Geografik tushunchalarni shakllantirish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya ta’limida tabiiy geografik
tushunchalarni
shakllantirish
haqidagi
ma’ruzada
egallangan
bilimlarni
mustahkamlash.
№
Topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
Matn bilan tanishing. “Geografik bilim”, “geografik
tushuncha”, “geografik ko‘nikma” va “geografik malaka”
atamalarigi ta’rif bering
yozma tavsif
2
Tabiiy geografiya kurslari bo‘yicha ixtiyoriy mavzuga dars
ishlanmasi tayyorlang
Dars
ishlanma
Maktab geografiyasi mazmuni bilimlar, tushuncha, sabab-oqibat aloqadorligi
qonuniyatlari, nazariya, tasavvur va faktlar) ko‘nikmalar, malakalar, hamda
dunyoqarash g‘oyalarini o‘z ichiga oladi. Bilim va ko‘nikmalar insonning tabiat va
jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan to‘g‘ri ma’lumotlardir. Bilim ijtimoiy mehnat
va tafakkur maxsuli bo‘lib, mavjud olamning ob’ektiv, qonuniy aloqalarini til
vositasi bilan ifoda qiladi. Bilim bilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning natijasi va
tarkibiy qismidir. Ob’ekt va hodisalar haqidagi bilimlar nisbiy bo‘lib, u mutloq emas.
U doimo rivojlanib, chuqurlashib boradi. Bilim, kundalik tajriba ilmiy kuzatish,
nazariyalari orqali to‘planadi.
Bilimlar ikki guruhga ajratiladi.
1.Nazariy bilimlar (ilmiy)
2.Empirik bilimlar
Nazariy bilimlarga narsa va hodisalarning moxiyati va o‘ziga xos xususiyatlari,
ichki aloqadorligi va munosabatlari kiradi. Ilmiy bi limlar umumlashgan bilimlar
bo‘lib, o‘z ichiga nazariya qonun, qonuniyat, sabab-oqibat tushunchalarini oladi.
Empirik bilimlar ob’ekt va hodisalarning tashki xususiyatlariga oid bilimlarni aks
ettiradi, bularga tasavvur va faktlar kiradi. Maktab geografiyasining ilmiy darajasini
oshishi munosabati bilan uning mazmunida empirik bilimlarga nisbatan nazariy
bilimlar xajmi ko‘paymoqda.
Inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan qiyoslaydi, ularni
taqqoslaydi, uxshashligi va farqlarini aniqlaydi; tahlil va sintez yo‘li bilan narsa va
hodisalarning
moxiyatini
ochadi,
fikran
ularning
belgilarini
ajratadi,
umumlashtiradi. Natijada vokelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida tushuncha hosil
bo‘ladi.
Tushuncha deb narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks
ettiruvchi fikrga aytiladi. Tushunchalar moxiyati jihatidan aniq va mavxum
tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha
dyoyiladi. Masalan, Avstraliya, Antarktida, Ural, Briz, Passat va boshqalar. Moddiy
borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat, holatlarga,
shuningdek narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan
tushunchalar abstrakt (Mavxum) tushuncha deb ataladi. Masalan: kenglik, uzunlik,
balandlik, tog‘lik, ixtisoslik, bozor va boshqalar.
Geografik tushunchalar qo‘llash jihatidan ikki turga bo‘linadi.
1.Umumiy tushunchalar
2.Yakka tushunchalar
Umumiy tushunchalar bir jinsga oid bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalarni
gavdalantiradi. Umumiy tushunchalarga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki
bir xil nom bilan atalauvchi narsa va hodisalar kiradi. Masalan: daryo, iqlim, tabiat
zonasi,iqtisodiyrayon va xakozo.Umumiy tushunchlar mazmuni ta’rif berish va
ularga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash jarayonida kelib chiqadi. Yakka tushunchalar,
yakka ob’ekt va hodisa haqidagi geografik nom bilan ataluvchi tushunchadir.
