Geografik xarita va atlaslani tahlil qilish va baholash

Yuklangan vaqt

2024-11-19

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

447,0 KB


 
 
 
 
 
 
Geografik xarita va atlaslani tahlil qilish va baholash 
 
 
 
Reja. 
1. Geografik kartalardan tadqiqot quroli sifatida foydalanish 
2. Karta yordamida o’qib o’rganish. 
3. Kosmik apparatlarning orbitalari 
4. Kosmik apparatlardan olingan suratlarning tasnifi 
5. Kosmik suratlarni deshifrovka qilish (o’qish) 
6. Kosmik suratlardan foydalanish 
7. Kosmik tadqiqotlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
8. Kosmik suratlarni geografik tadqiqotlardagi ahamiyati 
 
Tayanch so’zlar: geografik kartalar, tadqiqot, Salishev, Gedimin, Berlyant, 
kartani o’qish, Fazo, kosmik surat, suniiy yo’ldosh, nurlanish, infraqizil nurlar, 
aerokosmik surat, orbita, abscissa o’qi. 
 
Geografik kartalar tabiat va jamiyat tomonidan yaratilgan va atrofimizni o’rab 
turgan borliqni ma’lum bir vaqtdagi tasvir-modeli bo’lib, insonning mehnat 
mahsulidir. Geografik kartalar yordamida juda ko’plab ilmiy va amaliy muammolar 
hal qilinmoqda va kelajakda hal qilinishi mumkin. Geografik kartalar respublikamiz 
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasini o’rganishda, geologik tadqiqotlarda, 
qazilma boyliklarni qidirib topishda, er resurslarini o’rganib undan oqilona 
foydalanishda, er usti va er osti suvlarini geografik jihatdan o’rganib, ulardan unumli 
foydalanishda ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirishda, hududlardagi  
ekologik vaziyatni o’rganib, chora va tadbirlarni amalga oshirishda va nihoyat harbiy 
sohada keng foydalanilmoqda.
Geografik xarita va atlaslani tahlil qilish va baholash Reja. 1. Geografik kartalardan tadqiqot quroli sifatida foydalanish 2. Karta yordamida o’qib o’rganish. 3. Kosmik apparatlarning orbitalari 4. Kosmik apparatlardan olingan suratlarning tasnifi 5. Kosmik suratlarni deshifrovka qilish (o’qish) 6. Kosmik suratlardan foydalanish 7. Kosmik tadqiqotlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 8. Kosmik suratlarni geografik tadqiqotlardagi ahamiyati Tayanch so’zlar: geografik kartalar, tadqiqot, Salishev, Gedimin, Berlyant, kartani o’qish, Fazo, kosmik surat, suniiy yo’ldosh, nurlanish, infraqizil nurlar, aerokosmik surat, orbita, abscissa o’qi. Geografik kartalar tabiat va jamiyat tomonidan yaratilgan va atrofimizni o’rab turgan borliqni ma’lum bir vaqtdagi tasvir-modeli bo’lib, insonning mehnat mahsulidir. Geografik kartalar yordamida juda ko’plab ilmiy va amaliy muammolar hal qilinmoqda va kelajakda hal qilinishi mumkin. Geografik kartalar respublikamiz tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasini o’rganishda, geologik tadqiqotlarda, qazilma boyliklarni qidirib topishda, er resurslarini o’rganib undan oqilona foydalanishda, er usti va er osti suvlarini geografik jihatdan o’rganib, ulardan unumli foydalanishda ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirishda, hududlardagi ekologik vaziyatni o’rganib, chora va tadbirlarni amalga oshirishda va nihoyat harbiy sohada keng foydalanilmoqda.
 
 
So’nggi 10-20 yil ichida mavzuli kartalar soni ham ko’payib, undan 
foydalanish yo’llari kengaymoqda. Natijada kartadan foydalanishning har xil yo’llari 
ochilmoqda. SHulardan biri tadqiqot usulidir. 
«Kartografik tadqiqot uslubi» yirik kartograf prof. K.A.Salishev tomonidan 
tavsiya qilingan, u kartografiyaning alohida bir sohasi sifatida o’rganila boshlandi. 
Uning yozishicha, kartadan tadqiqot mahsuli sifatida va mahsulni o’rganish uslubi 
sifatida foydalaniladi. Kartograf A.V.Gedimin kartadan «mehnat mahsuli» sifatida 
foydalanishni taklif qilganlardan biri hisoblanadi va quyidagicha izohlagan. 
A.V.Gediman ana shu jadvalni tuzib, kartadan qaysi vaqtda qanday yo’nalish 
va maqsadlar uchun foydalanish yo’llarini ko’rsatib berdi. Jadvalda karta yordamida 
echimini topish mumkin bo’lgan masalalar berilib, ularning vaqt bo’yicha 
foydalanish darajasi aks ettirilgan. Natijada ibtidoiy jamiyatdan to shu vaqtgacha 
kartadan qanday maqsadlar uchun foydalanilganligi ko’rsatilgan. 
Prof. A.M. Berlyant bu sohani chuqurlashtirib, ilmiy va nazariy jihatdan  
rivojlantirdi, kartografiyaning asosiy bir tarmog’i sifatida ba’zi kartograf 
mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida maxsus fan sifatida o’qitish 
yo’llarini isbotlab berdi. 
Karta yordamida o’qib o’rganish 
Karta mazmunini tushunib, undan kerakli ma’lumot olish kartani o’qish 
deyiladi.O’quvchi shartli belgi yordamida kartada tasvirlangan voqea va hodisalar 
to’g’risida fikrlab, so’ng ma’lumot oladi. Kartada voqea va hodisalar bir tomonama 
o’rganilmasdan, u bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlar ham o’rganiladi. 
Umumgeografik kartada tasvirlangan bir shaharni misolida olib ko’raylik. 
Punsonning katta va kichikligiga qarab aholi yashaydigan joyning aholisi soni, nomi 
yozilgan shrift yordamida (shakli, kattaligi bilan) uni siyosiy-ma’muriy ahamiyati 
aniqlanadi. Agar shahar temir yo’l va avtomobilь yo’li bilan bog’langan bo’lsa, u 
transport uzeli ekanligi, dengiz bo’yida yoki kema qatnaydigan daryo bo’yida bo’lsa, 
u port hisoblanadi. O’quvchining geografik bilimi qancha keng bo’lsa, kartadan 
shuncha ko’p ma’lumot ola biladi. 
Matn o’qish bilan karta o’qishda katta farq bor. Kartada shartli belgi bilan 
voqea va hodisalarning joylashishi va tarqalishi to’g’risida keng ma’lumot olish 
mumkin. Maydonli  va chiziqli geografik ob’ektlarning yozuviga  qarab egallangan
So’nggi 10-20 yil ichida mavzuli kartalar soni ham ko’payib, undan foydalanish yo’llari kengaymoqda. Natijada kartadan foydalanishning har xil yo’llari ochilmoqda. SHulardan biri tadqiqot usulidir. «Kartografik tadqiqot uslubi» yirik kartograf prof. K.A.Salishev tomonidan tavsiya qilingan, u kartografiyaning alohida bir sohasi sifatida o’rganila boshlandi. Uning yozishicha, kartadan tadqiqot mahsuli sifatida va mahsulni o’rganish uslubi sifatida foydalaniladi. Kartograf A.V.Gedimin kartadan «mehnat mahsuli» sifatida foydalanishni taklif qilganlardan biri hisoblanadi va quyidagicha izohlagan. A.V.Gediman ana shu jadvalni tuzib, kartadan qaysi vaqtda qanday yo’nalish va maqsadlar uchun foydalanish yo’llarini ko’rsatib berdi. Jadvalda karta yordamida echimini topish mumkin bo’lgan masalalar berilib, ularning vaqt bo’yicha foydalanish darajasi aks ettirilgan. Natijada ibtidoiy jamiyatdan to shu vaqtgacha kartadan qanday maqsadlar uchun foydalanilganligi ko’rsatilgan. Prof. A.M. Berlyant bu sohani chuqurlashtirib, ilmiy va nazariy jihatdan rivojlantirdi, kartografiyaning asosiy bir tarmog’i sifatida ba’zi kartograf mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida maxsus fan sifatida o’qitish yo’llarini isbotlab berdi. Karta yordamida o’qib o’rganish Karta mazmunini tushunib, undan kerakli ma’lumot olish kartani o’qish deyiladi.O’quvchi shartli belgi yordamida kartada tasvirlangan voqea va hodisalar to’g’risida fikrlab, so’ng ma’lumot oladi. Kartada voqea va hodisalar bir tomonama o’rganilmasdan, u bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlar ham o’rganiladi. Umumgeografik kartada tasvirlangan bir shaharni misolida olib ko’raylik. Punsonning katta va kichikligiga qarab aholi yashaydigan joyning aholisi soni, nomi yozilgan shrift yordamida (shakli, kattaligi bilan) uni siyosiy-ma’muriy ahamiyati aniqlanadi. Agar shahar temir yo’l va avtomobilь yo’li bilan bog’langan bo’lsa, u transport uzeli ekanligi, dengiz bo’yida yoki kema qatnaydigan daryo bo’yida bo’lsa, u port hisoblanadi. O’quvchining geografik bilimi qancha keng bo’lsa, kartadan shuncha ko’p ma’lumot ola biladi. Matn o’qish bilan karta o’qishda katta farq bor. Kartada shartli belgi bilan voqea va hodisalarning joylashishi va tarqalishi to’g’risida keng ma’lumot olish mumkin. Maydonli va chiziqli geografik ob’ektlarning yozuviga qarab egallangan
 
