FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI VA MANBALARI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

23,1 KB


 
 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI VA 
MANBALARI 
 
Reja: 
I. Kirish 
II. Asosiy qism 
1. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi  
2. Fuqarolik protsessual huquqining tizimi 
3. Fuqarolik protsessul huquqining manbalari  
III. Xulosa 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
KURS ISHI FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI VA MANBALARI Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi 2. Fuqarolik protsessual huquqining tizimi 3. Fuqarolik protsessul huquqining manbalari III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
 
 
 
I. Kirish 
Yuridik fanlarning muhim sohasi hisoblangan fuqarolik protsessual huquqi 
ham davlat huquqiy faoliyatning alohida turi sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil 
sudlovni amalga oshirish masalalarini o‘rganadi, uni rivojlantirish va yanada 
takomillashtirish, jamiyat uchun to‘liq va samarali xizmat qilish yo‘llarini belgilab 
beradigan fan sifatida maydonga chiqadi. Darhaqiqat, fuqarolik protsessual huquqi 
fanining yordami va ko‘magisiz odil sudlovning mohiyatini to‘g‘ri tushunish va uni 
to‘liq amalga oshirish, odil sudlov faoliyati davomida yuzaga keluvchi qoidalarga 
to‘laligicha rioya qilish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik 
protsessual huquqi fani yuridik fanlarning asosiy va muhim bo‘g‘inlaridan biri 
hisoblanib, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
mustahkamlab 
qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va 
huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni 
ta’minlashga ko‘maklashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, 
qonun hujjatlarini takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. 
Fuqarolik protsessual huquqi — huquq sohasi; sud tomonidan fuqarolik 
ishlarini koʻrish va hal qilish, shuningdek, sudlar va boshqa ayrim organlar 
qarorlarining ijro etilishi tartibini belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqining 
predmeti — sud majlisida tekshiriladigan va hal qilinadigan fuqarolik ishlari tufayli 
vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari oʻrtasidagi ijtimoiy 
munosabatlardir. Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik ishlarini yuritishni tartibga 
solib, qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudning, protsess ishtirokchilarining, sud qarorini 
ijro etuvchilarning qanday harkatlarni qanday tarzda bajarishlari lozimligini, bunday 
harakatlarning oqibatlari nimadan iborat boʻlishi (ish haqi undirilishi, keltirilgan 
zarar toʻlanishi)ni belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning boshqa
I. Kirish Yuridik fanlarning muhim sohasi hisoblangan fuqarolik protsessual huquqi ham davlat huquqiy faoliyatning alohida turi sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish masalalarini o‘rganadi, uni rivojlantirish va yanada takomillashtirish, jamiyat uchun to‘liq va samarali xizmat qilish yo‘llarini belgilab beradigan fan sifatida maydonga chiqadi. Darhaqiqat, fuqarolik protsessual huquqi fanining yordami va ko‘magisiz odil sudlovning mohiyatini to‘g‘ri tushunish va uni to‘liq amalga oshirish, odil sudlov faoliyati davomida yuzaga keluvchi qoidalarga to‘laligicha rioya qilish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi fani yuridik fanlarning asosiy va muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Fuqarolik protsessual huquqi — huquq sohasi; sud tomonidan fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish, shuningdek, sudlar va boshqa ayrim organlar qarorlarining ijro etilishi tartibini belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqining predmeti — sud majlisida tekshiriladigan va hal qilinadigan fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik ishlarini yuritishni tartibga solib, qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudning, protsess ishtirokchilarining, sud qarorini ijro etuvchilarning qanday harkatlarni qanday tarzda bajarishlari lozimligini, bunday harakatlarning oqibatlari nimadan iborat boʻlishi (ish haqi undirilishi, keltirilgan zarar toʻlanishi)ni belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning boshqa
 
 
sohalari, chunonchi, jinoyat protsessual huquqi bilan bogʻliq. Huquqning bu har ikki 
sohasini birlashtiradigan mazmun shundaki, ular odil sudlovni amalga oshirish bilan 
bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqining 
asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksidir. 
 Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining 
odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash 
va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktyabr kuni “Sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini kuchaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Farmon 
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining 
ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini 
oshirish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish 
maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim 
vazifalarini belgilab bergan. 
 
 
 
 
 
 
 
II. Asosiy qism 
1. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi 
Fuqarolik 
sud 
ishlarini 
yuritish 
to‘g‘risidagi 
qonun 
hujjatlarida 
mustahkamlangan fuqarolik protsessual qoidalarning majmui mustaqil huquq sohasi
sohalari, chunonchi, jinoyat protsessual huquqi bilan bogʻliq. Huquqning bu har ikki sohasini birlashtiradigan mazmun shundaki, ular odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksidir. Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktyabr kuni “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Farmon sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalarini belgilab bergan. II. Asosiy qism 1. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan fuqarolik protsessual qoidalarning majmui mustaqil huquq sohasi
 
 
bo‘lmish fuqarolik protsessual huquqini hosil qiladi. Yuridik adabiyotlarda fuqarolik 
protsessual huquqi tushunchasiga bir-biriga o‘xshash ta’riflar beriladi. Masalan, 
atoqli protsessualist Sh.Sh.Shoraxmetovning fikricha, fuqarolik protsessual huquqi 
deb, fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq 
ijtimoiy munosabatlarini ifodalaydigan fuqarolik protsessi ishtirokchilarining 
harakatlarini qonun asosida tartibga soladigan, shuningdek sud qarorlarining ijro 
etilishi tartibini belgilaydigan huquq me’yorlarining majmuiga aytiladi. Mashhur 
protsessualist olima M.S.Shakaryan fuqarolik protsessual huquqiga fuqarolik 
ishlarini qo‘zg‘atish, mazmunan ko‘rish va hal etish, sud qarorlarini qayta ko‘rish, 
shuningdek sud qarorlarini ijro etish tartibini, umuman fuqarolik ishlari bo‘yicha 
odil sudlovni amalga oshirish tartibini belgilaydigan huquq normalarining majmui, 
deb ta’rif beradi. Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik protsessual huquqi fuqarolarning 
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, 
shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarining sud orqali himoya qilinishini ta’minlaydi. Fuqarolik protsessual 
huquqi o‘zida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish jarayonida 
sud va protsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladigan protsessual normalar tizimini jamlagan huquq 
sohasi hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalari bilan fuqarolik ishlarida 
ishtirok etuvchi har bir shaxs uchun protsessual huquq va majburiyatlar belgilanadi. 
Masalan, sud fuqarolik ishini mazmunan ko‘rish va hal etish vakolatiga ega bo‘ladi. 
Shu bilan birga sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlariga 
qat’iy amal qilishi talab etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan 
tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz 
qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok 
etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan
bo‘lmish fuqarolik protsessual huquqini hosil qiladi. Yuridik adabiyotlarda fuqarolik protsessual huquqi tushunchasiga bir-biriga o‘xshash ta’riflar beriladi. Masalan, atoqli protsessualist Sh.Sh.Shoraxmetovning fikricha, fuqarolik protsessual huquqi deb, fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarini ifodalaydigan fuqarolik protsessi ishtirokchilarining harakatlarini qonun asosida tartibga soladigan, shuningdek sud qarorlarining ijro etilishi tartibini belgilaydigan huquq me’yorlarining majmuiga aytiladi. Mashhur protsessualist olima M.S.Shakaryan fuqarolik protsessual huquqiga fuqarolik ishlarini qo‘zg‘atish, mazmunan ko‘rish va hal etish, sud qarorlarini qayta ko‘rish, shuningdek sud qarorlarini ijro etish tartibini, umuman fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish tartibini belgilaydigan huquq normalarining majmui, deb ta’rif beradi. Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik protsessual huquqi fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining sud orqali himoya qilinishini ta’minlaydi. Fuqarolik protsessual huquqi o‘zida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan protsessual normalar tizimini jamlagan huquq sohasi hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalari bilan fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi har bir shaxs uchun protsessual huquq va majburiyatlar belgilanadi. Masalan, sud fuqarolik ishini mazmunan ko‘rish va hal etish vakolatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlariga qat’iy amal qilishi talab etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan
 
