FUQAROLIK SUDIDA VAKILLIK

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

25,7 KB


 
 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
 
Reja: 
I. 
Kirish  
II. 
Asosiy qism 
2.1 Fuqarolik protsessual huquqida vakillik tushunchasi, ahamiyati va 
asoslari 
2.2 Fuqarolik protsessual sud jarayonida vakilllik huquqining  turlari 
2.3 Fuqarolik protsessual sudida vakilning vakolatlari 
Xulosa  
Foydalanilgan adabiyotlar
KURS ISHI Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 2.1 Fuqarolik protsessual huquqida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari 2.2 Fuqarolik protsessual sud jarayonida vakilllik huquqining turlari 2.3 Fuqarolik protsessual sudida vakilning vakolatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
 
 
Kirish 
 
Fuqarolik protsessida vakillik instituti muhim o‘rin tutadi. Bu institut 
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini sud oldida himoya qilishda 
yuridik yordamni ta’minlash maqsadida yaratilgan. Zamonaviy huquqiy tizimda 
fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillik qilishning huquqiy asosi va amaliy ahamiyati 
alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. 
 
Vakillik, bir tomondan, sud ishtirokchilarining ish yuritish imkoniyatini 
kengaytirsa, ikkinchi tomondan, sudda ishni ko‘rishda protsessual masalalarni 
samarali hal qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z 
huquqlarini o‘zlari himoya qilishga imkoniyati bo‘lmagan holatlarda vakillik muhim 
rol o‘ynaydi. 
 
Mazkur referatda fuqarolik sudida vakillik institutining asosiy huquqiy 
jihatlari, uning protsessual tartibi, amaliyotdagi ahamiyati hamda ushbu institutni 
rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi. Vakillikning zamonaviy sud 
tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yoritish orqali fuqarolik protsessida adolat va 
samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. 
 
Bu kirish qismi referatning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va mazmunini 
aniqlab beradi.
Kirish Fuqarolik protsessida vakillik instituti muhim o‘rin tutadi. Bu institut fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini sud oldida himoya qilishda yuridik yordamni ta’minlash maqsadida yaratilgan. Zamonaviy huquqiy tizimda fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillik qilishning huquqiy asosi va amaliy ahamiyati alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Vakillik, bir tomondan, sud ishtirokchilarining ish yuritish imkoniyatini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, sudda ishni ko‘rishda protsessual masalalarni samarali hal qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z huquqlarini o‘zlari himoya qilishga imkoniyati bo‘lmagan holatlarda vakillik muhim rol o‘ynaydi. Mazkur referatda fuqarolik sudida vakillik institutining asosiy huquqiy jihatlari, uning protsessual tartibi, amaliyotdagi ahamiyati hamda ushbu institutni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi. Vakillikning zamonaviy sud tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yoritish orqali fuqarolik protsessida adolat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Bu kirish qismi referatning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va mazmunini aniqlab beradi.
 
 
2.1 
Fuqarolik protsessual huquqida vakillik tushunchasi, ahamiyati va 
asoslari 
 
Vakillik instituti O'zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasining 44, 116-
moddalarida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam 
olish kabi konsti- tutsiyaviy huquqlarni amalga oshirilishini ta'minlashga xizmat 
qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi taraflar, uchinchi shaxslar, arizachilarning 
huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari 
himoyasining protsessual kafolati vazifasini bajarishga xizmat qiladi. 
 
Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning 
topshirig'iga ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik 
qilish deb ataladi. O'z navbatida bunday munosabatlar shartnoma (ishonchnoma, 
vakolatnoma, order) asosida amalga oshiriladi. 
 
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki esa ana shu vakillik 
institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi. 
 
Suddagi vakillik bu sud himoyasiga bo'lgan huquqni amalga oshirish, 
malakali yuridik yordan olish vositasi sanalib, manfaatdor shaxslar shaxsan o'zlari 
ishni olib borishlari yoki bevosita vakillari orqali ish olib borishlari; bevosita ishda 
ham vakili, ham o'zining bir vaqtda qatnashuviga yo'l qo'yilishi kabilarni o'z ichiga 
oladi. 
 
Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati: 
 
sud-huquq islohotlarini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni ro'yobga 
chiqarishga ko'maklashish; 
 
sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi 
konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash;  
 
fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish, buzilgan huquqlarni tiklash mexanizmini kuchaytirish; 
 
 fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish; 
 
huquq va manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish; 
 
fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishda sudlarga 
ko'maklashish;
2.1 Fuqarolik protsessual huquqida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari Vakillik instituti O'zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasining 44, 116- moddalarida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konsti- tutsiyaviy huquqlarni amalga oshirilishini ta'minlashga xizmat qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi taraflar, uchinchi shaxslar, arizachilarning huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari himoyasining protsessual kafolati vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning topshirig'iga ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik qilish deb ataladi. O'z navbatida bunday munosabatlar shartnoma (ishonchnoma, vakolatnoma, order) asosida amalga oshiriladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki esa ana shu vakillik institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi. Suddagi vakillik bu sud himoyasiga bo'lgan huquqni amalga oshirish, malakali yuridik yordan olish vositasi sanalib, manfaatdor shaxslar shaxsan o'zlari ishni olib borishlari yoki bevosita vakillari orqali ish olib borishlari; bevosita ishda ham vakili, ham o'zining bir vaqtda qatnashuviga yo'l qo'yilishi kabilarni o'z ichiga oladi. Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati: sud-huquq islohotlarini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni ro'yobga chiqarishga ko'maklashish; sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash; fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, buzilgan huquqlarni tiklash mexanizmini kuchaytirish; fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish; huquq va manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish; fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishda sudlarga ko'maklashish;
 
 
 
ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish; 
 
ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarorlari chiqarish 
imkoniyatlarini ta'minlashga qara- tilgan. 
 
Suddagi vakillikni vujudga kelish shartlari: 
 
manfaatdor shaxsning topshirig'iga ko'ra; 
 
 qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra. 
 
Vakillik vujudga kelishi uchun kasallik, xizmat safarida bo'lish, tegishli huquq 
normalaridan yetarli darajada xabardor bo'lmaslik, voyaga yetmaganlik, muomalaga 
layoqatsizlik va boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, qonun 
hujjatlarida (yuridik shaxslarning Ish yurituv hujjatlarida) vakillikdan foydalanish 
belgilab qo'yilgan bo'ladi yoki xizmat ko'rsatish davomida vakil olishga zarurat 
tug'iladi. Qonuniy vakillardan foydalanish ham qonun hujjatlarida vakillik asoslari 
va vakillik doirasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi. Fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan 
yoki o'z vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi 
uni ish bo'yicha vakilga ega bo'lish huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni 
o'z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. 
 
Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protses- sual huquqiy holati: 
 
vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti; 
 
vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs; 
 
vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan) va 
protsessual-huquqiy manfaatdor shaxs; 
 
vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana 
oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus 
ko'rsatilganda amalga oshiriladi); 
 
isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari); bajar- 
 
vakiiga nisbatan protsessual majburiyatlarni maganlik uchun protsessual 
majburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi zalidan chiqarib yuborish, 
advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish)
ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish; ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarorlari chiqarish imkoniyatlarini ta'minlashga qara- tilgan. Suddagi vakillikni vujudga kelish shartlari: manfaatdor shaxsning topshirig'iga ko'ra; qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra. Vakillik vujudga kelishi uchun kasallik, xizmat safarida bo'lish, tegishli huquq normalaridan yetarli darajada xabardor bo'lmaslik, voyaga yetmaganlik, muomalaga layoqatsizlik va boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, qonun hujjatlarida (yuridik shaxslarning Ish yurituv hujjatlarida) vakillikdan foydalanish belgilab qo'yilgan bo'ladi yoki xizmat ko'rsatish davomida vakil olishga zarurat tug'iladi. Qonuniy vakillardan foydalanish ham qonun hujjatlarida vakillik asoslari va vakillik doirasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi. Fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan yoki o'z vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo'yicha vakilga ega bo'lish huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni o'z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protses- sual huquqiy holati: vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti; vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs; vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan) va protsessual-huquqiy manfaatdor shaxs; vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus ko'rsatilganda amalga oshiriladi); isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari); bajar- vakiiga nisbatan protsessual majburiyatlarni maganlik uchun protsessual majburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi zalidan chiqarib yuborish, advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish)
 
 
2.2 Fuqarolik protsessual sud jarayonida vakilllik huquqining  
turlari 
 
Sudda vakillik qilishning qonuniy va shartnomavi turlariga ruhsat etilgan. 
 
Vakillikning qonuniy, shartnomali, jamoat, ustavli hamda rasmiy turlari ham 
mavjudligi tadqiq etilgan. 
 
Qonuniy vakillik - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning 
qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) 
himoya qiladi. 
 
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi 
lozim bo'lgan ish bo'yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini 
qo'riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. 
 
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning 
merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali hech kim 
qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va 
boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo'rning vakili sifatida 
qatnashadi. 
 
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa 
shaxsga topshirish huquqiga ega. 
O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki 
bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan 
shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar 
ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni 
amalga oshiradi. 
 
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning, 
muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib 
chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni 
cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. 
 
Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo'yicha vakillar ham voyaga yetgan va 
muomalaga layoqatli bo'lishlari kerak.
2.2 Fuqarolik protsessual sud jarayonida vakilllik huquqining turlari Sudda vakillik qilishning qonuniy va shartnomavi turlariga ruhsat etilgan. Vakillikning qonuniy, shartnomali, jamoat, ustavli hamda rasmiy turlari ham mavjudligi tadqiq etilgan. Qonuniy vakillik - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo'lgan ish bo'yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo'riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo'rning vakili sifatida qatnashadi. Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo'yicha vakillar ham voyaga yetgan va muomalaga layoqatli bo'lishlari kerak.
 
 
 
Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar: bolaning 
tegishli ota-onadan paydo bo'lganligi, farzandlikka olinganlik faktlarini tasdiqlovchi 
hujjatlar; vasiy yoki homiyni, meros mulkini asrovchini tayinlash to'g'risida qarorlar 
va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. 
 
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida qonuniy vakillik majburiy vakillik 
deb yuritiladi. Chunki ushbu shaxslar (vakolat beruvchi) albatta qonuniy vakillar 
yordamidan foydalanishga majbur va ularning vakolatnomasida maxsus huquqlarni 
bajarish haqida alohida izoh talab etilmaydi. 
 
Shartnoma bo`yicha ixtiyoriy vakillik- ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va 
qonun bilan qo'riqlanadigan man faatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish 
yuritishni shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. 
 
Quyidagilar shartnoma bo'yicha (Ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin: 
 
1) advokatlar; 
 
2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha 
qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 
 
3) yuridik shaxslarning xodimlari - shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha; 
 
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari shu tashkilotlar a'zolarining 
ishlari bo'yicha; 
 
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish 
huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; 
 
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning 
topshirig'i boʻyicha; 
 
7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning 
vakillari sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar. 
 
Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat 
advokatlar shug'ullanishi mumkin. 
 
Shartnoma boʻyicha vakillikning xususiyatlari: 
 
vakillikning shartnoma boʻyicha ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan turi; 
 
vakillik munosabatlari ishonch bildiruvchi (vakolat beruvchi) va shaxs va 
vakil (advokat) o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, shuningdek qonunga
Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar: bolaning tegishli ota-onadan paydo bo'lganligi, farzandlikka olinganlik faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar; vasiy yoki homiyni, meros mulkini asrovchini tayinlash to'g'risida qarorlar va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida qonuniy vakillik majburiy vakillik deb yuritiladi. Chunki ushbu shaxslar (vakolat beruvchi) albatta qonuniy vakillar yordamidan foydalanishga majbur va ularning vakolatnomasida maxsus huquqlarni bajarish haqida alohida izoh talab etilmaydi. Shartnoma bo`yicha ixtiyoriy vakillik- ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan man faatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar shartnoma bo'yicha (Ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 3) yuridik shaxslarning xodimlari - shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha; 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari shu tashkilotlar a'zolarining ishlari bo'yicha; 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; 6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig'i boʻyicha; 7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar. Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug'ullanishi mumkin. Shartnoma boʻyicha vakillikning xususiyatlari: vakillikning shartnoma boʻyicha ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan turi; vakillik munosabatlari ishonch bildiruvchi (vakolat beruvchi) va shaxs va vakil (advokat) o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, shuningdek qonunga
 
 
muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali vujudga keladi va faqat 
ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo'lganda yuzaga keladi; 
 
vakillikning bu turida maxsus izoh talab qilingan holatlar (huquqlar 
ko'rsatilishi), vakolatni rasmiylashtirish tartibi (advokatlarning orderi, taraflarning 
ishonchnomalari, sherik ishtirokchilarning og'zaki arizalari) ga alohida ko'rsatilishi 
zarur. 
 
Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan Ishni sudda ko'rishga 
tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda ajrimda ko'rsatiladi. Agar vakilni ishga 
kiritish to'g'risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo'lsa, masala ishda 
qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so'ng bayonnomada qayd 
etiladigan ajrim chiqarish yo'li bilan hal etiladi. 
 
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad 
etish) to'g'risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik 
qilmaganligi sababli, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat 
qilish mumkin emas. 
 
Jamoat vakilligi ayrim turdagi fuqarolik ishlari bo'yicha vujudga kelib asosan 
korxona, tashkilot, muassasa va ayniqsa, xodimlar manfaatlarini, shuningdek 
mualliflik huquqiy munosabatlariga doir ishlar bo'yicha mualliflarning buzilgan 
huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga oid ishlar bo'yicha xodimlar 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi. 
 
Rasmiy vakillik asosan bedarak yo'qolgan, o'lgan deb e'lon qilingan 
shaxslarning mulkiy va nomulkiy huquqlarining himoyasini ta'minlash maqsadida 
qonuniy va shartnomali vakillar (vasiy va homiy, mol-mulkni qo'riqlovchi va 
tanlangan advokatlar tomonidan) amalga oshiriladi. O'zbekiston Res publikasining 
Fuqarolik protsessual huquqida rasmiy vakillik alohida tur sifatida o'rganilmaydi. 
 
Ustav bo'yicha vakillik yuridik shaxslar faoliyati bilan bog'liq ishlar bo'yicha 
korxona, tashkilot, muassaasa, tegishli tuzilmaning ta'sis va ish yurituv hujjatlarida 
yuridik shaxs manfaatlarini himoya qilish vakolati (funksional vazifalari) kimga 
yoki qaysi shtat (lavozim) bo'yicha rasman biriktirilganligi hamda vakillik doirasi
muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali vujudga keladi va faqat ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo'lganda yuzaga keladi; vakillikning bu turida maxsus izoh talab qilingan holatlar (huquqlar ko'rsatilishi), vakolatni rasmiylashtirish tartibi (advokatlarning orderi, taraflarning ishonchnomalari, sherik ishtirokchilarning og'zaki arizalari) ga alohida ko'rsatilishi zarur. Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan Ishni sudda ko'rishga tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda ajrimda ko'rsatiladi. Agar vakilni ishga kiritish to'g'risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo'lsa, masala ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so'ng bayonnomada qayd etiladigan ajrim chiqarish yo'li bilan hal etiladi. Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) to'g'risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik qilmaganligi sababli, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat qilish mumkin emas. Jamoat vakilligi ayrim turdagi fuqarolik ishlari bo'yicha vujudga kelib asosan korxona, tashkilot, muassasa va ayniqsa, xodimlar manfaatlarini, shuningdek mualliflik huquqiy munosabatlariga doir ishlar bo'yicha mualliflarning buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga oid ishlar bo'yicha xodimlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi. Rasmiy vakillik asosan bedarak yo'qolgan, o'lgan deb e'lon qilingan shaxslarning mulkiy va nomulkiy huquqlarining himoyasini ta'minlash maqsadida qonuniy va shartnomali vakillar (vasiy va homiy, mol-mulkni qo'riqlovchi va tanlangan advokatlar tomonidan) amalga oshiriladi. O'zbekiston Res publikasining Fuqarolik protsessual huquqida rasmiy vakillik alohida tur sifatida o'rganilmaydi. Ustav bo'yicha vakillik yuridik shaxslar faoliyati bilan bog'liq ishlar bo'yicha korxona, tashkilot, muassaasa, tegishli tuzilmaning ta'sis va ish yurituv hujjatlarida yuridik shaxs manfaatlarini himoya qilish vakolati (funksional vazifalari) kimga yoki qaysi shtat (lavozim) bo'yicha rasman biriktirilganligi hamda vakillik doirasi
 
 
ko'rsatilgan bo'ladi, shunga ko'ra yuridik shaxslarning xodimlari shu yuridik 
shaxslarning ishlari bo'yicha sudda ishtirok etadi. 
 
Vakillikning ushbu turlari alohida vakillik turlari sifatida faqat ilmiy tadqiqot 
ishlarida (ilmiy ishlanmalarda) shunday tadqiq etilgan, ammo nazariya va 
amaliyotda vakillikning qonuniy va shartnoma bo`yicha turlari rasman fuqarolik 
kodeksida mustahkamlangan. 
 
2.3 Fuqarolik protsessual sudida vakilning vakolatlari 
 
Vakillar Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga ko'ra, ishda ishtirok 
etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek, 
yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham ularga tegishli. 
 
Vakillar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar 
ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda 
ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga 
oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, Iltimosnomalar 
taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko'rish 
davomida tug'iladigan hamma masalalar bo'yicha o'zlarining vajlarini bayon qilish, 
boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish, 
sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish, sud 
chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, 
sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va o'z huquqlarini amalga oshirish 
kabi protsessual huquq va majburiyatlarga egadirlar. 
 
Vakillik vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi. Jumladan, 
umumiy vakolat deb, har qanday vakil tomonidan vakolatnoma bergan shaxs 
nomidan harakatlarni amalga oshirishga aytiladi va bunda vakolatlarga maxsus izoh 
berilishi talab qilinmaydi. 
 
Maxsus vakolat deganda vakil tomonidan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan 
harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Maxsus harakat (huquq va burch) lar 
deganda da'vo talab (lar)idan to'liq yoki qisman voz kechish; da'vo predmeti va 
asosini o'zgartirish, da'vo talab(lar)ining miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish;
ko'rsatilgan bo'ladi, shunga ko'ra yuridik shaxslarning xodimlari shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha sudda ishtirok etadi. Vakillikning ushbu turlari alohida vakillik turlari sifatida faqat ilmiy tadqiqot ishlarida (ilmiy ishlanmalarda) shunday tadqiq etilgan, ammo nazariya va amaliyotda vakillikning qonuniy va shartnoma bo`yicha turlari rasman fuqarolik kodeksida mustahkamlangan. 2.3 Fuqarolik protsessual sudida vakilning vakolatlari Vakillar Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga ko'ra, ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek, yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham ularga tegishli. Vakillar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, Iltimosnomalar taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko'rish davomida tug'iladigan hamma masalalar bo'yicha o'zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va o'z huquqlarini amalga oshirish kabi protsessual huquq va majburiyatlarga egadirlar. Vakillik vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi. Jumladan, umumiy vakolat deb, har qanday vakil tomonidan vakolatnoma bergan shaxs nomidan harakatlarni amalga oshirishga aytiladi va bunda vakolatlarga maxsus izoh berilishi talab qilinmaydi. Maxsus vakolat deganda vakil tomonidan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Maxsus harakat (huquq va burch) lar deganda da'vo talab (lar)idan to'liq yoki qisman voz kechish; da'vo predmeti va asosini o'zgartirish, da'vo talab(lar)ining miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish;
 
 
da'vo talab(lar)ini tan olish; kelishuv bitimi tuzish yoki mediativ kelishuvga erishish 
vakolatlarni o'zga shaxsga o'tkazish; sud qarorlari ustidan shikoyat qilish; ijro 
hujjatlarining bajarilishini talab qilish va boshqalar tushuniladi. 
 
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat 
beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. 
 
Shartnoma bo'yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to'liq yoki 
qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini 
ko'paytirish yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, 
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ 
kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib 
topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini 
undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir 
alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus 
ko'rsatilgan bo'lishi kerak. 
 
Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat 
advokatlar shug'ullanishi mumkin. 
 
Oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan va advokatlik faoliyati bilan 
shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O'zbekiston 
Respublikasining fu- qarosi O'zbekiston Respublikasida advokat bo'lishi mumkin. 
 
Litsenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka komissiyalarining 
qarorlari asosida beriladi. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala 
layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan 
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan 
shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi (O'zbekiston Respublikasining Advokatura 
to'g'risida»gi qonuni 3-moddasi). 
 
 Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi 
shaxs) o'rtasida tuziladigan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim (shartnoma) 
asosida amalga oshiriladi.
da'vo talab(lar)ini tan olish; kelishuv bitimi tuzish yoki mediativ kelishuvga erishish vakolatlarni o'zga shaxsga o'tkazish; sud qarorlari ustidan shikoyat qilish; ijro hujjatlarining bajarilishini talab qilish va boshqalar tushuniladi. Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. Shartnoma bo'yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to'liq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug'ullanishi mumkin. Oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan va advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O'zbekiston Respublikasining fu- qarosi O'zbekiston Respublikasida advokat bo'lishi mumkin. Litsenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi (O'zbekiston Respublikasining Advokatura to'g'risida»gi qonuni 3-moddasi). Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o'rtasida tuziladigan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
 
 
 
Advokat ishga kirishishi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlar 
tuzilmasi tomonidan berilgan order taqdim etilishi zarur, mazkur hujjatlar advokatga 
yuridik yordam so'rab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya qilish 
huquqini beradi. 
 
Birinchi instansiya sudida qatnashgan advokatning ish yurituvida ishga 
aloqador quyidagi ma'lumot va hujjatlarning bo'lishi tavsiya etiladi: 
 
sudga berilgan da'vo ariza, ariza, shikoyatlarning nusxalari;  
 
da'vo arizasiga nisbatan qarshi da'vo ariza yoki 
 
e'tiroznoma berilgan bo'lsa, mazkur hujjatlarning nusxalari;  
 
fuqarolik ishi bo'yicha taqdim etilgan yozma dalillarning nusxalari; 
 
sud majlisida aniqlash lozim bo'lgan holatlar yuzasidan tuzilgan savollar 
ro'yxati; 
 
ishni qonuniy hal etilishiga yordam beruvchi huquqiy hujjatlar va maxsus 
adabiyotlardan ko'chirmalar, ularning nusxalari (olingan manbalari ko'rsatilgan 
holda); 
 
sud majlisi davomida tomonlarning tushuntirishlari, fikrlarining qisqacha 
(asosiy) mazmuni, mutaxassislarning fikrlari aks ettirilgan yozuvlar;  
 
ekspert, sudda taqdim etilgan yozma iltimosnomalarning nusxalari, 
shuningdek, og'zaki berilgan iltimosnomalar va sudning iltimosnomalar bo'yicha 
chiqargan ajrimining mazmuni; 
 
sud muzokarasidagi advokat nutqining matni va ushbu bo'yicha tayyorlangan 
tezislar; 
 
agar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib, unga fikr-mulohaza bildirilgan 
bo'lsa, bildirilgan likr-mulohazalar haqidagi ma'lumot; 
 
sudning ish yuzasidan chiqargan hal qiluv qarori yoki ajrimi nusxalari va 
boshqalar. 
 
Fuqarolik protsessual kodeksida (FPKning 70-moddasi) sudda vakillik 
qilishi mumkin bo'lmagan shaxslar toifasi ko'rsatilgan. 
 
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
Advokat ishga kirishishi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlar tuzilmasi tomonidan berilgan order taqdim etilishi zarur, mazkur hujjatlar advokatga yuridik yordam so'rab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya qilish huquqini beradi. Birinchi instansiya sudida qatnashgan advokatning ish yurituvida ishga aloqador quyidagi ma'lumot va hujjatlarning bo'lishi tavsiya etiladi: sudga berilgan da'vo ariza, ariza, shikoyatlarning nusxalari; da'vo arizasiga nisbatan qarshi da'vo ariza yoki e'tiroznoma berilgan bo'lsa, mazkur hujjatlarning nusxalari; fuqarolik ishi bo'yicha taqdim etilgan yozma dalillarning nusxalari; sud majlisida aniqlash lozim bo'lgan holatlar yuzasidan tuzilgan savollar ro'yxati; ishni qonuniy hal etilishiga yordam beruvchi huquqiy hujjatlar va maxsus adabiyotlardan ko'chirmalar, ularning nusxalari (olingan manbalari ko'rsatilgan holda); sud majlisi davomida tomonlarning tushuntirishlari, fikrlarining qisqacha (asosiy) mazmuni, mutaxassislarning fikrlari aks ettirilgan yozuvlar; ekspert, sudda taqdim etilgan yozma iltimosnomalarning nusxalari, shuningdek, og'zaki berilgan iltimosnomalar va sudning iltimosnomalar bo'yicha chiqargan ajrimining mazmuni; sud muzokarasidagi advokat nutqining matni va ushbu bo'yicha tayyorlangan tezislar; agar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib, unga fikr-mulohaza bildirilgan bo'lsa, bildirilgan likr-mulohazalar haqidagi ma'lumot; sudning ish yuzasidan chiqargan hal qiluv qarori yoki ajrimi nusxalari va boshqalar. Fuqarolik protsessual kodeksida (FPKning 70-moddasi) sudda vakillik qilishi mumkin bo'lmagan shaxslar toifasi ko'rsatilgan. Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
 
