4)2 + Ca(HCO3)2 =2CaHPO4 * 2H2O + 2CO2 
Karbonatli tuproqlarda bu o’zgarish yanada davom etadi: 
Ca(H2PO4)2 + 2Ca(HCO3)2 = Ca3(PO4)2 + 4H2O + 4CO2 
Neytral tuproqlarda superfosfat fosforining kimyoviy singdirilishi, bu tipdagi 
tuproqlarda uning harakatchanligi kamligidan dalolat beradi. 
Nordon tuproqlar sharoitida superfosfat fosfori, o’simlik o’zlashtira 
olmaydigan temir va alyuminiy fosfatlari hosil qiladi: 
Ca(H2PO4)2 + 2AI(OH)3 = 2AIPO4 + Ca(OH)2 + 4H2O 
 D o n a d o r  s u p e r f o s f a t - tayyorlash uchun kukunsimon superfosfat 
namlanib, barabanda aylantirish natijasida donadorlash-tiriladi. U 1,4% nam, 19,5-
22% P2O5, 1-2,5% erkin kislota saqlaydi, fizik xususiyatlari yaxshi, sochiluvchan 
o’g’it. 
K o n s ye n t r l a n g a n  s u p ye r f o s f a t - ishlab chiqarish ikki fazadan 
iborat. Dastlab fosforitga erkin kislota olish uchun sulfat kislota bilan ishlov beriladi. 
So’ngra hosil bo’lgan H3PO4 ajratib, u bilan fosfat xom ashyosiga ishlov beriladi va 
tayyor o’g’it olinadi: 
(Ca3(PO4)2)3 * CaF2 +14H3PO4 +10H2O = 10Ca(H2PO4)2 * H2O + 2HF 
Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 45-49% P2O5, 2,5% gacha erkin kislota 
mavjud. 
S u p e r f o s – fosforitlarni fosfor kislotasi bilan qisman parchalash orqali 
olinadigan istiqbolli o’g’it. Bu usulda qo’sh superfosfat olishda ishlatiladigan fosfor 
kislotasidan ancha kam H3PO4 olinadi, shu tufayli parchalanish qisman bo’ladi. 
Superfos ahamiyatiga ko’ra presipitatdan qolishmaydi, qo’sh superfosfatga yaqin 
turadi. O’g’it tarkibida 38% P2O5 bo’lib, 19% gacha P2O5 o’zlashtiriluvchan 
hisoblanadi. 
K u k u n s i m o n s u p ye r f o s f a t - och kul rang (apatit) yoki to’q kul rang (fosforit) o’ziga xos o’tkir hidli kukun modda. Neytral asoslar bilan to’yingan tuproqlarda kukunsimon superfosfat difosfat shaklidagi birikmaga tezda o’tib ketadi: Ca(H2PO4)2 + Ca(HCO3)2 =2CaHPO4 * 2H2O + 2CO2 Karbonatli tuproqlarda bu o’zgarish yanada davom etadi: Ca(H2PO4)2 + 2Ca(HCO3)2 = Ca3(PO4)2 + 4H2O + 4CO2 Neytral tuproqlarda superfosfat fosforining kimyoviy singdirilishi, bu tipdagi tuproqlarda uning harakatchanligi kamligidan dalolat beradi. Nordon tuproqlar sharoitida superfosfat fosfori, o’simlik o’zlashtira olmaydigan temir va alyuminiy fosfatlari hosil qiladi: Ca(H2PO4)2 + 2AI(OH)3 = 2AIPO4 + Ca(OH)2 + 4H2O D o n a d o r s u p e r f o s f a t - tayyorlash uchun kukunsimon superfosfat namlanib, barabanda aylantirish natijasida donadorlash-tiriladi. U 1,4% nam, 19,5- 22% P2O5, 1-2,5% erkin kislota saqlaydi, fizik xususiyatlari yaxshi, sochiluvchan o’g’it. K o n s ye n t r l a n g a n s u p ye r f o s f a t - ishlab chiqarish ikki fazadan iborat. Dastlab fosforitga erkin kislota olish uchun sulfat kislota bilan ishlov beriladi. So’ngra hosil bo’lgan H3PO4 ajratib, u bilan fosfat xom ashyosiga ishlov beriladi va tayyor o’g’it olinadi: (Ca3(PO4)2)3 * CaF2 +14H3PO4 +10H2O = 10Ca(H2PO4)2 * H2O + 2HF Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 45-49% P2O5, 2,5% gacha erkin kislota mavjud. S u p e r f o s – fosforitlarni fosfor kislotasi bilan qisman parchalash orqali olinadigan istiqbolli o’g’it. Bu usulda qo’sh superfosfat olishda ishlatiladigan fosfor kislotasidan ancha kam H3PO4 olinadi, shu tufayli parchalanish qisman bo’ladi. Superfos ahamiyatiga ko’ra presipitatdan qolishmaydi, qo’sh superfosfatga yaqin turadi. O’g’it tarkibida 38% P2O5 bo’lib, 19% gacha P2O5 o’zlashtiriluvchan hisoblanadi.  