 
shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va 
yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha 
masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, 
iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat 
qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lishi va o‘z 
huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar. Fuqarolik protsessual huquq 
normalari sud protsessini olib borish tartibini belgilaydi, mazkur tartibni buzuvchi 
fuqarolik protsessual munosabatning har bir subyekti uchun muayyan choralarni 
nazarda tutadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalarining huquqiy tartibga solish 
obyektini fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasidagi ijtimoiy 
munosabatlar tashkil qiladi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning mustaqil 
tarmog‘i bo‘lgani bois, huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos maxsus predmetiga 
ega. Shu o‘rinda fuqarolik protsessual huquqi predmetining fuqarolik protsessining 
predmeti bilan o‘zaro farqli jihatlarini ajrata bilish lozim. Masalan, sud tomonidan 
odil sudlovni amalga oshirish maqsadida sudda ko‘rilayotgan muayyan fuqarolik 
ishi fuqarolik protsessining predmeti hisoblanadi. Yuridik lug‘atlarda e’tirof 
etilishicha, fuqarolik ishi – fuqarolik sudida fuqarolik huquqiy qonunlarda nazarda 
tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladigan har qanday ish. Fuqarolik ishiga quyidagilar 
kiradi: fuqarolik huquqi to‘g‘risidagi kelishmovchilikka doir ishlar; boshqaruv 
organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini fuqarolarning huquqlarini 
cheklab sodir yetgan harakatlari bo‘yicha shikoyatlarga doir ishlar; yuridik 
ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar va maxsus 
yuritiladigan boshqa ishlar. Fuqarolik protsessual huquqining predmetini fuqarolik 
sud ishlarini yuritish sohasida vujudga keladigan fuqarolik protsessual munosabatlar 
tashkil etib, ushbu munosabatlar fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va 
protsessning boshqa ishtirokchilari, sud qarorlarini ijro etuvchi idoralar o‘rtasida 
yuzaga keladi. M.S.Shakaryanning fikricha, fuqarolik sud ishlarini yuritish deganda,
shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lishi va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar. Fuqarolik protsessual huquq normalari sud protsessini olib borish tartibini belgilaydi, mazkur tartibni buzuvchi fuqarolik protsessual munosabatning har bir subyekti uchun muayyan choralarni nazarda tutadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalarining huquqiy tartibga solish obyektini fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning mustaqil tarmog‘i bo‘lgani bois, huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos maxsus predmetiga ega. Shu o‘rinda fuqarolik protsessual huquqi predmetining fuqarolik protsessining predmeti bilan o‘zaro farqli jihatlarini ajrata bilish lozim. Masalan, sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish maqsadida sudda ko‘rilayotgan muayyan fuqarolik ishi fuqarolik protsessining predmeti hisoblanadi. Yuridik lug‘atlarda e’tirof etilishicha, fuqarolik ishi – fuqarolik sudida fuqarolik huquqiy qonunlarda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladigan har qanday ish. Fuqarolik ishiga quyidagilar kiradi: fuqarolik huquqi to‘g‘risidagi kelishmovchilikka doir ishlar; boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini fuqarolarning huquqlarini cheklab sodir yetgan harakatlari bo‘yicha shikoyatlarga doir ishlar; yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar va maxsus yuritiladigan boshqa ishlar. Fuqarolik protsessual huquqining predmetini fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasida vujudga keladigan fuqarolik protsessual munosabatlar tashkil etib, ushbu munosabatlar fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari, sud qarorlarini ijro etuvchi idoralar o‘rtasida yuzaga keladi. M.S.Shakaryanning fikricha, fuqarolik sud ishlarini yuritish deganda,
 
 
fuqarolik protsessual huquqi bilan tartibga solinadigan sud, ishda ishtirok etuvchi 
shaxslar va protsessning boshqa ishtirokchilari, shuningdek sud qarorlarini ijro 
etuvchi idoralarning faoliyati tushuniladi. Boshqa guruhdagi olimlar esa fuqarolik 
protsessi deganda, uchta tarkibiy qism: protsessual faoliyat, protsessual 
munosabatlar va protsessual shaklning birligini tushunadilar. Sh.Shoraxmetov 
fuqarolik protsessiga qonun bilan belgilangan fuqarolik ishlarini ko‘rish, hal qilish 
va sud qarorlarini ijro etish bilan bog‘liq faoliyat, deb ta’rif beradi. 
 
 
2. Fuqarolik protsessual huquqining tizimi 
Fuqarolik protsessual huquqining barcha qoidalari bir biri bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, uning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ushbu tizimda umumiy va maxsus 
ahamiyat kasb etuvchi normalar majud bo‘lib, ular birgalikda fuqarolik protsessual 
huquqining tizimini hosil qiladi. Protsessual normalar sud ishlarini yuritish turlari 
hamda fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun umumiy bo‘lgan 
normalarga ajratiladi. Ular fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalarini aniqlaydi, 
fuqarolik protsessi prinsiplarini mustahkamlaydi, fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi 
shaxslar doirasini, dalillar, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari, chaqiruvlari 
va hokazolarni belgilaydi. Modomiki, fuqarolik protsessi fuqarolik ishining bir 
bosqichdan ikkinchi bosqichga harakatlanishidan iborat ekan, protsessual normalar 
birinchi instansiya sudida, apellatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritish, qonuniy 
kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish, sud qarorlarini ijro 
etish bosqichlarini o‘zida qamrab oladi. Undan tashqari, protsessual normalar turli 
protsessual harakatlarni ham tartibga soladi. Masalan, da’vo tartibida yuritiladigan 
ishlardagi ko‘plab protsessual normalar (fuqarolik ishini qo‘zg‘atishga doir 188-
200-moddalar, fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlashga oid 201-206-moddalar) 
sud ishlarini yuritishning boshqa turlari uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shuning
fuqarolik protsessual huquqi bilan tartibga solinadigan sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va protsessning boshqa ishtirokchilari, shuningdek sud qarorlarini ijro etuvchi idoralarning faoliyati tushuniladi. Boshqa guruhdagi olimlar esa fuqarolik protsessi deganda, uchta tarkibiy qism: protsessual faoliyat, protsessual munosabatlar va protsessual shaklning birligini tushunadilar. Sh.Shoraxmetov fuqarolik protsessiga qonun bilan belgilangan fuqarolik ishlarini ko‘rish, hal qilish va sud qarorlarini ijro etish bilan bog‘liq faoliyat, deb ta’rif beradi. 2. Fuqarolik protsessual huquqining tizimi Fuqarolik protsessual huquqining barcha qoidalari bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ushbu tizimda umumiy va maxsus ahamiyat kasb etuvchi normalar majud bo‘lib, ular birgalikda fuqarolik protsessual huquqining tizimini hosil qiladi. Protsessual normalar sud ishlarini yuritish turlari hamda fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun umumiy bo‘lgan normalarga ajratiladi. Ular fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalarini aniqlaydi, fuqarolik protsessi prinsiplarini mustahkamlaydi, fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi shaxslar doirasini, dalillar, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari, chaqiruvlari va hokazolarni belgilaydi. Modomiki, fuqarolik protsessi fuqarolik ishining bir bosqichdan ikkinchi bosqichga harakatlanishidan iborat ekan, protsessual normalar birinchi instansiya sudida, apellatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish, sud qarorlarini ijro etish bosqichlarini o‘zida qamrab oladi. Undan tashqari, protsessual normalar turli protsessual harakatlarni ham tartibga soladi. Masalan, da’vo tartibida yuritiladigan ishlardagi ko‘plab protsessual normalar (fuqarolik ishini qo‘zg‘atishga doir 188- 200-moddalar, fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlashga oid 201-206-moddalar) sud ishlarini yuritishning boshqa turlari uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shuning
 
 
uchun ham da’vo tartibida yuritiladigan ishlar uchun belgilangan qoidalar fuqarolik 
sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari tarzida e’tirof etiladi. Biroq har bir sud 
ishlarini yuritish turining o‘ziga xos xususiyatlari alohida normalarda aks ettiriladi. 
Xususan, “qarshi da’vo”, “da’voni ta’minlash” kabi normalar da’vo tartibida 
yuritiladigan ishlar uchungina xos hisoblanadi. Fuqarolik protsessual kodeksida, 
shuningdek fuqarolik, uy-joy, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi kodekslarda moddiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlarini nazarda tutuvchi maxsus 
normalar o‘z ifodasini topadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksining 277-moddasida xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini 
to‘lashdan ozod etilishi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila 
kodeksining 80-moddasiga ko‘ra, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi 
ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. 
Mashhur protsessualist N.A.Chechina ham ayrim toifadagi fuqarolik ishlarini sudda 
ko‘rish va hal etishga xizmat qiluvchi aksariyat protsessual normalar 
kodifikatsiyalangan va kodifikatsiyalanmagan moddiy huquq normalarida 
mustahkamlab qo‘yilishining tarafdori bo‘lgan. Shunday qilib, fuqarolik protsessual 
huquqi tarkibida birinchi instansiya, apellatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritish, 
qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish, sud qarorlarini 
ijro etish bosqichlarini tartibga soluvchi, umuman fuqarolik protsessining barcha 
bosqichlari uchun xos bo‘lgan umumiy qoidalarni ajratish mumkin. Bu esa fuqarolik 
protsessual huquqi tizimini quyidagi ikki qismga: umumiy va maxsus qismga 
ajratish mumkinligini ko‘rsatadi.  
Fuqarolik protsessual huquqining umumiy qismida Fuqarolik protsessual 
kodeksining “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida fuqarolik sud 
ishlarini yuritishning prinsiplari, sud tartibi, sudyani va protsessning boshqa
uchun ham da’vo tartibida yuritiladigan ishlar uchun belgilangan qoidalar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari tarzida e’tirof etiladi. Biroq har bir sud ishlarini yuritish turining o‘ziga xos xususiyatlari alohida normalarda aks ettiriladi. Xususan, “qarshi da’vo”, “da’voni ta’minlash” kabi normalar da’vo tartibida yuritiladigan ishlar uchungina xos hisoblanadi. Fuqarolik protsessual kodeksida, shuningdek fuqarolik, uy-joy, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi kodekslarda moddiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlarini nazarda tutuvchi maxsus normalar o‘z ifodasini topadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 277-moddasida xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilishi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 80-moddasiga ko‘ra, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Mashhur protsessualist N.A.Chechina ham ayrim toifadagi fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish va hal etishga xizmat qiluvchi aksariyat protsessual normalar kodifikatsiyalangan va kodifikatsiyalanmagan moddiy huquq normalarida mustahkamlab qo‘yilishining tarafdori bo‘lgan. Shunday qilib, fuqarolik protsessual huquqi tarkibida birinchi instansiya, apellatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish, sud qarorlarini ijro etish bosqichlarini tartibga soluvchi, umuman fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun xos bo‘lgan umumiy qoidalarni ajratish mumkin. Bu esa fuqarolik protsessual huquqi tizimini quyidagi ikki qismga: umumiy va maxsus qismga ajratish mumkinligini ko‘rsatadi. Fuqarolik protsessual huquqining umumiy qismida Fuqarolik protsessual kodeksining “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida fuqarolik sud ishlarini yuritishning prinsiplari, sud tartibi, sudyani va protsessning boshqa
 
