Geografiya darslari va ularga qo’yiladigan talablar Geografiyani o’qitishni tashkil etish shakllarining umumiy tavsifi va ular o’rtasidagi uzviylik
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
30,8 KB
Geografiya darslari va ularga qo’yiladigan talablar
Geografiyani o’qitishni tashkil etish shakllarining umumiy tavsifi va ular
o’rtasidagi uzviylik
Geografiyani o’qitish jarayoni deganda, o’quvchilarning muayyan o’quv
materialini o’zlashtirish, bilish usullarini egallashga qaratilgan o’quv-bilish faoliyati
va o’qituvchining mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishga asoslangan
pedagogik faoliyati orqali o’zaro hamkorlikda o’quv maqsadlariga erishiladigan
jarayon tushuniladi.
O’qitish jarayoni tashkil etiladigan va boshqariladigan jarayon bo’lib, u
birqancha shakllarda tashkil etiladi.
Didaktika va geografiya o’qitish metodikasiga oid manbalarda o’qitish
jarayoni va uning shakllariga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, didakt olim Yu.K.
Babanskiy fikricha, o’qitishni tashkil etish shakllari ta’lim-tarbiya jarayonida
o’quvchilar bilan individual yoki yalpi o’qitishning nisbati, o’quv-bilish
faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan o’quvchilarning o’quv-
bilish faoliyati va o’qituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini
belgilaydi.
P.Yesipov tomonidan chop etilgan “Osnovi didaktiki” kitobida o’quv
ishlarini tashkil etish shakllari o’quvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma-
ketligi, o’qituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashg’ulotlarning
mazmuni, tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan.
N.M. Verzilin, V.M. Korsunskaya ta’rifi bo’yicha o’qitish jarayonini tashkil
etish
shakllari
-
o’qituvchi tomonidan tarbiyalovchi ta’lim jarayonida
foydalaniladigan turli sharoit (geografiya o’quv xonasi, ekskursiya, tirik tabiat
burchagi, tabiat)da o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
O’quvchilar tomonidan geografiya o’quv fani dasturlari va DTS bilan
me’yorlangan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ularni
tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o’qitishning turli shakllaridan foydalanishni
taqoza etadi.
Geografiya o’qitish metodikasida o’qitish jarayonini tashkil etishning turli
shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o’qitishning
asosiy shakli bo’lgan dars, unga bog’liq holda ekskursiyalar, geografiya
maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda
tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kiradi.
Mazkur o’qitish shakllari birgalikda geografiya o’qitish shakllari tizimini
tashkil etadi.
O’qitishning asosiy shakli bo’lgan - dars, ularni bog’lovchi vazifasini bajaradi
va o’qitishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan
tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar birgalikda geografiyani o’qitishdan
ko’zda tutilgan umumiy o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, o’quvchilar
tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat
qiladi.
O’qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan dars, ekskursiya,
geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan
tashqari mashg’ulotlarning har biri geografik ta’lim oldiga qo’yilgan umumiy
maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o’z ulushi mavjud. Mazkur
ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
O’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi,
vazifasiga bog’liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.
SHu sababli, o’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini tanlash muhim
ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi,
ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan o’rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi
e’tiborga olinishi lozim.
Masalan, o’rganiladigan mavzu meteorologik asboblar yoki laboratoriya
jihozlari bilan bog’liq, shuningdek, tabiiy geografik jarayonlar, nazariya, g’oya,
tushunchalar, qonunlar, masala yechish o’rganiladigan bo’lsa, unda albatta
o’qitishning asosiy shakli bo’lgan darsni tanlash zarur.
Agar ta’lim mazmuni turli relyef shakllarini, daryo va uning qismlari
o’rganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi, yoki videofilbmlar
namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir
qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi.
Kuzatish o’tkazish va tajriba qo’yishda geografiya maydonchasida olib
boriladigan ishlar, uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga
ega.
O’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini to’g’ri tanlashda geografiya o’quv
xonasining jihozlanishi va o’quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb
etadi. O’qituvchi o’qitish shakllarining maqsadi va vazifalarini to’g’ri anglagan
holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali
ko’rgazmalilikni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim.
SHunday qilib, geografiyani o’qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari,
darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar muayyan tizimni hosil
qilib, ular o’quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli
munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o’qitish
samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Dars o’qitishning asosiy shakli bo’lib, unda geografiya o’quv dasturidan o’rin
olgan o’quv materialining asosiy qismi o’rganiladi. Darsda o’qituvchi ta’lim
mazmuni, o’qitish metodi va vositalarining uyg’unligi orqali o’qitish maqsadlariga
erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o’rganish imkoni
bo’lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni
o’tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.
Uy ishlari dars bilan uzviy bog’langan bo’lib, u darsda o’rganilgan
mazmunning mantiqiy davomi va o’quvchilarning mustaqil bilim olish omili
sanaladi. O’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan, o’quvchilar uncha
murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazish (masalan, Yer shar shaklida bo’lganligi
uchun Quyosh uni hamma qismini bir xilda yoritmasligi va isitmasligi, suvning
tarkibida turli erigan moddalar mavjudligini, ), tabiatda kuzatishlar olib borish,
qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat
tayyorlash ishlarini bajaradilar. O’quvchilar o’quv topshiriqlarini bajarish orqali
bilish faoliyati usullarini egallashga zamin tayyorlanadi.
Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining ko’rsatmasi asosida o’quvchilar
tomonidan bajariladigan majburiy o’qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida
o’quvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda
bajarilishi lozim.
Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda Geografiya
maydonchasida kuzatish olib borish, tajribalar o’tkazish, o’quv jihozlari, ko’rgazma
materialini tayyorlash kiradi.
Ekskursiya - o’qitish jarayonining muhim shakli bo’lib, ular o’quvchilarni tirik
tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g’oyalari bilan
tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash, olamni bilish metodlarini
egallash imkonini beradi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, yangi
mavzularni o’rganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga
solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.
Shu bilan bir qatorda ekskursiyalar o’quvchilarning mustaqil bilim olish
faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Ekskursiyada o’quvchilar
o’quv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish jarayonida avval
o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanish orqali yangi bilim va
ko’nikmani egallaydilar.
Ekologik jihatdan tabiatga to’g’ri tashkil etilgan ekskursiyalar o’quvchilarda
mahalliy o’simliklar va hayvonat olamining xilma-xilligi haqida bilimlarini
kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan ko’rgazma materiallarini tayyorlash, ularni
jihozlash, tabiatga muxabbat uyg’otish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan
ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.
Geografiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi.
Mazkur o’qitish shakli ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning geografiya o’quv faniga
bo’lgan qiziqishi, olamni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda
tashkil etiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch turi mavjud:
•
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari
mashg’ulotlar.
• Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
• Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari
mashg’ulotlarda
o’qituvchi
o’quvchilar
tomonidan
muayyan
mavzularda
kuzatishlar o’tkazish, tajriba qo’yish, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash,
ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda turli sinflarda
“Yosh geograflar” to’garagi, fakul’tativ mashg’ulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik
ko’rish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda asosan,
turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil
etish bilan bir qatorda ko’qalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni
amalga oshirish nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturdagi o’quv materiali asosida tashkil
etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. O’qituvchi o’rganilayotgan o’quv fani
mazmuni, mahalliy sharoit, o’quvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan
holda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzularini tanlaydi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzulari o’quvchilarning dunyoqarashi,
ular o’zlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, to’ldirish, kasbga yo’llash,
tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga
xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib,
maktabning umumiy jadvalidan o’rin olmaydi, lekin o’qituvchi o’zining yillik yillik
rejasida ularni o’tkazish vaqtini belgilaydi.
Geografiyani o’qitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’rtasida doimiy ravishda izchillik,
o’zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonining
yaxlitligini ta’minlaydi.
Geografiya o’qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka
erishish uchun o’qituvchi ularni uyg’unlashtirgan tarzda yillik yillik rejasini tuzishi
lozim.
Dars - geografiyani o’qitishning asisiy shakli
O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi.
SHuning uchun dars geografiya ta’limining eng asosiy va markaziy qismi
xisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi darsga ajratilgan aniq vaqt davomida
belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Har bir darsni
maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan bilim
va ko’nikmalarni samarali bilish uchun geografiya darslariga qator talablar
qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
- darsning ta’limiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning
mazmunini ilmiyligiga erishish;
- dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim;
- tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
- tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
- geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi lozim;
- har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim;
- har bir geografiya darsida o’lkashunoslik ta’moyillari xisobga olinmog’i
zarur.
Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish. Geografiya
darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni
samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi.
Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy
tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakllantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va
bilimlar takrorlanadi va mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirish
ta’minlanadi
va
takomillashtiriladi;
umumiy
ko’nikmalarni
shakllantirish davom ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlash,
qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy-siyosiy,
ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya
berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish.
Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim.
Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga
imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shaklantirishga,
geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni
ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqillik
davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini
bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida
tarbiyalash katta samara beradi.
Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsadlari bilan
bog’langan bo’lmog’i lozim.Masalan, “O’rta Osiyoning relyefi va foydali
qazilmalari” mavzusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relyef
shakllarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relyef shakllari
haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relyef shakllarini hosil bo’lishida shamolni
o’rni va ahamiyatini ochib berish; relyefni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki
va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali
qazilma konlarini joylashishini o’rganish va ularni hosil bo’lishini yer po’sti
tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; xarita asosida relyefga tavsif berish
ko’nikmalarini shaklantirishni davom ettirish.
Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur. Geografiya darslarida bilim,
malaka, tarbiyaviy g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar ochib
beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va
amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Geografik ilmiy bilimlar asosiy va ikkinchi
darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishga yordam beradigan, amaliy faoliyat va hayot bilan bog’liq bo’lgan
ko’nikma va malakalar kiradi. Asosiy bilimlarga dalillar, umumiy tushunchalar va
tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari,
faoliyat turlari haqidagi bilimlar kiradi. Mazkur bilimlar har bir geografiya predmeti
bo’yicha asosiy yakuniy bilimlar bo’lib hisoblanadi.
Asosiy bilimlarni chuqurroq va to’laroq o’zlashtirish uchun geografiya
ta’limida ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni
shakllantirish, tushunchalarni belgilanishini aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi.
Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakllantirish,
tushunchalarni aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga
tabiiy geografiyada tadqiqot materiallarini o’rganish ya’ni yer po’stini, okeanni,
atmosferani o’rganish, usullari haqidagi ma’lumotlar, materiklarni o’rganish va
ulardagi aholining xo’jalik faoliyati haqida bilimlar, ular dasturda albbata
o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlar qatoriga kiritilgan.
Yuqoridagi bilimlardan tashqari dastur va darsliklarda uchramaydigan
qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, gerbi (tamg’asi),
aholini turmush sharoiti, odatlari haqidagi bilimlar o’quvchilarni bilish faoliyatini
rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha material darsda qo’shimcha vaqt
bo’lganida foydalaniladi.
Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash geografiya darslariga qo’yiladimgan
asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida beriladigan
bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni muhofaza
qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni xyotga
bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi.
Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish va
qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezidenti asarlari, davlat
qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish
uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina
o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi.
Darsni kasbga yo’naltirilganligi. Geografik bilim va ko’nikmalarni egallash
jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich
tabiiy geografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida geodezis va
topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda geologlar kasbi haqida,
gidrosferani o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi
va boshqa kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir
materikni tekirilish tarixini o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham
ma’lumotlar beriladi. Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va
qonuniyatlarni ochgan olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi.
Dars tuzilishini aniqlash xam asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars
tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv materialini
mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars
turiga e’tibor beriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish,
o’rganilgan darsni mustaxkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida
qismlarini asoslash va ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan,
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “Masshtab” mavzusini o’rganganda uni
quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, sonli
masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. Darsning
tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda ulardan oldingi va
keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi.
O’qitish metodlarini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsning tuzilishi
bilan bevosita bog’langan. Har bir dars tuzilmasi uchun aloxida metod tanlanadi.
O’qitish metodlari deganda o’qituvchi va o’quvchilarni ta’lim maqsadlarga
erishishdagi birgalikdagi va xamkorlikdagi faoliyatidir. Darsning mazmuniga ko’ra
tanlangan o’qitish metodlariga qo’yiladigan asosiy talablaridan biri dars jadvalida
o’quvchilarni bilish faoliyatini ta’minlashi lozim. Tanlagan o’qitish metodi sinfdagi
barcha o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtirishi, geografik bilim va
ko’nikmalarni olishga qiziquvchanlikni kuchaytirishi lozim. Bunda shuni esdan
chiqarmaslik lozimki o’quvchilarni faol bilish faoliyati geografik bilim
manbalaridan foydalanish ko’nikmalari shakllantirilgandagina ta’minlanadi.
Masalan, xaritalar, darslik, chizmalar va h.k.
Geografiya darslarida predmetlararo aloqalarni aniqlash. Geografiya fani
tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy fanlar tizimiga kirganligi munosabati bilan qator
predmetlar bilan chambarchas bog’langan. Geografiya predmetining noyob va
o’ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy vazifasi atrof muxit to’g’risida, xo’jalik va ijtimoiy
soxa bo’yicha turli xil bilimlarni umumlashtirishiga imkon beradi. Geografiya
darslarida tarix, geografiya, ximiya, fizika, matematika fanlari bilan aloqalarni
aniqlash va asoslab berish o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtiradi.
Geografiya darslarida o’lkashunoslik tamoillariga amal qilish. Geografiya fani
tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni bergani uchun unda o’lkashunoslik
tamoillaridan foydalanishni katta imkoniyatlari mavjud. Geografiya predmetlaridagi
deyarli barcha mavzularni o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanib o’rganish
mumkin. Relyef mavzusini maktab atrofidagi relyef shakllari orqali tushuntirish
mumkin, gidrosfera mavzusini maktab atrofidagi suv obbektlar misolida, qishloq
xo’jaligi yoki sanoatni o’z yashayotgan joyi misolida o’tish mumkin. Mazkur
tamoilni qo’llash geografik bilimlarni oson va tez o’zlashtirishiga xamda hamda
o’quvchilarni o’z vataniga va yashab turgan joyiga mexr muxabbat ruxida
tarbiyalashga yordam beradi.
Iqtisodiy ta’lim tamoyilini xisobga olish. Geografiya ayniqsa iqtisodiy
geografiya darslarida o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya berish katta
axamiyatga ega. Har bir xo’jalik tarmog’ini o’rganishda ularni iqtisodiy samarasi
haqida bilimlar beriladi, shu bilan birga xom ashyo va tabiiy resurslardan tejab
tergab foydalanish, o’z mulkiga va davlat mulkiga extiyotkorlik bilan munosabatda
bo’lishni o’rgatish o’quvchilarni iqtisodiy tarbiyasini yuqori darajaga ko’tarishga
imkon beradi.
Geografiya darslarida ekologik tarbiya berish. Geografiya fani atrof muxit va
xo’jalik xaqida bilim beradigan yagona fan bo’lganligi sababli unda o’quvchilarga
ekologik tarbiya berish katta imkoniyatlariga ega. tabiiy va iqtisodiy geografiya
predmetlarini o’rganishda har bir mavzu bo’yicha ekologik bilim ta’lim va tarbiya
berish mumkin. Ayniqsa O’rta Osiyodagi regional ekologik muammolarni yoritib
berish yoki ulardan misollar keltirish katta axamiyatga ega.
Geografiya darslarining tuzilishi
Geografiya darslarini tuzilishi didaktika va geografiya o’qitish metodikasida
umum qabul qilingan qoidaga asoslangan. Mazkur qoidalarga binoan geografiya
darslari quyidagi qismlardan iborat: bilmini tekshirish (uyga berilgan vazifalarni
tekshirish va baxolash) yangi mavzuni o’qitish; yangi mavzuni mustaxkamlash;
uyga vazifa berish.
Tashkiliy qism.
Mazkur qismda yoki bosqichda o’quvchilar bilan
salomlashiladi, yo’qlama qilinadi, tozalik tekshiriladi, o’quvchilarni kitob, daftar,
atlaslari borligi tekshiriladi. So’ngra o’quvchilarni darsga tayyorlaydi. Bunda o’tgan
mavzu va yangi mavzuni ilmiy va amaliy ahamiyati haqida o’quvchilarga
ma’lumotlar beriladi va ularni darsga tayyorlaydi.
O’quvchilar bilimini tekshirish va baholash. Geografiya darslarining eng asosiy
qismlaridan biri hisoblanadi. Mazkur qism yangi darsni o’tish uchun asos bo’lib
xisoblanadi. Darsda asosiy materialni o’zlashtirish darajasi tekshiriladi. Olingan
bilimlarni o’xshash va yangi o’quv sharoitida qo’llash tekshiriladi. Bunday
bilimlarga dunyoqarash g’oyalari, nazariy bilimlar (umumiy tushunchalar,
tamoillar, aloqalar, qonuniyatlar), dalillar va o’quv ishlari usullari kiradi. Bilimlarni
tekshirishning mazmuni mazkur bo’limni yoki kursni o’qitishni yakuniy natijalariga
mos kelishi lozim. Ular dasturlarda berilgan bo’ladi. O’quvchilar bilimi va
ko’nikmalarini tekshirish uchun turli xil usullar qo’llaniladi. O’quvchilarni bilim va
malakalarini ma’lum bir mavzu bo’yicha tekshirish uchun o’qituvchi svollarni yoki
tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab qo’ymog’i lozim.
Yangi mavzuni o’rganish. Deyarli barcha darslarda yangi mavzuni o’tish qismi
albatta bo’ladi. Yangi mavzuni o’tishda yangi bilimlar ko’nikma va malakalar
shakllantiriladi. Darsga ajratilgan vaqtning katta qism yangi mavzuni o’rganishga
sarflanadi. Yangi mavzuni mazmuni va xajmi o’quv dasturlarida berilgan bo’ladi,
darsliklarda esa ular aniqlashtiriladi. Dastur o’qituvchi uchun asosiy vosita bo’lib
xisoblanadi. Yangi darsning mazmuni o’qituvchi tomonidan tanlab olinadi. Bunda
mavzu bo’lim yoki butun kursni o’quv maqsadlaridan kelib chiqdi. O’qituvchi uchun
dasturda yangi materialni o’tish uchun asosiy va qo’shimcha materiallar tizimi
beriladi. Qo’shimcha materiallarga turli xil daliliy ma’lumotlar kiradi. Ular mavzuni
asosiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Yangi mavzuni o’rganish natijasida
o’quvchilarni bilmi kengayadi va chuqurlashadi, o’rganilayotgan voqea va
hoisalarni moxiyati ochib beriladi. Geografik bilimlar va ko’nikmalarni amaliy
tomonlari ko’rsatiladi. Yangi mavzuni o’rganish ilgari olingan bilimlarga tayangan
xolda amalga oshiriladi. Demak, xar bir mavzuni o’rganayotganda predmetlararo va
ichki predmetlararo aloqalar ochib beriladi. Masalan, VI va VII sinflarda xar bir
materikni va yirik o’lkalarni relyefini o’rganishda V-sinfda letosfera mavzusida
o’tilgan bilimlarga suyanadi.
Olingan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash geografiya darslarini asosiy
qismlaridan biri xisoblanadi. O’quvchilar bilimini mustaxkamlash ikki usulda olib
boriladi: bosqichli, yakuniy.
Geografiya darslarida ko’proq bosqichma bosqich bilim va ko’nikmalarni
mustaxkamlash keng tarqalgan. Bunda o’rganiladigan yangi mavzu bir necha
mantiqiy qismlarga bo’linali. Har bir qismni o’tib bo’lingandan so’ng olingan
bilimlar mustaxkamlanadi. Masalan, V-sinfda masshtab mavzusini ;o’rganishda uni
quyidagi mantiqiy qismlarga bo’lishimiz mumkin: masshtab nima; sonli masshtab;
chiziqli masshtab;so’zli masshtab. Demak, ushbu mavzuni o’rganishda o’qituvchi
masshtab haqida tushuncha beradi va uni mustaxkamlaydi. So’ngra sonli, chiziqli va
so’zli masshtablarni tushuntirib olingan bilimlarni yangi misollarni o’quvchilarga
yechtirish orqali mustaxkamlaydi.
Olingan bilimlarni bir necha usullar yordamida mustaxkamlash mumkin: test
topshiriqlari; amaliy ishlar; mustaqil ishlar va h.k
O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich mustaxkamlash bilan
birga yakuniy mustaxkamlash xam mumkmn. Bunda o’quvchilarga tarqama
material berish, yoki bo’lmasa 3-4 ta o’quvchidan og’zaki so’rash orqali xam
bilimlarni yakuniy mustaxkamlash mumkin. SHundan so’ng o’quvchilar bilimlariga
qo’yilgan baholar e’lon qilinadi ularning kamchiliklar to’g’rilaniladi va dars
yakundanadi.
Uyga vazifa berish. Darsning yakunida uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa
mavzusi sinf taxtasiga yozib qo’yiladi. SHundan so’ng uni bajarish bo’yicha
o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatmalar beradi.
Uyga vazifa ko’p hollarda darsning oxirida beriladi. Bunda o’quvchilar uy
vazifasini maqsadi va moxiyatini tushunib yetishmaydi. Ko’p xollarda o’qituvchi
xam uy vazifasini berib ham , tushuntirib xam ulgurmaydi. SHuning uchun uyga
vazifa darsning boshida, yangi mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng berilsa uni qanday
bajarishni o’quvchilarga to’laroq tushuntirib berish mumkin.
Uyga berilgan vazifani tushuntirganda uni o’ziga xos xususiyatlarini xisobga
olmoq zarurdir. Matin bo’yicha beriladigan vazifalarni xaritalar, jadvallar va
chizmalar bo’yicha beriladigan topshiriqlarni aloxida tushuntirish lozim.