Gidrokimyo kursining boshlang‘ich nazariy asoslari. Gidrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

25,8 KB


 
 
 
 
 
 
Gidrokimyo kursining boshlang‘ich nazariy asoslari 
Gidrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi 
 
Ushbu mavzuda “Gidrokimyo asoslari” kursining tadqiqot ob’ekti va 
predmeti, maqsadi, vazifalari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, fanning shakllanish va 
rivojlanish tarixi hamda uning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlari bayon etiladi. 
SHuningdek mavzuda, mustaqil respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror 
rivojlantirishda gidrokimyoning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. 
 
Reja: 
1. Gidrokimyo fani, tadqiqot ob’ekti va predmeti; 
2. Fanning maqsadi, vazifalari, bo‘linishi, boshqa tabiiy fanlar bilan 
aloqalari;  
3. Qisqacha rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari; 
4. Fanning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlari; 
5. Gidrokimyoning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.  
 
YUqorida qayd etilganidek, gidrokimyo - tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini 
hamda uning makon va zamonda kimyoviy, fizik va biologik jarayonlarga bog‘liq 
holda o‘zgarishini o‘rganadigan fandir.  
 
Hozirgi kunda gidrokimyoning tadqiqot ob’ekti gidrosferadir. Ma’lumki, 
gidrosfera Er sayyorasining suv qobig‘i bo‘lib, uning tashkil etuvchilariga okeanlar, 
dengizlar, ko‘llar, daryolar, atmosfera yog‘inlari, qor qoplami, muzliklar, suv 
omborlari, er osti suvlari kabi turli xil agregat (qattiq, suyuq, gaz) holatdagi tabiiy va 
sun’iy suv havzalari kiradi.  
 
Gidrosfera va uning tashkil etuvchilari, jumladan, dunyo okeani va dengizlar, 
ko‘llar, daryolar, atmosfera yog‘inlari, qor qoplami, muzliklar, suv omborlari, er osti 
Gidrokimyo kursining boshlang‘ich nazariy asoslari Gidrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi Ushbu mavzuda “Gidrokimyo asoslari” kursining tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi, vazifalari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, fanning shakllanish va rivojlanish tarixi hamda uning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlari bayon etiladi. SHuningdek mavzuda, mustaqil respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda gidrokimyoning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Reja: 1. Gidrokimyo fani, tadqiqot ob’ekti va predmeti; 2. Fanning maqsadi, vazifalari, bo‘linishi, boshqa tabiiy fanlar bilan aloqalari; 3. Qisqacha rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari; 4. Fanning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlari; 5. Gidrokimyoning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. YUqorida qayd etilganidek, gidrokimyo - tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini hamda uning makon va zamonda kimyoviy, fizik va biologik jarayonlarga bog‘liq holda o‘zgarishini o‘rganadigan fandir. Hozirgi kunda gidrokimyoning tadqiqot ob’ekti gidrosferadir. Ma’lumki, gidrosfera Er sayyorasining suv qobig‘i bo‘lib, uning tashkil etuvchilariga okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, atmosfera yog‘inlari, qor qoplami, muzliklar, suv omborlari, er osti suvlari kabi turli xil agregat (qattiq, suyuq, gaz) holatdagi tabiiy va sun’iy suv havzalari kiradi. Gidrosfera va uning tashkil etuvchilari, jumladan, dunyo okeani va dengizlar, ko‘llar, daryolar, atmosfera yog‘inlari, qor qoplami, muzliklar, suv omborlari, er osti  
 
suvlari va boshqa suv havzalarida kechadigan gidrokimyoviy jarayonlar 
qonuniyatlarini o‘rganish gidrokimyoning tadqiqot predmeti hisoblanadi. 
 