 
ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqlilik va sudga tegishlilik, fuqarolik sud 
ishlarini yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish 
yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud 
xarajatlari, 
protsessual 
majburlov 
choralari, 
protsessual 
muddatlar, 
sud 
xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimini tuzish kabi institutlar nazarda 
tutilgan. Fuqarolik protsessual huquqining maxsus qismi – protsessning turli 
bosqichlarini (birinchi instansiya sudida ish yuritish, sud qarorlari ustidan shikoyat 
berish va ularni qayta ko‘rish, sud hujjatlarini ijroga qaytarish) tartibga soluvchi, 
shuningdek fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar ishtiroki masalasini nazarda tutuvchi normalar yig‘indisidan 
iborat. Boshqacha qilib aytganda, maxsus qismda fuqarolik ishlarining ayrim 
turkumlarini ko‘rish, hal qilish uchun va fuqarolik jarayonining ayrim bosqichlari 
uchun maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy me’yorlar bayon etiladi. Fuqarolik 
protsessual huquqining yuqorida bayon etilgan tizimi o‘zida Fuqarolik protsessual 
kodeksining tuzilishini belgilab beradi. 
 
 
 
3. Fuqarolik protsessul huquqining manbalari 
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari fuqarolik sud ishlarini yuritish 
tartibini belgilovchi fuqarolik protsessual normalardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi 
xalqaro shartnomalar hisoblanadi. Undan tashqari, umumiy yurisdiksiya sudlarida 
fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
Fuqarolik protsessual kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun va 
boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Fuqarolik protsessual huquqining asosiy 
manbai o‘zida sud ishlarini yuritishning muhim prinsiplarini mustahkamlagan
ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqlilik va sudga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimini tuzish kabi institutlar nazarda tutilgan. Fuqarolik protsessual huquqining maxsus qismi – protsessning turli bosqichlarini (birinchi instansiya sudida ish yuritish, sud qarorlari ustidan shikoyat berish va ularni qayta ko‘rish, sud hujjatlarini ijroga qaytarish) tartibga soluvchi, shuningdek fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtiroki masalasini nazarda tutuvchi normalar yig‘indisidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, maxsus qismda fuqarolik ishlarining ayrim turkumlarini ko‘rish, hal qilish uchun va fuqarolik jarayonining ayrim bosqichlari uchun maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy me’yorlar bayon etiladi. Fuqarolik protsessual huquqining yuqorida bayon etilgan tizimi o‘zida Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishini belgilab beradi. 3. Fuqarolik protsessul huquqining manbalari Fuqarolik protsessual huquqining manbalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibini belgilovchi fuqarolik protsessual normalardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalar hisoblanadi. Undan tashqari, umumiy yurisdiksiya sudlarida fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik protsessual kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai o‘zida sud ishlarini yuritishning muhim prinsiplarini mustahkamlagan
 
 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya fuqarolik 
protsessual qonunchilikning rivojlanishidagi muhim huquqiy bazadir. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning haqiqiy mustaqil davlat 
maqomiga ega ekanligiga qonuniy asos soldi, uning tegishli normalarida jamiyat 
tuzilishida va davlat qurilishida, fuqarolarning huquq va erkinliklarga erishishida 
sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar o‘z aksini topdi va mustahkamlandi.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
qabul 
qilinganining 
25 
yilligiga 
bag‘ishlangan 
tantanali 
marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada 
taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, 
“...Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat 
organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha 
jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib 
bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-
qudrati natijasidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik fanlarning 
asosiy manbai va o‘zagi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan Konstitutsiya 
negizida, aytish mumkinki, uning muayyan normalari orqali ham ma’lum bir huquq 
tizimlarida uzluksiz ravishda davom etadigan sifat jihatdan tub o‘zgarishlar ro‘y 
berishi, natijada yangidan-yangi huquq sohalari shakllanishi mumkin. Shuning 
uchun ham muayyan bir huquq sohasining manbalarini o‘rganish jarayonida eng 
avvalo asosiy manba sifatida Konstitutsiyani o‘rganishga alohida e’tibor berib 
kelinadi. Konstitutsiya muhim huquq sohalaridan biri bo‘lgan fuqarolik protsessual 
huquqining ham asosiy manbai hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik 
protsessual huquqi fani yuridik fanlarning asosiy va muhim sohalaridan biri 
hisoblanib, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya fuqarolik protsessual qonunchilikning rivojlanishidagi muhim huquqiy bazadir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning haqiqiy mustaqil davlat maqomiga ega ekanligiga qonuniy asos soldi, uning tegishli normalarida jamiyat tuzilishida va davlat qurilishida, fuqarolarning huquq va erkinliklarga erishishida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar o‘z aksini topdi va mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “...Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch- qudrati natijasidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik fanlarning asosiy manbai va o‘zagi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan Konstitutsiya negizida, aytish mumkinki, uning muayyan normalari orqali ham ma’lum bir huquq tizimlarida uzluksiz ravishda davom etadigan sifat jihatdan tub o‘zgarishlar ro‘y berishi, natijada yangidan-yangi huquq sohalari shakllanishi mumkin. Shuning uchun ham muayyan bir huquq sohasining manbalarini o‘rganish jarayonida eng avvalo asosiy manba sifatida Konstitutsiyani o‘rganishga alohida e’tibor berib kelinadi. Konstitutsiya muhim huquq sohalaridan biri bo‘lgan fuqarolik protsessual huquqining ham asosiy manbai hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi fani yuridik fanlarning asosiy va muhim sohalaridan biri hisoblanib, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash,
 
 
fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish, 
fuqarolarning 
huquqiy 
madaniyatini 
yuksaltirish, 
qonun 
hujjatlarini 
takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimizning 
Asosiy qonuni sifatida mamlakatimizdagi barcha huquq sohalari kabi fuqarolik 
protsessual huquqi fanini rivojlantirish hamda yanada takomillashtirishda muhim 
manba hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizning ayrim boblari va xatto 
moddalari ham fuqarolik protsessual huquqining institutlarini rivojlantirishda 
muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Konstitutsiyaning “O‘zbekiston Respublikasining 
sud hokimiyati” deb nomlangan XXII bobi muhim ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra, 
“O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 
holda ish yuritadi”. Bu haqdagi maxsus qoidaning kiritilishi ham sudlarning 
chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy 
davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi. 
Konstitutsiyada, shuningdek sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish 
tartibini belgilashga qaratilgan yangi qonunlarni qabul qilishga xizmat qiluvchi 
normalar (107-modda) ham o‘z ifodasini topgan. Fuqarolik sud ishlarini yuritish 
jarayonida amal qiladigan asosiy prinsiplarga doir qoidalarning  Bosh qomusimizda 
belgilanishi sud ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rilishi hamda hal etilishini 
ta’minlaydi. Xususan, Konstitutsiyaning 112-moddasida sudyalarning mustaqilligi 
va faqat qonunga bo‘ysunishlari to‘g‘risida qoida mavjud bo‘lib, ularning odil 
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron bir tarzda aralashishga yo‘l 
qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi 
o‘z ifodasini topgan. Qayd etish lozimki, sudlarning mustaqilligi mamlakatimizda 
odil sudlovni hech kimning aralashuvisiz, xolisona amalga oshirishga qodir bo‘lgan 
mustaqil va nufuzli sud hokimiyatining mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan
fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimizning Asosiy qonuni sifatida mamlakatimizdagi barcha huquq sohalari kabi fuqarolik protsessual huquqi fanini rivojlantirish hamda yanada takomillashtirishda muhim manba hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizning ayrim boblari va xatto moddalari ham fuqarolik protsessual huquqining institutlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Konstitutsiyaning “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” deb nomlangan XXII bobi muhim ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”. Bu haqdagi maxsus qoidaning kiritilishi ham sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi. Konstitutsiyada, shuningdek sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilashga qaratilgan yangi qonunlarni qabul qilishga xizmat qiluvchi normalar (107-modda) ham o‘z ifodasini topgan. Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida amal qiladigan asosiy prinsiplarga doir qoidalarning Bosh qomusimizda belgilanishi sud ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rilishi hamda hal etilishini ta’minlaydi. Xususan, Konstitutsiyaning 112-moddasida sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishlari to‘g‘risida qoida mavjud bo‘lib, ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi o‘z ifodasini topgan. Qayd etish lozimki, sudlarning mustaqilligi mamlakatimizda odil sudlovni hech kimning aralashuvisiz, xolisona amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil va nufuzli sud hokimiyatining mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan
 
