O’qitishning og’zarki metodlari.
Reja
1. Geografiya ta’limida og‘zaki metodning tutgan o‘rni.
2. Geografiya ta’limida hikoya va tushuntirish usulidan foydalanish
3. Geografiya ta’limida suhbat, ma’ruza va o‘qib berish usullaridan foydalanish
4. Geografiya ta’limida darslikning ahamiyati.
Tayanch iboralar
Bilim, ko‘nikma, malaka, didaktika, metod, usul, ta’lim metodlari, og‘zaki
bayon metodi, taqqoslash, solishtirish, hikoya, suhbat, savol-javob.
1. Geografiya ta’limida og‘zaki metodning to‘tgan o‘rni.
O‘qitish metodlari tasnifi asos qilib olingan bilim olishning assosiy manbalari
(metodlari) ichida o‘qituvchining jonli so‘zi-nutqi ya’ni og‘zaki bayon metodi
alohida o‘ringa ega. Jonli nutq o‘quvchi ongiga tez yetib boradi, uni ma’lum
xulosalar qilishga undaydi. O‘qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko‘nikma va
malaka manbai bo‘lishi bilan birga, juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega.
O‘qituvchi nutqidagi mantik, intonatsiya, urguning kuchi, dalillarning jonli va
ishonarli bo‘lishi o‘quvchilarning ongiga, xis-tuyg‘ulariga, kuchli ta’sir ko‘rsatadi,
ularni fikrlashga o‘rgatadi. Jonli nutq o‘quvchilarning bilim olishidagi boshqa
manbalar: ko‘rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunishga, ular ustida
mustaqil ishlashga, fikr yuritishga ham yo‘l ochib beradi.
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilib berish bilan
chegaralanib qolmasdan, har xil ko‘rsatmali qurollar (rasmlar, illyustratsiyalar,
maketlar, texnika vositalar)dan ham foydalanadi. O‘qituvchining og‘zaki bayonini
keng ma’noda tushunmoq kerak. Jonli nutq deganda ta’limining og‘zaki usuligina
emas, balki o‘qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so‘zini,
o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan savol-javobini, yakunlovchi so‘zini, uyda bajarish
uchun berilgan topshiriqlar mazmunini va ularni bajarish yo‘llarini, izoxlashga doir
so‘zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so‘zini, o‘quvchilarga beriladigan turli yo‘l
-yo‘riqlarini, izoxli baholashni va boshqalarni tushumoq kerak. O‘qituvchining jonli
so‘zini o‘quvchilarning o‘qib o‘rganishi va bilim faoliyatini boshqarishni, unga
rahbarlik qilish yo‘llari va vositalarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Jonli
nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o‘quvchilar bilimining puxta va
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, geografiya o‘qitishning ta’limiy vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.O‘qituvchining og‘zaki bayoni
quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak.
1. Og‘zaki bayon ilmiy va g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, tanlangan
materialning ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishiga;
2. Bilimlarning mantikiy to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashga yordamlashishga;
3. O‘quvchilar uchun tushunarli, bilimlarni tushunarli va puxta o‘zlash-
tirilishini ta’minlashga;
4. Nutq obrazini qiziqarli bo‘lishiga,o‘quvchilarni xayajonlashtirishga
undashi;
5. Bayon qilinayotgan materialni o‘quvchilar yozib olishlariga ham e’tibor
berishi kerak.
O‘quvchilar o‘qituvchi bayonini o‘zlashtirishda ba’zan qiynaladilar. Ular
materialni xoxlagan vaqtlarida qayta-qayta o‘qib chiqishlari mumkin, ammo
o‘qituvchining bayonini qayta eshita olmaydilar. SHunga ko‘ra o‘quvchilarning
o‘rganishi ustidan o‘qituvchining nazorati va rahbarlik qilish, ayniqsa katta ahamiyat
kasb qiladi.Og‘zaki bayon boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘shib olib borilishi
kerak. Aks holda ayniqsa kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida uning ko‘p
qo‘llanilishi salbiy natijalar berishi ham mumkin. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki,
6-7 sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-15 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori
sinflarda unga ajratiladigan vaqt bir muncha ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.
O‘quvchilarning o‘qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish bilan o‘rganishini quyidagi
yo‘llar bilan tashkil etish mumkin:
1. O‘qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonini asosiy o‘rinlarini
qisqacha so‘zlab beradi.
2. O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni
puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish kerakligini, aytaylik, bayonining qaysi
qismlariga e’tibor berish kerakligini, qanday qo‘shimcha materiallar (vaqtli matbuot,
ilmiy ommabop, geografik adabiyotlar) ni o‘qib chiqish zarurligi va boshqalarni
uktirib o‘tadi.
3. O‘qituvchi bayoni albatta geografik karta, statistik materiallar, grafiklar
diagrammalar, kontur kartalar, natural qo‘llanmalar, darslik bilan uzviy bog‘langan
bo‘lishi kerak. Ayniqsa geografiya o‘qitishda og‘zaki nutqni karta bilan bog‘lash
nihoyatda salmoqli o‘ringa ega.