 
maydonni yoki uzunligini aniqlasa bo’ladi. Masalan, Qorabo’g’ozgo’l qo’ltig’i deb 
yozilgan nom yordamida kartadagi ob’ektning egallagan maydonini tushunamiz, 
agar tog’ nomi yozilsa uzunligini aniqlash oson. Masalan, O’zbekistondagi Qurama 
tizmasi nomining yozilishiga qarab, uning qaerdan qaergacha cho’zilganligini bilsa 
bo’ladi. 
Kartani o’qib unda tasvirlangan tafsilotlarni o’rganib, voqea-hodisalarning 
tarqalish qonuniyatlari aniqlanadi. O’zbekiston  Respublikasining umumiqtisodiy 
kartasida sug’oriladigan maydonlarning chegaralariga qarab bunday erlarning daryo 
vodiylari bilan bog’liqligini ko’rib, ularning joylanish qonuniyatini aniqlash qiyin 
emas. 
Geologik kartalar yordamida geologlar foydali qazilmalarning tarqalish 
qonuniyatlarini aniqlashadi. 
Har xil mazmundagi kartalarni bir-biriga taqqoslash yo’li bilan ham voqea va 
hodisalarni  bir-biriga nisbatan aloqasini bilsa bo’ladi. Geografik kartalarni, 
geologik, tuproq va o’simlik kartalari bilan solishtirganda ularning o’zaro aloqalari 
ko’rinib turadi. Masalan, sho’rxok tuproqlar O’rta Osiyo sharoitida relyefi pastroq 
bo’lgan joylarda uchraydi. 
Ikki xil mavzuli kartalarni ustma-ust qo’yish yo’li bilan voqea va 
hodisalarning o’zaro bog’liqligi va rivojlanish jarayoni aniqlanadi. Karta yordamida 
voqealarning rivojlanish jarayonini yaxshi bilsa bo’ladi. Respublikamizning 
umumiqtisodiy kartasi bilan istiqlolgacha chop etilgan shunday kartani 
taqqoslaganda undagi o’zgarishlar aniq namoyon bo’ladi. Masalan, ekin 
maydonlarining o’zgarishini, shaharlar sonining ko’payishini, ishlab chiqarilayotgan 
sanoat mahsulotini oshib borganini ko’rish mumkin. Maxsus kartalar bashorat 
qiluvchi kartalar yordamida bo’ladigan voqea-hodisalarni, masalan, Orol 
dengizining suv sathi o’zgarishini bilib olish mumkin. 
Geografik kartalar yordamida hududni kompleks o’rganish katta ahamiyatga 
ega. SHu borada o’rta maktab o’quvchilari uchun nashr qilingan 
«O’zbekistonning geografik atlasi» (1999) va har bir sinf uchun nashr 
qilinayotgan geografik atlaslarning xizmatlari kattadir. 
Yer yuzasini kosmosdan turib o’rganishda kosmik suratlarning ahamiyati 
nihoyatda kattadir. Shuning uchun dastlab kosmosdan turib surat olish, ularning
maydonni yoki uzunligini aniqlasa bo’ladi. Masalan, Qorabo’g’ozgo’l qo’ltig’i deb yozilgan nom yordamida kartadagi ob’ektning egallagan maydonini tushunamiz, agar tog’ nomi yozilsa uzunligini aniqlash oson. Masalan, O’zbekistondagi Qurama tizmasi nomining yozilishiga qarab, uning qaerdan qaergacha cho’zilganligini bilsa bo’ladi. Kartani o’qib unda tasvirlangan tafsilotlarni o’rganib, voqea-hodisalarning tarqalish qonuniyatlari aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining umumiqtisodiy kartasida sug’oriladigan maydonlarning chegaralariga qarab bunday erlarning daryo vodiylari bilan bog’liqligini ko’rib, ularning joylanish qonuniyatini aniqlash qiyin emas. Geologik kartalar yordamida geologlar foydali qazilmalarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlashadi. Har xil mazmundagi kartalarni bir-biriga taqqoslash yo’li bilan ham voqea va hodisalarni bir-biriga nisbatan aloqasini bilsa bo’ladi. Geografik kartalarni, geologik, tuproq va o’simlik kartalari bilan solishtirganda ularning o’zaro aloqalari ko’rinib turadi. Masalan, sho’rxok tuproqlar O’rta Osiyo sharoitida relyefi pastroq bo’lgan joylarda uchraydi. Ikki xil mavzuli kartalarni ustma-ust qo’yish yo’li bilan voqea va hodisalarning o’zaro bog’liqligi va rivojlanish jarayoni aniqlanadi. Karta yordamida voqealarning rivojlanish jarayonini yaxshi bilsa bo’ladi. Respublikamizning umumiqtisodiy kartasi bilan istiqlolgacha chop etilgan shunday kartani taqqoslaganda undagi o’zgarishlar aniq namoyon bo’ladi. Masalan, ekin maydonlarining o’zgarishini, shaharlar sonining ko’payishini, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotini oshib borganini ko’rish mumkin. Maxsus kartalar bashorat qiluvchi kartalar yordamida bo’ladigan voqea-hodisalarni, masalan, Orol dengizining suv sathi o’zgarishini bilib olish mumkin. Geografik kartalar yordamida hududni kompleks o’rganish katta ahamiyatga ega. SHu borada o’rta maktab o’quvchilari uchun nashr qilingan «O’zbekistonning geografik atlasi» (1999) va har bir sinf uchun nashr qilinayotgan geografik atlaslarning xizmatlari kattadir. Yer yuzasini kosmosdan turib o’rganishda kosmik suratlarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Shuning uchun dastlab kosmosdan turib surat olish, ularning
 
 
xususiyatlari hamda kosmik suratlarni o’qish usullari bilan tanishish kerak. 
Kosmosdan turib surat olish elektromagnit to’lqinlarning spektriga bog’liq bo’ladi. 
Bizning yashab turgan Yer, Quyoshdan  kelayotgan nurni yutibgina 
qolmasdan o’zi ham nur tarqatish qobiliyatiga ega bo’lib, -273 dan yuqori haroratda  
xam elektromagnit to’lqinlarini tarqatadi. Yerning nur tarqatishi havo haroratga 
bog’liq bo’lib, to’lqin uzunligi 10 km ga yaqin bo’lgan infraqizil nurlanishga teng. 
 
 
Atmosferaning spektral o’tkazuvchanligi (tiniqlik darajasi). 
 
