Geografik karta va atlaslar va ularni tiplari
Reja.
1. Geografik kartalarning tiplari
2. Mavzuli kartalar
3. Geografik atlaslar va ularning tasnifi
4. O’quv atlaslari
Tayanch so’zlar: geografik kartalar, mavzuli kartalar, umumgeografik
kartalar, iqlim kartalari, geografik atlaslar, atlas, Merkator, Ptolomey, Beruniy,
cho’ntak atlasi, turistik atlaslar, xarbiy atlaslar.
Kartada bitta sohaning birgina ko’rsatkichi tasvirlansa tarmoq (soha) kartasi
deb yuritiladi. Bu kyproq ijtimoiy-iqtisodiy kartalarga tegishlidir. Masalan,
paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, avtomobilь transporti, uy-joy qurilishi
kartalari va boshqalar.
Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni tadqiqot usuli bo’yicha kartalar tahliliy va
sintetik tiplarga bo’linadi.
Tahliliy kartalarda voqea-hodisalarning alohida tomonlari yoki xususiyatlari
ko’rsatilab, ular orasidagi bog’liqlik ko’rsatilmaydi, bu esa o’zaro munosabatlarni
aniqlashga qiyinchilik tug’diradi. Masalan, havoning harorati, shamollar, yog’in-
sochin, 1 tonna paxtaning tannarxi, 1 ga paxta maydoniga solingan o’g’it miqdori,
transport mashinasozligi va boshqalar. Ba’zan tahliliy kartalarda bir-biriga yaqin
bo’lgan 2—3 voqea va hodisalar birgalikda ham tasvirlanadi.
Sintetik kartalarda biror soha to’g’risida to’liq va mukammal ma’lumot
berilib, voqea-hodisalar orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi, masalan, landshaft,
agroiqlim, rayonlashtirish, qishloq xo’jaligi kartalari va boshqalar.
Kompleks kartalar deb ataladigan maxsus kartalarda bir-biriga bog’liq bo’lgan
bir qancha voqea va hodisalar yoki voqea-hodisalarning bir qancha xususiyatlari
birgalikda tasvirlansa-da, lekin mazmunning har bir ko’rsatkichi alohida beriladi.
Masalan, umumiqtisodiy kartalarda sanoat, qishloq xo’jaligi, aholi va transport
alohida tasvirlanadi, lekin ular orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi. Sinoptik
kartalarda, hamma meteorologik elementlar: bosim, shamol, harorat, yog’in-sochin,
bulutlik alohida-alohida ko’rsatilib, ular orasida bog’liqlik saqlanib qoladi.
Topografik kartalarni ham kompleks kartalar qatoriga kiritish mumkin.
Mavzuli kartalar
Mamlakatimizda nashr qilingan va qilinayotgan mavzuli kartalarning
mazmunlari, ishlatilishi ham xilma-xildir, shulardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Geologik kartalar asosan yirik masshtabli bevosita dalada yaratilgan kartalar
asosida tuziladi. Geologik kartalar geografik kartalarga o’xshab, umumgeologik
kartalarga va geologiya sohalari bo’yicha tuzilgan kartalarga bo’linib tasvirlanadi.
Ularda ma’lum bir hududning geologik tuzilishi to’g’risida, ya’ni geologik yoshi,
petrografik tarkibi, toG’ jinslarining joylashishi va tuzilishi to’g’risida ma’lumot
beradi. Geologik kartalarda shartli belgilarga qo’shimcha harflar, raqamlar,
indekslar, chiziqlar yordamida boshqa ko’rsatkichlar ham beriladi. Tektonik
yoriqlar, uzilmalar, surilmalar esa chiziqli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin.
Seysmik kartalarda belgilar usuli ishlatilib zilzila episentrlarning o’rni belgilar bilan,
seysmik to’lqinlarning tarqalishi va ularni rayonlashtirilishi izoliniyalar (teng
chiziqlar) bilan tasvirlanadi.
Sobiq Ittifoqda yirik geologik-kartografik asarlar nashr qilingan bo’lib, ular
1:2,5 mln. masshtabdagi Davlat geologik kartasi (1965 yil) va 1966 yilda sobiq
Ittifoqning 1:5 mln. masshtabdagi tektonik kartalaridir. Bu kartalar mamlakat
geologiyasini o’rganishga bag’ishlangan yirik asarlardir. O’zbekistonning ham 1:1
mln. masshtabli umumgeologik va tektonik kartalari nashr qilingan. Hozirgi vaqtda
respublikamizning 1:1 mln. masshtabli o’quv geologik kartasi tuzilmoqda.