Og‘zaki metod o‘quvchilar bayonini puxta bo‘lishi hamda ularning bilish
jarayonini faollashtirishda muhim o‘rin to‘tadi. O‘qituvchi bayonidagi intonatsiya
va urguning kuchi, pauza, geografik jumlalarning ixcham va mantikan to‘g‘ri ifoda
qilinishi, nutqning ravon,sof obrazli va ta’sirchan bo‘lishi,tabiat va xalqlarga oid
xikmatli so‘zlar hamda aforizmlardan o‘rinli foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak,
geografiya o‘qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida hamda geografiya
fanining mazmuni va vazifalariga mos ravishda materiallarini aniq va ko‘rgazmali
qilib so‘zlab,tushuntirib bera olishi kerak. Har bir o‘qituvchi bu san’atni egallashi
zarur.
Og‘zaki bayon metodini puxta egallash uchun nutqni o‘stirish ustida izlanish
aniq, ravon, ta’sirli va obrazli so‘zlash ustida tinmay ishlash, mashq qilish zarur.
To‘g‘ri, barcha o‘qituvchilar nutqidagi yorkinlik va badiiylik bir xil emas. Eng
muhimi geografiya o‘qituvchisi o‘z fanini, dunyodagi voqealarni, kartalarni yaxshi
bilsa, ularni bir-birlariga bog‘lay olsa ko‘zlangan maqsadga albatta erishadi. Eng
ahamiyatlisi esa o‘qituvchi dars o‘tish oldidan, darsni so‘zlab berish metodlarini
puxta o‘ylab qo‘ygan bo‘lsa og‘zaki bayon metodlarini samaradorligi yanada oshadi.
Geografiya fani uchun xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlardan yana biri shuki,
o‘qituvchi o‘zi ko‘rgan, bilgan, boshidan kechirgan, hodisa voqea larni erkin gapira
olishi darsni qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. O‘qituvchi kitobga, qog‘ozga qarab
gapirishi, og‘zaki bayon, metodini ahamiyatini pasaytirib yuboradi. Ammo ayrim
raqamli materiallarni kitob yoki qog‘ozga qarab gapirishi mumkin. Og‘zaki bayon
metodi o‘z ichiga hikoya, tushuntirish, ma’ruza, suhbat, o‘qituvchining o‘qib berishi
kitob bilan ishlash, statistik materiallar bilan ishlash kabilarni oladi. Metodik
adabiyotlarda og‘zaki bayon metodlarining afzal va zaif tomonlari etarlicha ochib
berilmagan. Geografiya ta’limi metodikasi oldida turgan muhim vazifalaridan biri
og‘zaki bayon paytida o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, bu metodni
boshqa metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini echish ko‘ndalang
bo‘lib turadi. Ayniqsa, og‘zaki bayon paytida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini
tashkil qilish va boshqalar geogafiya ta’limi metodikasidagi muhim muammolardan
hisoblanadi.
2. Geografiya ta’limida hikoya va tushuntirish usulidan foydalanish
Hikoya-o‘quv materialini bayon qilish shakli bo‘lib, asosan tasvirlash
xarakteriga ega. Hikoyada (ma’ruzaga karaganda) o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
ko‘proq muloqotda bo‘ladi. Hikoya yordamida o‘quvchilar bilan savol-javob qilib
bo‘lmaydigan mavzularni o‘qitishda bu metod keng qo‘llaniladi. Masalan, vulqonlar
otilishi, Yer qimirlashlar, okeandagi oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial urmonlar va
boshqalarda bu metodning afzalligi yorkin syoziladi. Hikoya, ob’ekt va
hodisalarni,tabiat va jamiatda hamda xalqlar hayot idagi voqea hodisalarning nutqda
ifodalanishidir.
O‘qituvchi biron narsani tasvirlash orqali unga xos bo‘lgan belgilarni ajratadi va
shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya o‘quvchilarda
materialni o‘zlashtirishni engillashtiradi. Hikoyaning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati
faktlarni to‘g‘ri tanlanishga bog‘liq. Ba’zan o‘qituvchi asosiy bilimlarni
o‘zlashtirilishini qiyinlashtiradigan bir qator qo‘shimcha, ikkinchi darajali
ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o‘quvchi ekskursiyada olgan
taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan, ko‘rgan narsalarning
hammasi haqida gapiraveradi. Ma’lumotlar, faktlar, voqealar, misollar bitta umumiy
mavzu, yagona vazifaga birlashtirilib shu vazifa izchil va muntazam tarzda ochib
berilsa, hikoya ijobiy natija beradi va oson o‘zlashtiriladi. Hikoya mazmuni
o‘quvchining shaxsiy tajribasi bilan, maxalliy tabiat bilan bog‘lanishi uni maroqli
qiladi, kechinma va xis-tuyg‘ularni vujudga keltiradi. O‘qituvchi konkret vaziyatni
va o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib, bevosita dars
mazmuniga mos keladigan hikoyalarni tanlashi kerak. Eng muhimi hikoya aniq
tuzilishiga ega bo‘lishi, ya’ni uning boshlanishi, voqea larning rivojlanishi,
ko‘lminatsion nuqtasi va xotima qismi albatta bo‘lishi kerak.
Agar o‘qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa hikoya qiziqarsiz chiqadi.
Maktab geografiyasida hikoyaning quyidagi ikki turi keng qo‘llaniladi;
1. O‘rganilayotgan kursda faktlarga asoslangan bilimlar tizimini bayon
qilishdan iborat bo‘lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar xotiralari, materiklar va
okeanlar tabiati xalqlari hayot i O‘zbekiston geografiyasida kishilarning xo‘jalik,
turmushi, madaniyati haqidagi hikoyalari kiradi.
2. Tasviriy yoki ko‘rgazmali-hikoyalar. Bu turdagi hikoyaning asosiy maqsadi
geografik ob’ekt va hodisalar haqida o‘quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilishdan
iborat.
Birinchi turdagi hikoyalar meaterialni o‘rganishda asosiy metod sifatida
qo‘llanilsa, illyustrativ hikoyalar metodlarni to‘ldiruvchi qo‘shimcha material
sifatida ishlatiladi. Ko‘pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta mavzuni
bayon qilishda ham qo‘llanilishi mumkin. Tasviriy hikoya mazmunini badiiy va
ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘qituvchining sayohat va kinofilmlardan olgan
shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasvirli hikoya geografik talablarga javob
berishi bilan birga ob’ekt va hodisalar, dars mazmuni bilan uygunlashgan ham
bo‘lishi lozim. Geografiya ta’limida karta, rasmlar asosidagi uyushtirilgan hikoyalar
ham keng qo‘llaniladi.
Hikoyada ob’ektning umumiy belgilaridan asosiy beligilar ajratib ko‘rsatilishi
yaxshi natijalar beradi. Masalan, Materiklar geografiyasida o‘qituvchi Uzoq sharq
tabiiy rayonidagi janubiy urmonlarni hikoya kilmoqchi deylik. O‘quvchilarda bu
urmonlar haqida yaxshi tasavvur hosil qilish uchun bu urmonlarning asosiy o‘simlik
turlarini va ularning joylashishi haqida gapirishi kerak. Keyin o‘qituvchi bu
urmonlarga xos bo‘lgan umumiy belgilarni ajratadi. (qalinlik, ko‘p yaruslik, keyin
shu urmonlargagina xos bo‘lgan o‘simliklarni ta’riflaydi). Masalan, Manjuriya
yongogini tasvirlab uning barglari kattaligini, barglari asosan shoxlari uchida
bo‘lishligini, mevasi qalin etli qobiq bilan uralganligini hikoya qiladi.
Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalanish zarur. Hikoya qo‘shimcha
bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo‘lishi mumkin. Hikoya darsda mustaqil o‘rin
egallab, uning turli bosqichlariga tushuntirish jarayoniga ham kiritilishi mumkin.
Hikoya darsning boshida yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlaydi, oxirida
qo‘llanilsa o‘rganilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi.
Hikoyaga yuqori sinflarda 20-25 minut, kuyi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha
vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya paytida
o‘quvchilar faqat diqqat bilan tinglovchi bo‘lib, darsga faol jalb qilinmaydilar.
Hikoya anchaga cho‘zilib ketsa ular diqqati pasayishi mumkin.O‘qituvchi hikoya
vaqtida o‘quvchi yoshiga mos keladigan, dars mazmuniga to‘g‘ri keluvchi
materiallar to‘plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar
bo‘lmasligi kerak.O‘qituvchi faqat o‘zi bilgan narsalarni gapirmasdan, balki
mavzuga oid bo‘lgan materiallarni hikoya kilmogi zarur. Hikoya juda soddalashtirib
yuborilmasligi, unda tushunchalar, atamalar albatta aks etgan bo‘lishi kerak. Qisqasi
hikoya geografik ko‘nikma shakllanishida muhim omil bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Hikoya paytida ayrim mavxum narsalar, raqamlar, doskaga yozib borilishi zarur.
Hikoya davomida o‘qituvchi nazorat savollar berib borishi materialning puxta
o‘zlashtirilishini ta’minlashga yordam beradi.
Tushuntirish - nazariy o‘quv materialini egallash shakli bo‘lib, o‘quvchilarga
geografik jarayon va qonuniyatlarini kengrok ochib berishi lozim bo‘lganda
qo‘llaniladi. Tushuntirishda muloxaza qilish shakllari tahlil va sentez, kuzatish va
xulosalar chiqara olish, induksiya (aniq ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish),
deduksiya (ilgari o‘rganilgan umumiy hodisalar asosida ma’lum koida, ta’rifini
shakllantirish) keng qo‘llaniladi. Hikoya qilib berish qiyin bo‘lgan bilimlar
tushuntiriladi.
Yerning shakli, kattaligi geografik kenglik va uzoqlik, yerning sutkalik va yillik
harakati, gradus turi, tog‘larning paydo bo‘lishi, briz, passat, musson, siklon,
antitsiklon, frontlar, geologik hodisalar, iqtisodiy qonuniyatlar ishlab chiqarishni
joylashtirish shakllarini o‘rganishda tushuntirish metodidan keng foydalaniladi.
Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy Osiyo mavzusini o‘tish-da musson
va musson tipidagi iqlimni quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, Sharqiy
Osiyo eng katta okean bilan tutash hududda joylashgan, shu tufayli Sharqiy Osiyo
iqlimi bevosita quruqlik va suv ustida turlicha harorat, bosim vujudga kelishi bilan
belgilanadi. Buni doskada quyidagi tayanch sxema asosida tushuntirish maqsadga
muvofiq. O‘qituvchi doskadagi rasm asosida o‘quvchilar diqqatiga quyidagi
savollarni havola qiladi:
1.Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qandaytaqsimlanadi?
Qishdachi?
2.Yozda quruqlik va okean ustida havo bosimi qandaytaqsimlanadi?
Qishdachi?
3.Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum bo‘lsa, shamol yunali-shini
aniqlasa bo‘ladimi?
Yuqoridagi savollar asosida mussonning mavsumiy harakterga ekanligi
o‘quvchilarga tushuntiriladi. Tajribali o‘qituvchilar tushuntirish vaqtini oldindan
belgilaydilar. Bu o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik talab qiladi. Nazariy va amaliy
materialni puxta, izchil bayon qilish, puxta o‘ylangan tushuntirishlar va
qo‘shimchalar, tushuntirishni ilmiy bilimlarni egallashning ta’sirchan usuliga
aylantiradi. Mamlakatlar, iqtisodiyzonalar ixtisoslashuvi, iqtisodiyhududlar iqtisodi
tushuntirilayotganda o‘qituvchi avvalo dalillarga asoslangan ma’lumotlarni yig‘adi.
Masalan, biron mamlakat sanoati tushuntirilganda, unga doir bo‘lgan savollar
aniqlanadi. (Sanoat tizimini, asosiy tarmoqlari, sanoat markazlari, xom ashyo bilan
ta’minlanish) keyin aytish lozim bo‘lgan ma’lumotlarni yigadi va shu mamlakat
sanoatining usishi; qiyinchiliklari, muammolari haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi.
Tushuntirish bandlardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan, O‘zbekiston geografiyasida,
O‘zbekiston sanoatini quyidagi reja asosida yoritish mumkin:
1. O‘zbekiston sanoatini Yaponiya, Isroil sanoatiga nisbatan birmuncha zaifligi
sabablari.
2. O‘zbekiston sanoatini hozirgi davrda rivojlantirish vazifalari
3. Asosiy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi
4. Sanoatning joylashishi va asosiy sanoat rayonlari
O‘qituvchi har bir savolga javoblarni faktlarga tayangan holda berishi kerak.
Kuyi sinflarda tushuntirishda suhbat va hikoya elementlari ham qisman ishtirok
qildi. Yuqori sinflarga o‘tish bilan tushuntirishda hikoya elementlari deyarli
uchramaydi. Tushuntirish jarayonida o‘quvchilar tomonidan javob reaksiyasini .
bo‘lishini ko‘zda to‘tish kerak. O‘qituvchi qisqacha muammoli savollar berishi,
qiyin joylarni qandaytushunganliklarini so‘rash, aqliy yoki amaliy ishlarni
bajarishga undashi zarur.
3. Geografiya ta’limida suhbat, ma’ruza va o‘qib berish usullaridan
foydalanish
Suhbat - ta’lim metodi sifatida o‘quv materialini egallashning savol-javob
shaklidir. Bunda asosiy o‘rinni o‘qituvchi savoli va o‘quvchi javobi egallaydi. Ba’zi
hollarda (juda siyrak) o‘quvchi savoli va o‘qituvchi javobi ham uchraydi. Suhbat
jarayonida o‘quvchilar tushunmaganlarini o‘qituvchidan so‘rashlari mumkin.
Ba’zilar suhbat metodini savol-javob metodi bilan chalkashtiradilar. Ayni paytda
ularning har ikkisi deyarli mazmunan bir xil metoddir. Bu metodning bosh talabi -
mukammal o‘ylangan savollar va o‘quvchilar qaytarishi mumkin bo‘lgan
javoblarining puxta tizimidir. Savol aniq bo‘lishi, ya’ni o‘quvchilar suhbat nima
ustida borayotganini hamisha tushunishlari kerak. O‘qituvchi suhbat paytida
o‘quvchilar fikrini o‘rganiladigan geografik ob’ekt va hodisalarining asosiy
belgilariga yunaltiradi va ularning bilish faoliyatlarini boshqarib boradi. Mavzu
e’lon qilingandan keyin savollar o‘rtaga tashlanadi, suhbat mantikiy qismlarga
bo‘linadi,o‘qituvchi o‘quvchilar javobini tinglaydi, ularning javobidagi xatolarini
tuzatadi va to‘ldiradi. Shundan sung o‘quvchilarni yakun yasashga undaydi.
O‘quvchilarni savollarni to‘g‘ri berishga o‘rgatish kerak. Savollarni to‘g‘ri tuzish va
berishning o‘zi san’at ekanligini doimo uktirish lozim. Savol berilayotganda
o‘quvchilar qaytaradigan javoblar turlicha bo‘lishini nazarda to‘tish kerak. Buni
bilgan o‘qituvchi oldindan bir qator yordamchi, tuzatuvchi savollarni tayyorlab
kuyadi.
Suhbat hamisha savollar tizimidir. Unda hamma narsa o‘zaro bog‘liq va
asosiy g‘oyaga buysundirilgandir. Savol shakl jihatidan aniq va ravshan bo’lishi
kerak. Suhbatda tushunish qiyin bo‘lgan atamalarni, murakkab iboralarni kiritish,
savollarni takrorlayverish yaramaydi. Suhbat jarayonida turli xil ko‘rsatmali
qurollardan foydalanish zarur, bu o‘quvchilar faolligini oshirishga yordam beradi.
Suhbatni uyushtirish ancha murakkab vazifa bo‘lib, o‘qituvchidan pedagogik
maxorat talab qiladi. Suhbat metodining yana eng muhim afzalligi shundaki, bu
usulda yangi materialni o‘rganish bilan bir vaqtda o‘quvchilar bilimini aniqlash
mumkin bo‘ladi. Suhbat o‘quvchilarni turli bilim manbalari karta, globus,
gerbariylar, kolma’ruzalar bilan ishlashga o‘rgatadi. Suhbat metodini murakkab
mavzularini o‘rganishda qo‘llash qiyin, chunki o‘quvchilarda bu borada tayanch
bilim kam. Eng muhimi suhbatning yaxshi chiqishi uchun o‘quvchilarda tayanch
bilimlarning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq. Suhbat ya’ni savol-javob savollari
mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni o‘zlashtirishga oid savollar? Masalan:
O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi necha metr? U qaysi tog‘ tizimida joylashgan?
Globusni kim kashf etgan? Jamolungma cho‘qqisini birinchi kashf qilgan sayoxni
ayting? va boshqalar.
2. Kartani bilish va o‘qib olishga oid savollar. Masalan, Toshkentdan
shimoliy va janubiy kutbgacha masofalarini daraja va km hisobida ayting. Karta
yordamida Adir zonasiga ta’rif bering.
3. Kartalardagi ob’ektlarni ta’riflay olish tarzidagi savollar? Masalan:
Samarkand va Toshkent shaharlari geografik o‘rnini kiyoslang.
4. Sabab aloqadorlik, qonuniyatlarini o‘zlashtirishga qaratilgan tarzdagi
savol-javoblar. Masalan: Nima sababdan yosh tog‘larda zilzilalar ko‘p bo‘ladi?
Nima sababdan chukindi foydali kazilmalar tekisliklarda ko‘proq uchraydi va
boshqalar. Har bir yangi mavzuni o‘tishdan oldin o‘quvchilarga havola etilishi
mo‘ljallangan savollar tayyorlab kuyilishi kerak. Ayniqsa ish faoliyatini endi
boshlayotgan o‘qituvchilar bu koidagi nihoyatda amal qilishlari zarur. Chunki dars
va suhbat jarayonida bunday mazmundagi savollarni bevosita tuzish va o‘quvchilar
diqqatiga havola qilish ancha murakkab masaladir. Qo‘yiladigan savollar mantikiga
ko‘ra suhbat metodi 2 turga bo‘linadi:
1. Savol-javob suhbati . Bunda o‘qituvchi savollar kuyadi, o‘quvchilar unga
esa qisqa javob qaytaradilar. Savol-javob orqali dalillar va geografik ob’ektlarning
joylashishi haqidagi bilimlar aniqlanadi. Bu usulda o‘quvchilarning ilgari olgan
bilimlari takrorlanadi. Masalan, Yevropa bilan Osiyo, Yevroosiyo bilan Afrika
o‘rtasidagi chegaralar qaerlardan o‘tadi?
2. Keng ko‘lamdagi evristik suhbat. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilarning
bilish faoliyati ustidan nazorat qiladi. Ular diqqati geografik ob’ekt va hodisalarning
eng muhim belgilarini aniqlashga va mustaqil xulosalar chiqarishga qaratiladi.
Savollar shunday kuyilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni ifodalashi va shu
fikrni davom ettirishi kerak. Yoki qo‘yilgan savollar o‘zuk-yuluk bo‘lmay birinchisi
ikkinchisini, ikkinchisi esa uchinchi savolni to‘ldirishi maqsadga muvofiq. Savol-
javoblarning keng ko‘lamda uyushtirilishi o‘quvchilarda faol fikrlash jarayonini
rivojlantiradi.
O‘zbekiston iqlimi mavzusida iqlim kartasi asosida bir-birini to‘ldiruvchi
quyidagi savollarni berish va unga javob talab qilish mumkin.
1. O‘zbekistoning SHimoliy va Janubiy qismida yozda havo harorati qanday
bo‘ladi?
2. Shu joylarda kish harorati-chi?
3. O‘zbekiston shimoliy va janubiy qismlarida havo haroratining yillik
amplitudasi qanday?
4. Yillik amplitudaning bunday farqlanishiga sabab nima?
5. O‘zbekiston shimoli va janubida yog‘inlarning taqsimlanishi qanday?
6.Yog‘inlarning bunday farqlanishiga sabab nima?
7.Sovuk kunlar O‘zbekiston shimoli va janubida qancha vaqt davom etadi?
Keng ko‘lamdagi bunday suhbat asosan yangi bilimlarni o‘rganishda va yakuniy
takrorlashda ko‘proq qo‘llaniladi. Suhbatda bir necha tipdagi savollar qo‘llaniladi:
a) O‘quvchilardagi mavjud bilimlarni aniqlash savollari;
b) Karta, ko‘rgazmali qurollar, statistik materiallar asosida yangi
bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan savollar;
c) Taqqoslash orqali geografik voqea va hodisalarning sabab-oqibat-
larini bilishga qaratilgan savollar va boshqalar;
Geografiya ta’limida karta asosida uyushtiriladigan suhbat keng qo‘llaniladi.
Suhbat metodini didaktik maqsadiga ko‘ra 3 ta turga ajratish mumkin.
1. Tushuntirish yoki kirish suhbati. Yangi materialni o‘rganishda qo‘llaniladi
va o‘quvchilardagi mavjud bilimlarga tayangan holda uyushtiriladi. O‘quvchilar
ob’ekt va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni mustaqil aniqlashdan iborat bo‘lgan
vazifalarni bajaradi. O‘quvchilarga karta va boshqa ko‘rsatmali vositalar asosida
savollar beriladi. Savol vositasida yangi material eski materiallar bilan bog‘lanadi.
Masalan, Afrika iqlimini o‘tishda o‘quvchilar 5-sinfda egallagan tushunchaga
tayanib, iqlimga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlaydi.
2. Nazorat suhbati. O‘quvchilar ekskursiya va kezishlardan (poxod) keyin
geografik materialni yoki sinfda so‘zlab berilganlarni qanchalik to‘g‘ri
o‘zlashtirganliklarini
hamda
bilim,
ko‘nikma
va
malakalarni
qanday
egallaganliklarini aniqlashda qo‘llaniladi.
3. Umumlashtiruvchi suhbat. Bu turdagi suhbatni uyushtirishdan asosiy maqsad
o‘quvchilarni xulosa chiqarishga o‘rgatishdan iborat. Bunda o‘quvchilarning
geografik taassuroti va bilimlari tartibga solinadi. Yakunlovchi suhbat yirik
mavzular, qismlar, bilimlar utib bo‘lingandan keyin qo‘llaniladi. Suhbat turlari
o‘quvchilarning tayyorgarligiga qarab o‘zgarib turishi ham mumkin. Geografiya
ta’limining dastlabki bosqichlarida suhbat oddiy, kam sonli va qisqa javob talab
qiluvchi savollardan iborat bo‘ladi. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanishi
va mustaqilligi oshishi bilan suhbat metod sifatida takomillashadi. Geografiya
o‘qitishda suhbatning yaxshi chiqishi uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga
muvofiq.
1. Savol shakl jihatidan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. U butun sinfga
tushunarli bo‘lishi uchun jumlalar aniq tuzilishi lozim. Qiyin atamalar va murakkab
iboralarni kiritish yaramaydi. Berilgan savol muayyan javob talab qilishi kerak.
Masalan, urmonda o‘simliklardan nimalarni kurdingiz deb emas, balki siz urmonda
qandaydaraxt turlarini uchratdingiz, deb kuyilishi maqsadga muvofiq.
2. O‘quvchi javoblari aniq va ravshan bo‘lish kerak . Javob muayyan reja
asosida bo‘lishi zarur. Eng muhimi, qanday vositalardan foydalanib, nimani
isbotlayotganligi yoki tushuntirayotganligini o‘quvchi anglashi zarur.
3. Qo‘shaloq savol berishdan saqlanish kerak. Masalan, siz tekislikda
oqadigan daryolarni bilasizmi va ular qay jihatdan tog‘ daryolaridan farq qiladi?
Yoki O‘zbekistonlik sayoxlardan kimlar va qanday qilib Jamolungma cho‘qqisini
zabt qildi? va boshqalar. Agar savol juda qisqa bo‘lsa ko‘shalok savol berish
mumkin.
4. Savollarga keraksiz, ortiqcha so‘z va jumlalar kiritmaslik lozim. Masalan:
endi ko‘raylikchi, kim javob berar ekan, "demak","ya’ni", so‘zlarini keragidan
ortiqcha ishlatmaslik zarur.
5. Javobi chalkashib ketadigan tarzdagi savollar bermaslik kerak. Masalan:
Kuzatuvchi yuqoriga kutarilgan sari ufq chizigi kengayadimi? Bu savolni kuzatuvchi
yuqoriga kutarilganda ufq kay holda o‘zgaradi? shaklida havola qilgan va tuzgan
ma’ko‘l.
6. G‘oyat murakkab va g‘oyat uzun javob berishni talab qiladigan og‘ir
savollar tuzmaslik zarur.
7. Ha yoki yo‘q deb javob qaytarish talab qilinadigan savol bo‘lmasligi
kerak .Masalan: Volga Kaspiyga qo‘yiladimi? va boshqalar.
8. Har xil javob berilish mumkin bo‘lgan noaniq savollar berishdan kochish
kerak. Masalan: Sel paytida nima bo‘ladi? Tuman bo‘lganda nimalar bo‘ladi?
9. Muhokama (diskussiya) talab etadigan savollar puxta o‘ylab o‘rtaga
tashlanishi kerak. Masalan: Orol ko‘li yana o‘z holiga kaytishi mumkinmi? yoki
Orol butunlay kurisa nima bo‘ladi? va boshqalar.
10. Savollar ma’noli, grammatik jihatdan to‘g‘ri, sodda tilda, tushunarli qilib
ifoda etilishi kerak.
Savollar o‘quvchidan o‘ylab ko‘rish, muhokama qilishni talab etadigan qilib
tuzilishi zarur. Savollarni tuzish uchun ko‘p vaqt ketishligi bu metodning kamchiligi
hisoblanadi. Suhbat metodi asosida o‘rganiladigan mavzuning bir necha qismga
bo‘lib o‘rganilishi oqibatda o‘quvchilarning xotirasida uning bir butunligi yo‘qolishi
mumkin. Biroq bu kamchilikni yakunlovchi suhbatda bartaraf qilsa bo‘ladi.
Bilimlarni egallash shakli sifatida suhbat o‘quv jarayonida turli o‘rinni egallashi
mumkin: dars boshida tayyorgarlik va yangi materialni o‘zlashtirish, uyga berilgan
vazifani tekshirish, e’tiborini to‘plash vositasi bo‘lishi, tushuntirish jarayonida yangi
materialni o‘rganilgan bilimlar bilan bog‘lash, dars yakunida o‘rganiladigan koidalar
va ta’riflarni mustahkamlash metodi, yakun sifatida foydalanish mumkin. Suhbat
boshqa metodlar bilan bog‘langan bo‘lib, ularni to‘ldirib turadi. Materialni
egallashning har qandayshakllarida qisqacha suhbatlardan ham foydalaniladi.
Ma’ruza deganda, mavzuni ravon, ilmiy va izchillik asosida bayon etilishiga
tushuniladi. ma’ruza 30-40 minut davom qiladi. Qolgan vaqtni o‘qituvchi maslaxati
va uyga vazifa egallaydi. Bu metodlarni boshqa metodlar bilan uygunlashtirilib olib
borilsa, uning samarasi yuqori bo‘lishligi tajribalarda isbotlangan. Ma’ruza
o‘quvchilardan o‘qituvchining biroz uzun nutqini eshitilishini talab qiladi. SHu
tufayli undan yuqori sinflarda ko‘proq foydalaniladi. Ma’ruza deganda oliy o‘quv
yurti o‘quvchilariga 80 minutlik, maktab o‘quvchilarga esa 30-40 minut vaqtda
bayon etilishini farq qilish kerak. Ma’ruza o‘qituvchidan katta tayyorgarlik talab
qiladi. U bir vaqtning o‘zida ta’lim shakli bo‘lish bilan birga o‘qitishni og‘zaki bayon
metodi hamdir.
Geografiya ta’limida ma’ruza qilish, dasturning yirik boblarini o‘tganda,
o‘rganilayotgan materialda nazariy bilimlar ko‘proq bo‘lsa, keng qo‘llaniladi.
Ma’ruzani o‘qituvchidan tashqari ilmiy xodimlar, iqtisodchilar, jurnalistlar va
boshqa mutaxasislar ham olib borishlari mumkin. Ma’ruzaga tayyorlanishda
quyidagi reja asosida ish ko‘rish maqsadga
muvofiq:
1. Mavzuni tanlash va ma’ruza maqsadini aniqlash;
2. Tanlangan mavzu bo‘yicha darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan materi-
allarni o‘rganish;
3. Ma’ruzaning reja ko‘chirmasini tayyorlash, unda ma’ruza vazifalari,
jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, uy vazifasi belgilanishi kerak. Ilg‘or
o‘qituvchilar tajribalari shuni ko‘rsatdiki, ma’ruzani quyidagi hollarda ko‘proq
qo‘llash samarali natijalar beradi:
-Oldingi material bilan oz miqdorda bog‘liq bo‘lgan yoki umuman bog‘liq
bo‘lmagan yangi materialni o‘tishda;
-O‘tilgan o‘quv materialining turli bulimlarini umumlashtirishda;
-O‘rganilgan qonuniyatlarning amaliy qo‘llanilish to‘g‘risidagi o‘quvchilarga
ma’lumotlar berilganda;
-Fanlararo aloqalar zarur bo‘lgan mavzular o‘rganilayotganda;
-Muammoli darslarni o‘tkazishda.
Oliy maktab ma’ruzasi konkret material ustida atroflicha nazariy muhokama
yuritish uni ilmiy asosda chuqur tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat. Bunda
ma’ruza materiallari tahlili va umumlashtirishlar suhbat shaklida emas, balki
monolog shaklida bo‘ladi. Tahlil qilish, umumlashtirish, tartibga solish va
muhokama yuritish ma’ruza metodining eng muhim tomonlarini tashkil etadi. Oliy
maktab ma’ruzasi o‘zining ana shu xususiyatlari bilan ajralib turadi. Maktab
ma’ruzasi faqat ajratilgan vaqtning ko‘p yoki ozligi bilan emas, balki o‘zining
mazmuni, o‘qitilishi va o‘rganishning metod va usullari jihatidan ham oliy
maktablardagi ma’ruzalardan farq qiladi. Uning ahamiyati shundaki, o‘quvchilarni
tinglashga, asosiy narsalarni ajrata bilishga va ko‘proq ko‘chirma olishga ham
o‘rgatadi.
Ma’ruza uchun nazariy bilimlar ko‘proq mujassamlangan mavzularni tanlash
kerak.
Bundan
tashqari
tanlangan
material
o‘zida
qiziqarli
faktlarni
mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi ma’ruza mavzusi bilan birga uni
bayon qilish rejasini ham e’lon qiladi. Reja doskaga yozib qo‘yilsa, yana ham yaxshi,
rejaning har bir bandiga alohida to‘xtalish kerak.
Maktab ma’ruzasida suhbatning ayrim ko‘rinishlari qo‘llanilishi mumkin.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularning diqqatini ma’ruzani muhim
tomonlariga jalb qilish maqsadida savollar berilib borilishi mumkin. Maktab
ma’ruzasi materiali yakuniy suhbat bilan tugaydi. Maktab ma’ruzasi o‘quvchilar
yozib ulgurishi uchun sekin o‘qiladi. Ma’ruzadagi raqamli materiallar, ayrim
tushunchalar, atamalar, doskaga yozib borilishi yanadi yaxshi. O‘quvchilarni
ma’ruza rejasini mustaqil tushunishga o‘rgatish kerak. O‘quvchi tuzgan ma’ruza
rejalari rag‘batlantirilib borilsa, samarali natijalar berishi mumkin.
Ma’ruzani 2 usulda tashkil qilish mumkin: O‘qituvchi ma’ruzasi va olim yoki
mutaxasis ma’ruzasi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki mutaxasis yoki olim o‘qigan
ma’ruza o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ma’ruza jarayonida texnika
vositalari, turli ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish kerak. Iqtisodiy geografiya
kurslarida iqtisodiy zonalar, rivojlangan mamlakatlar, Osiyodagi rivojlanayotgan
mamlakatlar, Afrika mamlakatlari, jahon iqtisodiy munosobatlari kabi juda ko‘p
mavzularda ma’ruza usulini qo‘llash mumkin. Maktab ma’ruzasi quyidagi didaktik
talablarga javob berishi kerak:
1. Ma’ruzaning ilmiy jihatdan mukammal bo‘lishi
2.Ma’ruza darslik mazmuniga qaraganda keng va uni ko‘p jihatdan
oydinlashtiradigan bo‘lishi kerak. Agar ma’ruza mazmuni darslik mazmunidan juda
qisqa yoki aynan shu mazmundan iborat bo‘lib qolsa, uni o‘quvchilar tinglamay
qo‘yishlari ham mumkin.
3. Ma’ruza mazmunan ko‘rgazmali bo‘lishi
4. Ma’ruza o‘quvchilarni fikrlashga, voqea va hodisalarni tahlil qilishga,
umumlashtirishga o‘rgatishi
5. Ma’ruzaning o‘quvchilarga yetib borishi uchun o‘qituvchi o‘zining nutqi
ustida ko‘p ishlashi
Savollar ma’ruza yakunida berilishi maqsadga muvofiq.
Geografiya darslarida o‘qituvchining o‘qib berishi. Mavzuni og‘zaki bayon
qilish va suhbat jarayonida o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilishi ham keng
qo‘llaniladi. Odatda geografiya xrestomatiyasidagi maqolalar, darsliklarning ba’zi
joylari, dars mavzusiga oid gazeta va jurnallardan olingan parchalar o‘qiladi. O‘qib
berishdan asosiy maqsad quyidagicha:
1. O‘qitish metodini tez-tez o‘zgartirib turish zarur bo‘lganda
2. Dars va ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirishda
3. Darsda utilayotgan mavzu o‘qituvchi o‘z so‘zlari bilan aytib berolmaydigan
darajada bo‘lsa
4. Matn badiiy jihatdan boy bo‘lsa.
Darsda o‘qib berish 10-15 minutdan oshmasligi kerak. O‘qib beriladigan
material dars materiallarini to‘ldirishi zarur. Darslikdagi materialni o‘quvchining
o‘zi ham o‘qib oladi. Demak darslikda yo‘q bo‘lgan qiziqarli materiallar o‘qib
berilsa o‘quvchilarning darsga faolligi oshadi. O‘qish jarayonida ob’ektlar kartadan
ko‘rsatib borilishi lozim. Ayrim atamalarga izox ham berilib borilsa yanada yaxshi
bo‘ladi. O‘quvchilarni eng muhim joylarni yozib borishlariga ahamiyat berish kerak.
O‘qib berilgan materiallar o‘quvchilardan surab borilsa va ularga qisqacha rejalar
tuzdirilsa dars samaradorligi yanada oshadi.