Masalan, Oltoy tog‘lari, Amudaryo, Pomir, Markaziy Osiyo hududi, Fransiya
respublikasi, Afgoniston va xakozo. Yakka tushunchalar o‘ziga xos yigma
tushunchalardan iborat bo‘ladi. Masalan: "Osiyo" yakka tushunchasi o‘z ichiga juda
ko‘p yakka tushunchalarni oladi. "Osiyo tog‘lari","Osiyo iqlimi", "Osiyo daryolari",
"Osiyo qo‘llari" va xakozo. Yakka tushunchalar mazmuni ularga geografik ta’rif
berish orqali ochiladi. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq vaqt va
murakkab jarayonlarni talab qiladi. Tushunchalarni egallash uning negizida yangi
tushunchalarni egallash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va tushunchalar o‘rtasida
to‘g‘ri aloqadorlik o‘rnatishni ta’minlaydi.
Tushunchani egallash deganda: uning mazmunini, hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan
tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha
o‘quvchilar ongida turlicha usullar, yo‘llar bilan shakllantiriladi. Bunga sabab har
bir narsa, voqea, hodisa mazmunining turlichaligidir. Geografik tushunchalarni
egallashning eng asosiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib ularni egallab
bo‘lmaydi. Bunda uning shakllantirish bosqichlariga e’tibor berish kerak.
Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin - asta rivojlanadi. Darsda shu
narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni shakllantirish yakka
tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, O‘zbekiston iqlimi
tushunchasini shu paytda yaxshi shakllantirish mumkinki, qachonki o‘quvchilarda
iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar haqida bilimlar mavjud bo‘lsa. Quyida O‘rta
Osiyo
tabiati
tushunchasini
shakllantirish
jarayonini
misol
tarkasida
keltiramiz.Tahlil va mavxumiyatdan foydalanib, o‘quvchilar xayolan O‘rta Osiyoni
qismlarga bo‘ladilar. O‘rta Osiyoning tog‘li qismi va ularning elementlarini
(rel’efi,iqlimi) bilan tanishish o‘quvchilarni O‘rta Osiyoning tabiatiga xos belgilar
aloqadoligini bilib olishga yordam beradi. O‘rta Osiyo tabiatining rel’efi, iqlimi,
o‘simliklari va boshqa elementlarni boshqa hududlar bilan qiyoslash orqali ularning
o‘ziga xos bo‘lgan belgilarni ajratadilar. O‘rta Osiyo va uning qismlari, tabiati
elementlarini induktiv yo‘l bilan bilish orqali uning tabiatiga xos bo‘lgan umumiy
xususiyatlarni ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo‘l bilan tabiat elementlari
haqidagi umumiy tushunchalarga tayanib ular o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni
ajratadilar. O‘rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali O‘rta
Osiyo tabiiy kompleksi haqidagi tushunchani egallaydilar.
Geografik ob’ektlarni ko‘rgazmali qurollarsiz va kartasiz o‘rganish ularga xos
bo‘lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Karta va ko‘rgazmali
qurollar o‘rganilayotgan ob’ektga doir muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan
bo‘lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun o‘quvchilar xayolan shu
ob’ektni karta bilan bog‘lay olishlari kerak. SHu tufayli ham karta yakka
tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Faqat karta orqaligina
istalgan geografik ob’ektning geografik o‘rniga xos bo‘lgan belgilarni ajratish va shu
hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tugiladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilar o‘zlariga tanish ob’ektlarni o‘rganilayotgan ob’ektlar bilan taqqoslash
orqali ularga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amudaryo
va Sirdaryoni taqqoslash da har ikkala daryoning shimolga okishini, uzunligi deyarli
tengligini, ularning baland tog‘lardan boshlanishini, to‘yinishini hamda deyarli bir
xil ekanligini aniqlaydilar. Ob’ektlar elementlarini oddiy qiyoslash orqali o‘qituvchi
murakkabrok taqqoslashga o‘tadilar. Masalan: nima uchun ularning shimolga oqishi
sabablarini, irmoqlarini, Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga nisbatan
loyka ekanligini, rejimidagi farqi kabi ko‘plab xususiyatlarini ajratadilar. Tushuncha
quyidagi hollarda o‘quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi.
1. O‘quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo‘lsa);
2. Tushuncha mazmuniga xos bo‘lgan belgilarni ajrata olsa va tushuncha
belgilari o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni farqlay olsa;
3. O‘rganilayotgan geografik ob’ekt yoki hodisa haqida o‘quvchi obrazli
tasavvurga ega bo‘lsa;
4. O‘quv vazifalarini bajarishda tushunchani mustaqil qo‘llay olsa.
Tushunchaning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchilar e’tiborini
tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratish kerak.Ishning bunday tashkil qilinishi
o‘quvchilarni ob’ekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni
ajratishlari ularni taqqoslash ga va guruhlashga o‘rgatadi. Bunda ekskursiyalar,
joyda amaliy ishlar uyush-tirish katta rol o‘ynaydi. O‘quvchilarning umumiy
tushunchalarini mustakkil qo‘llay olish uchun reproduktiv metod va ijodiy va
muammoli topshiriqlarni (qisman izlanuvchan va tadqiqot metodlar) bajarishga
o‘rgatish kerak.
Geografik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash,
ko‘nikma va malakani shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. O‘quv ishlari
jarayonini bilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.Geografiya bo‘yicha ilg‘or o‘qituvchilar va metodistlar o‘quvchilar amaliy
tayyorgarligiga katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasida shakllantiriladigan
ko‘nikmalar mazmun jihatdan emas,balki bajarish murakkabligi bo‘yicha ham farq
qiladi. Masalan dunyo tomonlarini aniqlash oddiy ko‘nikma bo‘lsa, topografik
planni o‘qish va uni tuzish esa murakkab ko‘nikma hisoblanadi. Geografiya ta’limi
metodikasi fani shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarning ta’lim tarbiyaviy
ahamiyatini to‘laligicha ochib bergan va ularni o‘quvchilarga yetkazish metodlarini
ham ishlab chiqqan desa bo‘ladi. Ko‘pchilik ko‘nikmalar fanlararo bo‘lishi mumkin.
Faqat geografiya ta’limiga xos bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalar ham mavjud.
Bular joyda mo‘ljal ola bilish, joy planini tushirish, topografik plan va turli
mazmundagi geografik kartalarni o‘qish, tabiatda va ishlab chiqarishda kuzatish,
kuzatish materiallarini qayta ishlash, statistik va iqtisodiy raqamli materiallar bilan
ishlash va boshqalar. bunga misol bo‘lishi mumkin. Ko‘nikmalarni shakllantirish
uzoq mashakkatli mehnat talab qiladi. Ularni shakllantirish bir necha bosqichdan
iborat bo‘lishi mumkin.
Har bir geografik ko‘nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini talab
qiladi. Odatda ko‘nikma va malakalar bir paytning o‘zida shakllantiriladi.Chunki
amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda,ba’zilari
bevosita,ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan topografik planni o‘qish
ko‘nikmasi o‘z ichiga yo‘nalishlarini aniqlash, masshtab yordamida plandagi
masofalarni o‘lchash, topografik belgilarni o‘qish, joyda ob’ektlar o‘rtasidagi
aloqadorlikni urnatish kabilarni oladi. Yuqoridagilar ichida topografik belgilarni
ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko‘rsatadi.
Ob-havoni kuzatish ko‘nikmasi deganda termometr,barometr,flyuger bilan
ishlashni bulutlar shakli va turlarini, oddiy ko‘zda aniqlay olishni, ob-havoning
boshqa alomatlarini aniqlashga tushiniladi. SHular ichida faqat ob - havo haroratini
aniqlash va barometr bilan ishlash mala-ka darajsigacha ko‘tarilish mumkin va
boshqalar.
Geografik ko‘nikma va malakalar ko‘p hollarda bilim sifatini belgilaydi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilarda karta bilan ishlash ko‘nikmasi
shakllantirilsa, ularning javoblari ham karta bilan bog‘langan bo‘ladi. Karta bilan
ishlash ko‘nikmasini egallay olmagan o‘quvchilardagi bilim quruq, o‘qituvchi
bayoni yoki kitobdan o‘qiganlarning takroridan iborat bo‘lib qoladi xolos. Geografik
kartalarni o‘qiy olishga o‘rgatilgan o‘quvchilardagi harakat yaqqol ko‘zga tashlanib
turadi. Aksariyat o‘quvchilar javoblarini kuzatish geografiya fani bo‘yicha
olimpiadalarda ishtirok qilgan o‘quvchilarni bilimlarini tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, ular kartadan bilim manbai sifatidan foydalana oladilar, ularning bergan
javoblari to‘liq bo‘lib, biron hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligini karta asosida
atroflicha ochib bera oladilar. Boshqa o‘quvchilarda esa bu xislatlar zaif rivojlangan
bo‘ladi yoki bo‘lmasligi ham mumkin.
Ko‘nikma va malakalar o‘quvchilarni kelgusida amaliy hayotga tayyorlashda,
ishlab chiqarishdan, tabiatdan turli xil ilmiy-ommabop adabiyotlardan, kartalardan
bilimlarni mustaqil egallashda muhim ahamiyat kasb qiladi. O‘quvchilar tomonidan
ko‘nikmalarning egallanishi boshqa ko‘nikmalarning oson o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi. Masalan: joyda ufq tomonlarini aniqlash ko‘nikmasi, kartada mo‘ljal
olish ko‘nikmasini egallashga yordam beradi va boshqalar. O‘quvchilarning zarur
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi ular dunyoqarashini shakllantirishga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash orqali geografik
qonuniyatlarning ob’ektivligiga ishonch hosil qiladilar. Geografiya ta’limi
metodikasida geografik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari to‘la ishlab
chiqilmagan. Masalan, o‘quvchilarning u yoki bu mavzudagi qaysi harakati
ko‘nikma darajasiga, qaysilarini malaka darajasiga ko‘tarish mumkin? O‘qituvchi
o‘quvchilarga nisbatan qanday yakka tartibda yondashishi kerakligi masalalari
geografiya ta’limida atroflicha o‘rganilmagan. Eng muhimi geografiya o‘qituvchisi
ko‘nikma hosil qilishidagi harakat usullarini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki
o‘quvchilar uchun (ko‘nikma egallash uchun) zarur topshiriqlarni ishlab chiqishi
ham kerak.
Mashqlar jarayonida oddiy ko‘nikmalar sekin-asta malakaga aylanadi. Amaliy
ko‘nikma va malakalar shakllantirishning metodik shart-sharoitlari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Ba’zi ko‘nikma va malakalar oz vaqt va ko‘p kuch talab qilsa
(gerbariylar yig‘ish, kompasdan, nivelirdan foydalanish va boshqalar), ba’zilari juda
murakkab harakat usllarini va ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, geografik kartani
o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish, shakllantirish quyidagi murakkab jarayonlarni talab
qiladi. Bular mo‘ljal olish, graduslar va kilometrlar hisobida aniqlash, punktlar,
hududlar o‘rtasida fazoviy bog‘liqlikni qiyoslash, geografik koordinatalarni
aniqlash, kartada ko‘rsatilgan ob’ektlar va hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatlar
aloqadorligini o‘rnatish, alohida ob’ektlar (daryo, ko‘l, suv ombori, botqoqlik)ni
ta’riflash, ko‘rsatilgan hududni-mamlakat, tuman, shaharning tabiiy geografik va
iqtisodiy geografik ta’rifini yozish va boshqalar.
Geografik kartani o‘qish ko‘nikmasi sekin-asta rivojlantiriladi va u barcha
sinflarda davom qiladi (boshlang‘ich sinfda ham). O‘quvchilar karta bilan ishlash
jarayonida turli mazmundagi (umumgeografik, iqlim, tuproq, iqtisodiy) kartalarning
shartli belgilari bilan ham tanishadilar va sekin-asta ko‘nikmalar hosil qiladilar.
Ko‘nikma va malakalar shakllanishi ko‘pgina sabablarga: o‘quv jihozlari va
vositalari, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga ham bog‘liq. Lekin, bu erda
o‘qituvchi asosiy siymo hisoblanadi. O‘qituvchi rahbarligining mazmuni shundan
iboratki, ko‘nikma egallash jarayonida u o‘quvchilar harakatini tahlil qiladi, ushbu
ko‘nikma va malakani egallash uchun qandaynazariy bilimlar zarurligini aniqlaydi.
Ko‘nikmani shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri nazariy materialni
amalda qo‘llash vaqti va o‘rni hisoblanadi. Masalan, maxalliy kanal, daryo rejimi
(oqim tezligi, eni, chuqurligi)ni o‘lchash. O‘zbekiston ichki suvlari mavzusini
o‘rgangunga qadar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Ammo atmosfera bosimini
barometr yordamida o‘lchash ko‘nikmasini, mavzuni o‘rgangunga qadar singdirish,
vaqtni bekor kyetkazish hisoblanadi. Chunki o‘quvchilar buni mexanik tarzda
o‘zlashtirib, uning moxiyatiga tushunmasliklari ham mumkin.
Ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi mazmuniga ko‘ra uzoq va qisqa vaqt
talab qilishini yuqorida ko‘rgan edik. Geografik koordinatalarni aniqlashni
o‘rganishuzoq vaqt talab qiladigan jarayon bo‘lib, u asta-sekin o‘rgatilib
murakkablashib boradi. Geografik nuqtalarni aniqlashda osondan-qiyinga boruvchi
mashqlarni o‘quvchilar diqqatiga havola qilish kerak. Bunga dastlab o‘quvchilarni
paralellar va meridianlarni topishga keyinchalik uzun-likni aniqlashga va uni
kartadan ko‘rsata olishga, undan keyin esa koor-dinatalarni topishga o‘rgatiladi. Eng
dastlabki mashqlar avval globusda keyin yarim sharlar kartasida bajarilishi kerak.
O‘quvchilar kartada kursatgan ob’ektlarning bir-biriga nisbatan necha gradus
shimolda yoki janubda joylashganligini mashqlar asosida bajaradilar. Geografik
koordinatalar bo‘yicha mashqlarni muntazam bajarishi ko‘nikmasi sekin-asta
malakaga aylanishi mumkin. Yuqori sinflarga kutarilgan sari ko‘nikma va malakalar
shakllantirishi borasidagi mashqlar tizimi ham takomillashib boradi. Bunda albatta
kuyi sinflarda egallangan ko‘nikma va malakalarga tayaniladi. Yuqori sinflarda
iqtisodiy-geografik kartalarni o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish birmuncha qiyin
kechadi. Iqtisodiy kartalarni o‘qish usullari tabiiy geografik kartalarga bir-muncha
o‘xshab ketadi. Ammo u o‘quvchidan iqtisodiy bilimlarni ham talab qiladi. Bu yerda
reja asosida ta’rif berish yetakchi rolni o‘ynaydi. Masalan, sanoat va qishloq xo‘jalik
tarmoqlariga tavsif berish rejasi, tarmoqlar, shaharlar, davlatlarga ta’rif berish
rejalari bunga misol bo‘la oladi va boshqalar.