Geografiya ta’limida texnologiyalardan foydalanish. O’qitishda pedagogik
texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalar va ularning turlari
O’zbekiston, Rossiya va boshqa qator MDH davlatlari ta’lim tizimiga XX
asrning 90-yillaridan boshlab «Yangi pedogogik texnologiyalar», «Ilg’or pedagogik
texnologiyalari», “Pedagogik texnologiyalar”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Maktab
texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari” va boshqa shunga o’xshash tushunchalar
kirib keldi.
XX asrga kelib fan texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati
bilan ta’lim tizimida ham qator muammolar vujudga keldi. Bunday muammolarga
avvaldan kafolatlangan natijalarni olishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarni
loyihalashtirish va amalga oshirish kiradi.
Shu maqsadda XX asrning 50-70 yillar ida AQSH da B.Blum. D.Kratvoll,
N.Gronlund, Dj.Kerol, Dj.Blok, A.Anderson va boshqa olimlar tomonidan
rejalashtirilgan natijalarni olishni kafolatlaydigan, Qayta takrorlanadigan pedagogik
tsiklni o’z ichiga olgan texnologiyalar ishlab chiqildi. Mazkur texnologiyalar
so’ngra Yevropada qo’llanila boshlandi. Pedagogik texnologiyalar bo’yicha ilmiy
jurnallar nashr qilina boshlandi.
Rossiyada pedagogik texnologiyalar XX asrning 90-yillaridan boshlab tarqala
boshladi.Mazkur texnologiyalar sohasida B.P. Bespalko, M.V.Klarin, V.G.Guzeev,
T.S.Nazarov. N.D.Nikondova, N.F.Kostenko, V.R.Imakova, G.Ilbni, B.I.Bulin,
Sokolova, Yu.G.Molokova, O.Episheva, P.K.Selevko va boshqalar ulkan ishlarni
amalga oshirishdiyu “SHкoльnыe tеxnoлoгии” jurnali nashr qilina boshladi. Yangi
pedagogik texnaologiyalar ta’limning boshqa bosqichlarida (maktabgacha ta’lim,
boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus va Oliy ta’lim) qo’llanila boshladi.
O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000 yildan boshlab yirik
ilmiy ishlar va o’quv qo’llanmalari nashr qilina boshlandi. Bu sohada
B.P.Farberman,
N.Saydaxmedov,
F.Jumabaev,
A.Ochilov,
L.Golish,
B.Ziyamuhamedov, SH.Abdullaev, J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov va boshqalar katta
ishlarni amalga oshirishdi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika
Universitetida “Ta’lim texnologiyalari” jurnali nashr etilmoqda.
Geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va
geografik
ta’lim
texnologiyalarini
ishlab
chiqish
bo’yicha
I.V.Dushina,
V.T.Dmitreva, A.N.Vorobbev, O.A.Ushakova, N.V.Novenko, I.I.Barina,
O.A.Baxchieva, U.X. Safarov, X.Nikadamboyevd va boshqalar ish olib
borishmoqda.
O’zbekistonda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo’llash va geografik texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha ilmiy va metodik
ishlar endi boshlanmoqda, ammo bu sohada yirik ko’zga ko’rinadigan ishlar hali
qilinganicha yo’q. Pedagogik texnologiyalarni ajralmas qismi bo’lgan test
topshiriqlari hamma fanlarda, ayniqsa Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida
keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, barcha o’quv fanlarida
ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qo’llanmalar va
ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu
esa ayrim chalkashliklarga va testlarni faqat bir yo’nalishda tuzilishiga olib keldi.
Testologiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlari orqali ifodalash pedagogik
texnologiyalarni oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Demak, O’zbekistonda va
boshqa MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni ma’lum bir
bo’g’inlarini qo’llash ancha oldin boshlangan.
O’zbekistonda 1992 yildan boshlab Oliy o’quv yurtlariga qabul pedagogik test
sinovlari asosida o’tkaziladigan bo’ldi. Oliy va o’rta maxsus maktab muammolari
institutida pedagogik texnologiyalar va ta’lim sifati bo’limi ochildi.
Geografiya ta’limida ko’pincha o’qitish texnologiyalari ilgaritdan qo’llanilib
kelinadi, ayrimlari endi qo’llanilmoqda. I.V.Dushina (2004) geografiya ta’limida
qo’llaniladigan texnologiyalarni quyidagi turlarga bo’lgan: mantiqiy tayanch
konspektlar texnologiyasi; o’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi;
o’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi; komunikativ - aloqa
texnologiyasi; o’quvchilarni loyixalar tuzish faoliyati texnologiyasi.
Hozirgi paytda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo’llashni ilmiy-metodik asoslari quyidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilishi lozim.
Geografiya
ta’limini
maqsadlarini
aniqlash.
Geografiya
ta’limining
maqsadlari va vazifalari mavjud ta’lim standartlarida ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan. Standartlar bo’yicha har bir geografiya predmeti bo’yicha ta’lim
maqsadlari va vazifalari ishlab chiqilgan. Geografiya ta’limining asosiy
ko’rsatkichlarini B.Blumning taksonomik birliklari orqali ifodalansa ular aniq bir
o’lchamlarga ega bo’lar edi. Mazkur muammo sohasida hozircha geografiya
ta’limida sezilarli ishlar olib borilayotgani yo’q.
Geografiya ta’limida quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin.
Kartografik texnologiyalar. Geografiya ta’limining barcha bosqichlarida
qadimdan qo’llanib keladi. Kartografik materiallar ko’pincha darsga qo’shimcha
ko’rgazma sifatida ishlatiladi. Alohida kartografik texnalogiyalar yordamida
hozircha dars o’tilmaydi. Kartografik texnologiyalarni qo’llash quyidagi
bosqichlardan iborat:
a) ilk, sodda kartografik tushunchalarni shakillantirish bosqichi. Mazkur
bosqich umum-ta’lim maktablarida 5-sinfda «Boshlang’ich tabiiy geografiya»
kursida, Oliy o’quv yurtlarida esa topografiya va kartografiya kurslarida beriladi.
Bunda, harita, miqiyos (mashstab), shartli belgilar, geografik koordinatalar haqida
tushunchalar, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Mazkur bosqich o’z navbatida
quyidagi texnologiyalardan iborat: Miqiyos (mashstab) texnologiyasi; shartli
belgilar texnologiyasi; geografik koordinatalar texnologiyasi;
b) Kartografik dars texnologiyasi - mazkur darslarda to’la kartografik
texnologiyalarni qo’llash asosida o’tilishi mumkin. Mazkur texnologiyalarni o’rta
va oliy ta’limda regional tabiiy va iqtisodiy geografik predmetlarini o’rganishda
qo’llanishi mumkin. (materiklar va okeanlar, o’lkalar, davlatlar ma’muriy
birliklarning tabiiy va iqtisodiy hamda siyosiy geografik sharoiti).
O 'quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi (Dushina, Gerasimova,
Neklyukova, G’ulomov, Qurboniyozov, Vaxobov va boshqalar). Mazkur usul ham
geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu texnologiya geografik
borliqni, xodisa va jarayonlarni tavsiflash tartibi, qoidasi, algoritmlar sifatida
ifodalangan. Mazkur texnologiya har bir darslik uchun metodik qo’llanma sifatida
kengroq tarqalgan. Masalan, har bir sinf bo’yicha nashr qilingan darsliklar albatta
metodik qo’llanmasi bilan birga nashr qilinmoqda. Unda geografik ko’nikmalarni
shakllantrish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Tabaqalashtirilgan o 'qitish texnologiyasi (Episheva, Dushina). Ushbu
texnologiya ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu usulni
qo’llaganda sinf o’quvchilari qobiliyatiga va qiziquvchanligiga ko’ra ma’lum bir
guruhlarga bo’linadi. Bunda o’quv maqsadlari tabaqalashtiriladi, har bir guruh
uchun o’quv jarayonini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqiladi. Mazkur
texnologiyani regional geografiya fanlarini o’rganishda qo’llash yaxshi natija
beradi. Masalan, Yevropadagi rivojlangan davlatlar iqtisodiy geografiyasini
o’rganishda har bir guruh ma’lum bir davlatni o’rganishi mumkin.
O'quvchilarni o'quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi (Suxov, Rom,
Dronov, Dushino va boshqalar). Bunda o’quv faoliyati o’quvchilarni faolligini
oshirishni maxsus, alohida shakli sifatida ko’riladi. Ushbu texnologiyada
o’quvchilar bilimlarni ma’lum bir o’quv topshiriqlarni bajarish orqali olishadi.
Ushbu texnologiyani qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat: ma’lum bir mavzu
yoki bo’lim bo’yicha topshiriqlar tizimi tuziladi (masalan, Shimoliy Amerika iqlimi;
Xitoyning qishloq xo’jaligi; Yaponiya transporti va hokazolar); O’qituvchi va
o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish; mavzu bo’yicha
o’quvchilar bilimini tekshirish uchun test topshiriqlarini tuzish; dars o’tish,
o’quvchilar bilimini baholash. Mazkur texnologiyalarga o’quvchilar faoliyatini
faollashtirish texnologiyasini ham kiritsa bo’ladi. O’quvchilar faoliyatini
faollashtirish va jadallashtirish geografik o’yinlar texnologiyasi, muammoli o’qitish
texnologiyasi, o’quv materiallarini chizmali, belgili va kartografik modellardan
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Geografiya o’yinlar texnologiyasi, geografiya
ta’limida juda keng qo’llaniladi va o’zining qiziqarliligi, bilimlarni o’quvchilar
tomonidan oson o’zlashtirishlari bilan ajralib turadi. Geografik o’yinlar
texnologiyasi barcha geografiya predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin.
Muammoli o’qitish texnologiyasi ham geografiya ta’limida yangi emas. U ilgaridan
qo’llanilib kelinadi. Bunda asosiy vazifa bo’lib ma’lum bir mavzu bo’yicha
muammoli savollar yoki topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va uni o’quvchilarga
tushuntirishdir. Masalan relyefni shakllanishi va rivojlanishi; atmosfera yog’inlarini
hosil bo’lishi: qishloq xo’jaligini tabiat zonalari bo’yicha ixtisoslashuvi, sanoat
tarmoqlarining joylashuvi va hokazolar.
Modulli ta 'lim texnologiyasi geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmokda.
Darslik, bo’lim, mavzu ayrim modullarga bo’linadi. har bir modulda o’quvchilar
albatta egallashi lozim bo’lgan bilimlar tizimi aniqlanadi. Masalan, geografik
koordinatalar mavzusini quyidagi modullarga bo’lishimiz mumkin: ekvator, bosh
meridian, parallellar, meridianlar, daraja to’ri, geografik kenglik, geografik uzunlik,
geografik koordinatalar. Bunda o’quvchilar albatta bilishi shart bo’lgan bilimlarga
parallel, meridian, kenglik, uzunlik, geografik koordinata kiradi.
Mazkur texnologiyani geografiya predmetlarining barchasida qo’llash mumkin.
Mazkur
texnologiya
o’qituvchi
va
o’quvchini
birgalikdagi
faoliyatini
yengillashtiradi va jadallashtiriladi.
Alternativ texnologiyalarni juda ko’p variantlari mavjud, ulardan geografiya
ta’limda ustaxona texnologiyasidan foydalanish mumkin (Kollen, Okunev). Bunda
usta (o’qituvchi) kerakli ma’lumotlarni o’quvchilarga beradi va uning asosida
o’quvchilar o’zlarining bilimlariga tayangan holda topshiriqni bajarishadi. Masalan,
o’qituvchi bergan quyidagi materiallar asosida (yillik o’rtacha harorat, yildagi eng
baland va eng past haroratlar, yog’in miqdori va uning qaysi faslda yog’ishi,
shamollar, havo massalari) iqlim turi, yillik havo harorati farqi, iqlim mintaqasi va
u tarqalgan hududlarni aniqlashlari lozim.
Integratsiya texnologiyalari. Geografiya ta’limida integrativ predmetlarini
o’rganishda qo’llaniladi. Geografiya ta’limida akademik litsey va kasb-xunar
kollejlarida o’tiladigan «Amaliy geografiya» predmeti integrativ predmet
hisoblanadi. Unda tabiiy geografik, ekologik, iqtisodiy geografiya, siyosiy
geografiya va geosiyosiy bilimlar majmuasi berilgan. Bunda geografik qobig’dagi
tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik va geosiyosiy tizimlar haqida yaxlit bilimlar
berilgan. Shuning uchun mazkur kursning vazifasi geografik borliqni yaxlit
tushunish va qabul qilishni shakllantirishdir.
Kommunikativ — suhbat texnologiyasi ham geografiya ta’limida u yoki bu
darajada ilgaritdan foydalanib kelinadi. Bunda o’qituvchidan o’quv jarayonida
ijodiy yondashish, suhbat texnologiyasi usullaridan foydalana bilish, suhbat uchun
savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, o’quvchilar yoki talabalar o’rtasida
munozaralarni tashkil qila bilish talab qilinadi. Geografiya predmetlarini deyarli
barchasini o’rganishda ushbu usuldan foydalanish mumkin. Masalan, «Orol
dengizini qutqarib qolish mumkinmi», “Qozog’iston past tog’lari o’rnida Shimolay
tog’lari bo’lsa, O’rta Osiyo iqlimi qanday bo’ladi?”, “Qanday tuproqlar hosildor va
nima uchun”, “Shimoliy Atlantika iliq oqimi bo’lmasa Yevropa iqlimi qanday
bo’ladi” va hokazolar.
Bundan tashqari reyting, jamoa, rivojlantiruvchi, shaxsga yo’naltirilgan,
mualliflik, didaktik maqsadlarni yiriklashtirish, mantiqiy tayanch konspektlar va
boshqa texnologiyalar mavjud.
Ta’lim texnologiyalarining ko’p qismi geografiya ta’limida ilgaritdan o’qitish
metodikasi sifatida qo’llanib kelingan. Metodika bilan texnologiya bir- biriga juda
yaqin, bir-birini to’ldiradi. Masalan, jahon siyosiy haritasini ma’ruza usulida
o’rganish texnologiyasi, quyosh tizimi mavzusini tushuntirish usulida o’rgatish
texnologiyasi va hokazolar.
Demak, geografiya fani yangi ta’lim texnologiyalarini qo’llash uchun juda
katta imkoniyatlarga ega, ammo mazkur texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ilmiy-
metodik ishlar boshqa fanlarga qaraganda sust olib borilmoqda.
Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning asosiy
bosqichlari quyidagilardan iborat:
-geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash va ularni sinflashtirish;
-ta’lim maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash;
-ta’lim maqsadlariga erishish usullari va metodlarni aniqlash:
-ta’lim maqsadlariga erishishni baholash.
Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash
Pedogogik
texnologiyalarni
tushunishni
muhim
jihatlaridan
biri
quyidagilardir:
a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi;
b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi.
Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini oladi.
Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining maqsadi ishlab chiqildi. So’ngra
mazkur fanning har bir o’quv predmeti uchun, ma’lum bir predmetlarning
bo’limlari, mavzulari va alohida darslar uchun maqsadlar ishlab chiqiladi.
O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Vazirlar
mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish
to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarorida ifodalangan.
Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilishi, yangi darslikni, zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy joriy
etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarurgigi ko’psatib o’tilgan.
Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartiga
sharxlarda aniqlab berilgan. Ya’ni geografik madaniyatni shakillantirish,
haritalardan mohirona foydalanishni o’rgatish, tabiat bilan jamiyat munosabatlariga
kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k.
Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi uchun alohida ishlab
chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki o’qituvchi va
o’quvchilarning
birgalikdagi
faoliyatida
o’qituvchilarni
maqsadi
o’qitish
o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov 2002).
B.A. Farberman, S.Ziyamuhammedov va boshqalarning fikricha o’qitishning
mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun undan aniq ta’lim
maqsadlarini ajratib olish mushkul. Shuning uchun vazifalarni shakillanishini
osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar ishlatiladi. Fa’ellar o’quvchilarni
o’quv faoliyatini aks ettiradi, masalan aniq faktlarni biladi; qoidalarni biladi; so’z
ifodalagan ma’lumotlarni matemat ik jihatdan ifodalay oladi; chizma va sxemalarni
tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi; chizma
va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan maelumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay
oladi va h.k.
O’xshash o’quv maqsadlari va vazifalari uchun aniq fa’ellardan foydalanmoq
lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va o’lchanadigan, o’quvchilar o’qishi
natijasida bajaradigan operatsiyalardan iborat bo’lishi lozim.
Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy usuli- bu
aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan foydalanishdir.
O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan iborat:
o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi-xususiy maqsadi-o’xshash ta’lim
maqsadi.
Ammo ba’zi hollarda o’zshash ta’lim maqsadlarini shakllantirishda
qiyinchiliklar tug’iladi. Ayrim hollarda ta’lim natijalarini ayrim qismlarga
bo’lish oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab chiqilgan
taksonomiyadan foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi asosida
umumiyroq maqsadlarni shakillantirish mumkin. So’ngra esa ularni
aniqlashtirish mumkin.
Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab
chiqiladi. Mazkur taksonomiya asosi bo’lib, B.Blum tomonidan ishlab chiqilgan
umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi.
Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasini ishlab chiqishda
geografiya faning umumiy maqsad va vazifalari, geografiya ta’limi
mazmunining majburiy minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi.
Geografiya ta’limi maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash
Pedagogik texnologiyalarning ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari
barcha o’quv fanlarida bilimlarni tekshirishni asosiy usuli bo’lib qoldi, ayniqsa
XX-asrning 90-yillaridan boshlab kirish imtihonlarida keng qo’llanila
boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, deyarli barcha fanlarda ham test
topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qullanmalar va ko’rsatmalar
ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim
chalkashliklarni keltirib chiqardi. Testalogiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test
topshiriqlarida ifodalash pedagogik texnologiyalarning oxirgi bosqichlaridan
biri hisoblanadi.
Demak, O’zbekistonda va boshqa qator MDH davlatlarida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash uning oxirgi bosqichlaridan boshlangan.
Umumta’lim va o’rta maxsus maktablarni eng dolzarb, murakkab va muhim
muammolaridan biri o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishdir. XX-
asrning 90-yillarigacha o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishni og’zaki va
yozma usuli keng tarqalgan edi. Mazkur usullarning asosiy kamchiligi bilim va
malakalarga baho qo’yishdagi subiktivlikdir. Har bir imtihon oluvchi bir xil ishga
turli yondoshib, turlicha baho qo’yish mumkin. eng muhimi bu usulda aniq bir
muvozanatning sust ishlanganligidir.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezedentining «O’zbekiston
Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga qabul tizimini
takomillashtirish haqida» farmoniga binoan, hamda 1992 yilgi Oliy o’quv yurtlariga
test bo’yicha qabulning ijobiy natijalarini hisobga olib, Vazirlar mahkamasi
O’zbekistondagi barcha o’quv yurtlari qabulini test usulida o’tkazish haqida qaror
qabul qildi.
O’zbekistonda geografiya fani bo’yicha test topshiriqlari tuzib nashr qilina
boshladi. Bu sohada X.Vaxobov, P G’ulomov, R.Qurbonniyozov, A.Soatov,
A.Qayumov va boshqalar tomonidan katta ishlar amalga ogshirildi. 1994 yildan
2002 yilgacha Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlari to’plamlari
«Axbarotnoma» shaklida nashr qilindi.
Test ingilizcha «Test» so’zidan olingan bo’lib, topshirish, sinash, nazorat
qilish ma’nolarini anglatadi (BSE, 42 t, 1956 g). dastlab testlar psixologiya fanida
kishining fikrlash qobiliyati, alohida muhim imkoniyatlari, irodasini va boshqa
tomonlarni aniqlashda qo’llaniladigan bir qolipdagi topshiriqlardan iborat bo’lgan (
so’zli yoki rasmli shaklda).
Maktablarda testlar (N.Grayvz, 1979) dastlab asrimizning 20-yillaridan
boshlab AQSHda qo’llanila boshlangan, bu paytgacha AQSH va Buyuk Britaniyada
imtihonlar asosan yozma shaklda o’tkazilar edi. XX-asr boshlarida AQSHda yozma
imtihonlar qattiq tanqid ostiga olina boshlandi, natijada bilim va malakalarni
tekshirish bo’yicha turli tajribalar sinab ko’rila boshlandi. Chunki AQSHda o’quv
jarayonini rejalashtirish bo’yicha maktablar juda katta xuquqa ega edilar, natijada
o’quvchilarning umumiy ta’lim darajalari turlicha bo’lgan. 1920 yildan boshlab
Nbyu-York shtatining maorif bo’limi aniq (obyektlar) testlar bo’yicha imtihon olish
tajribasini boshladilar va 30-yillardan boshlab bunday usul AQSHning hamma
maktablarida qo’llanila boshlandi. AQSHning Shimoliy - Sharqiy shtatlarining oliy
o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’yicha kengash ham universitetlarga rejaga
solish maqsadida 30-yillarda testlar tuzishga kirishdi. Natijada testlar tuzish
bo’yicha kooperativ xizmati tashkil qilindi, uning asosiy vazifasi, AQSHning
maktab va kollejlarida o’quvchilar o’zlashtirishini ko’rsatilgan talablar asosida aniq
baholash mezonlari bilan ta’minlash edi. 1948 yilda Ushbu kooperativ xizmat ta’lim
testlari xizmatiga aylantirildi. Imtihonlar bo’yicha kengash test xizmatlarining
ma’lumotlarini kollej va univesitetlarga kiruvchilarning bilimini tekshirishda ishlata
boshladi.
Test bo’yicha bilim va malakalarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) fikrlash va matematik qobiliyatni aniqlashga mo’ljallangan testlar
(ko’p javobli savollardan tuzilgan, imtihon 3-soat davom etadi); b) yakuniy test,
asosan ingliz tili, ijtimoiy fanlar, matematika, chet tilllari va tarix bo’yicha bilimlarni
tekshiradi, kiruvchilardan 3-ta predmet bo’yicha testdan o’tish talab qilinadi (har bir
predmet bo’yicha imtihon 1-soat davom etadi, hammasi ket-ma ket bo’ladi). Barcha
testlar (ingliz tilidan tashqari) ko’p savolli toshiriqlar iborat. Buyuk Britaniyada
testlar boshlang’ich maktablarning bitiruvchi sinflarida qobiliyatli o’quvchilarni
o’rta maktablarga taqsimlash maqsadida o’tkaziladi. Imtihon topshir o’quvlaridan
to’g’ri javobni aniqlash talab qilinadi va har bir to’g’ri javob uchun bir ball qo’yiladi.
Baholar aniq bo’lgani uchun imtihon oluvchilarning subektiv qarashlari yo’q
bo’ladi.
Sobiq ittifoqda bilim va malakalarni test orqali tekshirish noilmiy deb qaralib,
VKP (b)ning 1936 yil 4-iyulda chiqqan «Xalq maorifi komisarligi tizimidagi
pedagogik noto’g’ri talqinlar haqida» nomli qarorida qattiq tanqid ostiga olindi va
man qilindi. 1970 yildan boshlab test usuli maktablarda yana asta sekin tajriba
sifatida olimlar va ilg’or o’qituvchilar tomonidan qo’llanila boshlandi.
Geografiya sohasida mazkur ishlar T.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya,
V.A.Korinskaya, L.M. Teltevskaya va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi paytda jahonda testlarning juda ko’p turlari mavjud, ulardan eng
asosiylari , quyidagilar (G’ulomov, Vaxobov, Qurbonniyozov, 1993):
1.
Ko’p
javobli testlar. Bunday testlar juda keng tarqalgan.
O’zbekistonda ham hozir asosan shunday testlar qo’llanilmoqda. Maskur testlarda
bitta savolga uchtadan beshtagacha javob bo’ladi, imtihon topshiruvchi to’g’ri
javobni aniqlab belgilashi lozim masalan,:
Ikki materik, ikki qit’a, ikki okean, ikki dengiz, ikki yarim orol va ikki davlatni
ajratib turuvchi bo’g’izni aniqlang.
A.Bosfor
V.Gibraltar
S.Dreyk
D.
Torres
E.
Bering
2.
“To’g’ri- noto’g’ri” (alternativ testlar) testlar. Ushbu turdagi testlar
“to’g’ri” va “noto’g’ri” xilidagi savollardan iborat iborat bo’ladi. Bunda imtihon
topshiruvchi topshiriqqa binoan to’g’ri yoki noto’g’ri javoblarni aniqlash kerak.
Masalan, Yevropaga kirmaydigan davlatlarni tagiga chizing.
Ispaniya, Kuba, Fransiya, Lixtenshteyn, Shri Lanka, Chexiya, Surinam, Barbados.
Yoki quyidagi to’g’ri yozilgan nomlarni tagiga chizing.
Andijon, Samarqand, Farg’ona, Sirdaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari Farg’ona
vodiysida j oylashgan.
3.
Uyg’unlashgan savolli testlar. Bunday testlarda berilgan savollar yoki
nomlar yoniga ularga mos bo’lgan tayyor javoblarni yozib qo’yish talab qilinadi.
Masalan,
Toshkent viloyatida joylashgan shaharlar yoniga, ular uchun hos bo’lgan
sanoat tarmog’ini yozing.
Yoqilg’i - energitika sanoati, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, ximya, qurilish
mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati.
Yangiyo’l-
Chirchiq-
Ohangaron-
Olmaliq-
Bekobod-
Angren-
4.
Tushrib
qoldirilgan so’zlarni to’ldirishga mo’ljallangan
testlar.
Ushbu testlar tabiiy geografiyada keng tarqalgan geografik diktantlarga
to’g’ri
keladi.
Masalan,
«Farg’ona
vodiysini
shimoli
g’arbdan
....................................................................................................................................
tizmasi, .................... dan Farg’ona tizmasi, ...................................... dan Oloy va
Turkiston tizmalari o’rab turadi. Ma’muriy jihatdan Farg’ona vodiysida
O’zbekistonga qarashli 3 ta viloyat- ............................. vloyatlari Qirg’izistonning
..........................................
viloyatlari va
..........................................
ning
Xo’jand viloyati joylashgan».
5.
Rasm yoki chizmali testlar. Ushbu testlarda 3-5 ta rasm yoki
chizma beriladi, ularning ichidan geografiya obyektini topish, yoki bo’lmasa
chizmadagi xatolarni topish talab qilinadi. Masalan, «Quyidagi rasmlar ichidan
Tanganika ko’lini aniqlang»
6. Murakkab testlar ular o’quvchilarni fikrlashga va olgan bilimlarini
qo’llay bilishga majbur qiladi. Masalan, Ishbilarmonlar g’isht ishlab chiqarishning
Yang usulini o’ylab topishdi. G’ishtni ishlab chiqarishni boshlash uchun ish kuchi,
rangli metallurgiya sanoati chiqindilari kerak, mablag’ni tog’- metallurgiya
birlashmasi beradi. Bu g’ishtlar assan shaxsiy uylar qurishda ishlatiladi, shuning
uchun aholiga sotishga mo’ljallangan, ammo mahsulotning 60% ni tog’ -
metallurgiya birlashmasi oladi. Xokimiyat quyidagi shaharlardan biriga mazkur
zavodni qurishga ruxsat berdi. Ishbilarmonlar g’isht zavodi qurish uchun qaysi
shaharni tanlashadi (erning narxi hama joyda bir hil)?
A.Andijon, V.Olmaliq S.Bekobod D.Toshkent Ye.Chirchiq
7. Jadval shaklida testlar. Jadvalli testlar uch qismdan (ustundan) iborat
bo’dadi. Birinchi ustunda geografik joy, voqea va hodisalarning nomlari beriladi,
ikkinchi ustunda ularning shakli, xususiyati va xossalari ko’rsatiladi, uchinchi
ustunda Ushbu xususiyatlar qaysi joyga, voqea va xodisaga xos bo’lsa, o’sha
voqea va hodisaning hamda joyning tartib raqamni imtihon oshiruvchi yozib
chiqishi kerak. Misol, Yevrosiyo relifining qanday shakllari qaysi geologik
tuzilishlarga to’g’ri kelishini ko’rsating?
8. Didaktik testlar yoki ko’p savolli va javobli testlar. Bu turdagi testlarda
avval javoblar ro’yxati beriladi, keyin savollar beriladi, imtihon topshiruvchidan
tayyor javoblardan moslarini topish talab qilinadi.
Misol. Javoblar.
Ptolemey
Beruniy
Kolumb
Magellan
Eratosfen
Savollar: 1.Amerika qit’asiga kim boshchiligidagi ekspeditsiya birinchi bo’lib
borgan?
2. «Geografika» degan kitobni kim yozgan?
3.
Haritalarni daraja to’ri bilan tuzishni kim birinchi bo’lib taklif
qilgan?
4.
Globusni
birinchi bo’lib kim yasagan?
5.
Kemada
kim birincha sayoxat qilgan?
Test savollari va javoblarini tuzishning eng muhim tomonlaridan biri uning
vazifasini maqsadlarini va kimlarga mo’ljallangan hamda nimalar asosida tuzishni
aniqlab olishdir.
Testlar vazifasiga ko’ra kundalik, oraliq va yakuniy testlarga hamda oliy
o’quv yurtlariga qabul qilishda qo’llaniladigan umumiy yoki maxsus testlarga
bo’linadi. Har bir yirik mavzu o’tib bo’lingandan so’ng o’tkaziladigan testlarning
maqsadi, o’quvchilar va talabalarning mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini qay
darajada bilib olganliklarini aniqlashdir (kundalik nazorat). Har bir yirik bo’lim o’tib
bo’lingandan keyin o’tkaziladigan testlar oraliq yoki chegaraviy nazoratni tashkil
qiladi. Yakuniy test butun kurs o’tib bo’lingandan keyin sinov yoki imtihon tarzida
o’tkaziladigan va o’quvchilar hamda talabalar egallagan bilim, malakalar ball bilan
aniqlanadi. Oliy o’quv yurtlariga qabul qilishda ishlatiladigan testlar tegishli sohalar
bo’yicha mutaxasislar tomonidan tuziladi.
Testlarning maqsadi o’quvchilar va talabalarning olgan bilim va malakalarini,
fikrlash qobiliyatini, qaysi fanga yoki sohaga moyilligini aniqlashdan iboratdir. Har
bir sinfda, har bir kursda turli xil murakkablikdagi bilim va malakalar tekshiriladi.
Boshlang’ich tabiiy geografiya kursida test savollari va javoblari asosan quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishga mo’ljallanadi:
topografik va kartografik bilim va malakalar, tasavvurlar (Yerning qobiqlari,
tuzilishi, o’lchamlari, tabiat uyg’unliklari va h.k.); o’z yashash joyining geografik
xususiyatlari haqida bilimlar va dunyo aholisi haqidagi bilimlar.
Materiklar va okeanlar geografiyasi kursi bo’yicha test savollari va javoblari
ikki yo’nalishda tuzilishi mumkin:
- umumiy tushunchalar bo’yicha testlar quyidagi bilimlarni tekshirish uchun
tuzilishi kerak: tabiat tarkiblari haqida umumiy tushunchalar tizimi bo’yicha
bilimlar; umumiy geografik qonunlar haqidagi bilimlar;
- yakka tushunchalar bo’yicha testlar har bir materik va okeanlar haqida
quyidagi bilimlarni tekshirish uchun tuziladi; materik va okeanlarning geografik
joylarini; tabiat tarkibining asosiy xususiyatlari,yirik geografik borliqlar
(obyektlar) ning joylashishi; tabiat uyg’unliklari (birliklari) ning joylashishi: har
bir materikning aholisi va yillik davlatlari.
Iqtisodiy geografiya kursi bo’yicha test savollariga javoblari quyidagi bilim
va malakalarni tekshirish uchun tuzilishi kerak:
- umusmiy iqtisodiy geografik tushunchalar haqida bilimlar;
- tarmoqlar geografiyasi haqida bilimlar;
- alohida davlatlar, iqtisodiy zonalar, hududlar viloyatlar iqtisodiy
geografiyasi haqida bilmlar;
Test savollari va javoblarini qanday ma’lumotlar vositasida tuzish kerak, bu
ham eng muhim masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Test tuzayotganda doimo bitta
qoidani esdan chiqarmaslik kerak, u ham bo’lsa test savollari va javoblarini dastur
doirasida bo’lishi qoidasidir. Agar test savollari va javoblari dastur doirasiga
kirmasa, o’quvchilar yoki talabalar savollarga noto’g’ri javob berishi mumkin. Har
bir kurs va uning qoidalari bo’yicha tuzilgan testlar ham shu kurs yoki qism
doirasidagi bilimlar asosida tuzilishi kerak. Test savollari va javoblari quyidagi
ma’lumotlar asosida tuziladi:
- tegishli darslik matni asosida;
- darslikdagi haritalar, rasmlar, chizmalar va jadvallar vositasida;
- tegishli sinflar va kurslar uchun chiqarilgan atlaslar va haritalar asosida;
- tegishli kurslar uchun chiqarilgan metodik qo’llanma, ko’rsatma va
yo’riqnomalar asosida;
- fakultativ mashg’ulotlar bo’yicha darslik va qo’llanmalar asosida
geografiya ma’lumotlar test savollari va javoblari tuzish darajasiga qarab quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
- test savollari va javoblari oson tuziladigan ma’lumotlar ;
- test savollari va javoblari qiyin tuziladigan ma’lumotlar;
- test savollari va javoblari tuzib bo’lmaydigan yoki juda qiyin tuziladigan
ma’lumotlar. Masalan, ayrim tushuncha va ta’riflar, jarayonning tavsifi kabi
masalalar.
Testlar qamroviga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Kursning ayrim
mavzulariga, bo’limlariga tuzilgan testlar masalaning mohiyatini chuqur ochib
beradi, mavzular juda chuqur va aniq yoritiladi. Yakuniy testlar esa asosan umumiy
qonuniyatlar va xususiyatlarni ochib berishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Testlar
o’quvchilar bilmini tekshirishda va baholashda har qanday subbektiv shart -
sharoitlarga qaramasdan bahoning obyektiv bo’lishini ta’minlaydi.
Ko’p javobli testlar tuzilayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- Javoblar eng kamida 3 ta bo’lishi kerak, javoblar qancha ko’p bo’lsa,
tasodifiy baholar soni shuncha kam bo’ladi, odatda hozirgi paytda beshta javobli
testlar keng tarqalgan;
- Noto’g’ri javoblar ham haqiqatga yaqinroq bo’lishi kerak;
Testdagi har bir savol va unga berilgan javoblar o’quvchi va talabar chuqur
o’ylashga, tafakkur qilishga majbur qilish kerak. Talabalar bilimini va malakasini
tekshirishda test usulini qo’llashni quyidagi afzalliklari bor:
Test usulida o’tkazilgan imtihonda o’rganilgan hamma masalalarni talabalar qanday
o’zlashtirganligini bira to’la aniqlash mumkin. Oddiy imtihonda buni iloji yo’q.
- talabalar yoki ko’pchilik talabalar qaysi mavzularni to’liq o’zlashtirgan,
qaysilarni kam o’zlashtirgan, qaysi masalalarni qisman o’zlashtirgan,
qaysilarini kam o’zlashtirgan yoki butunlay bilib olmaganligini aniqlash
mumkin:
- barcha talabalar bilmini qisqa vaqt ichida tekshirib olish mumkin.;
- talabalar bilmini obyektiv baholash mumkin..
Test usulini qo’llashning qiyinchiliklari va noqulayliklari quyidagilardan
iborat:
- test savollari va javoblarini tuzish juda qiyin va katta ma’suliyatni talab
qiladi;
- talabalar bilan bevosita muloqotda bo’linmaydi;
- talabaning ilmiy va og’zaki nutqini o’stirishga yordam bermaydi;
- an’anaviy imtihon va sinovlarda talabalar bilmagan narsalarni bilib olishadi,
ya’ni imtihon va sinov bilim berish usullaridan biri ekanligi test usulida bo’lmaydi;
- talabalar 40-50 ta savolning qaysi biriga to’g’ri va qaysi biriga noto’g’ri
javob berganliklarini ham bilmaydilar.
Shuning uchun testga talabalar bilmini tekshirish usullaridan biri sifatida
qarash lozim. Lekin oliy o’quv yurtlariga qabul imtihonini test usulida o’tkazish eng
maqul usul. Chunki bunda sub’ektivlikka o’rin qolmaydi. Test usuli EXM
yordamida amalga oshirilishi kerak. Javoblarga qo’yladagan ballarni ham mashina
xisoblashi kerak. .
Joriy testda muayyan mazmuni o’quvchilar yoki talabalar qanday
o’zlashtirganini nazorat qilinadi, shuning uchun savollar maydaroq va chuqurroq
bo’ladi. Oraliq testda savollar kengroq bo’ladi. Yakuniy testlar butun o’quv kursi
materialini o’z ichiga oladi.