 
 
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar 
mustasno; 
 
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 
 
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, 
bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) 
sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining 
vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno 
 
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo'lgan shaxslarga 
huquqiy yordam ko'rsatayotgan yoki ilgari yordam ko'rsatgan shaxslar; 
 
4') shu nizo bilan bog'liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda 
mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va 
mediatorning ishtiroki yuzasidan o'zaro rozilik bo'lgan hollar mustasno; 
 
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan 
qarindoshlik munosabatlarida bo'lgan shaxslar. 
 
Voyaga yetmagan shaxslar (18 yoshga to‘lmaganlar) fuqarolik protsessida 
vakil sifatida ishtirok eta olmaydi. Bu cheklovning sababi quyidagilarga asoslanadi: 
 
1. Huquqiy layoqatning cheklanganligi: 
 
Voyaga yetmaganlar huquqiy layoqatga ega emas yoki faqat cheklangan 
huquqiy layoqatga ega bo‘lib, ular murakkab huquqiy masalalarda vakil sifatida 
ishtirok etishga yaroqsiz hisoblanadi. 
 
2. Mas'uliyat darajasining yetarli emasligi: 
Fuqarolik protsessi vakillikni talab qiladi, bu esa vakilning mas'uliyatli va oqilona 
qarorlar qabul qilishini ta'minlashni talab qiladi. Voyaga yetmaganlar bunday 
mas'uliyatni to‘liq bajarishga qodir emas deb hisoblanadi. 
 
3. Sud jarayonining adolatini ta'minlash: 
 
Vakilning tajribasi va yetukligi sud ishlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Voyaga 
yetmagan shaxsning huquqiy savodxonligi va tajribasi cheklanganligi sababli, ular 
vakil sifatida ishtirok etishi jarayonning adolatli o‘tishiga ta'sir qilishi mumkin. 
 
Istisnolar:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno; 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo'lgan shaxslarga huquqiy yordam ko'rsatayotgan yoki ilgari yordam ko'rsatgan shaxslar; 4') shu nizo bilan bog'liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o'zaro rozilik bo'lgan hollar mustasno; 5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo'lgan shaxslar. Voyaga yetmagan shaxslar (18 yoshga to‘lmaganlar) fuqarolik protsessida vakil sifatida ishtirok eta olmaydi. Bu cheklovning sababi quyidagilarga asoslanadi: 1. Huquqiy layoqatning cheklanganligi: Voyaga yetmaganlar huquqiy layoqatga ega emas yoki faqat cheklangan huquqiy layoqatga ega bo‘lib, ular murakkab huquqiy masalalarda vakil sifatida ishtirok etishga yaroqsiz hisoblanadi. 2. Mas'uliyat darajasining yetarli emasligi: Fuqarolik protsessi vakillikni talab qiladi, bu esa vakilning mas'uliyatli va oqilona qarorlar qabul qilishini ta'minlashni talab qiladi. Voyaga yetmaganlar bunday mas'uliyatni to‘liq bajarishga qodir emas deb hisoblanadi. 3. Sud jarayonining adolatini ta'minlash: Vakilning tajribasi va yetukligi sud ishlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Voyaga yetmagan shaxsning huquqiy savodxonligi va tajribasi cheklanganligi sababli, ular vakil sifatida ishtirok etishi jarayonning adolatli o‘tishiga ta'sir qilishi mumkin. Istisnolar:
 
 
 
Voyaga yetmagan shaxslar faqatgina o‘zlarining huquq va manfaatlarini 
himoya qilish uchun sudga murojaat qilishi yoki o‘z huquqlarini bevosita sudda 
ifoda etishi mumkin, ammo ular boshqa biror kishining vakili sifatida harakat qila 
olmaydi. Ushbu qoidalar sud jarayonining adolatli va qonuniy o‘tishini ta'minlashga 
xizmat qiladi. 
 