 
biridir. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi 
to‘g‘risida”gi 
Farmoni bilan tasdiqlangan 
2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga 
oshirishga oid Davlat dasturi16 asosida qabul qilingan qonunchilik bilan sudya 
birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik 
lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanishi yoki 
saylanishi belgilandi. O‘z navbatida mazkur yangilik xalqaro standartlar va 
rivojlangan demokratik davlatlarning qonunchilik tajribasiga mos keladi. 
Konstitutsiyaning 
107-moddasida 
mamlakatimizda 
odil 
sudlovni 
amalga 
oshiradigan sudlarning to‘liq ro‘yxati berilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasida sud tizimini quyidagi sudlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy 
sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari 
bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va 
tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l 
qo‘yilmasligi haqidagi qoidaning Asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yilishi esa 
jamiyatda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga, hokimiyatlarning bir-birini tiyib 
turishi to‘g‘risidagi tamoyilning amalda o‘z ifodasini topishiga hamda inson huquq 
va erkinliklarini qo‘shimcha ravishda kafolatlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida hamma sudlarda ishlar ochiq 
ko‘rilishi, ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l 
qo‘yilishi haqidagi qoidalar belgilangan. Mazkur qoida shuningdek, Fuqarolik 
protsessual kodeksida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra barcha sudlarda
biridir. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi16 asosida qabul qilingan qonunchilik bilan sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanishi yoki saylanishi belgilandi. O‘z navbatida mazkur yangilik xalqaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning qonunchilik tajribasiga mos keladi. Konstitutsiyaning 107-moddasida mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshiradigan sudlarning to‘liq ro‘yxati berilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini quyidagi sudlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi qoidaning Asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yilishi esa jamiyatda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga, hokimiyatlarning bir-birini tiyib turishi to‘g‘risidagi tamoyilning amalda o‘z ifodasini topishiga hamda inson huquq va erkinliklarini qo‘shimcha ravishda kafolatlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘rilishi, ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yilishi haqidagi qoidalar belgilangan. Mazkur qoida shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra barcha sudlarda
 
 
ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi. Davlat siriga, farzandlikka olish siriga 
taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan 
boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi. Sudning hal 
qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi. Jamiyatimizda sud 
hokimiyatining nufuzini oshirish, sud orqali himoyalanishga bo‘lgan huquqlarni 
qo‘shimcha kafolatlash, sud tizimining qonunchilik asoslarini huquqiy demokratik 
davlat talablariga moslashtirish hamda fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish va hal 
etishni soddalashtirishga qaratilgan normalarni fuqarolik protsessual qonunchilikda 
mustahkamlash maqsadida 2018-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik protsessual kodeksi qabul qilindi va 2018-yilning 1-aprelidan amalga 
kiritildi. Fuqarolik protsessual huquqining muhim manbai sifatida O‘zbekiston 
Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Sudlar 
to‘g‘risida”gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Qonunda sud tizimi, 
sudning vazifalari, sudda ish ko‘rish bo‘yicha muhim prinsiplar, sudlarning tuzilishi, 
sudyalarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq normalar mustahkamlangan. Fuqarolik 
protsessual huquqining manbasi sifatida fuqarolik protsessining alohida 
yo‘nalishlarini tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Fuqarolik protsessual huquqining bunday manbalari sifatida O‘zbekiston 
Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni,  “Sud 
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi 2017-yil 6-apreldagi Qonuni 
shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarni ijro etish maqsadida 
2018-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual 
kodeksi qabul qilindi va 2018-yilning 1-aprelidan amalga kiritildi. FPKda sudda 
fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal etish tartibini batafsil ifoda etuvchi fuqarolik
ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi. Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi. Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi. Jamiyatimizda sud hokimiyatining nufuzini oshirish, sud orqali himoyalanishga bo‘lgan huquqlarni qo‘shimcha kafolatlash, sud tizimining qonunchilik asoslarini huquqiy demokratik davlat talablariga moslashtirish hamda fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish va hal etishni soddalashtirishga qaratilgan normalarni fuqarolik protsessual qonunchilikda mustahkamlash maqsadida 2018-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi qabul qilindi va 2018-yilning 1-aprelidan amalga kiritildi. Fuqarolik protsessual huquqining muhim manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Qonunda sud tizimi, sudning vazifalari, sudda ish ko‘rish bo‘yicha muhim prinsiplar, sudlarning tuzilishi, sudyalarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq normalar mustahkamlangan. Fuqarolik protsessual huquqining manbasi sifatida fuqarolik protsessining alohida yo‘nalishlarini tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlari ham muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik protsessual huquqining bunday manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi 2017-yil 6-apreldagi Qonuni shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarni ijro etish maqsadida 2018-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi qabul qilindi va 2018-yilning 1-aprelidan amalga kiritildi. FPKda sudda fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal etish tartibini batafsil ifoda etuvchi fuqarolik
 
