GIDROGEOLOGIYA FANINING MAZMUNI YO‘NALISHLARI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

20

Faytl hajmi

118,1 KB


 
1 
 
 
 
 
 
GIDROGEOLOGIYA FANINING MAZMUNI YO‘NALISHLARI VA 
VAZIFALARI 
 
 
 
Reja: 
1. Gidrogeologiya fani. Gidrogeologiya fanining asosiy vazifalari nimalardan 
iborat? 
2. Amaliy gidrogeologiya quydagi bo‘limlardan tashkil topadi? 
3. Meliorativ injenerlik geologiyasi? 
4. Gidrogeologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 
 
Gidrogeologiya fani. Gidrogeologiya so‘zi «gidro»-suv, «geo»-yer, «logos»-
fan ta’limot ya’ni yer osti suvlari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, yer qobig‘i qatlam jinslari 
kovaklaridagi, yoriqlaridagi, turli shakl va kattalikdagi karst bo‘shliqlaridagi yer osti 
suvlarining paydo bo‘lishi, o‘zgarib turishi, yotish, joylashish xolatlarini, harakat 
qilish, sarflanish qonuniyatlarini, kimyoviy tarkibini, fizik xossa va xususiyatlarini, 
xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. «Gidrogeologiya» atamasi ilm-fan 
soxasiga 1802 yili J.B.Lomark tomonidan kiritilgan. Olimlarning aniqlashlaricha, 
yerning ustki qobig‘i qatlamlaridan tortib mantiyagacha bo‘lgan qalinlikdagi tog‘ 
jinslari g‘ovak va yoriqlarida 1300 mln, km3 ga yaqin suv borligi aniqlangan. 
Demak, bu suvni dunyo okeani suvlari miqdoriga teng desa bo‘ladi (1-jadval). 
quruqlikda yashovchi hayvonlar organizimining 60%, dengizda yashovchi 
mavjudodlar organizimining 99% gacha bo‘lgan qismini suv tashkil qiladi. 
O‘simliklarda ham bu qiymat 80% dan (bodiring, pamidor, nok, olma, kartoshka va 
b.q.) 95% oralig‘ida o‘zgaradi. Bu degani-yer planetasidagi mavjud hayvonlar va 
o‘simliklar massasining 80-95% miqdoriga teng bo‘lgan suvning biosfera
1 GIDROGEOLOGIYA FANINING MAZMUNI YO‘NALISHLARI VA VAZIFALARI Reja: 1. Gidrogeologiya fani. Gidrogeologiya fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2. Amaliy gidrogeologiya quydagi bo‘limlardan tashkil topadi? 3. Meliorativ injenerlik geologiyasi? 4. Gidrogeologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Gidrogeologiya fani. Gidrogeologiya so‘zi «gidro»-suv, «geo»-yer, «logos»- fan ta’limot ya’ni yer osti suvlari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, yer qobig‘i qatlam jinslari kovaklaridagi, yoriqlaridagi, turli shakl va kattalikdagi karst bo‘shliqlaridagi yer osti suvlarining paydo bo‘lishi, o‘zgarib turishi, yotish, joylashish xolatlarini, harakat qilish, sarflanish qonuniyatlarini, kimyoviy tarkibini, fizik xossa va xususiyatlarini, xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. «Gidrogeologiya» atamasi ilm-fan soxasiga 1802 yili J.B.Lomark tomonidan kiritilgan. Olimlarning aniqlashlaricha, yerning ustki qobig‘i qatlamlaridan tortib mantiyagacha bo‘lgan qalinlikdagi tog‘ jinslari g‘ovak va yoriqlarida 1300 mln, km3 ga yaqin suv borligi aniqlangan. Demak, bu suvni dunyo okeani suvlari miqdoriga teng desa bo‘ladi (1-jadval). quruqlikda yashovchi hayvonlar organizimining 60%, dengizda yashovchi mavjudodlar organizimining 99% gacha bo‘lgan qismini suv tashkil qiladi. O‘simliklarda ham bu qiymat 80% dan (bodiring, pamidor, nok, olma, kartoshka va b.q.) 95% oralig‘ida o‘zgaradi. Bu degani-yer planetasidagi mavjud hayvonlar va o‘simliklar massasining 80-95% miqdoriga teng bo‘lgan suvning biosfera
 
2 
 
elementlari orqali doimo harakatda ekanligidan ham dalolat beradi1. 
M.I.Lvovoichning ma’lumotlariga ko‘ra (1974), yer kurrasida yashovchi 
odamlarning ixtiyojlari uchun har yili 3300 km3, har bir odam uchun 1100 m3 
miqdoridagi suv kerak bo‘ladi. Jumladan, har bir ga sug‘oriladigan yer uchun yiliga 
2000 m3 suv sarf bo‘lishi, 1 tonna don yetishtirish uchun 1800 m3, 1 tonna paxta 
tolasi yetishtirish uchun 7500 m3 suv kerakligi ham aniqlangan. A.S.Xasanovning 
ma’lumotiga ko‘ra hozir respublikamizda 90 shahar, 120 rayon markazlari yer osti 
suvi bilan ta’minlangan. Bu maqsadlar uchun 90 dan ortiq ma’lum o‘lchamdagi 
maydonlarda yer osti suv kon zahiralari aniqlangan. 
1-jadval 
Yer sferalaridagi suvning o‘rtacha miqdori va holati 
(adabiy ma’lumotlar asosida tuzilgan) 
Yer sferalari 
Suvning umumiy 
o‘rtacha miqdori 
km3 
Yer sferalaridagi suvning holati 
Atmosfera 
14 ming 
Bug‘, suyuq, tomchi (bulut, tuman 
ko‘rinishida), qattiq (muz kristallari, 
qor) holatida. 
Litosfera 
1300 mln 
Suyuq, qattiq va kimyoviy brikmalar 
holatida. 
Gidrosfera 
1370 mln.* 
Suyuq (dunyo okeani, daryo, ko‘l 
suvlari va x.k.), muz (doimiy 
muzliklar, qor) holatida. 
Biosfera  
0,001** 
Tirik mavjudodlar, o‘simliklardagi 
biologik va bioximik birikmalar 
holatida. 
Yer yuzasiga har yili 
u yoki bu xolatda 
520 mln 
Asosan suyuq (yomg‘ir), qattiq 
(qor), qisman bug‘ va shudring
2 elementlari orqali doimo harakatda ekanligidan ham dalolat beradi1. M.I.Lvovoichning ma’lumotlariga ko‘ra (1974), yer kurrasida yashovchi odamlarning ixtiyojlari uchun har yili 3300 km3, har bir odam uchun 1100 m3 miqdoridagi suv kerak bo‘ladi. Jumladan, har bir ga sug‘oriladigan yer uchun yiliga 2000 m3 suv sarf bo‘lishi, 1 tonna don yetishtirish uchun 1800 m3, 1 tonna paxta tolasi yetishtirish uchun 7500 m3 suv kerakligi ham aniqlangan. A.S.Xasanovning ma’lumotiga ko‘ra hozir respublikamizda 90 shahar, 120 rayon markazlari yer osti suvi bilan ta’minlangan. Bu maqsadlar uchun 90 dan ortiq ma’lum o‘lchamdagi maydonlarda yer osti suv kon zahiralari aniqlangan. 1-jadval Yer sferalaridagi suvning o‘rtacha miqdori va holati (adabiy ma’lumotlar asosida tuzilgan) Yer sferalari Suvning umumiy o‘rtacha miqdori km3 Yer sferalaridagi suvning holati Atmosfera 14 ming Bug‘, suyuq, tomchi (bulut, tuman ko‘rinishida), qattiq (muz kristallari, qor) holatida. Litosfera 1300 mln Suyuq, qattiq va kimyoviy brikmalar holatida. Gidrosfera 1370 mln.* Suyuq (dunyo okeani, daryo, ko‘l suvlari va x.k.), muz (doimiy muzliklar, qor) holatida. Biosfera 0,001** Tirik mavjudodlar, o‘simliklardagi biologik va bioximik birikmalar holatida. Yer yuzasiga har yili u yoki bu xolatda 520 mln Asosan suyuq (yomg‘ir), qattiq (qor), qisman bug‘ va shudring
 
3 
 
tushadigan yog‘in 
miqdori. 
holatida. 
 
*Faqat dunyo okeanining o‘zidagi suv miqdori 
**A.I.Pavlov bo‘yicha (1991) 
 
Prof. N.I.Plotnikov (1976), Ye.V.Pinekker (1983), V.M.Shestakov (1983), 
N.A.Vsevolojskiy (1991)larning nazariy qarashlari hamda gidrogeologiya fani o‘z 
masalalarini va vazifalarini bajarish jarayonida uning quyidagi nazariy va amaliy 
tarmoqlari vujudga keldi (1.1 rasm).
3 tushadigan yog‘in miqdori. holatida. *Faqat dunyo okeanining o‘zidagi suv miqdori **A.I.Pavlov bo‘yicha (1991) Prof. N.I.Plotnikov (1976), Ye.V.Pinekker (1983), V.M.Shestakov (1983), N.A.Vsevolojskiy (1991)larning nazariy qarashlari hamda gidrogeologiya fani o‘z masalalarini va vazifalarini bajarish jarayonida uning quyidagi nazariy va amaliy tarmoqlari vujudga keldi (1.1 rasm).
 
4 
 
 
Umumiy gidrogeologiya. Yer osti suvlarining vujudga kelishi va tarqalish 
qonuniyatlarini o‘rganadi, ya’ni uning gidroferasidagi o‘rni, hosil bo‘lishi, aylanish 
holati, turlari fizik va kimyoviy hossalarini o‘rganish, klassifikatsiyasini tuzish va 
muhofaza qilish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Yer osti suvlari dinamikasi. Yer osti suvlarining tabiiy va texnogen-
odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida siljish, haraktga kelish, 
1.1. –расм. Гидрогеология фанининг тармо=лари ва уларнинг бош=а фанлар билан ызаро бо\ли=лиги
4 Umumiy gidrogeologiya. Yer osti suvlarining vujudga kelishi va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, ya’ni uning gidroferasidagi o‘rni, hosil bo‘lishi, aylanish holati, turlari fizik va kimyoviy hossalarini o‘rganish, klassifikatsiyasini tuzish va muhofaza qilish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Yer osti suvlari dinamikasi. Yer osti suvlarining tabiiy va texnogen- odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida siljish, haraktga kelish, 1.1. –расм. Гидрогеология фанининг тармо=лари ва уларнинг бош=а фанлар билан ызаро бо\ли=лиги
 
5 
 
o‘zgarish qonuniyatlari bilan shug‘ullanadi. 
Gidrogeologik tadqiqotlar olib borish usullari. Yer osti suvlarining yotish, 
joylashish, harakatlanish holatlari, uni zaxiralarini vujudga kelish, fasllar, ko‘p 
yillar mobaynida o‘zgarib turish sabablarini o‘rganadi, yangidan-yangi usul va 
uslublar ishlab chiqadi. 
Gidrogeoximiya. Yer osti suvlarining ximiyaviy tarkibini, ulardagi mavjud 
gaz, organik birikmalarni, fizik holatini, vujudga kelish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Gidrogeotermiya. Yer osti suvlari yordamida issiqlikni tarqalishi 
(teploperenos) jarayonining hususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Qazilma konlari gidrogeologiyasi. U yoki bu qazilma konlari hududidagi 
mavjud yer osti suvlarini, ularning fasllar, ko‘p yillar mobaynida vujudga kelish 
sabablarini, iste’molga yetarli yoki yetarli emasligi, yaroqligi darajalarini o‘rganadi 
va bashoratlaydi, chora-tadbirlar ishlab chiqadi. 
Radiogidrogeologiya. Yer osti suvlarining radioaktiv tarkibini, ulardagi 
mavjud radioaktiv elementlarning turi (uran, rodon, radiy) miqdorlarini, vujudga 
kelish o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, ularni qidirib topish, xalq xo‘jaligida 
qo‘llash uslublarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
Regional mintaqaviy gidrogeologiya. Yer osti suvlarining ayrim regionlar 
bo‘yicha tarqalishi, vujudga kelishi, o‘zgarishi, yer qobig‘i qatlamlarida 
joylashganligi, tarqalganligi, gidrogeologik strukturalarning turlari va turli yer osti 
suvlarining hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Palegidrogeologiya. Gidrogeologiyaning bu tarmog‘i yer osti suvlarini yer 
tarixiy taraqqiyoti mobaynida vujudga kelgan yer qobig‘i tog‘ jinslari qatlamlari 
hosil bo‘lish davri rivojlanish tarixi bilan bog‘lagan holda o‘rganadi, u yoki bu 
yoshga ega bo‘lgan yer osti suvli qatlamlarini ajratadi, ularning paydo bo‘lish, 
o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi. 
Gidrogeseysmologiya1. Yer osti suvlarining tarkibini, xossa va xususiyatlarni 
yer qimirlash hodisasining tayyorlanish, vujudga kelish davri bilan bog‘liq holda
5 o‘zgarish qonuniyatlari bilan shug‘ullanadi. Gidrogeologik tadqiqotlar olib borish usullari. Yer osti suvlarining yotish, joylashish, harakatlanish holatlari, uni zaxiralarini vujudga kelish, fasllar, ko‘p yillar mobaynida o‘zgarib turish sabablarini o‘rganadi, yangidan-yangi usul va uslublar ishlab chiqadi. Gidrogeoximiya. Yer osti suvlarining ximiyaviy tarkibini, ulardagi mavjud gaz, organik birikmalarni, fizik holatini, vujudga kelish qonuniyatlarini o‘rganadi. Gidrogeotermiya. Yer osti suvlari yordamida issiqlikni tarqalishi (teploperenos) jarayonining hususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Qazilma konlari gidrogeologiyasi. U yoki bu qazilma konlari hududidagi mavjud yer osti suvlarini, ularning fasllar, ko‘p yillar mobaynida vujudga kelish sabablarini, iste’molga yetarli yoki yetarli emasligi, yaroqligi darajalarini o‘rganadi va bashoratlaydi, chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Radiogidrogeologiya. Yer osti suvlarining radioaktiv tarkibini, ulardagi mavjud radioaktiv elementlarning turi (uran, rodon, radiy) miqdorlarini, vujudga kelish o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, ularni qidirib topish, xalq xo‘jaligida qo‘llash uslublarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Regional mintaqaviy gidrogeologiya. Yer osti suvlarining ayrim regionlar bo‘yicha tarqalishi, vujudga kelishi, o‘zgarishi, yer qobig‘i qatlamlarida joylashganligi, tarqalganligi, gidrogeologik strukturalarning turlari va turli yer osti suvlarining hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi. Palegidrogeologiya. Gidrogeologiyaning bu tarmog‘i yer osti suvlarini yer tarixiy taraqqiyoti mobaynida vujudga kelgan yer qobig‘i tog‘ jinslari qatlamlari hosil bo‘lish davri rivojlanish tarixi bilan bog‘lagan holda o‘rganadi, u yoki bu yoshga ega bo‘lgan yer osti suvli qatlamlarini ajratadi, ularning paydo bo‘lish, o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi. Gidrogeseysmologiya1. Yer osti suvlarining tarkibini, xossa va xususiyatlarni yer qimirlash hodisasining tayyorlanish, vujudga kelish davri bilan bog‘liq holda
 
6 
 
o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu tarmoq asosan O‘zbekistonda 1966 yilgi 
Toshkent zilzilasidan keyin vujudga keldi. O‘zbekistonda va unga yondosh 
hududlarda sodir bo‘lgan qator yer qimirlashlarni bashorat qilishga erishildi 
(O.Mavlonov, A.N.Sultonxo‘jayev va b.q.). 
Amaliy gidrogeologiya quydagi bo‘limlardan tashkil topadi: 
Melioativ gidrogeologiya. Fanning asosiy maqsadi sug‘orilayotgan va yangi 
o‘zlpashtirilayotgan maydonlardagi mavjud yer osti suvlarining vujudga kelishi, 
o‘zgarish qonuniyatlarini, fasllar, uzoq yillar mobaynidagi rejimini, ana shu 
yerlarda yer osti suvlari ta’sirida paydo bo‘layotgan botqoqlanish, sho‘rlanish va 
boshqa qator texnogen jarayonlarni, ulardan qutilish yo‘llarini, qishloq xo‘jaligi 
ekinlariga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirini, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda ulardan 
qishloq va xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Tog‘ inshoatlarini 
(shaxta kotlovanlar burg‘u quduqlari va x.k) qurish va ekspluatatsiya qilish 
gidrogeologik asoslarini yaratadi. Bu fan mamlakatimizda o‘zining 3000 yildan 
uzoq tarixiga ega. 
Qazilma konlari gidrogeologiyasi. Konlarning gidrogeologik sharoitini 
o‘rganish, yer osti suvlarining foydali qazilmalarini qazib olish ishlariga 
ko‘rsatadigan ta’sirini va unga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda 
konlarni qazib olish, saralash jarayonida kerak bo‘ladigan yer osti suvlari miqdorini 
aniqlash, ichish maqsadlari uchun yaroqli ekanligi darajalarini baholash bilan 
shug‘ullanadi. 
Yer osti suv konlari gidrogeologiyasi. Yer osti suvlarini ayrim geologik, 
tektonik, fizik-geografik sharoitiga ega bo‘lgan regionlar bo‘yicha yig‘ilish, 
joylashish qonuniyatlarini o‘rganadi, ichish uchun zarur bo‘lgan yer osti chuchuk 
suv zaxiralarini qidirib topish, ularning miqdorini aniqlash, xalq xo‘jalik soxalarida 
ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ximik, fizik va mtqdoriy o‘zgarishlarni 
o‘rganadi, baholaydi va bashoratlaydi. 
Mineral suvlar gidrogeologiyasi. Ma’lum ximiyaviy va fizik tarkibi bilan 
shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan yer osti suvlarining paydo bo‘lish, tarqalish, 
o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Shifobaxsh yer osti suvlari zaxiralarini
6 o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu tarmoq asosan O‘zbekistonda 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyin vujudga keldi. O‘zbekistonda va unga yondosh hududlarda sodir bo‘lgan qator yer qimirlashlarni bashorat qilishga erishildi (O.Mavlonov, A.N.Sultonxo‘jayev va b.q.). Amaliy gidrogeologiya quydagi bo‘limlardan tashkil topadi: Melioativ gidrogeologiya. Fanning asosiy maqsadi sug‘orilayotgan va yangi o‘zlpashtirilayotgan maydonlardagi mavjud yer osti suvlarining vujudga kelishi, o‘zgarish qonuniyatlarini, fasllar, uzoq yillar mobaynidagi rejimini, ana shu yerlarda yer osti suvlari ta’sirida paydo bo‘layotgan botqoqlanish, sho‘rlanish va boshqa qator texnogen jarayonlarni, ulardan qutilish yo‘llarini, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirini, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda ulardan qishloq va xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Tog‘ inshoatlarini (shaxta kotlovanlar burg‘u quduqlari va x.k) qurish va ekspluatatsiya qilish gidrogeologik asoslarini yaratadi. Bu fan mamlakatimizda o‘zining 3000 yildan uzoq tarixiga ega. Qazilma konlari gidrogeologiyasi. Konlarning gidrogeologik sharoitini o‘rganish, yer osti suvlarining foydali qazilmalarini qazib olish ishlariga ko‘rsatadigan ta’sirini va unga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda konlarni qazib olish, saralash jarayonida kerak bo‘ladigan yer osti suvlari miqdorini aniqlash, ichish maqsadlari uchun yaroqli ekanligi darajalarini baholash bilan shug‘ullanadi. Yer osti suv konlari gidrogeologiyasi. Yer osti suvlarini ayrim geologik, tektonik, fizik-geografik sharoitiga ega bo‘lgan regionlar bo‘yicha yig‘ilish, joylashish qonuniyatlarini o‘rganadi, ichish uchun zarur bo‘lgan yer osti chuchuk suv zaxiralarini qidirib topish, ularning miqdorini aniqlash, xalq xo‘jalik soxalarida ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ximik, fizik va mtqdoriy o‘zgarishlarni o‘rganadi, baholaydi va bashoratlaydi. Mineral suvlar gidrogeologiyasi. Ma’lum ximiyaviy va fizik tarkibi bilan shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan yer osti suvlarining paydo bo‘lish, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Shifobaxsh yer osti suvlari zaxiralarini
 
7 
 
aniqlaydi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ishlab chiqadi. 
Muxandislik gidrogeologiyasi. Ulkan qurilish inshoatlari: suv omborlari, 
kanallar, tunellar, yuqori kuchlanishli elektr liniyalar, ko‘priklar, ko‘p qavatli 
imoratlar, radio-telvizion stansiyalar, metro va boshqalarni loyihalashib, qurilish 
maqsadiga gidrogeologik tadqiqotlar olib borish va bu inshoatlarni qurishni 
gidrogeologik sharoitga qarab asoslab borish bilan shug‘ullanadi. 
Gidrogeoekologiya. Yer osti suvlarining sifati, tozaligini saqlash masalalari 
bilan, uni har xil ximik, organik omillar ta’siri ostida o‘zgarishdan muhofazalash 
yo‘l-yo‘riqlari tamoyillari bilan shug‘ullanadi, kerakli chora-tadbirlar ishlab 
chiqadi.  
Gidrogeologiya fani o‘zini o‘rganadigan ob’ekti bilan, amaliy masalalarni hal 
etishda, ya’ni xalq xo‘jalik ob’ektlarini rejalash, joylashtirish va qurishda 
qo‘llanadigan usul va uslublari bilan geologiya tizimiga kiruvchi fanlardan biri 
bo‘lgan injenerlik geologiyasi fani bilan juda yaqindan munosabatda bo‘lganligini 
hisobga olib biz o‘quvchilarni injenerlik geologiyasi fanining eng asosiy tarmoqlari 
va ularning vazifalari bilan ham qisqacha tanishtirishni lozim topdik. 
Injenerlik geologiyasi fani. Bu fan yer qobig‘i qatlamlari-litosferaning eng 
yuqorigi odamzot yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qismini ko‘rilish nuqtai 
nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va  inshoat quriladigan hududning injener-
geologik sharoitni (geologik, yer usti satx tuzilishi, mavjud yer osti suvlari, 
ularning tarkibi, xossa va hususiyatlari, tog‘ jinslarini tarkibi, xossa va 
hususiyatlari, geologik va texnogen jarayon va xodisalarini2) vujudga kelish, 
rivojlanish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, krakli ilmiy va amaliy xulosalar 
chiqaradi. 
Bu fanning asosiy vazifasi ana shu yer qobig‘i qatlamlarida uzoq geologik 
davrlar mobaynida yuz bergan va hozirgi vaqtda yuz berayotgan tabiiy geologik va 
tabiiy bo‘lmagan injener-geologik (texnogen) jarayon va xodisalarni o‘rganish. Bu 
jarayon va hodisalarni bundan keyingi davrlarda, ya’ni shu xududda u yoki bu 
inshoat qurilib bitkazilgandan, ishga tushirilgandan keyin yuz beradigan
7 aniqlaydi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ishlab chiqadi. Muxandislik gidrogeologiyasi. Ulkan qurilish inshoatlari: suv omborlari, kanallar, tunellar, yuqori kuchlanishli elektr liniyalar, ko‘priklar, ko‘p qavatli imoratlar, radio-telvizion stansiyalar, metro va boshqalarni loyihalashib, qurilish maqsadiga gidrogeologik tadqiqotlar olib borish va bu inshoatlarni qurishni gidrogeologik sharoitga qarab asoslab borish bilan shug‘ullanadi. Gidrogeoekologiya. Yer osti suvlarining sifati, tozaligini saqlash masalalari bilan, uni har xil ximik, organik omillar ta’siri ostida o‘zgarishdan muhofazalash yo‘l-yo‘riqlari tamoyillari bilan shug‘ullanadi, kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Gidrogeologiya fani o‘zini o‘rganadigan ob’ekti bilan, amaliy masalalarni hal etishda, ya’ni xalq xo‘jalik ob’ektlarini rejalash, joylashtirish va qurishda qo‘llanadigan usul va uslublari bilan geologiya tizimiga kiruvchi fanlardan biri bo‘lgan injenerlik geologiyasi fani bilan juda yaqindan munosabatda bo‘lganligini hisobga olib biz o‘quvchilarni injenerlik geologiyasi fanining eng asosiy tarmoqlari va ularning vazifalari bilan ham qisqacha tanishtirishni lozim topdik. Injenerlik geologiyasi fani. Bu fan yer qobig‘i qatlamlari-litosferaning eng yuqorigi odamzot yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qismini ko‘rilish nuqtai nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va inshoat quriladigan hududning injener- geologik sharoitni (geologik, yer usti satx tuzilishi, mavjud yer osti suvlari, ularning tarkibi, xossa va hususiyatlari, tog‘ jinslarini tarkibi, xossa va hususiyatlari, geologik va texnogen jarayon va xodisalarini2) vujudga kelish, rivojlanish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, krakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqaradi. Bu fanning asosiy vazifasi ana shu yer qobig‘i qatlamlarida uzoq geologik davrlar mobaynida yuz bergan va hozirgi vaqtda yuz berayotgan tabiiy geologik va tabiiy bo‘lmagan injener-geologik (texnogen) jarayon va xodisalarni o‘rganish. Bu jarayon va hodisalarni bundan keyingi davrlarda, ya’ni shu xududda u yoki bu inshoat qurilib bitkazilgandan, ishga tushirilgandan keyin yuz beradigan
 
8 
 
hodisalarning qay darajada sodir bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora-
tadbirlar belgilashdan iborat. 
Har qanday inshoat, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan tortib temir 
yo‘l, avtomabil trassalari, gidrotexnik inshoatlar, to‘g‘onlar, yasuv omborlari, 
ko‘priklar aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy oldindan o‘rganiladi. Geologik, 
geomorfolagik tuzilishi, gidrogeologik, tektonik sharoiti to‘g‘risida mavjud 
ma’lumotlar to‘planadi va har tamonlama taxlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki 
bu maydonda u yoki bu tipdagi inshoat qurish mumkin degan taxminiy ko‘rsatma 
beriladi. So‘ngra ana shu taxminan mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi injener-
geologik tekshirish ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin qilingan xulosalar 
tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan 
joyda imorat va inshoat qurish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona 
xaqiqiy ko‘rsatma beriladi. Agar qurilish ishlari boshlab yuborilsa, ana shu 
hududda doimiy (statsionar) kuzatish, tekshirish ishlari olib borilaveradi. Chunki 
har qanday inshoat had ko‘targan joyning avvalgi tabiiy holati shu inshoat qad 
ko‘tarish jarayonida va qurilib bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada o‘zgaradi. 
Ko‘pincha yer osti suv satxining ko‘tarilishisha, cho‘kish hodisasining sodir 
bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining o‘pirilishiga, yorilishiga, 
surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurilayotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, 
jins kovaklari bo‘ylabsizib singib ketishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. 
Tarixda bunday hodisalar bo‘lganligi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. 
Masalan, Amerikadagi xele-Bar, Ispanidagi Mariya-Kristina, Monte-Haqi, 
Fransiyadagi sen Gilmele-Dizer kabi yirik to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay 
vayron bo‘lib ketgan. 
Shunday qilib, Injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish ob’ekti nihoyatda 
keng. Tekshirish ishlarini olib borishda geologiya, tektonika, gidrgeologiya, 
geofizika, geomorfologiya, ximiya, fizika va matematika fanlarining usul va 
uslublaridan keng foydalanadi. 
Injenerlik geologiyasi fani o‘zining yechadigan masalalariga va vazifalariga 
qarab quydagi tarmoqlarga bo‘linadi: regional injenarlik geologiyasi, injenerlik 
geodinamikasi, gruntshunoslik, shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar
8 hodisalarning qay darajada sodir bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora- tadbirlar belgilashdan iborat. Har qanday inshoat, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan tortib temir yo‘l, avtomabil trassalari, gidrotexnik inshoatlar, to‘g‘onlar, yasuv omborlari, ko‘priklar aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy oldindan o‘rganiladi. Geologik, geomorfolagik tuzilishi, gidrogeologik, tektonik sharoiti to‘g‘risida mavjud ma’lumotlar to‘planadi va har tamonlama taxlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki bu maydonda u yoki bu tipdagi inshoat qurish mumkin degan taxminiy ko‘rsatma beriladi. So‘ngra ana shu taxminan mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi injener- geologik tekshirish ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin qilingan xulosalar tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan joyda imorat va inshoat qurish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona xaqiqiy ko‘rsatma beriladi. Agar qurilish ishlari boshlab yuborilsa, ana shu hududda doimiy (statsionar) kuzatish, tekshirish ishlari olib borilaveradi. Chunki har qanday inshoat had ko‘targan joyning avvalgi tabiiy holati shu inshoat qad ko‘tarish jarayonida va qurilib bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha yer osti suv satxining ko‘tarilishisha, cho‘kish hodisasining sodir bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining o‘pirilishiga, yorilishiga, surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurilayotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, jins kovaklari bo‘ylabsizib singib ketishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. Tarixda bunday hodisalar bo‘lganligi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Masalan, Amerikadagi xele-Bar, Ispanidagi Mariya-Kristina, Monte-Haqi, Fransiyadagi sen Gilmele-Dizer kabi yirik to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay vayron bo‘lib ketgan. Shunday qilib, Injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish ob’ekti nihoyatda keng. Tekshirish ishlarini olib borishda geologiya, tektonika, gidrgeologiya, geofizika, geomorfologiya, ximiya, fizika va matematika fanlarining usul va uslublaridan keng foydalanadi. Injenerlik geologiyasi fani o‘zining yechadigan masalalariga va vazifalariga qarab quydagi tarmoqlarga bo‘linadi: regional injenarlik geologiyasi, injenerlik geodinamikasi, gruntshunoslik, shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar
 
9 
 
injenerlik geologiyasi, lessshunoslik, injenerlik seysmalogiyasi, injenerlik 
geologiyasi va b.q. (M.Sh.Shermatov, 2005). 
Regional injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologisining bu tarmog‘i yirik 
regionlarning injener-geologik sharoitini vujudga kelish, rivojlanish va odamlar 
faoliyati natijasida o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bashorat qiladi. Ana shu 
regionlarning injener-geologik sharoitining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy 
geologik va texnogen omillarni aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100 000 va 
bundan kichik) haritalar tuzish uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi. Bu tarmoq 
yordamida olingan ma’lumotlar xalq xo‘jaligi inshoatlarini qurish joylarini 
oldindan aniqlashda va rejlashda katta ahamiyatga ega. 
Injenerlik geodinamikasi fani. Yerning ichki qismida (endogen) va uning ustki 
qismida sodir bo‘ladigan (ekzogen) geologik va texnogen (odamlarning xo‘jalik va 
injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) jarayon va hodisalarning vujudga 
kelish, sodir bo‘lish, rivojlanish va barham topish qonuniyatlarini hamda 
sabablarini o‘rganadi. Ularni, kamaytirish, bartaraf etish va ma’lum vaqt 
mobaynida xudud maydoni uchun miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari ustida 
ilmiy izlanishlar olib boradi, chora va tadbirlar ishlab chiqadi. 
Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga keluvchi 
hamma jarayoni va hodisalar, ana shu qatlamlarini tashkil etuvchi tog‘-jinslari-
gruntlarga bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Gruntlarning 
tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, ularning holati, vujudga kelish, 
o‘zgarish qonuniyatlari va masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi. 
Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar xududi o‘ziga xos tabiiy va 
texnogen omillarning mavjudligi bilan, bu omillarning bir-biriga bo‘lgan ta’sir 
darajasining nixoyatda yuqoriligi bilan harakterlidir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda 
shaharlar aholisi tez surxatlar bilan oshib bormoqda. Sanoat va aholi yashaydigan 
binolar, har xil yer usti va yer osti injenerlik inshoatlari (suv berish, gaz, 
kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.q.) 
barpo etilmoqda. Bu inshoatlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan u yoki 
bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarilmoqda,
9 injenerlik geologiyasi, lessshunoslik, injenerlik seysmalogiyasi, injenerlik geologiyasi va b.q. (M.Sh.Shermatov, 2005). Regional injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologisining bu tarmog‘i yirik regionlarning injener-geologik sharoitini vujudga kelish, rivojlanish va odamlar faoliyati natijasida o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bashorat qiladi. Ana shu regionlarning injener-geologik sharoitining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy geologik va texnogen omillarni aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100 000 va bundan kichik) haritalar tuzish uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi. Bu tarmoq yordamida olingan ma’lumotlar xalq xo‘jaligi inshoatlarini qurish joylarini oldindan aniqlashda va rejlashda katta ahamiyatga ega. Injenerlik geodinamikasi fani. Yerning ichki qismida (endogen) va uning ustki qismida sodir bo‘ladigan (ekzogen) geologik va texnogen (odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) jarayon va hodisalarning vujudga kelish, sodir bo‘lish, rivojlanish va barham topish qonuniyatlarini hamda sabablarini o‘rganadi. Ularni, kamaytirish, bartaraf etish va ma’lum vaqt mobaynida xudud maydoni uchun miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari ustida ilmiy izlanishlar olib boradi, chora va tadbirlar ishlab chiqadi. Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga keluvchi hamma jarayoni va hodisalar, ana shu qatlamlarini tashkil etuvchi tog‘-jinslari- gruntlarga bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, ularning holati, vujudga kelish, o‘zgarish qonuniyatlari va masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi. Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar xududi o‘ziga xos tabiiy va texnogen omillarning mavjudligi bilan, bu omillarning bir-biriga bo‘lgan ta’sir darajasining nixoyatda yuqoriligi bilan harakterlidir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda shaharlar aholisi tez surxatlar bilan oshib bormoqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har xil yer usti va yer osti injenerlik inshoatlari (suv berish, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.q.) barpo etilmoqda. Bu inshoatlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan u yoki bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarilmoqda,
 
10 
 
joylashtirilmoqda. Natijada yer osti suvlarining satxi ko‘tarilmoqda, tabiiy harakat 
yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, tarkibi, fizik va mexanik 
hususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisalarni (zaxlash, cho‘kish, 
sho‘rlanish, yuvilish, surilish va x.k.) sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. 
Shuning uchun shaharlar injenerlik-geologiyasining asosiy maqsadi shahar 
hududida tarqalgan tog‘ jinslarining, yer osti suvlarining tabiiy holatini va 
odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va 
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jrayonlarning tarqalish va o‘zgarish 
qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlardan qutilish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi 
va kerakli chora-tadbirlar belgilardan iborat. 
Qazilma konlar injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi fanining bu 
tarmog‘i qazilma konlar joylashgan va qazib olish xududining injener-geologik 
sharoitini, ya’ni ana shu xududning  geologik tuzilishini, tog‘ jinslarini, ularning 
tarkibi, xossa va hususiyatlarini,gidrogeologik sharoitini, yer sath tuzilishini, tabiiy 
geologik va texnogen jarayonlarning tarqalish, joylashish holatlarini o‘rganadi, 
qazilma konlarini ishlatish davrida ularning o‘zgarishini, yangidan vujudga kelish, 
rivojlanishini bashorat qiladi, chora-tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. 
Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining injener-
geologik sharoitining nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda 
aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan serdarz, tektonik uzilma va 
yoriqlarga boy, ayrim-ayrim qismlarga (bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash 
jarayoniga uchragan, burmalangan bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish kabi 
jarayonlarning vujudga kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim 
bo‘lgan inshoatlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, shtolni va b.q.) uchun joy 
tanlash ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik 
masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan natijalar har 
tamonlama tahlil etiladi va u yoki bu qurilish inshoatlari uchun aniq joy tanlanib, 
buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy e’tibor qurilish maydonining yer 
sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘ining yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan qor ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish 
ehtimoli, yer osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi
10 joylashtirilmoqda. Natijada yer osti suvlarining satxi ko‘tarilmoqda, tabiiy harakat yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, tarkibi, fizik va mexanik hususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisalarni (zaxlash, cho‘kish, sho‘rlanish, yuvilish, surilish va x.k.) sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar injenerlik-geologiyasining asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog‘ jinslarining, yer osti suvlarining tabiiy holatini va odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jrayonlarning tarqalish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlardan qutilish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi va kerakli chora-tadbirlar belgilardan iborat. Qazilma konlar injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i qazilma konlar joylashgan va qazib olish xududining injener-geologik sharoitini, ya’ni ana shu xududning geologik tuzilishini, tog‘ jinslarini, ularning tarkibi, xossa va hususiyatlarini,gidrogeologik sharoitini, yer sath tuzilishini, tabiiy geologik va texnogen jarayonlarning tarqalish, joylashish holatlarini o‘rganadi, qazilma konlarini ishlatish davrida ularning o‘zgarishini, yangidan vujudga kelish, rivojlanishini bashorat qiladi, chora-tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining injener- geologik sharoitining nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan serdarz, tektonik uzilma va yoriqlarga boy, ayrim-ayrim qismlarga (bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash jarayoniga uchragan, burmalangan bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish kabi jarayonlarning vujudga kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim bo‘lgan inshoatlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, shtolni va b.q.) uchun joy tanlash ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan natijalar har tamonlama tahlil etiladi va u yoki bu qurilish inshoatlari uchun aniq joy tanlanib, buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy e’tibor qurilish maydonining yer sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘ining yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, ular bilan bog‘liq bo‘lgan qor ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish ehtimoli, yer osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi
 
11 
 
mumkinligi ham har tamonlama baholanadi. 
Lessshunoslik. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i less3 jinslarining 
paydo bo‘lishi, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini, tabiiy holatini, tarkibini, fizik 
va mexanik xossa va hususiyatlarini, odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari 
oqibatida o‘zgarish darajalarini hamda ularning qatlamlarida vujudga kelgan va 
keladigan tabiiy va texnogen jarayonlar va hodisalarni o‘rganadi, tahlil etadi va 
bashorat qiladi. 
Respublikamizning 70% ortiq maydoni less va lessimon jinslari bilan band 
bo‘lib, xalq xo‘jaligining hamma imorat va inshoatlarining 90-95 % dan ortiq qismi 
ana shu jinslar ustiga joylashgan. Shuning uchun less jinslarining har tamonlama 
o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 
Injenerlik seysmologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi va seysmalogiya 
fanlari oralig‘ida vujudga kelgan bo‘lib, u yoki bu imorat va inshoatlari qurilgan va 
qurilishi kerak bo‘lgan hududni injener-geologik va injener-seysmalogik nuqtai 
nazaridan o‘rganadi. Mukammal va mikroseysmik rayonlashtirish asoslarini 
yaratadi. 
«Injener geologik asoslari» deganda imorat va inshoatlar qurilgan va 
qurilishi kerak bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan yer qimirlash kuchining o‘zgarishiga 
va oshishiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni shu hududning geologik tuzilishi, tog‘ 
jinslari, ularning xossa va hususiyatlari, yer osti suvlari, yer sath tuzilishi, mavjud 
geologik va odamlarning xo‘jalik faoliyatlari oqibatida vujudga kelgan va kelishi 
mumkin bo‘lgan jarayon va hodisalar, ana shu omillarni o‘rganish natijasida 
olingan ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. 
Meliorativ injenerlik geologiyasi 
Respublikamizning sug‘orilayotgan va sug‘orishga tayyorlanayotgan 
maydonlarning injener-geologik sharoitini, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ana 
shu sug‘orish tarmoqlari orqali suv tarqatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlari, yer 
osti suvlari sathlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan zaxlash,
11 mumkinligi ham har tamonlama baholanadi. Lessshunoslik. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i less3 jinslarining paydo bo‘lishi, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini, tabiiy holatini, tarkibini, fizik va mexanik xossa va hususiyatlarini, odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish darajalarini hamda ularning qatlamlarida vujudga kelgan va keladigan tabiiy va texnogen jarayonlar va hodisalarni o‘rganadi, tahlil etadi va bashorat qiladi. Respublikamizning 70% ortiq maydoni less va lessimon jinslari bilan band bo‘lib, xalq xo‘jaligining hamma imorat va inshoatlarining 90-95 % dan ortiq qismi ana shu jinslar ustiga joylashgan. Shuning uchun less jinslarining har tamonlama o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Injenerlik seysmologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi va seysmalogiya fanlari oralig‘ida vujudga kelgan bo‘lib, u yoki bu imorat va inshoatlari qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududni injener-geologik va injener-seysmalogik nuqtai nazaridan o‘rganadi. Mukammal va mikroseysmik rayonlashtirish asoslarini yaratadi. «Injener geologik asoslari» deganda imorat va inshoatlar qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan yer qimirlash kuchining o‘zgarishiga va oshishiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni shu hududning geologik tuzilishi, tog‘ jinslari, ularning xossa va hususiyatlari, yer osti suvlari, yer sath tuzilishi, mavjud geologik va odamlarning xo‘jalik faoliyatlari oqibatida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan jarayon va hodisalar, ana shu omillarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Meliorativ injenerlik geologiyasi Respublikamizning sug‘orilayotgan va sug‘orishga tayyorlanayotgan maydonlarning injener-geologik sharoitini, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ana shu sug‘orish tarmoqlari orqali suv tarqatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlari, yer osti suvlari sathlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan zaxlash,
 
12 
 
botqoqlanish, sho‘rlanish jarayon va hodisalarni o‘rganadi va bashorat qiladi, 
qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga bo‘lgan ta’sir darajalarini aniqlaydi. Kerakli 
chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Bu fan gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi 
oralig‘ida paydo bo‘lgan bo‘lib, gidrogeologiya fanining «Meliorativ 
gidrogeologiya» tarmog‘i bilan chambarchas bog‘langan holda ish olib boradi. 
Injenerlik geomorfologiyasi. Bun fan injenerlik geologiyasi fani 
tarmoqlarining eng yosh tarmoqlaridan biri bo‘lib, yer stah tuzilishining imorat va 
inshoatlar qurish uchun qanchalik qulay yoki noqulayligi masalalari bilan 
shug‘ullanadi. Bunda asosiy e’tibor relef elementlariga (sath qiyaligi, quyosh nuri 
yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga, ya’ni kungay yoki teskayligiga, vaqtincha 
yoki doimiy oqar suvlari yo‘llari bilan kesishganlik darajalariga, sath qaysi tog‘ 
jinsi ustida vujudga kelganligi va x.k.) qaratiladi. Yer sath tuzilishi gorizontal (0-
30), me’yorli (3-70), qiya (7-170), o‘rta qiya (17-270), tik qiyalik (270 dan yuqori) 
darajalariga qarab baholanadi. Natijalar orasida xalq xo‘jaligi imorat va 
inshoatlarni loyihalash, joylashtirish, rejalash, qurish, ishlari amalga oshiriladi. 
Injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi yerning geosfera qavatini 
tashkil qiluvchi tabiiy muhit komponentlarini (liosfera, gidrosfera, biosfera) 
odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish qonuniyatlarini 
va sabablarini o‘rganadi, tahlil etadi hamda ana shu komponentlarning tabiiy 
holatini saqlab qolish maqsadida chora va tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. 
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining hamma tarmoqlari xalq 
xo‘jaligi, insonning moddiy ehtiyoji uchun juda mohiyatlidir. Nazariy 
gidrogeologiyasining bo‘limlari inson yashaydigan mintaqalarda (gumid, arid, 
cho‘l, tropik zonalar) bir hil yuqori mohiyatga ega. 
Lekin amaliy gidrogeologiya bo‘limlari har bir mintaqada o‘ziga xos. 
Masalan, meliorativ gidrogeologiyasi, ekologik gidrogeologiyasi arid zonasida, 
jumladan, Markaziy Osiy mintaqasida o‘ta mohiyatlidir. qazilma boyliklar 
zaxiralari gidrogeologiyasi konchilik, tog‘ sanoati rivojlangan mintaqalardagina 
ahamiyatga ega. Gidrogeotermiya-yer osti gidrosferasining anomal miqdorda 
haroratga ega bo‘lgan qismlarida rivojlanadi va mohiyatli v.b. Ko‘rinib turibdiki,
12 botqoqlanish, sho‘rlanish jarayon va hodisalarni o‘rganadi va bashorat qiladi, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga bo‘lgan ta’sir darajalarini aniqlaydi. Kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Bu fan gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi oralig‘ida paydo bo‘lgan bo‘lib, gidrogeologiya fanining «Meliorativ gidrogeologiya» tarmog‘i bilan chambarchas bog‘langan holda ish olib boradi. Injenerlik geomorfologiyasi. Bun fan injenerlik geologiyasi fani tarmoqlarining eng yosh tarmoqlaridan biri bo‘lib, yer stah tuzilishining imorat va inshoatlar qurish uchun qanchalik qulay yoki noqulayligi masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda asosiy e’tibor relef elementlariga (sath qiyaligi, quyosh nuri yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga, ya’ni kungay yoki teskayligiga, vaqtincha yoki doimiy oqar suvlari yo‘llari bilan kesishganlik darajalariga, sath qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi va x.k.) qaratiladi. Yer sath tuzilishi gorizontal (0- 30), me’yorli (3-70), qiya (7-170), o‘rta qiya (17-270), tik qiyalik (270 dan yuqori) darajalariga qarab baholanadi. Natijalar orasida xalq xo‘jaligi imorat va inshoatlarni loyihalash, joylashtirish, rejalash, qurish, ishlari amalga oshiriladi. Injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi yerning geosfera qavatini tashkil qiluvchi tabiiy muhit komponentlarini (liosfera, gidrosfera, biosfera) odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish qonuniyatlarini va sabablarini o‘rganadi, tahlil etadi hamda ana shu komponentlarning tabiiy holatini saqlab qolish maqsadida chora va tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining hamma tarmoqlari xalq xo‘jaligi, insonning moddiy ehtiyoji uchun juda mohiyatlidir. Nazariy gidrogeologiyasining bo‘limlari inson yashaydigan mintaqalarda (gumid, arid, cho‘l, tropik zonalar) bir hil yuqori mohiyatga ega. Lekin amaliy gidrogeologiya bo‘limlari har bir mintaqada o‘ziga xos. Masalan, meliorativ gidrogeologiyasi, ekologik gidrogeologiyasi arid zonasida, jumladan, Markaziy Osiy mintaqasida o‘ta mohiyatlidir. qazilma boyliklar zaxiralari gidrogeologiyasi konchilik, tog‘ sanoati rivojlangan mintaqalardagina ahamiyatga ega. Gidrogeotermiya-yer osti gidrosferasining anomal miqdorda haroratga ega bo‘lgan qismlarida rivojlanadi va mohiyatli v.b. Ko‘rinib turibdiki,
 
13 
 
bu fanlarning barcha bo‘limlarining mazmuni va mohiyati ularning nomida 
mujassamlangan. 
Gidrogeologiya fanining vujudga kelishi va gidrogeologiya fanining vujudga 
kelishi va rivojlanish tarixi o‘zining uzoq o‘tmishiga borib tarqaladi. Bu fanlarning 
vujudga kelishi va rivojlanishi birinchidan mamlakatimizda olib borilgan sug‘orish, 
qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan dunyo sivilizatsiyasi, 
ya’ni jamiyatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti darajalari bilan, ayniqsa Markaziy 
Osiy, Xitoy, Xindiston, Suriya, Eron davlatlari hududlarida yer osti suvlaridan 
foydalanish, u yoki bu turdagi inshoatlarni qurish ishlarini olib borish tarixi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, bundan 3000-5000 yillar avval ham 
mamlakatimiz hududidagi o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan Old Sharq 
davlatlari o‘rtasida munosabatlar mavjud bo‘lgan. Sug‘orish shahobchalarini, 
kanallarni, maxsus sopol quvurldar yordamida yer osti suv uzatish qurilmalarini, 
qal’alarni, ibodatxonalarni qasrlarni bunyod etishda o‘zaro tajriba  almashilgan. 
Eramizgacha VI asrlarda mamlakatimiz hududida bir qancha yirik  haharlarning 
bo‘lganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Bu davrlarda qizilqum, 
qoraqum sahrolarida maxsus qurilmaga ega bo‘lgan minglab yer osti suvi hosil 
qilish, undan foydalanish yo‘llarini ham Odamlarning injenerlik va xo‘jalik 
faoliyatlari oqibatida tabiiy muxit komponentlari: yer sathining tuzilishi, tog‘ 
jinslari, yer osti suv va yer usti suvlari, tuproq va bu muhitda yashovchi organik 
mavjudotlar (o‘simlik va xayvonat dunyosi) nihoyatda sezilarli darajada o‘zgarib
13 bu fanlarning barcha bo‘limlarining mazmuni va mohiyati ularning nomida mujassamlangan. Gidrogeologiya fanining vujudga kelishi va gidrogeologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi o‘zining uzoq o‘tmishiga borib tarqaladi. Bu fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi birinchidan mamlakatimizda olib borilgan sug‘orish, qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan dunyo sivilizatsiyasi, ya’ni jamiyatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti darajalari bilan, ayniqsa Markaziy Osiy, Xitoy, Xindiston, Suriya, Eron davlatlari hududlarida yer osti suvlaridan foydalanish, u yoki bu turdagi inshoatlarni qurish ishlarini olib borish tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, bundan 3000-5000 yillar avval ham mamlakatimiz hududidagi o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan Old Sharq davlatlari o‘rtasida munosabatlar mavjud bo‘lgan. Sug‘orish shahobchalarini, kanallarni, maxsus sopol quvurldar yordamida yer osti suv uzatish qurilmalarini, qal’alarni, ibodatxonalarni qasrlarni bunyod etishda o‘zaro tajriba almashilgan. Eramizgacha VI asrlarda mamlakatimiz hududida bir qancha yirik haharlarning bo‘lganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Bu davrlarda qizilqum, qoraqum sahrolarida maxsus qurilmaga ega bo‘lgan minglab yer osti suvi hosil qilish, undan foydalanish yo‘llarini ham Odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida tabiiy muxit komponentlari: yer sathining tuzilishi, tog‘ jinslari, yer osti suv va yer usti suvlari, tuproq va bu muhitda yashovchi organik mavjudotlar (o‘simlik va xayvonat dunyosi) nihoyatda sezilarli darajada o‘zgarib
 
14 
 
bormoqda4. U yoki bu ko‘rinishdagi texnogen jarayonlar va hodisalar (zaxlash, 
botqoqlanish, sho‘rlanish, cho‘kish, surilish, qulash va x.k.) vujudga kelmoqda va 
rivojlanmoqda.Ma’lumki, planetamiz aholisi tezlik bilan o‘smoqda (3.1-rasm). Agar 
yer yuzida yashovchi aholining soni 1800 yilda 1 mlrd. kishi bo‘lgan bo‘lsa, 1900 
yilda 1,65 mlrd, 2000 yilda 6 mlrd. ga yaqin kishiga yetgan. Jumladan, 
respublikamizda 1957 yili 8,7 mln. aholi yashagan bo‘lsa, 1997 yilda 23 mln. 
kishiga2 , 2002 yilda esa 25 mln. kishiga yetgan. Shu bilan birga aholi zich 
yashaydigan shaharlar soni ham oshib bormoqda. Agarda respublikamizda 1959 
yilda 103 shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ularning soni 1996 yilga kelib 120 taga 
yetgan. M.Yangiboyevning (1997) ma’lumotiga ko‘ra faqat qashqadaryo 
viloyatidagina shaharlar soni bu vaqt mobaynida 6 tadan 17 taga, aholi soni esa 67 
mingdan 483 mingga yetgan.Aholi sonining oshishi bilan, shaharlarning maydoni, 
imoratlarning qavatliligi, turli-tuman injenerlik inshoatlar, ularning ishlash rejimi
14 bormoqda4. U yoki bu ko‘rinishdagi texnogen jarayonlar va hodisalar (zaxlash, botqoqlanish, sho‘rlanish, cho‘kish, surilish, qulash va x.k.) vujudga kelmoqda va rivojlanmoqda.Ma’lumki, planetamiz aholisi tezlik bilan o‘smoqda (3.1-rasm). Agar yer yuzida yashovchi aholining soni 1800 yilda 1 mlrd. kishi bo‘lgan bo‘lsa, 1900 yilda 1,65 mlrd, 2000 yilda 6 mlrd. ga yaqin kishiga yetgan. Jumladan, respublikamizda 1957 yili 8,7 mln. aholi yashagan bo‘lsa, 1997 yilda 23 mln. kishiga2 , 2002 yilda esa 25 mln. kishiga yetgan. Shu bilan birga aholi zich yashaydigan shaharlar soni ham oshib bormoqda. Agarda respublikamizda 1959 yilda 103 shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ularning soni 1996 yilga kelib 120 taga yetgan. M.Yangiboyevning (1997) ma’lumotiga ko‘ra faqat qashqadaryo viloyatidagina shaharlar soni bu vaqt mobaynida 6 tadan 17 taga, aholi soni esa 67 mingdan 483 mingga yetgan.Aholi sonining oshishi bilan, shaharlarning maydoni, imoratlarning qavatliligi, turli-tuman injenerlik inshoatlar, ularning ishlash rejimi
 
15 
 
ham o‘zgargan. Buxoro  Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarining bunyod 
etilganligi va bunyod etilish davri ularni suv bilan ta’minlash uchun olib borilgan 
dastlabki ishlar ham ana shu zamonlarga borib taqalishi bejiz emas.Sug‘orish va 
boshqa kommunikatsiya sistemalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yer osti 
suvlarining sathi yioldan yilga ko‘tarilib bormoqda. N.G.Mavlonov va 
I.B.Petruxinlarning yozishicha (2000), hozirgi kunda Toshkent shahrining 50 % 
xududi zaxlash jarayoniga uchragan. Bu yerlarda yer osti grunt suvlarining sathi yer 
yuzasidan 3-5 metr chuqurlikda yotadi. Shayhontohur va Akmal Ikromov rayonlari 
maydonidagi yer osti grunt suvlarining sathi bundan 10 yillar avvalgi holatiga 
nisbatan (20-25 m.) 7-15 metrga ko‘tarilgan. Yunusobod, Sobir Raximov, Chilonzor 
rayonlari hududida yer osti grunt suvlarining sathi yiliga 0,12-0,45 m ga 
ko‘tarilayotganligi kuzatilgan (3.2-rasm). 
Yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi o‘z navbatida shahar xududida 
tarqalgan less va lessimon jinslarining tarkibiga va fizik-mexanik hususiyatlariga 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 1968 yilda Toshkent shahri xududida o‘tkazilgan 
injener-geologik tadqiqot ishlari natijalari bilan 2002 yilda o‘tkazilgan tekshirish 
natijalarini qiyoslaganda less jinslarining qator hususiyatlari (cho‘kuvchanligi, 
namligi, mustahkamligi, zichligi va b.q.) o‘zgargan, jumladan, namligi o‘rtacha 15-
18% dan 20-25 % ga, zichligi 0,15 dan 0,25 g/sm3 ga oshgan. 
Xalq xo‘jaligining hamma sohalarida suvdan foydalanish nihoyatda yomon 
ahvolda. Faqat qishloq xo‘jaligining o‘zida eng yaxshi suvning 48-50% 
ishlayotganligi, bundan 25 % esa yo‘l-yo‘lakay sug‘orish, suv uzatish 
sistemalarining nosozligi, suvning tog‘ jins qatlamlariga bekorga singib ketishi 
oqibatida behuda sarflanmoqda. Ana shularning natijasida bugungi kunda «Orol 
fojiasi» vujudga keldi. Agar 1950-60 yillarda Orol dengizining maydoni 68,3 ming 
km2, undagi sathining obs.balandligi 53,0 m bo‘lgan bo‘lsa, 1966 yillarga kelib 
T.E.Mavlonovning ma’lumotiga ko‘ra uning maydoni 2 martaga, suvning hajmi 3,5 
martaga kamayadi, suv sathining obs.balandligi 36,0 metrga pasayadi. Dengizning 
qurib qolgan qismining maydoni 34 ming km2 ni tashkil etadi. O.Ye.Semenov, 
I.V.Rubanov, N.M.Bagdanova va boshqa mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra Orol 
dengizining qurigan maydonidan har yili 7,3 dan 43 mln. tonnagacha tuz shamol
15 ham o‘zgargan. Buxoro Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarining bunyod etilganligi va bunyod etilish davri ularni suv bilan ta’minlash uchun olib borilgan dastlabki ishlar ham ana shu zamonlarga borib taqalishi bejiz emas.Sug‘orish va boshqa kommunikatsiya sistemalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yer osti suvlarining sathi yioldan yilga ko‘tarilib bormoqda. N.G.Mavlonov va I.B.Petruxinlarning yozishicha (2000), hozirgi kunda Toshkent shahrining 50 % xududi zaxlash jarayoniga uchragan. Bu yerlarda yer osti grunt suvlarining sathi yer yuzasidan 3-5 metr chuqurlikda yotadi. Shayhontohur va Akmal Ikromov rayonlari maydonidagi yer osti grunt suvlarining sathi bundan 10 yillar avvalgi holatiga nisbatan (20-25 m.) 7-15 metrga ko‘tarilgan. Yunusobod, Sobir Raximov, Chilonzor rayonlari hududida yer osti grunt suvlarining sathi yiliga 0,12-0,45 m ga ko‘tarilayotganligi kuzatilgan (3.2-rasm). Yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi o‘z navbatida shahar xududida tarqalgan less va lessimon jinslarining tarkibiga va fizik-mexanik hususiyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 1968 yilda Toshkent shahri xududida o‘tkazilgan injener-geologik tadqiqot ishlari natijalari bilan 2002 yilda o‘tkazilgan tekshirish natijalarini qiyoslaganda less jinslarining qator hususiyatlari (cho‘kuvchanligi, namligi, mustahkamligi, zichligi va b.q.) o‘zgargan, jumladan, namligi o‘rtacha 15- 18% dan 20-25 % ga, zichligi 0,15 dan 0,25 g/sm3 ga oshgan. Xalq xo‘jaligining hamma sohalarida suvdan foydalanish nihoyatda yomon ahvolda. Faqat qishloq xo‘jaligining o‘zida eng yaxshi suvning 48-50% ishlayotganligi, bundan 25 % esa yo‘l-yo‘lakay sug‘orish, suv uzatish sistemalarining nosozligi, suvning tog‘ jins qatlamlariga bekorga singib ketishi oqibatida behuda sarflanmoqda. Ana shularning natijasida bugungi kunda «Orol fojiasi» vujudga keldi. Agar 1950-60 yillarda Orol dengizining maydoni 68,3 ming km2, undagi sathining obs.balandligi 53,0 m bo‘lgan bo‘lsa, 1966 yillarga kelib T.E.Mavlonovning ma’lumotiga ko‘ra uning maydoni 2 martaga, suvning hajmi 3,5 martaga kamayadi, suv sathining obs.balandligi 36,0 metrga pasayadi. Dengizning qurib qolgan qismining maydoni 34 ming km2 ni tashkil etadi. O.Ye.Semenov, I.V.Rubanov, N.M.Bagdanova va boshqa mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra Orol dengizining qurigan maydonidan har yili 7,3 dan 43 mln. tonnagacha tuz shamol