KURS ISHI
FUQAROLIK ISHIDA DA'VONI TA'MINLASH
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1 Da’voni ta’minlash uchun bo‘lgan asoslar
2.2 Da'voni ta'minlash choralari
2.3 Jinoiy ishlarda fuqaroviy da’volar
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
I.Kirish
Suddagi fuqarolik ishlarining asosiy qismi da’vo ishlarini yuritish tartibida
ko‘riladi. Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga, agar
qonun hujjatlarida ularni ko‘rishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa,
fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa xuquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan da’volar bo‘yicha ishlar kiradi (FPKning 182-moddasi).
Fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida buyruq tartibidagi ishlar hamda alohida
tartibda yuritiladigan ishlar ko‘rib chiqilishi va hal etilishini ham e’tiborga oladigan
bo‘lsak, sudlarda ushbu sud ishlarini yuritish turlariga qaraganda da’vo tartibidagi
ishlarni yuritish ko‘pchilikni tashkil qilishini ko‘ramiz.
Da’vo tartibidagi ishlarni yuritish sud ishlarini yuritishning boshqa turlariga
qaraganda o‘ziga xos protsessual xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Xususan, da’vo tartibidagi ishlardan farqli ravishda sud ishlarini yuritishning
boshqa turlarida ishtirok etuvchi shaxslar o‘zaro kelishuv bitimi tuza olmaydilar, qarshi
da’vo taqdim etish huquqidan foydalana olmaydilar. Shuningdek, mazkur ishlar
hakamlik sudi muhokamasiga berilishi mumkin emas, kelishilgan sudlovga taalluqlilik
qoidalari qo‘llanilmaydi, da’vodan voz kechish va uni tan olish kabi protsessual
harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi, ish sirtdan ko‘rilishi ham mumkin emas.
Shunday qilib, da’vo tartibida ko‘riladigan ishlar – sud ishlarini ko‘rib
chiqishning umumiy qoidalarini o‘rnatuvchi fuqarolik sud ishini yuritishning asosiy
turi hisoblanadi. Da’vo tartibidagi ishlarda sudga da’vo
Itaqdim etish, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish shaxslarning sud
himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqining tarkibiy elementi hisoblandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z
huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish
huquqi kafolatlanadi.
FPKning 3-moddasida esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud
orqali himoya qilish kafolatlanadi.
2.1. Da’voni ta’minlash uchun bo‘lgan asoslar
Avvalombor, “da’vo” asli arabcha so‘z bo‘lib, u o‘z haq-huquqini himoya qilish
haqida sud orqali yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘yilgan talabni anglatadi.“Muxtasar”da
esa, da’vo so‘zining lug‘aviy ma’nosi “talab qilmoq“, deb talqin qilinadi. Shariatda
da’vo birovning ustida haqi borligini qozi huzurida yoki hukm arafasida xabar
berishdir. Da’vogar shunday bir shaxski, da’vo qilish uchun majbur qilinmaydi.
Javobgar shunday bir shaxski, u javob berish uchun majbur qilinadi. Yuridik
adabiyotlarda huquqni sudda himoya qilish va sudda ish qo‘zg‘atishning protsessual
vositasi bo‘lgan da’vo tushunchasiga turlicha ta’rif beriladi. Ayni bir paytda ko‘pchilik
protsessualist olimlar da’vo buzilgan yoki nizoli huquqni sudda himoya qilishda va
sudda ish qo‘zg‘atishda asosiy protsessual vosita ekanligini tan oladilar.
Da’vo tushunchasi yuridik adabiyotlardagi bahsli masalalardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlarda da’vo tushunchasining bir nechta asosiy kontsepsiyalari haqida so‘z
boradi. Birinchidan, da’voga bo‘lgan huquqning moddiy huquqiy va protsessual
huquqiy mazmuni ajratiladi. Da’vo protsessual ma’noda o‘z huquq va mafaatlarini
himoya qilish to‘g‘risidagi talab bilan shaxsning birinchi instansiya sudiga murojaat
qilishidir. Bu borada da’vo fuqarolik protsessini qo‘zg‘atish vositasi hisoblanadi.
Moddiy ma’noda da’vo shaxsning o‘z da’vo talablarini qanoatlantirishga bo‘lgan
huquqidir. Aynan bu bilan bog‘liq FKning birinchi bo‘lim 2-bobida da’voga bo‘lgan
huquq va da’vo muddati tushunchalari qo‘llaniladi.
Da’vo arizasi bilan murojaat qilgan da’vogarning asosiy maqsadi o‘z talablari
javobgar tarafidan ixtiyoriy bajarilmasa, ularning majburiy ijro etilishini ta’minlashdan
iborat bo‘ladi. Ba’zi hollarda da’vogarning foydasiga qabul qilingan qaror bajarilishi
juda qiyin bo‘lishi yoki uni umuman bajarib bo‘lmasligi mumkin. Mazkur holatning
oldini olish maqsadida da’voni ta’minlash instituti joriy qilingan.
Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sudning hal qiluv qarorining ijrosini
qiyinlashtiradigan yoki uning bajarilmasligiga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, ishning har
qanday holatida ham da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi. Da’voni ta’minlash uchun
bo‘lgan asoslar FPKning 105-moddasida belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha, sud
(sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki
o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini
ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa,
da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi. Da’voni ta’minlashga sud protsessining har
qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
2.2 Da'voni ta'minlash choralari
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda
sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Da’voni ta’minlash
to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash
choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan
yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning
mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim
etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida
ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy qoida bo‘yicha da’voni ta’minlash chorasi da’vo qo‘zg‘atilganidan
so‘nggina ko‘riladi. Bu qoidadan ayrim istisnolar Jinoyat protsessual kodeksi qoidalari
bilan belgilangan bo‘lib, ba’zi sharoitlarda hali qo‘zg‘atilmagan da’volarni ham
ta’minlash choralari ko‘rilishi nazarda tutiladi. Xususan, JPKning 57-moddasi birinchi
qismiga ko‘ra, fuqaroviy da’vogar surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki
suddan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish haqida iltimos qilish huquqiga egadir.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik
muhokamasi tarafining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizasiga binoan hakamlik sudi
joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi
yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi vakolatli sud tomonidan ko‘rilishi
mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim
etilganligini isbotlovchi dalillar, hakamlik sudining da’voni ta’minlash choralarini
ko‘rish haqidagi ajrimi ilova qilinadi.
Odatda, da’volarning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo‘li
bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq ayrim toifadagi sog‘liqqa boshqacha
tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchining o‘limi oqibatida ko‘rilgan zarar
o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, o‘zgalar molmulkini talon-toroj qilganlik natijasida
ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha qonun da’voni
ta’minlash choralari sifatida ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlashga
yo‘l qo‘yadi.
Javobgarning moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda, da’voning bajarilishini
ta’minlashda, bir vaqtning o‘zida bir nechta chora qo‘llanishi mumkin. Biroq ularning
umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash haqidagi masalani hal
qilishdan farqli ravishda ishni ko‘rayotgan sud (sudya) tomonidan ariza tushgan
kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan
holda hal qilinadi. Ish davomida da’voni ta’minlash choralarining qo‘llanishi haqida
sudya ajrim chiqaradi va shu ajrimning ijro varaqasini da’vogarga topshiradi va
nusxasini javobgarga yuboradi.
Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishda qonun javobgarning ham manfaatlarini
ko‘zlab sud ishida ishtirok etuvchi shaxslarning bayonotlarini eshitib, da’voni ta’min
qilishning bir turini boshqa turi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yish mumkinligini
belgilaydi. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqa turi bilan almashtirish masalasi
ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinib, sud majlisida hal etiladi. Lekin bu
shaxslarning kelmasligi da’voni ta’minlashning bir turini boshqa turi bilan almashtirish
masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Pul summasini undirish
to‘g‘risidagi da’voni ta’minlashda javobgar qo‘llanilgan ta’minlash choralari o‘rniga
da’vogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazishga haqli
(FPKning 108-moddasi).
Da’voni ta’minlash turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim sudning hal
qiluv qarorini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro qilinadi.
Da’voni ta’minlash yuzasidan FPK 106-moddasi birinchi qismining 2, 3, 6 va 7-
bandlarida ko‘rsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar FPKning 146-moddasida
nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Da’vogar bu
shaxslardan sudning da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimini bajarmaganliklari
oqibatida o‘zi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga
haqli (FPKning 110-moddasi). Da’voni ta’minlash choralari ishni ko‘rayotgan sud
tomonidan bekor qilinishi mumkin. Da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasi ishda
ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu
shaxslarning kelmasligi da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish
uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv
qarori da’voni ta’minlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.
Da’vo rad etilgan taqdirda yo‘l qo‘yilgan ta’minlash choralari hal qiluv qarori
qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanadi. Lekin sud hal qiluv qarori bilan bir vaqtda
yoki shunday qaror chiqargandan so‘ng da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi
ajrim chiqara oladi.
Qonun da’voning ta’minlanishi natijasida javobgarning ma’lum huquqlari
cheklanishini hisobga oladi. Shuning uchun taraflarning teng huquqligi asosida
javobgarning manfaatlarini ham kafolatlaydi. Da’vo arizasining ta’minlanish
borasidagi har qanday ajrimga xususiy shikoyat bilan murojaat qilish mumkin. Da’voni
ta’minlash to‘g‘risidagi iltimosni qanoatlantirish yoki uni rad etish haqidagi ajrim,
shuningdek da’voni ta’minlash chorasini bekor qilish yoki ta’minlash chorasining bir
turini boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat qilinishi
yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Agar da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi xususiy ajrim shikoyat qilgan shaxsni
xabardor qilmasdan chiqarilgan bo‘lsa, shikoyat qilish muddati bu ajrimning nusxasi
topshirilgan yoki shikoyat bergan shaxsga sud ajrimi ma’lum bo‘lgan kundan boshlab
hisoblanadi. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest)
berilishi oqibatlari FPKning 114-moddasida ko‘rsatilgan. Bu qonunda aytilishicha,
da’vonita’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish yoki protest keltirish bu
ajrimning ijrosini to‘xtatmaydi. Ammo da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi
yoki da’voni ta’minlashning bir turini boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim
ustidan xususiy shikoyat berish yoki protest keltirish bu ajrimning ijrosini to‘xtatadi.
Bunday ajrimlar xususiy shikoyat berish uchun belgilangan muddat o‘tishi bilan
yoki uning apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan oqibatsiz qoldirilganligidan so‘ng
ijro etiladi.
Da’voni ta’minlash chorasining ko‘rilishi javobgarning o‘z mulkini tasarruf
etishini ma’lum darajada cheklab qo‘yishi bilan birga unga ba’zi hollarda mulkiy zarar
yetkazishi mumkin. Javobgar da’vo rad qilinib chiqarilgan hal qiluv qarori qonuniy
kuchga kirgandan so‘ng da’vogardan uning iltimosi bilan da’voni ta’minlash bo‘yicha
ko‘rilgan choralar natijasida o‘ziga kelgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli bo‘ladi.
Agar da’voni ta’minlash choralari sudning tashabbusi bilan yoki prokurorning
arizasi bo‘yicha ko‘rilgan bo‘lsa, da’vo rad qilinganidan so‘ng javobgar bunday
huquqqa ega bo‘lmaydi, ya’ni ko‘rgan zararlarining to‘latilishini talab qila olmaydi.
2.3 Jinoiy ishlarda fuqaroviy da’volar
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 56-moddasiga muvofiq, jinoyat, xuddi
shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga,
muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar
bo‘lsa, ular fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etiladi. Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish
haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan
shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy da’vo ularning qonuniy
vakillari va prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Jinoyat ishidagi fuqarolik da’vosi deb, jinoyat tufayli ko‘rilgan mulkiy zarar
to‘g‘risidagi jabrlanuvchining jinoyat ishida ayblanuvchiga yoki uning harakatlari
uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan qilgan talabiga aytiladi.
Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, fuqarolik da’vosining jinoyat ishi ko‘rilishida
qo‘zg‘atilishi jabrlanuvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha
imkoniyatlar yaratadi: u davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi, da’vo jinoyat ishini
qo‘zg‘atgan organ tomonidan isbotlanadi. Bundan tashqari, fuqarolik da’vosining
jinoyat ishida ko‘rilishi ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni qayta-qayta, takror
tekshirishdan sudni ozod qiladi.
Fuqaroviy da’vogar quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
- fuqaroviy da’vo taqdim etish va uni quvvatlash;
- dalillar taqdim qilish;
-qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha tushuntirishlar berish;
- o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish;
- iltimosnoma berish va rad qilish;
- surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan da’voni ta’minlash
choralarini ko‘rish haqida iltimos qilish;
- dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan
tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika
vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi
ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish;
- birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining
majlislarida ishtirok etish;
- surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari
ustidan shikoyatlar berish;
- sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyat
qilish;
- ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga
nisbatan e’tirozlar bildirish.
Shuningdek, fuqaroviy da’vogar quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi
talab etiladi:
- surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi
va ularning talablariga asosan fuqaroviy da’voga tegishli bo‘lgan dalillar taqdim etish;
- haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni
ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmaslik;
- ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha
huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi (JPKning 57-moddasi).
Prokuror fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atishi yoki qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni
quvvatlashi yoxud basharti, davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, da’voga qarshi e’tiroz
bildirishi shartligi nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi
“Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida, ayrim sudlar har doim ham fuqaroviy da’voni
ta’minlash choralarini ko‘rmasliklari, tergov organlari tomonidan mol-mulkni o‘z
vaqtida xatlamaslik hollariga ba’zan tegishli munosabat bildirmasliklari, zararning