1
KURS ISHI
FUQOROLIK PROTSES ISHTIROKCHILARI
REJA:
I KIRISH
II ASOSIY QISIM
1. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi, farqi hamda ularning huquq va
majburiyatlari
2. Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi va ularning protsessual huquq va
majburiyatlari
3. Ishga daxldor bo‘lmagan taraflar tushunchasi va ularni almashtirish tartibi
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
KIRISH
Fuqarolik protsessual huquqi nazariyasida fuqarolik protsessual huquqiy
munosabatlar subyektlari ikki guruhga bo'linadi: ishda ishtirok etuvchi shaxslar; odil
sudlovni amalga oshirishga ko‘mak-lashuvchi shaxslar.Fuqarolik protsessual huquqiy
munosabatlarning majburiy subyektlari boMib sud, da'vo tartibidagi oiganlar va
mansabdor shaxs-larning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar
bo‘yicha ishlarda taraflar, shuningdek, alohida tartibda yuritiladigan ishlarda arizachi
va manfaatdor shaxslar hisoblanadi.Sud fuqarolik protsessual huquqiy munosabatning
majburiy subyekti hisoblanadi. Davlat hokimiyatining muhim organi sifatida sud odil
sudlovni amalga oshiradi, sud protsessiga boshchilik qiladi, sud ishlarini yuritishda eng
muhim (ustun) vaziyatni egallaydi. Chunki faqat sudya tom onidan da’vo arizasi qabul
qilingan taqdirdagina fuqarolik ishi qo‘zg‘atiladi, ish yuzasidan muayyan protsessual
harakatlar amalga oshiriladi, ish mazmunan hal qilinadi va h.k. Bunday vakolatga ega
bo‘lmasdan turib sudlar odil sudlovni hamda fuqarolik ishlari bo'yicha sud ishlarini
yuritish oldida turgan vazifalami bajara olmaydi.Fuqarolik protsessual huquqiy
munosabat subyektlarining keyingi asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi shaxslar
tashkil qiladi. Taraflar, uchinchi shaxslar, taraflar va uchinchi shaxslarning vakillari,
prokuror, protsessda boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar
va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi (FPKning 33-
moddasi).Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining keyingi guruhini
odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tashkil etadi.
3
1. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi, farqi hamda ularning huquq va
majburiyatlari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi
shaxslartashkil qiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi ikki guruhlarga
ajratiladi:
1) o‘zining subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar. Ushbu
shaxslarga taraflar va uchinchi shaxslar kiritiladi.
2) protsessda boshqa shaxslarning subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi
shaxslar. Mazkur shaxslar qatoriga boshqa shaxslaming huquq va manfaatlarini himoya
qilish maqsadida sudga murojaat qilish vakolatiga ega bo‘lgan prokuror va davlat
organlari,mahalliy o'zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar
kiritiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi
shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirma!ar olish, nusxalar ko‘chirish,
rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish,
ishda ishtirok etuvchi hoshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga
ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish,
sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko‘rish davomida
tug‘iladigan hamma masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa
shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sudning hal
qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv
qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining
harakatlari vaqtida hozir bo'lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga
egadirlar.Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu kodeksda nazarda tutilgan boshqa
protsessual huquqlardan ham foydalanadilar. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'zlariga
berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishlari va o‘z
zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga
oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslaming huquq va majburiyatlari haqida shuni aytish
kerakki, ushbu shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan farqli ravishda FPKda
4
ko'rsatilgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlaridan foydalana
olmaydilar. Aynan ular ishning hal etilishidan moddiy manfaatdor bo'lmaganliklari
tufayli ham, masalan, taraflarning protsessual huquqlaridan (da'vogarning o‘z arzida
bayon qilingan talablarning asosini yoki predmetini o'zgartirishi, da’vo talablarining
miqdorini oshirishi yoki kamaytirishi, ulardan butunlay yoki qisman voz kechishi,
javobgarning da’vogar talabini to‘liq yoki qisman tan olishi, har ikki tarafning
protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlash huquqi
shular jumlasidandir) foydalana olmaydilar. Odil sudlovni amalga oshirishga
ko'maklashuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini og‘zaki yoki yozma ravishda hayon
qilishga, yozuvlardan foydalanishga haqlidirlar. Qolaversa, ushbu shaxslarning
protsessual huquqlardan foydalanishi protsessda kim sifatida ishtirok etishiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ekspert ish materiallari bilan tanishish, ishda ishtirok
etayotgan shaxslar va guvohlarga savollar berish, joyga borib ko'zdan kechirishda
ishtirok etish va ekspert sifatida o‘zini qiziqtirayotgan holatlami aniqlash uchun o'ziga
qo‘shimcha materiallar berishni suddan iltimos qilishga haqli bo‘ladi. Shuningdek,
ekspert, basharti o‘ziga berilgan materiallar yetarli bo‘lmasa yoki o‘z zimmasiga
yuklatilgan majburiyatni bajarish uchun yetarli bilimga ega bo‘lmasa, xulosa berishdan
bosh tortishi ham mumkin. Ekspert qilib tayinlangan shaxs sudning chaqimvi bo'yicha
kelishi va o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan xolis xulosa berishi shart. Agar
ekspert sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqimvi bo'yicha kelmasa,
unga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Bila turib
yolg'on xulosa berganlik, sud uzrsiz deb topgan sababga ko‘ra xulosa berishdan bosh
tortganlik uchun ekspert 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishincha 238
va 240-moddalari bo'yicha javobgar bo'ladi (FPKning 86-moddasi).Ishda ishtirok
etayotgan mutaxassis esa o'zining nima maqsadda sudga chaqirilayotganini bilish, agar
zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa,
ishni yuritishda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega bo‘ladi. Fuqarolik protsessual
qonunchilik mutaxassis zimmasiga ham bir qator majburiyatlarni yuklaydi. Masalan,
5
mutaxassis sudning chaqimvi bo'yicha kelishi, ishni ko‘rishda qatnashishi, fan, texnika,
san’at yoki hunar sohasidagi bilim va malakasiga asoslanib, o‘z fikrini bildirishi shart.
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqimvi bo‘yicha
kelmasa, unga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi
mumkin (FPKning 91-moddasi). Fuqarolik ishlarining ko'rilishida guvohlarning
protsessual huquqiy holati o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Masalan, FPKning
69-moddasiga ko‘ra, ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh
bo‘la oladi. Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va to‘g‘ri ko'rsatuv berishi
shart. Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra,
ko'rsatuv berishni rad etganlik yoki undan bo‘yin tovlaganlik uchun guvoh Jinoyat
kodeksining 238 va 240-moddalariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Fuqarolik ishlari
bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar
bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi va ularning protsessual huquq va
majburiyatlari
FPKning 39-moddasi birinchi qismiga binoan, da'vogar va javobgar fuqarolik
protsessining taraflaridir. Demak, fuqarolik protsessida ikki taraf: da'vogar va javobgar
ishtirok etadi.Da'vogar deganda, o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari
yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga
murojaat etgan yoinki manfaatini ko'zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxsga aytiladi. Mazkur
ta'rif da'vogaming fuqarolik protsessidagi ishtirokining ikki shakli mavjudligini
ko‘rsatadi: birinchidan, da'vogar deganda, o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida
sudga murojaat etgan shaxs tushunilsa, ikkinchidan, da’vogar deb boshqa shaxslaming
huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qiluvchi shaxslarning arizasiga
ko‘ra, ish qo‘zg‘atilgan shaxs tushuniladi. Fuqarolik protsessining ikkinchi tarafi
6
javobgar hisoblanadi. Javobgar da'vogar talabiga muvofiq sud tomonidan da'vogarning
buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari yuzasidan javob berish
uchun jalb etilgan shaxsdir. Da'vogarning fikricha, javobgar bu uning subyektiv
huquqlarini yoki qonun hilan qo‘riqlanadigan manfaatini buzgan shaxs hisoblanadi.
Shunday qilib, da'vogar va javobgar nizoli huquqiy munosabat subyektlari hisoblanib,
ulaming protsessual manfaatlari bir-biri bilan zid. Sud hal qiluv qarori ham, birinchi
navbatda, ularga nisbatan tatbiq etiladi. Taraflar zimmasiga sud xarajatlarini to‘lash
majburiyati yuklatiladi. Taraflaming protsessual huquqlari Umumiy va Maxsus
huquqlarga ajratiladi. FPKning 34-moddasida hamda boshqa moddalarda nazarda
tutilgan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan
huquqlar taraflarning umumiy huquqlari hisoblanadi. FPKning 40-moddasi va boshqa
moddalarda nazarda tutilgan hamda faqat taraflargina foydalanishi mumkin bo'lgan
huquqlar maxsus huquqlar sanaladi. Taraflarning maxsus huquqlari sifatida
da'vogarning da'vo asosini yoki predmetini o'zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini
ko‘paytirish yoki kamaytirishga yoxud da'vodan voz kechishga bo‘lgan huquqini,
javobgaming esa da’voga qarshi e'tiroz bildirish, qarshi da'vo taqdim etish yoki da'voga
iqror bo‘lish kabi huquqlarini ko‘rsatish mumkin. Undan tashqari, taraflar jarayonning
har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin (FPKning 40-
moddasi). Fuqarolik protsessida taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadilar.
Taraflar o'zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan vijdonan, insofli ravishda
foydalanishga majburlar. Jarayonni cho'zish yoki buzish maqsadida har qanday
g‘ayriqonuniy harakatlar qilinishiga sud yo‘l qo‘ymaydi.Taraflaming protsessual
huquqlari ularning pratsessual majburiyatlari bilan bogMiq. Taraflar protsessual
majburiyatlarini sidqi-dildan bajarishlari lozim. Har bir taraf o‘zining talablari va
e’tiroz-lariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart (FPKning 56-
moddasi).Taraflar ish yuritilayotgan vaqtda o ‘z manzili o‘zgargani haqida sudga
maMum qilishlari shart (FPKning 138-moddasi), ular qonunda nazarda tutilgan sud
xarajatlari va qonunda nazarda tutilgan boshqa bir qator majburiyatlami o‘z
7
zimmalariga oladilar.Protsessual huquqlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki pratsessual
majburiyatlarni bajarmaslik taraflar uchun salbiy oqibatlami yuzaga keltiradi (masalan,
da'vo arizasining harakatsiz qoldirilishi, ariza berilmagan deb topilib, da'vogarga
qaytarilishi, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ishning keyinga qoldirilishi, ishni sirtdan
koTib chiqish va h.k.). Protsessda birgalikda ishtirok etish deb, muayyan fuqarolik
ishining sudda ko‘riIishida har ikki tarafdan ham bir necha da'vogarlar yoki bir necha
javobgarlar ishtirok etishiga aytiladi. Fuqarolik protsessida birgalikda ishtirok etishning
asosiy maqsadi sud tomonidan fuqarolik ishlarining ko‘rilishini yengillashtirish,
fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tez va samarali himoya
qilishdan iboratdir. Aynan sherik ishtirokchilik institutining uchinchi shaxslardan va
ishga daxldor bo‘lmagan taraflardan farqi sherik ishtirokchilar o‘rtasida manfaatdorlik
borasida o ‘zaro qarama-qarshilikning boMmasligi, ular talab va e'tirozlarining bir xilda
ekanligidadir. Ushbu xususiyatlar protsessda birgalikda ishtirok etishga yo‘l
qo‘yishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.Protsessual-huquqiy mezonlarga ko‘ra,
ishtirokchilik quyidagi uch turga ajratiladi:
• faol sherik ishtirokchilik — da'vogar tarafdan bir vaqtning o ‘zida bir necha
shaxslaming ishtirokiga aytiladi;
• faol ho ‘Imagan ishtirokchilik — javobgar tomonida bir vaqtning o ‘zida bir necha
shaxslarning ishtirokiga aytiladi;
• aralash sherik ishtirokchilik — bir vaqtning o ‘zida da’vogar va javobgar tarafda bir
necha shaxslaming ishtirok etishiga aytiladi. Nizoli huquqiy munosabat subyektlari
o‘rtasidagi moddiyhuquqiy aloqalar ulaming xarakteriga bng‘liq ravishda quyidagi ikki
turga ajratiladi:
• majburiy sherik ishtirokchilik;
• nomajburiy sherik ishtirokchilik.
Majburiy sherik ishtirokchilik protsessda bir necha da'vogar va bir necha javobgaming
ishtiroki hisoblanib, ulardan biri mavjud bo‘lmagan taqdirda fuqarolik ishini hal qilish
imkoni boMmaydi. Mazkur ishtirokchilik subyektlari ko‘p bo‘lgan nizoli
8
moddiyhuquqiy munosabatlaming xususiyatlari bilan bog‘liq hisoblanadi. Masalan,
orderni haqiqiy emas, deb tan olish haqidagi da'vo bo‘yicha javobgarlar sifatida oilaning
barcha a'zolari jalb etilishi lozim; umumiy mulkdan ulushni ajratish yoki bo‘lish
haqidagi da'voni barcha mulkdorlarning ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin emas,
merosga doir huquq yoxud merosni haqiqiy emas, deb tan olish haqidagi talab qonun
bo‘yicha barcha merosxo‘rlar ishtirokida ko‘rib chiqilishi lozim va h.k. Agarda bir
nechta da'vogar yoki bir da'vogaming bir nechta javobgarlarga nisbatan ilgari surilgan
talablari bir-biridan mustaqil ravishda alohida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lsa, bunday
ishtirokchilik nomajburiy hisoblanadi. Masalan, ota-onalaming bolalarga nisbatan
aliment undirish haqidagi da’volari birgalikda (bir ishda), bolalarning har biriga alohida
yoki barchasiga bir paytda berilishi mumkin. Nomajburiy ishtirokchilik ishtirokchilar
o‘rtasidagi moddiy-huquqiy aloqa bo‘lgan-bo‘lmaganidan qat’i na7ar, mavjud bo'ladi.
Bunda maqsadga muvofiqlik hisobga olinadi (masalan, ulush majburiyatlaridan hamda
bir xil talablardan tashkil topgan da'volar bo‘yicha).Sherik ishtirokchilar protsessda
taraflarning huquqlaridan foydalanadilar va majburiyatlarga ega boMadilar (FPKning
34, 40-moddalari). Da’vogarlar vajavobgarlardan harbiri boshqa tarafga nisbatan
protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi va boshqa ishtirokchilarga tobe bo‘lmaydi,
masalan, u da'voni tan olish yoki uni rad etish borasida mustaqil qarorga kelishi
mumkin. Birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan
biriga topshirishlari ham mumkin (FPK 41-moddasi). Mazkur qoida sud va taraflarning
vaqtini tejashda ahamiyatli hisoblanadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy
mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan,
joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida
tengligi asosida amalga oshiriladi.
3. Ishga daxldor bo‘lmagan taraflar tushunchasi va ularni almashtirish tartibi
9
Ba'zan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash davomida yoki sudda ish ko‘rish jarayonida
u yoki bu tomon yoki har ikki tomon ham nizoli huquqiy munosabatning subyekti
emasligi aniqlanishi mumkin. Bunday holatda ushbu taraflar ishga daxldor bo‘lmagan
shaxslar, deb topiladi. Sud arz qilingan talab uni ilgari surish huquqiga ega bolmagan
shaxs tomonidan taqdim etilganligini yoki da'vogarning arizasi bo'yicha javob berishi
lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganligini aniqlasa, da'vogaming roziligi
bilan dastlabki da'vogar yoki javobgar ishga daxldor da'vogar yoki javobgar bilan
almashtirilishiga yo‘l qo'yishi mumkin (FPKning 42-moddasi). Ish holatlariga ko‘ra,
qaysi shaxsga nisbatan aynan u nizoli huquqiy munosabatlaming subyekti deb topilgan
bo‘lsa, ushbu shaxs daxldor bo‘lgan taraf deb ataladi. Shunday qilib, taraflarning ishga
daxldor bo‘lish yoki bo'lmasligi haqidagi masala nizoli huquqiy munosabat
subyektlarining tarkibiga bog‘liq boMadi. FPKning 42-moddasiga binoan, birinchi
instansiya sudi da'vogaming roziligi bilan ishga daxldor boMmagan javobgaming
almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi. Bundan kelib chiqadiki, sud da’vogar rozi
boMgandagina ishga daxldor boMmagan javobgami daxldor boMgan javobgar bilan
almashtirishi mumkin. Agar da'vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga
rozi boMmasa, sud bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishga haqli. Ishga
daxli boMmagan tarafni almashtirish sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Taraf
almashtirilganidan yoki nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi
uchinchi shaxs ishga kirishganidan yoxud ikkinchi javobgar jalb qilinganidan keyin
ishni ko‘rish yangidan boshlanadi (FPKning 42-moddasi, beshinchi qismi). Chunki
protsessda daxldor bo‘lmagan javobgar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar ishga
jalb etilgan daxldor bo‘lgan javobgar uchun hech qanday ahamiyatga ega boMmaydi va
uning uchun hech qanday huquq-majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi. Bunday holda
daxldor boMgan javobgarning ishtirokida yangi protsessual huquqiy munosabat yuzaga
keladi. Protsessual huquqiy vorislik deganda, nizoli yoki sud qarori bilan belgilangan
huquqiy munosabatlardan taraflardan birining protsessdan chiqib ketishi sababli taraf
yoki uchinchi shaxsni boshqa shaxs (huquqiy voris) bilan almashtirish tushuniladi.
10
Protsessual m a'noda huquqning qabul qilinishi (huquqiy vorislik) — sudda da'vo
predmeti boMgan moddiy huquqning qabul qilinishi munosabati bilan ro‘y beradi.
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan
taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda
(fuqaroning oMimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga
talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o'tkazilishi va h.k.) sud bu shaxslar
ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yo‘1 qo‘yadi (FPKning 43-
moddasi).Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi
mumkin. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida sud ajrim chiqaradi va
mazkur ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Huquqiy vorisning protsessga
kirishini rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish yoki unga nisbatan
xususiy protest keltirish mumkin. Chunki FPKning 346-moddasiga muvofiq, sudning
ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik qiladigan hollarda, sud tomonidan
ajrim topshirilgan kundan e'tiboran, o‘n kun ichida taraflarva ishda ishtirok etuvchi
boshqa shaxslar apellatsiya instansiyasi sudiga sudning hal qiluv qaroridan alohida
shikoyat berishlari, prokuror esa, protest keltirishi mumkinligi belgilangan. Protsessual
huquqning qabul qilinishi hollarida ishda ishtirok etish uchun yangi da'vogar yoki
javobgar jalb etilishiga qadar fuqarolik ishining ko‘rilishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Protsessga kirayotgan huquqiy voris o‘z vorisligini asoslab berishi talab etiladi.
Masalan, meros huquqi haqidagi guvohnoma, yuridik shaxsning qayta tashkil
qilinganligi to‘g‘risidagi hujjat, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilganligi yoki boshqa
shaxs foydasiga talabdan voz kechilganligi haqidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Huquqiy voris protsessga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar
huquqiy vorisga o‘mini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo'lgan bo‘lsa,
huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir (FPKning 42-moddasi, ikkinchi qismi).
Fuqarolik protsessida shunday shaxslar ham borki, ular boshqa shaxslar tom onidan
boshlangan jarayonga kirib keladilar va fuqarolik-huquqiy nizolaming hal etilishidan
taraflar kabi manfaatdor bo'ladilar. Da'vogar va javobgarga nisbatan ushbu shaxslar