Sudya, surishtiruvchi va prokurorlar fuqarolik protsessida vakil sifatida 
ishtirok eta olmaydi, bu cheklov quyidagi asoslar bilan belgilanadi: 
 
1. Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish 
 
Ushbu shaxslar davlat organlari vakillari sifatida o‘z xizmat vazifalarini 
bajaradilar. Ularning sud jarayonida vakil sifatida qatnashishi manfaatlar 
to‘qnashuviga olib kelishi mumkin. 
 
2. Betaraflik tamoyili 
 
Sudya, prokuror yoki surishtiruvchi jarayonlarda o‘z xizmat vazifasiga ko‘ra 
betaraf bo‘lishi shart. Vakil sifatida ishtirok etish ularning betarafligini shubha ostiga 
qo‘yishi mumkin. 
 
3. Vazifaviy majburiyatlar 
 
Bu shaxslar o‘zlariga yuklangan maxsus majburiyatlar (masalan, jinoiy 
ishlarni tergov qilish yoki davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash) doirasida harakat 
qilishadi va ular sud ishlarida vakillik bilan shug‘ullanish uchun qonuniy asosga ega 
emas. 
 
4. Qonuniy taqiqlov 
 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida sudya, prokuror va 
surishtiruvchilarning vakil sifatida ishtirok etishi taqiqlangan, chunki bu holat sud 
jarayonining adolatliligiga putur yetkazishi mumkin. 
 
Sudya, surishtiruvchi va prokurorlar faqat o‘z xizmat vazifalarini bajarish 
doirasida sud jarayonida qatnashadilar. Ularning vakil sifatida ishtirok etishi qonun 
bilan qat’iy cheklangan. 
 
Fuqarolik protsessida mazkur ish bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuvi mavjud 
bo‘lgan shaxslar vakil sifatida ishtirok eta olmaydi. Bu taqiqning sababi 
quyidagilarga asoslanadi:
Voyaga yetmagan shaxslar faqatgina o‘zlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishi yoki o‘z huquqlarini bevosita sudda ifoda etishi mumkin, ammo ular boshqa biror kishining vakili sifatida harakat qila olmaydi. Ushbu qoidalar sud jarayonining adolatli va qonuniy o‘tishini ta'minlashga xizmat qiladi. Sudya, surishtiruvchi va prokurorlar fuqarolik protsessida vakil sifatida ishtirok eta olmaydi, bu cheklov quyidagi asoslar bilan belgilanadi: 1. Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish Ushbu shaxslar davlat organlari vakillari sifatida o‘z xizmat vazifalarini bajaradilar. Ularning sud jarayonida vakil sifatida qatnashishi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin. 2. Betaraflik tamoyili Sudya, prokuror yoki surishtiruvchi jarayonlarda o‘z xizmat vazifasiga ko‘ra betaraf bo‘lishi shart. Vakil sifatida ishtirok etish ularning betarafligini shubha ostiga qo‘yishi mumkin. 3. Vazifaviy majburiyatlar Bu shaxslar o‘zlariga yuklangan maxsus majburiyatlar (masalan, jinoiy ishlarni tergov qilish yoki davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash) doirasida harakat qilishadi va ular sud ishlarida vakillik bilan shug‘ullanish uchun qonuniy asosga ega emas. 4. Qonuniy taqiqlov O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida sudya, prokuror va surishtiruvchilarning vakil sifatida ishtirok etishi taqiqlangan, chunki bu holat sud jarayonining adolatliligiga putur yetkazishi mumkin. Sudya, surishtiruvchi va prokurorlar faqat o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida sud jarayonida qatnashadilar. Ularning vakil sifatida ishtirok etishi qonun bilan qat’iy cheklangan. Fuqarolik protsessida mazkur ish bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan shaxslar vakil sifatida ishtirok eta olmaydi. Bu taqiqning sababi quyidagilarga asoslanadi: