GEOEKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MONITORINGI FANINING PREDMETI VA METODI

Yuklangan vaqt

2024-11-15

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

28,4 KB


 
 
 
 
 
 
GEOEKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MONITORINGI FANINING 
PREDMETI VA METODI 
 
 
 
1. «Geoekologiya asoslari» fanining mazmuni va vujudga kelish tarixi 
2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi 
3. Geoekologiya – geografik ekologiya to‘g‘risidagi fan ekanligi 
 
Tayanch iboralar: 
 
Geoekologiya, bioekologiya, ekologik tizim, hududiy tizim, integral geotizim, 
biotsenoz, antropogen omillar, texnogen omillar, ekologik geologiya, biotik, 
evolyusiya, tabiiy majmua, ekologik jarayonlar, geografik-ekologik yondashuv, 
“tabiat-jamiyat” tizimi, o‘zaro aloqa va ta’sir, optimallashtirish, yashash muhiti, 
ekologiyalashtirish, ekologik biomajmua usuli, faunistik, biotsenologik, biotop, 
edafik, cho‘llashish, modda va energiya almashinuvi, barqarorlashtirish, bioxilma- 
xillik. 
 
Geoekologiyaning bioekologiyadan farqi shundaki, bioekologiyada tirik 
organizmning atrof muhit bilan bo‘lgan munosabati “o‘z uyida” amalga oshiriladi. 
Bu jarayon hududda yoki global miqyosdagi biosferada amalga oshirilmaydi. SHuni 
e’tiborga 
olib 
o‘zaro 
munosabatni 
hududda 
makonda 
mavjud 
bo‘lishi 
«geoekologiya» tushunchasiga mos keladi.  
G.Marsh «Inson va tabiat» asarida (1864) vujudga kelayotgan ekologik 
muammolarni ilmiy asoslab, uni hal qilish uchun «yangi geografiya» (geoekologiya) 
kerakligini ta’kidlagan va geoekologiyaning asoschisi bo‘lishga haqlidir G‘arbdagi 
olimlardan yana biri P.Xaggetning aniqlashicha: geograflar ikki tizimning tuzilma
GEOEKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MONITORINGI FANINING PREDMETI VA METODI 1. «Geoekologiya asoslari» fanining mazmuni va vujudga kelish tarixi 2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi 3. Geoekologiya – geografik ekologiya to‘g‘risidagi fan ekanligi Tayanch iboralar: Geoekologiya, bioekologiya, ekologik tizim, hududiy tizim, integral geotizim, biotsenoz, antropogen omillar, texnogen omillar, ekologik geologiya, biotik, evolyusiya, tabiiy majmua, ekologik jarayonlar, geografik-ekologik yondashuv, “tabiat-jamiyat” tizimi, o‘zaro aloqa va ta’sir, optimallashtirish, yashash muhiti, ekologiyalashtirish, ekologik biomajmua usuli, faunistik, biotsenologik, biotop, edafik, cho‘llashish, modda va energiya almashinuvi, barqarorlashtirish, bioxilma- xillik. Geoekologiyaning bioekologiyadan farqi shundaki, bioekologiyada tirik organizmning atrof muhit bilan bo‘lgan munosabati “o‘z uyida” amalga oshiriladi. Bu jarayon hududda yoki global miqyosdagi biosferada amalga oshirilmaydi. SHuni e’tiborga olib o‘zaro munosabatni hududda makonda mavjud bo‘lishi «geoekologiya» tushunchasiga mos keladi. G.Marsh «Inson va tabiat» asarida (1864) vujudga kelayotgan ekologik muammolarni ilmiy asoslab, uni hal qilish uchun «yangi geografiya» (geoekologiya) kerakligini ta’kidlagan va geoekologiyaning asoschisi bo‘lishga haqlidir G‘arbdagi olimlardan yana biri P.Xaggetning aniqlashicha: geograflar ikki tizimning tuzilma
 
 
(struktura)si va o‘zaro ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanadilar: 1) ekologik tizim – 
insonning atrof muhit bilan munosabatini o‘rganadi; 2) hududiy tizim – bir hudud 
qo‘shni boshqa hudud bilan turli oqimlar asosida bog‘langan.  
Bizningcha, deb xulosa chiqaradi B.S.Lavrov (1989) ikkala tizim 
geoekologiyaning mazmunini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geoekologiya 
hududda tirik organizmning atrof muhit bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqasini o‘rganadi.  
N.F.Reymers (1990)ning yozishicha, geografik ekologiya (geoekologiya, 
landshaft ekologiyasi) – ekologiyaning bir qismi bo‘lib, ekologiyaning barcha 
qonuniyatlarini geografik jarayonlarga tatbiq etish, ya’ni hududiy tamoyil asosida 
tatqiq etishdir.  
Tadbiq etish G.A.Bachinskiy (1989) bo‘yicha geoekologiyaning predmeti tabiat 
va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni optimallashtirish uchun bu jarayonda geografik 
muhitning tabaqalashuvini o‘rganish bo‘lishi lozim. 
L.M.Koritniy (1990) geoekologiyani (yoki tabiatdan foydalanish geografiyasi) 
geografiyaning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyadan so‘ng, uchinchi 
yo‘nalish deb qaraydi. U geoekologik fanlar tizimi to‘g‘risida gapirib, tabiat bilan 
jamiyatning o‘zaro ta’sirini hududiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi yaxlit predmet 
sifatida qaraydi. Uning tadqiqot ob’ekti turli kattalikdagi integral geotizimlar 
bo‘lishi lozim. 
G. S. Makunina (1990)ning ta’rificha: geoekologiya – geografiyaning ilmiy 
yo‘nalishi bo‘lib, biotsenozlar va insonni o‘rab turgan muhitning o‘zgaruvchan 
holatini o‘rganadi, u ya’ni muhit uzoq va qisqa muddatli ta’sir etuvchi tabiiy hamda 
antropogen omillar, resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Geoekologiyaning metodologik asosi bo‘lib hayot va uning muhitining birligi 
tushuniladi, bunda tabiiy, ijtimoiy va texnogen omillar e’tiborga olinadi. 
V.T.Trofimov (1997)ning fikricha, «ekologik geologiya» geologiyaning yangi 
yo‘nalishi tushunilib, unda litosferaning yuqori gorizontlari (er osti suvlari va 
gazlarni qo‘shgan holda)ni ekotizimning biotik komponentlaridan biri sifatida 
o‘rganiladi. Uning tatqiqod predmeti biologiya bilan geologiyaning kesishgan joyida 
vujudga keladi, boshqacha aytganda litosferaning eng yuqori qatlamining ekologik 
vazifasi tatqiqod predmeti hisoblanadi. «Ekologik geologiya»ning yangi yo‘nalishi 
– bu geologiyada yangi yo‘nalish, u geoekologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U
(struktura)si va o‘zaro ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanadilar: 1) ekologik tizim – insonning atrof muhit bilan munosabatini o‘rganadi; 2) hududiy tizim – bir hudud qo‘shni boshqa hudud bilan turli oqimlar asosida bog‘langan. Bizningcha, deb xulosa chiqaradi B.S.Lavrov (1989) ikkala tizim geoekologiyaning mazmunini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geoekologiya hududda tirik organizmning atrof muhit bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqasini o‘rganadi. N.F.Reymers (1990)ning yozishicha, geografik ekologiya (geoekologiya, landshaft ekologiyasi) – ekologiyaning bir qismi bo‘lib, ekologiyaning barcha qonuniyatlarini geografik jarayonlarga tatbiq etish, ya’ni hududiy tamoyil asosida tatqiq etishdir. Tadbiq etish G.A.Bachinskiy (1989) bo‘yicha geoekologiyaning predmeti tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni optimallashtirish uchun bu jarayonda geografik muhitning tabaqalashuvini o‘rganish bo‘lishi lozim. L.M.Koritniy (1990) geoekologiyani (yoki tabiatdan foydalanish geografiyasi) geografiyaning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyadan so‘ng, uchinchi yo‘nalish deb qaraydi. U geoekologik fanlar tizimi to‘g‘risida gapirib, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’sirini hududiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi yaxlit predmet sifatida qaraydi. Uning tadqiqot ob’ekti turli kattalikdagi integral geotizimlar bo‘lishi lozim. G. S. Makunina (1990)ning ta’rificha: geoekologiya – geografiyaning ilmiy yo‘nalishi bo‘lib, biotsenozlar va insonni o‘rab turgan muhitning o‘zgaruvchan holatini o‘rganadi, u ya’ni muhit uzoq va qisqa muddatli ta’sir etuvchi tabiiy hamda antropogen omillar, resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Geoekologiyaning metodologik asosi bo‘lib hayot va uning muhitining birligi tushuniladi, bunda tabiiy, ijtimoiy va texnogen omillar e’tiborga olinadi. V.T.Trofimov (1997)ning fikricha, «ekologik geologiya» geologiyaning yangi yo‘nalishi tushunilib, unda litosferaning yuqori gorizontlari (er osti suvlari va gazlarni qo‘shgan holda)ni ekotizimning biotik komponentlaridan biri sifatida o‘rganiladi. Uning tatqiqod predmeti biologiya bilan geologiyaning kesishgan joyida vujudga keladi, boshqacha aytganda litosferaning eng yuqori qatlamining ekologik vazifasi tatqiqod predmeti hisoblanadi. «Ekologik geologiya»ning yangi yo‘nalishi – bu geologiyada yangi yo‘nalish, u geoekologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U
 
 
litosferaning eng yuqori qatlamlarini ekologik vazifasini baholaydi. Uning fikricha, 
geoekologiya fanlararo yo‘nalish bo‘lib, yuqori darajada tashkil topgan tabiiy va 
inson tomonidan qayta o‘zgartirilgan tizimlarning tuzilmasi mavjud bo‘lish 
vazifalarining qonuniyatlari va evolyusiyasini o‘rganadi. 
A.A.Rafiqov (2001) ta’biricha: geoekologiya tabiatda yuz berayotgan tirik 
organizmlar bilan notirik muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ma’lum tabiiy majmualar 
asosida o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sodir bo‘layotgan ekologik jarayonlarni 
landshaft (yoki morfologik qismlari), tabiiy geografik rayon, okrug va hakazo 
taksonomik birliklarda tatqiq qiladi. 
S.B.Abbosov (2003)ning fikricha: «Geoekologiya bu tabiiy muhitning 
antropogen o‘zgarishlarini o‘rganuvchi fan sohasi bo‘lib hisoblanadi». SHuning 
uchun geoekologiya tabiatdan oqilona foydalanishga va tabiatni muhofaza qilishga 
xizmat qiladi. 
Demak, geoekologiyada ekologiyaning barcha qonuniyatlarini geografik 
jarayonlarga qo‘llanilish tushuniladi, ya’ni hududiy tatbiq etiladi yoki landshaft 
hamda boshqa tabiat majmualarida ekologik qonuniyatlar va jarayonlar o‘rganiladi. 
Hozirga kelib geografiya fani sayyoramiz tabiatidan foydalanish va tabiiy 
resurslarni o‘zlashtirishni optimallashtirishda sodir bo‘layotgan murakkab tabiiy va 
ijtimoiy (sotsial) jarayonlarning mohiyatini teran anglab etishdagi ilmiy va amaliy 
ahamiyati tufayli o‘zining rivojlanishida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. 
Ayniqsa, Er sharining barcha mintaqalarida turli miqyoslardagi ekologik 
muammolarning sodir bo‘lishi, ularni o‘rganish va bartaraf qilishda geografik – 
ekologik yondashuvning ahamiyatini yanada oshirishga turtki bo‘ldi. 
Geografik muammolarni hal qilishda ekologik yondashuv hamda geografik va 
ekologik nuqtai nazarlarning yaqinlashuvi, bir –birini to‘ldirishi oqibatida tabiiy 
geografiya, xususan landshafshunoslik bilan ekologiyaning hamkorligida yangi 
“landshaftlar ekologiyasi” yo‘nalishi - faniga ehtiyoj tug‘ila boshladi. 
Nemis landshafshunos – geograf olimi Karl Trol (1899-1975) 1939 yilda 
«Landshaft ekologiyasi» atamasini birinchi bo‘lib qo‘llaydi. K.Trol 1966 yilda 
Meksika shahrida bo‘lib o‘tgan simfoziumdagi ma’ruzasida ingliz tilida «Landshaft 
ekologiyasi» atamasining sinonimi sifatida «geoekologiya (Geoekology)» atamasini 
qo‘llaydi. K.Trol bu atamalarni geografiya va biologiya o‘zaro tutashgan
litosferaning eng yuqori qatlamlarini ekologik vazifasini baholaydi. Uning fikricha, geoekologiya fanlararo yo‘nalish bo‘lib, yuqori darajada tashkil topgan tabiiy va inson tomonidan qayta o‘zgartirilgan tizimlarning tuzilmasi mavjud bo‘lish vazifalarining qonuniyatlari va evolyusiyasini o‘rganadi. A.A.Rafiqov (2001) ta’biricha: geoekologiya tabiatda yuz berayotgan tirik organizmlar bilan notirik muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ma’lum tabiiy majmualar asosida o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sodir bo‘layotgan ekologik jarayonlarni landshaft (yoki morfologik qismlari), tabiiy geografik rayon, okrug va hakazo taksonomik birliklarda tatqiq qiladi. S.B.Abbosov (2003)ning fikricha: «Geoekologiya bu tabiiy muhitning antropogen o‘zgarishlarini o‘rganuvchi fan sohasi bo‘lib hisoblanadi». SHuning uchun geoekologiya tabiatdan oqilona foydalanishga va tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Demak, geoekologiyada ekologiyaning barcha qonuniyatlarini geografik jarayonlarga qo‘llanilish tushuniladi, ya’ni hududiy tatbiq etiladi yoki landshaft hamda boshqa tabiat majmualarida ekologik qonuniyatlar va jarayonlar o‘rganiladi. Hozirga kelib geografiya fani sayyoramiz tabiatidan foydalanish va tabiiy resurslarni o‘zlashtirishni optimallashtirishda sodir bo‘layotgan murakkab tabiiy va ijtimoiy (sotsial) jarayonlarning mohiyatini teran anglab etishdagi ilmiy va amaliy ahamiyati tufayli o‘zining rivojlanishida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ayniqsa, Er sharining barcha mintaqalarida turli miqyoslardagi ekologik muammolarning sodir bo‘lishi, ularni o‘rganish va bartaraf qilishda geografik – ekologik yondashuvning ahamiyatini yanada oshirishga turtki bo‘ldi. Geografik muammolarni hal qilishda ekologik yondashuv hamda geografik va ekologik nuqtai nazarlarning yaqinlashuvi, bir –birini to‘ldirishi oqibatida tabiiy geografiya, xususan landshafshunoslik bilan ekologiyaning hamkorligida yangi “landshaftlar ekologiyasi” yo‘nalishi - faniga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Nemis landshafshunos – geograf olimi Karl Trol (1899-1975) 1939 yilda «Landshaft ekologiyasi» atamasini birinchi bo‘lib qo‘llaydi. K.Trol 1966 yilda Meksika shahrida bo‘lib o‘tgan simfoziumdagi ma’ruzasida ingliz tilida «Landshaft ekologiyasi» atamasining sinonimi sifatida «geoekologiya (Geoekology)» atamasini qo‘llaydi. K.Trol bu atamalarni geografiya va biologiya o‘zaro tutashgan
 
 
tabiatshunoslik sohasini belgilash uchun qo‘llagan edi, zero landshaft ekologiyasi 
geografiya va biologiya oralig‘ida tarkib topganligi sababli bilimlarning bu 
sohalaridagi ilmiy konsepsiyalarga asoslangan holda rivojlandi (S.Abdullaev va b., 
2010). 
XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniya, Avstriya, SHvetsariya, CHexiya, 
Slovakiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQSHda landshaft ekologiyasiga doir 
tadqiqotlar ancha kuchaydi. Bu davrga kelib landshaft tadqiqotlarida ommaviy ilmiy 
usullardan biri – ekologik usul keng qo‘llanila boshlandi. YA’ni, bu usuldan 
geotizim (landshaft)larni tatqiq qilishda samarali foydalanila boshlandi. 
XX asrning 80 – yillarida olimlar tomonidan tabiat bilan jamiyatning o‘zaro 
ta’siri muammolariga e’tiborning kuchayishi «geoekologiya» atamasining keng 
qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda geoekologik tadqiqotlar «Tabiat – jamiyat» 
tizimida vujudga kelgan hududiy va tizimli tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen 
geotizimlardagi hodisa va jarayonlarni, ya’ni landshaftlarning mavjudligi, tiklanishi, 
barqarorligi hamda ularning mahsuldorligini ta’minlaydigan mexanizmlar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga yo‘naltiriladi.  
1990 yilda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Sobiq Ittifoq Geografiya 
jamiyatining IX s’ezdi bo‘lib, qatnashchilarning ma’ruza va axborotlari 6 ta jildli 
to‘plamda chop etildi, shularning to‘rttasi geoekologiya deb nomlangan. SHu 
boisdan o‘sha yil va sanani «Geoekologiya» fanining «tug‘ilishi» deb qabul qilish 
maqsadga muvofiq (I.Nazarov, 2013). 
SHunday qilib, «Geoekologiya» «Tabiat va jamiyat» tizimidagi o‘zaro 
munosabatlar, o‘zaro ta’sir va aloqalarni o‘rganadigan hamda atrof muhitni 
muhofaza qilish, unga inson ta’sirini optimallashtirishning ilmiy asoslarini ishlab 
chiquvchi o‘ziga xos mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ldi. 
 
1.2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi 
«Geoekologiya» atamasining asoschisi garchand K.Trol bo‘lsada, uning 
g‘oyalari A.Tensli (1935)ning ekotizimlar hamda V.B.Sochava (1978)ning 
geotizimlar haqidagi ta’limotlari bilan yanada takomillashib bordi.
tabiatshunoslik sohasini belgilash uchun qo‘llagan edi, zero landshaft ekologiyasi geografiya va biologiya oralig‘ida tarkib topganligi sababli bilimlarning bu sohalaridagi ilmiy konsepsiyalarga asoslangan holda rivojlandi (S.Abdullaev va b., 2010). XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniya, Avstriya, SHvetsariya, CHexiya, Slovakiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQSHda landshaft ekologiyasiga doir tadqiqotlar ancha kuchaydi. Bu davrga kelib landshaft tadqiqotlarida ommaviy ilmiy usullardan biri – ekologik usul keng qo‘llanila boshlandi. YA’ni, bu usuldan geotizim (landshaft)larni tatqiq qilishda samarali foydalanila boshlandi. XX asrning 80 – yillarida olimlar tomonidan tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri muammolariga e’tiborning kuchayishi «geoekologiya» atamasining keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda geoekologik tadqiqotlar «Tabiat – jamiyat» tizimida vujudga kelgan hududiy va tizimli tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen geotizimlardagi hodisa va jarayonlarni, ya’ni landshaftlarning mavjudligi, tiklanishi, barqarorligi hamda ularning mahsuldorligini ta’minlaydigan mexanizmlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga yo‘naltiriladi. 1990 yilda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Sobiq Ittifoq Geografiya jamiyatining IX s’ezdi bo‘lib, qatnashchilarning ma’ruza va axborotlari 6 ta jildli to‘plamda chop etildi, shularning to‘rttasi geoekologiya deb nomlangan. SHu boisdan o‘sha yil va sanani «Geoekologiya» fanining «tug‘ilishi» deb qabul qilish maqsadga muvofiq (I.Nazarov, 2013). SHunday qilib, «Geoekologiya» «Tabiat va jamiyat» tizimidagi o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir va aloqalarni o‘rganadigan hamda atrof muhitni muhofaza qilish, unga inson ta’sirini optimallashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi o‘ziga xos mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ldi. 1.2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi «Geoekologiya» atamasining asoschisi garchand K.Trol bo‘lsada, uning g‘oyalari A.Tensli (1935)ning ekotizimlar hamda V.B.Sochava (1978)ning geotizimlar haqidagi ta’limotlari bilan yanada takomillashib bordi.
 
 
K.Trol (1972) «Geografiyaga chuqur ekologik bilimlar zarur, o‘z navbatida 
ekologiya uchun esa, yashash muhitining hududiy tabaqalanishi haqidagi bilimlar 
juda muhimdir», deb ta’kidlagan edi.  
Geografiyada ekologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy-ekologik, geoekologik va 
meliorativ geografiya yo‘li bilan o‘z aksini topdi. 
Darvoqe, geografik – ekologik tadqiqotlar tarixi O‘zbekistonda ancha qadimiy 
ekanligi, ilk geoekologik maktab yurtimizda shakllanganligini mutaxassislar e’tirof 
etadilar. 
XX asrning 30-yillaridayoq O‘rta Osiyo Davlat universiteti (sobiq SAGU) 
professorlari D.N.Kashkarov (1876-1941) va E.P.Korovin (1891-1963)lar ishlab 
chiqqan ekologik-biomajmua usul majmuali ekologik-geografik bosqichga 
ko‘tarildi. 1932 yil universitet qoshida E.P.Korovin rahbarligida Biologiya instituti 
tashkil etildi. Bu institut universitet ekologik hamda geografik fikrlarining asosiy 
markaziga 
aylandi.D.N.Kashkarovning 
faunistik, 
zoogeografik, 
ekologik, 
biotsenologik umumlashmalari ham g‘oyat qiziqarlidir. Olim ekspeditsiya doirasida 
ajratilgan biotoplari, geomorfologik, iqlimiy, edafik va biotik jihatdan asoslangan 
bo‘lib, 
hatto 
landshafshunoslik 
nuqtai 
nazaridan 
katta 
e’tiborga 
loyiq 
(R.Raximbekov, Z.Donsova, 1982). D.N.Kashkarov tabiatni muhofaza qilish va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy, rekratsion, 
ilmiy, falsafiy, huquqiy va estetik jihatlarini bir butun ekologik yondashuv asosida 
yaqqol ko‘rsatib berdi (N.G‘ulomova, SH.Raximbekova, 1995).XX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab mazkur landshaft-ekologik maktabni respublikada L.N.Babushkin 
va N.A.Kogay davom ettirdilar. D.N.Koshkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, 
V.M.CHetirkin, L.N.Babushkin va N.A.Kogay ilmiy yo‘nalishlari geografik–
ekologik yo‘nalishdir (SH. Zokirov, 1999). SH.S.Zokirov ta’kidlaganicha: Taniqli 
olimlar E.P.Korovinning geobotanik ishlarida, L.N.Babushkinning agroiqlim 
bo‘yicha olib borgan izlanishlarida, I.V.Stepanovning O‘rta Osiyo tuproqlarini tahlil 
qilishda, V.M.CHetirkinning O‘rta Osiyoni tabiiy geografik ta’riflash va 
rayonlashtirish tajribasida ekologik yondashish yaqqol ko‘zga tashlanadi 
(SH.Zokirov,1995). SHuningdek, SH.S.Zokirovning landshafshunoslik sohasiga oid 
barcha tadqiqotlari ibratli va sermazmunligini e’tirof etgani holda, olimning o‘zlarini
K.Trol (1972) «Geografiyaga chuqur ekologik bilimlar zarur, o‘z navbatida ekologiya uchun esa, yashash muhitining hududiy tabaqalanishi haqidagi bilimlar juda muhimdir», deb ta’kidlagan edi. Geografiyada ekologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy-ekologik, geoekologik va meliorativ geografiya yo‘li bilan o‘z aksini topdi. Darvoqe, geografik – ekologik tadqiqotlar tarixi O‘zbekistonda ancha qadimiy ekanligi, ilk geoekologik maktab yurtimizda shakllanganligini mutaxassislar e’tirof etadilar. XX asrning 30-yillaridayoq O‘rta Osiyo Davlat universiteti (sobiq SAGU) professorlari D.N.Kashkarov (1876-1941) va E.P.Korovin (1891-1963)lar ishlab chiqqan ekologik-biomajmua usul majmuali ekologik-geografik bosqichga ko‘tarildi. 1932 yil universitet qoshida E.P.Korovin rahbarligida Biologiya instituti tashkil etildi. Bu institut universitet ekologik hamda geografik fikrlarining asosiy markaziga aylandi.D.N.Kashkarovning faunistik, zoogeografik, ekologik, biotsenologik umumlashmalari ham g‘oyat qiziqarlidir. Olim ekspeditsiya doirasida ajratilgan biotoplari, geomorfologik, iqlimiy, edafik va biotik jihatdan asoslangan bo‘lib, hatto landshafshunoslik nuqtai nazaridan katta e’tiborga loyiq (R.Raximbekov, Z.Donsova, 1982). D.N.Kashkarov tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy, rekratsion, ilmiy, falsafiy, huquqiy va estetik jihatlarini bir butun ekologik yondashuv asosida yaqqol ko‘rsatib berdi (N.G‘ulomova, SH.Raximbekova, 1995).XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mazkur landshaft-ekologik maktabni respublikada L.N.Babushkin va N.A.Kogay davom ettirdilar. D.N.Koshkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, V.M.CHetirkin, L.N.Babushkin va N.A.Kogay ilmiy yo‘nalishlari geografik– ekologik yo‘nalishdir (SH. Zokirov, 1999). SH.S.Zokirov ta’kidlaganicha: Taniqli olimlar E.P.Korovinning geobotanik ishlarida, L.N.Babushkinning agroiqlim bo‘yicha olib borgan izlanishlarida, I.V.Stepanovning O‘rta Osiyo tuproqlarini tahlil qilishda, V.M.CHetirkinning O‘rta Osiyoni tabiiy geografik ta’riflash va rayonlashtirish tajribasida ekologik yondashish yaqqol ko‘zga tashlanadi (SH.Zokirov,1995). SHuningdek, SH.S.Zokirovning landshafshunoslik sohasiga oid barcha tadqiqotlari ibratli va sermazmunligini e’tirof etgani holda, olimning o‘zlarini
 
 
ham L.N.Babushkin va N.A.Kogaylarning landshaft-ekologik maktabining bevosita 
davomchisi deb hisoblash maqsadga muvofiqdir.  
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bevosita geoekologiyaga bag‘ishlangan 
izlanishlar 90–yillar oxirida boshlangan (A.A.Rafiqov, 1997; I.Q.Nazarov, 1998; 
A.N.Nig‘matov, 2010; S.I.Abdullaev va boshqalar, 2010 va b.). 
Mamlakatimizda geoekologik tadqiqotlarni birinchilardan bo‘lib boshlab 
bergan, mavjud landfasht-ekologik maktabni jadal rivojlantirgan, geoekologiyani 
fan sifatida oliy ta’lim tizimida joriy qilgan olim, geografiya fanlari doktori, 
professor A.A.Rafiqovdir. U XX asrning 80-90 yillarida «Geoekologiya»ning asl 
mohiyatini ochib berishda avvalo O‘zRFA Geografiya bo‘limida (1981-1998 yy.), 
so‘ngra O‘zMU (ToshDU) Geografiya fakulteti «Tabiiy geografiya» kafedrasida 
(1998-2003 yy.) samarali faoliyat olib bordi. U respublikaning Mirzacho‘l, 
Qizilqum, Orol va Orolbo‘yi kabi turli mintaqalarida olib borgan o‘nlab 
ekspeditsiyalari va tadqiqotlari asosida ro‘y berayotgan ekologik o‘zgarishlarni 
bevosita geotizimlar doirasida aks etishini isbotlab berdi 
A.A.Rafiqov boshchiligida O‘rta Osiyoda olib borilgan geoekologik tadqiqot 
natijalari 1992 yilda respublikamizda ilk bor 1:1 000 000 masshtabda yaratilgan 
“O‘zbekiston Respublikasining ekologik kartasi”da aks etdi. Xaritaning mazmunida 
mamlakatimiz hududidagi landshaftlarning turli xil darajada ekologik o‘zgarganligi 
ko‘rsatib berildi. Olim bir guruh geograflar bilan, hududning ekologik sharoiti 
geotizimlar miqyosida yaqqol namoyon bo‘lishini yoqlab chiqdi. Mazkur tadqiqot 
ishida ekologik vaziyat darajalari 13 ta indikatorlar asosida tavsiflangan va 5 ta 
pog‘onaga ajratgan: qanoatlanarli, o‘rtacha qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang.  
Bunda geoekologik indikatorlar sifatida tabiat komponentlarining soni va sifat 
ko‘rsatgichlari olindi. Keyinchalik A.A.Rafiqov (1999) ushbu indikatorlarni 
takomillashtirib, sonini 16 taga etkazadi, shuningdek 13 ta indikatordan 5 tasining 
o‘rniga boshqalarini taklif qiladi. Ushbu indikatorlardan «O‘zR Tabiatni muhofaza 
qilish kartasi»ni (2003) tuzishda foydalanib, geoekologik vaziyatlar landshaftlarning 
o‘zgarganlik darajasi sifatida etti pog‘onali darajada berilib, ranglarda tasvirlangan. 
Mazkur har ikala xaritani tuzishda landshaft xaritasi asos qilib olingan.  
A.A.Rafiqovning “Geoekologik muammolar” (1997) nomli kitobida tabiat va 
jamiyat o‘rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning geoekologik
ham L.N.Babushkin va N.A.Kogaylarning landshaft-ekologik maktabining bevosita davomchisi deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bevosita geoekologiyaga bag‘ishlangan izlanishlar 90–yillar oxirida boshlangan (A.A.Rafiqov, 1997; I.Q.Nazarov, 1998; A.N.Nig‘matov, 2010; S.I.Abdullaev va boshqalar, 2010 va b.). Mamlakatimizda geoekologik tadqiqotlarni birinchilardan bo‘lib boshlab bergan, mavjud landfasht-ekologik maktabni jadal rivojlantirgan, geoekologiyani fan sifatida oliy ta’lim tizimida joriy qilgan olim, geografiya fanlari doktori, professor A.A.Rafiqovdir. U XX asrning 80-90 yillarida «Geoekologiya»ning asl mohiyatini ochib berishda avvalo O‘zRFA Geografiya bo‘limida (1981-1998 yy.), so‘ngra O‘zMU (ToshDU) Geografiya fakulteti «Tabiiy geografiya» kafedrasida (1998-2003 yy.) samarali faoliyat olib bordi. U respublikaning Mirzacho‘l, Qizilqum, Orol va Orolbo‘yi kabi turli mintaqalarida olib borgan o‘nlab ekspeditsiyalari va tadqiqotlari asosida ro‘y berayotgan ekologik o‘zgarishlarni bevosita geotizimlar doirasida aks etishini isbotlab berdi A.A.Rafiqov boshchiligida O‘rta Osiyoda olib borilgan geoekologik tadqiqot natijalari 1992 yilda respublikamizda ilk bor 1:1 000 000 masshtabda yaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ekologik kartasi”da aks etdi. Xaritaning mazmunida mamlakatimiz hududidagi landshaftlarning turli xil darajada ekologik o‘zgarganligi ko‘rsatib berildi. Olim bir guruh geograflar bilan, hududning ekologik sharoiti geotizimlar miqyosida yaqqol namoyon bo‘lishini yoqlab chiqdi. Mazkur tadqiqot ishida ekologik vaziyat darajalari 13 ta indikatorlar asosida tavsiflangan va 5 ta pog‘onaga ajratgan: qanoatlanarli, o‘rtacha qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang. Bunda geoekologik indikatorlar sifatida tabiat komponentlarining soni va sifat ko‘rsatgichlari olindi. Keyinchalik A.A.Rafiqov (1999) ushbu indikatorlarni takomillashtirib, sonini 16 taga etkazadi, shuningdek 13 ta indikatordan 5 tasining o‘rniga boshqalarini taklif qiladi. Ushbu indikatorlardan «O‘zR Tabiatni muhofaza qilish kartasi»ni (2003) tuzishda foydalanib, geoekologik vaziyatlar landshaftlarning o‘zgarganlik darajasi sifatida etti pog‘onali darajada berilib, ranglarda tasvirlangan. Mazkur har ikala xaritani tuzishda landshaft xaritasi asos qilib olingan. A.A.Rafiqovning “Geoekologik muammolar” (1997) nomli kitobida tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning geoekologik
 
 
jihatlari ochib berildi. Unda Markaziy Osiyo, xususan misolida, geoekologik 
muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanishi ko‘rsatib o‘tildi. Global, hududiy va 
mahalliy geoekologik masalalar tabiiy geografik nuqtai nazardan ochib berildi.      
Qo‘llanmada atrof tabiiy muhit ifloslanishining inson salomatligiga ta’sirini 
majmuali geografik yondashish orqali tatqiq qilish lozimligini yoritib berildi. Olim 
va uning shogirdlari geoekologik muammolar echimining ilmiy asosini ochib 
berishga harakat qildilar3.  
A.A.Rafiqovning hududiy va mahalliy geoekologik dunyoqarashlarini uning 
shogirdlari va izdoshlari keng targ‘ibot qilib davom ettirishmoqda. 
Hududiy 
miqiyosda 
olimning 
geoekologik 
ilmiy 
maktabini 
davom 
ettiruvchilardan biri O‘sh davlat universiteti geografiya fakulteti “Geoekologiya” 
kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi G.CH.Donbaevadir. U o‘zinning 
ilmiy ishlarida Qirg‘izistonning Talas vodiysi suv resurslaridan oqilona foydalanish 
orqali atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning havzaviy usullarini ishlab chiqdi va 
uni amalga tatbiq etmoqda (2004). 
Mahalliy miqyosda, ya’ni respublikamizda A.A.Rafiqovning shogirdlaridan bir 
nechtasi 
olimning 
ishlarini 
davom 
ettirmoqda. 
Jumladan, 
A.S.Nazarov 
agrolandshaftlarning pestitsidlar bilan ifloslanishini baholash va rayonlashtirish 
masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib bordi va davom ettirmoqda (Otsenka i 
rayonirovanie 
zagryazneniya 
pestitsidami 
agrolandshaftov 
CHirchik 
– 
Axangaranskoy doliny i puti ix oxrany, 1991). 
A.N.Xojimatov O‘zbekiston cho‘l mintaqasi voha landshaftlarining holatini, 
yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va prognoz qilish masalalari bo‘yicha 
izlanishlar olib bormoqda (Oazinsne landshafty pustynnoy zony Uzbekistana: 
sostoyanie, otsenka i prognoz vozmojnyx izmeneniy (na primere agrogeosistem 
nizovev Zarafshana i Amudari), 1996).  
A.K.Kurbaniyazov Orol dengizi qurigan tubi janubiy qismi landshaftlarining 
shakllanishi, rivojlanishi va cho‘llashish jarayoni bilan kurashish tadbirlari bo‘yicha 
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib bormoqda (Stanovlenie i 
razvitie landshaftov yujnoy chasti obsoxshego dna Aralskogo morya i mery borby s 
protsessami opustynivaniya, 2001).
jihatlari ochib berildi. Unda Markaziy Osiyo, xususan misolida, geoekologik muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanishi ko‘rsatib o‘tildi. Global, hududiy va mahalliy geoekologik masalalar tabiiy geografik nuqtai nazardan ochib berildi. Qo‘llanmada atrof tabiiy muhit ifloslanishining inson salomatligiga ta’sirini majmuali geografik yondashish orqali tatqiq qilish lozimligini yoritib berildi. Olim va uning shogirdlari geoekologik muammolar echimining ilmiy asosini ochib berishga harakat qildilar3. A.A.Rafiqovning hududiy va mahalliy geoekologik dunyoqarashlarini uning shogirdlari va izdoshlari keng targ‘ibot qilib davom ettirishmoqda. Hududiy miqiyosda olimning geoekologik ilmiy maktabini davom ettiruvchilardan biri O‘sh davlat universiteti geografiya fakulteti “Geoekologiya” kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi G.CH.Donbaevadir. U o‘zinning ilmiy ishlarida Qirg‘izistonning Talas vodiysi suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning havzaviy usullarini ishlab chiqdi va uni amalga tatbiq etmoqda (2004). Mahalliy miqyosda, ya’ni respublikamizda A.A.Rafiqovning shogirdlaridan bir nechtasi olimning ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, A.S.Nazarov agrolandshaftlarning pestitsidlar bilan ifloslanishini baholash va rayonlashtirish masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib bordi va davom ettirmoqda (Otsenka i rayonirovanie zagryazneniya pestitsidami agrolandshaftov CHirchik – Axangaranskoy doliny i puti ix oxrany, 1991). A.N.Xojimatov O‘zbekiston cho‘l mintaqasi voha landshaftlarining holatini, yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va prognoz qilish masalalari bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda (Oazinsne landshafty pustynnoy zony Uzbekistana: sostoyanie, otsenka i prognoz vozmojnyx izmeneniy (na primere agrogeosistem nizovev Zarafshana i Amudari), 1996). A.K.Kurbaniyazov Orol dengizi qurigan tubi janubiy qismi landshaftlarining shakllanishi, rivojlanishi va cho‘llashish jarayoni bilan kurashish tadbirlari bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib bormoqda (Stanovlenie i razvitie landshaftov yujnoy chasti obsoxshego dna Aralskogo morya i mery borby s protsessami opustynivaniya, 2001).
 
 
R.Usmanova (2001) Qashqadaryo viloyatida geotizimlardan rekratsion 
maqsadda foydalanishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish bilan birga har 
qanday ijtimoiy masalalarni, jumladan aholining hordiq chiqarishi va dam olishini 
yaxshilash, sog‘lig‘ini tiklash uchun tabiiy geografik majmualarni atroflicha 
baholash va bashoratlash zarurligini yoqlab chiqdi. 
K.J.Allanazarov 
(2002) 
ilmiy 
ishlarida 
Amudaryo 
deltasining 
sug‘orilmaydigan qismi tabiiy sharoiti va resurslarini qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishda tutgan o‘rnini ko‘rsatish bo‘yicha tadqiqotlarni olib bormoqda. U 
mahalliy geoekologik muammolarni hal etishning majmuali-geografik asoslarini 
ishlab chiqdi va amalda tatbiq etishga doir ko‘rsatmalar berdi. 
A.A.Nazarov (2004) Namangan viloyati tabiiy resurslaridan oqilona 
foydalanishning ekologik-geografik asoslarini shilab chiqdi hamda amaliyotga 
tavsiya va takliflar berdi.  
Z.A.Amanbaeva (2004) Ohangaron daryo vodiysi o‘rta qismi havzasining 
geoekologik vaziyati va uni optimallashtirish yo‘llariga oid tadqiqotlarni olib bordi. 
Muallif geoekologik vaziyatni optimallashtirishda rel’ef shakllari va elementlarini 
hisobga olish ijobiy natija berishini isbotladi hamda amaliyotga tavsiya va takliflar 
berdi.  
A.A.Hamidov 
(2006) 
Farg‘ona 
vodiysi 
misolida 
tabiiy 
geografik 
tadqiqotlarning geoekologik ahamiyatiga doir ilmiy izlanishlar olib borib, 
O‘zbekistonda «Geoekologiya»ni rivojlantirishda tarixan boy tabiiy geografik 
tadqiqotlarga suyanish lozimligini isbot qildi va bu tadqiqotlarni davom ettirmoqda. 
O.I.Abdug‘aniev (2007) muayyan bir viloyat doirasida (Farg‘ona viloyati 
misolida) alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish orqali 
geoekologik vaziyatni yaxshilash masalalarini o‘rganmoqda.  
SHu maktab namoyondalaridan yana biri SH.M.SHaripov tabiatni muhofaza 
qilishda geoekologik yondashuv, ya’ni har bir geotizimning o‘ziga xos 
xususiyatlarini va geoekologik vaziyatini hisobga olish va chora-tadbirlarni 
tabaqalashgan holda amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. 
Tadqiqotchi Toshkent viloyati misolida tog‘ oldi va tog‘ rayonlarida geoekologik 
vaziyatni balandlik mintaqalanishi qonuniyatiga bo‘ysungan holda daryo 
o‘zanlaridan suvayirig‘ichlarga tomon o‘zgarishini isbotladi, tabiatni muhofaza
R.Usmanova (2001) Qashqadaryo viloyatida geotizimlardan rekratsion maqsadda foydalanishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish bilan birga har qanday ijtimoiy masalalarni, jumladan aholining hordiq chiqarishi va dam olishini yaxshilash, sog‘lig‘ini tiklash uchun tabiiy geografik majmualarni atroflicha baholash va bashoratlash zarurligini yoqlab chiqdi. K.J.Allanazarov (2002) ilmiy ishlarida Amudaryo deltasining sug‘orilmaydigan qismi tabiiy sharoiti va resurslarini qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda tutgan o‘rnini ko‘rsatish bo‘yicha tadqiqotlarni olib bormoqda. U mahalliy geoekologik muammolarni hal etishning majmuali-geografik asoslarini ishlab chiqdi va amalda tatbiq etishga doir ko‘rsatmalar berdi. A.A.Nazarov (2004) Namangan viloyati tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik-geografik asoslarini shilab chiqdi hamda amaliyotga tavsiya va takliflar berdi. Z.A.Amanbaeva (2004) Ohangaron daryo vodiysi o‘rta qismi havzasining geoekologik vaziyati va uni optimallashtirish yo‘llariga oid tadqiqotlarni olib bordi. Muallif geoekologik vaziyatni optimallashtirishda rel’ef shakllari va elementlarini hisobga olish ijobiy natija berishini isbotladi hamda amaliyotga tavsiya va takliflar berdi. A.A.Hamidov (2006) Farg‘ona vodiysi misolida tabiiy geografik tadqiqotlarning geoekologik ahamiyatiga doir ilmiy izlanishlar olib borib, O‘zbekistonda «Geoekologiya»ni rivojlantirishda tarixan boy tabiiy geografik tadqiqotlarga suyanish lozimligini isbot qildi va bu tadqiqotlarni davom ettirmoqda. O.I.Abdug‘aniev (2007) muayyan bir viloyat doirasida (Farg‘ona viloyati misolida) alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish orqali geoekologik vaziyatni yaxshilash masalalarini o‘rganmoqda. SHu maktab namoyondalaridan yana biri SH.M.SHaripov tabiatni muhofaza qilishda geoekologik yondashuv, ya’ni har bir geotizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va geoekologik vaziyatini hisobga olish va chora-tadbirlarni tabaqalashgan holda amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Tadqiqotchi Toshkent viloyati misolida tog‘ oldi va tog‘ rayonlarida geoekologik vaziyatni balandlik mintaqalanishi qonuniyatiga bo‘ysungan holda daryo o‘zanlaridan suvayirig‘ichlarga tomon o‘zgarishini isbotladi, tabiatni muhofaza
 
 
qilish chora-tadbirlarini tabaqalashgan holda amalga oshirish bo‘yicha amaliyotga 
tavsiya va takliflar berdi.  
Professor A.A.Rafiqov tashkil etgan geoekologik ilmiy maktabning birinchi 
bosqichida 80 dan ziyod ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, ularda ilk bor respublikamiz 
landshaftlarining ekologik vaziyatini baholashning son va sifat ko‘rsatgichlari 
aniqlandi, jahon tajribasidan kelib chiqqan tarzda uni bashoratlash va monitoringini 
olib borish yo‘llari aniqlandi, geoekologik xaritalashtirish usullari ishlab chiqildi, 
mintaqaviy va mahalliy qonuniyatlar ochib berildi. 
Hozirgi kunda O‘zMU va respublikamizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarining 
professor–o‘qituvchilari va taqdiqotchilari A.A.Rafiqov asos solgan geoekologiya 
maktabiga doir umummilliy tadqiqotlar va izlanishlarni olib bormoqdalar 
(M.Mirkamalov, SH.SHaripov (2003). 
Masalan, S.B.Abbosov (SamDU) tadqiqotlarida Qizilqum landshaftlarining 
tabaqalanishi, cho‘llashishning omillari ko‘rsatilgan, geoekologik rayonlashtirish 
ishlari bajarilgan, geoekologik vaziyatlarni optimallashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan 
(Qizilqum landshaftlari va ularning geoekologik jihatlari, 2007). 
N.R.Alimqulov (TDPU) Jizzax viloyatining landshaft-ekologik sharoitini 
baholashni o‘z tadqiqotlarining negizi sifatida qarab, viloyat hududi tabiatidan 
foydalanish va amalga tatbiq etish maqsadida landshaft – ekologik rayonlashtirish 
amalga oshirilgan (Jizzax viloyatining landshaft – ekologik sharoitini baholash, 
2008). 
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda o‘ziga xos nufuzli 
geoekologik maktab mavjud va uning davomchilari bisyor, kelajakda sohaga oid 
ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilishiga ishinchimiz komil. 
 
1.3. Geoekologiya-geografik ekologiya to‘g‘risidagi fan ekanligi 
 
Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ektlari geografik qobiq, tabiiy hududiy 
majmualar, landshaft va uning morfologik birliklari hisoblanadi.  
Landshaftning barqarorlik, ekologik va resursli xususiyatlari uning tabiiy 
geografiyada asosiy hududiy birlik sifatida foydalanishni taqozo etadi.
qilish chora-tadbirlarini tabaqalashgan holda amalga oshirish bo‘yicha amaliyotga tavsiya va takliflar berdi. Professor A.A.Rafiqov tashkil etgan geoekologik ilmiy maktabning birinchi bosqichida 80 dan ziyod ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, ularda ilk bor respublikamiz landshaftlarining ekologik vaziyatini baholashning son va sifat ko‘rsatgichlari aniqlandi, jahon tajribasidan kelib chiqqan tarzda uni bashoratlash va monitoringini olib borish yo‘llari aniqlandi, geoekologik xaritalashtirish usullari ishlab chiqildi, mintaqaviy va mahalliy qonuniyatlar ochib berildi. Hozirgi kunda O‘zMU va respublikamizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarining professor–o‘qituvchilari va taqdiqotchilari A.A.Rafiqov asos solgan geoekologiya maktabiga doir umummilliy tadqiqotlar va izlanishlarni olib bormoqdalar (M.Mirkamalov, SH.SHaripov (2003). Masalan, S.B.Abbosov (SamDU) tadqiqotlarida Qizilqum landshaftlarining tabaqalanishi, cho‘llashishning omillari ko‘rsatilgan, geoekologik rayonlashtirish ishlari bajarilgan, geoekologik vaziyatlarni optimallashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan (Qizilqum landshaftlari va ularning geoekologik jihatlari, 2007). N.R.Alimqulov (TDPU) Jizzax viloyatining landshaft-ekologik sharoitini baholashni o‘z tadqiqotlarining negizi sifatida qarab, viloyat hududi tabiatidan foydalanish va amalga tatbiq etish maqsadida landshaft – ekologik rayonlashtirish amalga oshirilgan (Jizzax viloyatining landshaft – ekologik sharoitini baholash, 2008). YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda o‘ziga xos nufuzli geoekologik maktab mavjud va uning davomchilari bisyor, kelajakda sohaga oid ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilishiga ishinchimiz komil. 1.3. Geoekologiya-geografik ekologiya to‘g‘risidagi fan ekanligi Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ektlari geografik qobiq, tabiiy hududiy majmualar, landshaft va uning morfologik birliklari hisoblanadi. Landshaftning barqarorlik, ekologik va resursli xususiyatlari uning tabiiy geografiyada asosiy hududiy birlik sifatida foydalanishni taqozo etadi.