“Geografiya o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
33,5 KB
“Geografiya o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Reja
1. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti, maqsadi
va vazifalari.
2. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Maktabda geografiya o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlari.
4. Maktab geografiyasining mazmuni
Tayanch iboralar
Didaktika, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot metodlari, xususiy metodika, umumiy
metodika, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, o‘qitishning ta’limiy maqsadi,
o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi, o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi, maktab
geografiyasining mazmuni
1. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining predmeti, tadqiqot
ob’ekti, maqsadi va vazifalari.
Jamiyat taraqqiyotini har tomonlama etuk o‘qituvchilarsiz tasavvur etish
qiyin. Malakali pedagog mutaxassislar tayyorlash esa ko‘p jihatdan ularning metodik
tayyorgarligiga bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi murakkab axborotlarni, geografik hodisa
va sabab oqibatlarini, tabiiy va iqtisodiy geografiya tushunchalarini o‘quvchilar
ongiga yetkazish va shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. Maktab
dasturi o‘quvchilarga faqat geografiyaga oid bilim berish bilan cheklanmaydi, balki
ularda zarur ko‘nikma va malaka hosil qilishni ham o‘z zimmasiga oladi. Har bir
o‘quvchi darsda olgan ko‘nikma va malakalar asosida bilimlarni mustaqil egallashi
zarur bo‘ladi.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq umumiy o‘rta
ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘quvchilarning muntazam bilim olishi, ularda bilim
olish ehiyojini rivojlantirishni, o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalari, mustaqil ijodiy
fikrlash, kasb tanlashga va atrof muhitga ongli munosabatni hosil qilishni, milliy va
umumbashariy qadriyatlarini hurmat qilishni, o‘z vataniga, xalqiga sadoqat, mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalash vazifalari belgilandi.
Bu vazifalarni bajarishda geografiya ta’limi alohida salmoqga ega. Ayniqsa
tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslarini o‘qitish borasida milliy dasturda qo‘yilgan
vazifalarni bajarish cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini tajribalar isbotlamoqda.
Bularning barchasi geografiya o‘qituvchisidan pedagogik faoliyatdagi yutuq
kamchiliklarini tahlil qila olishni, o‘z ish tajribasini tahlil qilib, umumlashtira
bilishni, boshqa o‘qituvchilarni tajribasini umumlashtirish va samarali ta’lim
shakllari va metodlardan o‘z ishida oqilona foydalanishni talab qiladi. Geografiya
ta’lim metodikasi pedagogika fanining tarkibiy qismidir. U maktabda geografiya
o‘qitishning maqsad va vazifalarini, umumiy geografik bilimlar mazmunini,
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish g‘oyalarini ilgari suradi va ishlab
chiqadi.
Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiradi. Geografiya
metodikasining asosini maktab geografiyasi, xususan tabiiy va iqtisodiy geografiya
hamda ular bilan uzviy aloqada bo‘lgan kartografiya, geologiya, iqtisod, biologiya,
aholishunoslik va boshqa ko‘plab fanlar tashkil qiladi. Ta’lim tarbiyaning umumiy
qonuniyatlarini didaktika tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, didaktikaning
mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanib, u aniq o‘quv fanlari uchun ta’lim va
tarbiya jarayoni bilan shug‘ullanmaydi.
Geografiya o‘qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo‘lib, u o‘quvchilarga
geografiyadan puxta bilim berish, ularni har tomonlama etuk dunyoqarashga ega
bo‘lgan shaxs qilib tarbiyalash va o‘qitiladigan geografiya fanining maqsadini,
ta’lim vazifalarini, mazmunini, metodlarini hamda geografiya o‘qitishning eng
muhim vositalarini belgilab beradi. Bilish nazariyasi geografiya o‘qitish
metodikasining metodologik asosini tashkil qiladi. Geografiya o‘qitish metodikasi
tadqiq qiladigan metodologik va nazariy muammolarga chet ellarda va
O‘zbekistonda geografiya ta’limi, geografiya va uning alohida kurslari bo‘yicha
o‘qitish mazmuni, maqsadi va vazifalari, geografik bilimlarni egallashda ta’lim bilan
tarbiyaning birligi, o‘quvchilarda geografik bilim, ko‘nikma va malakalar hamda
dunyoqarashini
shakllantirish,
geografiya
ta’limi
jarayonining
umumiy
qonuniyatlari kiradi.