 
K a l s i y m e t a f o s f a t - tarkibida fosfor saqlovchi oddiy o’g’it, Ca(PO3)2 - 
suvda erimaydi. Uning tuproqdagi parchalanish jarayoni quyidagicha kechadi: 
Ca(PO3)2 + H2O = CaH2P2O7 (kalsiy digidropirofosfat).  
CaH2P2O7 + H2O = Ca(H2PO4)2 
Oqibatda reaksiya oxirida kalsiy digidrofosfat superfosfat kabi hosil bo’ladi. 
Kalsiy metafosfat 64 % P2O5 saqlovchi konsentrlangan o’g’it hisoblanadi. 
Suvda kam eriydigan kuchsiz kislotalarda eriydigan fosforli o’g’itlar. 
P r e s i p i t a t - fosfor kislotasini ohakli suv bilan neytrallash orqali olinadi: 
H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4 * 2H2O 
Presipitatda xom ashyo sifatiga bog’liq ravishda 25-27% dan 30-35% gacha 
P2O5 saqlanadi. P2O5 limon kislotasida eriydi va o’simlik bemalol o’zlashtiradigan 
holda bo’ladi. Presipitat qotib qolmaydi, yaxshi sepiluvchan oq yoki oqish-kul rang, 
kukunsimon o’g’it. 
Presipitat asosan kuzgi shudgor davrida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Nordon 
tuproqlarda presipitat superfosfatga nisbatan samarasiga ko’ra ustun keladi. Qo’llash 
me’yori xuddi superfosfatniki kabi bo’ladi. 
F t o r s i z l a n t i r i l g a n f o s f a t – fosforli o’g’it. Superfosfat ishlab 
chiqarish sanoati sulfat kislotasini asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ammo H3PO4 
ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetishmaydi. Shu tufayli fosforli o’g’it ishlab 
chiqarishda 
kislotasiz 
ishlov 
berish 
texnologiyalarini 
yaratish 
dolzarb 
muammolardan sanaladi. Bu sohada ayniqsa termik ishlov berish yo’nalishi 
bo’yicha katta yutuqlarga erishilgan. 
Ftorsizlangan fosfat ishlab chiqarish 1400-1450 0C haroratda apatit (2-3% 
kremnezem qo’shib) yoki fosforit (ohak qo’shib) suv bug’lari ishtirokida qizdiriladi. 
Apatitdan olingan o’g’itda 30-32% P2O5, fosforitdan olinganda 20-22% P2O5 
saqlaydi. 
T o m a s sh l a k - fosforga boy temir rudalarini Tomas uslubida qayta ishlash 
jarayonida olinadigan qo’shimcha mahsulot. 
