GEOSIYOSAT ASOSLARI (Geosiyosiy bosqichlar, Geosiyosatning asosiy kategoriyalari)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
25,2 KB
GEOSIYOSAT ASOSLARI
Reja:
1. Geosiyosat fani haqida tushuncha
2. Geosiyosiy bosqichlar
3. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari
Ushbu
bo’limda
quyidagi
mavzular
bilan
tanishasiz:
geosiyosat,
siyosatshunoslik, siyosiy geografiya, geosiyosatning asosiy kategoriyalari.
Sizlarga ma’lumki, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning qator
asarlarida O’zbekistonning geosiyosiy mavqei, mamlakatimizning geostrategic
o’rni, yaqin va uzoq qo’shnilari, ular bilan o’rnatilgan aloqalarning siyosiy jihatlari
to’g’risida ko’plab ma’lumotlar tahlili taqdim etilgan.
Geosiyot to’g’risida fikr-mulohaza yuritishdan oldin bu tushunchaning
mazmun-mohiyati va ahamiyati, uning fan sifatida shakllanishi haqida
ma’lumotlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtayi nazardan bu bobda geosiyosat fani,
fanning shakllanish bosqichlari va asosiy kategoriyalari, davlat quch-qudrati va
geosiyosat, siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik haqida ma’lumotlarga
ega bo’lasiz. Bundan tashqari, geosiyosatning fan sifatida shakllanishiga behisob
hissa qoshgan olim va siyosatchilar, geosiyosatdagi mavjud yo’nalishlar hamda
dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari to’g’risida qiziqarli
ma’lumotlar bilan tanishasiz.
1. Geosiyosat fani haqida tushuncha
Geosiyosat – turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoit (muhit)ga bog’liq
holda rivojlanishini o’rganadigan fandir. XX asrda dunyo siyosiy xaritasining tubdan
o’zgarishi,
hududiy,
ijtimoiy-ekologik
va
demografik
muammolarning
keskinlashuvi geosiyosat faniga bo’lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi.
Geosiyosat fanini o’rganish geografiya, tarix, demografiya, etnografiya,
dinshunoslik, ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar, siyosatshunoslik va boshqa
fanlar bo’yicha ham bilimlarga ega bo’lishni taqozo etadi.
Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo’lib, 1916-yilda Shvetsiyalik olim
Rudolf Chellen kiritgan. Uning fikricha, har qanday davlat bir butun geografik
organism sifatida qaralmog’I lozim.
Geografik organizmni ma’lum bir landshaft sifatida o’rganish mumkin.
Landshaft o’z navbatida tabiiy, hududiy, ijtimoiy, iqtisodiy majmua bo’lib
hisoblanadi.
Geosiyosat fani siyosiy geografiya asosida shakllandi va rivojlandi.
Siyosiy geografiya jahondagi davlatlarning turg’un (statik) holatdagi tavsifini
tuzish bilan shug’ullanadi. Siyosiy geografiyani ko’proq davlatlarning joylashishi,
hududning shakli, o’lchamlari, chegaralari, xo’jaligi, aholisining savodxonlik
darajasi, madaniyati qiziqtiriladi.
Geosiyosat fani siyosiy jarayonlarning geografik makondagi o’zaro
aloqalarini, ularning Yerga va madaniy omillarga ta’sirini o’rganadi. Geosiyosat fani
asosiy e’tiborni tabiiy muhit omillarini harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik
xafsizlik maqsadlarida faol foydalanishga qaratadi.
Geosiyosat fanining o’rganish obyekti: sayyoraviy (planetar) makon,
geosiyosiy jarayonlar va hodisalardir. Sayyoraviy makonga quruqlik, suvlik (Dunyo
okeani), havo qobig’i, davlatlar va ularning resurslari kiradi.
Geosiyosatning asosiy vazifasi, ya’ni o’rganish predmeti sayyoraviy makonni
nazorat qilishdir.
Bunda geosiyosiy omillarni o’rganish va baholash muhim ahamiyatga ega.
Geosiyosiy omillarga quyidagilar kiradi:
- geografik (geografik o’rni va tabiiy resurslari);
- siyosiy (siyosiy tuzumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijtimoiy tarkibi,
asosiy erkinliklarning mavjudligi);
- iqtisodiy (ishlab chiqarish kuchlarining quvvati va tarkibi, aholining
turmush darajasi, strategic zaxiralar va safarbarlik (mobilizatsion)
quvvatlari;
- harbiy (qurolli kuchlarning kattaligi, quvvati, harbiy tayyorgarligi, harbiy
kadrlarni tayyorlash holati);
- ekologik (cheklangan yoki tugaydigan va tiklanmaydigan) resurslarga
bo’lgan demografik bosim, xomashyo resurslarining kamayishi va tugashi,
aholi turmush darajasining o’zgarishini);
- demografik (aholi soni, o’sish su’rati, zichligi va tarkibi);
- madaniy-ma’rifiy (konfessalar, millat va elatlar, mehnat an’analari, ilm-fan,
ta’lim, sog’likni saqlashning rivojlanganligi, urbanizatsiya darajasi va
boshqalar). Yuqoridagi omillarni geosiyosiy jihatdan tahlil qilish uchta
yo’nalishda olib boriladi: a) ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ularning ma’lum bir
hudud va davr doirasida rivojlanishi bilan bog’liq holda tadqiq etish; b)
ma’lum bir hudud to’g’risidagi haqiqiy ma’lumotlarni ayrim hollarda
tamomila qarama- qarshi tasavurlar bilan taqqoslash; c) makonni
o’zgartirish bo’yicha siyosiy strategiyani amalga oshirishni bashoratlash.
2. Geosiyosiy bosqichlar
Insoniyat tarixini geosiyosiy nuqtayi nazardan geosiyosiy bosqichlarning yoki
ma’lum bir kuchlarning navbatma-navbat almashinib kelishi sifatida qarash
mumkin. Har bir geosiyosiy bosqich kuchlar muvozanatiga,ta’sir doirasiga va
chegaralariga ega bo’ladi.
Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanish jarayonida Vena bosqichi o’ziga xos
o’rin egallaydi. Bu bosqich Vena kongressining (1814-1815) tuzilishi bilan
xarakterlanadi. Buning asosi sifatida geografik hududni nazoratda tutish tamoyili
olingan.
Bu bosqichda jahon kuchlari markazi sifatida Rossiya va Avstriya-Vengriya
imperiyasi, Britaniya kolonial imperiyasi (imperiya sifatida 1876-yilda e’tirof
etilgan bo’lsa ham), Germaniya imperiyasi (1871-yildan), XIX asrning o’rtalaridan
jahon kuchlari markazi sifatida Fransiya (qonuniy jihatdan respublika hisoblanar edi)
o’zini namoyon eta boshladi. 1877-yildan boshlab Turkiya sultoni “Usmonli turklar
imperatori” maqomini qabul qildi.
Bu bosqichda yirik geosiyosiy markazlarning harbiy, siyosiy va boshqa
ko’rinishdagi nizolari, goh bir markazning rivojlanishi (AQSH, Germaniya) yoki,
aksincha, parchalanishi, yo ta’sir doirasining pasayishi (Rossiya, Ispaniya)
kuzatiladi.
Bu bosqichdagi eng yirik siyosiy voqealardan biri ikkita yirik ittifoqning
shakllanishi hisoblanadi. Birinchi ittifoq “Uchlik ittifoqi” hisoblanib, unga
Germaniya, Avstriya – Vengriya va Italiya kirgan edi. Ikkinchi ittifoq Antanta
hisoblanib, unga Fransiya, Angliya va Rossiya davlatlari birlashgan edi.
“Uchlik ittifoqi”ning Birinchi jahon urushida (1914 – 1918) parchalanib
ketishi Versal geosiyosiy bosqichining boshlanishi bilan xarakterlanadi va
geopolitik kuchlar nisbatining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz
bo’lib hisoblangan Germaniya, Avstriya – Vengriya, Rossiya va Turkiya
imperiyalari inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo
bo’lgan nisbatan kichik davlatlarni Versal shartnomasining mualliflari o’z ta’sir
doiralariga kiritishni maqsad qilib oldilar. Versal shartnomasi siyosiy yetakchilikni
quruqlikda Fransiyaga, dengizda esa Angliyaga tegishini ta’minlab berdi.
G’olib davlatlar siyosatchilari nuqtayi nazaridan Rossiya uchun Yevropada
joy yo’q edi. Versal shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi
nomidan Germaniya va Turkiya imperiyalari koloniyalari g’olib davlatlar tomonidan
bo’lib olindi. AQSH Prezidenti Vilsonning rejalariga ko’ra Rossiya davlati bir necha
ta’sir doiralarga bo’linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir
qismi sifatida, O’rta Osiyo esa biron-bir Yevropa davlatining protektorati qilinishi
lozim edi. Rossiya va Sibirning o’zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega
bo’lmagan qaram davlat tuzish ko’zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta
yirik davlati o’z qo’shinlarini Rossiya hududiga kiritdi.
Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSH burjuaziyasi erishdi. U o’z
kuchini his qilgan holda 1922-yilda Vashington konferentsiyasida AQSH Angliya
bilan bir qatorda harbiy dengiz flotiga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritdi.
Millatlar ligasi yordamida g’olib davlatlar tomonidan Germaniya va Rossiya
o’rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta’sir doirasida bo’lgan
Yer yuzidagi maydoni eng yirik davlatlar
7-jadval
№
Davlatlar
Maydoni (ming km2)
Qaysi materik(qit’a)da
1
Rossiya
17075
Yevrosiyo
2
Kanada
9976
Shim. Amerika
3
Xitoy
9597
Osiyo
4
AQSH
9363
Shim. Amerika
5
Braziliya
8512
Jan. Amerika
6
Avstraliya
7687
Avstraliya
7
Hindiston
3288
Osiyo
8
Argentina
2777
Jan. Amerika
9
Qozog’iston
2717
Osiyo
10
Sudan
2506
Afrika
11
O’zbekiston
447,4
Osiyo
Aholisining soni ko’p va eng kam bo’lgan dunyo mamlakatlari (2002)
8-jadval
№
Aholisi eng ko’p davlatlar
nomi
mln kishi
Aholisi eng kam
davlatlar nomi
ming kishi
1
Xitoy
1271,9
Palau
20,0
2
Hindiston
1033,4
San-Marino
27,0
3
AQSH
284,0
Monako
32,0
4
Indoneziya
213,6
Lixtenshteyn
32,0
5
Braziliya
172,6
Sent-Kits va
Nevis
41,0
6
Rossiya Federatsiyasi
144,8
Farer orollari
45,0
7
Pokiston
141,5
Marshall orollari
53,0
8
Bangladesh
133,4
Grenlandiya
56,0
9
Nigeriya
129,9
Bermud orollari
63,0
10
Yaponiya
127,1
bir guruh davlatlardan iborat “sanitar kordon” tashkil etildi va bu bilan ikki yirik
davlatning to’g’ridan-to’g’ri aloqalariga chek qo’yildi.
Ikkinchi jahon urushi Versal tinchligiga chek qo’ydi. Urushning barcha
qiyinchiliklarini sobiq ittifoq o’z bo’yniga oldi, lekin ushbu urushdan u harbiy va
geosiyosiy jihatdan mustahkam bo’lib chiqdi. O’z tarixida birinchi marta Rossiya
atrofida yirik geopolitik blokni tashkil etdi. Keyinchalik ushbu blokni mafkuraviy va
axborot qurollari yordamida parchalash uchun yarim asr vaqt sarflandi.
Potsdam bosqichi 1945-yildan boshlandi. Berlin shahri yaqinida joylashgan
bu shaharchada imzolangan Shartnoma Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan
qozonilgan g’alabadan so’ng Yevropadagi kuchlar muvozanatini o’zida aks ettirdi,
yangi geosiyosiy kuchlarning holatini, yangi chegaralarni aniqlab berdi. Shartnoma
jahonning ko’pqirralilikdan biopolyar tizimga o’tganligidan dalolat berar edi. Ya’ni
bir tomondan, continental (quruqlik) kuchlarini namoyon qiluvchi sobiq ittifoq va
uning ittifoqchilari, ikkinchi tomondan, ko’proq dengiz kuchlarini o’zida namoyon
qiluvchi AQSH va uning itttifoqchilari geosiyosat olamida tan olindi. Bu ikki
qutbning qarama-qarshiligi Potsdam bosqichining mazmunini aniqlab berdi. Uning
ahamiyatga molik tomoni shunda ediki, ikkita yirik qutbning qarama-qarshiligi
“sovuq” va yadro urushlari o’rtasidagi muvozanatda kechdi. Sobiq ittifoq
iqtisodiyoti tashqi o’zgarishlar va rivojlanishlarga nisbatan moslashuvchanlik
darajasi past bo’lganligi uchun inqirozga yuz tutdi.
Belovej davri yangi davlatlarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Birinchi navbatda jahonning yangi hukmdorlari “barxatli” va ma’lum kuchga
tayangan holda sobiq ittifoq atrofida, so’ngra Rossiyada yangi jahon qoidalarini
shakllantirmoqdalar. Ular Versal shartnomasi qoidalariga asoslangan holda ish
yuritmoqdalar.
3. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari
Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jahon
siyosiy makoni o’z navbatida mintaqalarga, rayonlarga, davlatlar bloki va
ittifoqlariga bo’linib ketadi.
Shu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilaridan iborat: geostrategik
muntaqa, geosiyosiy mintaqa, davlatlar bloki, geosiyosiy ittifoqlar, qudratli, tengi
yo’q davlat, kuch markazlari, geosiyosiy chiziqlar (yo’nalishlar), frontal raqobat va
boshqalar.
Geostrategik mintaqa jahon siyosiy makonining bir qismi bo’lib, maydoni
uncha katta bo’lmasa ham, siyosiy, iqtisodiy va savdo aloqalarining yoqari
darajadagi sura’ti bilan ajralib turadi (Yevropa, Amerika, Xitoy, Janubi Sharqiy
Osiyo va boshqalar). Geosiyosiy mintaqa o’z navbatida davlatlar chegaralari bilan
mos tushuvchi siyosiy rayonlarga bo’linadi. Siyosiy rayonning eng muhim
xususiyati siyosiy birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon o’ziga xos shakl va o’lchamga
ega.
Davlat chegaralarining barpo qilinishi va rasmiylashtirilishi milliy
davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi davrida amalga oshiriladi. Chegaralar ular
o’rab turgan “Millat-davlat” makonining geosiyosiy rasmiylashtirilishidir. Bundan
tashqari, tabiiy va sun’iy chegaralar mavjud. Tabiiy chegaralarga tog’lar, daryolar,
dengiz va ko’l akvatoriyalari kiradi. Sun’iy chegaralar quruqlikda ham, suvda ham
aniq tabiiy obyekt bo’lmagan joylarda o’tkaziladi. Bunda geografik kenglik va
uzunlik elementlari bo’lgan parallellar va meridianlar hisobga olinadi. Masalan,
AQSH va Kanada o’rtasidagi davlat chegarasi 49 0 parallel bo’yicha 1450 km
cho’zilgan. Sun’iy chegaralar davlatlarning o’zaro kelishuvlari asosida o’tkaziladi
va tasdiqlanadi.
Geosiyosatda tabiiy chegaralarga ko’proq e’tibor beriladi. Dengiz chrgaralari
eng qulay chegara hisoblanadi. Mashhur olim А. Ratsel: “Qirg’oq bizlarga qo’shni
sifatida tabiatni in’om etdi va bu qo’shni har qanday do’stona davlatdan afzaldir”, -
degan edi. Dengiz chegaralari boshqa davlatlar bilan aloqa o’rnatishga katta
imkoniyat yaratadi.
Chegara siyosiy, mudofaa va harbiy strategic vazifalarni bajaradi. Har qanday
chegara chegaraoldi hududiga ega. Ayrim hollarda bunday hududlar “Bufer
davlat”larga aylantiriladi. “Bufer davlat” odatda kichik mamlakat bo’lib, u ikkita
kuchli davlatni turli xil kutilmagan xattiharakatlardan saqlab turadi. Yevropada Reyn
daryosining quyi qismi va Shveytsariyadagi tog’ davonlari, Niderlandiya,
Shveytsariya va Belgiya hududlari shunday qatori hududlar qatoriga kiritiladi.
Chunki ular Germaniya va Fransiya o’rtasida joylashgan. Rossiya va Buyuk
Britaniya o’rtasida “Bufer davlat” vazifasini Afg’onistin bajargan.
Bir necha “Bufer davlat”lar “Bufer zona”larni hosil qilishi mumkin. Birinchi
jahon urushi davrida Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya,
Lyuksemburg, Shveytsariya, Polsha, Eron, Afg’oniston, Korea kabi davlatlar ana
shunday “Bufer zona”larni tashkil qilgan. Keyinchalik “Bufer zona”lar Germaniya
va sobiq ittifoq tomonidan bo’lib olingan (Sudet viloyati, Polsha, G’arbiy Ukraina,
G’arbiy Belarus va boshqalar).