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- geografiya ta’limining maqsadi
- geografiya ta’limining mazmuni
- geografiya o‘qitish metodlari
- geografiya fanini o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish (ta’lim shakllari)
- o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlari
- geografiya ta’limining natijalari va boshqalar.
Yuqoridagi tarkibiy qismlar o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud. Masalan,
o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari mazmuniga mos
keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish usullari hamda vositalaridan maqsadga muvofiq
tarzda foydalana bilishni taqozo qiladi.
Geografiya ta’limi metodikasining nazariy metodologik masalalari ko‘pgina
metodist-geograf
olimlar
A.E.Bibik,
A.V.Darinskiy,
G.P.Gerasimova,
M.K.Kovalevskaya,
I.S.Matrusov,
L.M.Pancheshnikova,
M.V.Rijakov,
O.A.Mo‘minov, X.X.Xasanov, P.G.Musaev va boshqalar asarlarida o‘z ifodasini
topgan. Geografiya ta’limi metodikasi fani umumiy metodika, metodikaning nazariy
masalalari, tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘qitish metodikasi kabi qismlardan
iborat. O‘z navbatida ularning har biri xususiy metodikalar (maktab geografiya
kurslarini alohida-alohida o‘rganish metodikalarini) o‘z ichiga oladi.
Umumiy
metodika
maktab
geografiyasi
kurslari
uchun
o‘qitish
qonuniyatlarini ya’ni o‘qitishning umumiy mazmuni va maqsadini tashkil etilishini,
ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, sinfdan tashqari ishlar va boshqalarni o‘rganadi.
A.V.Darinskiy umumiy metodikani geografiya didaktikasi deb aytgan edi. Xususiy
metodika maktab geografiya kurslarining maqsadi, mazmuni, tarkibi, geografik
bilim, ko‘nikma malakalar shakllantirish, har bir kurs bo‘yicha o‘quvchilarning
mustaqil ishlarini tashkil etish va kabilar bilan shug‘ullanadi.
Geografiya ta’limi metodikasi - maktab geografiyasining ta’limiy va
tarbiyaviy maqsadlari, geografiya ta’limining mazmuni, geografiya o‘qitishning
shakl va usullari, ta’lim jarayonida geografiya o‘qitish vositalari (dasturlar,
darsliklar, atlas haritalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy metodik
qo‘llanmalar va boshqalarni yaratish), o‘quvchilarning o‘quv materiallarini
o‘zlashtirishlari, ta’lim jarayonida o‘quvchilar fikrlashining rivojlanishi va
boshqalar
bilan
bog‘liq
vazifalarni
hal
qiladi.
Rus
pedagog-geografi
A.Pancheщnikova ta’biri bilan aytganda, geografiya ta’limi metodikasi fani
quyidagi muammolarni, ya’ni o‘qitish maqsadi «geografiyani nima uchun
o‘qitamiz?» geografiya ta’limi mazmunini (nimani o‘qitamiz?), geografiya ta’limi
vositalarini (nimalar yordamida o‘qitamiz?) o‘qitishning shakl va usullarini
(qanday o‘qitamiz?) tadqiq qiladi.
Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari:
- maktab geografiya kurslarining sinflar bo‘yicha maqsadi, mazmuni va
ahamiyatini belgilash va mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi asosiy g‘oya, fakt tushuncha
va qonuniyatlarni ajratib olish;
- o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlab olingan
bilmlarni o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’lim usullarni aniqlash;
- geografiyaga oid ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda voqea va hodisalarga
nisbatan dunyoqarash shakllantirish ularni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash yo‘llarini ko‘rsatib berish;
- o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarini
aniqlash;
- ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini oshiradigan va bilimlarini mustaqil
egallashga yordam beradigan samarali metodlarni aniqlash;
- geografiya darslarida o‘quvchilarga mehnat, kasb, ekologik, iqtisodiy,
ahloqiy, estetik, milliylik tarbiya berish vazifalarini ochib berish;
- ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakllarini, ularning samaradorligini
ishlab chiqish va takomillashtirish;
- sinalgan o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
- geografiya darslarida pedagogik texnologiya elementlarini qo‘llashni
takomillashtirish;
- kurslar bo‘yicha o‘quvchilarning yoshiga mos keladigan o‘quv qurollariga
bo‘lgan talablarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish metodikasini yaratish;
- o‘quvchilarni o‘lkashunoslik va sinfdan tashqari ishlarini mazmuni turlari va
metodikasi bilan tanishtirish;
- geografiyaga oid ilmiy - ommabop adabiyotlarni yaratish;
Demak yuqoridagilardan xulosa qilib geografiya o‘qitish metodikasi vazifalarini 3
ta guruhga ajratish mumkin:
1. Geografiya metodikasi o‘quvchiga geografiyadan qanday bilimlar berishi
zarurligi va har bir kursda beriladigan bilim, ko‘nikma malakalarini shakllantirish
yo‘llarini aniqlashi;
2. Ta’lim jarayonini uyushtirish va tashkil etish shakllarini aniqlashni va har bir
shaklga mos keladigan metod, o‘quv jihozlari, sinfdan tashqari ishlar va boshqlarni
belgilashi;
3. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, jarayonida ularning
tarbiyalanishi, ta’lim jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi kabilardan
iborat bo‘ladi.
2. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u
geografiya metodikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Geografiya fanlari bilan
aloqadorlik, maktab geografiyasi mazmunini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Maktab geografiyasi mazmuni uzluksiz takomillashib borishi tufayli keyingi yillarda
maktab geografiya kurslarida tabiiy, hududiy ishlab chiqarish komplekslari, bozor
iqtisodi kabi tushunchalarning kiritilishi, tabiiy sharoit va resurslardan oqilona
foydalanish zaruriyatini tug‘dirdi. O‘quvchilarning TTK (TXM) va bozor iqtisodiga
oid tushunchalar haqida puxta bilimga ega bo‘lishi ularga ekologik, iqtisodiy tarbiya
elementlarini singdirish imkoniyatlarini ham vujudga keltiradi. Demak geografiya
o‘qitish metodikasi ekologiya kartografiya, geologiya, iqtisod, fizika, biologiya va
boshqa fanlar bilan mustahkam aloqaga ega.
Hozirgi kunda eng muhim muammolaridan biri geografiya darslarida jamiyat
bilan tabiat, inson bilan tabiat o‘rtasidagi murakkab aloqadorlikni o‘rganish masalasi
hisoblanadi. Shu tufayli ham maktab geografiya kurslariga geografik bilimlardan
tashqari ekologik va iqtisodiy tushunchalar ham kiritila boshlandi. Geografiyaga
yaqin bo‘lgan fanlar o‘qitish metodlari va vositalarini tanlashga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasdan qolmadi. Buni geografiya ta’limiga kartografik, statistik, kuzatish,
taqqoslash metodlarining kiritilish va ishlatilishidan bilsa ham bo‘ladi. Chunonchi
maktab geografiyasi kurslarini kartasiz, ko‘rgazmali qurollarsiz, texnika vositalarisiz
va zamonaviy kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Geografiya o‘qitish metodikasi geografiya fanining ba’zi bir tekshirish
metodlaridan foydalanar ekan, o‘quvchilarning bilimlarini yaxshiroq o‘zlashtirishini
va ularni geografiya fanining ba’zi tadqiqot usullari bilan tanishtirishni ko‘zda
to‘tadi. Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fani tarmoqlariga kiruvchi
didaktika, psixologiya fanlari bilan ham chambarchas bog‘liq. Geografiya
metodikasi didaktikaning asosiy koidalarini geografiya o‘qitish jarayoniga tadbiq
etishda uning mazmuniga xos xususiyatlarni ham e’tiborga oladi. Didaktika
geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniyat va
munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o‘qitishning maqsadi, mazmuni,
usullari hamda o‘qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. Demak,
didaktika barcha fanlar uchun ta’limning umumiy qonuniyatlari va nazariyalarini
yaratsa, metodika didaktikaning fanlarni o‘qitish haqidagi umumiy nazariyasini
ma’lum bir o‘quv fani, ya’ni geografiyani o‘qitish jarayoniga tadbiq etish bilan uni
yanada aniqlashtiradi va to‘ldiradi. SHunga asosan, didaktika va geografiya o‘qitish
metodikasi fanlari bir-birlarini to‘ldirib turadi deyishga to‘la asos bor.
Geografiya o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va
umuman ruhiy faoliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatiga
samarali ta’sir yetib bo‘lmaydi. Shu tufayli geografiya metodikasi psixologiya fani
bilan ham uzviy bog‘liqdir. Psixologiya fanining hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti
maktabda fanlarni o‘qitish jarayonini ilmiy asosda har tomonlama chuqur tadqiq
etish va uni o‘qitishni yanada takomillashtirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratib
beradi. Geografiya o‘qitish metodikasi ham geografiya o‘qitish jarayonini
o‘rganishda psixologiya faniga tayanadi.
Psixologiya o‘quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonuniyatlarini
o‘rgansa, metodika esa, o‘quvchilarning ruhiy faoliyatini ularning geografiya ob’ekti
va hodisalarini o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarnigina tadqiq qiladi.
Metodika bilan psixologiyaning eng muhim bog‘liqlik tomoni shundaki, bunda
geografiya o‘qitishning mazmuni va metodlari bilan ruhiy faoliyat orqali
erishiladigan natijalar o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlar tadqiq qilinadi.
Turli geografik ob’ektlarning kartadagi joylashishini fazoviy tasavvurlarsiz
egallab bo‘lmaydi. Bunda albatta psixologiya fani bilimlariga tayaniladi. Demak,
geografiya ta’limi metodikasi o‘qitishda yaxshi natijalarga erishish uchun
o‘quvchilarning geografiya materialini puxta o‘zlashtirishi bilan o‘quvchilarning
ruhiy faoliyati o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlarni ham o‘rganadi, o‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya berishda psixologiya faniga tayanadi va psixologik tekshirish
metodlaridan ham foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. SHunday qilib geografiya
o‘qitish metodikasi pedagogika fanining mustaqil tarmog‘i bo‘lib, u o‘zining
mustaqil tekshirish predmetiga ega bo‘lib, boshqa fanlarga tayangan holda
mazmunan boyib, takomillashib boradi.
2.
Maktabda geografiya o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlari.
O‘qitish
maqsadlarini
aniqlash
didaktika
va
geografiya
o‘qitish
metodikasining eng muhim muammosidir. O‘qitish maqsadi geografiya nima uchun
o‘qitiladi, degan savol bilan chambarchas bog‘liq. O‘qitish maqsadi maktab
geografiyasining mazmunini, tuzilishini, o‘qitish usullari va yo‘nalishini belgilashda
katta ahamiyatga ega. Barcha fanlar uchun o‘qitish maqsadlarini aniqlashda avvalo
didaktik tadqiqotlar amalga oshiriladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” va boshqa qonunlarda o‘qitish maqsadini aniq belgilashga katta
e’tibor berilgan.O‘qitish maqsadini aniqlashda milliy qadriyatlar va jamiyatning
o‘ziga xos xususiyatlari, qiziqishi albatta e’tiborga olinadi, ya’ni o‘quvchilar o‘zi
yashayotgan jamiyat uchun kurashadigan va qayg‘uradigan bo‘lishi zarur. Shu
tufayli umumgeografik ta’limga o‘quvchilar tarbiyasi va rivojlanishiga ta’sir qilishi
nuqtai nazardan qarash kerak. Hozirgi zamon ishlab chiqarish tarmoqlari yirik
sanoat, transport, agrosanoat komplekslari tarmoqlaridan iborat, ular tabiat
kompleksi va uning komponentlariga keskin ta’sir qilib qolmasdan, balki atrof
muhitning ifloslanishiga, tabiatdagi ekologik aloqalarning buzilishiga olib keladi.
Ayniqsa hozirgi kunda Orol inqirozi davom etayotgan bir vaqtda tabiat va uning
boyliklariga oqilona yondashish muammolari ko‘ndalang bo‘lib qoldi.
Tabiiy va iqtisodiy geografiyaning asosiy vazifasi jamiyat bilan tabiat
o‘rtasidagi murakkab aloqadorlikni ochib berishdan iborat. Bu aloqadorlikni chuqur
tahlillar o‘tkazmasdan amalga oshirish mumkin emas. Bunda quyidagilarni e’tiborga
olish kerak: a) jamiyat ishlab chiqarishi faoliyatining atrof muhitga ta’sirini
o‘rganish va bu o‘rganishlar oqibatlarini oldindan aytish, uni ilmiy jihatdan asoslash;
b) tabiiy resurslarni izlash, ularga iqtisodiy jihatdan baho berish va samarali
foydalanish; v) tabiiy resurslar bilan atrof muhitni qo‘riqlash o‘rtasidagi
aloqadorlikni ochish; g) hozirgi zamon ilmiy texnika inkilobiga tayanib, inson
yashashi uchun qulay bo‘lgan muhitni qo‘riqlash yo‘llarini tadqiq etish.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarishning geografik joylashishini o‘rganadi.
Bunda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini birgalikda
tadqiq qilinadi. Uning tadqiqot predmetiga sanoat, qishloq xo‘jaligi va transportni
ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy omillarni e’tiborga olgan holda joylashtirishning qonuni va
koidlarini o‘rganish kiradi. Bularning barchasi ishlab chiqarishni hududiy
joylashishi, mehnat manbalari, tabiiy sharoit va boyliklarni birgalikda o‘rganishni
takoza qiladi, iqtisodiy geografiya ijtimoiy masalalar bilan ham chambarchas
bog‘liq. Iqtisodiy geografiya iqtisodiy rayonlashtirish, iqtisodiy rayon, HICHMlar,
iqtisodiy geografik o‘rin, ishlab chiqarishni joylashtirishning umumiy masalalari,
aholi joylashishi va boshqa masalalarni ham tadqiq qiladi. Ayniqsa "Inson va atrof
muhit" muammosining jamiyat oldida ko‘ndalang bo‘lib turishi, iqtisodiy geografiya
oldiga talay vaziflarni qo‘yadi. Har bir geografiya o‘qituvchisi geografiya ta’limi va
uning alohida kurslari maqsadlarini bilishi shart. Agar o‘qituvchi o‘qitiladigan fan
maqsadini bilmasa, yirik mavzular va alohida darsliklarning maqsadini umuman
to‘g‘ri aniqlay olmaydi. Geografiya fani deyarli barcha sinflarda o‘qitilganligi
tufayli uning maqsadi ham ko‘p qirralidir. Geografiya ta’limi maqsadlarini uch
guruhga ajratish mumkin:
1. Geografiya o‘qitishning ta’limiy maqsadlari:
- o‘quvchilarga tabiiy, iqtisodiy, kartografik va boshqa geografiya fanlarining
asoslarini o‘rgatish. Zero, tabiatni qo‘riqlash va undan oqilona foydalanishning
tabiiy-ilmiy va texnik-iqtisodiy tomonlarining ochilishi, bu jamiyat hayoti va ishlab
chiqarishni rivojlantirish uchun imkon yaratsin;
- o‘quvchilarni iqtisodiy, ekologik ta’lim bilan qurollantirish;
-o‘quvchilarni tabiiy geografik va iqtisodiy geografik ob’ekt va hodisalarni
o‘rganish usullari bilan qurollantirish;
-o‘quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish;
-o‘quvchilarni kartalar, ma’lumotnomalar bilan ishlay olishga, kundalik matbuot
materiallarini o‘qishda geografik bilimlarni qo‘llay olishga o‘rgatish;
-o‘quvchilarni geografiya va unga aloqador bo‘lgan fanlar sohasida o‘z
bilimlarini oshirish qobiliyatlari shakllantirish;
-o‘z respublikasining tabiiy va Iqtisodiy geografiyasiga oid bo‘lgan bilimlarni
chuqur bilish va boshqalar.
2. Geografiya o‘qitishning tarbiyaviy maqsadlar:
-o‘quvchilarda tabiatga, xo‘jalikka, tabiat bilan xo‘jalik o‘rtasidagi aloqalarga
nisbatan to‘g‘ri ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
-o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur xislatlarni shakllantirish;
-o‘quvchilarga turli mamlakatlarning xo‘jalik yuritish usullari, tabiat
boyliklaridan unumli foydalanishi, aholini ish bilan ta’minlash kabi masalalar
mohiyatini ochib berish;
-zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti davrida o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi,
kasb tanlashi, umuman hayotda o‘z o‘rnini topishishiga ko‘maklashish.
-o‘quvchilarda o‘z mamlakati iqtisodiyoti yutuqlari bilan g‘ururlanish, o‘zi
yashab turgan jamiyatning haqiqiy egasi deb xis qilishi kabi xislatlarni shakllantirish.
3. O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish maqsalari.
-o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, fikrlash, esda saqlab qolish, nutq kabi xislatlarni
shakllantirish va rivojlantirish;
-o‘quvchilarni kuchi etadigan darajada geografik muammolarni echishga
o‘rgatish;
-geografik narsa va hodisalarga nisbatan atroflicha yondashish,o‘z fikr va
mulohazalarini bevosita kartaga bog‘lay olish qobiliyatlarin rivojlantirishga
ko‘maklashish.