Metal eritilayotganda kuydirilgan ohak qo’shiladi. Bunda P2O5 ohak bilan 
reaksiyaga kirishib, tetrakalsiy fosfat hosil qiladi 4CaO*P2O5 Bu shlak eritma yuziga 
K a l s i y m e t a f o s f a t - tarkibida fosfor saqlovchi oddiy o’g’it, Ca(PO3)2 - suvda erimaydi. Uning tuproqdagi parchalanish jarayoni quyidagicha kechadi: Ca(PO3)2 + H2O = CaH2P2O7 (kalsiy digidropirofosfat). CaH2P2O7 + H2O = Ca(H2PO4)2 Oqibatda reaksiya oxirida kalsiy digidrofosfat superfosfat kabi hosil bo’ladi. Kalsiy metafosfat 64 % P2O5 saqlovchi konsentrlangan o’g’it hisoblanadi. Suvda kam eriydigan kuchsiz kislotalarda eriydigan fosforli o’g’itlar. P r e s i p i t a t - fosfor kislotasini ohakli suv bilan neytrallash orqali olinadi: H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4 * 2H2O Presipitatda xom ashyo sifatiga bog’liq ravishda 25-27% dan 30-35% gacha P2O5 saqlanadi. P2O5 limon kislotasida eriydi va o’simlik bemalol o’zlashtiradigan holda bo’ladi. Presipitat qotib qolmaydi, yaxshi sepiluvchan oq yoki oqish-kul rang, kukunsimon o’g’it. Presipitat asosan kuzgi shudgor davrida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Nordon tuproqlarda presipitat superfosfatga nisbatan samarasiga ko’ra ustun keladi. Qo’llash me’yori xuddi superfosfatniki kabi bo’ladi. F t o r s i z l a n t i r i l g a n f o s f a t – fosforli o’g’it. Superfosfat ishlab chiqarish sanoati sulfat kislotasini asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ammo H3PO4 ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetishmaydi. Shu tufayli fosforli o’g’it ishlab chiqarishda kislotasiz ishlov berish texnologiyalarini yaratish dolzarb muammolardan sanaladi. Bu sohada ayniqsa termik ishlov berish yo’nalishi bo’yicha katta yutuqlarga erishilgan. Ftorsizlangan fosfat ishlab chiqarish 1400-1450 0C haroratda apatit (2-3% kremnezem qo’shib) yoki fosforit (ohak qo’shib) suv bug’lari ishtirokida qizdiriladi. Apatitdan olingan o’g’itda 30-32% P2O5, fosforitdan olinganda 20-22% P2O5 saqlaydi. T o m a s sh l a k - fosforga boy temir rudalarini Tomas uslubida qayta ishlash jarayonida olinadigan qo’shimcha mahsulot. Metal eritilayotganda kuydirilgan ohak qo’shiladi. Bunda P2O5 ohak bilan reaksiyaga kirishib, tetrakalsiy fosfat hosil qiladi 4CaO*P2O5 Bu shlak eritma yuziga  
 
so’zib chiqadi, ajratib olinib, maydalanadi. Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 7-8% 
dan 16-20% gacha P2O5 saqlaydi. 
M a r t ye n f o s f a t sh l a k i - cho’yandan po’lat olishda fosforni biriktirib 
olish uchun ohak qo’shiladi. Bu chiqindida tomasshlakka nisbatan kam fosfor 
bo’ladi. Bu o’g’itda kalsiy tetrafosfati qo’sh tuzi va kalsiy silikati, temir, marganes, 
magniy va  boshqa moddalar mavjud. 
P2O5 miqdori 8-12% limon kislotasida eriydi. Asosiy o’g’itlash uchun kuchsiz 
va kuchli kislotali tuproqlarda tavsiya etiladi. 
Suvda va kuchsiz kislotada erimaydigan kuchli kislotada eriydigan fosforli 
o’g’itlar. 
F o s f o r i t  u n i - fosforitni mayda un holigacha maydalash orqali olinadi. 
Fosfor gidroqsilapatit, karbonat-apatit, ftor-apatit shaklida uchraydi. Ca3(PO4)2 
suvda erimaydi. Tuproq potensial kislotaligi 100 g tuproqda 2,5 mg.ekv. dan kam 
bo’lmagan hollardagina fosforit eriydigan holga o’tadi. Tuproqning asoslar bilan 
to’yinish darajasi 70% dan kam bo’lganda fosforit samarasi yuqori bo’ladi. 
