GEOSIYOSATDA KONTINENTAL YO’NALISH (Geosiyosatda kontinental yo’nalishi haqida tushuncha)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

20,9 KB


 
 
 
 
 
 
GEOSIYOSATDA KONTINENTAL YO’NALISH 
 
 
Reja:  
1. Geosiyosatda kontinental yo’nalishi haqida tushuncha 
2. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 
3. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari 
 
 
Geosiyosatdagi continental yo’nalish Angliya-Amerika yo’nalishidan farq 
qilib, mintaqaviy xususiyatga ega. 
 
Fransiyalik olim J.Gottman kommunikatsion nazariya asoschisi hisoblanadi. 
Uning fikricha, faqat kommunikatsiyalar jarayonidagina makonning tabaqalanishi 
yuz beradi. Ushbu tabaqalanishning markazlaribo’lib shaharlar, davlatlar, 
madaniyatlar (sivilizatsiyalar) xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir yo’nalishda 
sodir bo’lmaydi, monarxiyalardan so’ng mintaqaviy bo’linish, undan keyin yangi 
shakldagi birlashmalar vujudga kelishi mumkin. Birlashish, parchalanish geosiyosiy 
makonning rivojlanishini aks ettiradi. 
 
Yevrosiyo katta muqobil makonlarning mavjudligi bu yerda siyosiy mustaqil, 
etnomadaniy o’zlikni anglash, g’oyaviy va dunyoviy qarashlarni aniqlashda 
erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi. 
 
Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o’z navbatida AQSH yoki 
Angliyadan ajratib turadi. 
 
Kontinental yo’nalishning “Kontinental blok” nazariyasi asoschisi Karl 
Xausxofer hisoblanadi. 
 
K.Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o’z hayotiy 
makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblanadi, deb ta’kidlagan. Bunga u 
qo’shni, asosan, kichik davlatlarni bosib olib, o’ziga qo’shish hisobiga erishishi 
mumkinligini asoslab bergan. 
GEOSIYOSATDA KONTINENTAL YO’NALISH Reja: 1. Geosiyosatda kontinental yo’nalishi haqida tushuncha 2. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 3. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari Geosiyosatdagi continental yo’nalish Angliya-Amerika yo’nalishidan farq qilib, mintaqaviy xususiyatga ega. Fransiyalik olim J.Gottman kommunikatsion nazariya asoschisi hisoblanadi. Uning fikricha, faqat kommunikatsiyalar jarayonidagina makonning tabaqalanishi yuz beradi. Ushbu tabaqalanishning markazlaribo’lib shaharlar, davlatlar, madaniyatlar (sivilizatsiyalar) xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir yo’nalishda sodir bo’lmaydi, monarxiyalardan so’ng mintaqaviy bo’linish, undan keyin yangi shakldagi birlashmalar vujudga kelishi mumkin. Birlashish, parchalanish geosiyosiy makonning rivojlanishini aks ettiradi. Yevrosiyo katta muqobil makonlarning mavjudligi bu yerda siyosiy mustaqil, etnomadaniy o’zlikni anglash, g’oyaviy va dunyoviy qarashlarni aniqlashda erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi. Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o’z navbatida AQSH yoki Angliyadan ajratib turadi. Kontinental yo’nalishning “Kontinental blok” nazariyasi asoschisi Karl Xausxofer hisoblanadi. K.Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o’z hayotiy makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblanadi, deb ta’kidlagan. Bunga u qo’shni, asosan, kichik davlatlarni bosib olib, o’ziga qo’shish hisobiga erishishi mumkinligini asoslab bergan.  
 
 
Xausxofer Germaniya qo’shni davlatlar ustidan hukmron bo’lishi kerak deb 
hisoblangan. Uning continental bloki yoki geosiyosiy o’qi Berlin-Moskva-Tokio 
yo’nalishiga ega edi. U Rossiya va Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz davlatlari 
strategiyasini ishlab chiqdilar. 
 
Xausxofer 
AQSHning 
G’arb-Sharqiy 
yo’nalishidagi 
geosiyosiy 
muammolarini ochib berdi. 
 
2. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 
 
 
Geosiyosat rivojlanishidagi uchinchi bosqichning boshlanish davri dunyo 
geostrategik holatini tubdan o’zgartirishi bilan ifodalandi. Ushbu bosqichda ikki 
asosiy yo’nalish ajratiladi. Birinchi yo’nalish – “bir qutbli dunyo” klassik, global 
geosiyosat sxemalarining davom etishi bilan, ikkinchi yo’nalish esa boshqa tartibga 
tayanuvchi “asosiy geosiyosat paradigmalari”ga bog’liq holda rivojlanadi. 
 
Angliya-Amerika geosiyosatining birinchi yo’naishi doirasidagi vaziyat tahlili 
Rossiya imperiyasining barham topishi va geosiyosat ziddiyatlarining tugashini 
bildiradi. Markaziy Yevropa asta-sekin G’arbiy Yevropa bilan qo’shilishi, unga 
intilishi mumkin. G’arbir Yevropa bilan Markaziy Yevropa davlatlari o’rtasidagi 
yaqinlashish Shimoliy Atlantika harbiy bloki doirasida amalga oshmoqda. 
 
Turkiya, Eron va Pokiston yangi qator “bufer davlatlar”ning vujudga kelishi 
sababli, mustahkam himoya chizig’iga ega bo’ldilar. Bunday holat Rossiya bilan u 
egallashga intilayotgan janubiy dengiz portlari o’rtasidagi ko’rinmas masofani ancha 
yiroqlashishini ta’minlaydi va Rossiyani sobiq Ittifoqqa xos “ulkan davlat” 
bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Z.Bjezinskiy “Sovuq urush” xavfi tugagandan keyingi 
davrda geosiyosiy aloqalarning rivojlanishi bashoratini taqdim etadi. U sobiq Sovet 
Ittifoqining parchalanib ketishi Yevrosiyo yuragida geosiyosiy vakuum hosil 
bo’lishiga olib keldi, deb ta’kidlaydi. 
 
Z.Bjezinskiy 
Rossiyaning 
harbiy-siyosiy 
salohiyatini 
qisqartirishda 
Ukrainaning roli katta bo’lishi mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Shuning uchun ham 
AQSHning asosiy geosiyosiy vazifasi – bu,Ukrainani Rrossiya ta’siridan ajratish va 
Yevropa ta’siriga kiritishdan iboratdir. Geosiyosiy tafakkurning mana shunday 
Xausxofer Germaniya qo’shni davlatlar ustidan hukmron bo’lishi kerak deb hisoblangan. Uning continental bloki yoki geosiyosiy o’qi Berlin-Moskva-Tokio yo’nalishiga ega edi. U Rossiya va Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz davlatlari strategiyasini ishlab chiqdilar. Xausxofer AQSHning G’arb-Sharqiy yo’nalishidagi geosiyosiy muammolarini ochib berdi. 2. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari Geosiyosat rivojlanishidagi uchinchi bosqichning boshlanish davri dunyo geostrategik holatini tubdan o’zgartirishi bilan ifodalandi. Ushbu bosqichda ikki asosiy yo’nalish ajratiladi. Birinchi yo’nalish – “bir qutbli dunyo” klassik, global geosiyosat sxemalarining davom etishi bilan, ikkinchi yo’nalish esa boshqa tartibga tayanuvchi “asosiy geosiyosat paradigmalari”ga bog’liq holda rivojlanadi. Angliya-Amerika geosiyosatining birinchi yo’naishi doirasidagi vaziyat tahlili Rossiya imperiyasining barham topishi va geosiyosat ziddiyatlarining tugashini bildiradi. Markaziy Yevropa asta-sekin G’arbiy Yevropa bilan qo’shilishi, unga intilishi mumkin. G’arbir Yevropa bilan Markaziy Yevropa davlatlari o’rtasidagi yaqinlashish Shimoliy Atlantika harbiy bloki doirasida amalga oshmoqda. Turkiya, Eron va Pokiston yangi qator “bufer davlatlar”ning vujudga kelishi sababli, mustahkam himoya chizig’iga ega bo’ldilar. Bunday holat Rossiya bilan u egallashga intilayotgan janubiy dengiz portlari o’rtasidagi ko’rinmas masofani ancha yiroqlashishini ta’minlaydi va Rossiyani sobiq Ittifoqqa xos “ulkan davlat” bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Z.Bjezinskiy “Sovuq urush” xavfi tugagandan keyingi davrda geosiyosiy aloqalarning rivojlanishi bashoratini taqdim etadi. U sobiq Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi Yevrosiyo yuragida geosiyosiy vakuum hosil bo’lishiga olib keldi, deb ta’kidlaydi. Z.Bjezinskiy Rossiyaning harbiy-siyosiy salohiyatini qisqartirishda Ukrainaning roli katta bo’lishi mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Shuning uchun ham AQSHning asosiy geosiyosiy vazifasi – bu,Ukrainani Rrossiya ta’siridan ajratish va Yevropa ta’siriga kiritishdan iboratdir. Geosiyosiy tafakkurning mana shunday  
 
ko’rinishi Pensilvaniya universiteti professori E.Rubinstayn yondashuviga ham 
xosdir. 
 
Professor E.Rubinstayn dunyoni oltita asosiy geosiyosiy mintaqaga bo’ladi. 
1. AQSH boshchiligidagi Shimoliy Amerika. U dunyoda eng qudratli 
mintaqaviy birlashmadir. Kelajakda bu yerda Shimoliy Amerika konfederatsiyasi 
barpo qilinishi mumkin,G’arbiy yarimshar unga tobe bo’lib qoladi. 
2. Yevropa va uning siyosiy bir butunligi iqtisodiy integratsiyalashuvdan 
ancha orqada qoladi. 
3. Sharqiy Osiyo. Unda Yaponiya hukmronlik qiladi. Xavfsizlik tizimi barpo 
qilinmaganligi tufayli, ichki ziddiyatlar kuchayishi mumkin. Bunda Xitoy 
faollashuvining ahamiyati katta bo’ladi. Rossiyaga qarashli Uzoq Sharq Janubi 
Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya Sharqiy Osiyo mintaqasiga tobe 
holatga tushadi. 
4. Janubiy Osiyo. Mazkur mintaqada Hindiston hukmronlik qiladi. Lekin 
Hindiston bilan uni o’rab turgan islom davlatlari o’rtasida ixtiloflar qaytarilib turishi 
mumkin.  
5. Musulmon mamlakatlari. Unga Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Fors ko’rfazi 
davlatlari, Turkiya, Iroq, Eron, Afg’oniston, Pokiston va O’rta Osiyo davlatlari 
kiradi. 
6. Sobiq Ittifoqning parchalanishi bilan hosil bo’lgan geosiyosiy vakuum. Bu 
yerda Rossiya hukmronlik qilishi bashorat qilinmoqda.  
Rubinstayn dunyodagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi eng muhim omil Xitoy 
bo’lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Kelajakda Xitoy, Rossiya, Eron davlatlari 
ittifoqi paydo bo’lishi mumkin. Ushbu ittifoq Amerika-Yevropa-Yaponiya ittifoqiga 
qarshi turadi. 
 
3. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari  
 
Zamonaviy geosiyosat “ikki blokli mintaqa” o’rniga kelgan bir qator 
paradigmalarga ega. 
ko’rinishi Pensilvaniya universiteti professori E.Rubinstayn yondashuviga ham xosdir. Professor E.Rubinstayn dunyoni oltita asosiy geosiyosiy mintaqaga bo’ladi. 1. AQSH boshchiligidagi Shimoliy Amerika. U dunyoda eng qudratli mintaqaviy birlashmadir. Kelajakda bu yerda Shimoliy Amerika konfederatsiyasi barpo qilinishi mumkin,G’arbiy yarimshar unga tobe bo’lib qoladi. 2. Yevropa va uning siyosiy bir butunligi iqtisodiy integratsiyalashuvdan ancha orqada qoladi. 3. Sharqiy Osiyo. Unda Yaponiya hukmronlik qiladi. Xavfsizlik tizimi barpo qilinmaganligi tufayli, ichki ziddiyatlar kuchayishi mumkin. Bunda Xitoy faollashuvining ahamiyati katta bo’ladi. Rossiyaga qarashli Uzoq Sharq Janubi Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya Sharqiy Osiyo mintaqasiga tobe holatga tushadi. 4. Janubiy Osiyo. Mazkur mintaqada Hindiston hukmronlik qiladi. Lekin Hindiston bilan uni o’rab turgan islom davlatlari o’rtasida ixtiloflar qaytarilib turishi mumkin. 5. Musulmon mamlakatlari. Unga Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Fors ko’rfazi davlatlari, Turkiya, Iroq, Eron, Afg’oniston, Pokiston va O’rta Osiyo davlatlari kiradi. 6. Sobiq Ittifoqning parchalanishi bilan hosil bo’lgan geosiyosiy vakuum. Bu yerda Rossiya hukmronlik qilishi bashorat qilinmoqda. Rubinstayn dunyodagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi eng muhim omil Xitoy bo’lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Kelajakda Xitoy, Rossiya, Eron davlatlari ittifoqi paydo bo’lishi mumkin. Ushbu ittifoq Amerika-Yevropa-Yaponiya ittifoqiga qarshi turadi. 3. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari Zamonaviy geosiyosat “ikki blokli mintaqa” o’rniga kelgan bir qator paradigmalarga ega.  
 
Birinchi paradigmada markaz bilan chetdagi hududlar o’rtasidagi farqlarga 
diqqat-e’tiborni tortadi. Xuddi shunday holat Janub – Shimol, ya’ni rivojlanayotgan 
mamlakatlar o’rtasida ham mavjuddir.  
Ikkinchi paradigmada asosiy e’tibor o’tgan urushlar o’rtasidagi farqqa 
qaratiladi. Hozirgi vaqtda inson hayotiga xavf solmaydigan urushlar nazariyasi 
ishlab chiqilmoqda.  
Uchinchi paradigmada davlat siyosatini remilliylashtirish nazarda tutilgan. 
Ko’p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi bir millatli davlat barpo qilish 
muammosini keltirib chiqardi. Bunda etnik, sinfiy, diniy ziddiyatlarning barchasi 
“millat davlat”ini barpo qilishga bo’ysundiriladi. 
To’rtinchi paradigmada mintaqaviy tizimlar o’rtasidagi farqlar asoslanadi. 
Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi davlat mavjud 
bo’ladi (“Buyuk Eron”, “Buyuk Pokiston” yoki “Buyuk Xitoy”). 
G. Kissinjer XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch markazidan iborat 
bo’ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston 
hamda ko’plab o’rta va kichik davlatlardan iborat bo’lishi mumkin. G. Kissinjerning 
ushbu oltita kuch markazlari turli xil sivilizatsiyaga tegishlidir. Shuning uchun u 
XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o’zaro aloqadorligini o’zida aks ettiradi, deb 
ta’kidlaydi. 
Beshinchi paradigma sivilizatsiyalar taraqqiyotiga asoslangan paradigmadir. 
Garvard universiteti strategic tadqiqotlar markazining direktori S. Xangtington 
“umuman insoniyat” yo’q, faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu 
kabi sivilizatsiyalar mavjud. Eng katta xavfni man shu sivilizatsiyalar o’rtasida yuz 
beradigan harbiy nizolar tug’diradi, deb hisoblaydi. 
S. Xangtington o’zining “Sivilizatsiyalar to’qnashuvi’ deb nomlangan 
maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy madaniy jamoalar deb 
atadi. S. Xangtington har bir sivilizatsiyaga faqat uning o’ziga yaqin bo’lgan tarixiy 
taraqqiyot, din, til, urf-odatlarning umumiyligi, ijtimoiy institutlar bajaradigan 
vazifalarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir, deb ta’kidlagan. 
Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlarda sivilizatsiya omilining 
ahamiyati borgan sari oshib boradi. Ushbu xulosa quyidagilar bilan asoslanadi: 
Birinchi paradigmada markaz bilan chetdagi hududlar o’rtasidagi farqlarga diqqat-e’tiborni tortadi. Xuddi shunday holat Janub – Shimol, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ham mavjuddir. Ikkinchi paradigmada asosiy e’tibor o’tgan urushlar o’rtasidagi farqqa qaratiladi. Hozirgi vaqtda inson hayotiga xavf solmaydigan urushlar nazariyasi ishlab chiqilmoqda. Uchinchi paradigmada davlat siyosatini remilliylashtirish nazarda tutilgan. Ko’p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi bir millatli davlat barpo qilish muammosini keltirib chiqardi. Bunda etnik, sinfiy, diniy ziddiyatlarning barchasi “millat davlat”ini barpo qilishga bo’ysundiriladi. To’rtinchi paradigmada mintaqaviy tizimlar o’rtasidagi farqlar asoslanadi. Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi davlat mavjud bo’ladi (“Buyuk Eron”, “Buyuk Pokiston” yoki “Buyuk Xitoy”). G. Kissinjer XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch markazidan iborat bo’ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston hamda ko’plab o’rta va kichik davlatlardan iborat bo’lishi mumkin. G. Kissinjerning ushbu oltita kuch markazlari turli xil sivilizatsiyaga tegishlidir. Shuning uchun u XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o’zaro aloqadorligini o’zida aks ettiradi, deb ta’kidlaydi. Beshinchi paradigma sivilizatsiyalar taraqqiyotiga asoslangan paradigmadir. Garvard universiteti strategic tadqiqotlar markazining direktori S. Xangtington “umuman insoniyat” yo’q, faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu kabi sivilizatsiyalar mavjud. Eng katta xavfni man shu sivilizatsiyalar o’rtasida yuz beradigan harbiy nizolar tug’diradi, deb hisoblaydi. S. Xangtington o’zining “Sivilizatsiyalar to’qnashuvi’ deb nomlangan maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy madaniy jamoalar deb atadi. S. Xangtington har bir sivilizatsiyaga faqat uning o’ziga yaqin bo’lgan tarixiy taraqqiyot, din, til, urf-odatlarning umumiyligi, ijtimoiy institutlar bajaradigan vazifalarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir, deb ta’kidlagan. Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlarda sivilizatsiya omilining ahamiyati borgan sari oshib boradi. Ushbu xulosa quyidagilar bilan asoslanadi:  
 
1. Sivilizatsiyalar o’rtasida juda katta farqlar (uning asosini din tashkil etadi) 
mavjud. Ular siyosiy rejimlar o’rtasidagi farqlardan ham kuchlidir. 
2. Turli xil sivilizatsiyalarga mansub xalqlar o’rtasida o’zaro aloqadorlik 
kuchayib bormoqda. Bunday holat sivilizatsiya doirasida o’zlikni anglashning 
o’sishiga olib kelmoqda.  
3. Dinning ahamiyati o’sib bormoqda. Bunday holat ayrim hududlarda 
fundamentalistik shaklda namoyon bo’lmoqda.  
4. G’arbning boshqa mamlakatlarga bo’lgan ta’siri pasaymoqda. Bu holat o’z 
xalqiga xos sivilizatsiya tomirlarini izlash jarayonini kuchaytirmoqda.  
5. Kompromiss qarorlar qabul qilishda madaniy farqlarning roli iqtisodiy va 
siyosiy farqlarga nisbatan past bo’lmoqda, ya’ni madaniy farqlar xalqlar 
o’rtasidagi aloqalarga konservativ ta’sir ko’rsatmoqda.  
6. Iqtisodiy mintaqaviylik kuchaymoqda. Bunda sivilizatsion omil- ko’plab 
iqtisodiy tashkilotlar va integratsiyalashgan guruhlar asosida yotuvchi 
madaniy-diniy o’xshashlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.  
 
 
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) (The European Bank for 
Reconstruction and Development) – Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, 
shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga 
yordam ko’rsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda a’zo bo’lgan 42 mamlakat 
hukumatlari tomonidan 10 mlrd ekyu mablag’ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan 
faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. 
 
O’zbekiston 1992-yil boshida YTTBga a’zo bo’ldi va shu yili Toshkent 
shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan O’zbekistonda loyihalarni amalga 
oshirishda ishtirok eta boshladi. 
 
YTTB Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 
mln ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESining 
xalqaro andozalarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 
mln ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini ta’mirlash, shuningdek, xavfsizlikni 
oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln ekyu) 
loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi.  
1. Sivilizatsiyalar o’rtasida juda katta farqlar (uning asosini din tashkil etadi) mavjud. Ular siyosiy rejimlar o’rtasidagi farqlardan ham kuchlidir. 2. Turli xil sivilizatsiyalarga mansub xalqlar o’rtasida o’zaro aloqadorlik kuchayib bormoqda. Bunday holat sivilizatsiya doirasida o’zlikni anglashning o’sishiga olib kelmoqda. 3. Dinning ahamiyati o’sib bormoqda. Bunday holat ayrim hududlarda fundamentalistik shaklda namoyon bo’lmoqda. 4. G’arbning boshqa mamlakatlarga bo’lgan ta’siri pasaymoqda. Bu holat o’z xalqiga xos sivilizatsiya tomirlarini izlash jarayonini kuchaytirmoqda. 5. Kompromiss qarorlar qabul qilishda madaniy farqlarning roli iqtisodiy va siyosiy farqlarga nisbatan past bo’lmoqda, ya’ni madaniy farqlar xalqlar o’rtasidagi aloqalarga konservativ ta’sir ko’rsatmoqda. 6. Iqtisodiy mintaqaviylik kuchaymoqda. Bunda sivilizatsion omil- ko’plab iqtisodiy tashkilotlar va integratsiyalashgan guruhlar asosida yotuvchi madaniy-diniy o’xshashlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) (The European Bank for Reconstruction and Development) – Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam ko’rsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda a’zo bo’lgan 42 mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd ekyu mablag’ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. O’zbekiston 1992-yil boshida YTTBga a’zo bo’ldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan O’zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. YTTB Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESining xalqaro andozalarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini ta’mirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi.  
 
 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda YTTB ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd 
AQSH dollaridan ortiq bo’lgan 15 ta loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda 
bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln AQSH dollariga teng). 
 
 
 
 
Bilimingizni sinab ko’ring : 
  
1. Geosiyosat fanini o’rganish uchun yana qanday fanlar bo’yicha bilimlar bo’lishi 
taqozo etiladi ? 
2. Qanday omillar geosiyosiy omillar bo’lib hisoblanadi ? 
3. Geosiyosat fanining asosiy vazifasi nimadan iborat ? 
4. Qaysi olim “Geosiyosat” tushunchasini qachon fanga olib kirgan ? 
5.  Geosiyosiy bosqich deganda nimani tushunasiz? 
6. Geosiyosiy bosqichlarga qaysi bosqichlar kiritiladi? 
7. Versal shartnomasining asosiy mohiyati nimadan iborat edi? 
8. Geosiyosatning asosiy kategoriyasini aniqlang. 
9. Chegaralarning qanday turlarini bilasiz ? Geosiyosiy tahlilning eng muhim 
elementi nima ? 
10. 
Geosiyosiy raqobat qanday xususiyatlarga ega ? 
 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda YTTB ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd AQSH dollaridan ortiq bo’lgan 15 ta loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln AQSH dollariga teng). Bilimingizni sinab ko’ring : 1. Geosiyosat fanini o’rganish uchun yana qanday fanlar bo’yicha bilimlar bo’lishi taqozo etiladi ? 2. Qanday omillar geosiyosiy omillar bo’lib hisoblanadi ? 3. Geosiyosat fanining asosiy vazifasi nimadan iborat ? 4. Qaysi olim “Geosiyosat” tushunchasini qachon fanga olib kirgan ? 5. Geosiyosiy bosqich deganda nimani tushunasiz? 6. Geosiyosiy bosqichlarga qaysi bosqichlar kiritiladi? 7. Versal shartnomasining asosiy mohiyati nimadan iborat edi? 8. Geosiyosatning asosiy kategoriyasini aniqlang. 9. Chegaralarning qanday turlarini bilasiz ? Geosiyosiy tahlilning eng muhim elementi nima ? 10. Geosiyosiy raqobat qanday xususiyatlarga ega ?