GEOGRAFIK TA’LIMDA INTERFAOL METODLAR
Interfaol inglizcha interakt so’zidan olingan bo’lib, inter- hamkorlikda akt-
harakat qilmoq ma’nosini bildiradi.
Ta’limning interfaol metodi XX asrning oxiri va XXI asrning boshlaridan
pedagogik adabiyotlarda keng ishlatilmoqda va ta’lim sohasida foydalanilmoqda.
Uning asosiy maqsadi yagona bo’lib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga
qiziqtirish, o’z ustida ko’proq ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’qish, zamon bilan
hamnafas ta’lim-tarbiyaga, mustaqil fikr yurita oladigan komil insonni voyaga
yetkazishga hizmat qiladi.
Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati - o’qitish jarayonida barcha o’quvchilar
bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan
muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni
anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variantdagi
yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi
har bir o’quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular
o’rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik
samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro yordam muhitida sodir bo’lganligi
uchun, o’quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar, balki o’zining bilish
faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka kirishishga
imkon beradi.
O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash jarayonida o’quvchilarning
o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda
o’quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi
uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishib ular o’rtasida bir-
birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi.
Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik
qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi.
Interfaol usullar qo’llanilganida o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot
manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish,
o’rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada
ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi.
O’qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud:
- Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo’lgan muloqot - o’qitish jarayonining
barcha bosqichlarida qo’llaniladi.
- O’qitish jarayonida o’quvchilarga o’z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon
etishga teng imkoniyatlar beriladi.
- O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-
psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va
samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi.
- O’quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari shart
emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli
bo’lishiga erishish lozimligini anglaydilar.
- O’quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo’yilgan
vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning
to’g’riligini tekshirib ko’rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof
etishlariga erishishlari lozim.
Interfaollik daraja qancha yuqori bo’lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha
natijali bo’ladi. Intrafaol metodlar qo’llanilish xususiyatiga ko’ra ikki guruhga
ajratiladi: a) grafukli organayzerlar b) og’zaki bayonli.
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko’rgazmali
taqdim etish vositasi. Mazkur metodlarga Venn diagrammasi, klaster, BBB
jadvali, Toifalash jadvali, Insert, Baliq skeleti, SWOT tahlili, Nima uchun, Qanday
diagrammasi va h.k.larni kiritishimiz mumkin.
BBB JADVALI- Bilaman, Bilishni hohlayman, Bilib oldim. Mavzu, matn,
bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Jadvalni tuzish
qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan
savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi).
Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar. Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil
o’qiydilar. Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3 bo’limni to’ldiradilar
VENN diagrammasi - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish
yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash,
solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Diagramma Venna
tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik gurhlarda diagramma Vennani
tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar. Juftliklarga birlashadilar,
o’zlarinin Venn diagrammasini to’ldiradilar.
Toifalash jadvali. Toifa - xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon
qiluvchi (umumiy) alomat.
Texnologiyaning maqsadi:
Ajratilgan
alomatlar
asosida
olingan
ma’lumotlarni
birlashtirishni
ta’minlaydi.
Tizimli
fikrlash,
ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’tkazilish tartibi:
Toifalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtiradilar. G’oyalarni ma’lumotlarni
toifaga mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi
mumkin. Yangilari paydo bo’lishi mumkin.
Ish natijalarining taqdimoti
Toifalash sharhini tuzish qoidasi:
1. Toifalar bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud
emas.
2. Bitta mini - guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan
toifalardan farq qilishi mumkin.
3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish
mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.
Toifalash jadvali Toifalar
B/BX/B jadvali
Bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
Kamchilik
“Nilufar guli” chizmasi. Muammoni yechish vositasi.
O’zida nilufar guli ko’rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to’qqizta
katta to’rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko’nikmalarini
rivojlantiradi va faollashtiradi O’tkazilish tartibi:
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda chizma
tuzadilar: to’rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa)
yozadilar. Uning yechish g’oyalarini esa markaziy to’rt burchakning atrofida
joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozadilar.
Markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga
yozilgan g’oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to’rt burchaklarning markaziga
yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri o’z
navbatida yana bir muammodek ko’riladi
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda chizma
tuzadilar: avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yozadilar, so’ngra kichik
muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko’rib chiqish
uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir g’oyalar
rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.
Masalan, Jahonning siyosiy xaritasi mavzusida mamlakatlami toifaga ajratish
ucnun ushbu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin: __________________
Toifalar
Davlat
Mamlakat
Maqomi
noma’lim
davlat
Monarxiya
Respublika
“Nilufar guli” chizmasi
B
D
G
Z
B
Z
C
D
A
F
G
H
Y
H
C
F
Y
Ish natijalarining taqdimoti
Amaliy nuqtai nazardan barcha g’oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-
ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.