Hozirgi vaqtda infraqizil nurlarning ikkita diapazonidan (3,5 mkm va 8-12 
mkm) foydalanilmoqda. Nurlanish energiyasi haroratga bog’liq bo’lgani uchun 
ob’ektlarning haroratini ham aniqlash mumkin. Quyosh nuri bilan isitiladigan 
ob’ektlarning harorati sutka davomida o’zgarib turadi: ertalab va kechqurun harorat 
past, tush paytda harorat ko’tariladi. 
Demak, infraqizil nur yordamida ob’ektlarni suratga olganda shu 
xususiyatlarni e’tiborga olish zarur ekan. Undan tashqari infraqizil nurlar bilan 
suratga olishda relьefning ekspozitsiyasi, ba’zi bir daraxt va o’simlik yaproqlarining 
katta-kichikligi, ochiq suv havzalarining haroratlari ham e’tiborga olinadi. 
Kosmosdan turib suratga olish faqat quyoshdan keladigan nurga (yorug’likka) 
asoslanadi. Osmon bulut bilan qoplangan bo’lsa yoki tunda suratga olish zarur bo’lib 
qolgan taqdirda sun’iy nurlanishdan foydalaniladi.
xususiyatlari hamda kosmik suratlarni o’qish usullari bilan tanishish kerak. Kosmosdan turib surat olish elektromagnit to’lqinlarning spektriga bog’liq bo’ladi. Bizning yashab turgan Yer, Quyoshdan kelayotgan nurni yutibgina qolmasdan o’zi ham nur tarqatish qobiliyatiga ega bo’lib, -273 dan yuqori haroratda xam elektromagnit to’lqinlarini tarqatadi. Yerning nur tarqatishi havo haroratga bog’liq bo’lib, to’lqin uzunligi 10 km ga yaqin bo’lgan infraqizil nurlanishga teng. Atmosferaning spektral o’tkazuvchanligi (tiniqlik darajasi). Hozirgi vaqtda infraqizil nurlarning ikkita diapazonidan (3,5 mkm va 8-12 mkm) foydalanilmoqda. Nurlanish energiyasi haroratga bog’liq bo’lgani uchun ob’ektlarning haroratini ham aniqlash mumkin. Quyosh nuri bilan isitiladigan ob’ektlarning harorati sutka davomida o’zgarib turadi: ertalab va kechqurun harorat past, tush paytda harorat ko’tariladi. Demak, infraqizil nur yordamida ob’ektlarni suratga olganda shu xususiyatlarni e’tiborga olish zarur ekan. Undan tashqari infraqizil nurlar bilan suratga olishda relьefning ekspozitsiyasi, ba’zi bir daraxt va o’simlik yaproqlarining katta-kichikligi, ochiq suv havzalarining haroratlari ham e’tiborga olinadi. Kosmosdan turib suratga olish faqat quyoshdan keladigan nurga (yorug’likka) asoslanadi. Osmon bulut bilan qoplangan bo’lsa yoki tunda suratga olish zarur bo’lib qolgan taqdirda sun’iy nurlanishdan foydalaniladi.
 
 
 
 
Aerokosmik syomkada foydalaniladigan elektromagnit to’lqinlar spektri. 
 
Nurlanishga atmosferadagi aerozol zarrachalari, suv bug’lari, korbonat 
angidrid va azon gazlari, chang va to’zonlar hamda atmosfera qatlamining qalinligi 
va x.k.lar katta ta’sir ko’rsatadi. Atmosferada elektromagnit nurlari umuman 
yutilmaydigan uchastkalar bo’lib, ularni «tiniqlik darchalari» deb yuritiladi (62-
rasm). Demak, suratga olishda shu uchastkalardan foydalaniladi. SHunday 
uchastkalar ikkita bo’lib, birinchisi ko’rinadigan va infraqizil nur (0,1-1,2 mkm) 
diapazoniga to’g’ri kelsa, ikkinchisi uzoqdagi infraqizil nur (8-13 mkm) diapazoniga  
to’g’ri keladi. Birinchisidan oddiy fotografik usulda va televizion apparatlari bilan, 
ikkinchisidan esa skanerli infraqizil nur bilan s’yomka qilishda foydalaniladi (63-
rasm). 
 Kosmik s’yomka nurlari. Kosmosdan turib Yer yuzasini suratga olishda 
fotografik, televizion va fototelevizion usullardan foydalaniladi. Har bir usulning 
o’ziga xos xususyatlari bor. Bu usullarning ichida eng ko’p qo’llaniladigani oddiy 
fotografik usul bo’lib, kosmik kemalarga yoki sun’iy yo’ldoshlarga o’rnatilgan 
fotografik apparatlar yordamida olinadi. Olingan suratlar Yerga kosmik apparatlar 
yordamida qaytib tushadi yoki konteynerlar orqali yerga yuboriladi. Kosmosdan 
olinadigan surat odatdagi samolyotdan turib s’yomka qilish printsipiga asoslanadi.
Aerokosmik syomkada foydalaniladigan elektromagnit to’lqinlar spektri. Nurlanishga atmosferadagi aerozol zarrachalari, suv bug’lari, korbonat angidrid va azon gazlari, chang va to’zonlar hamda atmosfera qatlamining qalinligi va x.k.lar katta ta’sir ko’rsatadi. Atmosferada elektromagnit nurlari umuman yutilmaydigan uchastkalar bo’lib, ularni «tiniqlik darchalari» deb yuritiladi (62- rasm). Demak, suratga olishda shu uchastkalardan foydalaniladi. SHunday uchastkalar ikkita bo’lib, birinchisi ko’rinadigan va infraqizil nur (0,1-1,2 mkm) diapazoniga to’g’ri kelsa, ikkinchisi uzoqdagi infraqizil nur (8-13 mkm) diapazoniga to’g’ri keladi. Birinchisidan oddiy fotografik usulda va televizion apparatlari bilan, ikkinchisidan esa skanerli infraqizil nur bilan s’yomka qilishda foydalaniladi (63- rasm). Kosmik s’yomka nurlari. Kosmosdan turib Yer yuzasini suratga olishda fotografik, televizion va fototelevizion usullardan foydalaniladi. Har bir usulning o’ziga xos xususyatlari bor. Bu usullarning ichida eng ko’p qo’llaniladigani oddiy fotografik usul bo’lib, kosmik kemalarga yoki sun’iy yo’ldoshlarga o’rnatilgan fotografik apparatlar yordamida olinadi. Olingan suratlar Yerga kosmik apparatlar yordamida qaytib tushadi yoki konteynerlar orqali yerga yuboriladi. Kosmosdan olinadigan surat odatdagi samolyotdan turib s’yomka qilish printsipiga asoslanadi.
 
 
Kosmosdan turib suratga olishda har xil fotoapparatlardan foydalaniladi. Dast-
labki vaqtlarda formati 60 x 60, 70 x 70 mm li «Xasselьblad», «Pentakon» va «Sal-
yut» tipidagi, keyinroq esa formati 70 x 70, 130 x 180, 300 x 300 mm li 
fotoapparatlardan foydalanilgan.  
Uzoq masofadan, ya’ni planetalararo kosmik apparatlardan avtomatik 
ravishda suratga olishda fokus oralig’i 400 mm bo’lgan fotoapparatlardan 
foydalaniladi. 
So’nggi 
vaqtlarda 
Germaniyada 
«Karl-TSeys» 
korxonasida 
ishlab 
chiqarilayotgan ko’p zonali MKF-6M fotoapparatidan foydalanilmoqda. 
 
Kosmik apparatlarning orbitalari 
Kosmik apparatlarning orbitalari ularning oldiga qo’ygan vazifasiga bog’liq 
bo’lib, oldindan belgilanadi. Yer yuzasidagi tabiiy resurslarni o’rganishda va 
meteorologik kuzatishlar olib borishda kosmik apparalar uchun doiraviy orbita 
tanlanadi. Doiraviy orbita bo’yicha harakatlanayotgan kosmik apparatlarda surat 
olish balandligi asosida masshtab aniqlanadi. 
 
Er yuzasida va atmosferadagi  bo’layotgan global jarayonlarni uzoq vaqt kuza-
tib turish uchun doriaviy orbita tanlanadi. «Molniya» sun’iy yo’ldoshi doiraviy orbi-
taga uchirilgan. Meteorologik sun’iy yo’ldoshlar, kosmik kemalar, orbital stan-
tsiyalar Yer atrofi orbitasida harakatlanib 200-400 km balandlikda uchiriladi.
Kosmosdan turib suratga olishda har xil fotoapparatlardan foydalaniladi. Dast- labki vaqtlarda formati 60 x 60, 70 x 70 mm li «Xasselьblad», «Pentakon» va «Sal- yut» tipidagi, keyinroq esa formati 70 x 70, 130 x 180, 300 x 300 mm li fotoapparatlardan foydalanilgan. Uzoq masofadan, ya’ni planetalararo kosmik apparatlardan avtomatik ravishda suratga olishda fokus oralig’i 400 mm bo’lgan fotoapparatlardan foydalaniladi. So’nggi vaqtlarda Germaniyada «Karl-TSeys» korxonasida ishlab chiqarilayotgan ko’p zonali MKF-6M fotoapparatidan foydalanilmoqda. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik apparatlarning orbitalari ularning oldiga qo’ygan vazifasiga bog’liq bo’lib, oldindan belgilanadi. Yer yuzasidagi tabiiy resurslarni o’rganishda va meteorologik kuzatishlar olib borishda kosmik apparalar uchun doiraviy orbita tanlanadi. Doiraviy orbita bo’yicha harakatlanayotgan kosmik apparatlarda surat olish balandligi asosida masshtab aniqlanadi. Er yuzasida va atmosferadagi bo’layotgan global jarayonlarni uzoq vaqt kuza- tib turish uchun doriaviy orbita tanlanadi. «Molniya» sun’iy yo’ldoshi doiraviy orbi- taga uchirilgan. Meteorologik sun’iy yo’ldoshlar, kosmik kemalar, orbital stan- tsiyalar Yer atrofi orbitasida harakatlanib 200-400 km balandlikda uchiriladi.
 
 
Kosmik uchuvchi apparatlarning (KUA) uchish yo’lining (trassasining) sxemasi: 
Merkator proektsiyasida berilgan (orbita qiyaligi 520). Yo’g’on chiziq KUA larning 
Yer atrofini aylanib o’tish yo’li ko’rsatilgan. 
 
Agar orbita balandligi bir necha ming km bo’lsa kosmik apparatlar Yerning 
sun’iy yo’ldoshiga aylanib qoladi. Odatda, orbitaning ekvator tekisligiga nisbatan 
qiyaligi uchirilayotgan kosmik apparatni maqsadiga mos qilib tanlanadi. Lekin 
ularning salmog’iga ham bog’liq. 
Meteorologik kuzatishlar olib boriladigan sun’iy yo’ldoshlar birmuncha yengil 
bo’lib qutb atrofidagi orbitaga chiqariladi. Og’irligi katta bo’lgan kosmik va orbital 
kemalar uchun (masalan, Rossiya hududlarini o’rganish uchun) uchiriladigan 
kosmik kemalar ekvatorga nisbatan qiyaligi 50 atrofida bo’ladi. Masalan, «Soyuz», 
«Salyut», «Mir» kemalarini shu orbita  atrofida bo’lsa AQSH da uchiriladigan 
kosmik kemalar esa 30 qiyalikda bo’ladi. CHunki AQSH da uchirilgan kosmik 
kemalar «Jemini», «Appalon», «CHelenjer», «SHattl», «Kolumbiya» va boshqalar 
ekvator va ekvator atrofi rayonlarini o’rganishga mo’ljallangan. 
1976 yilda uchirilgan kosmik kema «Soyuz-22» ning orbitasi esa 65 
kenglikda bo’lib, Yevropa materigini o’z ichiga olishga mo’ljallangan. Orbita 
qiyaligiga qarab kosmik apparatlarni qaysi kengliklar bo’yicha harakatlanishi 
belgilanadi. Yo’ldosh orbitada harakatlanayotganda, uning qoldirgan iziga Yer 
yo’ldoshini trassasi deyiladi. Agar orbita ekvator tik bo’lib doira shaklida bo’lsa 
uning balandligi 360000 km ga teng. Yo’ldoshning aylanish davri 1 sutkaga ya’ni 
24 soatga teng bo’lsa geostatsionar orbita deb yuritilib Yer tabiiy resurslarini global 
masshtabda aniq s’yomka qilish uchun doiraviy qutbiy quyoshli sinxronli orbita 
tanlanib, trassa bo’ylab suratga olish vaqtida Quyosh Yerni doimo yoritib turishi 
hisobga olingan. Masalan, AQSH da shunday orbitada resursli YeRTS yo’ldoshi 
uchirilgan. 
Kosmik apparatlardan olingan suratlarning tasnifi 
Dastlabki kosmosga uchgan inson Rossiya fuqarosi Yu.A.Gagarin edi. U 1961 
yilda «Vostok» kemasida kosmosga parvoz qilgan. Shundan buyon 20 tadan ortiq 
mamlakat fuqarolaridan 500 dan ortiq kosmonovtlar kosmosda bo’lib qaytgan.
Kosmik uchuvchi apparatlarning (KUA) uchish yo’lining (trassasining) sxemasi: Merkator proektsiyasida berilgan (orbita qiyaligi 520). Yo’g’on chiziq KUA larning Yer atrofini aylanib o’tish yo’li ko’rsatilgan. Agar orbita balandligi bir necha ming km bo’lsa kosmik apparatlar Yerning sun’iy yo’ldoshiga aylanib qoladi. Odatda, orbitaning ekvator tekisligiga nisbatan qiyaligi uchirilayotgan kosmik apparatni maqsadiga mos qilib tanlanadi. Lekin ularning salmog’iga ham bog’liq. Meteorologik kuzatishlar olib boriladigan sun’iy yo’ldoshlar birmuncha yengil bo’lib qutb atrofidagi orbitaga chiqariladi. Og’irligi katta bo’lgan kosmik va orbital kemalar uchun (masalan, Rossiya hududlarini o’rganish uchun) uchiriladigan kosmik kemalar ekvatorga nisbatan qiyaligi 50 atrofida bo’ladi. Masalan, «Soyuz», «Salyut», «Mir» kemalarini shu orbita atrofida bo’lsa AQSH da uchiriladigan kosmik kemalar esa 30 qiyalikda bo’ladi. CHunki AQSH da uchirilgan kosmik kemalar «Jemini», «Appalon», «CHelenjer», «SHattl», «Kolumbiya» va boshqalar ekvator va ekvator atrofi rayonlarini o’rganishga mo’ljallangan. 1976 yilda uchirilgan kosmik kema «Soyuz-22» ning orbitasi esa 65 kenglikda bo’lib, Yevropa materigini o’z ichiga olishga mo’ljallangan. Orbita qiyaligiga qarab kosmik apparatlarni qaysi kengliklar bo’yicha harakatlanishi belgilanadi. Yo’ldosh orbitada harakatlanayotganda, uning qoldirgan iziga Yer yo’ldoshini trassasi deyiladi. Agar orbita ekvator tik bo’lib doira shaklida bo’lsa uning balandligi 360000 km ga teng. Yo’ldoshning aylanish davri 1 sutkaga ya’ni 24 soatga teng bo’lsa geostatsionar orbita deb yuritilib Yer tabiiy resurslarini global masshtabda aniq s’yomka qilish uchun doiraviy qutbiy quyoshli sinxronli orbita tanlanib, trassa bo’ylab suratga olish vaqtida Quyosh Yerni doimo yoritib turishi hisobga olingan. Masalan, AQSH da shunday orbitada resursli YeRTS yo’ldoshi uchirilgan. Kosmik apparatlardan olingan suratlarning tasnifi Dastlabki kosmosga uchgan inson Rossiya fuqarosi Yu.A.Gagarin edi. U 1961 yilda «Vostok» kemasida kosmosga parvoz qilgan. Shundan buyon 20 tadan ortiq mamlakat fuqarolaridan 500 dan ortiq kosmonovtlar kosmosda bo’lib qaytgan.
 
 
AQSH va 60-70-yillarda «Appalon» programmasi asosida shu mamlakat 
fuqarolaridan 10 kishi 6 marta Oyga qo’ndirilgan. 
Kosmosga o’nlab tonna og’irlikdagi kosmik apparatlar: «Salyut», «Mir», 
«Skayleb», «Kolumbiya» singarilar uchirilgan, ba’zilari esa hozir ham harakatda. 
Kosmik apparatlar Oy, Mars, Venera kabi planetalarni tadqiq qilmoqda. SHu 
bilan birga kosmonavtlar. 
Kosmik apparatlardan olingan suratlarning masshtablari bir xil bo’lmasdan, u 
uchish balandligiga va apparatlarning tiplariga bog’liq. Umuman, kosmik 
apparatlardan olingan suratlar 1:1 000 000 dan 1:10 000 000 masshtabda va undan 
ham kichik bo’lishi mumkin. Masalan, «Zond-5» va «Zond-7» planetalararo kosmik 
avtomatik kemalardan olingan suratlarning masshtablari 1:200 000 000 ga teng 
bo’lib, 70 va 90 ming kilometrlardan olingan. 
Kosmik suratlarning masshtabi olinayotgan suratning maqsadiga bog’liq. 
Yerni topografik kartasini tushirish uchun 1:1 000 000 masshtabli surat olinsa, tabiiy 
resurslarni o’rganish uchun 1:2 000 000 atrofidagi masshtabli suratdan foydalaniladi. 
Tabiiy resurslarni suratga olishda balandligi 600 va 900 km li orbita tanlanib, Yer 
atrofini bir sutkada 14-15 marta aylanib chiqadi. Masalan, AQSH ning «Landsat» 
resursli yo’ldoshi 916 km balandlikda harakatlanib bir sutkada Yer atrofini 14 marta 
aylanadi. 
1967 yildan boshlab meteorologik tadqiqotlarga mo’ljallangan «Meteor» 
seriyasidagi sun’iy yo’ldosh uchirilgan edi. Uning orbita balandligi 600 km ga yaqin, 
unda surat olish uchun ko’p zonali skanerli qurilma o’rnatilgan. Yo’ldosh  bir 
sutkada Yer atrofini 15 marta aylanib chiqadi. 
Olingan suratlar maydoniga, masshtabiga, obzorligiga qarab har xil bo’ladi. 
Mayda  masshtabli suratlar, uchish balandligi  1000 kilometrdan yuqori bo’lib 
planetalararo orbitalarda uchirilgan «Molniya» va «Appalon» tipidagi kosmik 
apparatlardan olinadi. 
Regional suratlar materik yoki okeanlarni ayrim katta qismlarining tasviridir. 
Ularning qamrov maydoni 100 ming km2 dan ziyod bo’ladi. Suratlarning 
masshtablari 1:5 mln, 1:10 mln. ga teng. 
Televizion suratlar tabiiy geografik rayonlarning katta qismlarini o’z ichiga 
oladi. Ularning maydoni o’n minglab km2 joylarni qamrab olib, masshtabi 1:1 mln
AQSH va 60-70-yillarda «Appalon» programmasi asosida shu mamlakat fuqarolaridan 10 kishi 6 marta Oyga qo’ndirilgan. Kosmosga o’nlab tonna og’irlikdagi kosmik apparatlar: «Salyut», «Mir», «Skayleb», «Kolumbiya» singarilar uchirilgan, ba’zilari esa hozir ham harakatda. Kosmik apparatlar Oy, Mars, Venera kabi planetalarni tadqiq qilmoqda. SHu bilan birga kosmonavtlar. Kosmik apparatlardan olingan suratlarning masshtablari bir xil bo’lmasdan, u uchish balandligiga va apparatlarning tiplariga bog’liq. Umuman, kosmik apparatlardan olingan suratlar 1:1 000 000 dan 1:10 000 000 masshtabda va undan ham kichik bo’lishi mumkin. Masalan, «Zond-5» va «Zond-7» planetalararo kosmik avtomatik kemalardan olingan suratlarning masshtablari 1:200 000 000 ga teng bo’lib, 70 va 90 ming kilometrlardan olingan. Kosmik suratlarning masshtabi olinayotgan suratning maqsadiga bog’liq. Yerni topografik kartasini tushirish uchun 1:1 000 000 masshtabli surat olinsa, tabiiy resurslarni o’rganish uchun 1:2 000 000 atrofidagi masshtabli suratdan foydalaniladi. Tabiiy resurslarni suratga olishda balandligi 600 va 900 km li orbita tanlanib, Yer atrofini bir sutkada 14-15 marta aylanib chiqadi. Masalan, AQSH ning «Landsat» resursli yo’ldoshi 916 km balandlikda harakatlanib bir sutkada Yer atrofini 14 marta aylanadi. 1967 yildan boshlab meteorologik tadqiqotlarga mo’ljallangan «Meteor» seriyasidagi sun’iy yo’ldosh uchirilgan edi. Uning orbita balandligi 600 km ga yaqin, unda surat olish uchun ko’p zonali skanerli qurilma o’rnatilgan. Yo’ldosh bir sutkada Yer atrofini 15 marta aylanib chiqadi. Olingan suratlar maydoniga, masshtabiga, obzorligiga qarab har xil bo’ladi. Mayda masshtabli suratlar, uchish balandligi 1000 kilometrdan yuqori bo’lib planetalararo orbitalarda uchirilgan «Molniya» va «Appalon» tipidagi kosmik apparatlardan olinadi. Regional suratlar materik yoki okeanlarni ayrim katta qismlarining tasviridir. Ularning qamrov maydoni 100 ming km2 dan ziyod bo’ladi. Suratlarning masshtablari 1:5 mln, 1:10 mln. ga teng. Televizion suratlar tabiiy geografik rayonlarning katta qismlarini o’z ichiga oladi. Ularning maydoni o’n minglab km2 joylarni qamrab olib, masshtabi 1:1 mln
 
 
dan 1:5 mln. gacha bo’lib, «Soyuz» va «Skayleb» orbital stantsiyalari orqali minglab 
suratlar olingan. Mukammal suratlarda bir necha metrli ob’ektlar ham aks etadi. 
Masshtabi 1:100 000 – 1:1 000 000 gacha bo’lgan surat uchun orbita balandligi 200 
km.li apparatlardan olinadi. 
Kosmosdan olingan suratlarni tasnif qilishda ularning spektral diapazonlari 
ham e’tiborga olinadi. Bunday suratlar asosan uch diapazonli bo’ladi: 
1. Ko’rinadigan va yaqin infraqizil diapazonli suratlar; 
2. Issiq infraqizil diapazonli suratlar; 
3. Radiodiapazonli suratlar. 
Kosmik suratlarni guruhlarga bo’lib o’rganish ulardan foydalanish 
imkoniyatini oshiradi va maqsadga muvofiq tarzda ishlash imkoniyatini beradi. 
Kosmik suratlar har xil aniqlikda tasvirlanadi. Masalan, ba’zi bir suratlarda 
alohida turgan binolarni ham ko’rish mumkin bo’lsa, ba’zi suratlarda kichik aholi 
yashaydigan joylarni ham ko’rish qiyin. Kosmik suratlarda ob’ektlarni minglab yoki 
millionlab kichraytirib tasvirlanishi suratga olish sistemasida ishlatiladigan asosiy 
ko’rsatkichlaridan biri yechimlilik (razreshaemaya sposobnostь) xususiyatiga 
bog’liq. 
Kosmik suratlarni yechimi bo’yicha V.I.Kravtsova quyidagi to’rtta guruhga 
bo’lgan: 
1. Juda katta o’nlab kilometrli ob’ektlarnigina o’qish mumkin bo’lgan 
suratlar. Bu suratlarning ravshanligi juda kam bo’lganidan  o’lchami 100 m2 dan kam 
bo’lsa mahalliy ob’ektlarni tasvirlay olmaydi. Bunday suratlar infraqizil nurlar orqali 
olinadi. 
2.  1 km2 kattalikdagi ob’ektlarni o’qish va ko’rish mumkin bo’lgan suratlar. 
Ularda o’rtacha kattalikka ega bo’lgan mahalliy ob’ektlarni ham o’qish mumkin. 
Bunday 
ravshanlikdagi 
televizion 
suratlar 
ko’proq 
meteorologik 
sun’iy 
yo’ldoshlardan olinadi. 
3. 100 m2 kattalikdagi ob’ektlarni o’qish mumkin bo’lgan suratlar. Ularda 
deyarlik hamma tabiiy ob’ektlarni o’qish mumkin. 
4.  O’nlab metr (10 m2 dan 100 m2 gacha) kattalikdagi ob’ektlarni o’qish 
mumkin bo’lgan suratlar. Bunday suratlarda faqat tabiiy ob’ektlargina emas balki
dan 1:5 mln. gacha bo’lib, «Soyuz» va «Skayleb» orbital stantsiyalari orqali minglab suratlar olingan. Mukammal suratlarda bir necha metrli ob’ektlar ham aks etadi. Masshtabi 1:100 000 – 1:1 000 000 gacha bo’lgan surat uchun orbita balandligi 200 km.li apparatlardan olinadi. Kosmosdan olingan suratlarni tasnif qilishda ularning spektral diapazonlari ham e’tiborga olinadi. Bunday suratlar asosan uch diapazonli bo’ladi: 1. Ko’rinadigan va yaqin infraqizil diapazonli suratlar; 2. Issiq infraqizil diapazonli suratlar; 3. Radiodiapazonli suratlar. Kosmik suratlarni guruhlarga bo’lib o’rganish ulardan foydalanish imkoniyatini oshiradi va maqsadga muvofiq tarzda ishlash imkoniyatini beradi. Kosmik suratlar har xil aniqlikda tasvirlanadi. Masalan, ba’zi bir suratlarda alohida turgan binolarni ham ko’rish mumkin bo’lsa, ba’zi suratlarda kichik aholi yashaydigan joylarni ham ko’rish qiyin. Kosmik suratlarda ob’ektlarni minglab yoki millionlab kichraytirib tasvirlanishi suratga olish sistemasida ishlatiladigan asosiy ko’rsatkichlaridan biri yechimlilik (razreshaemaya sposobnostь) xususiyatiga bog’liq. Kosmik suratlarni yechimi bo’yicha V.I.Kravtsova quyidagi to’rtta guruhga bo’lgan: 1. Juda katta o’nlab kilometrli ob’ektlarnigina o’qish mumkin bo’lgan suratlar. Bu suratlarning ravshanligi juda kam bo’lganidan o’lchami 100 m2 dan kam bo’lsa mahalliy ob’ektlarni tasvirlay olmaydi. Bunday suratlar infraqizil nurlar orqali olinadi. 2. 1 km2 kattalikdagi ob’ektlarni o’qish va ko’rish mumkin bo’lgan suratlar. Ularda o’rtacha kattalikka ega bo’lgan mahalliy ob’ektlarni ham o’qish mumkin. Bunday ravshanlikdagi televizion suratlar ko’proq meteorologik sun’iy yo’ldoshlardan olinadi. 3. 100 m2 kattalikdagi ob’ektlarni o’qish mumkin bo’lgan suratlar. Ularda deyarlik hamma tabiiy ob’ektlarni o’qish mumkin. 4. O’nlab metr (10 m2 dan 100 m2 gacha) kattalikdagi ob’ektlarni o’qish mumkin bo’lgan suratlar. Bunday suratlarda faqat tabiiy ob’ektlargina emas balki
 
 
xo’jalik ob’ektlarini ham o’qish imkoniyati bor. SHunday ravshanlikda yuqori sifatli 
fotografik usulda olingan fotosuratlargina bo’ladi. 
Kosmik suratlarni mukammalliligi (kichik narsalarni ham ko’rsatuvchanligi) 
bo’yicha ham 3 guruhga bo’lgan: 
1.  Kam mukammallilikdagi suratlar, ularda informatsiya (ma’lumotlar) kam. 
Bunday suratlarni kosmosdan olingan masshtabda o’qish qiyin bo’lgani uchun bir 
necha (2-5) marta kattalashtirib foydalaniladi. 
2.  O’rtacha mukammallikdagi-ulardan juda ko’p informatsiya olish mumkin. 
Bunday suratlarni 5-15 marotaba kattalashtirilgandan keyin foydalanish mumkin. 
3.  O’ta mukammal suratlar – ulardan juda ko’p informatsiya olish mumkin. 
Bunday suratlardan 15-30 marotaba kattalashtirib foydalaniladi.  
Turli mamlakatlardan uchirilgan kosmik apparatlar maqsadiga ko’ra ikki sinfga 
bo’linadi: 
1.  Ilmiy tadqiqot ishlari uchun uchirilgan kosmik apparatlar bo’lib, ular 
atmosferaning yuqori qatlamlarini va Yer yuzasini o’rganishga mo’ljallangan. 
2.  Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan kosmik apparatlar xalq xo’jaligining 
ehtiyojlarini qondirishga va maxsus harbiy maqsadlar uchun ham mo’ljallangan 
bo’lishi mumkin. 
Ilmiy tadqiqot ishlari uchun uchirilgan kosmik apparatlar ham har xil bo’ladi, 
ularning ko’pchiligi maxsus sohalar bo’yicha geofizik, astronomik, geodezik, 
yadroviy fizika, biologik hamda universal tadqiqot ishlarda foydalaniladi. 
Meteorologik aloqa navigatsiya, harbiy va boshqa maqsadlar uchun uchirilgan 
kosmik apparatlardan hayotning xilma-xil jabhalarida foydalanilmoqda. Kosmik 
apparatlar uchuvchili va uchuvchisiz bo’lib, uchuvchili kemalar atmosferani yuqori 
qatlamlaridan 200-500 km balandlikda uchib yuradi. 
Kosmik suratlarni deshifrovka qilish (o’qish) 
Yerning surati birinchi  marta inson tomonidan ikkinchi kosmonavt G.S.Titov 
tomonidan Vostok–2 kemasidan olingan. 
1976 yilda «Soyuz-22» kosmik kema uchirilib, unda MKF-6M (ko’p zonali 
kosmik fotoapparat) fotoapparat o’rnatilib surat olingan. 
Kosmosdan olingan suratlar foydalanishdan oldin bir xil masshtabga 
keltiriladi va Yerning dumaloqligi hisobga olinadi.
xo’jalik ob’ektlarini ham o’qish imkoniyati bor. SHunday ravshanlikda yuqori sifatli fotografik usulda olingan fotosuratlargina bo’ladi. Kosmik suratlarni mukammalliligi (kichik narsalarni ham ko’rsatuvchanligi) bo’yicha ham 3 guruhga bo’lgan: 1. Kam mukammallilikdagi suratlar, ularda informatsiya (ma’lumotlar) kam. Bunday suratlarni kosmosdan olingan masshtabda o’qish qiyin bo’lgani uchun bir necha (2-5) marta kattalashtirib foydalaniladi. 2. O’rtacha mukammallikdagi-ulardan juda ko’p informatsiya olish mumkin. Bunday suratlarni 5-15 marotaba kattalashtirilgandan keyin foydalanish mumkin. 3. O’ta mukammal suratlar – ulardan juda ko’p informatsiya olish mumkin. Bunday suratlardan 15-30 marotaba kattalashtirib foydalaniladi. Turli mamlakatlardan uchirilgan kosmik apparatlar maqsadiga ko’ra ikki sinfga bo’linadi: 1. Ilmiy tadqiqot ishlari uchun uchirilgan kosmik apparatlar bo’lib, ular atmosferaning yuqori qatlamlarini va Yer yuzasini o’rganishga mo’ljallangan. 2. Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan kosmik apparatlar xalq xo’jaligining ehtiyojlarini qondirishga va maxsus harbiy maqsadlar uchun ham mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlari uchun uchirilgan kosmik apparatlar ham har xil bo’ladi, ularning ko’pchiligi maxsus sohalar bo’yicha geofizik, astronomik, geodezik, yadroviy fizika, biologik hamda universal tadqiqot ishlarda foydalaniladi. Meteorologik aloqa navigatsiya, harbiy va boshqa maqsadlar uchun uchirilgan kosmik apparatlardan hayotning xilma-xil jabhalarida foydalanilmoqda. Kosmik apparatlar uchuvchili va uchuvchisiz bo’lib, uchuvchili kemalar atmosferani yuqori qatlamlaridan 200-500 km balandlikda uchib yuradi. Kosmik suratlarni deshifrovka qilish (o’qish) Yerning surati birinchi marta inson tomonidan ikkinchi kosmonavt G.S.Titov tomonidan Vostok–2 kemasidan olingan. 1976 yilda «Soyuz-22» kosmik kema uchirilib, unda MKF-6M (ko’p zonali kosmik fotoapparat) fotoapparat o’rnatilib surat olingan. Kosmosdan olingan suratlar foydalanishdan oldin bir xil masshtabga keltiriladi va Yerning dumaloqligi hisobga olinadi.
 
 
Bir xil masshtabga keltirilgan (transformatsiya qilingan) fotosuratlarni bir-
biriga jipslashtirib birorta proektsiyaga tushirilsa o’sha joyning fotokartasi hosil 
bo’ladi. 
Kosmik suratlarni to’g’ridan-to’g’ri o’qish (deshifrovka qilish) mumkin. 
Lekin o’rganilayotgan ob’ektlar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish qiyin. 
SHuning uchun oddiy linzali asboblardan tortib juda murakkab bo’lgan asboblar 
(interpretaskop) dan foydalanilmoqda.  
Kosmik suratlarni oddiy ko’z va maxsus asboblar yordamida o’qish jarayonini 
deshifrovka qilish (suratni o’qish) deb yuritiladi. 
Kosmik apparatlardan olinayotgan ma’lumotlar faqat suratlar holatida 
olinmasdan raqamlar, shifrlar va kodlar yordamida ham olinishi mumkin. Ular yerda 
qabul qilib olingandan so’ng maxsus apparatlar yordamida o’qilib, ba’zilari karta 
shakliga ham keltiriladi. Masalan, «Meteor» sun’iy yo’ldoshlaridan olinadigan 
raqamli ma’lumotlar asosida ob-havoni bashorat qiluvchi kartalar tuzuladi. 
Aerokosmik suratlarni deshifrovka qilish deganda, suratlarni ko’rib tasvirni 
o’qib, unga mazmun berish, mohiyatini tushunish va shu asosda zarur bo’lgan 
ma’lumotlar olish jarayonlari tushiniladi. 
Deshifrovka qilishni geografik jihatdan olib qaraganda geografik ob’ektlar, 
voqea va hodisalar hamda ularda bo’ladigan jarayonlarni o’rganish, tadqiq qilish 
hamda ob’ektlarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab ular orasidagi o’zaro 
bog’liqlikni ko’rsatib beruvchi usul desa ham bo’ladi. 
Suratlarni deshifrovka qilish faqat fotogrammetrik deshifrovka qiluvchi 
asboblargagina emas, balki uni bajarayotgan kishining malakasiga, ixtisosiga 
psixofiziologik xususiyatlariga va albatta suratning sifatiga ham bog’liqdir. 
Mutaxassislarning aniqlashicha, inson ko’zi umuman olganda oq rangdan qora 
rangacha bo’lgan oraliqda 100 xil rangni farq qila olar ekan. Odatda ish jarayonida 
esa 15-20 xil rangni farqlash mumkin. 
Kosmik suratlarni o’qishda undagi tasvirning katta kichikligidan, shakli, 
rangi, strukturasi, xira va tiniqligidan (kontrastligidan) va ob’ektlarning soyasidan 
ham foydalaniladi. 
Deshifrovka oldiga qo’ygan maqsadga qarab har xil bo’lishi ham mumkin. 
Masalan, geografik, geologik, geomorfologik, topografik deshifrovkalar, qishloq
Bir xil masshtabga keltirilgan (transformatsiya qilingan) fotosuratlarni bir- biriga jipslashtirib birorta proektsiyaga tushirilsa o’sha joyning fotokartasi hosil bo’ladi. Kosmik suratlarni to’g’ridan-to’g’ri o’qish (deshifrovka qilish) mumkin. Lekin o’rganilayotgan ob’ektlar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish qiyin. SHuning uchun oddiy linzali asboblardan tortib juda murakkab bo’lgan asboblar (interpretaskop) dan foydalanilmoqda. Kosmik suratlarni oddiy ko’z va maxsus asboblar yordamida o’qish jarayonini deshifrovka qilish (suratni o’qish) deb yuritiladi. Kosmik apparatlardan olinayotgan ma’lumotlar faqat suratlar holatida olinmasdan raqamlar, shifrlar va kodlar yordamida ham olinishi mumkin. Ular yerda qabul qilib olingandan so’ng maxsus apparatlar yordamida o’qilib, ba’zilari karta shakliga ham keltiriladi. Masalan, «Meteor» sun’iy yo’ldoshlaridan olinadigan raqamli ma’lumotlar asosida ob-havoni bashorat qiluvchi kartalar tuzuladi. Aerokosmik suratlarni deshifrovka qilish deganda, suratlarni ko’rib tasvirni o’qib, unga mazmun berish, mohiyatini tushunish va shu asosda zarur bo’lgan ma’lumotlar olish jarayonlari tushiniladi. Deshifrovka qilishni geografik jihatdan olib qaraganda geografik ob’ektlar, voqea va hodisalar hamda ularda bo’ladigan jarayonlarni o’rganish, tadqiq qilish hamda ob’ektlarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab ular orasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rsatib beruvchi usul desa ham bo’ladi. Suratlarni deshifrovka qilish faqat fotogrammetrik deshifrovka qiluvchi asboblargagina emas, balki uni bajarayotgan kishining malakasiga, ixtisosiga psixofiziologik xususiyatlariga va albatta suratning sifatiga ham bog’liqdir. Mutaxassislarning aniqlashicha, inson ko’zi umuman olganda oq rangdan qora rangacha bo’lgan oraliqda 100 xil rangni farq qila olar ekan. Odatda ish jarayonida esa 15-20 xil rangni farqlash mumkin. Kosmik suratlarni o’qishda undagi tasvirning katta kichikligidan, shakli, rangi, strukturasi, xira va tiniqligidan (kontrastligidan) va ob’ektlarning soyasidan ham foydalaniladi. Deshifrovka oldiga qo’ygan maqsadga qarab har xil bo’lishi ham mumkin. Masalan, geografik, geologik, geomorfologik, topografik deshifrovkalar, qishloq
 
 
xo’jalik deshifrovkasi va boshqalar. Geograflar tabiiy muhitning har xil 
komponentlarini va ularning o’zaro bog’liqligini hamda alohida ob’ektlar, voqea-
xodisalarni va jarayonlarni o’rganishida har xil deshifrovka yo’llaridan foydalanishi 
mumkin. Masalan, landshaftli, gidrologik, glyatsiologik, geobotanikali deshifrovka 
va h.z. Kosmik suratlarni deshifrovka qilishda suratni qaysi usul bilan olinganligiga 
ham e’tibor beriladi. Masalan, oddiy fotografik usul bilan olingan suratni 
deshifrovka qilish, infraqizil rangda yoki radiolokatsiya yo’li bilan olingan suratlarni 
deshifrovka qilishdan farq qiladi. 
Ko’p zonali suratlarni deshifrovka qilishda bitta zonada olingan surat bilan 
cheklanib qolmasdan hamma diapazonda olingan suratlardan ham foydalaniladi. 
Deshifrovka qilish texnologiyasida uchta asosiy bosqich: ob’ektni topish, 
tanish va unga mazmun berishdan boshlash kerak. Suratlarni o’qishda faqat 
suratning o’zi bilan chegaralanib qolmasdan qo’shimcha manbalardan, o’sha joyning 
kartalari va geografik adabiyotlardan foydalanish zarur. 
Prof. L.A.Smirnovning fikricha aerosuratlarni o’qishda texnologik sxema: 
joy-surat-karta ko’rinishda bo’lsa, kosmik suratda karta-surat-karta ko’rinishini 
oladi. 
Deshifrovka kameral sharoitda dalada vertolyot va samolyotda ham bajarilishi 
mumkin. Deshifrovka qilishda kosmik suratlarning qaysi usulda olinganligining roli 
katta. Ko’p zonali suratlarda informatsiya ko’p bo’lganidan ulardan turli sohalarda 
foydalaniladi. 1978 yilda AQSH da uchirilgan «Skayleb» orbital stantsiyasida ko’p 
zonali fotografik sistema o’rnatilib unda to’rtta kamera bo’lib oq-qora va rangli 
tasvirda hamda infaqizil diapazonda 5 oy davomida 21000 dan ortiq surat olingan. 
SHu stantsiyada birinchi marta yechimliligi 16 m, kattaligi 11,5 x 11,5 sm bo’lgan 
mukammal s’yomka bajarilgan. 
 
