KURS ISHI
FUQAROLIK PROTSESSIDA VAKILLIK
Reja.
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari.
2. Sudda vakillik qilish turlari.
3. Suddagi vakilning vakolatlari.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.
I. Kirish.
Hozirgi zamonaviy yurisprudensiya har tomonlama strategik ahamiyatga ega
bo'lgan islohotlarni amalga oshirishni va ustuvor yo'nalishlar ijrosini ta'minlashni
maqsad qilib qo'ygan. Ushbu maqsad va vazifalar sohada yuqori bilimli, malakali,
keng dunyoqarashga ega, jahon standartlariga to'la javob beradigan, eng asosiysi,
o'qishga va o'rganishga ishtiyoqi baland, mustaqil fikrlay oladigan, mushohada va
tahlil qilishga qobiliyatli kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda.
Shu maloda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini inobatga olgan holda oʻquv va
ilmiy adabiyotlar yaratish bugungi kun ijodkorining birlamchi vazifasi sanaladi.
Yuridik fan va ta'lim tizimini tubdan takomillashib borayotganligi, milliy
yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana boshlagani, oʻzbek olimlarining
xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganligi, milliy ishlanmalarning
jahon miqyosida reytingi yuqori bazalarga kiritib borilishi, respublikamizda yanada
raqobatbardosh, milliy ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda.
II. Asosiy qism.
1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari.
Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning topshirig'iga
ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik qilish deb
ataladi. O'z navbatida bunday munosabatlar shartnoma (ishonchnoma. vakolatnoma,
order) asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki esa ana shu vakillik
institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi.
Suddagi vakillik bu sud himoyasiga bo'lgan huquqni amalga oshirish, malakali
yuridik yordam olish vositasi sanalib, manfaatdor shaxslar shaxsan o'zlari ishni olib
borishlari yoki bevosita vakillari orqali ish olib borishlari; bevosita ishda ham vakili,
ham o'zining bir vaqtda qatnashuviga yo'l qo'yilishi kabilarni o'z ichiga oladi.
Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati:
sud-huquq islohotlarini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni ro'yobga
chiqarishga ko'maklashish;
sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy
huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash;
fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
buzilgan huquqlarni tiklash
mexanizmini kuchaytirish:
fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish. huquq va
manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish;
fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishda sudlarga
ko'maklashish;
ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish;
ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarorlari chiqarish
imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan;
Suddagi vakillikni vujudga kelish shartlari:
manfaatdor shaxsning topshirig'iga ko'ra
qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra.
Vakillik vujudga kelishi uchun kasallik, xizmat safarida bo'lish, tegishli huquq
normalaridan yetarli darajada xabardor bo'lmaslik, voyaga yetmaganlik, muomalaga
layoqatsizlik va boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, qonun
hujjatlarida (yuridik shaxslarning ish yurituv hujjatlarida) vakillikdan foydalanish
belgilab qo'yilgan bo'ladi yoki xizmat ko'rsatish davomida vakil olishga zarurat
tug'iladi. Qonuniy vakillardan foydalanish ham qonun hujjatlarida vakillik asoslari
va vakillik doirasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi.
Fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan yoki o'z vakillari orqali yuritishi mumkin.
Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo'yicha vakilga ega bo'lish
huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni o'z rahbarlari yoki vakillari orqali
yuritadi.
Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protsessual huquqiy holati:
vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti:
vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs;
vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan) va
protsessual-huquqiy manfaatdor
shaxs: vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana
oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus
ko'rsatilganda amalga oshiriladi);
isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari);
vakilga nisbatan protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik uchun protsessual
misburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi zalidan chiqarib yuborish,
advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish).
2. Sudda vakillik qilish turlari.
Sudda vakillik qilishning asosan qonuniy va shartnomali turlarga bo’linadi.
Vakillikning qonuniy, shartnomali, jamoat, ustavli hamda rasmiy turlari ham
mavjudligi tadqiq etilgan.
Qonuniy vakillik - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning
qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar)
himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim
bo'lgan ish bo'yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo'riqlash
va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning
merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali hech kim
qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va
boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo'rning vakili sifatida
qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga
topshirish huquqiga ega.
O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki
bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan
shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga manfaat taalluqli
ishlar ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual
harakatlarni amalga oshiradi.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning,
muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib
chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni
cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo'yicha vakillar ham voyaga yetgan va
muomalaga layoqatli bo'lishlari kerak.
Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar: bolaning tegishli
ota-onadan paydo bo'lganligi, farzandlikka olinganlik faktlarini tasdiqlovchi
hujjatlar; vasiy yoki homiyni, meros mulkini asrovchini tayinlash to'g'risida qarorlar
va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida qonuniy vakillik majburiy vakillik deb
yuritiladi. Chunki ushbu shaxslar (vakolat beruvchi) albatta qonuniy vakillar
yordamidan foydalanishga majbur va ularning vakolatnomasida maxsus huquqlarni
bajarish haqida alohida izoh talab etilmaydi.
