Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

35,9 KB


 
 
 
 
 
 
Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi 
 
 
Reja 
Metod haqida tushuncha. 
Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar. 
Geografiya ta’limi metodlari tasnifi 
 
Tayanch iboralar 
Bilim, ko‘nikma, malaka, didaktika, metod, usul, ta’lim metodlari, og‘zaki 
bayon metodi, taqqoslash, solishtirish, hikoya, suhbat, savol-javob. 
Metod haqida tushuncha. 
Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o‘tganimizdek, tayyor bilimni o‘zlashtirish 
asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini 
rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish 
ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars 
o‘tish metodlarini tanlashga bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishda turli metodlar 
qo‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars o‘tishda turli uslublarni qo‘llash uni 
qiziqarli bo‘lishiga, o‘quvchilarni diqqatini o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga 
qaratiladi. Bir xil metodda dars o‘tilaverishi o‘quvchilarni zeriktiradi. 
Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday mohir o‘qituvchi ham bir xil 
metodni qo‘llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o‘qir ekan, o‘quvchi-talabalar 
dastlab 20 minut, so‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan 
eshitar, kolgan paytda xayolga berilib ketar ekan. 
Ikkinchidan, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish 
qobiliyatlari har xil bo‘lib, turli uslublarni qo‘llashgina o‘tilayotgan mavzuni 
o‘quvchilar tomonidan nisbatan to‘liq o‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, bilimni o‘zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil
Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi Reja Metod haqida tushuncha. Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar. Geografiya ta’limi metodlari tasnifi Tayanch iboralar Bilim, ko‘nikma, malaka, didaktika, metod, usul, ta’lim metodlari, og‘zaki bayon metodi, taqqoslash, solishtirish, hikoya, suhbat, savol-javob. Metod haqida tushuncha. Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o‘tganimizdek, tayyor bilimni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars o‘tish metodlarini tanlashga bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishda turli metodlar qo‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars o‘tishda turli uslublarni qo‘llash uni qiziqarli bo‘lishiga, o‘quvchilarni diqqatini o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o‘tilaverishi o‘quvchilarni zeriktiradi. Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday mohir o‘qituvchi ham bir xil metodni qo‘llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o‘qir ekan, o‘quvchi-talabalar dastlab 20 minut, so‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, kolgan paytda xayolga berilib ketar ekan. Ikkinchidan, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil bo‘lib, turli uslublarni qo‘llashgina o‘tilayotgan mavzuni o‘quvchilar tomonidan nisbatan to‘liq o‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bilimni o‘zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil
 
 
o‘quvchilarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi. 
Uchinchidan, dars o‘tish metodlari o‘quvchilarni fikrlash doirasini 
shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun ham, barcha pedagoglar 
o‘quvchilarga bilim berishning eng samarali yo‘li, dars o‘tishga turli metodlarni 
qo‘llash zarur degan fikr tarafdori bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi 
o‘quvchilar uchun qo‘llanilishi ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q,  
Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, taxliliy fikr yuritadigan 
o‘quvchilardangana muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar 
(sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi. Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir. 
Har bir kishining fikr yuritishi individual xarakterga ega bo‘lib, boshqalarnikidan 
ajralib turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang‘ich nuqtasidir. G‘arb 
olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda bilim berish uslubiga ta’sir 
etuvchi parametrlarga: 
 
 -har bir talabaning individual xususiyatlari; 
  
-axborotni qayta tiklash qobiliyati; 
-o‘quvchilarni bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish 
xislatlarini kiritishadi. 
Psixologlar odamlarni introvert va ekstravert guruhlarga bo‘lishadi: Introvert 
tipidagi o‘quvchilar ko‘proq individual qatnashish ustun dars o‘tish uslublarini 
yoqtirishadi. Masalan, ma’ruza eshitish, kitob o‘qish, adabiyotlarni konspekt qilish, 
nazorat ishi, referat, doklad yozish kabilar. Ekstravert guruhidagi o‘quvchilar 
o‘qitishning faol turlarini, boshqalar bilan hamkorlikda bajariladigan uslublarni 
yoqtirishadi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash, modellashtirilgan o‘yinlar 
o‘tkazishda qatnashish kabilar. 
 
Insonda olgan axborotni qayta ishlash qobiliyati ham turlicha. O‘quvchilar 
bilim olish, olgan axborotlarini yodda saqlash, tushunish va qo‘llashda ham bir-
biridan farq qiladilar. Ba’zi o‘quvchilar uchun verbal (so‘zda ifodalangan) axborot, 
masalan, ma’ruza eshitish yoki radio orqali tinglash etarli. Boshqalari uchun esa 
vizual (ko‘rish) axboroti muhim. Ular ko‘rgazmali qurollar: jadval, sxema, fafik. 
diagramma kabilar orqali mavzuning mazmuniga tez tushunishadi 
 
O‘quvchilar ko‘p narsalarni bir-birlaridan o‘rganishadi. Shuning uchun 
o‘quvchilarni bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, hamkorlik qilishga asoslangan dars
o‘quvchilarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi. Uchinchidan, dars o‘tish metodlari o‘quvchilarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun ham, barcha pedagoglar o‘quvchilarga bilim berishning eng samarali yo‘li, dars o‘tishga turli metodlarni qo‘llash zarur degan fikr tarafdori bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi o‘quvchilar uchun qo‘llanilishi ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q, Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, taxliliy fikr yuritadigan o‘quvchilardangana muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi. Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir. Har bir kishining fikr yuritishi individual xarakterga ega bo‘lib, boshqalarnikidan ajralib turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang‘ich nuqtasidir. G‘arb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda bilim berish uslubiga ta’sir etuvchi parametrlarga: -har bir talabaning individual xususiyatlari; -axborotni qayta tiklash qobiliyati; -o‘quvchilarni bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish xislatlarini kiritishadi. Psixologlar odamlarni introvert va ekstravert guruhlarga bo‘lishadi: Introvert tipidagi o‘quvchilar ko‘proq individual qatnashish ustun dars o‘tish uslublarini yoqtirishadi. Masalan, ma’ruza eshitish, kitob o‘qish, adabiyotlarni konspekt qilish, nazorat ishi, referat, doklad yozish kabilar. Ekstravert guruhidagi o‘quvchilar o‘qitishning faol turlarini, boshqalar bilan hamkorlikda bajariladigan uslublarni yoqtirishadi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash, modellashtirilgan o‘yinlar o‘tkazishda qatnashish kabilar. Insonda olgan axborotni qayta ishlash qobiliyati ham turlicha. O‘quvchilar bilim olish, olgan axborotlarini yodda saqlash, tushunish va qo‘llashda ham bir- biridan farq qiladilar. Ba’zi o‘quvchilar uchun verbal (so‘zda ifodalangan) axborot, masalan, ma’ruza eshitish yoki radio orqali tinglash etarli. Boshqalari uchun esa vizual (ko‘rish) axboroti muhim. Ular ko‘rgazmali qurollar: jadval, sxema, fafik. diagramma kabilar orqali mavzuning mazmuniga tez tushunishadi O‘quvchilar ko‘p narsalarni bir-birlaridan o‘rganishadi. Shuning uchun o‘quvchilarni bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, hamkorlik qilishga asoslangan dars
 
 
o‘tish metodlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, ba’zilar mustaqil, birinchi 
bo‘lishga intilishi bilan ajralib turadi. Ular alohida o‘qishni ma’qul ko‘radi. Ularga 
debat, munozara olib borish, konkurslarga qatnashish yoqadi. Boshqalar 
yolg‘izlikdan 
ko‘ra 
hamkorlikda 
o‘qishga 
moyil. 
Ular 
uchun 
kooperatsiyalashgan o‘qitish uslublarini qo‘llagan ma’qul. Ba’zi o‘quvchilar aniq 
faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni 
yoqtiradi. Ba’zi talaba-o‘quvchilar ko‘rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, 
boshqalari munozara qilganda, uchinchilari esa amaliyotda o‘zi bajarishda qatnashsa 
yaxshiroq, puxtaroq o‘rganadi. 
Umuman olganda, ta’lim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt 
o‘tishi bilan ular o‘zgaradi. O‘quvchilarni bilim olishi va olgan axborotini qayta 
ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o‘ylab topib, qo‘llash mumkin. Ayniqsa, 
hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko‘p sohalarga bilishning 
turli usullarini qo‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik 
metodlar qo‘llash talab etiladi. O‘qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, o‘quv 
topshiriqlarini qo‘llab, o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq uyg‘otishlari nihoyatda 
muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga 
olgan holda turli metodlarni qo‘llash, albatta, o‘zlashtirish natijasini ko‘taradi. 
Pedagog - olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha o‘qitish jarayonida berilgan 
axborotni eslab qolish qo‘llanilgan metodlarga ko‘ra quyidagicha ko‘rinishda aks 
etar ekan: Biz ma’ruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 foizini, o‘qigan 
materiallarimizni 10 foizi, video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rganimizni 20 foizini, 
tajribani namoyish qilinganida ko‘rgan va eshitganlarimizni 30 foizini, munozaraga 
kirishsak, birga muhokama qilganimizni 40 foizini, mashq echar ekanmiz, o‘qigan, 
yozgan, gapirganlarimizning 50 foizini eslab qolar ekanmiz. Tahlil qilganlarimizni 
muhokama qilish samarali metod ekan. Buning natijasida o‘quvchilar ongida 
ma’lumotning 75 foizi saqlanib qolar ekan. Lekin, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar 
jarayonida o‘quvchilarning bir-birlariga o‘rgatishlari undan ham samaraliroq 
hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o‘zlashtiriladi. Insonning esda saqlash xotirasi 
- biokompyuterdir. Odatda, olingan axborotning juda ko‘pi qisqa muddat yodimizda 
saqlanadi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar ko‘nikmalar va malakalarni
o‘tish metodlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, ba’zilar mustaqil, birinchi bo‘lishga intilishi bilan ajralib turadi. Ular alohida o‘qishni ma’qul ko‘radi. Ularga debat, munozara olib borish, konkurslarga qatnashish yoqadi. Boshqalar yolg‘izlikdan ko‘ra hamkorlikda o‘qishga moyil. Ular uchun kooperatsiyalashgan o‘qitish uslublarini qo‘llagan ma’qul. Ba’zi o‘quvchilar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talaba-o‘quvchilar ko‘rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, boshqalari munozara qilganda, uchinchilari esa amaliyotda o‘zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq o‘rganadi. Umuman olganda, ta’lim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgaradi. O‘quvchilarni bilim olishi va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o‘ylab topib, qo‘llash mumkin. Ayniqsa, hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko‘p sohalarga bilishning turli usullarini qo‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik metodlar qo‘llash talab etiladi. O‘qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, o‘quv topshiriqlarini qo‘llab, o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq uyg‘otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga olgan holda turli metodlarni qo‘llash, albatta, o‘zlashtirish natijasini ko‘taradi. Pedagog - olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha o‘qitish jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo‘llanilgan metodlarga ko‘ra quyidagicha ko‘rinishda aks etar ekan: Biz ma’ruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 foizini, o‘qigan materiallarimizni 10 foizi, video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rganimizni 20 foizini, tajribani namoyish qilinganida ko‘rgan va eshitganlarimizni 30 foizini, munozaraga kirishsak, birga muhokama qilganimizni 40 foizini, mashq echar ekanmiz, o‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50 foizini eslab qolar ekanmiz. Tahlil qilganlarimizni muhokama qilish samarali metod ekan. Buning natijasida o‘quvchilar ongida ma’lumotning 75 foizi saqlanib qolar ekan. Lekin, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning bir-birlariga o‘rgatishlari undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o‘zlashtiriladi. Insonning esda saqlash xotirasi - biokompyuterdir. Odatda, olingan axborotning juda ko‘pi qisqa muddat yodimizda saqlanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar ko‘nikmalar va malakalarni
 
 
egallaydilar. Didaktikada metod deganda o‘qituvchining rahbarligida turli usullar 
vositasida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalari bilan qurollantirishga, hamda 
ularning dunyoqarashini shakllantirishga tushiniladi. O‘quv materiali mazmuni 
ta’limning turli vositalari yordamida va turli usullar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli 
har doim o‘qituvchi oldida o‘quvchilarni muvafakkiyatli va samarali o‘qitish va 
ularning o‘qishiga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi ko‘ndalang bo‘lib 
turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini kidirish, darsning 
maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Metod so‘zi grekcha "metodos" 
so‘zidan olingan bo‘lib, aynan "tadqiqot " degan ma’noni anglatadi. Didaktika fanida 
metod atamasiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir koidani mavjud emas. Bu borada xil-
xilma ta’rif va koidalar mavjud. Shunga qaramasdan didaktikada metod quyidagicha 
talkin etildi. Ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayoni-dagi 
birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda 
harakat qiladilar. 
Metod o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini ta’lim qanday ketishligini, 
o‘qituvchining o‘quv materialini kay darajada tushuntirishini, o‘quvchi uni qanday 
o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul 
dyoyiladi. Masalan, yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol 
bo‘lishi mumkin. Metod va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya 
asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish 
va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim usullariga ham bog‘liq. 
  
Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan 
ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim 
metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan 
cheklanib qolmaydi.Ta’lim metodlari, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini 
shakllantirishga, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga, ilmiy bilimlarga asoslangan 
to‘g‘ri dunyoqarash va etikodni tarbiyalashga ham yordam beradi. Shunday 
qilib, ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos.  
 1. Metodlar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riklari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini 
belgilashga va yo‘naltirishga yordam beradi. 
 2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina 
cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash
egallaydilar. Didaktikada metod deganda o‘qituvchining rahbarligida turli usullar vositasida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalari bilan qurollantirishga, hamda ularning dunyoqarashini shakllantirishga tushiniladi. O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli usullar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida o‘quvchilarni muvafakkiyatli va samarali o‘qitish va ularning o‘qishiga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi ko‘ndalang bo‘lib turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini kidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Metod so‘zi grekcha "metodos" so‘zidan olingan bo‘lib, aynan "tadqiqot " degan ma’noni anglatadi. Didaktika fanida metod atamasiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir koidani mavjud emas. Bu borada xil- xilma ta’rif va koidalar mavjud. Shunga qaramasdan didaktikada metod quyidagicha talkin etildi. Ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayoni-dagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini ta’lim qanday ketishligini, o‘qituvchining o‘quv materialini kay darajada tushuntirishini, o‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul dyoyiladi. Masalan, yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. Metod va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim usullariga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanib qolmaydi.Ta’lim metodlari, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga, ilmiy bilimlarga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va etikodni tarbiyalashga ham yordam beradi. Shunday qilib, ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos. 1. Metodlar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riklari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini belgilashga va yo‘naltirishga yordam beradi. 2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash
 
 
qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.  
  
Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga, hamda maktab 
ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning 
ruxiyati va yosh xususiyatlarini e’tiborga olishni ham talab qiladi. Uni tanlash 
geografiya ta’limining moddiy-texnika ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan,maktabda mavjud bo‘lgan texnika-
vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. Pedagogikada 
fanida o‘qitish metodlari maktab joylashgan sharoitga, va o‘qituvchilar tajribasida 
tar-kib topgan ananalarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus 
bag‘ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. U ilmiy-texnika 
jarayoni sharoitida ananaviy metodlarini takomillashtirishga va yangi metodlarni 
izlab topishga, harakat qiladi.  
1. Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar. 
Metod tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq: 
* usul mavzuning mazmuniga to‘g‘ri kelishi kerak; 
* o‘quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olish (o‘quv mavzusining 
murakkabligi,  nazariy bilimlar  hajmi,  sinfning darajasi,  o‘quvchilarni 
mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyati); 
*  geografik bilimlarning xususiyatlari hisobga olinishi kerak. 
Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
- geografik voqea va hodisalarni tashqi ko‘rinishi haqidagi bilimlar. 
Bu bilimlar   o‘quvchilarda o‘rganilayotgan voqealarni tasavvurini 
shakllantirishi kerak: tog‘lar, o‘rmon, yassi tog‘, harita va boshqalar; 
- gergrafik voqea va xodisalarning fazoda joylalanishi haqidagi 
bilimlar. Masalan tabiat zonalarining, iqlim mintaqalarining joylanishi; 
- geografik voqea va xodisalarni xossalari to‘g‘risidagi bilimlar. 
Tuproqning xosildorligi, namgarchilik,  bug‘lanish,  intensiv  va  ekstensiv  
xo‘jalik, qattiklik va boshqalar; 
- geografik jarayonlar haqidagi  bilimlar. Shamol va suv eroziyasi, 
yotqiziqlarning 
xosil 
bo‘lishi, 
suvning 
aylanib 
yurishi, 
migratsiya, 
urbanizatsiya, vulkanlar va boshqalar;
qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi. Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga, hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruxiyati va yosh xususiyatlarini e’tiborga olishni ham talab qiladi. Uni tanlash geografiya ta’limining moddiy-texnika ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan,maktabda mavjud bo‘lgan texnika- vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. Pedagogikada fanida o‘qitish metodlari maktab joylashgan sharoitga, va o‘qituvchilar tajribasida tar-kib topgan ananalarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. U ilmiy-texnika jarayoni sharoitida ananaviy metodlarini takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga, harakat qiladi. 1. Ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar. Metod tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq: * usul mavzuning mazmuniga to‘g‘ri kelishi kerak; * o‘quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olish (o‘quv mavzusining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o‘quvchilarni mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyati); * geografik bilimlarning xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: - geografik voqea va hodisalarni tashqi ko‘rinishi haqidagi bilimlar. Bu bilimlar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan voqealarni tasavvurini shakllantirishi kerak: tog‘lar, o‘rmon, yassi tog‘, harita va boshqalar; - gergrafik voqea va xodisalarning fazoda joylalanishi haqidagi bilimlar. Masalan tabiat zonalarining, iqlim mintaqalarining joylanishi; - geografik voqea va xodisalarni xossalari to‘g‘risidagi bilimlar. Tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug‘lanish, intensiv va ekstensiv xo‘jalik, qattiklik va boshqalar; - geografik jarayonlar haqidagi bilimlar. Shamol va suv eroziyasi, yotqiziqlarning xosil bo‘lishi, suvning aylanib yurishi, migratsiya, urbanizatsiya, vulkanlar va boshqalar;
 
 
- geografik voqea va xodisalarning tarkibi xakidagi bilimlar. 
Energetika, og‘ir sanoat, Yer qobiqlari, okean, eksport va import tarkibi, 
til, milliy tarkib va boshqalar; 
- geografik voqealikning tuzilishi haqidagi bilimlar (Yer  kobishning 
tuzilishi,  havo  massalari, atmosferaning tuzilishi, xalq xo‘jaligi tuzilishi, 
qishloq xo‘jaligi tuzilishi va boshqalar; 
- geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar. 
Sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funksional aloqalari. 
Bu  bilimlarning har biri alohida o‘qitish usullarini qo‘llashni talab 
qiladi. 
Hozirgi kunda ta’lim metodlari muammosi eng asosiy muammolardan biri 
bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.  
  
Birinchi talab - metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod 
o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga, etikod xis tuyg‘u va 
qarash lariga ta’sir ko‘rsatadi. ta’limning tarbiyaviy vazifa-sini amalga oshirish 
metodning tanlanishiga bog‘liq.  
  
Ikkinchi talab - metodning ilmiyligi. Dars berish va ta’limning har qanday 
metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan 
qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi 
shundaki,biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni xal etish 
mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qandayturlarini talab 
qilishini va ularni qandaytashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning 
ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni,qonuniyatlarini to‘g‘ri anglanishini 
ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi. 
  
Uchinchi 
talab 
- 
metodning 
ommabopligi. 
Bunda 
o‘quvchilar 
rivojlanishining pedagogik - ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.agar metod 
o‘quvchilarda mavxum tafakkurni ham e’tiboriga olib tanlansa, o‘quvchi 
murakkabroq materialini ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. demak, metod 
tanlanganda o‘qituvchi nimalarni tushuntirishi kerakligi haqida emas, balki o‘quvchi 
nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak.  
  
To‘rtinchi talab - ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv 
materialining mustahkam egallashga qaratilganligidan kelib chiqadi.
- geografik voqea va xodisalarning tarkibi xakidagi bilimlar. Energetika, og‘ir sanoat, Yer qobiqlari, okean, eksport va import tarkibi, til, milliy tarkib va boshqalar; - geografik voqealikning tuzilishi haqidagi bilimlar (Yer kobishning tuzilishi, havo massalari, atmosferaning tuzilishi, xalq xo‘jaligi tuzilishi, qishloq xo‘jaligi tuzilishi va boshqalar; - geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar. Sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funksional aloqalari. Bu bilimlarning har biri alohida o‘qitish usullarini qo‘llashni talab qiladi. Hozirgi kunda ta’lim metodlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. Birinchi talab - metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga, etikod xis tuyg‘u va qarash lariga ta’sir ko‘rsatadi. ta’limning tarbiyaviy vazifa-sini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog‘liq. Ikkinchi talab - metodning ilmiyligi. Dars berish va ta’limning har qanday metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki,biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni xal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qandayturlarini talab qilishini va ularni qandaytashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni,qonuniyatlarini to‘g‘ri anglanishini ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi. Uchinchi talab - metodning ommabopligi. Bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik - ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.agar metod o‘quvchilarda mavxum tafakkurni ham e’tiboriga olib tanlansa, o‘quvchi murakkabroq materialini ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. demak, metod tanlanganda o‘qituvchi nimalarni tushuntirishi kerakligi haqida emas, balki o‘quvchi nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak. To‘rtinchi talab - ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv materialining mustahkam egallashga qaratilganligidan kelib chiqadi.
 
 
Beshinchi talab - o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llashi va uni 
muntazam o‘rganishi zarur. Nazariya va amalietda ta’lim metodlari bilan bog‘liq 
yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish metodlari haqida so‘z 
borar ekan "metod", "usul" degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Metod, usul bir-
biridan ba’zan deyarli farq qilmaydi, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. 
Masalan: kartalarni solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, 
chunki kartalarni solish-tirish metod emas, u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi 
mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb 
ishlatiladi. Vaholanki, taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari 
o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyatlarini ochib 
beradi.Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Enisey 
bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. 
  
Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish - kartalarni 
solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va 
hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar 
solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish esa kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 
metodining bir usulidir. Metod usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning 
tarkibiy qismidir. Masalan, geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir 
necha usullarni o‘z ichiga oladi: karta bo‘ylab sayohat; kontur kartaga geografik 
ob’ektlarni tushirish; kartalarni solishtirish va boshqalar. 
Ayrim usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. taniqli 
metodist olim M.K.Kovalevskaya: ta’lim vositalarini (darslik, karta bilan ishlash), 
bilimning og‘zaki bayon shakllari (hikoya, suhbat, tushuntirish, maruza)ni bilish 
usullari (taqqoslash , kartalarni qiyoslash umumiy xuloslar chiqarish)ni va 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, 
amaliy ish usullari, mustaqil ish usullari)ni metodik usullar deb hisoblagan. U ayrim 
hollarda bir usulning metod tarkibida ishtirok etilishini misollarda keltirgan. 
Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, karta bilan ishlash metodlarida ham 
ishtirok etishi ham mumkin. Demak, metod bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. 
Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o‘qituvchiga 
o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut 
qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda, hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini
Beshinchi talab - o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llashi va uni muntazam o‘rganishi zarur. Nazariya va amalietda ta’lim metodlari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish metodlari haqida so‘z borar ekan "metod", "usul" degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Metod, usul bir- biridan ba’zan deyarli farq qilmaydi, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan: kartalarni solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki kartalarni solish-tirish metod emas, u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb ishlatiladi. Vaholanki, taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Enisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish - kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish esa kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Masalan, geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi: karta bo‘ylab sayohat; kontur kartaga geografik ob’ektlarni tushirish; kartalarni solishtirish va boshqalar. Ayrim usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. taniqli metodist olim M.K.Kovalevskaya: ta’lim vositalarini (darslik, karta bilan ishlash), bilimning og‘zaki bayon shakllari (hikoya, suhbat, tushuntirish, maruza)ni bilish usullari (taqqoslash , kartalarni qiyoslash umumiy xuloslar chiqarish)ni va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish usullari, mustaqil ish usullari)ni metodik usullar deb hisoblagan. U ayrim hollarda bir usulning metod tarkibida ishtirok etilishini misollarda keltirgan. Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, karta bilan ishlash metodlarida ham ishtirok etishi ham mumkin. Demak, metod bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda, hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini
 
 
muvaffaqiyatlirok tashkil etishda yordam beradi.  
Geografiya ta’limi metodlari muammosi pedagogika fanlarining tarixida 
eng muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan va xozir ham shunday bo‘lib 
kelmoqda. Bu muammo bo‘yicha ilmiy tortishuvlar xozir ham davom etmoqda. 
O‘qitish metodi degan tushunchani juda ko‘p ta’riflari bor, ulardan eng keng 
tarqalgani quyidagicha: «O‘qitish metodi - bu ta’lim maqsadlariga erishishga 
yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro bog‘langan va tartibga 
solingan faoliyati». 
O‘tgan asrda Rossiya pedagogikasi nemis pedagogikasi ta’sirida bo‘lgan. 
Shuning uchun 1877 yili nemischadan Oberlenderning «Geografiya metodikasi» 
degan kitobi tarjima qilingan va 30-chi yillargacha shu kitob bo‘yicha dars 
berib kelingan. Bu kitobda quyidagi metodlar ajratilgan: 
 * analitik-avval umuman Yerni o‘rganib,  keyin uning qismlarini 
o‘rganishga o‘tiladi; 
 * sintetik-avval ayrim joylarni o‘rganib, keyin umuman Yerni bir butunligini 
o‘rganish; 
* konstruktiv-o‘quvchilar harita chizish davomida Yer yuzasi shakllari 
bilan tanishishadi; 
* o‘zaro  aloqa  (assotsiruyushiy)-o‘rganilayotgan  xodisalar  orasidagi  
o‘zaro aloqalarni ochib berishga asosiy e’tibor berish; 
* guruhlashtiruvchi  bir xil geografik, xodisalarni taqqoslashga yo‘naltirilgan; 
Ushbu metodlar keyinchalik D.D.Semenov, E.Yu.Petri, A.F.Sokolov, 
V.P.Budanov, S.P.Arjanov tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P.Arjanov 
geografiya o‘qitish usullarini quyidagi guruhlarga bo‘ladi: analitik, sintetik, 
konsentrik, assotsialashtiruvchi, guruxlashtiruvchi, taqqoslash, tajriba, o‘zaro 
aloqa, evristik, dogmatik, sintetik-genetik, tajriba-evristika. 
«O‘qitish metodi» degan tushunchani yangi ta’rifi ishlab chiqildi. 
V.G.Erdeli tomonidan geografiya o‘qitish metodlarini ikki guruhga bo‘lish 
taklif qilindi: 
a) umumiy, boshqa fanlarda ham qo‘llaniladigan; 
b) geografiya fanining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar 
(karta va globuslar bilan ishlash).
muvaffaqiyatlirok tashkil etishda yordam beradi. Geografiya ta’limi metodlari muammosi pedagogika fanlarining tarixida eng muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan va xozir ham shunday bo‘lib kelmoqda. Bu muammo bo‘yicha ilmiy tortishuvlar xozir ham davom etmoqda. O‘qitish metodi degan tushunchani juda ko‘p ta’riflari bor, ulardan eng keng tarqalgani quyidagicha: «O‘qitish metodi - bu ta’lim maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro bog‘langan va tartibga solingan faoliyati». O‘tgan asrda Rossiya pedagogikasi nemis pedagogikasi ta’sirida bo‘lgan. Shuning uchun 1877 yili nemischadan Oberlenderning «Geografiya metodikasi» degan kitobi tarjima qilingan va 30-chi yillargacha shu kitob bo‘yicha dars berib kelingan. Bu kitobda quyidagi metodlar ajratilgan: * analitik-avval umuman Yerni o‘rganib, keyin uning qismlarini o‘rganishga o‘tiladi; * sintetik-avval ayrim joylarni o‘rganib, keyin umuman Yerni bir butunligini o‘rganish; * konstruktiv-o‘quvchilar harita chizish davomida Yer yuzasi shakllari bilan tanishishadi; * o‘zaro aloqa (assotsiruyushiy)-o‘rganilayotgan xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishga asosiy e’tibor berish; * guruhlashtiruvchi bir xil geografik, xodisalarni taqqoslashga yo‘naltirilgan; Ushbu metodlar keyinchalik D.D.Semenov, E.Yu.Petri, A.F.Sokolov, V.P.Budanov, S.P.Arjanov tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P.Arjanov geografiya o‘qitish usullarini quyidagi guruhlarga bo‘ladi: analitik, sintetik, konsentrik, assotsialashtiruvchi, guruxlashtiruvchi, taqqoslash, tajriba, o‘zaro aloqa, evristik, dogmatik, sintetik-genetik, tajriba-evristika. «O‘qitish metodi» degan tushunchani yangi ta’rifi ishlab chiqildi. V.G.Erdeli tomonidan geografiya o‘qitish metodlarini ikki guruhga bo‘lish taklif qilindi: a) umumiy, boshqa fanlarda ham qo‘llaniladigan; b) geografiya fanining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar (karta va globuslar bilan ishlash).
 
 
A.A.Polovinkin 1938 yil «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli kitobida 
quyidagi 
metodlarni 
ajratadi: 
og‘zaki 
bayon, 
haritalar, 
diapozitiv,plastilin, darslik, globus bilan ishlash, ekskursiya va tajriba. 
V.P.Budanov 1939 yili «Tabiiy geografiyani o‘qitish metodikasi» nomli kitobida 
o‘qitish metodiga quyidagicha ta’rif beradi: «O‘quvchilarni yangi bilim va 
ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishini 
o‘qituvchi 
tomonidan 
boshqarilishi» 
V.P.Budanov quyidagi metodlarni ajratadi: jonli so‘z, darslik bilan ishlash, 
globus va harita bilan ishlash, ko‘rgazma, namoyish (illyustrsiya) metodi, 
kuzatish va tajriba. 50-yillardan keyin bu muammo N.N.Baranskiy, A.V.Darinskiy, 
V.A.Juchkevich, V.A.Korinskaya tomonidan rivojlantirildi. 
Shuni ta’kidlab aytish kerakki, har doim turli davrlarda o‘qitish metodlarini 
sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, bu ham bo‘lsa bilish 
manbalariga asosan. Shuning uchun xozirgi paytda geografiya o‘qitish 
metodikasida, metodlarni bilish manbalariga qarab sinflashtirish qabul qilingan. 
Suhbat, ma’ruza, haritalar bilan ishlash, kuzatish, darslik bilan ishlash, statistik 
ma’lumotlar bilan ishlash va boshqalar. Bu usullar xozirgi paytda maktabda u 
yoki bu shaklda keng qo‘llanilmoqda. Oxirgi paytlarda yangi o‘qitish 
metodlarini qidirish kuchayib ketdi. Geografiya o‘qitish metodlarini bilish 
manbalariga qarab sinflashtirishni tanqid qilishga urinilmoqda, chunki bunday 
metodlar asosan tashqi belgilariga qarab, bolalarni o‘quv faoliyatini hisobga 
olmagan holda sinflashtirilgan. 
Endi geografiya o‘qitish usullarini metodologik asosini ko‘rib 
chiqamiz. Falsafa fanida metodga quyidagicha ta’rif beriladi: «Borliqni amaliy 
va nazariy o‘rganish». Bu ta’rif asosan ilmiy bilimlarga tug‘ri keladi. 
Bilishning ilmiy va o‘quv tomonlari turlicha, shuning uchun bu ta’rifni 
tug‘ridan tug‘ri o‘quv jarayoniga qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ularni maqsadlari 
va faoliyat shakllari, hamda natijalari turlicha, ammo ularning umumiy 
tomonlari ham bor. 
Eng muhim umumiy tomoni fan ham, o‘qitish ham bilish jarayoni 
hisoblanadi. Ilmiy bilishda ob’ekt bu - o‘rganilayotgan borliq, sub’ekt -olim. 
O‘qitish jarayonida ob’ekt - bu o‘quv predmetlarining mazmuni sub’ekt - 
o‘quvchilar. Ikkala sharoitda ham alohida o‘rinni sub’ektning faoliyati
A.A.Polovinkin 1938 yil «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli kitobida quyidagi metodlarni ajratadi: og‘zaki bayon, haritalar, diapozitiv,plastilin, darslik, globus bilan ishlash, ekskursiya va tajriba. V.P.Budanov 1939 yili «Tabiiy geografiyani o‘qitish metodikasi» nomli kitobida o‘qitish metodiga quyidagicha ta’rif beradi: «O‘quvchilarni yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini o‘qituvchi tomonidan boshqarilishi» V.P.Budanov quyidagi metodlarni ajratadi: jonli so‘z, darslik bilan ishlash, globus va harita bilan ishlash, ko‘rgazma, namoyish (illyustrsiya) metodi, kuzatish va tajriba. 50-yillardan keyin bu muammo N.N.Baranskiy, A.V.Darinskiy, V.A.Juchkevich, V.A.Korinskaya tomonidan rivojlantirildi. Shuni ta’kidlab aytish kerakki, har doim turli davrlarda o‘qitish metodlarini sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, bu ham bo‘lsa bilish manbalariga asosan. Shuning uchun xozirgi paytda geografiya o‘qitish metodikasida, metodlarni bilish manbalariga qarab sinflashtirish qabul qilingan. Suhbat, ma’ruza, haritalar bilan ishlash, kuzatish, darslik bilan ishlash, statistik ma’lumotlar bilan ishlash va boshqalar. Bu usullar xozirgi paytda maktabda u yoki bu shaklda keng qo‘llanilmoqda. Oxirgi paytlarda yangi o‘qitish metodlarini qidirish kuchayib ketdi. Geografiya o‘qitish metodlarini bilish manbalariga qarab sinflashtirishni tanqid qilishga urinilmoqda, chunki bunday metodlar asosan tashqi belgilariga qarab, bolalarni o‘quv faoliyatini hisobga olmagan holda sinflashtirilgan. Endi geografiya o‘qitish usullarini metodologik asosini ko‘rib chiqamiz. Falsafa fanida metodga quyidagicha ta’rif beriladi: «Borliqni amaliy va nazariy o‘rganish». Bu ta’rif asosan ilmiy bilimlarga tug‘ri keladi. Bilishning ilmiy va o‘quv tomonlari turlicha, shuning uchun bu ta’rifni tug‘ridan tug‘ri o‘quv jarayoniga qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ularni maqsadlari va faoliyat shakllari, hamda natijalari turlicha, ammo ularning umumiy tomonlari ham bor. Eng muhim umumiy tomoni fan ham, o‘qitish ham bilish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy bilishda ob’ekt bu - o‘rganilayotgan borliq, sub’ekt -olim. O‘qitish jarayonida ob’ekt - bu o‘quv predmetlarining mazmuni sub’ekt - o‘quvchilar. Ikkala sharoitda ham alohida o‘rinni sub’ektning faoliyati
 
 
egallaydi. Mana shu narsa o‘qitish metodini falsafiy ta’rifini o‘quv jarayoniga 
qo‘llashga imkon beradi. Endi o‘qituvchi bilan o‘quvchini maqsadlarini aniqlab 
olishimiz kerak. O‘qituvchining o‘qitish maqsadlari quyidagilardan iborat:  
* o‘quvchini bilim va ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash;  
* o‘quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash; 
* egallangan bilim va ko‘nikmalar asosida o‘quvchilarni shakllanishini 
ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash. 
  O‘quvchining maksadi bilim va ko‘nikmalarni egallash. YA’ni o‘quvchilarni 
maqsadi, 
o‘qituvchining 
o‘qitish 
metodlari 
tarkibiga 
kiradi. 
Demak 
o‘quvchilarning o‘qish metodi o‘qitish motodining asosini tashkil qiladi. 
O‘qituvchi o‘quv jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonni 
ichida bo‘lish kerak, ya’ni o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarni egallashida 
ham boshqaruvchi, ham nazariyasi ham yordam beruvchi bo‘lishi kerak. 
Bularni hammasi o‘qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berishga imkon 
beradi. «O‘quvchilar tomonidan o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga imkon 
beradigan o‘qituvchi va o‘quvchilarniig birgalikdagi faoliyatdir». Metod doimo 
o‘quv mazmuniga mos kelishi kerak. Maktab geografiyasida esa geografiya 
o‘qitish metodlari so‘zsiz geografiya fanining bilish usullariga mos kelishi 
kerak. O‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatiga quyidagilar kiradi: kartografik 
ma’lumotlar bilan ishlash usullari, kuzatish va tajriba qilish, statistik 
materiallar bilan ishlash,turli xil chizmalar bilan ishlash, iqtisodiy hisob 
kitoblar. Demak o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati o‘qitish metodini 
tashkil, qilar ekan. 
Geografiya ta’limi metodlari tasnifi 
Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi 
kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi metodlar tasnifi keng 
tarqalgan: 
I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra. 
 1. Og‘zaki-bayon (hikoya,tushuntirish, ma’ruza) 
 2. Suhbat, savol-javob 
 3. Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 
 4. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash
egallaydi. Mana shu narsa o‘qitish metodini falsafiy ta’rifini o‘quv jarayoniga qo‘llashga imkon beradi. Endi o‘qituvchi bilan o‘quvchini maqsadlarini aniqlab olishimiz kerak. O‘qituvchining o‘qitish maqsadlari quyidagilardan iborat: * o‘quvchini bilim va ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash; * o‘quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash; * egallangan bilim va ko‘nikmalar asosida o‘quvchilarni shakllanishini ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash. O‘quvchining maksadi bilim va ko‘nikmalarni egallash. YA’ni o‘quvchilarni maqsadi, o‘qituvchining o‘qitish metodlari tarkibiga kiradi. Demak o‘quvchilarning o‘qish metodi o‘qitish motodining asosini tashkil qiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonni ichida bo‘lish kerak, ya’ni o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarni egallashida ham boshqaruvchi, ham nazariyasi ham yordam beruvchi bo‘lishi kerak. Bularni hammasi o‘qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berishga imkon beradi. «O‘quvchilar tomonidan o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan o‘qituvchi va o‘quvchilarniig birgalikdagi faoliyatdir». Metod doimo o‘quv mazmuniga mos kelishi kerak. Maktab geografiyasida esa geografiya o‘qitish metodlari so‘zsiz geografiya fanining bilish usullariga mos kelishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatiga quyidagilar kiradi: kartografik ma’lumotlar bilan ishlash usullari, kuzatish va tajriba qilish, statistik materiallar bilan ishlash,turli xil chizmalar bilan ishlash, iqtisodiy hisob kitoblar. Demak o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati o‘qitish metodini tashkil, qilar ekan. Geografiya ta’limi metodlari tasnifi Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi metodlar tasnifi keng tarqalgan: I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra. 1. Og‘zaki-bayon (hikoya,tushuntirish, ma’ruza) 2. Suhbat, savol-javob 3. Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 4. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash