GEOEGRAFIK BAHOLASH (Geografik baholash usullari, Yer resurslari baholash, Iqlimiy resurslarni baholash)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
615,5 KB
GEOEGRAFIK BAHOLASH
Reja:
1. Geografik baholash usullari
2. Yer resurslari baholash
3. Iqlimiy resurslarni baholash
4. Rekreatsiya resurslarini aniqlash
Ushbu mavzuda quidagi mavzular bilan tanishasiz : baholash, baholash
bosqichlari, baholash usullari, yer, iqlim va rekreatsiya resurslarini baholash.
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazaridan
qulayligi yoki yaroqligi o’rganiladi. Baholash natijasida biror hududning yoki tabiat
komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, uy-joy, yo’l qurilishi va
boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik kulayligi aniqlanadi. Mavzuni organish
davomida geografik baholash usullari va tabiiy muhitini turli maqsadlarda baholash
masalalari haqida bilib olasiz.
1. Geografik baholash usullari
Tabiiy sharoit yoki landshaftlarni foydalanish maqsadlarida baholash –
geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat,
transport, rekreatsiya, suv ho’jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga
oshirilishi mumkin.
Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat :
a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo
vodiysining ma’lum bir qismini suv ombori qurish maqsadida baholash) ;
b) baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro’yxatini
tuzish ;
c) o’rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini
belgilaydigan ko’rsatkichlar yoki xossalarni o’rganish va o’lchash
(vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag’irlar
qiyaligi, suvning sarfi, loyqaligi, me’ryori, va рюлю) ;
d) olingan ma’lumotlar va ko’satkichlarni bir-biriga tqqoslash asosida har bir
komponent bo’yicha alohida baholashni amalgam oshirish (relyef, geologic
tuzilish, suv olchamlari va h.k. haqida) ;
e) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalgam oshirish (suv
omborini mazkur joyda kurish mumkinmi yoki yo’qmi) ;
f) yakuni jadval va haritalar tuzish.
Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko’ra sifat va miqdor
usullaridan foydalaniladi. Sifat ko’rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab “juda
qulay”, “qulay”, “o’rtacha qulay”, “kamroq qulay”, “qulay emas deb baholanadi.
Masalan, tekisliklar to’l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho’llar qulay,
to’lqinsimon tekisliklar o’rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog’lar esa qulay emas.
Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko’rsatkichlar asosida
amalgam oshirishga asoslangan. Masalan, vegetatsiya davrida havo haroratining 10
0C dan yuqori bo’lgan kunlar yig’indisi qishloq xo’jalik ekinlarining qaysi turlari
hududning qaysi joylarida o’sishi mumkunligini aniqlashda asosiy mezon bo’lib
xizmat qiladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig’indisi
bo’lishi shart. Vegetatsiya davrida havo haroratining +10 0C dan yuqori yig’indisi
1000 0 gacha bo’lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas,
mazkur arpa navi 1000-1400
0 da pishadi, 1400-1800
0 da esa o’rta pishar, 1800
0 dan
oshganda esa emg kechki navlar yetiladi. Ko’rsatilgan ushbu miqdor ko’rsatkichlari
baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi.
2. Yer resurslari baholash
Yer resurslari xo’jalik jihatdan juda ko’p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa,
yer resurslarini dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amalga oshirish asosan relyef, agroiqlimiy resurslari, tuproq
sharoiti, yer osti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning
mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o’zlashtirish va ulardan goydalanishning
murakkablik darajalari landshaftlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo’ladi.
Yuqorida ko’rsatilgan omillarning tahliliasosida O’zbekiston tabiiy-hududiy
komolekslari murakkablik darajasiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi: oddiy, o’rtacha
murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslar.
Oddiy tabiiy komplekslarga tog’ oldi prolyuvial va daryo vodiylarining yuqori
terrasalari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada
ta’minlangan bo’lib, bu suvlarining sathi ko’tarilmaydi, chunki lyoss va lyossimon
jinslar ostida shag’al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.
O’rtacha murakkablikdagi tabiiy komplekslarga yoyilmalar va daryo
deltalarining yuqori qismlari kiradi. Yer osti suclarining gorizontal harakati
ta’minlangan, ammo ayrim pastqam joylarda u yer yuzasiga yaqin ko’tariladi va
sho’rlanishga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ihota daraxtzorlarini vujudga
keltirishni loyihalshtirish zarur.
Murakkab tabiiy komplekslarga yoyilmalar va deltalarning o’rta qismlari va
allyuvial terrasalar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas,
sug’orish davomida ularning sathi ko’tariladi va tuproqda tuz to’plana boshlaydi.
Buning oldini olish uchun gorizontal va tik zovurlar ko’zda tutmoq lozim.
Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial
tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yer osti
suvlarining gorizontal harakati ta’minlanmagan, ularning sathi sug’orish paytida
tezda ko’tarilib ketadi. Buning oldini olish maqsadida zich zovurlar tarmog’ini
qurish, yerni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol eroziyasiga qarshi ihota
daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimilishining oldini olish uchun
tomchilatib, yomg’irlatib va tuproq ostidan sug’orish usullarini qo’llash zarur.
3. Iqlimiy resurslarni baholash
Iqlim resurslarining miqdor ko’rsatkichlari ko’p jihatdan kishloq ho’jalik
ekinlarining turini va hosildorlligini belgilab beradi. Har qanday ekinlarining pishib
yetilishi uchun ma’lum miqdorda issiqlik zarur bo’ladi. Shuning uchun ham
mamlakatimiz iqlimiy resurslarini qishloq [o’jaligi nuqtayi nazaridan baholash
muhim amaliy ahamiyatga ega.
Vegetatsiya davrida kerakli miqdorda issiqlik mavjud bo’lsagina ekinlar
urug’I unib chiqishi, ko’p hollarda, havo harorati o’rtacha +10 0 C dan yuqori
bo’lganda yuz beradi.
O’zbekistonning tekislik qismida quyidagi issiqlik mintaqalari mavjud:
isiq, juda issiq, o’rtacha jazirama, jazurama, o’ta jazirama.
Issiq mintaqaga O’zbekistonning shimoliy g’arbida joylashgan Ustyurt
platosining Orol dengizi sohillari kiradi. +10 0 C dan yuqori haroratlar yig’indisi
3500 0 dan kam. Mazkur mintaqada uzumning ertapishar navlari yetilishi mumkin.
Juda issiq mintaqalarda haroratlar yag’indisi 3500-4000 0. Mazkur mintaqaga
Ustyurt platosining shimoliy va o’rta qismlari, Amudaryo deltasining shimoliy qismi
kiradi.
Ushbu
mintaqada
uzumning
tezpishar,
sholining
ertapishar,
makkajo’xorining kechpishar navlari pishib ulguradi.
O’rtacha jazirama mintaqada harorat yig’indisi 4000-4500 0 gacha boradi.
Ustyurt platosi va Amudaryo deltasining janubiy qismlari, Xorazm vahosi,
Qizilqumning shimoliy qismiga tog’ri keladi. Mazkur mintaqada paxtaning
ertapishar navlari to’liq pishib yetiladi.
Jazirama mintaqada harorat yig’indisi 4500
0 dan 5000
0 gacha yetadi. Ushbu
mintaqaga Qizilqumning katta qismi, Zarafshon vosiysining quyi qismi, Mirzacho’l,
Farg’ona vofiysi kiradi. Mazkur mintaqada paxtaning o’rtapishar navlarini ekish
mumkin.
Juda jazirama mintaqada harorat yig’indisi 5000
0 dan yuqori bo’ladi.
Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarining janubiy qismlari shu mintaqada
joylashgan. Ushbu mintaqada ingichka totali paxta yetishtiriladi.
Sizga malumki, O’zbekistonning sharqiy va sharqiy janubiy qismlari asosan
tog’lardan iborat. Tog’larda balandlikda ko’tarilgan sayin havo harorati pasayib
boradi, natijada muspat haroratlar yig’indisi kamayib, yetishtiriladigan ekin turlari
ham o’zgarib boradi.
Tog’larda quyidagi issiqlik mintaqalari ajratiladi: iliq mintaqa, salqin mintaqa,
juda salqin mintaqa.
Iliq mintaqada harorat yig’indisi 3000-4000 0 atrofida va o’rtacha
balandlikdagi tog’larni o’z ichiga oladi. Ushbu mintaqada lalmikor yerlarda don
yetishtirish hamda sug’orma uzumchilikni rivojlantirish mumkin, paxta yetilmaydi.
Salqin mintaqada musbat harorat yig’indisi 3000 0 dan kam. O’rtacha
balandlikdagi tog’larni o’z ichiga oladi. Mazkur mitaqadan asosan yaylov sifatida
foydalaniladi.
Juda salqin mintaqada harorat yig’indisi 1000 0 dan kam, dehqonchilik uchun
yaramaydi. Bu mintaqa baland tog’larni oz’ ichiga oladi
4. Rekreatsiya resurslarini aniqlash
Tabiat
komplekslarining
dam
olish
maqsadlarida
foydalaniladigan
xususiyatlari yoki komponentlari rekreatsion resurslar deb ataladi. Masalan,
manzarali o’rmon, dengiz va okean qirg’oqlari, tog’ vodiylari, g’orlar, manzarali
chiroyli o’simliklar, ajoyib relyef shakllari, muzlar shular jumlasidandir.
Rekreatsiya (tiklash, o’rnini toldirish)ning qamrovi katta bo’lib, odamlarning
dam olishi, salomatligini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi ma’nosida ishlatiladi.
Tabiiy komp;ekslarni yoki landshaftlarni rekreatsion nuqtayi nazardan tadqiq
qilish asosan landshaftlarning rekreatsion imkoniyatlarini va ularga rekreatsion
bosimning ta’sirini baholashdan iborat.
Dam olish tashkiliy va notashkiliy (ixtiyoriy) bo’lishi mumkin. Tashkiliy dam
olish turli muassasalar tomonidan uyushtiriladi. Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa
odamlarning o’z hohishlari bo’yicha bir yoki bir necha kishi bo’lib, tanlangan
hududlarda uyushtiriladi.
Dam olishdan ko’zlangan maqsad turlicha bo’lishi mumkin: davolanish,
sog’lomlashtirish, sport, tanishuv va h.k.
Dam olish mavsumga qarab ham turlisha bo’lishi mumkin. Yozgi dam olish
turlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: cho’milish, quyosh vannalarini olish, piyoda
yurish (davolanish, salomatlikni tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli hil
mevalar va qoziqorinlarni terish, otda sayir qilish, alpinism bilan shug’ullanish va
h.k. Qishqi mavsumda quyidagi dam olish
16-rasm «Toshkentlebd» - dam olish bog’i
turlari bilan shug’ullanish mumkin: chang’i sporti, muz osti baliq ovi, sport
ovchiligi, davolanish, salomatlikni tiklash, piyoda sayr.
Rekreatsion baholash obyekti – landshaftlar, joylar, maydonlar va fatsiya
bo’lishi mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joylashtirishni
loyihalashda landshaftlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Bunda turli
landshaftlarni rekreatsion maqsadlarda foydalanish darajasiga qarab eng
qulay landshaft turi tanlanadi. Masalan, daryo vodiysi, tog’ yonbag’ri, ko’l yoki suv
ombori qirg’og’i, tekislik, okean yoki dengiz qirg’og’i, o’rmon va h.k.
Aholida rekreatsion komplekslarni (dam olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik
majmualari va h.k.) loyihalashtirayotganda aniq maydonni baholash yaxshi natija
beradi.
Aniq bir dam olish muassasalarining ichki tuzilishini loyihalashda tabiat
komplekslarini fatsiya darajasida baholash lozim. Asosiy inshoatlarni fatsiyaning
relyef sharoiti,
suvlari, o’simligi, landshaft manzarasiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq
bo’ladi (2-jadval).
Rekreatsion maqsadlarda baholash ularni estetik jihatdan baholash ham
muhim o’rin tutadi. Bunda tabiiy sharoitning, relyefning, o’simliklarning, landshaft
umumiy ko’rinishining estetik jihatdan zavq berish imkoniyati hisobga olinadi.
Baholashning oxirgi
bosqichida
tabiiy
komplekslarning
rekreatsion
korxonalarni joylashtirish uchun yaroqliligi va rekreatsion bosimga barqarorlik
darajasi hisobga olinadi.
Bilimingizni sinab ko’ring:
1. Geografik baholash deb nimaga aytiladi ?
2. Geografik baholash qanday bosqichlardan iborat ?
3. Geografik baholashning qanday usullarini bilasiz ?
4. Geografik baholashning miqdor usuli nimaga asoslanadi ?
5. Qaysi mintaqadan yaylov sifatida foydalaniladi?
6. Rekreatsiya so’zining ma’nosini tushuntirib bering.
7. Rekreatsiya resurslari deganda nimani tushunasiz?
8. O’zingiz yashab turgan joyda qanday dam olish maskanlari bor?
9. O’zbekistonning mashxur dam olish joylari ro’yxatini tuzing.