Geografiya kabineti Geografiya kabineti va uni jihozlash

Yuklangan vaqt

2024-12-30

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

31,9 KB


 
 
 
 
 
 
Geografiya kabineti 
Geografiya kabineti va uni jihozlash 
 
 
Geografik bilimlarni o’zlashtirishda geografiya xonasi va unda joylashgan 
jihozlar katta ahamiyatga ega. Geografiya xonasi mavjud bo’lgandagina tegishli 
o’quv vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin. Geografiya 
xonasi o’quv vositalari majmuasini, mebellar, o’qituvchi va o’quvchilar uchun 
moslamalar, o’quv jihozlarini saqlash qurilmalari, texnik vositalar, ekspozittsion 
materiallar, ilmiy-metodik qo’llanmalardan iborat murakkab tuzum bo’lib 
hisoblanadi. 
Geografiya xonasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: a) o’quvchilarni joyi; 
b) o’qituvchini joyi; v)jihozlar. 
O’quvchilarni ish joyi. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki 
o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki temirdan qilingan bo’lishi mumkin. 
Bu yerda asosiy antropometrik talab, stol va stullarning balandligi o’quvchilar 
bo’yiga mos kelishi lozim. 
O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gigienik talablarga amal 
qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib joylashtirgan ma’qul. Ular sinf 
taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Deraza va stollar hamda stullar qatori 
oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Oxirgi qatoragi stullar bilan 
shkaflar orasida o’tish uchum masofa bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda 
bo’yiga qarab o’tirishi lozim. 
Geografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi. O’qituvchi odatda o’rta qatorni 
boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan joy 
hisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni hamma tomoni va sinfdagi barcha 
o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga javob 
bermog’i lozim: 
Geografiya kabineti Geografiya kabineti va uni jihozlash Geografik bilimlarni o’zlashtirishda geografiya xonasi va unda joylashgan jihozlar katta ahamiyatga ega. Geografiya xonasi mavjud bo’lgandagina tegishli o’quv vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin. Geografiya xonasi o’quv vositalari majmuasini, mebellar, o’qituvchi va o’quvchilar uchun moslamalar, o’quv jihozlarini saqlash qurilmalari, texnik vositalar, ekspozittsion materiallar, ilmiy-metodik qo’llanmalardan iborat murakkab tuzum bo’lib hisoblanadi. Geografiya xonasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: a) o’quvchilarni joyi; b) o’qituvchini joyi; v)jihozlar. O’quvchilarni ish joyi. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki temirdan qilingan bo’lishi mumkin. Bu yerda asosiy antropometrik talab, stol va stullarning balandligi o’quvchilar bo’yiga mos kelishi lozim. O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gigienik talablarga amal qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib joylashtirgan ma’qul. Ular sinf taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Deraza va stollar hamda stullar qatori oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Oxirgi qatoragi stullar bilan shkaflar orasida o’tish uchum masofa bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda bo’yiga qarab o’tirishi lozim. Geografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi. O’qituvchi odatda o’rta qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan joy hisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni hamma tomoni va sinfdagi barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga javob bermog’i lozim:  
 
1. Sinfni barcha tomoni hamda barcha o’quvchilar o’qituvchi nazoratidan chetda 
qolmasligi lozim. 
2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoish qiladigan yoki ulardan 
foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim; 
3. Geografiya darslarida ko’p hollarda asosiy o’quv vositasi sifatida haritadan 
foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar 
bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim. 
O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan oshmasligi 
lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida proeksion 
apparatlarni, deraza pardalarini, haritalarni tushuntirib va ko’taradigan boshqaruv 
pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan birga o’qituvchi stoli ham 
bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, daftarlari, darsga oid materiallar va 
sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 
75 sm, yuzasi 75x76 sm bo’lmog’i lozim. 
Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan turli 
o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
- yozish uchun; 
- chizish uchun; 
- chizmalarni, diagrammalarni, xomaki haritalarni chizish uchun; 
- jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun; 
- ekranli qo’llanmalarni namoishi uchun; 
- o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish; 
- o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun. 
Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105 sm 
jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni o’qituvchiga yaqin 
joylashtirilgani maqul. 
Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari va 
sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan foydalaniladi. 
Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan iborat bo’ladi. Bundan 
tashqari jihozlarni saqlash uchun ham sandiqlar bo’lishi lozim. SHkaflarda kitoblar, 
jurnallar, audio, video qo’llanmalar saqlanadi. 
Geografiya o’qitishni texnika vositalarini saqlash va ulardan foydalanish 
1. Sinfni barcha tomoni hamda barcha o’quvchilar o’qituvchi nazoratidan chetda qolmasligi lozim. 2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoish qiladigan yoki ulardan foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim; 3. Geografiya darslarida ko’p hollarda asosiy o’quv vositasi sifatida haritadan foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim. O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan oshmasligi lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida proeksion apparatlarni, deraza pardalarini, haritalarni tushuntirib va ko’taradigan boshqaruv pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan birga o’qituvchi stoli ham bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, daftarlari, darsga oid materiallar va sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 75 sm, yuzasi 75x76 sm bo’lmog’i lozim. Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan turli o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: - yozish uchun; - chizish uchun; - chizmalarni, diagrammalarni, xomaki haritalarni chizish uchun; - jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun; - ekranli qo’llanmalarni namoishi uchun; - o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish; - o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun. Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105 sm jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni o’qituvchiga yaqin joylashtirilgani maqul. Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari va sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan foydalaniladi. Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari jihozlarni saqlash uchun ham sandiqlar bo’lishi lozim. SHkaflarda kitoblar, jurnallar, audio, video qo’llanmalar saqlanadi. Geografiya o’qitishni texnika vositalarini saqlash va ulardan foydalanish  
 
uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kinoproektorlar, 
grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun). 
Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta bo’lmog’i 
lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
- o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi. Unda dars mavzusi, 
mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari, dars rejasi yozilgan bo’ladi; 
- o’quv jihozlari kartotekasi; 
- mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotekasi; 
- yozma ishlar kartotekasi; 
- mavzuli kartotekalar; 
- qo’shimcha adabiyotlar kartotekasi; 
- jurnallar va gazetalar kartotekasi; 
- davlatlar kartotekasi va h.k. 
Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil 
ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan xolda foydalanishni ko’zda tutilsa 
maqsadga muofiq bo’ladi. 
Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i 
lozim. 
O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy 
xo’jalik ishlari 
Geografiya xonasi o’quvchilarni bilim olish faoliyatini samarali tashkil 
qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun geografiya xonasini tashkil qilishga 
katta ahamiyat berilmog’i lozim. O’qituvchilarni geografiya xonasida qiladigan 
ishlari quyidagi bosqichlardan iborat: 
Birinchi bosqich. O’qituvchi geografiya xonasini qabul qilib oladi. Xonani 
qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: -
kabinetdagi mavjud bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxatini tuzadi. O’quv jihozlariga: 
mebellar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash moslamalari kiradi. 
Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan o’quv jihozlarini ro’yxati tuziladi. Shu 
bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxati ham 
tuziladi. O’quv xonasida mavjud o’quv jihozlari optimal xona jihozlari bilan 
solishtiriladi va xonaning jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. 
uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kinoproektorlar, grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun). Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta bo’lmog’i lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: - o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi. Unda dars mavzusi, mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari, dars rejasi yozilgan bo’ladi; - o’quv jihozlari kartotekasi; - mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotekasi; - yozma ishlar kartotekasi; - mavzuli kartotekalar; - qo’shimcha adabiyotlar kartotekasi; - jurnallar va gazetalar kartotekasi; - davlatlar kartotekasi va h.k. Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan xolda foydalanishni ko’zda tutilsa maqsadga muofiq bo’ladi. Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i lozim. O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy xo’jalik ishlari Geografiya xonasi o’quvchilarni bilim olish faoliyatini samarali tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun geografiya xonasini tashkil qilishga katta ahamiyat berilmog’i lozim. O’qituvchilarni geografiya xonasida qiladigan ishlari quyidagi bosqichlardan iborat: Birinchi bosqich. O’qituvchi geografiya xonasini qabul qilib oladi. Xonani qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - kabinetdagi mavjud bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxatini tuzadi. O’quv jihozlariga: mebellar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash moslamalari kiradi. Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan o’quv jihozlarini ro’yxati tuziladi. Shu bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxati ham tuziladi. O’quv xonasida mavjud o’quv jihozlari optimal xona jihozlari bilan solishtiriladi va xonaning jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi.  
 
Ikkinchi bosqich. Mazkur bosqichda barcha o’quv jihozlari ularga ajratilgan 
joylarga o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchining ish joyi tashkil qilinadi. O’quv 
vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni texnik vositalari va 
geografik haritalardan foydalanish uchun moslamalar bilan jihozlanadi. So’ngra 
quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
- geografiya xonasini qayta jihozlash, namoyish stendlari uchun materiallar 
to’plash, o’lkashunoslik materialini yig’ish bo’yicha ishlar rejasi tuziladi; 
- o’lkashunoslik burchagini va muzeyini jihozlash rejasi tuziladi. Unda o’lka 
tabiiy va iqtisodiy sharoiti tarkibiy qismlari namunalari, modellari va maketlari 
joylashtiriladi. Masalan, tog’ jinslari namunalari, qishloq yoki shahar modeli, 
qishloq xo’jalik yoki sanoat mahsulotlari namunalari; 
- geografik maydonchani jihozlash rejasi tuziladi; 
- geografiya xonalaridagi barcha jihozlar, asbob-uskunalar ro’yxati tuziladi. 
Uchinchi bosqichda va geografiya xonasini keyingi faoliyati davomida 
yetmayotgan jihozlar to’ldiriladi, eskilari yangilanadi, yangi jihozlar chiqqan bo’lsa 
ular olinadi va o’rnatiladi. Kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitib boriladi. Bir 
vaqtning o’zida geografiya xonalaridagi barcha o’quv jihozlari tartibga tushiriladi 
va katalogi tuziladi. O’lkashunoslik burchagi yoki muzeyi hamda geografiya 
maydonchasi jihozlanadi. 
Mazkur ishlarni barchasini geografiya o’qituvchisi o’zining xo’jalik- tashkliy 
faoliyati davomida bajaradi va uning muhim pedagogik faoliyatiga kiradi. 
Geografiya xonasi jihozlanish darajasi o’quvchilarni bilish faoliyatini samarasini 
belgilab beradi. Shuning uchun geografiya xonasini jihozlash bo’yicha o’qituvchi 
aniq rejani ishlab chiqmog’i lozim. 
Geografiya xonasidan o’quv va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish. 
Hozirgi vaqtda geografiya xonasidan samarali foydalanish muammosi 
hamon dolzarb muammolardan bo’lib turibdi. Chunki geografiya xonasidagi ayrim 
o’quv vositalari umuman yil davomida foydalanilmaydi, ayrimlaridan, masalan, 
geografik haritalar muntazam foydalaniladi. 
Geografiya xonasida joylashgan barcha o’quv vositalaridan dars jarayonida 
samarali foydalanish uchun ularni ta’lim jarayonida bir nechtasidan uyg’unlikda 
foydalanish zarurligini geograf-metodist olimlar takidlab o’tishgan (Yu.G. 
Ikkinchi bosqich. Mazkur bosqichda barcha o’quv jihozlari ularga ajratilgan joylarga o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchining ish joyi tashkil qilinadi. O’quv vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni texnik vositalari va geografik haritalardan foydalanish uchun moslamalar bilan jihozlanadi. So’ngra quyidagi ishlar amalga oshiriladi: - geografiya xonasini qayta jihozlash, namoyish stendlari uchun materiallar to’plash, o’lkashunoslik materialini yig’ish bo’yicha ishlar rejasi tuziladi; - o’lkashunoslik burchagini va muzeyini jihozlash rejasi tuziladi. Unda o’lka tabiiy va iqtisodiy sharoiti tarkibiy qismlari namunalari, modellari va maketlari joylashtiriladi. Masalan, tog’ jinslari namunalari, qishloq yoki shahar modeli, qishloq xo’jalik yoki sanoat mahsulotlari namunalari; - geografik maydonchani jihozlash rejasi tuziladi; - geografiya xonalaridagi barcha jihozlar, asbob-uskunalar ro’yxati tuziladi. Uchinchi bosqichda va geografiya xonasini keyingi faoliyati davomida yetmayotgan jihozlar to’ldiriladi, eskilari yangilanadi, yangi jihozlar chiqqan bo’lsa ular olinadi va o’rnatiladi. Kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitib boriladi. Bir vaqtning o’zida geografiya xonalaridagi barcha o’quv jihozlari tartibga tushiriladi va katalogi tuziladi. O’lkashunoslik burchagi yoki muzeyi hamda geografiya maydonchasi jihozlanadi. Mazkur ishlarni barchasini geografiya o’qituvchisi o’zining xo’jalik- tashkliy faoliyati davomida bajaradi va uning muhim pedagogik faoliyatiga kiradi. Geografiya xonasi jihozlanish darajasi o’quvchilarni bilish faoliyatini samarasini belgilab beradi. Shuning uchun geografiya xonasini jihozlash bo’yicha o’qituvchi aniq rejani ishlab chiqmog’i lozim. Geografiya xonasidan o’quv va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish. Hozirgi vaqtda geografiya xonasidan samarali foydalanish muammosi hamon dolzarb muammolardan bo’lib turibdi. Chunki geografiya xonasidagi ayrim o’quv vositalari umuman yil davomida foydalanilmaydi, ayrimlaridan, masalan, geografik haritalar muntazam foydalaniladi. Geografiya xonasida joylashgan barcha o’quv vositalaridan dars jarayonida samarali foydalanish uchun ularni ta’lim jarayonida bir nechtasidan uyg’unlikda foydalanish zarurligini geograf-metodist olimlar takidlab o’tishgan (Yu.G.  
 
Barishova 1983 y) 
Dars jarayonida o’quv vositalaridan uyg’unlikda foydalanish quyidagi 
samaralarni beradi: 
- geografik obyekt, voqea va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilishga 
yordam beradi. Masalan, tabiiy obyektlar, audioviziual va ko’rgazmali vositalar; 
- yangi darsni tushunishga va yangi tushunchalarni shakllantirishga imkon 
beradi. Masalan, chizmalar, haritalar, modellar va h.k; 
- 
olingan 
bilimlarni 
amalda 
qo’llashni 
taminlaydi. 
Masalan, 
ma’lumotnomalar, turli xil topshiriqlarni yechish uchun tayyorlangan tarqatma 
materiallar, yozuvsiz haritalar, test topshiriqlari, yozma topshiriqlar va h.k. 
O’quv jihozlari majmualari yoki ularning ayrim qismlari (tarkiblari)dan dars 
jarayonining turli qismlarida foydalanish mumkin (takrorlashda, yangi mavzuni 
o’rganishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda). Bevosita darslardan tashqari 
geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni, geografiya to’garagi mashg’ulotlarini 
o’tkazishda, o’lkashunoslik va boshqa ishlarni olib borishda ham foydalanish 
mumkin. 
Geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda juda katta 
ahamiyat kasb etadi. Geografiya xonasi jihozlaridan foydalanib o’quvchilar darsdan 
tashqari vaqtlarida geografik kechalar, sayohatlar, ekursiyalar, tanlovlar rejalarini 
tuzishlari mumkin. O’quvchilar geografik borliq, voqea va hodisalarni 
modellashtirish, ularni xomaki materiallarini yasash ko’nikmalariga ega bo’lishadi, 
texnik o’quv vositalaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishadi. 
Geografiya xonasidagi kutubxonadan foydalanib o’quvchilar sinfdan tashqari 
mutoala 
bilan 
ham 
shug’ullanishlari 
mumkin. 
Geografiya 
xonasidagi 
kutubxonalarda adabiyotlar quyidagi yo’nalishlarda saqlanadi: ilmiy-geografik, 
ilmiy-fantastik, ilmiy-ommabop, sarguzasht va badiiy adabiyotlar. Geografiya 
xonasiga keladigan kitoblar mavzular, bo’limlar, kurslar bo’yicha guruhlashtiriladi. 
Har bir kitobga annotatsiya yoziladi. 
Geografiya xonasida to’garak mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. O’quvchilar 
mashg’ulot va muhokama o’tkazish uchun turli xil mavzular va topshiriqlar beriladi. 
Geografiya xonasida o’quvchilar okean tubiga va Yer qariga sayohat uyushtirishlari, 
fazoga sayohat qilishlari, tropik o’rmonlarda yurishlari, o’z shahri, tumani, viloyati, 
Barishova 1983 y) Dars jarayonida o’quv vositalaridan uyg’unlikda foydalanish quyidagi samaralarni beradi: - geografik obyekt, voqea va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. Masalan, tabiiy obyektlar, audioviziual va ko’rgazmali vositalar; - yangi darsni tushunishga va yangi tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi. Masalan, chizmalar, haritalar, modellar va h.k; - olingan bilimlarni amalda qo’llashni taminlaydi. Masalan, ma’lumotnomalar, turli xil topshiriqlarni yechish uchun tayyorlangan tarqatma materiallar, yozuvsiz haritalar, test topshiriqlari, yozma topshiriqlar va h.k. O’quv jihozlari majmualari yoki ularning ayrim qismlari (tarkiblari)dan dars jarayonining turli qismlarida foydalanish mumkin (takrorlashda, yangi mavzuni o’rganishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda). Bevosita darslardan tashqari geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni, geografiya to’garagi mashg’ulotlarini o’tkazishda, o’lkashunoslik va boshqa ishlarni olib borishda ham foydalanish mumkin. Geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Geografiya xonasi jihozlaridan foydalanib o’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida geografik kechalar, sayohatlar, ekursiyalar, tanlovlar rejalarini tuzishlari mumkin. O’quvchilar geografik borliq, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni xomaki materiallarini yasash ko’nikmalariga ega bo’lishadi, texnik o’quv vositalaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishadi. Geografiya xonasidagi kutubxonadan foydalanib o’quvchilar sinfdan tashqari mutoala bilan ham shug’ullanishlari mumkin. Geografiya xonasidagi kutubxonalarda adabiyotlar quyidagi yo’nalishlarda saqlanadi: ilmiy-geografik, ilmiy-fantastik, ilmiy-ommabop, sarguzasht va badiiy adabiyotlar. Geografiya xonasiga keladigan kitoblar mavzular, bo’limlar, kurslar bo’yicha guruhlashtiriladi. Har bir kitobga annotatsiya yoziladi. Geografiya xonasida to’garak mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. O’quvchilar mashg’ulot va muhokama o’tkazish uchun turli xil mavzular va topshiriqlar beriladi. Geografiya xonasida o’quvchilar okean tubiga va Yer qariga sayohat uyushtirishlari, fazoga sayohat qilishlari, tropik o’rmonlarda yurishlari, o’z shahri, tumani, viloyati,  
 
Pomir va Tyanbshan tog’lariga sayohatga chiqishlari mumkin. To’garaklarning 
o’quv qo’llanmalari va vositalari tayyorlash bo’limi geografiya xonasini yangi 
o’quv vositalari bilan tanishishi mumkin. Geografiya to’garagini mazkur 
bo’linmasining ishlariga yuqori sinf o’quvchilarini ham jalb qilish mumkin. Bunday 
sharoitda geografiya xonasida yetishmaydigan jihozlar ro’yxati tuziladi va ular 
o’quvchilar yordamida tayyorlanib joy -joyiga qo’yiladi. 
O’quvchilar tomonidan olib boriladigan o’lkashunoslik materiallari geografiya 
xonasida o’lkashunoslik burchagiga o’rnatiladi va dars jarayonida foydalaniladi. 
O’lkashunoslik ishlari natijalari tog’ jinslari namunalaridan, gerbariylardan, sanoat 
va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalaridan, hamda diagrammalar, chizmalar, 
ko’rgazmali qurollardan iborat. Ular darsdan tashqari va tashqi ishlarda 
foydalanilishi mumkin. 
Geografiya xonasida fakul’tativ mashg’ulotlar ham o’tkazish mumkin. 
Fakul’tativ mashg’ulotlar topografiya, ekologiya, geologiya asoslari va boshqa 
fanlardan o’tkazilishi mumkin. Topografiyadan fakulbtativ mashg’ulotlar o’tkazish 
uchun geografiya xonasida tapografik asbob uskunalar (astrolyabiya, nivelir, reyka), 
topografik harita, kurvimetr, transportir, ugomer va boshqa jihozlar bo’lmog’i 
lozim. Geografiya darslaridan fakulbtativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun geografiya 
xonasida quyidagi jihozlar bo’lmog’i lozim: tog’ jinslari namunalari; toshqotgan 
o’simlik va hayvonlar namunalari; geologik kesmalar; geoxronologik jadval; turli 
xil geologik davrlarda yashagan o’simliklar va hayvonot dunyosi rasmlari va h.k. 
Tayanch so ’z va iboralar: Geografiya kabineti, o ’quv vositalari, o ’quv 
jihozi. fakultativ mashg’ulot, amaliy mashg’ulot, sinfdan tashqari ishlar, geografiya 
to ’garagi, sinf taxtasi, kartoteka. 
 
Pomir va Tyanbshan tog’lariga sayohatga chiqishlari mumkin. To’garaklarning o’quv qo’llanmalari va vositalari tayyorlash bo’limi geografiya xonasini yangi o’quv vositalari bilan tanishishi mumkin. Geografiya to’garagini mazkur bo’linmasining ishlariga yuqori sinf o’quvchilarini ham jalb qilish mumkin. Bunday sharoitda geografiya xonasida yetishmaydigan jihozlar ro’yxati tuziladi va ular o’quvchilar yordamida tayyorlanib joy -joyiga qo’yiladi. O’quvchilar tomonidan olib boriladigan o’lkashunoslik materiallari geografiya xonasida o’lkashunoslik burchagiga o’rnatiladi va dars jarayonida foydalaniladi. O’lkashunoslik ishlari natijalari tog’ jinslari namunalaridan, gerbariylardan, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalaridan, hamda diagrammalar, chizmalar, ko’rgazmali qurollardan iborat. Ular darsdan tashqari va tashqi ishlarda foydalanilishi mumkin. Geografiya xonasida fakul’tativ mashg’ulotlar ham o’tkazish mumkin. Fakul’tativ mashg’ulotlar topografiya, ekologiya, geologiya asoslari va boshqa fanlardan o’tkazilishi mumkin. Topografiyadan fakulbtativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun geografiya xonasida tapografik asbob uskunalar (astrolyabiya, nivelir, reyka), topografik harita, kurvimetr, transportir, ugomer va boshqa jihozlar bo’lmog’i lozim. Geografiya darslaridan fakulbtativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun geografiya xonasida quyidagi jihozlar bo’lmog’i lozim: tog’ jinslari namunalari; toshqotgan o’simlik va hayvonlar namunalari; geologik kesmalar; geoxronologik jadval; turli xil geologik davrlarda yashagan o’simliklar va hayvonot dunyosi rasmlari va h.k. Tayanch so ’z va iboralar: Geografiya kabineti, o ’quv vositalari, o ’quv jihozi. fakultativ mashg’ulot, amaliy mashg’ulot, sinfdan tashqari ishlar, geografiya to ’garagi, sinf taxtasi, kartoteka.