Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari
Yuklangan vaqt
2024-12-30
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
33,7 KB
Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar
Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari
Sinfdan tashqari ishlar umumta’lim maktablarida juda muhim ta’limiy -
tarbiyaviy ahamiyatga ega. shuning uchun sinfdan tashqari ishlar o’quv jaryonining
ajralmas qismi hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarga geografiya to’garagi, sinfdan
tashqari o’qishlar, geografik konferintsiyalar, geografik kechalar, geografik
haritalar, geografik sektsiyalar, geografik jamiyatlar, o’lkashunoslik muzeyi,
geografik klublar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirshda, mustaqil
ishlarni, ko’nikmalarni shakllantirishda, o’quvchilarni tabiatga va o’z vataniga
muhabbat ruxida tarbiyalashda, o’quvchilarni o’z vatanlarini yutuqlaridan
faxirlanish tuyg’ularini shakillantirishda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun
sinfdan tashqari ishlarni maqsadi va vazifalari aniq ishglab chiqilsa ularni samarasi
juda yuqori bo’ladi.
Sinfdan tashqai ishlarning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: o’quvchilarni
tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish; o’z yashab turgan joyi haqida
bilimlarini chuqurlashtirish; o’quvchilarni tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini
rivojlantirish; o’quvchilarga geografiya faniga qiziqish uyg’otish; o’quvchilarni
geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish va h.k.
O’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish geografik
to’garaklarda, geografik kechalar, geografik haftalar va boshqa sinfdan tashqari
ishlarda olib boriladi. Unda o’quvchilar o’qituvchini topshirig’iga binoan tabiat
haqida turli ilmiy ommabop va badiy adabiyotlar bilan tanishadi. Mazkur
adabiyotlar bilan tanishish va berilgan topshiriqlarni bajarish davomida ularda
tabiatning asosiy tarkibiy qismlari, tabiatni qo’riqlash haqida bilimlar shakllanadi.
Tabiat va tabiatni sevish bo’yicha berilgan topshiriqlarda qo’riqxonalar, milliy
bog’lar, buyurtmalar, yo’qolib ketgan va yo’qolish arafasida turgan hamda himoya
qilinadigan o’simlik va hayvonlar dunyosi, noyob tabiat yodgorliklari haqida
ma’lumotlar muhims o’rin tutadi.
O’zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish.
O’zi
yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish sinfdan tashqari ishlarni
bajarishda o’tkazilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha ma’lumotlar to’plashni o’quvchilarga topshirmog’i lozim:
-joyni tabiiy geografik sharoiti xaida: geografik joylanishi, geologik tuzilishi;
foydali qazilmalari; relyefi; iqlimi; ichki suvlari; tuprog’i, hayvonot dunyosi;
- joyning iqtisodiy geografik sharoiti haqida: iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy
resurslari; aholisi; xo’jaligi (sanoati, qishloq xo’jaligi), transporti va tashqi iqtisodiy
aloqalari;
-rekratsion va turistik obyektlari.
Mazkur yo’nalish bo’yicha o’quvchilar alohida - alohida topshiriqlar bkerishi
mumkin. Joyning tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar
bo’lmasa o’quv sayoxatlari davomida yig’ilgan ma’lumoitlardan foydalanish
mumkin.
Mazkur maqsadni bajarish davomida o’quvchilar o’z yashayotgan joylari
haqida bilimlarni yanada chuqurlatirishadi.
O’quvchilarni tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
O’quvchilarni tabiat haqida, o’z yashash joyini geografik sharoitini o’rganish
jarayonida tabiiy muhit haqida tasavvurlari yanada kengayadi va rivojlanadi.
Tabiatni asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera)
o’rganish davomida o’quvchilarni tabiiy muhit haqida tasavvurlari kengaya
boshlaydi.
O’quvchilardageografiya faniga qiziqish uyg’otish. Geografiya
to’garagida, geografik kechalarda va boshqa sinfdan tashqari ishlarda geograf sayox
va olimlar, yirik geografik kashfiyotlar, materiklarni kashf qilish tarixi, xalq
xo’jaligini rivojlanishida geografiyani o’rni haqida ma’lumotlarni o’rganish
davomida o’quvchilarda geografiya faniga bo’lgan qiziqish ortib boradi.
O’qituvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish muhim
ahamiyatga ega . mazkur ishlarni ham asosan geografiya to’garagida olib boriladi.