Ta’lim maqsadi geografiya fani mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. Demak,
ta’lim maqsadini yuqori pogonaga kutarish uchun, geografiya ta’limi ilmiy jihatdan
rivojlanishda bo‘lishi kerak. Ta’lim maqsadlari aniq ilmiy siyosiy yo‘nalishga ega
bo‘lishi bilan birga u hayot bilan uzviy, ekologik, iqtisodiy, kasbiy, nafosat,
bilimlarni ham mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak.
Geografiya ta’limi maqsadlari dasturlar, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
ta’lim vositalari va ta’limni tashkil etish shakllari bilan ham chambarchas bog‘liq.
Vaqt o‘tishi bilan maktablarda geografiya o‘qitish maqsadlari ham o‘zgarib turadi.
Kelajakda bunday o‘zgarishlar yanada kuchayadi. Ilmiy texnika taraqqiyotining
rivojlanishi geografiya fanining sifat o‘zgarishlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Har 10-15
yilda ta’limda islohotlarning amalga oshirilishi, geografiya o‘qitish jarayoniga ham
ta’sir kilmasdan qolmaydi. Natijada geografiya bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv
rejalari tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Demak geografiya fani mazmunining
o‘zgarishi geografiya o‘qitish maqsadlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maktab geografiya
kurslari maqsadlarini aniqlamasdan turib, geografiya o‘qitishni amalga oshirish talay
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday qiyinchiliklar quyidagilarda namoyon
bo‘lishi mumkin.
1. Aniq maqsadlarsiz dasturlar tuzish ancha mushkul bo‘lib qoladi.
2. Maqsadni aniq belgilamasdan turib, metodlarni aniqlab bo‘lmaydi.
3. Geografiya o‘qitish maqsadlarini aniqlamasdan, o‘quvchilar bilimini
tekshirishning samarali yo‘llarini yaratish qiyinlashadi.
4. Geografiya ta’limining kelajakdagi (20-25 yil ichida) mazmunan qanday
bo‘lishini aniqlamasdan turib, o‘quv predmetining ta’limiy va tarbiyaviy
maqsadlarni aniqlash qiyin kechadi.
Demak, geografiya o‘qitishdagi maqsadni belgilamasdan turib, geografiya
o‘qitishning ahamiyatini ham belgilab bo‘lmaydi. Bundan 100 yil oldin geografiya
ta’limida asosan karta va onda-sondagina har xil rasmlardan foydalanilgan bo‘lsa,
elliginchi yillarning boshlariga kelib, darslarda aerofotosurat, televidenie,
kinofilmlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugunga kelib esa, geografiya
o‘qitishda xilma-xil ta’lim vositalari paydo bo‘ldiki, bular geografiya o‘qitish
maqsadlariga ham ta’sir kilmasdan qolmadi. EXM dan tortib kosmik suratlargacha,
kompyuterdan tortib proektor va boshqa xilma-xil ko‘rgazmali qo‘llanmalargacha
geografiya o‘qitish mazmunini boyitdi. Ta’limda texnologiya elementlari paydo
bo‘ldi. Bugungi talaba va o‘quvchi rivojlangan va taraqqiy etgan madaniy muhitda
yashamoqda, ularni o‘rab olgan muhit bundan 20-30 hatto 50 yil oldingiga
qaraganda keskin farq qiladi.
Geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar o‘z mazmuniga ko‘ra xilma-xil
bo‘lib, bunday bilimlarning aksariyati kuzatuvlar natijasida shakllanadi, ularni
kuzatuvchilar dala sharoitida, harita va rasmlar yordamida ham to‘plashi mumkin.
Shu tufayli bu bilimlarni o‘rganish ko‘p jihatdan fakt va ma’lumotlarni yig‘ish va
tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq. O‘quvchilar geografiyani o‘rganar ekan, u yoki bu
hodisani keltirib chiqaradigan sabablarning murakkab ekanligini bilib oladilar. Bu
murakkablik xilma-xil omillar tufayli shakllanganligini anglaydilar.
Barcha hududiy komplekslar, regionlardagi tabiiy xususiyatlar tabiiy va
antropogen omillarning o‘zaro ta’siri tufayli vujudga keladi. Antropogen omillar
turli ko‘rinishlarda xususan siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik mazmun
kasb qilgan holda bo‘lishi ham mumkin.
Geografiya o‘quvchilarni ko‘pgina muammolarga sergak qarashga ularni
echishning konstruktiv yo‘llarini topishga kumaklashadi. Bu fan insonlarning
savodxonlik darajasini ta’minlashda ham cheksiz imkoniyatlarga ega. Inson bilan
atrof muhitning o‘zaro bog‘liqligi ming yillardan buyon davom kilmoqda. Bu
bog‘liqlikni oqilona yuritish faqat geografik bilimlar puxta egallagandagina amalga
oshiriladi. Demak, yuqoridagilarning aksariyati geografiya ta’limi maqsadlarida aniq
aks etishi davr talabidir.
3. Maktab geografiyasining mazmuni
Ma’lumki geografiya eng qadimgi fanlardan biri. Uning asosiy vazifsi biror
mamlakat hududida va butun er sharidagi tabiat, aholi va xo‘jalikni o‘rganishdan
iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda geografik tadqiqotlar natijalaridan, tabiiy resurslar,
qishloq xo‘jaligi uchun erlar ochishda, sanoat korxonalari barpo etiщda aholi turar
joylari, infrastraktura tarmoqlarini oqilona joylashtirishda keng qo‘llanil-moqda.
Hozirgi kundagi maktab geografiyasining asosiy mazmuni 60- yillarning
oxirlarida shakllantirildi. Unga maktablarimizda 30-yillarda ishlab chiqilgan
dasturlar asosida ta’lim tarbiya ishlari olib borildi. 60-yillardan boshlab tabiiy
geografiya fanida chuqur o‘zgarishlar ruy berdi, yangi-yangi tabiiy boyliklar ochildi,
quruqlik va dunyo okeanidagi fundamental tadqiqotlarning o‘tkazilidi, bular maktab
geografiyasi mazmuniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Geografiya
hududlar va mamlakatlarni tasvirlovchi fan bo‘lib qolmasdan, balki bevosita amaliy
tadqiqotlar olib boruvchi fundamental fanga aylandi.
Geografiya fanlari tizimi ikki yirik qismga: tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyaga bo‘linadi. Tabiiy geografiya geografik qobiqni, voqea va hodisalarini
hamda unda sodir bo‘ladigan qonuniyatlarni o‘rgansa, iqtisodiy va ijtimoiy
geografiya jamiyatdagi voqea va hodisalar, ishlab chiqarish, xo‘jalik va aholini
joylashishi qonuniyatlarini tadqiq kiladi. Tabiiy va iqtisodiy geografiya o‘z
navbatida bir qancha fanlarga bo‘linadi. Tabiiy hududiy komplekslarni tashkil etgan
qismlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning (geomorfolgiya, iqlimshunoslik,
gidrologiya, okeanalogiya, tuproqshunoslik va boshqalar.) qator maxsus
tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Bu fanlar umumiy er bilimi va mintaqa tabiiy
geografiyasi bilan chambarchas bog‘liq.
Iqtisodiy geografiya o‘z navbatida ikkita asosiy qismga bo‘linadi: umumiy
iqtisodiy geografiya (butun yer sharida aholining va xo‘jalikning joylashishi
tarkibini o‘rganish) va mintaqaviy (regional) iqtisodiy geografiya (alohida
mamlakatlar va hududlar misolida aholi va ishlab chiqarishning joylashishini
o‘rganadi) bo‘linadi. Iqtisodiy geografiya o‘z navbatida bir necha tarmoq fanlarga:
sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharlar, qishloqlar geografiyasi kabi o‘nlab
tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Geografiya fanlari tizimiga tabiiy va iqtisodiy
geografiyaga deyarli bir xil aloqador bo‘lgan mamlakatshunoslik va kartografiya
fanlari ham kiradi. Maktab geografiyasi geografiya fani to‘plagan bilimlarni
o‘quvchilarga yetkazishda quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:
1. O‘quvchilar yoshiga mos keladigan va ular o‘zlashtira oladigan darajadagi
bilimlarni berishi;
2. O‘quvchilarga to‘la shakllangan va hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan
bilimlarni berishi kerak.
Maktab geografiyasining hozirgi shakldagi mazmunini belgilashda geograf-
metodist olimlar N.N.Baranskiy, A.S.Barkov, A. A.Borzov, A.A.Polovinkin,
I.A.Vitver, S.V.Chefranov, P.T.Terexov, V.G.Erdeli, X.X.Xasanov, Z.M.Akramov,
O.A.Mo‘minov, P.G.Musaev, P.G‘ulomov va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti va geografiya fanining ko‘proq amaliy fan bo‘lishi maktab
geografiyasi mazmunini sifat jihatdan o‘zgarishiga yordam berdi. 50-yillardan
boshlab maktab dasturlari mazmuniga amaliy ishlar kiritila boshlandi. Hozirgi kunda
esa har bir kurs maxsus amaliy ishlar tizimiga ega. Amaliy ishlarni uyushtirishning
majburiyligi ta’limni hayot bilan yaqinlashtirishga yordam beradi.