Fosforit uni tarkibida - oliy navida 25% fosfor, birinchi navida –22%, ikkinchi 
navida 19% fosfor bo’ladi, namligi barcha navlarda - 3% dan oshmaydi, maydaligi 
0,18 mm elakda qolishi lozim bo’lgan miqdori 20% dan oshmasligi lozim.  
 
Nazorat  savollari 
1. O’simlikda modda almashinishi jarayonida fosfor elementining o’rni 
2. O’simliklarda fosfor yetishmasligini aniqlash yo’llari 
3. O’zbekistonda qo’llaniladigan asosiy fosforli o’g’itlar 
4. Suvda eriydigan fosfatlarni erimaydigan holga o’tish sharoitlari 
5. Fosforli o’g’itlarni samaradorligini oshirish yo’llari 
Tavsiya qilingan adabiyotlar 
1. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик компанияси,  2001. 
2. Сатторов Ж.”Агрокимё”.”Чўлпон”,Т.,2011 
3. “Агрохимия” (п/р проф. Б.А.Ягодина) М.: ВО «Агропромиздат», 1989. 
4. Минеев В.Г. “Агрохимия” Издательтво Московского университета 1990 г.  
so’zib chiqadi, ajratib olinib, maydalanadi. Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 7-8% dan 16-20% gacha P2O5 saqlaydi. M a r t ye n f o s f a t sh l a k i - cho’yandan po’lat olishda fosforni biriktirib olish uchun ohak qo’shiladi. Bu chiqindida tomasshlakka nisbatan kam fosfor bo’ladi. Bu o’g’itda kalsiy tetrafosfati qo’sh tuzi va kalsiy silikati, temir, marganes, magniy va boshqa moddalar mavjud. P2O5 miqdori 8-12% limon kislotasida eriydi. Asosiy o’g’itlash uchun kuchsiz va kuchli kislotali tuproqlarda tavsiya etiladi. Suvda va kuchsiz kislotada erimaydigan kuchli kislotada eriydigan fosforli o’g’itlar. F o s f o r i t u n i - fosforitni mayda un holigacha maydalash orqali olinadi. Fosfor gidroqsilapatit, karbonat-apatit, ftor-apatit shaklida uchraydi. Ca3(PO4)2 suvda erimaydi. Tuproq potensial kislotaligi 100 g tuproqda 2,5 mg.ekv. dan kam bo’lmagan hollardagina fosforit eriydigan holga o’tadi. Tuproqning asoslar bilan to’yinish darajasi 70% dan kam bo’lganda fosforit samarasi yuqori bo’ladi. Fosforit uni tarkibida - oliy navida 25% fosfor, birinchi navida –22%, ikkinchi navida 19% fosfor bo’ladi, namligi barcha navlarda - 3% dan oshmaydi, maydaligi 0,18 mm elakda qolishi lozim bo’lgan miqdori 20% dan oshmasligi lozim. Nazorat savollari 1. O’simlikda modda almashinishi jarayonida fosfor elementining o’rni 2. O’simliklarda fosfor yetishmasligini aniqlash yo’llari 3. O’zbekistonda qo’llaniladigan asosiy fosforli o’g’itlar 4. Suvda eriydigan fosfatlarni erimaydigan holga o’tish sharoitlari 5. Fosforli o’g’itlarni samaradorligini oshirish yo’llari Tavsiya qilingan adabiyotlar 1. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик компанияси, 2001. 2. Сатторов Ж.”Агрокимё”.”Чўлпон”,Т.,2011 3. “Агрохимия” (п/р проф. Б.А.Ягодина) М.: ВО «Агропромиздат», 1989. 4. Минеев В.Г. “Агрохимия” Издательтво Московского университета 1990 г.  
 
5. Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий 
машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989. 
 
5. Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989.