Iqlim kartalari. Hududlarni iqlim ko’rsatkichlari asosida ma’lum bir vaqt
uchun kameral sharoitda tuzilgan va hududning iqlim xususiyatlarini kartografik
usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi.
Bunday kartalar iqlim va uning shakllanish qonuniyatlarini ko’rsatib,
meteorologik manbalar asosida tuziladi. Iqlim kartalarining asosini kundalik va oylik
obi-havo kartalari tashkil qiladi. Iqlim kartalar amalda qishloq xo’jaligi, aviasiya va
dengiz navigasiyasi ishlarida, qurilishda va harbiy sohalarda ishlatiladi. U ham
geografik kartalar bo’lib, mavzuli kartalar hisoblanadi.
Iqlim kartalari teng chiziqlar usulida tasvirlanib, ular qiymatlari bir xil bo’lgan
nuqtalarni tutashtiradi, masalan, izotermalar, harorati issiq bo’lsa qizil chiziqlar,
sovuq bo’lsa ko’k rangli chiziqlar bilan ko’rsatiladi.
Atmosfera bosimini izobatalar, yog’in-sochin miqdorini izogetalar, bulutlar
tarqalishini izoneflar, bir xil shamollar kuchini izotaxlar bilan ko’rsatiladi.
Izoxronlar bilan iqlim va obi-havo bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni (birinchi sovuq
tushishi va oxirgi sovuq muddati, qor qoplamini qalinligi va ularni erishi, daryo, ko’l
va dengizlarni muzlanish vaqti va muz erish vaqti va h.z.lar) teng chiziqlar bilan
tasvirlanadi.
Teng chiziqlar orasi sovuq ranglarda bo’yalsa, yog’in-sochin miqdori, havo
bosimi va shamollar yo’nalishini ko’ramiz. Iliq ranglarda havoning isishi bilan
bog’liq bo’lgan voqea-hodisalar tasvirlanadi.
Iqlim kartalari o’rtacha ko’rsatkichlar asosida, ma’lumotnomalar olingan
ma’lumotlar asosida tuziladi.
Undan tashqari iqlim va obi-havo kartalari kosmik apparatlardan olingan
suratlar yordamida ham tuzilmoqda.
Hozirgi vaqtda iqlim kartalari tuzishni yangi uslublari ishlab chiqilgan. Iqlim
kartalari asosida iqlim atlaslari tuzilgan. A.I.Voekov nomidagi bosh geofizik
observatoriyada 2 tomli ittifoq iqlim atlasi tuzilib, unda respublikamiz hududiga
tegishli iqlim kartalari mavjud. Mamlakatimiz iqlim kartalari 1963 yilda chop etilgan
O’zbekiston atlasida, 1983 va 1985 yillarda chop etilgan 2 jildli O’zbekiston atalsida
va 1999 yili nashr qilingan O’zbekiston geogarfik atlaslarida etarli darajada o’z
aksini topgan.
2000 yilda Toshkent kartografiya fabrikasida 1:1,5 mln. masshtabda
O’zbekistonni devoriy «Iqlim o’quv kartasi» chop etilgan, unda hududimiz
to’g’risida etarli iqlimiy ma’lumotlar berilgan.
Iqlim va obi-havo kartalari kundalik tele-ko’rsatuvlarda ham namoyish qilinib
zarur ma’lumotlar berilib borilmoqda.
Zoogeografik yoki hayvonot dunyosi kartalari. Zoogeografiya va geografiya
fanini o’rganishda katta ahamiyati ega. Shuning uchun maxsus o’quv zoogeografik
kartalar chop etilgan. Zoogeografik kartalarda hayvonot dunyosining hududlar
bo’yicha geografik tarqalishi, yo’qolib borayotgan hayvonlar, okean hayvonlari
belgilar usulida tasvirlanadi. Sobiq Ittifoqda 1:5 mln. masshtabda zoogeografik karta
chop etilgan. Respublikamizda ham zoogeografik kartalar chop etilib, ular alohida
bo’lmasdan, o’quv va ilmiy ma’lumotnomali atlaslar tarkibida, masalan, 1963 yil
chop etilgan O’zbekiston atlasida va 1980 yil chop etilgan respublikamizni o’quv–
o’lkashunoslik atlasida va O’zbekistonni ilmiy kompleks atlaslarida (1982) va
O’zbekistonni geografik atlaslarida (1999) berilgan.
