Geografiya o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Bilimlar hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli
Yuklangan vaqt
2024-12-30
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
29,4 KB
Geografiya o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Bilimlar
hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya o‘qitish nazariyasi va
metodikasining o‘rganish ob’ekti, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi, uning
o‘ziga xos xususiyatlari va ta’limdagi o‘rni haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
№
Bajariladigan topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
“B.B.B” jadvalining 1-2 ustunlarini to‘ldiring
“B.B.B.”
jadvali
2
Pedagogika fani qaysi tarmoqlarga bo‘linadi? 1-ilovada
berilgan matndan foydalanib, savolga javob bering va
pedagogika fani tarmoqlarini sxemasini chizing.
Sxema
3
2-ilovada berilgan matndan foydalanib, geografiya o‘qitish
metodikasi bo‘limlarini o‘rganing quyidagi jadvalni
to‘ldiring.
1-jadval
4
Geografiya ta’limining maqsad, mazmuni va vazifalarini tahlil
qiling
Yozma
tavsif
5
Blits-so‘rov savollariga javob bering.
6
O‘qitish maqsadining maktab geografiyasini mazmuni,
tuzilishi, o‘qitish usullari va yo‘nalishini belgilashdagi
ahamiyatini tushuntiring. Matnning tagiga chizib ko‘rsatilgan
qismini o‘qing. Siz qanday xulosaga keldingiz?
4-ilova
Yozma
tavsif
“B.B.B.” jadvali
№
Mavzu savoli
Bilaman
Bilishni
Bildim
xohlayman
1
2
3
4
5
2
Metod
3
Metodika
4
Pedagogika
5
Geografiya
o‘qitish
metodikasining
o‘rganish
ob’ekti
6
Didaktika
7
Ko‘nikma
8
Malaka
9
Bilim
Uslubiy ko‘rsatmalar
1-ilova.
Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fanlari tarkibiga kiradi. Bu
fan maktablarda tabiiy va iqtisodiy geografiya asoslarini o‘qitish jarayonini
o‘rganadi. U umumiy didaktika bilan bog‘langan.
Didaktika-ta’limning mazmunini, o‘kuv jarayonini va tarbiyaning
asosiy qonuniyatlarini o‘rganadigan nazariy fandir. Ammo u aloqida fanlarni
o‘qitish jarayoni bilan shug‘ullanmaydi. Alohida fanlarning o‘qitish metodikasi
bilan maxsus pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Pedagogika inson tarbiyasi
haqidagi fandir. Tarbiya mohiyatini, maqsadlarini, vazifalarini va qonuniyatlarini,
ta’lim jarayoni qonuniyatlarini aniqlab beradi. Pedagogika tarbiya nazariyasini,
didaktika va maktabshunoslikni o‘z ichiga oladi.
Pedagogika fani quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) maktabgacha
yoshdagilar pedogogikasi; b) maktab pedagogikasi; v) hunar-texnika ta’limi
pedagogikasi; g) oliy ta’lim pedagogikasi; d) harbiy pedagogika; j) pedagogika
tarixi.
2-ilova
Geografiya o‘qitish metodikasi umumiy va xususiy bo‘limlardan iborat.
Umumiy metodika o‘z navbatida tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘qitish
metodikasiga bo‘linadi. Xususiy metodika asosan maktab geografiyasining
alohida kurslarini o‘qitish usullari bilan shug‘ullanadi.
Umumiy metodika - bu geografiyaning didaktikasidir, ya’ni uning
umumiy nazariy qismi bo‘lib, geografiya o‘qitish jarayonini umumiy
masalalari bilan shug‘ullanadi. Umumiy metodika nazariy va metodologik
muammolarni o‘rganadi-ya’ni predmetning o‘zini, logikasini va ilmiy
tekshirish
usullarini
o‘rganadi,
asosiy
e’tiborni
o‘quv-tarbiya
muammolarini ishlab chiqishga qaratadi.
Xususiy metodika-alohida kurslarni o‘qitish metodikasi bilan
shug‘ullanadi, umumiy nazariy usullarni alohida kurslarni o‘kitish
jarayonida qo‘llash muammolari bilan shug‘ullanadi. Xususiy metodika asosan
alohida kurslar bo‘yicha o‘kuv-tarbiya jarayonlarini o‘rganadi, alohida
kurslarni mazmuni va tuzilishini ishlab chiqadi.
1-jadval. Geografiya o‘qitish metodikasining bo‘limlari
№
Geografiya o‘qitish metodikasi
Umumiy metodika
Xususiy metodika
1
2
3
4
3-ilova
Geografiya ta’limining asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab geografiyasini qayta
qurishning ilmiy-uslubiy konsepsiyasi»da quyidagicha belgilab berilgan:
- dunyoni yaxlit idrok etishni, geografik qamrovda mushohada yuritishni, bir so‘z
bilan aytganda, geografik madaniyatni tarbiyalash;
- tevarak-atrofni idrok qilishning muhim vositasi va uslubi bo‘lgan haritadan
mohirona foydalana bilishni o‘rgatish;
- har qanday shaxs, tabiat va jamiyat bilan munosabatning eng oqil me’yorlariga
amal qilishni, buni muhim sharti esa, ularga kompleks yondashish zarurligini
anglatmoq;
- har bir fuqoroning o‘zi yashab turgan ijtimoiy muhitda samarali faoliyat
ko‘rsatishiga zarur bo‘lgan bilim va malaka berish bilan ruyobga chiqishi va
rivojlanishini ta’minlash.
Geografiya talimining mazmuni quyidagilardan iborat: Geografiya ta’limi
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning ajralmas
va uzviy bog‘langan tarkibiy qismi sifatida mazkur ta’lim muassasasi oldiga
qo‘yilgan umumiy maqsadlarga muvofiq barkamol o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga
xizmat qiladi. Shuningdek, geografiya ta’limi o‘quvchilarda Yer to‘g‘risidagi ilmiy
dunyoqarashlarni shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, dunyo
davlatlari va turli regionlarda jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik
ob’ekt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi,
umuminsoniy madaniyatni tarkibiy qismi bo‘lgan geografik madaniyatni
tarbiyalaydi.
Geografiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xar bir maktab geografiya kursining sinflar bo‘yicha maqsadi, mazmuni
va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish;
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zlashtirishga
imkon beradigan ta’lim yo‘llarini aniqlash;
o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarini singdirish imkoniyatlarini
aniqlash;
ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini
ta’minlaydigan samarali usullarini aniqlash;
geografiya fanining umumiy va politexnik ta’lim tizimidagi, o‘quvchilarni
mexnatga o‘rgatish, ularga axloqiy, estetik tarbiya berish vazifalarini ochib
borish;
ta’limning tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
sinalgan usullarni takomillashtirish;
darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalariga quyiladigan talablarni ishlab
chiqish;
kurslar bo‘yicha o‘quv qurollariga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish va
ulardan foydalanish metodikasini yaratish;
fakul’tativ kurslar dasturlarini yaratish;
4-ilova
O‘qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va GO‘Mning eng muhim
muammosidir. O‘qitish maqsadi geografiya nima uchun o‘qitiladi, degan savol
bilan chambarchas bog‘liq. O‘qitish maqsadi maktab geografiyasining
mazmunini, tuzilishini, o‘qitish usullari va yo‘nalishini belgilashda katta
ahamiyatga ega. Barcha fanlar uchun o‘qitish maqsadlarini aniqlash uchun avvalo
didaktik tadqiqotlar amalga oshiriladi. “Ta’lim haqida»gi va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida» va boshqa qonunlarda o‘qitish maqsadini aniq belgilashga katta
e’tibor berilgan. O‘qitish maqsadini aniqlashda milliy qadriyatlar va o‘ziga xos
jamiyatning xususiyatlari, qiziqishi albatta e’tiborga olinadi, ya’ni o‘quvchilar
o‘zi yashayotgan jamiyat uchun kurashadigan va qayg‘uradigan bo‘lishi zarur.
Maktab o‘quvchilarni mehnatni sevadigan, vatanparvar, zamonaviy fan-texnika,
texnologiyaga oid ko‘nikma va malakalarga ega qilib tarbiyalashi kerak. Har bir
mamlakat uchun geografiyani o‘rganish katta ahamiyatga ega. Uning tabiiy
boyliklarini, chet mamlakatlar bilan qiyoslash, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy
hamda geografik munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta.
SHu tufayli umumgeografik ta’limga o‘quvchilar tarbiyasi va rivojlanishiga
ta’sir qilishi nuqtai nazardan qarash kerak. Hozirgi zamon ishlab chiqarish
tarmoqlari yirik sanoat, transport, agrosanoat komplekslari tarmoqlaridan iborat,
ular tabiat kompleksi va uning komponentlarga keskin ta’sir qilib qolmasdan,
balki atrof muhitning ifloslanishiga, tabiatdagi ekologik aloqalarning buzilishiga
olib keladi. Ayniqsa hozirgi kunda Orol inkirozi davom etayotgan bir vaqtda
tabiat va uning boyliklariga oqilona yondashish muammolari ko‘ndalang bo‘lib
qoldi.
Vaqt o‘tishi bilan maktablarda geografiya o‘qitish maqsadlari ham o‘zgarib
turadi. Kelajakda bunday o‘zgarishlar yanada kuchayadi. Ilmiy texnika
taraqqiyotining rivojlanishi geografiya fanining sifat o‘zgarishlarga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
ta’limda islohotlarning amalga oshirilishi, geografiya o‘qitish jarayoniga ham
ta’sir kilmasdan qolmaydi. Natijada geografiya bo‘yicha o‘quv dasturlari,o‘quv
rejalari tubdan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Demak geografiya fani
mazmunining o‘zgarishi geografiya o‘qitish maqsadlariga ham ta’sir kilmasdan
qolmaydi.
Ta’lim maqsadi geografiya fani mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. Demak,
ta’lim maqsadini yuqori pogonaga kutarish uchun, geografiya ta’limi ilmiy
jihatdan rivojlanishda bo‘lishi kerak. Ta’lim maqsadlari aniq ilmiy siyosiy
yo‘nalishga ega bo‘lishi bilan birga u hayot bilan uzviy, ekologik, iqtisodiy,
kasbiy, nafosat, bilimlarni ham mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Geografiya
ta’limi maqsadlari dasturlar, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim
vositalari va ta’limni tashkil etish shakllari bilan ham chambarchas bog‘liq.