Kosmik suratlardan foydalanish 
Geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun va geografik tadqiqotlarda 
foydalanish maqsadida 1970 yilda uchirilgan «Soyuz-9» kemasi orqali 18 sutkada 
1:800 000 dan 1:7 000 000 gacha bo’lgan masshtabda mamlakatda birinchi marta 
1000 ortiq kosmik surat olingan, ulardan eskirgan kartalarni yangilashda va yangi 
mavzuli kartalar tuzishda foydalanilgan. SHu olingan surat asosida Qorabo’g’ozgo’l
xo’jalik deshifrovkasi va boshqalar. Geograflar tabiiy muhitning har xil komponentlarini va ularning o’zaro bog’liqligini hamda alohida ob’ektlar, voqea- xodisalarni va jarayonlarni o’rganishida har xil deshifrovka yo’llaridan foydalanishi mumkin. Masalan, landshaftli, gidrologik, glyatsiologik, geobotanikali deshifrovka va h.z. Kosmik suratlarni deshifrovka qilishda suratni qaysi usul bilan olinganligiga ham e’tibor beriladi. Masalan, oddiy fotografik usul bilan olingan suratni deshifrovka qilish, infraqizil rangda yoki radiolokatsiya yo’li bilan olingan suratlarni deshifrovka qilishdan farq qiladi. Ko’p zonali suratlarni deshifrovka qilishda bitta zonada olingan surat bilan cheklanib qolmasdan hamma diapazonda olingan suratlardan ham foydalaniladi. Deshifrovka qilish texnologiyasida uchta asosiy bosqich: ob’ektni topish, tanish va unga mazmun berishdan boshlash kerak. Suratlarni o’qishda faqat suratning o’zi bilan chegaralanib qolmasdan qo’shimcha manbalardan, o’sha joyning kartalari va geografik adabiyotlardan foydalanish zarur. Prof. L.A.Smirnovning fikricha aerosuratlarni o’qishda texnologik sxema: joy-surat-karta ko’rinishda bo’lsa, kosmik suratda karta-surat-karta ko’rinishini oladi. Deshifrovka kameral sharoitda dalada vertolyot va samolyotda ham bajarilishi mumkin. Deshifrovka qilishda kosmik suratlarning qaysi usulda olinganligining roli katta. Ko’p zonali suratlarda informatsiya ko’p bo’lganidan ulardan turli sohalarda foydalaniladi. 1978 yilda AQSH da uchirilgan «Skayleb» orbital stantsiyasida ko’p zonali fotografik sistema o’rnatilib unda to’rtta kamera bo’lib oq-qora va rangli tasvirda hamda infaqizil diapazonda 5 oy davomida 21000 dan ortiq surat olingan. SHu stantsiyada birinchi marta yechimliligi 16 m, kattaligi 11,5 x 11,5 sm bo’lgan mukammal s’yomka bajarilgan. Kosmik suratlardan foydalanish Geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun va geografik tadqiqotlarda foydalanish maqsadida 1970 yilda uchirilgan «Soyuz-9» kemasi orqali 18 sutkada 1:800 000 dan 1:7 000 000 gacha bo’lgan masshtabda mamlakatda birinchi marta 1000 ortiq kosmik surat olingan, ulardan eskirgan kartalarni yangilashda va yangi mavzuli kartalar tuzishda foydalanilgan. SHu olingan surat asosida Qorabo’g’ozgo’l
 
 
qo’ltig’ining suv yuzasi 10 yil oldingiga nisbatan ancha kamayganligi aniqlangan. 
Olingan suratlar arid hududlarida geografik va geologik tadqiqotlarni olib borish 
metodikasini ishlab chiqarishga yordam beradi. 1975 yilda “salyut-4” kosmik orbital 
stantsiyasi orqali Kaspiy dengiz atrofi O’rta Osiyo va Qrimning 4,5 mln km2 
hududini surati olingan, shu asosida regional mavzuli kartalar tuzilgan. 
Ko’p zonali kosmik apparat orqali suratga olishning rivojlanishida 1976 yili 
o’chirilgan «Soyuz-22» kosmik kemasida «Raduga» nomi bilan o’tkazilgan 
tajribaning ahamiyati katta bo’lgan. Yer sharining to’liq rangli surati 1969 yilda 
uchirilgan «Zond-7» kemasida 70 000 km balandlikdan olingan. Unda Orol dengizi 
Sirdaryo va Amudaryo o’z ifodasini topgan. Oyni o’rganishda ham kosmik 
suratlarning ahamiyati katta. «Zond-6, 8» avtomatik stantsiyalari yordamida Oyning 
bizga ko’rinmaydigan tomonini surati olinib kartasi tuzilgan. 
1969 yil 20 iyulda uchirilgan AQSH ning «Appalon-11» kosmik kemasida shu 
mamlakat fuqarolari Neyl Armstrong va Edvin Oldringlar tarixda birinchi bo’lib 
Oyga qadam qo’ydilar. «Appalon-17» kosmik kemasida  Oyga qo’ndirilgan apparat 
orqali Oyning surati olingan. 
Kosmik kema va orbital stantsiyalardan uzluksiz Yerni suratini olib bo’lmaydi 
va ularni tezda Yerga yetkazish qiyin. SHuning uchun televizion va skanerli 
usullardan foydalanilgan. Hozirgi vaqtda ham «Meteor» tipidagi kosmik sun’iy 
meteorologik yo’ldoshlar orqali (1967 yildan buyon) muntazam ravishda obi-havo 
to’g’risida ma’lumotlar olinmoqda. So’nggi vaqtlarda televizion va skanerli suratlar 
meteorologik kuzatishlardagina foydalanilmasdan Yer yuzasini tabiiy resurslaridan 
foydalanishda ham ishlatilmoqda. Masalan, AQSH da uchirilgan «Landsat» sun’iy 
yo’ldoshi 9000 km balandlikda sinxronli quyosh orbitasi bo’ylab AQSH hududi va 
Yer atrofini 14 marta aylanib chiqadi va 17-18 sutkadan so’ng o’sha hududlar ustidan 
takror uchib o’tadi. Demak, yo’ldosh yordamida bir yil ichida ma’lum bir joy 20 
marta suratga olinadi. Olingan bitta surat 185 x 185 km kattalikdagi hududni o’z 
ichiga oladi. Undan tashqari o’rnatilgan datchiklar orqali Yerdan avtomatik 
stantsiyalardan yerning tuproq harorati, namligi, qor qalinligi, daryolarning oqim 
tezligi va haroratlari aniqlanadi. SHu kosmik apparat bilan olingan suratlar asosida 
(595 surat bilan) AQSH hududining to’liq fotokartasi tuzilib, shu asosida 1:1 mln,
qo’ltig’ining suv yuzasi 10 yil oldingiga nisbatan ancha kamayganligi aniqlangan. Olingan suratlar arid hududlarida geografik va geologik tadqiqotlarni olib borish metodikasini ishlab chiqarishga yordam beradi. 1975 yilda “salyut-4” kosmik orbital stantsiyasi orqali Kaspiy dengiz atrofi O’rta Osiyo va Qrimning 4,5 mln km2 hududini surati olingan, shu asosida regional mavzuli kartalar tuzilgan. Ko’p zonali kosmik apparat orqali suratga olishning rivojlanishida 1976 yili o’chirilgan «Soyuz-22» kosmik kemasida «Raduga» nomi bilan o’tkazilgan tajribaning ahamiyati katta bo’lgan. Yer sharining to’liq rangli surati 1969 yilda uchirilgan «Zond-7» kemasida 70 000 km balandlikdan olingan. Unda Orol dengizi Sirdaryo va Amudaryo o’z ifodasini topgan. Oyni o’rganishda ham kosmik suratlarning ahamiyati katta. «Zond-6, 8» avtomatik stantsiyalari yordamida Oyning bizga ko’rinmaydigan tomonini surati olinib kartasi tuzilgan. 1969 yil 20 iyulda uchirilgan AQSH ning «Appalon-11» kosmik kemasida shu mamlakat fuqarolari Neyl Armstrong va Edvin Oldringlar tarixda birinchi bo’lib Oyga qadam qo’ydilar. «Appalon-17» kosmik kemasida Oyga qo’ndirilgan apparat orqali Oyning surati olingan. Kosmik kema va orbital stantsiyalardan uzluksiz Yerni suratini olib bo’lmaydi va ularni tezda Yerga yetkazish qiyin. SHuning uchun televizion va skanerli usullardan foydalanilgan. Hozirgi vaqtda ham «Meteor» tipidagi kosmik sun’iy meteorologik yo’ldoshlar orqali (1967 yildan buyon) muntazam ravishda obi-havo to’g’risida ma’lumotlar olinmoqda. So’nggi vaqtlarda televizion va skanerli suratlar meteorologik kuzatishlardagina foydalanilmasdan Yer yuzasini tabiiy resurslaridan foydalanishda ham ishlatilmoqda. Masalan, AQSH da uchirilgan «Landsat» sun’iy yo’ldoshi 9000 km balandlikda sinxronli quyosh orbitasi bo’ylab AQSH hududi va Yer atrofini 14 marta aylanib chiqadi va 17-18 sutkadan so’ng o’sha hududlar ustidan takror uchib o’tadi. Demak, yo’ldosh yordamida bir yil ichida ma’lum bir joy 20 marta suratga olinadi. Olingan bitta surat 185 x 185 km kattalikdagi hududni o’z ichiga oladi. Undan tashqari o’rnatilgan datchiklar orqali Yerdan avtomatik stantsiyalardan yerning tuproq harorati, namligi, qor qalinligi, daryolarning oqim tezligi va haroratlari aniqlanadi. SHu kosmik apparat bilan olingan suratlar asosida (595 surat bilan) AQSH hududining to’liq fotokartasi tuzilib, shu asosida 1:1 mln,