Masalan
Voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zararni undirish to'g'risidagi,
muomalaga layoqatsiz shaxslarning uy-joyga, mol-mulkka, nafaqaga boʻlgan
huquqlarini tiklash to'g'risidagi, vafot etgan shaxsning huquqiy vorisi deb topish
to'g'risidagi, voyaga yetmaganlarning mulkiy va nomulkiy huquqlarini himoya
qilishga oid ishlarda qonuniy vakillar qatnashadi.
Shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillik ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va qonun
bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish yuritishni
shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar
shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha
qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari - shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari shu tashkilotlar a'zolarining ishlari
bo'yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning
topshirig'i bo'yicha;
7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari
sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo'yicha bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat
advokatlar shug'ullanishi mumkin.
Shartnoma bo'yicha vakillikning xususiyatlari:
vakillikning shartnoma bo'yicha ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan turi;
vakillik munosabatlari ishonch bildiruvchi (vakolat beruvchi) va shaxs va vakil
(advokat) o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, shuningdek qonunga muvofiq
berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali vujudga keladi va faqat ishonch
bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo'lganda yuzaga keladi;
vakillikning bu turida maxsus izoh talab qilingan holatlar (huquqlar ko'rsatilishi),
vakolatni
rasmiylashtirish
tartibi
(advokatlarning
orderi,
taraflarning
ishonchnomalari, sherik ishtirokchilarning og'zaki arizalari) ga alohida ko'rsatilishi
zarur.
Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan ishni sudda ko'rishga
tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda ajrimda ko'rsatiladi. Agar vakilni ishga
kiritish to'g'risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo'lsa, masala ishda
qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so'ng bayonnomada qayd
etiladigan ajrim chiqarish yo'li bilan hal etiladi.
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish)
to'g'risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik qilmaganligi
sababli, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat qilish
mumkin emas.
Jamoat vakilligi ayrim turdagi fuqarolik ishlari boʻyicha vujudga kelib asosan
korxona, tashkilot, muassasa va ayniqsa, xodimlar manfaatlarini, shuningdek
mualliflik huquqiy munosabatlariga doir ishlar bo'yicha mualliflarning buzilgan
huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga oid ishlar bo'yicha xodimlar
manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi.
Rasmiy vakillik asosan bedarak yo'qolgan, o'lgan deb e'lon qilingan shaxslarning
mulkiy va nomulkiy huquqlarining himoyasini ta'minlash maqsadida qonuniy va
shartnomali vakillar (asiy va homiy, mol-mulkni qo'riqlovchi va tanlangan
advokatlar tomonidan) amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual huquqida rasmiy vakillik alohida tur sifatida o'rganilmaydi.
Ustav bo'yicha vakillik yuridik shaxslar faoliyati bilan bog'liq ishlar bo'yicha
korxona, tashkilot, muassaasa, tegishli tuzilmaning ta'sis va ish yurituv hujjatlarida
yuridik shaxs manfaatlarini himoya qilish vakolati (funksional vazifalari) kimga
yoki qaysi shtat (lavozim) bo'yicha rasman biriktirilganligi hamda vakillik doirasi
ko'rsatilgan bo'ladi. shunga ko'ra yuridik shaxslarning xodimlari shu yuridik
shaxslarning ishlari bo'yicha sudda ishtirok etadi.
Vakillikning ushbu turlari alohida vakillik turlari sifatida faqat ilmiy tadqiqot
ishlarida (ilmiy ishlanmalarda) shunday tadqiq etilgan, ammo nazariya va
amaliyotda vakillikning qonuniy va shartnomali vakillik rasman Fuqarolik
protsessual kodeksida mustahkamlangan.
3. Suddagi vakilning vakolatlari.
Vakillar Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga ko'ra, ishda ishtirok
etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek,
yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham ularga tegishli.
Vakillar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar
ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda
ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga
oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar
taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko'rish
davomida tug'iladigan hamma masalalar bo'yicha o'zlarining vajlarini bayon qilish,
boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish,
sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish, sud
chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish,
sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va o'z huquqlarini amalga oshirish
kabi protsessual huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Vakillik vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi. Jumladan, umumiy
vakolat deb, har qanday vakil tomonidan vakolatnoma bergan shaxs nomidan
harakatlarni amalga oshirishga aytiladi va bunda vakolatlarga maxsus izoh berilishi
talab qilinmaydi.
Maxsus vakolat deganda vakil tomonidan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan
harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Maxsus harakat (huquq va burch) lar
deganda da'vo talab (lar)idan to'liq yoki qisman voz kechish; da'vo predmeti va
asosini o'zgartirish; da'vo talab(lar)ining miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish;
da'vo talab(lar)ini tan olish; kelishuv bitimi tuzish yoki mediativ kelishuvga erishish;
vakolatlarni o'zga shaxsga o'tkazish; sud qarorlari ustidan shikoyat qilish; ijro
hujjatlarining bajarilishini talab qilish va boshqalar tushuniladi.
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat
beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Shartnoma bo'yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to'liq yoki qisman
voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini ko'paytirish
yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya
tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish,
vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud
hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim