Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi Geografiya darsligining tuzilishi.
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
26,5 KB
Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi
Geografiya darsligining tuzilishi.
Geografiya ta’limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo’lib hisoblanadi,
shuning uchun ular asosiy o’qitish vositalaridir.
Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo’lishi, metodik aparati
pedagogik jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi
o’quvchilarni o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Darslik juda ko’p ta’limiy
vazifalarni bajaradi. Darslik bilan ishlaganda o’quvchilar quyidagi ishlarni
bajarishadi: matn bilan ishlash usullari; kartografik ma’lumotlar bilan ishlash
usullari; statistik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar, fotogrfiyalar
bilan ishlash usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari; matndan tashqaridagi
materiallar bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan ishlash usullari va h.k.
Geografiya o’qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va
o’zlashtirgan taqdirdagina darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish
mumkin.
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo’linadi (3-rasm): a) darslikning
o’quv matni: b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri yana
o’z navbatda alohida - alohida qismlarga bo’linib ketadi.
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o’quvchilar uchun yangi
ma’lumotlar beriladi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini bajaradi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: a) savol va topshiriqlar;
a)
mundarija, shriftlar; v)ko’rgazma metodlar.
Har bir darslikda juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular
tushunchalarni o’zlashtirishga, geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalarni
aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni
turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn ichida; matnning oxirida.
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar tomonidan
ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, biror
hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar haqidagi bilimlarini
faollashtirish.
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini yangi
o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida berilgan savol va
topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltiradi. Masalan,
daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan nima, daryo vodiysi, daryoni
to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash mumkin.
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni umumiy
dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi.
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi haritalar;
muqovadagi haritalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va
fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko’rgazmalar faqat matn
mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbaii bo’lib ham hisoblanadi.
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug’atida
mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yhati beriladi.
Darslik bilan ishlash texnologiyasi
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi. Darslik
bilan ishlash texnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u
bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan ishlash; darslikdagi haritalar
bilan ishlash; matndagi chizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash;
matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan
ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari.
O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi.
Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni
nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilganini o’quvchilarga
tushuntiradi. Shundan so’ng darslikning tarkibiy tuzulishi ochib beriladi (kirish,
necha qism, necha bob, ilovaning bor yo’qligi). Masalan, 7-sinf darsligini oladigan
bo’lsak, darslik O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi deb nomlanadi,
darslikni mualliflari P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov
hisoblanadi, darslik “O’qituvchi” nashriyotida 2017 yil chop etilgan. Darslik kirish,
ikkita bo’lim, 9 qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta Osiyo
tabiiy geografiyasiga bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbekiston tabiiy
geografiyasi bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7 ta jadvaldan iborat
(tog’ cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, suv omborlar,
qo’riqxonalar). Darslikning umumiy hajmi 174 bet. Darslikdagi 59 ta rasm berilgan.
Rasmlar haritalardan, diagrammalardan, chizmalardan iborat.
Shundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish,
darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik, buzmaslik, yirtmaslik va h.k)
Darslikning matni bilan ishlash. Darslikni matni bilan ishlash quyidagi
qismlardan iborat: izohli o’qish, matni asosida reja tuzish, matnni ma’lum bir
qismini o’qib so’ngra so’zlab berish.
Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga izoh beriladi.
Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo’lim 14-§ dan quyidagi jumlani keltirishimiz
mumkin: “Tekisliklar O’rta Osiyoning markaziy, g’arbiy va Shimoliy qismlarida
joylashgan. O’rta Osiyoning anchagina qismini Turon tekisligi egallagan. Bu
tekislikda O’rta Osiyoning yirik cho’llari - Qoraqum va Qizilqum joylashgan” (41
bet). Mazkur jumlani o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox beradi. Izox berganda
tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so’zlab, O’rta Osiyodagi eng yirik
bo’lgan Turon tekisligini haritadan ko’rsatib, uning asosiy xususiyatlarini gapirib
beradi.
Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish. Bunda matn ma’lum bir qismlarga
bo’linib o’quvchilarga bo’lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja tuzish
vazifasi beriladi. Masalan, O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va foydali
qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
- paleozoy erasida hududning rivojlanishi;
- mezozoy erasida hududining rivojlanishi;
- kaynazoy erasida hududning rivojlanishi;
- zilzilalar;
- foydali qazilmalar.
Shulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish mumkin:
yoqilg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, neft, gaz), qora metall konlari, rangli metallar
konlar, mineral o’g’itlar konlari, qurilish xom ashyosi konlari (marmar, oxak, qum,
granit).
Darslikdagi haritalar bilan ishlash. Har bir sinf geografiya darsligining
matnidagi mavzuga oid turli xil haritalari mavjud. Haritalar 6,7,8 va 9-sinf
darsliklarida ko’proq. Matndagi haritalar asosan mustaqil ishlarni bajarishda
ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-sahifasida Yevrosiyoning tabiiy
geografik o’lkalari haritasi berilgan. Ushbu harita bo’yicha quyidagi topshiriqlarni
o’quvchilarga berish mumkin:
- Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini aniqlang
va ularning geografik joylanishiga baho bering:
- Yevropada joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang:
- O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi o’lkalar orasida joylashgan:
- Shimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va h.k.
Shunday taxlitda har bir mavzuli harita bo’yicha o’quvchilarga mustaqil ish
uchun vazifa berish mumkin.
Darsliklarda juda ko’p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va
iqtisodiy geografik obyektlarning tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun kartadagi
rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin. Geografiya
darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: buyuk olim va
sayyohlarning rasmlari; tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar
(tog’lar, tekisliklar, vodiylar, chuqurlar va h.k); tabiiy geografik jarayonlarning
oqibatlari va ko’rinishlarini tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zilzila
va h.k); iqtisodiy geografik obyektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv
ombolari, qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k).
Chizmalar haritalarga o’xshab darslikda juda ko’p uchraydi. Ular geografik
aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga tegishli qonuniyatlarni
o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yerga Quyoshdan keladigan
issiqlikni miqdori uning tushish burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar.
Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
-boshlang’ich tabiiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar (litosfera,
gidrosfera, atmosfera, biosfera, yer va olam mavzularida);
-materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiyo va O’zbekiston
tabiiy geografiya kurslari bo’yicha berilgan chizmalar;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. Mazkur
chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik tarmog’ini ma’lum bir
qismlarini ko’rsatkichlarini tasvirlaydi.
Umumta’lim
maktablari
geografiya
darslarida
jadvallardan
keng
foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda berilgan.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matndagi jadvallar ko’proq o’rin olgan.
Jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar berilgan. Ular orasida ma’lum bir
iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy
geografiya darsliklardagi jadvallarni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
siyosiy geografik; demografik; tabiiy resurslar; sanoat; qishloq xo’jaligi; transport
va xalqaro iqtisodiy aloqalar; regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan
jadvallar.
Jadvallarni tahlili bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar berish
mumkin.
Har bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi
sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli o’qish, matndagi
savollarga javob berish, matnning rejasini tuzish, matndagi asosiy fikrni aniqlash
muhim o’rin tutadi.
VI sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”ni o’rganishda quyidagi
holatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash, matnning mazmuni bo’yicha
chizmalar, rasmlar va jadvallar tuzish, matndan ma’lumotlarni ko’chirib olish,
geografik obyektlar ro’yxatini tuzish, matnni kengaytirilgan rejasini tuzish.
5-
sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz
murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:
matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil aloqalar va
bog’liqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o’lkalar), iqlimiy
jadvallar tuzish va h.k.
VIII- sinfda “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kursi o’tiladi.
Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja
tuzish, turli xil haritalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,ma’muriy, iqtisodiy,
transport va h.k.), jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslar, tarmoqlar
bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar), chizmalar (diagrammalar bilan ishlash) va h.k.
IX- sinfda “Jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi” kursi o’tiladi. Mazkur
kursni o’rganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi: matnni o’qib
xulosalar tayyorlash, iqtisodiy geografik haritalarni tahlil qilib ma’lum bir davlatni
iqtisodiy geografik tavsifini tuzish yoki bo’lmasa sanoat va qishloq xo’jaligi
rivojlangan hududlarni aniqlash, jadvalllarni tahlili asosida turli xil chizmalar va
diagrammalar tuzish va h.k.