Maktab geografiyasining mazmuni hozirgi zamon geografiya fani taraqqiyoti
bilan belgilanadi, ya’ni geografiya fani qanchalik rivojlansa, maktab geografiyasi
ham unga bog‘liq holda shunchalik rivojlanishda bo‘ladi. Geografiya ta’limi
jarayonida o‘quvchilar asosiy geografik tushunchalar va qonuniyatlar tizimini
egallashlari kerak. Ta’lim jarayonida geografik ob’ektlar va hodisalar, sabab-oqibat
nuqtai-nazaridan eritilishi lozim. O‘quvchilar tabiiy geografiya asoslarini bilishlari
uchun geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, quruqlik gidrologiyasi,
tuproqshunoslik,
geologiya,
geofizika,
geoximiya
va
boshqa
fanlardagi
ma’lumotlarni bilishlari va o‘rganishlari kerak. Ayniqsa hozirgi kunda tabiiy
geografiya mazmuniga tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va uni qo‘riqlash,
inson bilan tabiat o‘rtasida ketaetgan jarayonlar haqidagi bilimlar keng o‘rin olishi
kerak.
Iqtisodiy geografiyani o‘rganish o‘quvchilarga iqtisodiy geografik o‘rin,
tabiiy sharoit va boyliklariga iqtisodiy jihatdan baho berish, territorial ishlab
chiqarish kompleksi, geografik mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni tashkil etish
shakllari, agrosanoat kompleksi, dehqon fermer xo‘jaligi iqtisodiy rayonlar,
shaharlar, qishloqlar kabi tushuncha va kategoriyalar haqida bilimlar berilishi lozim.
Ayniqsa o‘quvchilar aholi joylashishi va mehnat resurslari, hududiy mehnat
taqsimoti, ishlab chiqarishni joylashtirishning muhim qonuniyatlari va hududiy
ishlab chiqarish komplekslarining vujudga kelish qonunlari, bozor iqtisodi
munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab tushunchalarni puxta egallashlari kerak.
Barcha fanlar qatori geografiyaning ham eng asosiy usuli kuzatishdir.
Geografik ob’ekt va hodisalarni uzoq vaqt jarayonida kuzatish shu ob’ektlar haqida
batafsil va atroflicha bilimlar olish imkoniyatini yaratadi. Qisqa muddatli kuzatishlar
(maktab geografiya maydonchasi va ekskursiyalar)da keng tarqalgan. Biron
yo‘nalish bo‘yicha vaqt va zamonda kuzatish olib borishda yaxshi natijalarga
erishish mumkin. Bunda rel’ef geologik tuzilish, o‘simliklar, tuproqlar haqida
ma’lumotlar to‘plash mumkin. Maktab sharoitida yo‘nalish bo‘yicha kuzatishlar,
ekskursiyalar olib boriladi.
Landshaft va iqtisodiy kuzatishlar jarayonida statistik ma’lumotlar to‘planadi,
ular iqtisodiy va iqtisodiy-geografik ma’lumotlarni umumlashtirishda foydalaniladi.
Yuqoridagi usullar tabiiy va dala sharoitida keng qo‘llaniladi. Ulardan geografiya
ta’limida taqqoslab dars o‘tishda keng ishlatiladi. Geografiya ta’limida laboratoriya
metodidan ham samarali foydalanish zarur. Tog‘ jinslari, foydali kazilmalar,
tuproqlar, suvlarning natural namunalari geografiya kurslaridagi amaliy ishlarni
uyushtirishda juda ko‘l keladi. Geografiya o‘qitishda yer haqidagi umumiy belgilarni
berishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan yana biri geografik ob’ektlarning
modellardan foydalanish hisoblanadi. Modellarning eng asosiy turlariga: globus,
kartalar va statistik materiallar kiradi. Kartografik tadqiqot metodlarisiz geografiya
tali-mini tasavvur etish qiyin. Kartografik tadqiqot metodlari o‘quvchilardan juda
yuqori darajada tayyorgarlikni talab qiladi.