Geografiya darslarini rejalashtirish Geografiya darsning yillik va kundalik rejasini ishlab chiqish
Yuklangan vaqt
2024-12-30
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
32,7 KB
Geografiya darslarini rejalashtirish
Geografiya darsning yillik va kundalik rejasini ishlab chiqish
Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida
geografiyani o’qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan
asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan
darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy
bog’liq. Chunki darsda darsdan tashqari ishlar masalan, geografiya maydonchasida
olib
borilgan
o’lchov
ma’lumotlari,
tayyorlangan
ko’rgazmali
qurollar,
ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kollektsiyalardan foydalaniladi. Sinfdan
tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning geografiya o’quv fanlaridan o’zlashtirgan
bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga
ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi.
Demak, geografiyani o’qitishda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari
mashg’ulotlar, ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni
o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirish lozim.
O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish
asnosida geografik ta’lim samaradorligiga erishish, o’quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, umumgeografik va xususiy tushunchalar hamda
o’quv-amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga
o’rgatishni nazarda tutadi.
Geografiyani o’qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o’qituvchi
o’quv yili boshida yillik reja tuzishi lozim. Mazkur reja geografiyani o’qitishning
barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan o’rin olgan boblar
va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga
olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, ekskursiyalar, darsdan
va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.
Geografiya darslarini rejalashtirish ikki qismdan iborat: yillik va dars rejasi,
darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars
rejalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni
egallashi shuncha tez va oson bo’ladi.
Geografiya o’qituvchi yillik, ya’ni yillik reja tuzishi uchun:
• O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi
mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur
qilishi;
• Mavzularni o’qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi
maqsadlari,
o’quvchilarda
shakllantiriladigan
biologik
tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish
metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi.
• O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni
va muddatlarini aniqlashi;
• Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini
belgilashi;
• Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo
bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi;
• O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni
tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi;
• Amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan
jihoz va asboblarini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi yillik rejada o’qitish jarayonining yaxlitligini
nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda
o’qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni o’tkazish
muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida geografiya bo’yicha
o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining quyidagi shakllari qabul
qilingan: dars va ular bilan bog’liq bo’lgan ekskursiyalar, uy vazifalari, darsdan
tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu o’qitishning
barcha shakllari - o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars bilan uzviy bog’liqdir, ular
geografik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy ko’nikmalarni
rivojlantiradi.
Yillik rejalashtirishda ma’lum bir geografiya predmeti bo’limlari bo’yicha
o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda
o’qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro
bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularni
shakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni,
amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli rejalashtirish
quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:
a) ma’lum bir kurs
bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; b) ma’lum bir kurs
bo’yicha dars turlarini aniqlashga; v) o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlikda
faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashga. Odatda mavzuli rejalar
soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilgan
holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jallangan bo’ladi.
Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy xususiyati
ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. Shu munosabat
bilan har bir geografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar
tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich bo’lmog’i
lozim. Shuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf predmeti bo’yicha,
bo’limlar va mavzular bo’yicha rejasi ma’lum bir - biri bilan bog’langan tizim deb
qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas
bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz mumkin: tabiiy
geografiya va iqtisodiy geografiya. Ushbu ikki tizim bir-birini to’ldirishi lozim.
Tabiiy geografik tizimning o’zi alohida geografiya predmeti tizimidan, ular esa
bo’limlar, mavzular tizimlaridan iborat. Shuning uchun har bir darsni ma’lum bir
yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim deb qarash mumkin.
Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli xil
didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi material
o’rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin ya’ni
tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan bilim va
ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda geografiyani o’qitishda
foydalaniladigan yillik rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida
berilmoqda.
O’quv yili uchun tuzilgan yillik reja qat’iy emas, unga yil davomida
muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish, ekskursiya
va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari o’zgartirilishi
mumkin.
Dars rejasi. Dars rejasi har bir ajratilgan soat doirasidagi mavzuga tuziladi.
Dars rejasi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi. Darsning mavzusi: darsning
maqsadi; darsning jihozi; darsda qo’llaniladigan o’qitish metodi; dars mavzusining
qisqacha tavsifi; dars mavzusida uchraydigan geografik nomlar tizimi; dars
mavzusida uchraydigan olimlar; dars mavzusida uchraydigan atamalar; darsni
mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlartizimi; uyga vazifa berish.
O’qituvchini darsga tayyorgarligi
O’qituvchi har bir darsga chuqur va to’la tayyorlanmog’i lozim. O’qituvchini
darsga tayyorgarligi quyidagi qismlardan iborat: darsni maqsad va vazifalarini
aniqlash; darsning mazmunini aniqlash; o’qitishni metodlarni aniqlash; o’qitish
vositalarini tanlash; darsni tarkibiy tuzilishini aniqlash. Darsni maqsadi bu mazkur
dars davomida o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida o’quv tarbiya va rivojlantirish
bo’yicha erishadigan oldindan rejalashtirilgan yakuniy natijadir. Darsning
maqsadi mazkur mavzu bo’yicha dasturdagi va darslikdagi materiallar mazmunini
ishlab
chiqish asosida aniqlanadi. Darsning maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab
chiqishga, o’qitish materialini tanlashga va darsni borishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Maqsad aniqlangandan so’ng ushbu maqsadga erishish uchun darsning tuzilishi
ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi talablarga javob berishi
mumkin:
- darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo’lmog’i lozim;
Boblar
va
mavzular
Soat
Sana
Sinf
Fanlararo
bog’lanish
Ekskur
siya
Sinfdan
tashqari
ishlar
- darsning maqsadida o’quvchilar qanday bilimlarni egallashlari, qanday
ko’nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo’lmog’i lozim;
-darsda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi yoki ularni
chuqurlashtirish ko’rsatilishi lozim.
Darsning mazmunini aniqlash. Darsni mazmunini quyidagi bilim manbalar
asosida aniqlash mumkin:
- darslik asosida. Darslikda xar bir mavzu uchun aloxida matn ajratilgan
bo’ladi. Matn, rasmlar, chizmalar va jadvallar bilan jihozlangan bo’ladi. Matnni
oldida o’tgan darsga doir yoki matnni mazmunini tushunishni yengillashtiradigan
savollar beriladi. Matnni oxirida esa olingan bilimlarni va ko’nikmalarni
mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar tizimi beriladi;
- mazkur kur uchun nashr qilingan metodik qo’llanmalarda xar bir mavzu yoki
bo’limni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan. Demak darslik bilan birga
metodik qo’llanma xam dars mazmunini ishlab chiqishda asosiy manba bo’lishi
mumkin;
- qo’shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda muxim
manba
bo’lib
xisoblanadi.
Masalan,
O’zbekiston
iqtisodiy
rayonlari
o’rganayotganda har bir viloyat bo’yicha chiqarilgan kitob va risolalardan
foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o’rganayotganda har bir
materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag’ishlangan kitoblardan foydalanish mumkin;
- kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma’lumotlaridan ham dars
mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin;
- dars yana qiziqarliroq o’tishini ta’minlash uchun sayyoxlar va olimlarning
esdaliklari, turli xil xalqlarning urf-odatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish
ham katta natija beradi.
Dastlab darsni ta’limiy va g’oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars nixoyatda
murakkablashib, materiallar ko’payib ketmasligi uchun o’quv mavzusi mazmuni
ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar ajratiladi.
Ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar darsni asosiy mazmunini oydinlashtirish
va chuqurlashtirish maqsadida ishlatiladi. Ayrim xollarda darsda ko’zlangan
materiallarni o’rganib bo’lmaydi, bunday xollarda qolgan material uyga vazifa
sifatida beriladi va uni o’quvchilar mustaqil o’rganishadi.
Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so’ng o’qituvchi uni bayon qilish rejasini
ishlab chiqadi.
O’qitish metodini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsni maqsadi va
o’quv materiallari mazmuniga bog’liq.
O’qitish metodini tanlash o’rganiladigan mavzuni mazkur kursda tutgan
o’rniga bog’liq. Ma’lum bir kursni o’rgangan sari o’quvchilarni bilimlari ortib
boradi, shundan so’ng reproduktiv usulni qo’llash mumkin. Bundan tashqari ijodiy
usullarni ham qo’llash mumkin. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini ikkinchi
regional qismini o’quvchilar xaritalar yordamida mustaqil o’rganishlari mumkin.
Xuddi shunday ishlarni o’quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy
geografiyasini aloxida davlatga bag’ishlangan qismini o’rganishda xam amalga
oshirishlari mumkin. O’qitish metodlarini tanlashda o’quvchilarni yoshlari ham
xisobga olinmog’i lozim. Quyi sinf o’quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan eshita
olishmaydi. Tez toliqishadi va zerikishadi. SHuning uchun quyi sinflarda o’qituvchi
o’qitish metodlarini tez-tez o’zgartirib turishi zarur. Bunda o’yinlardan foydavlanish
katta samara beradi, chunki bunday sharoitda o’quvchilar toliqmaydi va kerakli
bilim va ko’nikmalarni tez o’zlashtiradilar.
Dars uchun o’quv vositalarini tanlash ham muxim ishlardan xisoblanadi. O’quv
vositalarini tanlash o’qituvchi uchun unga murakkab bo’lmagan ish xisoblanadi,
chunki dasturda xar bir mavzu bo’yicha zarur bo’lgan o’quv vositalarining turlari
berilgan bo’ladi. O’qituvchini vazifasi ulardan darsning qaysi qismida va qanday
foydalanishni aniqlash xisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha savollar va
topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini
egallashlarini osonlashtiradi.
O’quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni xisobga olish zarur:
- o’quv vositalari darsni mazmuniga mo bo’lishi lozim;
- o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi zarur;
- o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi lozim;
- o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon yaratishi
lozim;
- o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini
osonlashtirishi lozim.
O’qitish metodi va vositalari to’ri tanlangan darsning samaradorligi yuqori
bo’ladi.
Geografiya darsi tahlili va tahlilga qo’yiladigan talablar
Dars tahlili o’qituvchilar ortasida o’zaro tajriba almashish, pedagogik
mahoratni tahlil qilisg va o’rganish, turli metodlardan dars jarayonida foydalanish
yo’llarini o’rganish kabi bir qancha maqsadlarda amalga oshiriladi. Geografiya
darsining taxlili quyidagi tartibda olib boriladi:
1.
Maktab, sinf, fan oqituvchisining familyasi ismi.
2.
Dars mavzusi, uning maqsadi va vazifalari.
3.
Darsdagi o’quv materyalining mazmuni, ilmiyligi, dasturga muofiqligi,
tarbiyaviy yo’nalishi, dars mazmunida nazariya bilan amaliyotning aloqadorligi
4.
Darsning borishi, izchilligi o’zaro bog’lanish va uning qisimlari o’rtasidagi
bog’liqligi, o’quvchilar bilimini tekshirish, ta’lim metodlarining tanlanishi. Dars
samaradorligini oshirishga qaratilgan talablar. O’quvchilarning faoligini oshirish,
o’quvchilar ulgurmovchiligini oldini olish uchun ko’riladigan tadbirlar.
5. O’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil qilishda o’qituvchining
rahbarligi: a) oqituvchining ish metodi, maqsadga erishishda qatiyatligi
o’quvchilarga nisbattan talabchanligi ularni nazorat qilib turishi, o’qituvchining
nutqi, madaniyati, pedagogik mahorati va xokazo.
6. Darsda o’quvchilarning mustaqil ishlari, darsga qiziqishi ular bilish
faoliyatining faolligi, o’quvchilar bilim olishga jalb etish metodlari.
7. Dars natijasi ijobiy tamoni va kamchiliklari. Dars bo’yicha umumiy
xullosa. Shu dars mavzusi bo’yicha o’qituvchining ishini yaxshilash,
o’quvchilar faolligini oshirish bo’yicha va muloxazalar.
O’qituvchi darsini kuzatish tartibi quyidagicha amalga oshirildi:
1. Darsga tayyorlanish: darsning talimiy va tarbiyaviy axamiyati,
darsning reja-ko’chirmasi, o’quv qo’llanmalari, sinf xonasini tayyorlash,
o’qituvchining darsga tayyorgarligi.
2. Darsning boshlanishi va uning tashkiliy qismi: sinf darsga tayyormi?
Zarur kartalar osilganmi? Sinf doskasi tayyormi? Texnika vositalari kartinalar
tayyormi? Darsga nisbattan sinf o’quvchilarining kayfiyati qanday?
3. Uy vazifalarini tekshirish: tekshirish metodi , tekshirish jarayonida
o’quvchilar xolati, uy vazifasini bajarmagan o’quvchilar xolati.
4. Tekshirilayotgan bilimning yangi mavzu bilan bog’liqligi, bilimlarni
tekshirishda karta vositalaridan foydalanish axvoli, o’qituvchi baxosini obektiv
qo’yilganligi ko’nikmalarini egalash axvoli.
5. Yangi materyalni o’rganish ; o’quvchilar dars mavzusi bilan tanishtirish.
Yangi materyalni maqsadini ochib beradimi? Yangi materyalni o’rganish va
tushuntirish tartibi? Yangi materyalni ta’limiy tarbiyavi axamiyati.
O’rganiladigan tushunchalar atamalar va nomlar.
6. O’rganilgan darsni mustaxkamlash, yangi mavzuni qaysi savollari
mustaxkamlanadi. Mustaxkamlashda qanday metodlar qo’llaniladi.
Mustaxkamlasgda maqsadga erishiladimi?
7. Dars davomida bajarilgan amaliy va mustaqil ishlar.
8. Uy vazifasi topshiriqni ng mazmuni darslik va kartalardan foydalanish
ko’rinishlari mavjudmi? Uy vazifasini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berildimi?
Dars tahlilining taxminiy mazmuni
I. Darsga tayyorgarlik
a) Darsning mavzusi b) darsning maqsadi v) darsga oid o’quv qurollari
g) darsga o’quvchilar tayyorligi.
II.
Darsni ng boshlanishi
a) O’quvchilar intizomi
b) dars mazmunining xozirgi zamon geografiya fani bilan bog’liqligi.
v) yangi mavzu bilan o’tilan mavzuni bog’lanishi
III Oquvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalarini tekshirish
a) o’quvchilar bilimini tekshirish uchun savvillar qo’yilishi;
b) o’quvchilar malakasini tekshirish uchun savollar ;
c) qoyilgan savollarning o’quvchilar saviyasiga mosligi
d) savollarni yechishda o’quvchilar faolligi va bu borada ko’rilgan tadbirlar
e) so’rash shakli yalpi yakka
IV.Yangi mavzuni o’rganish
1. o’quvchilarning yangi bilimlarni o’rganishni tashkil qilish bo’yicha
o’qituvchi ish metodlarini o’rganish
2. o’qituvchining yangi bilimlarini mazmu nini bayon qilishni baxolash
a) ta’lim- tarbiyaviy
b) darsning umumiyligi
c) fanlararo aloqlar o’rnatish
d) o’rganilayotgan materyallarning amaliy axamiyati
e) tayanch bilimlarni ishlata olish
f) yangi materyallarni bayon etish uslub va metodlari.
g) Amaliy ishlarni tashkil etish ko’rgazmalikdan foydalanish
h) Mustaqil ishlar tashkil etish
i) Materyallarning o’quvchilar yoshiga
mosligi j) O’quvchilar bialn yakka tartibda
ishlash
k) Yaxshi 200 abo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan
ishlash l) Texnika vositalaridan foydalanish
V Darsning bzarcha boshqichlarida o’quvchilar ishlarini baholash
a) O’quvchilar diqqti faolligi
b) O’qituvchi savollariga javob berish tezligi
c) O’qituvchining o’tirib javob berishdagi holati bilan taxta oldida
javob berishni qiyoslash
d) Javobni karta bilan boglay olishi
e) Materyallarni tartib bilan yorita olish
VI. Yangi materyallarni mustaxkamlash
a) Dars rejasida yangi materyallarini mustaxkamlashni ng o’rni
b) Materyalni mustaxkamlash metodi (suxbat o’quvchilarning mustaqil
ishlari va xokazo)
VII. Uyga vazifa
- Darsda uy vazifasini o’rni
- Uy vazifasining o’quvchilarga tushunarli bo’lishi
- Uy vazifasini bajarishni yangi yo’llari
- Uy vazifasini bajarish uchun o’qituvchining yo’l yoriqlari va ko’rsatmalari
- Uyga vazifani bajarishda juda ko’p vaqtni olmaydimi
- Uy fazifasini bajarishda qanday ko’nikmalar egallash mumkun
VIII. O’qituvchining pedagogik mahorati
- Oqituvchi qiyofasi dars berishdagi mustaqilligi fikrni to’liqligi
bilim darajasi
- O’zini va sinfni boshqara olish intizomini yo’lga qo’yish
- O’quvchilar bilan muomlasi pedagogik fakt
- O’qituvchi nutqi ravonligi
IX. Darsga umumiy baxo berish va xullosalash
- Qo’yilagan maqsad va ta’lim tarbiyaviy vazifani amalga oshirish
- O’quvchilar qanday yangilikga erishdilar
- Qanday bilimlar tizmlandi
- Darsga qo’yilgan vazifalarning (ta’limning tarbiyaviy
rivojlantiruvchi bajarilishi)
- O’qituvchi faolliyati ( a talimiy va tashkiliy ta’lim maqsadi,
vazifalari) metodlariga javob bera oladimi
- O’qitvchining qaysi xislatlari ijobiy
- O’qituvchini g sizga yoqmagan tamonlari n
- Darsni tashkil etishdagi takliflar
- Darsning bahosi: