Geosiyosiy munosabatlar tizimida AQSHning o’rni (AQSHning O’rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
24,3 KB
Geosiyosiy munosabatlar tizimida AQSHning o’rni
Reja:
1. AQSHning O’rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari
2. Xitoy geosiyosiy yo’lining mohiyati
3. Kelajak geosiyosiy vaziyatiga bir nigoh
1783-yilda Amerika bilan Angliya o’rtasida imzolangan Versal shartnomasi
AQSHning Angliya ustidan g’alabasini tasdiqladi va bu shartnoma hozirgi vaqtda
ham dunyodagi eng qudratli davlatga poydevorlik vazifasini o’tamoqda.
XX asr oxiri va XXI asr boshida AQSH uchun globallashuv g’oyalarini
hayotga tadbiq etish kundan-kunga qiyin bo’lib bormoqda.
XX asr 80-yillarining o’rtalariga kelib AQSH eksport-import “urushi”da eng
muhim pozitsiyalaridan mahrum bo’ldi. Huddi shunday vaziyat kapital eksportida
ham yuz berdi: Hozirgi vaqtda AQSH o’ziga eng yaqin turgan Yaponiya va
Germaniyaning “nafasi”ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning barchasida sezib turibdi.
Shunga qaramasdan bugungi kunda iqtisodiy kuch-qudrati bo’yicha AQSH
dunyoning barcha davlatlari ichida tengi yo’q hisoblanadi. Chunki AQSH bilian
ikkinchi o’rinda borayotgan Yaponiya o’rtasidagi farq deyarli 4,5 baravarni tashkil
etadi.
Bugungi kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va
mas’uliyatli bo’lgan vazifani bajarishi kerak, deb ta’kidlaydi Prezident J.Bush. U
AQSH Yevrosiyo uchun aniq va ravshan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi
lozim, deb hisoblanmoqda.
AQSH g’oyalarini Yevrosiyoda hayotga tatbiq etishda asosiy rolni materik
g’arbidagi Fransiya va Germaniya o’ynaydi. Materik sharqida Xitoy mavqeining
kundan-kunga oshib borishi Vashington bilan Pekin o’rtasida siyosiy konsensus
o’rnatishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda AQSH geosiyosatchilari, avvalo
Z.Bjezinskiy fikriga ko’ra Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki
mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim. Rossiya
janubida vujudga kelgan etnik mojarolarni “buyuk davlat”lar (AQSH, Xitoy,
Yaponiya, Turkiya) ijobiy tarzda hal qilishlari kerak.
AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy NATO va Yevropa ittifoqini
sharqqa tomon kengaytirishni davom ettirish lozim, deb hisoblashmoqda. Hozirgi
kunga kelib Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan Polsha, Chexiya, Vengriya NATO
a’zolaro bo’ldilar va Yevropa Ittifoqiga qabul qilindilar. 2004-yilda Boltiqbo’yi
davlatlari – Latviya, Litva, Estoniya va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari ham a’zo
bo’lishdi. Eng muhim voqealar qatoriga 2005-yilgacha Ruminiya va Bolgariyani,
2010-yilgacha bo’lgan davrda esa Ukrainani NATOga qabul qilinishi kiritilmoqda.
Shunday qilib, AQSH geosiyosatchilari bashorat qilgan dunyoning yangi geosiyosiy
holati shakllana boshladi.
Siyosiy konsensus – ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasida imzolangan siyosiy
kelishuv to’g’risidagi shartnoma.
1. AQSHning O’rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari
AQSH manfaatlari dunyoning deyarli barcha mintaqalarida mavjud. O’rta
Osiyo mintaqasida AQSH manfaatlari Turkiya va Xitoy manfaatlari bilan
to’qnashadi. Turkiyaning o’zida G’arb va Islom tarafdorlari bir-biriga qarama-qarshi
turadi.
AQSH o’zining geosiyosiy manfaatlarini Afg’onistonda tartib o’rnatishdan
boshladi. Buning uchun u O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston bilan ularda
mavjud aerodromlardan foydalanish bo’yicha shartnomalar imzoladi. AQSH O’rta
Osiyo davlatlaridan tashqari Ozarbayjon, Eron va boshqa davlatlar bilan o’z
aloqalarini yaxshilashga harakat qilmoqda. Bu o’rinda uning Ozarbayjon neftini
Turkiya porti Seyxanga eksport qiluvchi quvur qurilishini qo’llashi diqqatga
sazovordir.
AQSH Eron bilan bo’lgan munosabatlarini ham har tomonlama yaxshilashga
harakat qilmoqda. AQSH Eronda barpo qilinayotgan AES qurilishini qoralab, asosiy
aybni asbob-uskunalar yetkazib berayotgan Rossiyaga qo’ymoqda.
AQSH – Xitoy munosabatlarining asosiy maqsadi Xitoyga mintaqaviy
muammolar bilan cheklanib, global muammolarga aralashmaslik tamoyilini
tushuntirishdan iboratdir.
Amerikaliklar Xitoy tomonidan Tayvanni o’ziga kuch orqali qo’shib olish
maqsadida amalga oshirilgan har qanday faoliyat AQSH investitsiyalar oqimini
to’xtatib qo’yishga sabab bo’lishi mumkin, deb ta’kidlanmoqda. Lekin
investitsiyalarning asosiy qismi AQSH, G’arbiy Yevropa mamlakatlari yoki
Yaponiya tomonidan emas, balki Tayvan va Xuatsyu, ya’ni xorijda yashovchi
xitoyliklar tomonidan ta’minlanmoqda. Janubi Sharqiy Osiyoda joylashgan 500 ta
korxonaning umumiy qiymati 540 mlrd dollarni tashkil etadi. Ana shu jihatlarni
hisobga olmaslik Amerika – Xitoy munosabatlariga putur yetkazishi AQSHni
Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyodagi geostrategic manfaatlardan mahrum qilishi
mumkin. Shuning uchun AQSH Xitoy uni “tabiiy ittifoqdoshi” sifatida qabul
qilishini juda xohlamoqda va bu maqsadga erishish uchun o’zining barcha
imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Ana shu va boshqa maqsadlarini hayotga tatbiq etishda AQSH o’zining
doimiy, barqaror ittifoqdoshi – Yaponiyaga tayanmoqda va u bilan bo’lgan
munosabatlarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda.
Janubi Sharqiy Osiyo Bruney, Myanma, Tailand, Laos, Vyetnam, Kombodja,
Indoneziya, Malayziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timoк davlarlaridan iborat.
Sharqiy Osiyo Xitoy, Mo’g’goliston, Yapiniya, KXDR, Koreya Respublikasi,
Tayvan davlaridan tashkil topgan.
2. Xitoy geosiyosiy yo’lining mohiyati
Bir necha yuz yillar mobaynida Xitoyning geosiyosiy qarashlari ikki
tomonlama xususiyatga ega edi. Bunday holat birinchidan, Xitoy, ya’ni “O’rtalik
qirolichasi”ning qadimgi nomi Rimlandga qarashliligi va ikkinchidan, Xitoyning
hech qachon dengiz mamlakati bo’lmaganligi bilan bog’langan.
Xitoy XX asrning 70-yillarida “Atlantik” geosiyosat olib bora boshladi.
Bunday holat Xitoy islohotlarining “otasi” Den Syaopinning progmatik falsafasi
bilan bog’landi. Anu shunday geosiyosat Xitoyga g’arbdan katta dividentlar olishga
imkon berdi. Xitoy g’arbdan pul, kredit va texnologiyalar olib, iqtisodiyotni tez
sur’atlar bilan rivojlantirishga erishdi.
Xitoy o’ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega. Mazkur xususiyatlar
quyidagilardan iborat:
a) tabiiy resurslarning chegaralanganligi; b) juda katta inson resurslariga ega
ekanligi; d) ish kuchlarining nihoyatda arzonligi. Iqtisodiy rivojlanishning yuqori
sur’atlari tufayli Xitoyda sunggi paytlarda qator muhim tabiiy resurslarning
yetishmasligi kuzatilmoqda (komir, temir va mis rudasi, alyumin xo’mashyosi,
og’itlar). Hozirgi paytda Xitoyning qishloq aholisi 800 mln kishini tashkil qiladi,
ularning 700 mlni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida band, 100 mln esa ishsiz,
shuning uchun har yili 10 mln kishi qishloqlardan shaharlarga ish qidirib ko’chib
ketadi.
Jahon bankining ma’lumoti bo’yicha XXI asr boshlarida Xitoyning importi
650 mlrd dollar atrofida bo’ladi, Yaponiyaniki esa 530 mlrd dollar deb
hisoblanmoqda. Bu paytda uning yalpi ichki mahsuloti deyarli 10 trln dollarni tashkil
qiladi. AQSHniki esa 9,7 trlnni tashkil qiladi. Bu Xitoyni muhim iqtisodiy qutbga
aylantiradi. Hozirgi paytda Xitoy geosiyosiy maydonning rivojlanish o’qlarini va
kuchlarini aniqlab beradigan davlatlar qatoriga kirib oldi.
Xitoy dunyodagi aholisi eng ko’p mamlakatdir. Uning aholisi XXI asr
o’rtasida 1,5 mlrd kishiga yetishi mumkin. Xitoyda investitsiyalar va iqtisodiy
rivojlanish davlat tomonidan reja asosida boshqarilmoqda. Davlatning eksport
imkoniyatlarini kuchaytiradigan yuqori texnologiyalarni o’zlashtirish davlat
tomonidan rejalashtirilmoqda.
Bu davlatni tez sur’atlar bilan rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan biri
– Yevrosiyodagi eng katta ichki bozorga ega ekanligi va harbiy qudratining tez
sur’atlar bilan ortib borishisir.
Rossiya – Xitoy munosabatlari keyingi yarim asr mobaynida keskin o’zgardi.
XX asrning 50-yillarida “uka” bo’lgan xitoyliklar hozirgi vaqtda iqtisodiy qudratiga
ko’ra “aka”ga aylandi. Barcha yo’nalishlar doirasida Xitoy tashabbusga ega.
Shunday qilib, Xitoy XXI asrga kelib, dunyo geosiyosatiga katta ta’sir
ko’rsata boshladi.
Dividend – aksiyadorlik jamiyati daromadining bir qismi. U har yili
aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi.
Kredit – qaytarib berish sharti bilan ma’lum vaqtga va ma’lum foizga pul yoki
tovar holatida berilgan suda (qarz).
Eronda shoh rejimi qulaganidan so’ng u yildan-yilga o’zining mintaqaviy
geosiyosiy mavqeini mustahkamlab bormoqda. Eron davlati Yaqin va O’rta Sharqda,
O’rta Osiyo va Rossiyada katta obro’ga ega. Eron hozirgi vaqtda G’arb bilan ham
konstruktiv aloqalar o’rnatishga intilmoqda. 1997-yil dekabr oyida Tehron shahrida
Islom konferensiyasi tashkiloti a’zolarining sakkizinchi yig’ilishi o’tkazildi. Undan
kutilgan maqsad – Eron bilan Arab mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarni
yaxshilashga erishildi. Eronning islom va boshqa dinga qarashli mamlakatlar bilan
munosabatlarini yaxshilashga intilishi uning tashqi siyosatini mafkuradan xoli
bo’lganligi ko’rsatilmoqda. Eron, ayniqsa, Rossiya bilan yaxshi aloqalar o’rnatishga
erishdi. Eronga bo’lgan e’tiborning kuchayishi uning yaqin kelajakdagi roli bilan
bog’langan. Eron XXI asr o’rtalarida Janubi G’arbiy Osiyo mintaqasining yetakchi
davlatiga aylanishi mumkin.
XX asrning keyingi o’n yilliklarida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy
o’zgarishlar natijasida Eronning Turkiya va AQSH bilan bo’lgan munosabatlari
yaxshilandi. Iroq va Isroil bilan esa birmuncha yomonlashdi, Turkiya va Isroilning
Rossiya bilan bo’lgan munosabatlari yana ham “uzoqlashdi”. Shu vaqtning o’zida
Iroq va Eronning Rossiya bilan bo’lgan aloqalari kuchaydi.
O’zbekiston – Eron munosabatlari ikkala tomonga ham manfaat keltiruvchi
yo’nalishda o’zaro do’stlik, hamkorlik ruhida rivojlanmoqda. Turkiya O’rta
Osiyodagi barcha davlatlar bilan iqtisodiy sohada hamkorlik qilishga tayyor
ekanligini bildirmoqda. Shu ma’noda O’zbekiston – Turkiya munosabatlari ham
teng huquqlilik, hamkorlik asosida rivojlanmoqda.
Yevropa – Osiyo transkontinental avtomagistrali – Xitoy va Markaziy
Osiyo mamlakatlarini Rossiya orqali G’arbiy Yevropa mamlakatlari bilan
bog’laydigan avtomagistral. Jahondagi eng yirik avtomagistrallardan biri. Rotterdam
(Gollandiya) – Shanxay (Xitoy) portlarini bog’laydi.
Umumiy uzunligi 10 ming km dan ortiq. Avtomagistralning O’zbekiston
hududidan o’tadigan qismi – Andijon – Toshkent – Nukus – Qong’irot trassasi
umumiy uzunligi 1422 km, barcha kirish yo’llarining uzunligi 500 km bo’lib,
Farg’ona vodiysi viloyatlaridan boshlanib, so’ngra Toshkent, Sirdaryo, Jizzax,
Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qizilqum orqali Xorazm viloyati
hududidan o’tib, Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti Nukusga chiqadi.
Magistral Afg’oniston va Turkmaniston yo’nalishidagi xalqaro trassalarni
ham kesib o’tadi. Ushbu magistralni loyihalsh ishlari O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 18-avgust qarori asosida 1999-2000-yillarda
amalga oshirildi. Loyihalshtirishning subpudrat shartnomalarida ilg’or xorijiy
davlatlarning loyihalash institutlari ham ishtirok etgan. Loyihalash yechimlari jahon
standartlari darajasida qabul qilinib, qurilgan yangi trassa avtotransport
vositalarining katta tezlikdagi harakatini taminlovchi O’zbekiston milliy
magistraliga aylanadi.
Magistral mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Trassaning
qurilishi bilan yaqin kelajakda yo’l atrofi cho’l hududlarini o’zlashtirishga yanada
qulay imkoniyatlar yaratiladi.
3. Kelajak geosiyosiy vaziyatiga bir nigoh
Darhaqiqat, O’zbekiston tanlagan yo’l kelajakda o’zining samarasini berishi
hech kimda shubha tug’dirishi mumkin emas. O’zbekiston qabul qilgan yo’l –
ro’shnolikka olib chiquvchi yagona yo’ldir.
Bunday vaziyatda asosiy muammo O’zbekistonning boshqa yo’l va siyosatga
ega bo’lgan davlatlar o’rtasida o’zini qanday tutishiga bog’liqdir. Bu muammolar
yechimi to’g’risidagi savolga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
asarlarida aniq javob berilgan. “Markaziy Osiyoda siyosiy-geografik jihatdan
markaziy o’rinda turgan O’zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta’minlash
imkoniyatlariga ega. o’zbekiston hududi o’zining mavjud va potensial tabiiy va
xomashyo zaxiralari bilan hozirdayoq jahonning siyosiy va iqtisodiy xaritasida
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Mintaqada ijtimoiy-siyosiy jihatdan eng rivojlangan, katta ma’naviy va
madaniy kuch-qudratga ega bo’lgan O’zbekiston bugungi kunda qo’shni davlatlar –
Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston o’rtasida
bog’lovchi halqa vazifasini o’taydi. O’zbekiston bilan faol hamkorlik qilish orqali
butun Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatli munosabatlar o’rnatish imkoniyati
ochiladi”*.
Bozor iqtisodiyoti yo’lidan borayotgan har qanday davlat o’zining ijtimoiy-
siyosiy munosabatlarni avvalo ikki tomonlama shartnomalar, shunigdek, ko’p
tomonlama teng huquqli shartnomalar asosida tuzishi va amalga oshirishi lozim.
Faqat mana shunday obyektiv yo’lgina O’zbekiston Respublikasiga haqiqatan ham
mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) - yer yuzida tinchlikni
mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o’zaro hamkorligini
rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan.
BMTning doimiy ish o’rni (shtab kvartirasi) – Nyu-York shahrida joylashgan.
BMTning asosiy organlari : Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy
va ijtimoiy kengash (EKOSOS), Vasiylik kengashi, BMT huzuridagi Xalqaro sud va
BMT Kotibiyati – Bosh kotib va boshqa xodimlardan iborat.
Bosh kotibni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya 5 yil
muddatga tayinlaydi.
Bilimingizni sinab ko’ring :
1. “Rossiya o’ziga xos madaniyati bilan ajralib turadi” degan iborani qanday
tushunasiz ?
2. Rossiya qanday resurslarga boy ?
3. Sobiq Ittifoqning parchalanishi Rossiya uchun qanday oqibatlar olib keldi ?
4. Rossiyada aholi turmush darajasidagi mintaqaviy farqning sabablarini aniqlang.
5. Rossiyaning qaysi tarmoq va sohalari geosiyosiy ahamiyat kasb etadi ?
6. Rossiya uchun eng dolzarb muammolari to’g’risida nimalarni bilasiz ?
7. Rossiya qanday tashqi siyosat olib boradi va u geosiyosatga qanday ta’sir
ko’rsatadi ?
8. Globallashuv jarayoni deganda nimani tushunasiz ?
9. Nima uchun AQSH dunyoning eng qudratli davlati hisoblanadi ?
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.
Karimov I.A. “O’zbekiston buyuk kelajak sari” Т.:O’zbekiston 1998.-686 b.
2.
Bogdanov O. P. “O’zbekiston xayvonlari” O’qituvchi, 1983. – 320 b.
3.
Nartov N.A. “Geopolitika”, М., Izdatelstvo politicheskoy literature, 2002 –
439 b.
4.
Rafikov A.A., Azimov Sh., “Amaliy geografiya” Т.: O’qituvchi,
2000 – 239 b.