Unda turli xil geografik tadqiqotlar haqida to’garak a’zolari ma’lumotlar tayyorlab
ular asosida ma’ruzalar tayyorlashadi.
Sinfdan tashqari ishlar quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
- tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkon beradi; Sinfdan tashqari ishlarda
o’quvchilar o’z yashash joyining tabiati, xo’jaligi va aholisi haqida chuqur
bilimlarga ega bo’lishadi. Bu esa ularda vatanparvarlik hamda vatan bilan
fahirlanish tuyg’ularini shakllanishiga imkon beradi;
- sinfdan tashqari ishlar olingan bilimlarni hayot bilan bog’lashga, nazariy
bilimlarni O’zbekistonni buyuk davlatga aylantirish amaliyoti bilan bog’lashga
imkon beradi;
- sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasbiy va mehnatga tayyorlashga imkon
beradi, ularda mustaqillik xususiyatlarini shaklantiradi. Bunday ishlar to’garak
ishlarini olib borishda, muhim amaliy tadbirlarni, tajriba va eksperementlarni
o’tkazishda amalga oshiriiladi;
- sinfdan tashqari ishlar o’quv ishlari bilan chambarchas bog’langan. Chunki
sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni geografik bilim va ko’nikmalari yanada
chuqurlashadi;
- sinfdan tashqari ishlar maktabdan tashqari ishlar bilan chambarchas bog’langan.
Mazkur bog’liqlik ushbu ishlarni olib borish shaklida, mazmunida va metodlarida
ifodalanadi. Maktabdan tashqari ishlarni sinfdan tashqari ishlardan farqi ular
maktabdan tashqari tashkilotlar tomonidan uyushtiriladi va amalga oshiriladi
(yoshlar uyi, yosh turistlar uyushmalari va x.k).
Bilish manbalariga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni olib borishni quyidagi
usullarini ajratish mumkin (Yu.A. Valishin, 1985)
- og’zaki usullar (verbal) ma’ruza, suhbat, intervyu. Ushbu usullarda bilish
manbai bo’lib o’qituvchini so’zi hisoblanadi. Suhbatlar, ma’ruzalar, intervyularni
olimlar, ekspedettsiya xodimlari, davlat muassalari xadimlari, xalq xo’jaligi
mutaxasislari olib boradi;
- amaliy usullar ular bitta yoki o’quvilar guruhi bilan o’tkaziladigan amaliy
ishlarda qo’llaniladi. Mazkur amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar geografik asbob
uskunalar va jihozlardan foydalanish, geografik haritalar bilan ishlashni, atrof
muhitni muxofaza qilishni amalda o’rganishadi;
- kuzatish usullari. Ushbu usularni tabiatni va xo’jalikni kuzatishda qo’llash
mumkin. Bu esa geografik voqea va xodisalar hamda borliqlarni har tomonlama
o’rganishga ikon beradi. Tabiatni va xo’jalik faoliyatni kuzatish muntazam va
vaqtincha bo’lishi mumkin. Masalan, ob-havoni daryo va ko’l satxini yer po’stini
harakatlarini muntazam kuzatib boriladi. Tabiiy geografik jarayonlar, iqtisodiy
geografik jarayonlarni ma’lum bir vositalarda kuzatish mumkin. Masalan, surilmani
rivojlanishi, daryo erroziyasi, yer yuzasini cho’qishi qishloq xo’jalik yoki sanoat
mahsulotlarni ishlab chiqarish va boshqalarni ma’lum vaqtda ko’zatish mumkin;
- tajriba -eksperemental usuli tabiatda kuzatish qiyin bo’lgan geografik voqea
va xodisalarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Masalan, cho’qindi jinslarni hosil
bo’lishi; qirg’oqlarni to’lqin ta’sirida yemirilishi, quduqlarni tuzilishi va
shakllanishini namoyish qiladigan masalalar;
- qurish va modellashtirish. O’rganilayotgan geografik voqea va xodisalarni
moxiyatini namoyish qiladigan modellarni turli xillarini yaratish, jihozlar,
uskunalar, jihozlarni ko’rish va yasash. Modellar geografik obyektlarni tuzilishini
tadqiq etishda qo’llaniladi. Modellar o’rganilayotgan geografik obyektlar hajmi
haqida tasavvurlar boradi (daryo vodiysi, tog’, vulkon, jar, to’g’on, fabrika, domna
pechi va h.k.)
- sayoxat usuli. Geografik voqea va xodisalar obyektlarni tabiatda, ishlab
chiqarishda ko’rgazmalarda, muzeylarda bevosita o’rganiladi;
- manbalarni o’rganish usuli. O’quvchilarni mustaqil ishlarida katta
ahamiyatga ega. Mazkur usul geografik voqea va hodisalar hamda obyektlarni
o’rganishni turli bosqichlarda qo’llaniladi: tadqiqotchi tayyorgarlik bosqichida;
tadqiqotni o’tkazish boschiqida; tadqiqot qatnashchilarini umumlashtirish
bosqichida;
- kartografik usul. Geografik tadqiqotlarda muhim o’rin tutadi. Geografiya
ta’limida geografik bilimlarni tasvirlashda tadqiq qilishda va o’rganishda
qo’llaniladi.
Yuqoridagi sinflardan tashqari ishlarni o’tkazish metodlarini o’quvchilarni
mustaqil bilim olishlarini faollashtirishni turli bosqichlarida qo’llash mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarning shakllari
Sinfdan tashqavri ishlarning asorsiy shakllariga geografik to’garaklar,
geografik seksiyalar, geografik klublar, o’lkashunoslik muzeylari, sinfdan tashqari
o’qitish, “Geografiya kechalari” kiradi.
Geografiya to’garaklari
Geografiya to’garaklari sinfdan tashqari ishlarni asosiy shakli bo’lib
xisoblanadi. Geografiya to’garagining asosiy maqsadi o’quvchilarni geografiya
faniga qiziqishini kuchaytirish, ularni geografik bilim va ko’nikmalarni yanada
rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat.
Geografiya to’garagini tashkil qilish va uni faoliyatinni muntazam olib
borishda to’garak boshlig’i quyidagi ishlarni amalga oshiradi: a) tashkiliy ishlar; b)
to’garakni ilmiy yo’nalishlarini aniqlash; v) to’garakda ilmiy ishlarni borishini
boshqarish.
Tashkiliy ishlarga quyidagilar kiradi:
- geografiya to’garagi uchun joy tanlash. Geografiya to’garagi uchun alohida
xona sifatida geografiya kabinetini olish mumkin. Chunki geografiya kabinetida
to’garak a’zolari uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar, jihozlar, jihozlar geografik
hartitalar va atlaslar mavjud bo’ladi. Mabodo geografiya kabineti bo’lmasa to’garak
a’zolari tomonidan maktab rahbariyati yordamda jihozlanishi lozim. Geografiya
xonasidagi barcha o’quv vositalari ro’yxati bo’lmog’i lozim. Geografiya xonasida
o’quv vositalari geografiya fanini tarmoqlari bo’yicha joylashtirilgan bo’lmog’i
lozim. Masalan, tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, o’lkashunoslik, qo’shimcha
vositalar (qo’shimcha adabiyotlar);
- to’garakni a’zolarini ruyxatini tuzish. to’garakka turli sinflardan geografiya
faniga qiziquvchilar a’zo bo’lishlari mumkin. Shuning uchun to’garak a’zolaprining
yoshi ham qiziquvchanlik darajasi va bilim va ko’nikmalari ham turlicha bo’ldi,
demak to’garakni ishini loyihalashtirilayotganda, to’garak a’zolariga topshiriqlar
berayotganda mazkur farqlar xisobga olinmog’i lozim;
- to’garakni tashkiliy qo’mitasini tuzish. To’garakni birnchi majlisida uning
tarkibiy qo’mitasi tuziladi. Bunda to’garakni rahbari, yo’nalishlar bo’yicha rahbar
va a’zolar aniqlanadi va tasdiqlanadi;
- to’garakni nomi va uning yo’nalishlari aniqlanadi. To’garakni nomi “Yosh
geograf” bo’lishi mumkin. Uning ichida quyidagi yo’nalishlarni tashkil qilish
mumkin: “Yosh tabiiy geograf”, “Yosh iqtisodiy geograf”, “Yosh o’lkashunos”,
“Yosh geolog”, “Yosh topogrof”, “Yosh kartograf”, “Yoshmeteorolog”, “Yosh
gidrolog”, “Yosh ekolog”, va h.k.
- to’garak va uning tarmoqlarini ish rejasi tasdiqlanadi va uning ish faoliyatini
boshlanadi. Ish rejasi o’quv yili va chorak uchun tuziladi. Har o’quv yilida xisobot
qilingan ishlar bo’yicha hisobot tuziladi. To’garakning ishi har haftada bir marta
o’tkaziladi.
To’garakning faoliyati. To’garakning faoliyati yuqorida aytganimizdek
muntaazam ravishda haftada bir marta o’tkazib turiladi. To’garakda ishlar
sektsiyalar ya’ni bo’limlar bo’yicha olib boriladi. Har bir bo’limda eng kamida 5-
tadan a’zo bo’lishi lozim. Har bo’lim rahbari to’garak a’zolariga olib boriladigan
ishlarni bo’lib beradi. Masalan, “Yosh o’lkashunos” bo’limida ishlar quyidagicha
bo’lishi mumkin:
Buyuk tabiiy geograf olimlar merosini o’rganish; Tabiiy
geografik sharoit komponentlarini o’rganish (tog’ jinsari, relyef, iqlim, ichki suvlar,
tuproq o’simlik va havyvonot dunyosini o’rganish), landshaftlarni o’rganish; ob-
havoni o’rganish va h.k.
Geografiya to’garagida ilmiy ishlarni olib borishda geografik tadqiqotlar olib
borish bo’yicha nashr etilgan metodik qo’llanmalar katta yordam beradi. Masalan,
joyni geoglogik sharoitini, o’simlik va hayvonot dunyosi, tuprog’i, tarixi, arxeologik
yodgorliklarini o’rganish bo’yicha nashr qilingan metodik qo’llanmalar katta
ahamiyatga ega.
Iqtisodiy geografik yo’nalishda olib boriladigan to’garak ishlarida statistik
maa’lumotlar, iqtisodiy ma’lumotlar, iqtisodiy sharoitni tavsifiga bag’ishlangan
qo’llanmalar va mongografiyalar katta ahamiyatga ega.
To’garakda to’garak a’zolari haqida ma’lumotlar jurnali, har bir to’garak
a’zosida esa kundalik bo’lmog’i lozim.
Chrak oxirida yoki o’quv yilining oxirida har bir tarmoq o’z qilgan ishlari haqida
xisobot beradi. Ular asosida to’garak rahbari umumiy yakuniy hisobot tayyorlaydi.
20.2.1. Geografik jamiyat, klub va o’lkashunoslik muzeyi
Sinfdan tashqari ishlarni mazkur shakli yangi xisoblanadi, chunki u ilgari
mmaktabdan tashqari ishlar toyifasiga kirar edi va maktabdan tashqari muassalar
tomonidan tashkil qilinar edi. Masalan. “Globus” geografiya jamiyati yoshlar
kulubini tarkibida keng tarqalgan edi.
Geografiya to’garagiga qaraganda geografiya jamiyatida a’zolar ko’proq
bo’ladi va uning faoliyati turli tumanligi bilan ajralib turadi. Geografiya
jamiyatining maqsadi o’quvchilar orasida va maktab joylashgan hududa geografik
bilimlarni tashviqot qilishdan iborat. Geografiya jamiyatida o’quvchilar
izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyati bilan shug’ullanadi.
Geogafik izlanuvchanlikda o’quvchilar kutubxonadagi mavjud xujjatlarni
o’rganishadi, ya’ni arxiv materiallari, foto rasmlar, davriy nashriyot materiallari,
amaliy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, statistik materiallar, geografik haritalar,
rasmlar va kartinalarni o’rganishadi.
Geografik izlanishda maxalliy aholidan so’rov o’tkazish ham katta ahamiyat
kasb etadi. Izlanuvchanlikda kuzatish katta o’rin tutadi. Bunda tabiat, tabiat
hodisalari, ishlab chiqarish jarayoni kuzatiladi. Izlanuvchanlikda eski va yangi
haritalarni solishtirish ham muhim natijalarni berishi mumkin.
Izlanuvchanlikdan so’ng o’quvchilarni tadqiqot ishlariga qiziquvchanligini
oshirish lozim. O’quvilar tadqiqot ishlariga jalb qilinganda ularni tadqiqot o’tkazish
usullari bilan tanishtirish lozim. Shundan so’ng ularda tadqiqot o’tkazish uchun
mustaqil ishlar topshirish mumkin. Bunda o’quvchilar matematik, kartografik usul
bilan hamda geografik asbob-uskunalar, jihozlar va jihozlar bilan ishlash
ko’nikmasiga ega bo’lishlari shart. Tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib
borilaishi mumkin: joyni tuprog’ini o’rganish va haritaga tushirish; joydagi
antropogen landshaftlarni o’rganib ularni geografik haritaga tushirish, joydagi
ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish va h.k.
Geografik klublar. Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni darsdan bo’sh
vaqtlarini ilmiy-bilish faoliyati bilan to’ldirishdir. Geografik kulubdagi ishlar
to’garak, izostudiya, folbklor ansambli, kinolektoriya va boshqalar bilan birga olib
boriladi. Geografiya jamiyatiga o’xshab geografik klub ham o’quvchilarni kata
qismini jalb qiladi. Uning o’tkazadigan marosimlarda maktab joylashgan qishloq
yoki maxallaning aholisi ham qatnashishi mumkin. U faqat geografik bilimlarni
targ’ibot qilibgina qolmasdan o’quvchilarni maktabdagi mashg’ulotlar tugagandan
so’ng bekorchilik va boshqa keraksiz ishlar bilan shug’ullanishini oldini oladi.
Chunki u maktab joylashgan maxalla yoki qishloqning madaniy markazi bo’lib ham
hisoblanadi. Geografik klublar hozirgi vaqda maktabdan tashqari muassasalarda
ham tashkil qilinishi mumkin.
O’lkashunoslik muzeyi. O’lkashunoslik muzeyini jihozlash geogrfik to’garak,
geografik jamiyat yoki klub asosida olib boriladi. Sinfdan tashqari hamda
maktabdan tashqari ishlarning natijalari o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish va
jihozlashda katta ahamiyatga ega. Geografiya to’garagini har bir tarmog’i bo’yicha
yig’ilgan materiallar muzeyga eksponat sifatida qo’yiladi. Masalan, “Yosh biolog”
bo’limi muzeyini tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi namunalari bilan
jihozlashlari va muntazam to’ldirib borishlari lozim, “Yosh iqtisodiy geograf”
tarmog’i esa joydagi ishlab chiqarish korxonalari maketlari va ularning mahsulotlari
namunalari bilan muzeyni jihozlashlari mumkin va h.k
O’lkanunoslik muzeyi sinfdan tashqari ishlarni natijalarini umumlashtirib
ko’rsatadi. Mazkur muzey ishlarida “Yosh tarixchi” to’garagi a’zolari ham
qatnashishi mumkin. Ularni qo’llagan materiallari o’lka tarixi bo’limining
eksponatlarini to’ldiradi.
Geografik konferentsiyalar va kechalar
Maktab o’quvchilarini geografiya faniga qiziqtirishni yana bir bosqichi
“Geografik konferentsiya” hisoblanadi geografik konferentsiyada ishlar quyidagi
tartibda olib boriladi.
1. Konferentsiyaning mavzusi aniqlanadi. Konferentsiyaning mavzusi
geografiya fanining hamda o’lka geografiyasining dolzarb muammolariga
bag’ishlanadi. Masalan, cho’llanish jarayoni, iqlimni isishi, yoqilg’i resurslarini
muammosi, demografik muammo, ekologik muammo va h.k.
2. Konferentsiyaga tayyorgarlik bo’yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlangan
adabiyotlar ro’yxati tuziladi. 10-15 kun avval konferentsiya o’tkazish haqida
ma’lumot osib qo’yiladi.
3. Konferentsiyani o’tkazish. Konferentsiya qatnashchilari o’zlari tanlagan
mavzu bo’yicha loyiha tayyorlashadi va uni konferintsiyada himoya qilishadi.
Masalan
O’zbekiston
maktablarida
“Orol
muammosi”ga
bag’ishlangan
konferentsiya tashkil qilish mumkin. Geografiya o’qituvchisi mazkur muammoni
quyidagi qismlarga bo’lib har bir bo’lim bo’yicha loyiha tayyorlashni xoxlovchi
o’quvchilarga topshirishi mumkin: Orolni XX asrning birinchi yarmidagi tabiiy
geografik sharoiti; Orolni XX asrning ikkinchi yarmidagi quriy boshlashining asosiy
sabablari; Orolni qurishini geografik oqibatlari; Orolni qutqarib qolish bo’yicha
loyixalar.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha quyidagi loyixalarni yashab turgan
joyi bo’yicha tuzilishi mumkin:
1. Joyining (shahar, tuman, qishloq) geografik joylanishi. Bunda quyidaggi
ma’lumotlar yoritiladi: matematik geogrvfik joylanishi; tabiiy geografik joylanishi;
iqtisodiy geografik joylanishi; siyosiy geografik joylanishi; geogekologik
joylanishi.
2. Joyning tabiiy resurslari
3. Joyning tarixi
4.
Joyning iqtisodiy geografik joylanishi
5.
Joyning rekratsion va turistik obyektlari
6. Joyning rivojlanish kelajagi
Mazkur mavzularni o’quvchilarga bo’lib beriladi va ular geografik
konferentsiya uchun ma’ruza tayyorlashadi.
Geografik kechalar. Geografik kechalar o’quvchilarni xordig’ini, ya’ni dam
olishini tashkil qilish maqsadida uyushtiriladi. Geografik kechalarda sinfdan
tashqari ko’p ishlarni uyg’unlashgan xolda o’tkaziladi: ma’ruzalar, devoriy
gazetalar chiqarish, vektorinalar, KVN, geografik va ekologik mazmunga ega
bo’lgan filbmlar.
Geografik kechalarda quyidagi mavuzalarda ishlar uyushtirilishi mumkin:
alohida viloyat, tuman yoki shaharning iqtisodiy geografik sharoiti; shahar yoki
tumanning ekologik muammolarri; shahar yoki tumandagi demografik muammolar
va h.k.
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo’nalishalari
Sinfdan tashqari ishlar juda xilma xildir. Ayrim sinfdan tashqari ishlar ko’p
xollarda bir birini qaytaradi. o’lkashunoslik; ilmiy- Shuning uchun ular ma’lum bir
yo’nalishlar bo’yicha guruhlashtiriladi: turistik bilish; madaniy va oqartuv; mehnat;
muzey; nashriy (Yu.I.Valishina, 1985 y.)
Turistik o’lkashunoslik yo’nalishi. Ushbu yo’nalishga sayoxatlar, o’quv
ekskursiyalari, gegrafik ekspeditsiyalar, geografik yig’inlar (slyotlar) kiradi.
Gegrafik yurishlar (poxodlar) turistik o’lkashunoslik ishlarining eng keng tarqalgani
hisoblanadi. Mazkur yurishlarda turistik va o’lkashunoslik ishlar uyg’unlashgan
xolda olib boriladi. Turistik ishlarga yo’nalishni tanlash va ishlab chiqish, turistik
ko’nikmalarni egallash kiradi.
O’lkashunoslik ishlariga esa o’z yashash joyining tabiatini, xo’jaligini, tarixini,
madaniy yodgorliklarini o’rganish kiradi.
Yurishga tayyorlanish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iboarat:
- tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda yurishga chiqadiganlar soni, sinfi,
ro’yxati aniqlanadi. Yurishda zarur bo’ladigan jihozlar asbob uskunalar aniqlanadi
. yurishlar bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin;
-yurish yo’nalishi aniqlanadi. Aniqlangan yo’nalish bo’yicha yurish , dam olish
joylari, tushlik qiladigan, tunaydigan joylar aniqlanadi; oziq-ovqat masalalari hal
qilinadi;
- yo’nalishni tanlash yurish maqsadiga qarab aniqlanadi. Yurishni maqsadlariga
qarab turistik va o’lkashunoslik anjomlari ro’yxati tuziladi va topiladi;
- yurishni o’tkazish. Yurishdan oldin uning maqsadi vazifalari hamda qoidalari
haqida o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Har bir
guruhning boshlig’i tayinlanadi va vazifalari aniqlanadi. Masalan, bir guruh
mashrutni tabiiy sharoitini o’rganadi. Relyef shakillari gidrografik obyektlar, tuproq
, o’simlik va hayavonot dunyosi asosiy landshaft turlari, noyob tabiat obyektlari
o’rganib boriladi. Ikkinchi guruh esa mashrut bo’yicha joylashgan iqtisodiy
geografitk obyektlarni o’rganib boradi: qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, sanoat
korxonalari, aholi punktlari, transort shaxobchalari. Uchunchi guruh tarixiy
obidalar, rekratsion va turistik obyektlarni o’rganib haritaga tushirib borishadi;
- yurish so’ngida uning natjalari qayta ishlanadi va xisobot natijalari geografik
konferentsiya yoki geografiya to’garagi yig’ilishida muhokama qilinadi.
Geografik ekskurtsiyalar maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning asosiy
shakllaridan biri xisoblanadi.
Geografik ekskurtsiyalar qisqa muddatli ya’ni bir kunli bo’lib va asosan
tabiatga va sanoat korxonalariga uyushtiriladi. Geografik ekskurtsiyalarning
maqsadi o’quvchilarni nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash, tabiatni va ishlab
chiqarishni
faqat ko’rib qolmasdan
ularni tadqiq
etish ko’nikmalarini
shakllantirishdir. Har qanday geografik ekskursiya uch qismdan iborat bo’ladi:
ekuskurtsiyaga tayyorgarlik; ekuskurtsiyani o’tkazish;olib boriladigan ishlarni
yakunlash. Ekskursiya natijalari bo’yicha xisobotlar tuziladi va geografiya to’garagi
yig’ilishda himoya qilinadi.
Geografiya ekspeditsiyalar murakkabroq mudati nisbatan kattaroq bo’lgani
uchun maktabda uncha keng tarqalmagan. Geografik ekspedettsiyalarni o’tkazishni
murakkabligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: ekspedettsiyaning maqsadini ishlab
chiqish; ilmiy topshiriqlarni ishlab chiqish yoki olish, jihozlar va anjomlarni olish;
o’quvchilarni turistik va geografik nuqtai nazardan tayyorlash, ekspedittsiyani
o’tkazishini tashkiliy jihatdan murakkabligi.
Umumta’lim maktablarida ekspedittsiyalar dorivor o’simliklarni aniqlash va
belgilash, ichimlik suv zaxiralarini qidirish, rekratsion va turistik imkoniyatlarini
aniqlash va baholash bo’yicha olib borilishi mumkin.
Ilmiy bilish yo’nalishi. Ilmiy bilish yo’nalishiga geografiya to’garagi va uning
bo’limlari. Geografik jamiyatlar, klublar va muzey faollari yig’ilishlari kiradi.
Yig’inda ma’ruzalar, xabarlar eshitiladi va muhokama qilinadi. Yig’ilishning
mavzulari turlicha bo’lishi mumkin, ular asosan to’garakda olib boriladigan ishlar
mavzulariga bog’liq bo’ladi. Masalan, “Maktab joylashgan joyning iqtisodiy
geografik sharoiti”, “Maktab joylashgan tumanning aholisi”, “Maktakb joylashgan
qishloqning tabiiy resurslari” va h.k.
O’quvchilarni ilmiy bilish faoliyatida geografik konferentsiyalar katta
ahamiyatga ega. Geografik konferentsiyalarda o’quvchilarning ekspedettsiya va
ekskursiya hamda sinfdan tashqari ishlarda olib borilgan ishlari yakunlanadi.
Bunday konferentsiyalarda o’quvchilarni ilk manbalar bilan ishlash
ko’nikmalarini shakilllantirsh muhim o’rin tutadi. Bunda nazariyani amaliyot bilan
bog’lash birinchi o’rinda turadi. Konferentsiyada sinfdan tashqari ishlarda
predmetlararo aloqalar amalga oshiriladi.
O’quvchilarning ilmiy bilish faoliyati “Geografik haritalarda” ham
muvafaqiyatli olib borilishi mumkin. Bunda hafta davomida maktabda olib
boriladigan sinfdan tashqari ishlarni barchasi geografiyaga bag’ishlanadi. Bunday
haftaliklarning mavzusini geografiya o’qituvchisi tanlaydi. U geografiyaning,
ekologiyaning va o’lkashunoslikning turli muammolariga bag’ishlanishi mumkin.
Madaniy-oqartuv va mehnat yo’nalishi. Ushbu yo’nalishga geografik kechalar,
viktorinalar, krosvordlar, geografik o’yinlar va boshqalar kiradi.
Geografik kechalarda quyidagi ishlar amalga oshirilishi mumkin: ashula
aytish, she’r o’qish, geografik o’yinlar o’tkazish mumkin. Geografik o’yinlarni
quyidagi turlarini o’tkazish mumkin: harita bo’ylab sayoxat, topografik o’yinlar,
geografik loto.
Madaniy - oqartuv yo’nalishning asosiy tadbirlaridan biri bilimni tekshirishga
yo’naltirilgan savollar, topshiriqlar, viktorinalar, krosvordlar, quvnoq qo’shiqlar
kiradi. Oxirgi paytlarda geografik KVN va boshqa tadbirlar rivojlanmoqda.
Sinfdan tashqari tadbirlarni quyidagi mavzularda o’tkazish mumkin:
“Toshkent mustaqillik yillarida”, “O’zbekiston sanoati mustaqillik yillarida”,
“O’zbekiston geograflari”, mavzusida geografik viktorina tashkil qilish mumkin.
Mehnat yo’nalish. Sinfdan tashqari ishlarni barcha shakllarida olib boriladi.
Mazkur yo’nalish bo’yicha quyidagi tadbirlarni o’tkazish mumkin:
- tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish;
- tabiatni muhofaza qilish: o’simlik va hayvonot dunyosini, noyob tabiat
obektlarini, rekreatsion va turistik obektlarni muhofaza qilish;
- o’quvchilarni maktab o’lkashunoslik muzeyini jihozlashda, geografiya
kabinetini tashkil qilishda, geografiya maydonchasini tashkil qilishda qatnashishi
jarayonida ularga tegishli mehnat tarbiyasi boriladi.
Muzey va nashriy hamda ekologik yo’nalish. Geografik muzeylar juda
xilma- xil bo’lishi mumkin. O’lka tabiatini o’rgangan olimlar muzeyi, buyuk
geograf-olimlar va sayyohlar muzeyi va x.k.
Maktab geografiya muzeyi o’lkashunoslik muzeylari bilan mazmuni va
tuzilishi ba’zi xollardano’xshash bo’lishi ham mumkin.
Maktab geografiya muzeylari quyidagi bo’limlardan iborat bo’lishi mumkin:
tabiiy geografik; iqtisodiy geografik; geoekologik; rekratsion va turistik.
Tabiy geografik bo’limda maktab joylashgan qishloq tuman, shaharning geologik
tuzilishi, , foydali qazilmalari, relyefning asosiy shakllari, suv havzalari,
magistrallari, tuproqlar namunallari, o’simliklar gerbariylari, hayvonot dunyosining
qotirilgan tanalari, landshaft ko’rinishlari bo’yicha ko’rgazma materiallar
tayyorlanadi va namoish uchun ma’lum bir tartibda joylashtiriladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’limida maktab joylashgan joy maketi yoki
haritasi tabiiy resurslari, sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalari, sanoat
obyektlarining maketlari, transport tizimi, maorif va sog’liqni saqlash muassalari
maketlari yoki ular haqidagi ma’lumotlar namoyish qilinadi.
Geografiya bo’limida maktab joylashgan qishloq yoki tumandagi
qo’riqlanadigan joylar, qizil kitobga kiritilgan o’simlik va hayvonot dunyosi haqida
ma’lumotlar ko’rgazmaga qo’yiladi.
Rekratsiya va turizm bo’limida tabiatni go’zal dam olish joylari, tarixiy-
geografik obidalar, memoriy yodgorliklar haqida ko’rgazmalar joylashtiriladi.
Sinfdan tashari ishlar davomida o’quvchilar devoriy gazetalar chiqarishlari
mumkin. Bundan tashqari o’quvchilar tuman, shahar viloyat va respublika
matbuotida ham maqolalar e’lon qilishlari mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarning ekologik bilimlarga yo’naltirilganligi. Sinfdan
tashqari olib boriladigan ishlarni diyarli barchasi ekologik yo’nalishga ega bo’ladi,
mazkur ishlar jarayoninida o’quvchilarda ekologik bilim va ko’nikmalar, eng
muhimi ekologik madaniyat shakllantiriladi.
Geografiya to’garagi a’zolari tomonidan olib boriladigan tabiiy geografik va
iqtisodiy geografik ishlarning barchasida ekologik tadqiqotlar olib boriladi. Bunda
tuproqni, suvni, xavoni ifloslanganlik darajasiga baxo beriladi. Muxofaza
qilinadigan o’simlik va hayvonot dunyosi vakillari haqida ma’lumotlar to’planadi.
Maktab joylashgan qishloq, tuman va viloyatlardagi atrof muhitni ifloslovchi asosiy
manbalar aniqlanadi.
Shunday qilib sinfdan tashqari ishlar davomida o’quvchilar tabiiy va
iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishadi.