1
Gidrogeologik tadqiqot usullari
Yer osti suvlari yer massasining katta qismini egallab, turli tuman xossa va
hususiyatlariga ega bo‘lgan, har xil chuqurliklarda yotuvchi tog‘ jinslari
qatlamlaridan o‘rin olgan, insoniyat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan eng qimmatbaho
qazilma boylik hisoblanadi.
Ularning hosil bo‘lishi, yer qatlamlariga joylashganligi va haraktining o‘ziga
xos qonun va qonuniyatlari bor.
Yer usti suvlari kabi, yer osti suvlari ham suyuq, qattiq (muz) va bug‘ holda
uchraydilar. Ammo, ba’zida yer osti suvlari katta bosim ostida yer yuzasiga otilib
chiqadi, ba’zida ularni maxsus moslamalar-nasoslar yordamida yer ustiga chiqarib
olinadi. Jumladan, Kola yarimorollarida qazilgan 12262 m, Ozorbayjonning
Sablinsk tumanidagi 8324 m va Germaniyaning Oberpfals hududidagi 9000 m
chuqurliklargacha qazilgan burg‘u quduqlarining tubida ham suv uchragan. Ular
erkin holda, yoki minerallar tarkibida bog‘loiq holda bo‘lishlari ham mumkin. Yer
osti suvlari tog‘ jinslaridagi tuzlarni eritib o‘zida mujassamlangani bois ularni
«eritma», deb qaralsa ham hato bo‘lmaydi.
Umumlashtirib aytganda tog‘ jinslarining darzlik va bo‘shliqlarida suyuq
holda o‘zining og‘irlik kuchi ta’siri ostida harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan
suvlar yer osti suvlari deb ataladi.
Yer ostidagi boshqa holatdagi suvlar-muz, bug‘ va eritmalar yuqorida
keltirilgan ifoda bilan harakterlanmaydilar. Ularning xolati va harakati o‘zgacha
qonunlar bilan ifodalanadi.
Yer osti suvlari uzluksiz harakat holida bo‘lib, tabiatda suvning katta va kichik
aylanma aktiv oqim harakati mavjud. Bu harakat davomida yer osti suvlari xajmini,
miqdoriy holatini, fizik (muz, bug‘ suyuqlik) va kimyoviy hususiyatini o‘zgartirishi
mumkin.
2
Yer qobig‘ining suvli qismi Gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera yer usti va
yer osti qismlaridan iborat. Yer usti gidrosferasi okeanlar, dengiz, daryolar, ko‘llar,
muzliklar va atmosfera namligidan tashkil topadi. Yer osti gidrosferasi juda
murakkab tizim bo‘lib, tog‘ jinslari bilan uzviy bog‘langan holatda bo‘ladi.
Yer qobig‘i qatlamlardagi mavjud suvlarni maxsus fan gidrogeologiya fani
o‘rganadi.
XIX asrning 80 yillaridan boshlab gidrogeologiya yer osti suvlari xaqidagi
ta’limot, deb tushuna boshlagan. Ko‘pgina olimlar gidrogeologiya yer osti
gidrosferasi xaqidagi fan deb ham bilgan.
Yer
osti
gidrosferasi-gidrogeologiya
fanining
o‘rganadigan
ob’ekti
(P.F.Savarenskiy) degan fikr ham mavjud. Bu fikrni M.A.Ovchininnkov,
Ye.V.Pinneker, V.A.Vsevolojskiylar ham qo‘llaydilar.
Ko‘pgina olimlar gidrogeologiya fanini keng ma’noda yer osti gidrosferasi
xaqidagi ta’limot deb qaraydilar.
«Gidrogeologiya asoslari», «Umumiy gidrogeologiya» (Ye.V.Pinneker, 1980)
darsligida: gidrogeologiya yer osti gidrosferasining tarixi, resurslari, tarkibi va
tarkibiy qismlarini, ularning joylashganligi, tarqalganligi qonuniyatlarini, unda
kechayotgan jarayonlarni, gidrosfera va uning elementlarini boshqa yer qatlamlari
bilan bog‘langanligi qonuniyatlari, xalq xo‘jaligi uchun ularning mohiyati va inson
faoliyatining ularga ta’sirini o‘rganuvchi fan deb qaraladi.
qaysi ifodani qabul qilmaylik, gidrogeologiya fanining asosiy mazmuni yer
osti suvlarini o‘rganishdan iboratdir. Yer osti suvlarining hosil bo‘lishi, yer
qatlamlarida, tog‘ jinslarida joylanishi, kimyoviy tarkibini takomillashishi, harakati,
atrof muhitga ta’siri, inson ixtiyoji uchun foydaliligi, ulardan foydalanish
imkoniyatlarini aniqlash va joriy qilish kabi masalalar gidrogeologik eng asosiy
muammolar hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat:
1.Tog‘ jinslari va yer osti suvlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ikki
elementli bir butun tizim hosil qiladilar va geologiya fanining tadqiqot va o‘rganish
ob’ektining bir qismi hisoblanadi. Yer osti suvlarini tog‘ jinslaridan ajratib olib
o‘rganib bo‘lmaydi va bunday intilish metodologik tomondan to‘g‘ri bo‘lmas edi.
Shuning uchun yer qobig‘ini, undagi tog‘ jinslari qatlamlarini, tarkibini,
3
ularning hosil bo‘lish tarixini bilmay turib, yer osti suvlarini o‘rganish ham
muammodir. Bundan tushunarliki gidrogeologiya fani geologiya fanining1 bir
tarmog‘i sifatida litologiya, geoximiya, mineralogiya va boshqa geologiya tizimiga
xos fanlar bilan uzluksiz bog‘liqdir (1.1-rasm).
2.Yer osti va yer usti gidrosferasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lganligi, natijasida,
bu ikki sfera orasida intensiv energiya va modda almashuvi jarayoni sodir bo‘ladi,
o‘z navbatida yer usti gidrosferasi atmosfera bilan bog‘liqligi gidrogeologiya
fanining gidrometeralogiya, quruqlik gidrogeologiyasi kabi fanlari bilan
bog‘liqligini taqozo etadi.
3. Yer osti suvlari (suyuqlik va bug‘ xolda) doimiy intensiv harakatda bo‘ladi.
Inson yer osti suvlaridan foydalanar ekan, ularning harakatidagi miqdoriy (xajmiy
va sifat) ko‘rsatgichlarini o‘rganishi va aniqlashi shart. Lekin, bu ko‘rsatgichlarni
(xajmi, tezligi, chuchuk yoki sho‘rlanganligi, hidi, tiniqligi) ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l
bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun bu jarayonda matematik, geofizik va
kimyoviy metodlaridan foydalaniladi. Gidrogeologiya fani gidravlika, tutash
muhitlar mexanikasi, termodinamika, hisoblash matematikasi fanlari bilan ham
bog‘liqdir.
4.Yer osti suvlari toza H2O molekula zarrachalardan tashkil topgan
bo‘lmaydi. Suvning tarkibida tog‘ jinslaridagi bor mineral birikmalari, tuzlar,
organik moddalar va gazlar bo‘lishi mumkin. Ular ba’zan erigan, kalloid hollarda
uchraydi. Demak, yer osti suvlari-murakkab tabiiy eritma, uning 1 litrida 0 dan
birnecha 100 grammgacha har xil mineral tuzlar brikmalari uchraydi. Bu tuzlar suvni
shifobahsh yoki zaharli, inson sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladigan xolga olib kelishi
ham mumkin. Suvni kimyoviy tarkibini, sifatini o‘rganish, uni taxlil qilish
gidrogeologiya fanini kimyo, bioximiya, mikrobiologiya kabi fanlar bilan aniqlaydi
va taqozo qiladi.
5.Yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligining juda ko‘p tarmoqlarida foydanadi:
a. yer osti suvlari inson xayoti uchun eng zarur va qimmatbaho qazilma boylik
bo‘lib, boshqa qazilma konlaridan (neft, gaz va b.q.) farqli o‘laroq uning zaxiralari
qaytadan tiklanish hususiyatiga ega. Masalan, quduqdagi suvni tejab ichilsa
4
tugamaydi, suv olingach u yana oqib kelaveradi. Chuchuk yer osti suvlari ichimlik
suv ta’minotida, sanoati suv bilan ta’minlashda, mineral—shifobaxsh suvlar
sog‘liqni saqlashda, termal suvlar teplitsa va turar joylarni isitishda ishlatiladi;
b.sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash; sho‘rxok yerlarni
yuvib hosildorlikni oshirish tadbirlarini yer osti suvlarining xolatini o‘rganmay turib
amalga oshirib bo‘lmaydi;
v.ba’zi qazilma boyliklar (neft va gaz) uchun qidiruv ishlari olib borilayotganda
yer osti suvlari albatta o‘rganiladi;
g.gidrotexnik (suv omborlari, kanallar) energetik (GES), sanoat qurilishlari
loyihalab, ularni amalga oshirilayotganda albatta gidrogeologik nuqtai nazardan
asoslab berish talab qilinadi;
d.tabiatni, atrof va muhitni va suv boyligini muhofaza qilish tadbirlari
gidrogeologik tadqiqotlar bilan asoslab bermay turib amalga oshirilmaydi;
e.hozirgi kunda yer usti suv manbalari keskin ravishda sug‘orma dehqonchilik
va sanoat korxonalari ta’sirida ifloslanganligi sababli yer osti suvlarining xalq
xo‘jaligi, ayniqsa ichimlik suv ta’minoti tizimi uchun mohiyati oshib ketdi.
Undan tashqari yer osti suvlari yer usti suvlariga nisbatan kam ifloslanadi, ular
tabiiy ravishda muxofazalanganlik xususiyatiga ega, tog‘ jinslarining darzlik va
bushliklarnidan sizilib o‘tib,o‘z-o‘zidan tozalanish va poklanish xususiyatiga
egadirlar.Ayniqsa ular yer usti suvlari kam tarqalgan xududlarda xalq xo‘jaligi
tarmoqlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi.
Demak, gidrogiologik tadqiqotlari olib borish komunal xujaligi, ichimlik suv
ta’minoti tizimi bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Ba’zan yer osti suvlari atro-muxitga salbiy ta’sir qilish mumkin.
Arid zonasida sug‘arma dehqochsilik rivojlangan xududlarda, sug‘oriladigan
maydonlarda yer osti suvlarining ko‘tarilib ketishi sho‘rlanish, zaxlanish,
botqoqlanish kabi ko‘ngilsiz xolatlarga olib kelishi mumkin. Natijada yerlarning
hosildorligi pasayadi, yer osti suvlarining sathini pasaytirish inshoatlarini (drenaj)
qurish katta moddiy zarar keltiradi.
Yer osti suvlarini shaxta konlariga oqib kelishi ularni eksplutatsiya qilishni
murakkalashtiradi va zarar keltiradi.
5
Daryo, ko‘l, suv omborlarining qirg‘oqlarini namgarchilikdan yemrilishi,
ko‘chkilarni vujudga kelishi va rivojlanishi ham yer osti suvlari ta’siri ostida hosil
bo‘ladi.
Ko‘chkilar ba’zan katta-katta binolar, temir yo‘l, zavod-fabrika qurilmalari va
hattoki butun qishloqlarni vayronaga aylantiradi, bu esa moddiy zararli oshirishi va
inson xayoti talofatlariga olib kelishi mumkin.
Sug‘oriladigan maydonlarda grunt suvlarining ko‘tarilib ketishi yerlarning
ikkilamchi sho‘rxoklanishiga olib keladi, natijada yerning hosildorligi kamayadi.
Sho‘rxonlikni bartaraf qilish uchun qurilgan inshoatlar (zovur, kollektor va tik
drenaj burg‘i qudug‘i) o‘ta qimmatga tushadigan tadbirlar bo‘lib, xalq xo‘jaligi
iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi.
So‘ngi yillarda sanoatning keskin rivojlanishi ta’sirida aniqrog‘i sanoat oqova
suvlarining ta’sirida, sug‘orma dexqonchilikning ekstensiv rivojlanishi ta’sirida
(kollektor-drenaj suvlari ta’sirida) atrof-muhit, jumladan suv ifloslana boshladi.
Shuning uchun bizning mintaqamizda qo‘shni davlatlardagi kabi «Suv
qonuniyatchiligi» qabul qilindi. Unda suv boyligini, uni ifloslanishdan muhofaza
qilish umumdavlat mohiyatiga ega bo‘lgan fazifadir, deb ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasininn «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi
qonun (1993 yil 6 may) ning 111 moddasi aynan suv resurslaridan mukammal
foydalanish va ularni muhofaza qilish masalasiga bag‘ishlangan.
Tabiiy sharoitda atrof-muhitning antropogen o‘zgarishlarni (ifloslanishni)
aniqlash uchun kuzatuv tizimlari (monitoring) ishlab chiqilgan.
Bu tizim davlat miqyosida faoliyat yuritadi va «Tabiatdagi antropogen
o‘zgarishlar monitoringi» deb ataladi.
Unda atrof-muhit holatini kuzatish, tabiiy va texnogen jarayonlarini vujudga
kelish, o‘zgarish sabablarini aniqlash va kelajakdagi holatini baholash kabi
bo‘limlari bor.
Yer osti suvlarining holatini kuzatib borish uchun «Yer osti suvlari
monitoringi» barpo etilgan.
Suv boyligining miqdori, sifati va undan foydalanilayotgani hisobga olish
uchun «Davlat suv kadastri» ham barpo qilingan. Davlat suv kadastri va yer osti
6
suvlari monitoringining hamkorlikda olib borilayotgan faoliyatining ma’lumotlari
yer osti gidrosferasida sodir bo‘layotgan jarayonlarni boshqarishiga asos bo‘ladi.
Bular esa gidrogeologiya fanini ekalogiya1, geoekologiya2 fanlari bilan
bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Yer osti suvlarini uzoq davrlar mobaynida o‘rganish (gidrogeologik
tadqiqotlar) amaliy masalalarni yechishga ya’ni amaliy gidrogeologiyani
shakllanishiga olib keladi. Bu jarayon ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmida o‘z
rivojini topgan. Jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ichimlik suv ta’minoti
uchun quduqlar, kyariz, sardoba kabi inshoatlar qurilgan, zaurlar qazilib yer osti
suvlarini yer sathiga nisbatan pastga qochirilgan yangi yerlar o‘zlashtirilgan.
O‘tgan asrning oxiriga kelib, sanoat va qishloq xo‘jaligini keng miqyosida
keskin rivojlanishi (masalan, Markaziy Osiyoda Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi,
qarshi cho‘llarni o‘zlashtirilishi) gidrotexnik inshoatlarini qurilishi, ularni atrof-
muhitga ta’siri muammolarini o‘rganish, bashorat qilish, inson faoliyatini yer osti
gidrosferasiga (ayniqsa yuqori qismiga) bo‘lgan ta’sirini o‘rganish yer osti suvlarini
muhofaza qilish masalalarini paydo bo‘lishi gidrogeologiyaning nazariy
rivojlanishiga olib keldi.
Ayniqsa
gidrogeologik
jarayonning
rivojlanishinni
inson
xukmiga
bo‘ysindirish (upravleniye gidrogeologicheskim protsessom), kibernetika va
hisoblash matematikasi fanlarining amaliy va nazariy yutuqlarini gidrogeologik
ilmiy-tekshirish ishlarida keng qo‘llanilishi nazariy gidrogeologiyani shakllanishida
katta.