 
protsessual huquqining normalari mustahkamlangan. Mazkur Kodeks besh bo‘lim, 
47-bob va 462-moddadan iborat. FPKning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan 
birinchi bo‘limida quyidagi boblar mavjud: asosiy qoidalar, fuqarolik sud ishlarini 
yuritish prinsiplari, sud tarkibi, sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad 
qilish, sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini yuritish 
ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish yuritishni to‘xtatib 
turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, 
protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va 
chaqiruvlari, kelishuv bitimi. FPKning “Birinchi instansiya sudida ish yuritish” deb 
nomlangan ikkinchi bo‘limi sud ishlarini yuritishning barcha turlarida 
qo‘llaniladigan umumiy qoidalar va sud ishlarini yuritish turlari uchun tatbiq 
etiladigan maxsus normalar mustahkamlangan kichik bo‘limlardan iborat. 1-kichik 
bo‘limda buyruq tartibida ish yuritish, 2-kichik bo‘limda da’vo ishni yuritish, 3-
kichik bo‘limda alohida tartibda ish yuritish, 4-kichik bo‘limda esa hakamlik 
sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yuritishga doir normalar o‘z 
ifodasini topgan. Bu esa o‘z navbatida fuqarolik sud ishlarini yuritishning 4 ta turi 
mavjudligini hamda har bir sud ishlarini yuritish turining o‘ziga xos protsessual 
xususiyatlari fuqarolik protsessual qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilganligini 
ko‘rsatadi. Qolaversa, ko‘p yillar davomida huquqshunos olimlar tomonidan ilgari 
surilgan hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yuritish 
fuqarolik sud ishlarini yuritishning alohida turi sifatida belgilanishi lozimligi 
haqidagi ilmiy asoslangan takliflarning amaldagi ko‘rinishi ham hisoblanadi. 
FPKning “Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlarining, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki” deb nomlangan 3-bo‘limida umumiy qoidalar, 
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal 
qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etishga oid masalalar o‘rin olgan. Muqaddam 
amalda bo‘lgan FPKdan farqli ravishda mazkur bo‘limda chet el fuqarolari va
protsessual huquqining normalari mustahkamlangan. Mazkur Kodeks besh bo‘lim, 47-bob va 462-moddadan iborat. FPKning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida quyidagi boblar mavjud: asosiy qoidalar, fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari, sud tarkibi, sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimi. FPKning “Birinchi instansiya sudida ish yuritish” deb nomlangan ikkinchi bo‘limi sud ishlarini yuritishning barcha turlarida qo‘llaniladigan umumiy qoidalar va sud ishlarini yuritish turlari uchun tatbiq etiladigan maxsus normalar mustahkamlangan kichik bo‘limlardan iborat. 1-kichik bo‘limda buyruq tartibida ish yuritish, 2-kichik bo‘limda da’vo ishni yuritish, 3- kichik bo‘limda alohida tartibda ish yuritish, 4-kichik bo‘limda esa hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yuritishga doir normalar o‘z ifodasini topgan. Bu esa o‘z navbatida fuqarolik sud ishlarini yuritishning 4 ta turi mavjudligini hamda har bir sud ishlarini yuritish turining o‘ziga xos protsessual xususiyatlari fuqarolik protsessual qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilganligini ko‘rsatadi. Qolaversa, ko‘p yillar davomida huquqshunos olimlar tomonidan ilgari surilgan hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yuritish fuqarolik sud ishlarini yuritishning alohida turi sifatida belgilanishi lozimligi haqidagi ilmiy asoslangan takliflarning amaldagi ko‘rinishi ham hisoblanadi. FPKning “Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlarining, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki” deb nomlangan 3-bo‘limida umumiy qoidalar, chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etishga oid masalalar o‘rin olgan. Muqaddam amalda bo‘lgan FPKdan farqli ravishda mazkur bo‘limda chet el fuqarolari va