Geografiya ta’limida bilim, ko’nikma va malakalar va ularga qo’yiladigan talablar
Yuklangan vaqt
2024-12-30
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
29,1 KB
Geografiya ta’limida bilim, ko’nikma va malakalar va ularga qo’yiladigan
talablar
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi
o’quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni
shakllantirish sanaladi.
SHu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri
o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p
geograf-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan.
O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib olish
zarur.
Bilim - narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va
ular
o’rtasidagi
bog’lanishlar
to’g’risida
fan
tomonidan
aniqlangan
tushunchalardan tarkib topadi.
Demak, bilim - tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni
shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi.
Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va
tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi
sanaladi.
Tushuncha - narsa va hodisalarning umumiy belgilarini aks ettiruvchi fikr.
Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va mavhum tushunchalarga ajratiladi.
Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha deyiladi. Masalan,
Yevrosiyo, Afrika, Appalachi, musson, bosim va h.k.
Moddiy borliqdagi narsalarni ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat va
xolatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga
qaratilgan tushunchalar mavhum (abstrakt) tushunchalar deb atala di. Masalan,
kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k.
Tushunchalarni egallash uning negizida yangi tushunchalarni egallash uchun
asos bo’lib xizmat qiladi va tushunchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik o’rnatishni
ta’minlaydi.
Tushunchani egallash deganda: uning mazmuni hamda u bilan bog’liq
bo’lgan tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha
oquvchilar ongida turli metodlar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni har bir narsa,
voqea, hodisa mazmuni belgilaydi.
Geografik tushunchalarni egallashning eng asisiy tomoni shundaki, ularga
ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi. Geografik tushunmchalar induktiv va
deduktiv yo’llar bilan
Yuqoridagilarga erishish uchun o’quvchilarda bilish faoliyatini tashkil etish
zarur. O’quvchilarning bu faoliyatini tabiiy geografik va iqtisodiy geografik bilim
manbalariga, juladan, geografik xarita, ststistik ma’lumotlar, kuzatish va tajriba
natijalariga tayanmasdan tashkil etib bo’lmaydi. Geogarfik tushunchalarni
egallashdagi ikkinchi muhim xususiyat ilmiy tushunchalarning bir-biri bilan
bog’lanib tizim hosil qilganlidadir. Masalan, maktab tabiiy geografiya kurslari Yer
tabiatiga. Geografik qobiqlar tarkibi va rivojlanishiga oid bo’lgan yagona bilimlar
tizimiga ega. Shu tufayli ham tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik
mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy hududiy
kompleka”, “geografik qobiq”, “tabiat komponentlari” va boshqalarni keltirish
mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qilinadigan
jarayon bo’lib, bir necha kurs davomida o’rganiladi. Masalan, ekologiya
tushunchasini shakllantirish. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinfgacha davom
etadi. Geografik tushunchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilish xususiyatiga
ega bo’lib, uni o’qitivchi amalga oshiradi. O’qituvchi darslik va darsliklar asosida
tushunchalarni ajratadi, ularni egallash, mustahkamlash va amalda qo’llash
bosqichlarini belgilaydi, hamda o’quvchilarni tushuncha mazmuniniqanday
egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin
asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy
tushunchalarni shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga
oshmaydi. Masalan, O’zbekiston relyefi tushunchasi shu paytda yaxshi
shakllantirilishi mumkinki, qachonki o’quvchilarda relyef va relyef hosil qiluvchi
omillar haqida tushunchalar mavjud bo’lsa. Quyida O’rta Osiyo tabiati
tushunchasini shakllantirish jarayonini misol tariqasida keltiramiz. Tahlil va
abstrakt (mavhum) dan foydalanib, o’quvchilar hayolan O’rta Osiyoni qicmlarga
bo’ladilar. O’rta Osiyoning tog’li qismi va ularning elementlarini (relyefi, iqlimi)
bilan tanishish o’quvchilarni O/rta Osiyoning tabiati komponentlari aloqadorligini
bilib olishga yordam beradi. O’rta Osiyo relyefi, iqlimi, o’simliklari va boshqa
komponentlarini boshqa xududlar bilan qiyoslash orqali ularning o’ziga xos
bo’lgan umumiy xususiyatlarini ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo’l bilan
tabiat komponentlari haqidagi umumiy tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi
aloqadorlik va bog’liqlikni ajratadilar. O’rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar
tabiati bilan taqqoslash orqali O’rta Osiyo tabiat kompleksi degan to’liq
tushunchani egallaydilar.
Geografik obyektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o’rganish ularga xos
bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xarita va ko’rgazmali
qurollar o’rganilayotgan obyektga doir muhim belgilarni o’zida mujassamlashtirgan
bo’lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun o’quvchilar hayolan shu
obyektni xarita bilan bog’lay olish kerak. Shu tufayli ham xarita yakka
tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manbadir. Faqat xarita orqaligina istalgan
geografik obyektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni ajratish va shu
hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’uladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
O’quvchilar o’zlariga tanish obyektlarni o’rganilayotgan obyektlar bilan taqqoslash
orqali ularga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amedaryo
va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shumolga oqishini, uzunligi deyarli
tengligini, ularni baland tog’lardan boshlanishini, to’yinishini hamda deyarli bir xil
ekanligini aniqlaydilar. Obyektlar komponentlarini oddiy qiyoslash orqali o’qituchi
murakkabroq taqqoslashga o’tadi. Masalan, nima uchn ularning shimolga tomon
oqishi sabablarini, irmoqlari, Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga
nisbatan loyqa ekanligini kabi ko’plab xususiyatlarini ajratadilar. Tushuncha
quyidagi xollarda o’quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi:
1. O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa).
2. Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha
belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa.
3. O’rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli
tasavvurga ega bo’lsa.
4. O’quv vazifalarini bajaraishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa.
Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini
tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratishi kerak. Ishning bunday tashkil qilinishi
o’quvchilarni obyekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni
ajratishlari, ularni taqqoslashga va guruhlashga o’rgatadi. Bunda ekskursiyalar,
joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni umumiy
tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi uchu reprodektiv metod va ijodiy hamda
muammoli topshiriqlarni (qisman o’zgaruvchan va tadqiqot metodlari) bajarishga
o’rgatish kerak.
Geografiyani o’qitishda bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga
ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin:
1. Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chiqurligini
aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurligini aniqlash va boshqalar.
2. Geografik bilimlarni tabiat xodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil
fasllarining almashinishi yoki siyosiy xaritalarni o’zgarishi) ishlatish mumkin.
3. Bilimlarni qo’llash avval o’zlashtirgan bilimlarni va yangi bilimlarni
egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Iqtisodiy geografik tushunchalarni
shakllantirish ham o’ziga xos bo’lib, odatda u uchta bo’g’indan iborat bo’ladi.
a) Kirish. O’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa
mamlakatlar va hududlar o’rtasida tutgan o’rni, maydoni va aholisi, tabiiy boyliklari,
mehnat resurslari bilan ta’minlanish, xalq xo’jaligidagi ixtisoslik tarmoqlarining
tutgan o’rniga oid ma’lumorlar bilan tanishadilar.
b) Mamlakat yoki hududning iqtisodiy geografik ta’rifiga ega bo’lgan
xususiyatlari bilan tanishadilar. Shu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.
c) Mamlakat yoki iqtisodiy rayonni boshqa iqtisodiy rayon va mamlakatlarga
qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in har xil
ishlashni talab qiladi.
Amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi
Geografik ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash,
ko’nikma va malakani shakllanishi bilab chambarchas bog’liq. O’quv ishlari
metodikasini bilish ko’nikmalarni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Ilg’ir geografiya fani o’qituvchilari va metodistlar o’quvchilar amaliy
tayyorgarligiga katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasida shakllantiriladigan
ko’nikmalar mazmun jihardan emas, bajarish murakkabligi bo’yicha ham farq
qiladi. Masalan, Ufq tomonlarini aniqlash oddiy ko’nikma bo’lsa, topografik planni
o’qish va uni tuzish esa murakkab ko’nikma hisoblanadi. Geografiya o’qitish
metodikasi shakllantiriladigan ko’nikma va malakalarning ta’lim- tarbiyaviy
ahamiyatini to’laligicha ochib bergan va o’quvchilarga yetkazish metodlarini ham
ishlab chiqqan. Faqat geografiya ta’limiga xos bo’lgan amaliy ko’nikma va
malakalarga quyidagilar kiradi: joyda mo’ljal ola bilish, joy planini tuzish,
topografik plan va turli mazmundagi geografik kartalarni o’qish, tabiatda va ishlab
chiqarishda kuzatish natijalarini yozib borish va qayta ishlash, ststistik iqtisodiy
materiallar bilan ishlash va h.k.
Har bir geografik ko’nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini
talab qiladi. Odatda ko’nikma va malakalar bir vaqtning o’zida shakllatniriladi.
Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda, ba’zilari
bevosita, ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan, topografik planni o’qish
ko’nikmasi o’z ichiga yo’nalishlarni aniqlash, masshtab yordamida plandagi
masofalarni o’lchash, topografik belgilarni o’qish, joyda obyektlar o’rtasidagi
aloqadorlikni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqoridagilardan topografik
belgilarni ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko’rsatadi.
Ob-havoni kuzatish ko’nikmasi deganda termometr, barometr, flyuger bilan ishlash,
ko’z bilan bulutlar shakli va turlarini, ob-havoning boshqa alomatlarini aniqlash
tushuniladi. Shular qatorida ob-havo haroratini aniqlash va barometr bilan ishlash
malaka darajasigacha ko’tarilishi mumkin.
Geografik ko’nikma va malakalar ko’p xollarda bilim sifatini belgilaydi.
Tajribalar shuni ko’rsatyaptiki, qayerda o’quvchilarda xarita bilan ishlash
ko’nikmasi shakllantirilsa, ularning javoblari ham xarita bilan bog’langan bo’ladi.
Xarita bilan ishlash ko’nikmasini egallay olmagan o’quvchilardagi quruq,
o’qituvchi bayoni yoki kitobdan o’qiganlarni takroridan iborat bo’lib qoladi.
Geopgrafik xaritalarni o’qiy olishga o’rgatilgan o’quvchilardagi harakat