Ekologik kartalar - respublika kartografiyasida davr talabiga ko’ra yaratilgan
soha hisoblanadi, 1992 yilda O’zbekistonning 1:1 mln. masshtabli ilmiy-
ma’lumotnomali Ekologik kartasi chop etildi. Unda havoning ifloslanishi, suv
ob’ektlarining ifloslanishi, o’simlik va hayvonot dunyosidagi ekologik vaziyatlar o’z
aksini topdi. Bu kartada shuningdek, erning sho’rlanishi, erga solinadigan
o’g’itlarning ta’siri, ekinlariga sepilgan kimyoviy dorilarning ta’siri va Orol
dengizidagi vaziyat to’g’risida ma’lumot berilgan.
O’zbekiston geografik atlasida (1999) «Tabiatni muhofaza qilish» kartasi o’z
o’rnini topgan. Hozirgi vaqtda maktablar uchun shunday devoriy kartalar tuzish
ustida ish olib borilmoqda.
Aholi kartalari. So’nggi yillarda mehnat resurslarini hisobga olish va ulardan
unumli foydalanish maqsadida turli xil aholi kartalari tuzilmoqda Aholi kartalarida
aholining milliy tarkibi, zichligi, yoshi, jinsi, professional tarkibi va ba’zan diniy
e’tiqodlari ham ko’rsatilmoqda. Bunday kartalarda ko’proq belgilar, areallar,
kartogramma usullaridan foydalaniladi.
Aholi geografiyasining rivojlanishi natijasida aholishunoslik kartografiyasi
vujudga kelmoqda. So’nggi paytlarda aholishunoslikka tegishli yirik kartografik
asarlar yaratildi. Masalan: Dunyo aholisi atlasi, sobiq Ittifoqning aholi kartasi va
regional atlaslaridagi ko’plab aholi kartalari va 1:1,5 mln. masshtabli O’zbekiston
aholi kartasi bunga misol bo’laoladi. Kelajakda yangi demografik karta va atlaslar
yaratish zarurati tug’ilmoqda.
Sanoat kartalari.Respublikamiz kartografiyasida sanoatga tegishli mavzuli
kartalar alohida o’rin tutadi. 1983-1985 yillarda chop etilgan 2 jildli O’zbekistonning
ilmiy ma’lumotnomali atlasida ham respublikamiz sanoatini ifodalovchi kartalar
talaygina. O’zbekiston geografik atlasida (1999) sanoat bo’yicha 5 ta karta: yoqilg’i-
energetika, neftь-kimyo, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni
qayta ishlash, engil sanoat, oziq-ovqat sanoati kartalari berilgan. Qishloq xo’jaligiga
tegishli 4 ta karta: paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, irrigasiya va meliorasiya
kartalari ham berilgan. SHunday kartalani O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy o’quv
geografik atlasida (2000) ham uchratamiz. 1994 yilda O’zbekistonning
Umumiqtisodiy kartasi (1:1 mln. masshtabda) chop etilgan.
Xalq maorifi kartalari.Bu sohani kartaga tushirish so’nggi yillarda yo’lga
qo’yilib, nashr qilingan regional kompleks atlaslarda bir necha xilda berilmoqda.
Masalan, sinflar bo’yicha o’quvchilar soni, maktablarda o’quvchilarni qaysi tilda
o’qitilishi, xar 10 000 aholiga qancha o’quvchi to’g’ri kelishi, o’qituvchilar soni,
o’qituvchilarni bilim darajasi, maxsus maktablar (musiqa, sport, matematika
maktablari) va boshqalar ham kartada o’z aksini topmoqda.
Endilikda sohalar bo’yicha xalq xo’jaligimizni rivojlantirish uchun yangi
tipdagi kartalar metodikasini yaratish va nashr etish hamda ishlangan kartalardan
foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish hozirgi vaqtda kartografiyaning asosiy
vasifasi bo’lib kelmoqda. Maktablar va oliy o’quv yurtlar uchun zarur bo’lgan
mavzuli, devoriy kartalar yaratish va ularni nashr qilish kechiktirib bo’lmaydigan
asosiy vazifa hisoblanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda o’quv kartografiyasiga katta e’tibor berilib,
umumta’lim maktablari, akademik lisey, kollejlar uchun devoriy kartalar yaratish
ustida ish olib borilmoqda.
Bundan tashqari mamlakatimiz tarixini o’rganishga ham katta e’tibor berilib,
1998 yilda «O’zbekiston tarixi atlasi» (oliy maktablar uchun) chop etildi. Hozirgi
vaqtda umumta’lim yquv yurtlar uchun «O’zbekiston tarixi atlasi» ni yaratish ustida
ish olib borilmoqda.
Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga ega
bo’lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to’plamiga aytiladi. Atlas,
geografik kartalarning oddiy to’plami emas, balki bir-biriga bog’liq bo’lgan, bir-
birini to’ldiradigan kartalarning ma’lum bir maqsadga hamda foydalanish
hususiyatiga ko’ra sistemaga solingan to’plamidir. Qadimgi yunon olimi Klavdiy
Ptolomeyni (II asr) hozirgi zamon atlasining asoschisi desa bo’ladi.
Merkator tomonidan tuzilgan (1595 yil) kartalar yig’indisi- atlas tuzilgan.
Birinchi marta «atlas» so’zi Liviyaning afsonaviy podshosi Atlas nomidan olingan
degan fikrlar bor. Ba’zi manbalarga ko’ra Atlas birinchi bo’lib osmon globusini
yasagan emish. Hozirgi vaqtda har yili dunyoning turli mamlakatlarida turli
mazmundagi va xilma-xil maqsadlar uchun ishlatiladigan ko’plab atlaslar nashr
qilinmoqda.
Atlaslarda geografik kartalar, matnlar, diagrammalar, sxemalar, grafiklar,
profillar, rasmlar ham berilishi mumkin. Undan tashqari geografik nomlar
ko’rsatkichi, shartli belgilar jadvali ham beriladi.
Atlaslar ham kartalar kabi bir qancha turlarga tasniflanadi. Atlaslar
tasvirlangan hududiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Dunyo atlaslari – bunday atlaslarda butun dunyo tasvirlanadi. BSAM,
Dunyo atlasi. FGAM va boshqalar;
2. Materik va okean atlaslari (Evropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya,
Tinch okean, Hind okean, Atlantika okean va Antarktida atlaslari);
3. Mamlakatlar atlaslari (Rossiya federasiyasi, O’zbekiston Respublikasi,
CHexoslovakiya Respublikasi, AQSH atlaslari va boshqalar).
4. Mamlakatlarning biror qismlarini tasvirlaydigan atlaslar (Zabaykalьe,
Irkutsk oblasti, Oltoy o’lkasi) va boshqalar.
Mazmuni bo’yicha:
1. Umumgeografik atlaslar (Dunyo atlasi, Dunyoni tabiiy geografik atlasi,
Dengiz atlaslari 1967 yil). Bu atlaslarga umumgeografik kartalar ham kiritilgan.
2. Tabiiy-geografik atlaslar (O’rta Osiyo respublikalarining tabiiy geografik
atlasi, 1984 yil).
3. Ijtimoiy-iqtisodiy atlaslar (SSSR qishloq xo’jalik atlasi (1960), SSSR xalq
xo’jaligi va madaniyati atlasi, 1974 yil), SSSR iqtisodiy atlasi, O’zbekistonning
kompleks atlasi (2 jildli, 1985). BSAMni (2 jildli, 1940).
4. Umumiy kompleks atlaslar. Bunday atlaslarda ham tabiiy ham ijtimoiy-
iqtisodiy ba’zan tarixiy kartalar beriladi (AQSH va Kanada atlaslari, Komi
Respublikasi atlasi, Ozarbayjonni atlasi va b.).
Qaysi sohada
ishlatilishiga ko’ra:
1. O’quv atlaslari. 2. Ilmiy ma’lumotnomali atlaslar. 3. Turistik atlaslar. 4.
Harbiy atlaslar.
Umuman, atlaslar mazmun jihatdan to’liq va oldiga qo’yilgan maqsadga to’liq
javob beradigan bo’lishi kerak. Masalan, sobiq SSSR qishloq xo’jalik atlasi (1960)
mamlakatning qishloq xo’jaligi deyarli to’liq aks etilgan, hatto qishloq xo’jaligining
dinamikasi ham diagrammalarda berilgan.
O’quvchilar uchun nashr qilinayotgan geografik atlaslar o’rta maktab
programmasiga moslashtirilgan bo’lib, maktab geografiyasini o’z ichiga olgan.
Karta va atlaslar o’quvchilar uchun mo’ljallanganda ularning yoshi va bilim darajasi
ham e’tiborga olinadi. Undan tashqari atlaslarda o’quvchilarga shu davr yangiliklari
ham berib boriladi. Masalan: Dunyoning o’quv atlasi (1970) da uchirilgan kosmik
apparatlar va ularning orbitalari tasvirlangan, bu esa atlas mazmunini yanada
boyitadi.
Atlaslarning oxirida beriladigan geografik nomlar ko’rsatkichidan maksimal
foydalanish kerak. Masalan, sizga kerak bo’lgan ob’ektning nomini bilsangiz, uning
qaerda joylashganligini geografik nomlar ko’rsatkichidan topib olishingiz mumkin
(buning uchun kartalarni har bir varag’i SXEMALAR bilan chizilib harflar va raqamlar
bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida bir qancha atlaslar chop etilgan bylib, ular
mazmuni va maqsadi bo’yicha bir-birlaridan farq qiladi.
Respublikamizning dastlabki atlasi 1963 yilda chop etilgan, unda
o’lkamizning faqat tabiiy geografiyasi o’z aksini topgan.
O’quv atlaslari
Kartografik asarlar ichida o’quv atlaslari alohida o’rin egallaydi. O’quv
atlaslari 2 xil bo’ladi: o’rta maktablarda geografiya fanini o’qitish uchun
mo’ljallangan o’quv atalslari va o’quv-o’lkashunoslik atlaslari.
4-sinflar uchun «Tabiatshunoslik» faniga mo’ljallangan atlas bo’lib,
geografiya to’g’risida dastlabki ma’lumotlar tasvirlangan. Unda shartli belgi, plan,
karta, atlas to’g’risida tushunchalar berilgan.
5-sinf atlasida, geografyani asosi bo’lgan umumgeografik manbalar, kartada
maxsus belgi-modellar yordamida tasvirlangan. Atlasda qisqacha plan olishni
bajarish, meridian va parallellar, ularni globusda tasvirlanishi, geografik globus bilan
geografik kartaning farqlari haqida ma’lumot berilgan. O’quvchilar globus bilan
yarim sharlar kartasi orasidagi o’xshashlik va farqlarni atlasdan bilib olishlari
mumkin.
6-sinfda ishlatiladigan atlas materiklar va okeanlar atlasi bo’lib, u asosan
materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasini o’rganishga mo’ljallangan. 6-sinf
atlasi Er sharini bir butun shaklda va materik hamda okeanlarga bo’lib o’rganish
mumkinligini va ularning relyefi, geologiyasini, tuproqlari, o’simliklari, iqlimi,
hayvonot dunyosi va aholisi to’g’risida ko’rgazmali shaklda ma’lumot beradi.
7-sinfda O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasini o’rganishga
bag’ishlangan atlas yaratilishi zarur. Bu atlasda geografik kartalar bilan birga
topografik karta, uning elementlari va shartli belgilari berilishi, yquvchilar bu atlasga
qarab amaliy mashg’ulotlar bajarishlari kerak.
Atlasda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasiga tegishli, tabiiy geografik kartalar
hamda O’zbekiston hududining tabiiy geografik, geologik, tektonik, geomorfologik,
iqlim, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi va tabiatni muhofaza qilish kartalari
berilib, unda qazilma boyliklar ham o’z ifodasini topgan. Bu atlasda
mamlakatimizdagi tabiiy-geografik rayonlar alohida tasvirlangan.
8-sinf uchun «O’zbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy geografik atlasi» da
(Toshkent, 2000) 40 ga yaqin karta berilgan. Atlasda sanoat va qishloq xo’jaligiga
tegishli orginal kartalar ham mavjud. Lekin umumiqtisodiy kartasini yo’qligi uning
asosiy kamchiligidir. Atlasda iqtisodiy geografik rayonlar kartasi ham o’z ifodasini
topgan.
9-sinf uchun mo’ljallangan Dunyoning ijtimoiy va iqitisodiy geografik atlasi
(Toshkent, 2000), jahon iqtisodiy geogrfiyasini o’rganishda asosiy qo’llanma bo’lib
xizmat qilishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning yirik kartograflar fikricha O’zbekistonda milliy
regional atlas kartografiyasi maktabi
yaratilgan. 1963
yilda
yaratilgan
O’zbekistonning tabiiy atlasi, 1980 yildagi chop etilgan O’zbekiston o’quv-
o’lkashunoslik atlasi, 1983 va 1985 yillarda nashr qilingan respublikamizning 2 jildli
geografik atlasi, hamda Toshkent shahrining 2000 yillik yubleyiga bag’ishlab chop
etilgan Toshkentning geografik atlaslari buning tastig’idir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng 1999 yilda «O’zbekistonning
geografik atlasi» chop etildi. Atlasda 56 karta bor, ularning juda ko’plari original
kartalardir. Masalan, unda landshaftlar, atrof muhitni muhofaza qilish, Orol dengizi,
mehnat resurslari, yoqilg’i energetika va neftь-kimyo sanoati kartasi, g’allachilik,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqa kartalar. SHu bilan birga 8 ta tabiiy geografik
rayonlar va 8 ta iqtisodiy geografik hududlar kartalari berilgan. Kartadagi ochiq
joylar karta mazmunini boyituvchi tabiiy manzaralar va iqtisodiyotiga tegishli
suratlar bilan bezatilgan.