Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
47,8 KB
Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar
Geografik bilimlar, didaktika, Sharq geografiyasi, Ma’mun akademiyasi,
geografik koordinatalar, geografik kenglik, geografik uzunlik.
Geografiya fani eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi, shuning chun uning
rivojlanish tarixi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir bosqichda geografiya
fanining ayrim tarmoqlari ma’lum bir sharoit ta’sirida juda tez rivojlanib kelgan.
Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi.
Qadimgi davrda geografiya fani va ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga
bo’lib o’rganish mumkin: a) geografik bilimlarning dastlabki to’planishi; b)
geografiya fanining shakllanish va rivojlanish.
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi eramizdan oldingi VII-asrgacha
davom etgan. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa davrida odamlarning ehtiyoji
munosabati bilan qo’llana boshlangan. Ularning birinchi geografik bilimlari joyda
mo’ljal olish va eng sodda haritalar tuzishdan iborat bo’lgan. Odamlarni dengiz
bo’ylab suza boshlashi geografiya fanini rivojlanishida juda katta omil bo’lib
hisoblanadi. Ayniqsa Kritliklarning O’rta dengiz bo’ylab suzishlari va Gibraltar
bo’g’ozi orqali Atlantika okeaniga chiqish juda ko’p geografik nomlarni vujudga
kelishiga olib keldi. Bunday nomlarga Yevropa va Osiyo nomini aytish mumkin.
Kritliklar uchun g’arb tomon Yevropa, sharq tomon Osiyoni bildirgan. Eramizdan
avvalgi VII-asrlarga kelib geografiya fanini rivojlanish markazi qadimgi
Yunonistonga ko’chdi. Yunonistonda juda ko’p fanlar shakllandi va rivojlandi.
Mazkur davrdagi mashhur olimlardan Gomerni tomonidan miloddan oldingi XII-
asrda dunyo haritasi tuzilgan va bu haritada asosan O’rta dengiz atrofi tasvirlangan.
Geografiya fanining shakllanishi bosqichi. (Eramizdan avval VII-asrdan
eramizning V-VI asrlarigacha) mazkur bosqichda kemachilikning rivojlanishi
odamlarni dunyo haqidagi bilimlarini kengaydi hamda yirik davlatlarning vujudga
kelishi tufayli falsafa fani rivojlana boshladi. Ushbu bodqichda geografiya va
boshqa fanlar falsafa tarkibida rivojlangan. Eramizgacha VI-asrga kelib yerning
shakllanishi haqida turli fikr va qarashlar paydo bo’ldi. Mazkur bosqichda yer
Anaksimandir (eramizgacha VI-asr) o’sha paytda fanga ma’lum bo’lgan dunyo
haritasini chizib, yerni tavsifini tuzgan. Shundan boshlab geografiya bo’yicha yirik
asarlar yozila boshlandi. Ular geografik darsliklar o’rnini bosgan. Aristotel
tomonidan miloddan avval IV- asrda yerning sharsimonligi, yerda issiqlik
mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo haritasi tuzildi. Uning haritasida
Gomer haritasidagi joylar yanada kengaytirilib, Afrikaning Shimoliy qismi, Osiyo
va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo,
Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va
boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel Yer sharini kishilar yashaydigan issiq mintaqa
va kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan. Aristotel tomonidan tuzilgan “
Meteorologiya” kitobini yozgan.
Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi III - asrda
Eratosfen yozdi va “Geografiya” atamasini fanga olib kirdi. Mazkur darslik uch
qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qismida geografiyaning rivojlanish tarixi, ikkinchi
qisimida Yerning o’lchamlari, quriqlik va okeanlar chegaralari, iqlimlar tavsifi
berilgan, uchunchi qismida esa quriqlikni materiklar va okeanlarga bo’linishi va
o’sha davrdagi yirik davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari Erotosfen dunyo
haritasini tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan.
Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida Strabon
17-tomli “Geografiya” nomli asar yozgan. Strabon tomonidan mamlakatshunoslik
geografiyasi rivojlantirilgan.
Huddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga Klavdiy Ptolomiy juda
ulkan hissa qo’shgan. U geografik haritalarni daraja to’ri bilan tuzish usulini ixtiro
qilgan. Shu usulda dunyo haritasini tuzgan, 8-tomlik “Geografiya” asarini yozgan.
Uning kitobida keltirilgan haritalar konusli va streografik proektsiyalarda tuzilgan.
Shimol doimo haritalarning yuqori qismida tasvirlangan.
Demak, qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, dunyo
haritasi tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar yozilgan.
Haritalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol tomon haritalarni
yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan.
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi
O’rta asrlarda geografiya fani va uni o’qitish metodikasi yanada rivojlandi va
chuqurlashdi. Yangi kitob va darsliklar yozildi, yangi yerlar ochilishi bilan dunyo
haritasi yanada aniqlasha boshladi.
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga bo’lishimiz
mumkin: o’rta asrning birinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishi; buyuk
geografik kashfiyotlar bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishi.
O’rta asrlarning birinchi bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishi.
Mazkur bosqichda geografiya ta’limi asosan sharq mamlakatlarida rivojlandi.
Mazkur bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishiga oid quyidagi natijalar
olingan:
-
IV asrda Aleksandr Kosma Indikoplev tomonidan dunyo haritasi tuzildi.
Uning haritasida Shimoliy Afrika, Yevropa, O’rta dengiz, Osiyo, Kaspiy dengizi
tasvirlangan;
-
VIII-IX asrlarda Ahmad Al-Farg’oniy astrolobiya asbobini yaratdi. Uning
astranomiya darsligi bir necha asrlar davomida Yevropa mamlakatlarida asosiy
darslik sifatida qo’llanildi;
-
Muhammad Ibn Al Xorazmiy IX asrda “Surat-al-Arz” nomli kitob yozgan,
dunyo haritasini tuzgan, geodezik o’lchov ishlarini olib borgan;
-
Abu Rayhon Beruniy birinchi bo’lib globusni yaratdi, Dunyo haritasini tuzdi.
Geografiya fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U “Hindiston”, “Meniralogiya”,
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya (matematik geografiya)” va
boshqa ko’plab asarlar yozgan;
-
Abu Ali Ibn Sino relyefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’rni
va ahamiyatini ochib beradi;
-
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asari bilan regional
geografiyani rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. “Boburnoma”da keltirilgan
ma’lumotlar asosida O’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy
sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin.
Demak, o’rta asrlarning birinchi qismida geografik bilimlar yanada kengaygan
va chuqurlashgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi
Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada
Dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi. 1492-yil Xristofor Kolumb
tomonidan Amerika qit’asi ochildi. 1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya
ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o’tib, Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochdi.
1519-1521 - yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo’ylab
Dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor
isbotladi. 1650-yili Golland olimi B.Vareniy “Umumiy geografiya” nomli asar
yozdi. Mazkur asarda geografiya ikki qismga,ya’ni umumiy va xususiy qismlarga
bo’ladi.
Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida geografiya ta’limining
rivojlanishi
XVII-asrdan boshlab Yer yuzasi tabiatini o’rganish bo’yicha maxsus
ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Geografik ma’lumotlarni yiqilishi va ularni
umulashtirish asosida yirik ilmiy va amaliy natijalar olindi. XVII- asrning
o’rtalarigacha geografiya alohida predmet sifatida o’qitilmas edi. Geografik bilimlar
mamlakatshunoslik kurslari tarkibida berilar edi. Buyuk geografik kashfiyotlar va
ilmiy geografik tadqiqotlar bosqichi natijalari ta’sirida geografiya faniga bo’lgan
e’tibor kuchaydi. Natijada XVII-asrning ikkinchi yarmidan boshlab G’arbiy
Yevropa davlatlari maktablarida geografiya alohida predmet sifatida o’quv dasturiga
kiritildi. XVIII- asrdan boshlab esa geografiya barcha maktablarda o’qitiladigan
bo’ldi. XVIII-asrning boshlarida maktablarni ixtisoslashiga ko’ra geografiyaning
ma’lum bir tarmog’i o’qitilar edi. Matematik - navigatsiya maktablarida matematik
geografiya, boshqlarida esa siyosiy geografiya o’qitilar edi. Siyosiy geografiya
asosan mamlakatlar tavsifidan iborat bo’lgan. XVIII asrning boshlarida I.Gyubner
(1719) tomonidan“Yer sharini qisqacha tavsifi” nomli darslik nashr qilindi. Ushbu
davrda yirik Golland olimi Vareniy “Bosh geografik ” nomli mashhur asarini yozdi.
XVIII
asming birinchi yarmida geografiya o’qitish metodikasi Gollandiya va
Germaniyada rivojlandi. Juda ko’p darsliklar e’lon qilindi. Ammo mazkur
darsliklarning mazmuni asosan geografik nomlar, ma’lumotlar va sonlardan iborat
bo’lgan. O’quvchilar faoliyati ularni yodlab olishdan iborat edi.
Rossiyada geografiya fanini va uni o’qitish metodikasini rivojlanishida
M.V.Lomonosov X.Chebotarevlar katta xizmat qilishdi. XVIII- asrning ikkinchi
yarmida X.Chebotarev “Rossiya imperiyasini geografik va metodik tavsifi” nomli
darsligini nashrdan chiqardi. Mazkur davrda geografiya ikkita sinfda o’qitilgan: III-
sinfda umumiy geografiya, IV- sinfda Rossiya geografiyasi.
XIX- asrning boshlarida Yevropa davlatlari va Rossiyada barcha o’quv
muassalarida geografiya ta’limi joriy qilindi. 7-yillik gimnaziyalarning 3-sinfidan
IX-sinfigacha geografiya predmeti o’rganilgan. Geografiya predmeti bo’yicha
haftalik soatlar miqdori 14 soatni tashkil qilingan. Mazkur davrda Ye.F. Zavyalov,
K.P.Arsenov darsliklari bo’yicha geografiya predmeti o’rganilgan.
XIX-
asrning ikinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishida K.D.
Ushinskiy, D.D.Semenov ishlari muhim o’rin tutgan. K.D.Ushinskiy geografiya
o’qitishni bir necha tamoillarini ishlab chiqdi. D.D.Semenov “Уроки географии” (
Geografiya darslari) nomli darslik yozgan.
XIX
asrning oxirida geografiya tia’limini rivojlanishda nemis olimi
Oberlenderning metodikasi katta o’rin tutadi. U ”Oberlender georafiya metodikasi”
deb nomlangan darslik yozgan. Mazkur darslikda quyidagi metodlar ajratilgan:
-
analitik-avval Yerni umuman o’rganib so’ngra uni qismlarini o’rganish;
-
sintetiya- avval alohida joylarni o’rganib so’ngra Yerni butunlay o’rganish;
-
konstruktiv-o’quvchilar harita chizish mobaynida Yer yuzasining asosiy
shakllari bilan tanishadi;
-
bog’lovchi (assotsiativ) o’rganilayotgan voqea va hodisalar o’rtasidagi
o’zaro aloqalarga katta e’tibor berildi;
-
guruhlashtiruvchi bir xil geografik obyekt, hodisa va jarayonlarni guruhlarini
qiyoslashga asoslanadi.
XX-
asrning
boshlarida
geografiya
o’qitish
metodikasini
rivojlanishida D.N.Anuchin, N.Revskiy, A.Sokolyev, E. Petri, Ya.Rudnev,
V.Budanov,
S.Arjanov va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mazkur olimlar
tomonidan Oberlender metodikasi yanada takomillashtirildi va rivojlantirildi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Rossiya va hamdo’stlik mamlakatlarida 9-
yillik mehnat maktablari tashkil qilindi (1-bosqich I-IV sinflar, ikkinchi bosqich VI-
IX sinflar) geografiya ta’limining maqsadi va mazmuni o’zgaradi. 1921 yil D.N.
Anuchin tomonidan yagona geografiya dasturi ishlab chiqildi, bungacha har bir
tuman va maktab o’zini dasturiga ega bo’lgan. D. N. Anuchin dasturiga binoan III-
sinfda o’z qishlog’i, shahri, tumani geografiyasi; IV sinfda mamlakat turli
mintaqalarining tabiati; V sinfda “Qit’alar geografiyasi”, VI - VII sinflarda Rossiya
geografiyasi, VIII sinfda iqtisodiy geografiya, IX sinfda astronomiya va astrologiya
o’tilgan.
XX-asrning 25-30 yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi. 1924
yildan maktablar yangi dasturga o’tdi, bu dastur bo’yicha alohida fanlar o’tilmas,
balki tabiiy va ijtimoiy fanlar asosi majmuasi o’tilar edi. 1927 -28 yildan boshlab
geografiya yana alohida fan sifatida o’qitila boshlandi. 1934-yil 15 mayda
geografiya fanini o’qitish bo’yicha davlat qarori chiqdi. Unda geografiya o’qitishni
sifati o’ta pastligi qattiq tanqid qilindi. Mazkur qarorga muvofiq geografiya fani uch
bo’g’inga bo’lib o’qitila boshlandi: boshlang’ich 3-sinfda o’z turar joyining tabiiy
geografiyasi, 4-sinfda tabiat zonalari, 5- sinfda umumiy tabiiy geografiya, 6-sinfda
qit’alar tabiiy geografiyasi, 7-sinfda mamlakat iiqtisodiy geografiyasi soatlar
miqdori ko’paytirildi. “Географиya в shnme ” jurnali nashr qilina boshlandi. 1958-
yil dekabrda davlat tomonidan maktab haqida qaror qabul qilindi. Unda o’z o’lkasi
geografiyasini o’rganishga katta e’tibor berildi. Ilmiy tekshirish institutlari tashkil
qilindi,ularda geografiya metodikasi laboratoriyalari tashkil qilindi.
Geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha qator darsliklar A.V.Darinskiy,
I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova va boshqalar tomonidan nashr qilindi.
Xorijda geografiya ta’limi
Keyingi o’n yilliklarda geografiya o’qituvchilarini tayyorlash va ularni
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog’onaga ko’tarildi. Hozirgi kunda
geografiya ta’limi jahonning ko’pgina mamlakatlarida uchta yo’nalishda olib
borilmoqda:
1.
Barcha o’quvchilar uchun yagona o’quv rejasi va dasturi asosida (Sharqiy
Yevropa va sobiq SSSR o’rnida vujudga kelgan davlatlardir);
2.
Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakul’tativ tarzda
o’rganish
(AQSH,
Buyuk
Britaniya,
Kanada,
Yevropaning
ko’pchilik
mamlakatlarida);
3.
Barcha o’quvchilar uchun o’rganish majburiy bo’lgan fanlar qatorida
qo’shimcha fakul’tativ mashg’ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko’pchilik
mamlakatlarda) o’tkazish.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va
iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi barcha
maktablarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida
emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar tarkibiga qo’shilib
ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni xoxlovchilar maxsus fakul’tativ
mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini oshirish mumkin.
Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo’yicha yagona
davlat rejasi yo’q, har bir o’qituvchi maktab sharoiti nuqtai nazaridan kelib chiqib,
o’quv dastursini tuzish mumkin. Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug mavjud
bo’lib, ularning barchasida o’ziga xos bo’lgan geografik ta’lim mavjud va bir- biriga
o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi.
Uchunchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o’rganiladigan fanlar
qatoriga kirmaydi va uni fakul’tativ mashg’ulotlar orqali o’rganish asosiy o’rinni
egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida
barcha
o’quvchilar
uchun
majburiy
bo’lgan
fanlar
qatorida
xilma-xil
murakkablikdagi fakul’tativ kurslar turi keng tarqalgan.
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni:
boshlang’ich maktab 1-4 sinf, o’rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12 sinf.
Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega. Masalan,
birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof- muhtni
o’rganish. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining hayotini o’rganish va zarur
kasblar
haqida
ma’lumotlar
olish,
ta’limiy
ko’nikma
va
malakalarni
shakllantirishdan iborat.Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global
muammolarini va jahon xo’jaligini o’rganishdan iborat.
Jahon tajribasida geografiya o’qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni
o’quvchilarga o’rgatish bo’yicha ikki fikr (yo’nalish) tarafdorlari bor.
Birinchi yo’nalish tarafdolarining fikri o’quv rejalarida geografiyani mustaqil
fan sifatida muntazam o’qitishni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchi yo’nalish
tarafdorlari geografiyani boshqa o’quv fanlari bilan itegratsiya (birikma) tarzida
qo’shib o’qitishni isbotlab berishga urinadilar.
O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jahonda yetakchi bo’lib, 40-50-
yillardagi ta’lim islohatida ko’pgina fanlar qatori geografiya majburiy
o’rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi, tarix va jamiyatshunoslik bilan
birlashtirildi. Geografiyani bunday o’qitish o’quvchilarga talay qiyinchiliklarni
tug’diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib o’quvchilar zarur
ko’nikma va malakaga ega bo’lmay qoldilar. Masalan, Michigan universitetining
Geografiya fakultetida o’qish uchun ariza bergan 400 o’quvchining yarmi
geografiyani faqat boshlang’ich sinflarda o’qiganlari ma’lum bo’ldi. Shu tufayli
ham hozirgi kunda AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash
ketayapti.
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida fanlarni o’rganish ixtiyoriy bo’lib,
o’quvchilar istak hohishlari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi
mamlakatlar majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlandiya va
Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisodiy va sotsologiya, geografiya, kimyo, ingliz tili,
din va sport majburiy fan hisoblanadi.
Fin mamlakatlarida 9-yillik majburiy ta’limdan keyin sinfsiz gimnaziyalar
keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi o’ziga
yillik o’quv rejasi tuzadi. Bundayyillik o’quv reja gemnazilarda kurs rahbarlari va
ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.
Gimnaziyada o’quv yili 6 davrga bo’linadi. Har bir davr 6 haftadan iborat
bo’lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bittadan fan kuniga bir
soatdan o’qitiladi. Gimnazist kuniga 4-7 soat o’qiydi. Sport darslari mashg’ulotdan
keyin o’tkaziladi. Har davr yakunida o’quvchilar bilimi baholanadi.Agar o’quvchi
qoniqarsiz baho olsa, u shu kursni qaytadan tanlaydi.
Deyarli ko’pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi tizimi davlatning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog’liq.
Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’rganish asos qilib olingan sobiq SSRda va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo’jalikning rivojlanish qonuniyatlari,
jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlar, atrof muhit muammolari geografiya
ta’limining asosini tashkil qiladi.
Rivojlangan davlatlarda geografiya ta’limining mazmuni sifat jihatidan yuqori
bo’lib, o’quvchilarda ma’lum ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu
davlatlarda geografiya ta’limi ko’proq muammolarni, turli nazariya va qonunlami,
kategoriyalarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchilarga o’zlashtirishda bir
muncha qiyinchiliklar tug’diradi.
Rivojlangan g’arb mamlakatlarida geografiya ta’limida ta’limning ruhiy
jabhalari asosiy o’rinni egalagan. O’quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini
o’rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqiqotlari psixologlar
ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi.
Geografiya ta’limida turli matnlar, o’yinlar, imitatsiya keng qo’llaniladi.
Masalan, o’quvchi biror kompaniyani prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror
muammoni hal qiladi, o’zi xulosalar chiqaradi. Umuman bunday ta’limning asosiy
maqsadi o’quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan
iborat.
Turli mamlakatlardagi geografiyadan o’quv darsliklari va qo’llanmalarini tahlil
qilish shuni ko’rsatadiki, ularda bitta kursni o’qish uchun bir necha qo’llanma
chiqariladi. Ko’pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo’lib, axborot
xususiyatiga ega. Bunday qo’llanmalarda matn 20-30 % ni, tasvir 20 % ni, statistika
20 % ni, savol va topshiriqlar 20 % ni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar nihoyatda
sifatli. Quyi sinflar qo’llanmalarida esa deyarli harita yo’q, ular o’rnini harita
sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham
taqqoslash harakteriga ega bo’lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland,
eng uzun kabi tarzlarda berilgan.
Mavzu yoki bo’limdan keyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu
mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo’yiladigan savollarning aksariyati
muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o’yinlar tarzida berilgan.
O’quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash
uchun maxsus savollar, qizqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli
o’yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o’rin berilgan.
O’quvchilar ularni mustaqil bajarishlari jarayonida tadqiqotchi rolini o’ynaydilar.
Angliya geografiya ta’limining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
-
ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon
geografiya tadqiqot metodlarini ko’proq o’rgatish;
-
gegrafiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodlaridan
unumli foydalanish, o’quvchilarni gipotezalar tuzishga o’rgatish;
-
darslarda turli mazmundagi ekasperementlar uyushtirish ya’ni tassavur,
tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o’rin berilgan;
-
o’tilayotgan maummoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda
o’rganish;
-
5 - 8 sinflarda geografiyaga haftada ikki soat vaqt ajratilgan. Bu sinflarda
asosan Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o’rganiladi.
Topografiya va kartografiya asoslari bo’yicha ham bilimlar beriladi.
O’qituvchilar diqqatiga bir nechta variantdagi darsliklar tavsiya etiladi.
“Mamlakatlar va xalqlar”, “Yer va inson”, “Yangi geografiya”, “Yer bilimi” va h.k.
9
- 10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi desa ham
bo’ladi. Ayrim yerlardagina qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va Germaniya
geografiyasi chuqur o’rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, siyosiy va davlat
tuzimiga oid bilimlar yetakchi o’rinni egallaydi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix,
sotsialogiya, iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali o’qitishga e’tibor
kuchaymoqda.
Gimnaziyada (11-13-sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil
fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi
fanlarda ham beriladi.
Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni o’rganishga
ko’proq e’tibor beriladi. Masalan, “Insoniyatning ko’payishi”, “Ocharchilik
muammolari”, “Transport muammosi”, “Sanoat markazlarida inson hayoti”,
“Sanoat iqtisodi” va h.k.
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi bir muncha yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Geografiya o’qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab qo’yilgan.
Fransiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo’ljallangan. Shunisi
qiziqki Fransiyada sinflar tezkari hisob bilan yuritiladi. 1- bosqich maktab 6,5,4,3
(o’quvchilar yoshi 11- 15 yoshgacha). Oliy ma’lumot olish faqat litseylarda amalga
oshiriladi.
2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17yosh) sinflardan iborat Geografiya ta’limi
6-sinfdan boshlanadi, bunda “Umumiy geografiya va Afrika materigi” o’rganiladi.
5- snifda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4- sinfda Yevropa (Fransiyadan
tashqari), 3- sinfda Fransiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom ettirish
2,1 va bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi.
2-sinfda geografiya dasturi kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va ko’nikmalar
chuqurlashtiriladi.
Litseyning birinchi sinfida Fransiya geografiyasi bo’yicha o’quvchilar 2-
bosqich maktabida olgan bilimlari chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to’rtta
yirik davlat-AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o’rganiladi.
Fransiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli
qilib yozilgan. Barcha muammolar “inson -tabiat” mazmunidan kelib chiqadi.
Finlandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o’ziga xos xususiyatga ega
bo’lib, geografiya o’qitilishi rivojlangan mamlakatlarga qaranganda birmuncha
yuqori pog’onada turadi. Ta’lim ikki bosqichdan iborat: 1- bosqich 9 yillik majburiy
ummuta’lim xalq maktabi, 2- bosqich gimnaziyalardan iborat.
Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 9- sinfda
tugaydi, 3-4 sinfda o’z mamlakati va qo’shni Shimoliy davlatlarni tabiati va
xo’jaligiga oid muammolar beriladi.
Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida o’rganiladi,
boshqa sinflarda esa o’quvchilar xoxishiga ko’ra maxsus kurs sifatida o’rganish
mumkin. Finlandiyada o’quv rejasi tez-tez almashtirib turiladi.
Vengrya maktablarida geografiya ta’limi 7-yil davom etadi. 4 yil asosiy (5-8
sinf) va 3 yil (9-10-11 sinf gimnaziyada) darslar haftada 2 soat. Geografiya ta’limi
jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga 3% sayohatga, 29% amaliy
mashg’ulotlarga
ajratiladi.
Keyingi
paytlarda
Vengriya
gimnaziyalarida
geografiyaga ajratilgan soatlar kamayishi kuzatilmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xalq maorifiga keyingi yillarda katta e’tibor
berilmoqda. Masalan, Osiyoning ko’pgina mamlakatlarida 1985 yillargacha xalq
ta’limi uchun ajratilgan mablag’ 20 barobardan ortiq o’sdi. Ayniqsa Malayziya,
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya,
Hindiston, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda xalq maorifi rivojlanishi ancha
yuqori bo’ldi.
Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, o’rta
maktabda o’qishni davom ettirish 4 yildan 8 yilgacha.
Geografiya o’quv dasturlari ko’pchilik davlatlarda bir xil bo’lib, mamlakatning
tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishga bag’ishlanadi.
Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o’quv dasturlari geografiya
darslari mamlakat xalq xo’jaligi ehtiyojini e’tiborga olgan xolda tuzilmoqda va
yaratilmoqda.
Chet el davlatlarida geografiya ta’limida eng ko’p qo’llaniladigan usullar
quyidagilar hisoblanadi:
1.
Evristik suhbat metodi. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarni ko’proq mustaqil
bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o’rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil
xujjatlar, vositalar asosida muammolar va savollar o’quvchilar diqqatiga havola
etiladi. Bunday usul ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zillandiya, G’arbiy
Yevropa davlatlarida keng tarqalgan.
2.
Tarqatma kartochkalar usulida turli chizmalar, jadvallar, haritalar turlicha
xatoliklarga yo’l qo’yib tuziladi va tarqatiladi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan o’sha
xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misollar va masalalar yechish
ham o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng
qo’llaniladi, o’quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish
uchun ham ko’proq misol va masalalardan foydalaniladi. Tayyor mahsulotni
qayerda sotish, transport harajatlarini aniqlash, mehnat resurslaridan unumli
foydalanish kabi misol va masalalar yechishsiz amalga oshmaydi.
3.
Matnlar, ya’ni javoblar to’g’ri, noto’g’ri tarzda aralashtirilib berilishi
shulardan to’g’risini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan usullardan
hisoblanadi.
4.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo’llanmalardan foydalanish,
matematik modellashtirish keng tarqalgan o’qitish usullari hisoblanadi. Ayniqsa
diskussiya, tortishuvlar kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng
tarqalgan.
O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi
O’zbekistonda jumladan, O’rta Osiyoda geografiya ta’limining rivojlanishi
uzoq tarixga ega. O’rta asrlarda geografiya ta’limining markazi sharqqa ko’chgan.
Mazkur davrning buyuk geograflarini asosiy qismini yurtimizdan yetishib chiqqan
buyuk o’zbek olimlari tashkil qiladi. Ularga Ahmad Farg’oniy, Muhammad
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va
boshqalar kiradi.
XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida geografiya ta’limining rivojlanishi
Mazkur davrda yurtimizda geografiya ta’limining rivojlanishi rus-tuzem
maktablarining ochilishi va mazkur maktab o’quvchilari uchun darsliklar va o’quv
qo’llanmalari yaratilishi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan XIX arsning oxiri va
XX asr boshlarida o’zbek tilida juda ko’p darslik va qo’llanmalar chop etildi. Ushbu
davrda geografiya fanini rivojlanishi ma’lum bir omillarga bog’liq bo’lgan.
Jumladan, Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan so’ng, uni boshqarish uchun rus
tilini biladigan mahalliy millat vakillari zarur edi. Ikkinchi tomondan, XIX-arsning
oxirlarida Turkistonda milliy uyg’onish davri boshlandi, ya’ni jadidchilik davrida
millat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida yangi usul maktablari tashkil
qilina boshlandi.
Mazkur maktablarda geografiya fanini o’qitishga alohida e’tibor berilgan.
Jadidchilik davrida chop etilgan geografik darsliklar,qo’llanmalar yaratilish tarixi,
O.Mo’minov (1986y), B.Qosimov (1999y), D.Alimova va D.Rashidova (1998y),
X.Vaxobov va N.Alimova (2001 y) va boshqalar tomonidan o’rganilgan.
Jadidchilik harakatida ta’lim va tarbiya
Toshkentda 1900 yili “Yangi usul” maktabi ochildi. Mazkur maktablarda
geografiyaga alohida ahamiyat berildi. 1905 yil Samarqanddagi yangi usul
maktablari uchun o’zbek tilida “Turkiston va unga qo’shni mamlakatlar kartasi”
nashr qilinadi. Shundan so’ng o’zbek tilida qator darslik va qo’llanmalar chop etila
boshlandi: 1909 yil Fotix Karimning geografiya fani bo’yicha darsligi Orenburgda
nashr etiladi. 1914 yil Muhammad Amin Karimiyning “Jug’rofiyai riyoziy”
(Matematik geografiya) 4 va 5 sinflar uchun nashr qilindi. 1915 yil “Yer yuzi”
darsligi chop etiladi.
O.Mo’minov ma’lumotiga binoan 1870 yildan boshlab o’zbek tilida
“Turkiston viloyati” gazetasi nashr qilina boshlandi. Mazkur gazeta sahifalarida
geografiyaga oid juda ko’p maqolalar e’lon qilindi. Unda Mahmudxo’ja Bexbudiy,
Zokirjon Furqat va boshqalarning sayohatnomalari haqidagi ma’lumotlar e’lon
qilina boshlandi bu esa o’sha davrdagi ziyolilarni dunyoqarashiga katta ta’sir
ko’rsatdi. XIX-arsning 80-yillarida Turkistonda “rus-tuzem” maktablari tashkil
qilinishi boshlandi. Mazkur maktablar uchun nemis olimi A.Geykiyning “Yer
xususidagi ilmdan olingan so’zlar” nomli kitobi 1899 va 1901 yillari nashr etildi
1910 yildan so’ng rus-tuzem maktablarining 3 va 4 sinflar uchun haftasiga 4 soat
geografiya darsi o’quv rejasiga kiritilgan, bu esa boshqa fanlarga nisbatan ancha
ko’p edi.
Jadidchilik davrida geografiyani o’qitishga alohida e’tibor qaratildi. “Jadid”
so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi”, “jadidchilik” esa yangilik tarafdorlari degan
ma’noni bildiradi. XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda chor
mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o’lkada jadidchilik harakatining
vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va
boshqa o’lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o’z davrining eng
ilg’or kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy
nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo’lib chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda ko’rishni
o’zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Jadidchilik nomoyondalari milliy ozodlik
kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo’lmaslini bilishar. Shu bois ular
milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub ildizlari
yo’q qilib tashlash lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining hamma
narsadan oldin halqqa ma’rifat berish lozim degan g’oyasi yuzaga keldi. Jadidlar
1906 yildayoq “Taraqqiyot” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini
tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda
diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi bilimlar
ham targ’ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo’lib,
ular shu qurol yordamida o’lkada ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun
kurashmoqchi bo’ldilar. Jadidlar o’z ezgu orzularini, faqat maktab, ma’orif va ta’lim
tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish
mumkin, deb bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni
tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi bo’lib “Maktabi usuli
jadida” ya’ni “ Yangi usul maktabi”ga asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan
“Usuli jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o’qitish
metodikasi, nazorat turlari ko’p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan. U
madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o’qitish masalalarini ko’tardi.
Jumladan, diniy fanlar bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o’rganish zarurligi
haqida so’z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ’ib qilish, jadid maktablarini
tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 2 marta bo’lib,
mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq bo’ldi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar
qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi o’nlab ma’rifatparvar ilm darg’alarning
faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ushbu davrda eng mashhur allomalardan biri Mahmudxo’ja Behbudiy
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan bo’lib, jahonga mashhur bo’lgan
geograf, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, pedagog olimdir. Uning
tomonidan “Yangi usul maktablari” uchun “Turkiston haritasi”, “Muntahabi
jug’rofiyaiy umumiy” (qisqacha umumiy geografiya), “ Madhali jug’rofiyaiy
imroniy”(Aholi geografiyasiga kirish),“Muxtasari jug’rofiyaiy Rusiy” (Rusiyaning
qisqacha geografiyasi) darsliklari va qator sayohatnomalar e’lon qilingan. Ushbu
darslikda geografiya haqida keng va tushunarli ma’lumotlar berilgan.
Mahmudxo’ja Behbudiyning “Kitobi muntahabi jug’rofiyai umumiy va
namunai jug’rofiya” darsligi 1905 yili 24 avgustda Sankt-Peterburg senzurasidan
ruhsat olinib, 1906 yil Samarqandda chop etilgan va 106 sahifadan iborat bo’lgan.
Darslik adibning tanlangan asarlarining (1999 y) kirish qismida geografik nuqtai
nazardan juda yaxshi va har tomonlama tahlil qilingan. Darsning muhim va ilmiy
metodik jihatlaridan biri u Turkiston nuqtai nazaridan, Turkiston aholisining bilim
saviyasi nuqtai nazaridan yozilgandir. Darslikdagi har bir mavzu yoritilganda
Turkiston tabiati, xo’jaligi, aholisi albatta misol keltiriladi yoki mazkur bilimlar
Turkiston haqidagi bilimlar, turkistonliklar bilimi bilan solishtirladi. Demak,
Mahmudxo’ja
Behbudiyning
darsliklarida
o’lkashunoslik
ma’lumotlaridan
foydalanish va yosh avlodga, vatanga nisbatan muhabbat tushunchalarini
shakllantirishni asoschilaridan biri deyishga to’la asosimiz bor. Chunki
umumdunyoviy bilimlar o’lkashunoslik bilimlari bilan chambarchas bog’langan
holda berilgan. Bundan tashqari darslikda asrimiz boshlaridagi Turkistonda
dunyoviy bilimlarni o’qitish xolati va ommaning hamda ulamolarning bilim darajasi
ham aniq va haqqoniy baho berilgan.
Darslikning mazmuni quyidagidan iborat: kirish; “jug’rofiya” degan so’zning
ma’nosi; jug’rofiya qachon paydo bo’lgan; Turkistonlik donishmandlar;
jug’rofiyani o’qimoqni nafi; jug’rofiyani o’qimoq musulmonlarga lozimdir; eski va
yangi donishmandlar; yangi muhokamani so’zidan namuna; Yer aylanganda
ustidagilar yiqilmasligi; atrof; jixoyati asliya; harita; plan; xukumat va xukumronlar;
din va odat; o’lchak miqiyos; Amriqoning topilishi; tavsil va tabix.
“Geografiya” so’zing ma’nosini Mahmudho’ja Bebbudiy ta’rifi bo’yicha “Yr
va tuprog’ni bayon qilaturg’on ilimni aytadur” Darslikda geografiyani quyidagi
tarmog’lari ajratiladi: “Matematik geografiya” (Jug’rofiyai riyoziy), Tabiiy
geogrfiya (Jug’rofiyai tabiiy), Tarixiy geografiya (Jug’rofiyai tarixiy), Siyosiy
geografiya (Jug’rofiyai siyosiy) va x.k. lar. Xulosa qilib adib geografiyani dunyo va
undagi tabiiy va ijtimoiy xodisalar haqida bilim beradigan jahonnomadur deb ta’rif
beradi.
“Geografiya qachon paydo bo’lgan” qismida geografiyaning qisqacha
rivojlanish tarixi quyidagi bosqichlarga bo’linib yoritiladi: qadimgi, o’rta asrlar,
buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi bosqich. Har bir bosqichda geografik
bilimlarning rivojlanishi chuqur tahlil qilingan.
“Turkiston donishmandlari” bo’limida Turkistonlik allomalarning geografiya
faniga qo’shgan hissasi yoritilgan. Mazkur bo’limda Turkiston tarixida tilga
olinmagan allomalarning nomlari ham uchraydi.
“Jug’rofiyani o’rganmoqni nafi” bo’limida geografik bilimlarini kundalik
hayotda va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligini misollar tariqasida yoritib
berilgan.
“Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur” bo’limida musulmon
allomalari asraiga tayangan xolda musulmonlar uchun geografik bilimlarni
ahamiyatii ochiib berilgan.
“Atrof; Jixoyati Asliya; Harita; Plan” bo’limida ufq va ufqning asosiy va
oraliq tomonlari, harita va plan haqida bilimlar tizimi berilgan. Haritaning Behbudiy
ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli, topografik) “xaritai
umumiya, xaritai xususiy, xaritai to’pugrafik”
“Xukumat va xukumronlar” bo’limida davlatlarni boshqarishning turlari
keltirilgan bo’lib, mazkur turlar hozirgi turlarga diyarli mos keladi.
“Din va odat” bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida to’xtalib
o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy va ilmiy
ahamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muhim, har bir bo’limi
alohida tahsinga sazovar bo’lgan asardir.
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li XX - asrning birinchi choragida faqat
Turkistondagida emas, Rossiya musulmoni ziyolilari orasida ham mashhur edi.
Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o’quv
kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida xurmat ila tilga olardi.
Munavvar qori Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi. U maktabni
avval o’z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat qilardi. U maktabni
isloh qilmay turib, odamlarning ongda o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi
tushunib yetgan edi.
Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm fanni o’rganishni
targ’ib qiladi. U 1916 yili Toshkentda yig’ilishda nutq so’zlab shunday deydi:
“O’zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar
o’qib, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar” Munavvar qori
fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917 yil may oyida
taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylar ishtirokida o’tgan quriltoyda
“Sho’roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. Natijada ilg’or fikrli
kishilar uning atrofida to’plana boshlaydi. U 1918 yil may oyida Toshkent shahrida
“Turk o’chog’i” ilmiy madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi
ochilmaguncha na o’zini, na halqining erkini muhofaza qila olishini, bu iymonsiz
ekanini mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik
Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Xadrada “Maktab
kutubxonasi” nomli kitob do’koni ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan
maqsad va vazifalariga mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi asosida o’z ona tilida olib
borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qilar edi. U o’z maktabida bolalarga
tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar edi.
A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot
yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”,
“Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu
asarlarida dunyo halqlari asarlarini ulug’lab, o’z halqini dunyoviy ilmlarni
egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo’lishga chaqiradi.
U bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam
shug’ullanishi benihoyat zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning
“diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Negaki
fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdir” deb
ta’kidlaydi. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini tushunardi. Shuning
uchun yoshlarni ilm sirlarini bilishga, ayniqsa tabiiy fanlarni bilishga chaqiradi.
Chunki bu fanlar tabiatda bo’lgan xodisalarni mohiyatini yechishga imkon beradi.
Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat
manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yo’lida qo’llanmasa, u o’likdir.
A.Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni
dono insonlar, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi
uchun kurashgan jadidchilik harakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat va
siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat o’zbek olimlari
ichida birinchi bo’lib, o’sha davrda professor unvoniga ega bo’lgan olimdir. Fitrat
o’z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif ishlari, bilim berish
usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash yo’llari haqida
to’xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o’rganishga da’vat etgan. U mamlakatni
rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi lozim deb bilardi.
U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi
ilg’or Yevropa ilm-fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish uchun yuborish
tashkilotchilaridan biri bo’ldi. Fitrat insonning kamolotga yetishish uchun badan
tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat va
quvvatga ega bo’lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd qiladi.
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlari natijasida O’rta
Osiyoda jumladan O’zbekistonda dunyoviy ilmlar tabiat fanlari, fan texnikaga,
tabobatga oid ilmlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Jadidlarning ta’lim-tarbiya
to’g’risidagi qarashlari shu bilan harakterliki, ular ajdodlarimizning bu boradagi
qimmatli fikrlari ilg’or, zamonaviy qarashlar bilan uyg’unlashtirdilar. Shu bois
ularning pedagogik qarashlari ijtimoiy
XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining
rivojlanishi
XX asrning 90 yillarigacha O’zbekiston davlati Sobiq Ittifoq tarkibida
bo’lgan, shuning uchun geografiya ta’limining ushbu davrda rivojlanishi ma’lum bir
ma’muriy va siyosiy qoliplarda olib borilgan. Mazkur davrda geografiya ta’limining
rivojlanishi O.Mo’minov (1986 y) tomonidan to’la va har tomonlama o’rganilgan
va quyidagicha davrlarga ajratilgan: geografiya ta’limini tashkil qilish davri;
geografiya ta’limining tartibga solish davri; geografiya ta’limini hayot bilan
bog’lanish davri; geografiya ta’limini takomillashuvi davri.
O’zbekistonda geografiya ta’limini tashkil etish davri (1918-1934 yil). Ushbu
davrning boshlarida geografiya ta’limida yagona o’quv dasturi mavjud bo’lmagan,
har maktab, tuman va shahar o’zining o’quv dasturini ishlab chiqar edi. Masalan,
1920 yili Toshkent eski shahar ma’orif bo’limi tomonidan mahalliy sharoitni
xisobga olgan xolda birinchi bosqich maktablari uchun geografiya fanidan o’quv
dasturini nashrdan chiqardi. Dastlabki umumdavlat o’quv dasturi geografiya
predmeti bo’yicha D.N.Anuchin rahbarligida A.A.Borzov va
S.V.Chefranov ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturi asosida Turkiston xalq ma’orif
komissariyati geografiya fanidan o’quv dasturini ishlab chiqdi. 1923-1924 yillardan
boshlab mehnat maktablari uchun kompleks dasturlar ishlab chiqildi. 1925-1930
yillarda “O’zbekiston sho’rolar jumhuriyatining birlik asosidagi mehnat maktablari
uchun dastur”, “Birinchi va ikkinchi bosqich maktablari uchun dastur”, “Ikkinchi
bosqich maktablari uchun jug’rofiya dasturi” va “O’zbekiston birinchi bosqich
maktablarining dasturlari” kabi bir necha kompleks dasturlar nashr etildi.
1934
yil 5 sentyabrda “Boshlang’ich va o’rta maktablar to’g’risida” davlat
qarori chiqdi. Mazkur qaror maktab geografiyasini rivojlanishida katta ahamiyatga
ega bo’ldi. Ushbu dasturlarda o’lkashunoslikni o’rganishga katta ahamiyat berilgan.
Ammo mazkur dasturlarning salbiy tomoni mavjud bo’lib, dasterga muvofiq barcha
tabiiy geografik kurslar 5-sinfdan, iqtisodiy geografiya kurslari esa
6-
7 sinflarda o’rganilar edi. Bu esa geografiya kurslari mazmunini juda
ham qisqarishiga olib keldi.
1935
yil 25 avgustda “Boshlang’ich va o’rta maktablarni dasturlari va o’quv
rejalari” haqida yangi qaror chiqdi. Ushbu qarorda mavjud dasturlar juda murakkab
bo’lib ketganligi qattiq tanqid ostiga olindi. Natijada dasturlardan ortiqcha
materialllar olib tashlandi. Shundan so’ng geografiya dasturlari qaytadan ishlab
chiqildi. Geografiya predmetlarini soatlari ko’paydi. Iqtisodiy geografiya kurslari
1,5 yil o’tiladigan bo’ldi. Maktablarda o’quv ishlarini tashkil qilish bo’yicha ham
ko’rsatmalar berildi: dars o’quv mashg’ulotlarining asosiy va muhim sharti sifatida
qaytadan tiklandi. Ushbu davrda geografiya ta’limini asosiy shartlaridan biri bo’lgan
darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturi
bo’yicha sezilarli ishlar qilindi. Mazkur davrda nashr qilingan darslik va o’quv
qo’llanmalarni O.Mo’minov (1986 y) quyidagi qismga bo’ladi:
-
rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan darsliklar. Bunday darsliklarga
“Boshlanma geografiya” (A.Kruber va boshqalar darsligining tarjimasi),
“Turkiston”, “Boshlang’ich jug’rofiya saboqligi” (G.I.Ivanov) va boshqalar. Mazkur
davrda nemis olimi A.Geykining “Tabiiy jug’rofiya” darsligi (1925 y);
-
rus tilidan erkin tarjima qilingan darsliklar: “Boshlang’ich jug’rofiya”
(G.I.Ivanov);
-
O’zbekistonda nashr qilingan darsliklar: “O’zbekiston va unga qo’shni
jumhuriyatlar
hamda
viloyatlar”
(N.Balashov,
1925
y),
“Jug’rofiya”
(N.P.Arxangelskiy, 1933 y), “O’zbekiston sotsalistik sho’rolar jo’g’rofiyasi
”(L.Obizov, 1934 y) va b.lar.
Geografiya ta’limi sohasida ishlar juda kam bajarilgan. Faqat 1933 yilda nashr
qilingan. N.I.Leonovning “Jug’rofiya metodikasi bo’yicha ocherklar” metodik
qo’llanmasi mavjud edi. Bundan tashqari mazkur davrda ma’orif sohasida qator
ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi, ularda geografiya ta’limi bo’yicha
ma’lumotlar muntazam berib turilgan: “Maorif” (1918 yildan), “ Maorif va
o’qituvchi” (1925 yil) jurnallari, “Madaniy inqilob”- “O’qituvchilar gazetasi” 1931
yildan nashr qilina boshlandi.
O’zbekistonda geografiya ta’limini tartibga solish davri. Mazkur davrda
geografiya ta’limini rivojlanishida 1934 yil 16 mayda chiqqan “Boshlang’ich va
o’rta maktabda geografiya o’qitilishi to’g’risida” nomli qarori katta ahamiyatga ega
bo’ldi. Mazkur qarorda har bir sinfda geografiya predmetini o’qitish bo’yicha
tavsiyalar berilgan:
-
III va IV sinflarda geografik nomlarni mustahkam o’rganishga katta etibor
berilgan;
-
V sinf asosan tabiiy geografiya bo’yicha berilgan bilimlar berilishi va dastur
o’quvchilarning yoshini hisobga olgan xolda soddalashtirilishi ko’rsatilgan;
-
VI sinf o’quv dasturida qit’alar tabiiy geografik sharoitini o’rganishga e’tibor
kuchaytirilgan;
-
VII sinf dasturida mamlakatning umumiy tabiiy geografik tavsifi qoldirilishi
va o’quv materialining osonlashtirilish, har bir sobiq ittifoq Respublikasining
geografik tavsifi kiritilishi ko’rsatilgan. Mazkur qarordan so’ng geografiya
predmetiga ajratilgan soatlar hajmi 15 soatga yetkazildi.
Ushbu bosqichda yangi dastur asosida qator o’quv qo’llanmalari va darsliklar
tayyorlandi va nashr qilindi. 1936 yil 5-sinf uchun A.S.Barkov va
A.A.Polovinkinlarning “Tabiiy geografiya”, 6-sinf uchun. G.I.Ivanovning “Dunyo
qit’alari tabiiy geografiyasi”, 7-sinf uchun N.A.Baranskiy “SSSR tabiiy
geografiyasi” (1-qism), S.V. Chefranov “SSSR tabiiy geografiyasi” (2-qism), 8- sinf
uchun N.N.Baranskiy “SSSR iqtisodiy geografiyasi”, I.A.Vitver 9-sinflar uchun
“Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi” darsliklari nashr qilindi.
Ushbu bosqichda maktablar uchun atlaslar va metodik qo’llanmalar nashr
qilindi va ular o’zbek tiliga tarjima qilindi. 1939 yili N.P.Arxangelskiy tomonidan
“Boshlang’ich maktablarda jug’rofiyadan ko’rsatmalar” va F.A.Ushinov tomonidan
“Geografik materiallar” nomli metodik ishlari nashr qilindi.
Geografik atamalar sohasida ham qator qo’llanmalar nashr qilindi: 1935 yil
O.Ibrohimov
“Geografiya
atamalari”,
1940
yil
M.X.Bektemirov
va
S.Sayidrasulovlar tomonidan “Qisqacha ruscha-o’zbekcha geografiya terminlari
lug’ati” nashr qilindi.
Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi. 1958 yil 12 noyabrda
qabul qilingan qonunga muofiq maktab o’quvchilarini hayotga tayyorlash vazifasiga
katta e’tibor berildi. Shuning uchun ushbu davrda geografiya fanining boshlang’ich
va umumta’lim maktablarida o’qitish hayot bilan bog’langan xolda olib borila
boshlandi. Su munosabat bilan maktab geografiya darsliklari qaytadan ishlab
chiqildi va nashr qilindi. Natijada ayrim kurslar ikkita sinfda o’qitiladigan bo’lib
qoldi. Masalan, “Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi” VI va VII sinflarda, “SSSR
geografiyasi” VII va VIII sinflarda o’rganiladigan bo’ldi. Bu esa olingan bilimlarni
umumlashgan xolda xulosalashni qiyinlashtirib qo’ydi.
Ushbu davrda mavjud darslikning mazmuni va tuzilishi o’zgardi, o’qitish
metodikasi bo’yicha qo’llanmalar nashr qilindi: N.F.Kurazovning “Geografiya
o’qitish metodikasi” (1952 y), V.P.Budanovning “Tabiiy geografiya o’qitish
metodikasi” nashr qilindi.
O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi. 1966 yil 10
noyabrda “O’rta umumiy ta’lim maktablarining ishini yanada yaxshilash choralari
to’g’risida” davlat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq geografiya ta’limini
yaxshilash bo’yicha komissiya tuzildi. Mazkur komissiya tavsiyasiga binoan maktab
geografiya kurslari sinflar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: II sinfda
Tabiatshunoslik kursi-35 soat; III-sinfda Tabiatshunoslik kursi-70 soat; IV- sinfda
Tabiatshunoslik kursi 70-soat; V-sinfda Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi-70
soat; VI-sinfda Materiklar geografiyasi -105 soat; VII-sinf SSSR tabiiy geografiyasi
-70 soat; VIII-sinf SSSR iqtisodiy geografiyasi-70 soat; IX-sinfda Chet el
mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi-70 soat;
O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi sohasida XX-arsning oxiri va
mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi. Geografiya o’qitish metodikasi
sohasida O.Mo’minov., H.Vaxobov., R.Qurbonniyozov., P.Musaev., P.G’ulomov.,
G’.Pardaev., va boshqalar katta ishlarni amalga oshi rishgan.
Umumta’lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari tayyorlashda
N.Dolimov, O.Mo’minov, T. Abdullayeva, P.Musaev, P.G’ulomov, X.Vaxobov,
A.Qayumov, P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov, R.Qurbonniyozov,
A.Soatov va boshqalarning xizmati katta.
Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari P.Baratov.,
X.Vaxobov, M.Mamatqulov, A.Rafikov, G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarov,
G’.Pardaev, A.Nizomov, A.Xodjimatov, N.Alimqulov, N.Sultanova va boshqalar
tomonidan yaratilgan.
O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng umumiy ta’lim-tarbiya sohasini
isloh qilish zaruriyati tug’ildi. Ayrim o’quv fanlari dars tizimidan chiqarib tashlandi,
ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar yangidan yaratilib o’quv tizimiga
joriy qilindi.
Maktab geografiya ta’limi sohasida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Umumiy ta’lim maktablarida “SSSR tabiiy geografiyasi” (8-sinf) va “SSSR
iqtisodiy va sotsial geografiyasi” (9-sinf) o’quv kurslari ta’limi dasturdan olib
tashlandi.
Umumiy majburiy ta’lim 9-yilga o’tkazilgani musosabati bilan ayrim o’quv
kurslari o’rganiladigan sinflar o’zgardi. 5-sinfga yangi “Tabiiyot” kursi kiritildi.
Ammo mazkur kurs o’zlashtirish qiyin bo’lganligi, hamda unda tabiiy geografiya va
boshqa fanlardagi bilimlar qaytarilganligi tufayli 1999 yil o’quv dasturidan olib
tashlandi.
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursi, “Materik va okeanlar tabiiy
geografiyasi” kursi bilan qo’shib 6-sinfda o’tiladigan bo’lgan edi. Bu ham o’zini
oqlamadi. Yangi dastur (1999 yil) bo’yicha yana 5-sinfda boshlang’ich “Tabiiy
geografiya” kursi o’tiladigan bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston va Turkiston
hududidan tashqari ilgari sobiq “SSSR tabiiy geogra fiyasi”da o’rganiladigan tabiiy
geografik o’lkalar “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida o’tiladigan
bo’ldi.
O’quv dasturiga tamoman yangi “Turkiston tabiiy geografiyasi” kursi kiritildi
(7-sinflar uchun).
9-sinfda o’qitiladigan “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursida
ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Endi O’zbekiston Respublikasidan tashqari hamma
davlatlar shu kursda o’rganiladi.
Yangi dasturga muofiq tayanch majburiy ta’limga moslangan geografiya
kurslarining sinflar bo’yicha taqsimoti quyidagicha:
-
5-sinfda “Tabiiy geografiya”, boshlang’ich kursi ;
-
6-sinfda “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” ;
-
7-sinfda : birinchi yarim yillikda “Turkiston tabiiy geografiyasi” (hozirda
O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi), ikkinchi yarim yillikda “O’zbekiston tabiiy
geografiyasi”;
-
8-sinfda “O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi”;
Har qanday davlatning kelajaini, buyukligini va qudratini yuksak darajada
bilimga ega bo’lgan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlarning yetishtirish uchun
esa davlatning ta’lim tizimi yuqori darajada takomillashgan va xalqaro standartlar
talabiga javob beradigan darajada bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning
9-sessiyasida (30.08.97) mazkur muammo to’g’risida shunday degan edi “Har qaysi
millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab
chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va
ma’naviyati bilan kuchlidir”
1997 yil avgustda Oliy Majlisda ko’rilgan ta’lim qonuni O’zbekiston ta’lim
tizimining takomillashtirish va barkomol avlodni tarbiyalash sohasidagi qo’ygan
qadamlarining eng yirigidir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning ta’lim qonuni
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 9-sesiyasida so’zlagan nutqini
quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
1.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’rta va oliy ta’limda
erishilgan yutuqlar tahlili.
2.
Hozirgi ta’lim tizimining hayot talablariga javob bermasligining asosiy
sabablarini tahlili.
3.
Oliy ta’lim islohotining asosiy yo’nalishlari.
4.
Ta’limdagi islohotlarni bosqichma - bosqich amalga oshirilishi.
5.
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishining asosiy
tamoyillari.
6.
Umumtalim dasturining tuzilishi.
7.
Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar.
Mazkur masalalarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz:
I. O’rta va oliy ta’limda erishilgan yutuqlar. Mazkur sohadagi yutuqlar
quydagilardan iborat:
1.
O’rta maktab sohasida.
-
“Ta’lim tog’risi”gi Qonun qabul qilindi;
-
1996-1997 o’quv yilidan boshlab birinchi sinflarda o’qish yangi alifboda olib
borildi;
-
300 ga yaqin yangi ta’lim muassasalari ochildi.
-
ko’p o’qituvchilar xorijiy davlatlarni ilg’or tajribasini o’rganib keldilar.
2.
O’rta maxsus ta’lim sohasida:
-
viloyatlarda, joylarda biznes maktablari, kichik va o’rta maktablar uchun
kasb-hunar kurslari ochildi;
-
bozor iqtisodi talablaridan kelib chiqib, yangi mutaxasisliklar kiritildi
(Fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va h.k.);
-
Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’l va Andijonda bank kollejlari
tashkil qilindi.
3.
Oliy maktab sohasida:
-
kirish imtihonlarida test usuli joriy qilindi;
-
viloyat markazlaridagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi;
-
2000 dan ortiq talaba chet elga borib o’qib keldi; 200 dan ortiq mutaxasis
institutlarda ishlash uchun xorijdan chaqirildi;
-
Davlat va ijtimoiy qurilish akademiyasi, bank va moliya akademiyalari
tashkil qilindi;
-
turli xil fondlar tashkil qilindi. “Mahalla”, “Sog’lom avlod uchun”,
“Nuroniy”, “Umid jamg’armasi”
I. Amalga oshirilgan tadbirlarni hozirgi hayot talablariga to’la javob
bermasligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
-
ta’lim tizimiga eski mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xoli
bo’linganicha yo’q;
-
barcha amaldagi o’zgarishlar va tadbirlar yuzaki bo’lib, uzluksiz ta’lim-
tarbiya tizimimiz rivojlangan demokratik davlatlar talablariga javob bermaydi.
1. Maktab sohasida.
-
maktablarning moddiy bazasi juda nochor;
-o’qituvchilarni tayyorlashni keskin yaxshilash kerak (rag’batlantirish va x.k.)
-
boshlang’ich sinflardagi ta’limga katta e’tibor berish kerak, ilgari bunga
e’tibor berilmagan;
-
darsliklar yaratish ancha nochor ahvolda;
-
bolalar erkin fikrlaydigan bo’lishi kerak;
-9- sinfni har yili deyarli 450 ming o’quvchi bitiradi. Ularni 250 mingtasi 9-
sinfda o’qishni davom ettiradi, 100 ming tasi hunar texnika bilimlarida taxsil
oladi, ya’ni 100 ming tasi ko’chada qolmoqda;
-
11- sinfni bitirganlarni hammasi bo’lib 10 foizi o’qishga kirishi mumkin;
1. Hunar- texnika bilim yurtlari sohasida.
-
hozirgi paytda ularda 250 mingta bolalar ta’lim olmoqda;
-
moddiy texnika bazasi nochor;
-
berilayotgan bilim saviyasi past.
2. Texnikumlar va o’rta maxsus bilim yurtlari.
-
22 vazirlikka qarashli 268 ta maxsus bilim yurti, texnikum mavjud va ularda
170 mingga yaqin bolalar o’qimoqda;
-
bozor iqtisodi talablariga javob bermaydi.
3. Oliy o’quv yurtlari.
-
tayyorlanayotgan talabalarni hayot talablariga qarab tayyorlash kerak;
-
ta’lim bo’yicha davlat standartlari ishlab chiqilmagan.
Oliy o’quv yurtlaridagi islohotlar yo’nalishi.
-
Oliy o’quv yurtini bitirayotganlar qanday talablarga javob berish kerakligini
aniqlab olishimiz kerak;
-
iste’dodli bolalarni topish, tanlash va Oliy o’quv yurtiga qabul qilishda
adolatli tizim va tartib o’rnatish;
-
oliy o’quv yurtlirida qanday va necha xil mutaxassislik bo’yicha ta’lim
berishni aniqlab olishimiz kerak;
-
o’quv yurtlarini shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasini yaxshilash kerak;
-
o’quv dastur va dasturlarni zamonaviy talablarga moslashtirib yillik va
kelajagimizni ko’zlagan holda tuzib olishimiz va joriy etishimiz darkor;
-
boshqa davlatlardagi oliy o’quv yurtlari bilan aloqani mustahkamlash;
-
o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha maxsus fond tashkil qilish kerak (chet
elga chiqib kelish uchun).
I.
Ta’limni isloh qilish bosqichlari.
Birinchi bosqich-o’tish davri. 1997-2001 yillarda, ya’ni 4- yilda amalga
oshiriladi. Bu bosqichda quyidagi vazifalar bajariladi:
Milliy dasturni amalga oshirilishining boshlanishi: yangi talablarga javob
beradigan pedagog kadrlarni tayyorlash,o’quv standartlarini yaratish, yangi o’quv
dasturlari ustida ishlash, umum ta’lim maktablarini qayta qurish, uch yillik ta’lim
tizimini yaratish.
Ikkinchi bosqich - 2001-2005 yillar. Milliy dasturni to’la amalga oshirish.
Kerakli sharoitlarni hisobga olib dasturlar va qoidalarga o’zgartirishlar kiritish.
Uchinchi bosqich - 2005 yildan keyingi yillarga mo’ljallangan. To’plangan
tajribalar tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
II.
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishning asosiy
tamoyillari:
-
barcha ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun
uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;
-
davlat ta’lim standartlarini joriy qilish va ularni faoliyat mexanizmini ishlab
chiqish;
-
o’qituvchilar va murabbiylarni qayta tayyorlash;
-
davlat va ijtimoiy muassasalarning kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini
takomillashtirish;
-
o’quvchilarni vatanga sadoqat, yuksak ahloq, mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash;
-
ta’lim muassasalarini davlat tomonidan moddiy texnikaviy ta’minotini
yaxshilash;
-
o’quv muassasalarining moddiy va moliyaviy sharoitini aniqlashda kadrlarni
iste’molchilari bo’lgan korxonalar imkoniyatidan to’la foydalanish;
-
kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasiga xalqaro fondlar mablag’ini jalb qilish;
-
Oliy o’quv yurtlariga mustaqillik berish va o’z - o’zini boshqarish usullarini
joriy etish.
III.
Umum ta’lim dasturining tuzilishi.
Dastur quyidagi bosqichlardan iborat:
-
maktabgacha ta’lim;
-
boshlang’ich ta’lim. 6-7 yoshdan boshlanadi. 1-4 sinflarni o’z ichiga oladi;
-
umumiy ta’lim, 5-9 sinflarni o’z ichiga oladi;
-
o’rta maxsus bilim va kasb- hunar ta’limi. O’qish muddati 3- yil;
-
Oliy mutaxasislik ta’limi ikki qismdan iborat:
Bakalavrlik - o’qish muddati 4- yil. Tayanch mutaxasislik diplomini olish
bilan tugaydi.
Magistratura - aniq mutaxasislik bo’yicha Oliy kasbiy ta’lim bo’lib,
bakalavrlik negizida kamida ikki yil davom etadi. Magistrlik dissertatsiyasini
himoya qilish bilan tugaydi..
Tayanch doktorantura - 3 yil
IV.
Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar.
-
har bir hududni geografik - muhitini, xususiyatini hisobga olib
qishloqlarda 3 - yillik kasb- hunar maktablarini tashkil qilish;
-
maxsus (akademik) sinflarda ta’lim beradigan o’qituvchilarni tayyorlash;
-
o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmunini belgilash, ularni maxsus
dasturlar, o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash masalalaridir.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
ta’lim tizimini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 12 yillik
ta’limdan 11 yillik ta’limga o’tildi. Respublika va xorijiy malakatlarning ko’plab
oliy o’quv yurtlarining filiallari tashkil etildi va h.k..