Geografiya ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi
Didaktik o’yinlar texnologiyasi
Geografiya ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi o’quvchilarni bilim
faoliyatini jadallashtirishni asosiy usullaridan biri sifatida ilgaridan qo’llanib
kelinadi. O’quvchilarga geografik o’yinlar orqali bilim berish didaktik o’yinli
darslar deb ataladi.
Geografik o’yinlarning asosiy xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
1. Geografik o’yinlar bilan dars o’tilganda o’quvchilarda rivojlantiruvchi
faoliyat vujudga keladi. Bunda o’yinda ishtirok etayotgan o’quvchilar rollarini,
vazifalarini erkin tanlashadi. Masalan, ekspeditsiya o’yinlarida kema darg’asi,
boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograflar, dengizchilar va boshqa rollar.
2. Geografik o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida ijodiy muhitni va
munozarali vazifalarni vujudga kelishi. O’quvchilar geografik o’yin davomida aniq
bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar bilan mashg’ul bo’ladi,
ma’lum bir muammoli vaziyat vujudga kelsa ularni hamkorlikda yechishadi.
Geografik o’yinlar darsini mavzusi va o’tkaziladigan muddatini o’qituvchi
oldindan belgilaydi. O’yinga tayyorgarlik davomida o’qituvchi geografik
o’yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik o’yinlarning tarkibiy
tuzilishiga quyidalilar kiradi: o’yining maqsadi va loyihasini ishlab chiqish; o’yinda
ishtirok etadigan personajlarni (rollarni) aniqlash; o’yinda ko’zda tutilgan
personajlarni vazifalarini ishlab chiqish; ma’lum bir personajlar bajaradigan
vazifalarni metodini ishlab chiqish yoki tanlash; geografik o’yinda ishtirok etadigan
personajlar o’rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqish.
Geografik o’yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo’linadi.
Ularning barchasi ma’lum bir o’quv sharoitlarida qo’llaniladi. Geografik o’yinlar
syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferentsiya va boshqa turlarga bo’linadi.
Syujetli-rolli o’yinlar tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy borliq voqea va hodisalar
o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ijodiy o’yinlar o’quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum bir
muammoli geografik masalani didaktik o’yin orqali yechishga mo’ljallangan
bo’ladi.
Ishbilarmonlik yoki biznes o’yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida
ko’proq qo’llaniladi.
Bunday iqtisodiy, ijtimoiy va geografik muammolar geografik o’yinlar
yordamida hal qilinadi.
Geografiya fanida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarni ikkita katta guruhga
bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografik o’yinlar va ijtimoiy-iqtisodiy geografik
o’yinlar.
Tabiiy geografik o’yinlar
Didaktik o’yinlar texnologiyasi tabiiy geografik bilimlarni o’rganishni va
o’zlatirishni faollashtiradi. Mazkur didaktik o’yinlarni sinflar bo’yicha ham aniq bir
mavzular bo’yicha ishlab chiqish mumkin, sinflar bo’yicha quyidagi predmetlar
uchun ishlab chiqish mumkin: tabiiy geografiya boshlang’ich kursi (5- sinf);
materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf); O’rta Osiyo va O’zbekiston
tabiiy geografiyasi (7-sinf). Tabiiy geografiya darslarida qo’yidagi mavzular
bo’yicha didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
-geografik tadqiqotlar tarixi. Fanning rivojlanish tarixi, hududlarni va ayrim
muammolarni o’rganish tarixi;
- plan va harita, shartli belgilar, andozalar, gorizontallar, geografik
kordinatalar, mashstab va h.k.;
- litosfera: yerning ichki tuzilishi; yer po’sti; tog’ jinslari; relyef va uning
turlari, ayrim hududlar relyefi;
- gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Dunyo okeani. Quruqlik suvlari, yer
osti va yer usti suvlari. Materiklar va ayrim hududlar ichki suvlari;
- atmosfera, uning tuzilishi, tarkibi, havo massalari. Ob-havo va iqlim. Iqlim
hosil qiluvchi omillar. Iqlim mintaqalari. Siklonlar, yog’inlar. Materiklar va ayrim
hududlar iqlimi;
-biosfera. Materiklar ayrim hududlarining tuprog’i, o’simligi va hayvonot
dunyosi.
Yuqorida keltirilgan tabiat tarkiblarining har biri bo’yicha juda ko’p didaktik
o’yinlar ishlab chiqish mumkin.
Individual didaktik o’yinni quyidagicha tuzishimiz mumkin.
1.
Ekvator bo’yicha Atlantika okeannining kengligi 600 bo’lsa, yerning
harakat tezigida uchayotgan kosmik kema uni necha soatda bir qirg’og’dan
ikkinchi qirg’og’iga yetib boradi. Mazkur o’yinni yechish uchun o’quvchi
quyidagilarni bilishi lozim. Yerning burchak tezligini, ekvatorda 10 yoyning
uzunligini. Yerning burchak tezligi soatiga 150 ya’ni yer bir soatda 150 masofani
bosib o’tadi. Demak kosmik kema yer tezligida uchayotgan bo’lsa Atlantika
okeanining kengligi 600:15= 4 soatda yetib boradi. Ekvator bo’ylab 10 yoyning
uzunligi 111,0 km2 teng unda ekvator bo’yicha Atlantika okeanining kengligi 60 x
111,1 km2=6666 km.
Yoki bo’lmasa koordinata to’ri bo’yicha quyidagicha individual o’yinni
ishlab chiqish mumkin: Sharqiy yarimsharning 1050 meridiani g’arbiy yarim
shaming qaysi meridianiga to’g’ri keladi. Buning uchun o’quvchi quyidagi
bilimlarga ega bo’lishi lozim: har bir yarim shaming va yer sharining necha gradusga
teng ekanligini. Shundan so’ng mazkur o’yin quyidagicha yechiladi: 180°-105°=75°
demak Sharqiy yarim shaming 1050 meridiani g’arbiy yarim shaming 750
meridianiga to’g’ri ekan.
7-sinfda “O’rta Osiyo foydali qazilmalari” mavzusida guruhli o’yinni tashkil
qilish mumkin. O’rta Osiyo yozuvsiz haritasi shunday bo’laklarga ajratiladiki uning
har bir bo’lagida ma’lum bir foydali qazilma albatta bo’lsin. Bo’laklarga mos qilib
kartochkalar kesiladi uning har biriga foydali qazilma koni bor joy nomi yozib
chiqiladi. Masalan, Angren, Polvon tosh, Boysun.
Boshqaruvchi kartochkalarni yig’ib olib yozuvsiz haritalarni o’yin
ishtirokchilariga tarqatadi. O’yin boshqaruvchi joy nomlari yozilgan kartochkalarni
bittadan olib o’qiydi va ishtirokchilardan kimni qo’l ko’tarishini kuzatadi qo’l
ko’targan o’quvchiga kartochkani beradi. Mazkur kartochka yozuvsiz haritaning
kerakli joyiga qo’yilishi lozim. Qachon o’yin ishtirokchilaridan biri yozuvsiz
xaritalarni kerakli kartochkalar bilan to’ldirib bo’lgandan so’ng o’yin tugaydi va u
o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Ommaviy geografik o’yinlar 2-3 ta parallel sinflar bilan o’tkazilishi mumkin.
Ommaviy o’yinlar odatda chorak oxirida yoki o’quv yili oxirida, bayramlarda,
maktab olimpiadalarida o’tkazilishi mumkin.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida didaktik o’yinlar o’tkazish
texnologiyasi
Umumta’lim maktablarida iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari VIII- IX
sinflarda o’rganiladi. Mazkur kurslarda quyidagi mavzular bo’yicha didaktik
o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
- tabiiy resurslar geografiyasi va ulardan foydalanish;
- siyosiy harita va uning shakillanish bosqichlari. Davlatlar va ularning
turlari;
- aholi geografiyasi, ko’payishi, tarkibi, shahar va qishloq aholisi,
urbanizatsiya darajasi, ko’chib yurishi;
- ilmiy texnik inqilob va uning ishlab chiqarishni rivojlanishiga ta’siri.
Sanoatini industrial orti rivojlanishi;
- mehnatni xalqaro geografik taqsimoti. Xalqaro ixtisoslashuv, mintaqaviy va
tarmoq ixtisoslashuvi;
- sanoat va uning tarmoqlari. Materiklar va alohida davlatlar sanoati;
- qishloq xo’jaligi va uning tarmoqlari. Materikklar va alohida davlatlar
qishloq xo’jaligi;
- transport va xalqaro iqtisodiy aloqalar;
- mintaqalar va davlatlar iqtisodiy geografiyasi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha individual va guruhli didaktik
o’yinlarni ishlab chiqish mumkin.
1.
Afrika
materigi siyosiy haritasidagi davlatlarni chegarasi bo’yicha
qirqib olib, ularni joylashtirish bo’yicha o’yin tashkil qilinadi. Bunda 2-3 ta o’quvchi
navbat bilan davlatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yib chiqadi. Kim qisqa vaqtda mazkur
ishni bajarsa o’sha g’olib hisoblanadi. Bunda o’quvchilarni siyosiy harita va
davlatlarni geografik joylanishi haqidagi bilimlari tekshiriladi.
2.
Maydoni 1 mln. km2 ortiq bo’lgan davlatlar soni qaysi materikda
ko’p ekanligini aniqlang.
3.
Sharqdan-g’arbga, shimoldan-janubga geografik o’yini.
O’qituvchi yoki o’yin boshqaruvchisi sinf o’quvchilariga besh va undan ortiq davlat
nomi yozilgan kartochkalar tarqatadi. O’yin ishtirokchilariga kartochkada yozilgan
davlatlarni ma’lum tartibda ya’ni sharqdan g’arbga yoki shimoldan janubga tomon
tartib bilan, ma’lum ajratilgan vaqt ichida yozib chiqishlari topshiriladi.
Masalan, kartochkada quyidagi davlatlar yozilgan deylik: Jazoir, Chad, Markaziy
Afrika Respublikasi, Liviya, Misr, Saudiya Arabistoni, Marokash, Kongo, Tunis,
Efiopiya.
Agar sharqdan g’arbga ma’lum tartibda davlatlarning nomini yozish talab
etilsa - Saudiya Arabistoni, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash tartibida yoziladi.
Agar shimoldan janubga tomon yozish talab etilsa quyidagi tartibda Latviya,
Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo.
Shunga o’xshash geografik o’yinlarni har bir davlat iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasi bo’yicha ham ishlab chiqish mumkin.
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi va uning tarmoqlari bo’yicha
qator didaktik o’yinlar ishlab chiqib, o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtirish
mumkin.