Geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
29,8 KB
Geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
Umumta’lim maktablarini hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini
axborotlashtirish zamonaviy ta’limning barcha soxalarini eng muhim va dolzarb
vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda bilim olishni axborotlashtirish va
axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish bo’yicha juda ko’p ishlar amalga
oshirilgan.
Umumta’lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan bo’lib
hisoblanadi. Chunki axborot vositalarini takomillashtirish va yangilarini ishlab
chiqish bo’yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba -sinov ishlari olib boriladi.
Buning natijasida axborot vositlarini yangi modellari vujudga keladi. Shuning uchun
o’quv muassalarini axborotlashtirish uchun doimo axborot vositalarini yangilab
turish lozim. Buning uchun esa moddiy mablag’lar zarur.
Ta’lim soxasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar
vujudga keladi. Ammo maktablarda kompyuterlarni paydo bo’lishi bilan vujudga
kelgan tushuncha va atamalar bir tekisda va mazmunda emas. Bunda so’z
“Kompyuterlashtirish ” va “Axborotlashtirish” tushunchalari haqida boradi. Ba’zi
hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi ishlatiladi.
“Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umumta’lim
maktablarini, akademik leytsiy va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan
ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va olish tushuniladi.
XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari
tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 dan ortiq kompyuterlar bo’lgan,
ammo ularni sifati ya’ni ko’rsatgichlari past bo’lgan.
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki umumta’lim
maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin
o’zgarishlar sodir bo’lmadi. Mazkur hol quyidagi xolatlarda nomoyon bo’lgan: a)
o’qitish va mustaqil o’quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o’zgarmadi; b)
o’qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o’zgarmadi; v) o’quv jarayonini boshqarish
texnologiyasi o’zgarmadi; g) bu yerda gap XX -asrning 80- yillaridagi ommaviy
maktablari haqida ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim
jarayonida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan.
Bugungi kunda amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo’llash bo’yicha
ustuvor yo’nalishlari shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo’ldi:
- informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o’rganish;
- ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash;
- axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassalarini va mintaqaviy ta’lim
tizimlarini boshqarish. Bu esa axborot texnologiyalarini qo’llashni birinchi darajali
ishlar qatoriga qo’shishga imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar
umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirishga ketgan xarajatlarni qoplashi
mumkin.
Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari
katta ahamiyatga ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a)
har bir maktab o’quvchisida o’zining shaxsiy ta’lim yo’nalishini rivojlantiradi; b)
o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga
loyihalashga imkon beradi; v) o’quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil
qilishga imkon beradi. Bunday yondoshshish kompyuterni bilish vositasiga
aylantiradi. Maktablarda kompyuterlarni o’rni qanday bo’lishi degan savol ta’limni
kompyuterlashtiishni
dastlabki
bosqichlaridayoq
qo’yilgan
edi.
Ammo
kompyuterlarni o’rganishdan undan foydalanishga o’tish juda qiyinchilik bilan
amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab
chiqilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy
sabablaridan biri ular odatiy darslarning davomi bo’lib qolishidir. Elektron
darsliklar ko’p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda.
Shuning uchun ularga talab kamroq bo’lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali
o’qituvchi samaradorligidan yuqori bo’lmayapti.
Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyasidan foydalanishga talabni
kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o’quvchilarni zamonaviy ta’lim
ta’lablari va zamonaviy tamoillar bilan shaxsga yo’naltirilgan yondoshish va sinf-
dars tizimida foydalanishga yo’naltirilgan dasturlarni bir biriga mos kelmasligidir.
Kompyuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar ishlab
chiqiladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari xam ishlab chiqiladi. Kompyuterda
matn, chizma, audio va video ma’lumotlarni birlashtirish o’quv ma’lumotlari sifatini
keskin oshirib yuboradi.
Kompyuterlar industriyasini rivojlangtirish pedagogik jarayonda inqilobiy
o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o’quvchini individual faoliyatini
ta’minlaydigan texnologiyalarga o’tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o’tish
dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog’liq. Yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli
kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa
maktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar
quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim: a) ixcham (kompakt) predmetni
mavjud bo’lishi, u o’quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada ta’minlashi lozim;
a) turli soxalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo’lgan
predmetlarni o’rganishda; v) maktablarda o’qituvchilarni qisman yoki to’la
kompyuterlar bilan almashtirish; g) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperemental
ta’limiy texnologiyalarni yaratish; d) o’quv jarayonida kompyuterlardan
foydalanishni yangi yondoshuvlarini ishlab chiqish; ye) shaxsga yo’naltirilgan
dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
Ta’lim muassalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy
pedagogik izoxlanishlarni yechish bilan bog’liq. O’qituvchilarni kompyuterli
maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo’lib xisoblanadi, kompyuter
texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi oliy ta’limda
ushbu soxa bo’yicha yetarli bilim berilmasligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan
foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jahon kommunikatsion tarmog’idan
foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Geografiya fani va geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan keng
qo’llanilmoqda. Geografmiya ta’limida axborot texnologiyalardan foydalanishni
quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o’tish lozim:
-
geografiya o’qituvchisi axborot texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasiga
ega bo’lishi shart;
-
maktab o’quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi
shart;
-
maktabda kompyuterlar sinfi bo’lishi shart.
Geografiya ta’limida axborot texnologiyalarni qo’llash quyidagi soxalarda
olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektoron xaritalardan
foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; videofil’mlardan foydalanish;
masofaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda juda ko’p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda.
Shu munosabat bilan o’quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni
o’qituvchi yordamida yoki mustaqil o’rganishi mumkin. Darsni o’qituvchi
boshqarib turish mumkin. Bunda o’qituvchi matnni o’rganishda izoxlar berib boradi.
Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar aloxida tushuntiriladi. Darsni
oxirida o’qituvchi kompyuter orqali o’quvchilarga savollar berishi mumkin.
O’quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari
o’qituvchi tomonidan baholanadi.
Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o’quv vositasitalaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganida elektron
xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni
bajarishi mumkin:
- elektron xarita orqali tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsiflar tuzish.
Masalan, iqlim xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki hudud iqlimi
tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib ayrim
mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h.k;
- internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli soxalari bo’yicha
yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida,
mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo’jaligi va geosiyosiy sharoit haqida va h.k;
- geografiya ta’limida videofil’mlar juda katta axamiyaitga ega. vidio fil’mlardan
quyidagi soxalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich tabiiy geografiya
kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida; v) O’rta Osiyo va
O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda; g) O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyani o’rganishda; d) jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini
o’rganishda; ye) fakulbtativ mashg’ulotlarda; j) geografik to’garaklarda va h.k.;
- masofaviy o’qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy
o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin.
Axborot
texnologiyalardan
foydalanish
geografiya
ta’limida
katta
imkoniyatlarga
ega.
Geografiya
ta’limini
axborotlashtirishni
to’xtovsiz
takomillshtirib bormoq zarur.
Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik texnologiya, alternativ texnologiya,
tabaqalashtirilgan o’qitish, modulli ta’lim, hamkorlikda o’qitish, didaktik o’yin,
test, kichik guruh, usul, interfaol metodlar, kompyuter texnologiyasi.
16-ma’ruza: O’quv ko’rgazmali qurollar, asbob va jihozlar
O’qitish vositalari- bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish
maqsadida o’quv jarayonini tarkibiga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir.
O’quv dasturi bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv
materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o’quvchilar tomonidan qabul
qilinishi va o’zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo’lmog’i
lozim. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni bilish
faoliyatini tashkil qilmog’i lozim. O’quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishga
quyidagilar kiradi:
- eshittirish;
- eshitgan geografik ma’lumotlarni belgilash;
- eshitgan geografik ma’lumotlarni eslab qolish;
- nashriy manbalardan ma’lumotlarni qabul qilish;
- kuzatish va h.k.
Umumta’lim maktablarida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish
mqsadida, o’quv jarayoni tarbiyaviy vazifalarini yechish maqsadida o’quv jarayoni
tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o’qitish yoki o’quv vositalariga aylanadi.
Masalan, tog’ jinslari ochilmasi o’quvchilar tomonidan o’rganilgan taqdirdagina
o’qitish vositalariga aylanadi.
O’qitish vositalari tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarni shakillantirishda
katta ahamiyatga ega. O’qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim olish jarayonida
ko’rgazmalilikni ta’minlashdir.
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko’ra o’qitish vositalari to’rt
turga bo’linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a)
natural obyektlar; b) geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash;
v) predmet va hodisalarni belgilar bilan tasvirlash; g) tabiat xodisalarini hosil
bo’lishini ko’rsatish va tahlil qilish uchun jihozlar.
Natural, ya’ni tabiiy obyektlarga quyidagilar kiradi:
- sinf sharoitida o’rganiladigan tabiat obyektlari va inson xo’jalik faoliyati
predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari
namunalari);
- bevosita o’quv sayohati jarayonida o’rganiladigan tabiiy obyektlar va
xo’jalik faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan obyektlarga
geografik ochilmalar, daryolar, soylar, ko’llar, tuproqlar, o’simliklar va hayvonot
dunyosi kiradi. Xo’jalik faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog’lar,
uzumzorlar va boshqalar kiradi;
Natural o’quv vositalari yordamida o’rganilayotgan predmet va hodisalar
haqida bevosita tasavvurlar hosil qilinadi.
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- tabiiy va xo’jalik obyektlarining modellari. Ularga relyef shakillari, daryo
vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g’orlar, suv omborlari va boshqa xo’jalik
obyektlarining modellari kiradi;
- yassi ko’rgazmali qo’llanmalar. Mazkur vositalarga qo’yidagilar kiradi:
devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafil’mlar, kinofi’lmlar, kinolavhalar,
vidiotasmalar va h.k.
Shartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni va tasviri
(so’zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- verbal vositalar. Darsliklar, ma’lumotnomalar, matndagi jadvallar;
- kartografik vositalar: kartalar, atamalar, karta-sxemalar, chiziqli kartalar,
devoriy kartalar;
- chizmali sxematik qo’llanmalar. Ularga quyidagilar kiradi: tarkibiy sxemalar,
masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo’jaligini tuzilishi; sinflashtirish sxemalari
(tog’ jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va hodisalarning o’zaro
aloqalari va o’zaro ta’siri;
-chizmali statistik qo’llanmalar; chizmalar, diagrammalar, jadvallar.
Mazkur o’quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fozoviy joylashishini
va ularning tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurlarni shakllantiradi.
Tabiiy hodisalarni sodir bo’lish jarayonini ko’rsatish va tahlil qilish uchun
zarur bo’lgan vositalarga quyidagilar kiradi:
- joyda o’lchash ishlari olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar (ruletka,
kompas, nivelir, teodolit);
- tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko’rsatgichlarini aniqlaydigan jihozlar
(termometr, barometr);
- kartometrik ishlarni olib borish uchun ishlatiladigan jihozlar (kurvaymetr,
lineyka, transportir va h.k.);
- Yerni sutkalik va yillik harakatini ko’rsatadigan jihozlar (telluriy).
Natural vositalardan foydalan ish texnologiyasi.
Geografiya darslarida o’qitishning samarasi o’quvchilarni tabiat va xo’jalik
haqida bevosita olgan tasavvurlariga tayanadi. Shunning uchun geografik bilimlarni
o’zlashtirishda natural vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Natural geografik vositalar ikkita katta guruhga bo’linadi:
- bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan natural vositalar;
- sinf sharoitida o’rganiladigan natural vositalar.
Bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan natural vositalarga geologik
ochilmalar, relyef shakllari,tuproqlar, o’simliklar, soylar, ko’llar, qishloq xo’jaligi
ekinlari, sanoat korxonalari kiradi. Mazkur natural vositalar o’quv sayohatlari
davomida o’rganiladi. Tabiiy va ishlab chiqarish obyektlarini tabiiy sharoitda
bevosita o’rganish yoki kuzatish boshqa o’quv vositalarini o’rganish uchun asos
bo’lib hisoblanadi (namunalar, gerbariylar va x.k.). Tabiiy sharoitni va jarayonlarni
kuzatish murakkab jarayon hisoblanadi. Kuzatish davomida o’quvchilarga ma’lum
vazifalar topshiriladi va ularni bajarilishini nazorat qilib turiladi va kuzatish
natijalari qiyoslab beriladi. O’quvchilar kuzatgan voqea va hodisalarini qayd qilib
borishlari lozim.
Mazkur kuzatish natijalaridan dars jarayonida foydalanish mumkin. Tabiiy
holda voqea va hodisalarni kuzatish ko’nikmalari dars jarayonida mashq qilish va
rasmlarni kuzatish hamda statistik ekranli qo’llanmalarni kuzatish asosida
shakllantiriladi. Masalan, “Cho’l tabiati tasvirlari” dipozitivini ko’rsatayotib
o’qituvchi o’quvchilariga qo’yidagicha savol berishi mumkin “Cho’l relyef
shakllarini hosil bo’lishining sababi nimada? Cho’l relyef shakllarining asosiy
belgilari nimadan iborat?”.
O’quv sayohatlari davomida georafik obyektlarni kuzatish juda murakkab
muammo hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchi avval tashkiliy ishlarni amalga
oshirmog’i lozim. Buning uchun o’quvchilarga o’quv sayohatini maqsadi va
vazifalarini tushuntiradi, sinf ma’lum bir guruhlarga bo’ladi, har bir guruhga
topshiriq beriladi. Masalan, boshlang’ich tabiiy goeografiya (V cinf) kursi bo’yicha
o’quv sayohatiga chiqqanda quyidagi topshiriqlarni ifodalash mumkin.
- geologik ochilmalarni tozalash va uni diqqat bilan ko’zdan kechirish;
- ochilmadagi qatlamlar sonini aniqlash. Qatlamlarni qalinligini o’lchash;
- qatlamlarni yotish holatini o’rganish va ularni sabablarini aniqlash;
- yotqiziqlar hosil bo’lishi qanday sharoitda sodir bo’lgan;
- relyefni o’zgarishiga qanday tashqi kuchlar ta’sir etadi;
- tashqi kuchlarni relyefga ta’siri nimalarda ifodalangan.
Mazkur topshiriqni bajarish o’quvchilardan o’ta kuzatuvchanlikni talab qiladi.
Ular qatlamlarni chegaralarini, qatlamlarni joylanishidagi o’ziga xos xususiyatlarni,
qatlamlar tarkibidagi tog’ jinslarini o’lchamlarini aniqlashlari lozim. Olib borilgan
kuzatishlar natijasida o’quvchilar guruhi tog’ jinslarini hosil bo’lishi, ularni
to’planishi va yotishi haqida bilimlarni yaxshi o’zlashtirishlariga imkon beradi.
O’quvchilarni natural obyektlarni kuzatishi o’qituvchilarning bevosita
rahbarligida olib boriladi, ayrim hollarda kuzatish ishlarida o’qituvchilarni o’zi ham
qatnashadi.
Sinf sharoitida quyidagi natural obyektlarni kuzatish mumkin:
a)
tog’ jinslari namunalari;
b)
tuproq namunalari;
v) gerbariylar;
g) hayvonlarning qotirilgan tanalari (tulum va mulyaj);
d) sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalari.
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydigan o’quv vositalaridan
foydalanish texnologiyasi
O’quv vositalarini mazkur guruhi ikkiga bo’linadi: hajmli o’quv vositalari va
geografik voqea va xodisalarni tasviri. Ushbu ikki guruh geografik obyekt voqea va
hodisalarni tasvirlaydi.
Hajmli o’qitish vositalari bilan ishlash texnologiyasi. Geografiya darslarida
hajmli o’qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ularga modellar va maketlar kiradi.
Modellar geografik voqea va xodisalarni hamda obyektlarni uch o’qli (hajmiy)
tasviri xisoblanadi. Ular ma’lum bir masshtabda kichraytirilgan bo’ladi yoki o’z
o’lchamida tasvirlanadi. Ammo hajmli modellarda xatoliklarga ham yo’l qo’yiladi.
Qurilishiga ko’ra modellar quyidagi turlarga bo’linadi: bo’linmaydigan,
bo’linadigan, kesmali, ochilmali, statistik va faoliyatdagi.
Geografiya darslarida Yer sharining modeli ko’proq ishlatiladi. Barcha voqea
va ho disalarni modellarini o’quv maqsadlarida yasash maqsadga muvofiq emas.
Masalan, vulkanni, geyzelarni, tog’larni, tsunami, sel, toranodolarni sodir bo’lishi
modelini qurish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular tabiiy jarayonlarning sodir
bo’lishini aniq tasvirlay olmaydi. Ammo harakatdagi artezian qudug’ini modelini
yasab o’quv jarayonida bemalol ishlatish mumkin. Dars jarayonida termometr,
barometr, flyunger, kompas va boshqa asboblarni modellaridan ham foydalanish
mumkin. Modellar yordam o’quvchilar ularni tuzilishini va ishlashini tesh o’rganib
olishadi. Modellar yordamida kanallar, to’g’onlar va suv omborlari tuzilishi va
ishlashini ham ko’rsatish mumkin.
Geografiya ta’limida maketlar ham keng qo’llaniladi. Maketlar geografik
obyektlar, voqea va hodisalarning soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. Ular tabiiy
geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik maketlarga bo’linadi.
Tabiiy gegrafik maketlarga landshaftlar, relyef, daryo vodiysi, tog’lar,
chuqqilar, g’orlar maketlari kiradi.
Yer yuzasi shakllarini o’rganishda relyef shakllari maketlari juda katta
ahamiyatga ega. Relyef bo’yicha bilimlarni o’quvchilarni o’zlashtirishi juda qiyin
kechadi, chunki relyef uchta o’lchamli hisoblanadi. Shuning uchun relyefni
o’rganishda dalada olib borilgan kuzatishlar katta ahamiyatga ega. Joyda relyefni
shakllanishini ko’ribgina qolmasdan balki o’rganilayotgan obyekt bevosita
o’rganiladi, o’lchamlari aniqlanadi, har tomonlama o’rganiladi va aniq tasavvurlar
hosil bo’ladi. Relyef haqidagi bilimlarni o’zlashtirishni oson yo’llaridan biri
geografiya maydonida ularning shakllarini maketlarini yasashdir.
Maketlardan foydalanib dars o’tganda o’qituvchi maketni hamma tomonini
ko’rsatishi lozim, shundagina mazkur maketda tasvirlangan geografik obyekt yoki
voqea va xodisalar haqida o’quvchilar ongida to’la va aniq tasavvurlar hosil bo’ladi.