Gidrokimyo fanini o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga sayyoramizning suv 
qobig‘i-gidrosfera va uning tashkil etuvchilarida kechadigan gidrokimyoviy 
jarayonlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining 
atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan gidrologik va 
gidrokimyoviy hodisalarning mohiyatini, shuningdek, tabiiy suvlar kimyoviy 
tarkibining shakllanish qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat. 
Fanning namunaviy dasturida bayon etilganidek, gidrokimyoning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) o‘quvchilarga gidrokimyo asoslaridan, ya’ni suvning eritma sifatidagi 
tarkibi, tuzilishi va xossalari, tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi, ularning tasniflari 
haqida nazariy bilimlar berish; 
2) o‘quvchilarda umumiy va regional gidrokimyo, jumladan, atmosfera 
yog‘inlari, daryolar, ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi, er osti suvlari kimyoviy 
tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari, gidrokimyoviy zonallik haqida tasavvur hosil 
qilish;  
3) o‘quvchilarga amaliy gidrokimyo sohasida tabiiy suvlarni kimyoviy tahlil 
qilish usullari, suvning sifatini turli maqsadlar uchun baholash, suv ob’ektlarida 
gidrokimyoviy tadqiqotlar olib borish, gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini 
umumlashtirish, suv ob’ektlarini muhofaza qilish haqida nazariy bilimlar berish 
hamda ularda ushbu bilimlardan amalda foydalana olish bo‘yicha ko‘nikmalar, 
malaka va tajriba hosil qilishdir. 
“Gidrokimyo asoslari” fanini o‘rganishda o‘quvchilar ta’limning dastlabki 
bosqichlarida o‘qitiladigan kimyo, fizika, matematika fanlari bilan bir qatorda 
ekologiya va atrof muhit muhofazasi, gidrometriya, gidrologiya asoslari, gidrologik 
hisoblashlar, gidrologik prognozlar kabi fanlaridan egallagan bilimlariga 
tayanadilar. 
“Gidrokimyo” fan sifatida o‘tgan XX asrning o‘rtalarida e’tirof etildi. Lekin, 
uning ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Masalan, qadimgi grek olimi, yangi 
eradan oldingi 624-543 yillarda yashab o‘tgan Fales Miletskiyning fikricha, hamma 
narsalar suvdan kelib chiqqan va yana suvga qaytadi. Suvning uch agregat holatda, 
suvlari va boshqa suv havzalarida kechadigan gidrokimyoviy jarayonlar qonuniyatlarini o‘rganish gidrokimyoning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Gidrokimyo fanini o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga sayyoramizning suv qobig‘i-gidrosfera va uning tashkil etuvchilarida kechadigan gidrokimyoviy jarayonlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan gidrologik va gidrokimyoviy hodisalarning mohiyatini, shuningdek, tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanish qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat. Fanning namunaviy dasturida bayon etilganidek, gidrokimyoning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) o‘quvchilarga gidrokimyo asoslaridan, ya’ni suvning eritma sifatidagi tarkibi, tuzilishi va xossalari, tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi, ularning tasniflari haqida nazariy bilimlar berish; 2) o‘quvchilarda umumiy va regional gidrokimyo, jumladan, atmosfera yog‘inlari, daryolar, ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi, er osti suvlari kimyoviy tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari, gidrokimyoviy zonallik haqida tasavvur hosil qilish; 3) o‘quvchilarga amaliy gidrokimyo sohasida tabiiy suvlarni kimyoviy tahlil qilish usullari, suvning sifatini turli maqsadlar uchun baholash, suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqotlar olib borish, gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish, suv ob’ektlarini muhofaza qilish haqida nazariy bilimlar berish hamda ularda ushbu bilimlardan amalda foydalana olish bo‘yicha ko‘nikmalar, malaka va tajriba hosil qilishdir. “Gidrokimyo asoslari” fanini o‘rganishda o‘quvchilar ta’limning dastlabki bosqichlarida o‘qitiladigan kimyo, fizika, matematika fanlari bilan bir qatorda ekologiya va atrof muhit muhofazasi, gidrometriya, gidrologiya asoslari, gidrologik hisoblashlar, gidrologik prognozlar kabi fanlaridan egallagan bilimlariga tayanadilar. “Gidrokimyo” fan sifatida o‘tgan XX asrning o‘rtalarida e’tirof etildi. Lekin, uning ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Masalan, qadimgi grek olimi, yangi eradan oldingi 624-543 yillarda yashab o‘tgan Fales Miletskiyning fikricha, hamma narsalar suvdan kelib chiqqan va yana suvga qaytadi. Suvning uch agregat holatda,  
 
ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon ko‘rinishlarda bo‘lishi ham dastlab shu olim 
tomonidan qayd etilgan. YAna bir grek olimi Platon (yangi eradan oldingi 427-347 
yillar) esa suvning to‘rt asosiy unsur - olov, havo, suv, erdan biri sifatida o‘rgangan. 
Uning tabiatda suvning ahamiyatiga oid g‘oyalari keyinchalik shogirdi Aristotel 
(yangi eradan oldingi 384-322 yillar) tomonidan rivojlantirilgan. Aristotelning 
ta’kidlashicha, suv minerallar tarkibiga kiradi, ammo minerallarning asosiy elementi 
olov hisoblanadi.  
Qadimgi rimliklar va greklarning, aniqrog‘i Aristotelning naturfalsafasi sharq 
olimlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, Abu Ali ibn Sino “Tabobat ilmi” 
kitobida “Suv o‘z tabiiy xususiyati va er kuchiga bog‘liq holda erga singishi yoki, 
aksincha, erning tabiiy xususiyatlari va suv kuchlari ta’sirida erdan sizib chiqishi 
mumkin”. 
Ma’lumki, necha ming yillar davomida na Evropada, na Osiyoda gidrosferada 
sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarni aniq tushuntirib beruvchi ilmiy ishlar 
bo‘lmagan. Faqat A.Lavuaze (1743-1794 yillar) shisha idishda suvni qaynatish 
jarayoni ustida tajriba o‘tkazib, suv aksariyat qattiq jinslarni hosil qiluvchi modda 
ekanligini isbotlab berdi. U suvning kimyoviy tarkibini aniqlash masalasiga ham 
katta hissa qo‘shdi. 
Tabiiy suvlarni chuqur o‘rganish masalasi rus olimi M.V.Lomonosov 
tadqiqotlari bilan chambarchas bog‘likdir. SHuning uchun ham uni birinchi rus 
geoximigi va gidroximigi deb hisoblaydilar.  
O‘tgan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida, dunyo miqyosida, sanoat 
ishlab chiqarishi va texnikaning rivojlanishi natijasida turli xil texnologik 
jarayonlarda foydalaniladigan suvlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish va 
baholashga juda katta ehtiyoj sezila boshladi. SHu davrlardan boshlab gidrokimyoga 
alohida e’tibor qaratildi. Masalan, 1882 yilda Rossiya geologiya qo‘mitasi 
tasdiqlanib, u artezian havzalardagi er osti suvlarini o‘rganish bo‘yicha 
gidrogeologik tadqiqotlarini tashkil etdi. Ushbu tadqiqotlarda birinchi marta er usti 
va er osti suvlarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plandi. 
SHu yillarda tabiiy suv va uning eritmalari haqidagi bilimlarning yanada 
rivojlanishiga D.I.Mendeleev, A.M.Butlerov, N.S.Kurnakov, V.I.Vernadskiy va 
boshqalarning dunyo miqyosida tan olingan kimyo maktablari juda katta hissa 
ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon ko‘rinishlarda bo‘lishi ham dastlab shu olim tomonidan qayd etilgan. YAna bir grek olimi Platon (yangi eradan oldingi 427-347 yillar) esa suvning to‘rt asosiy unsur - olov, havo, suv, erdan biri sifatida o‘rgangan. Uning tabiatda suvning ahamiyatiga oid g‘oyalari keyinchalik shogirdi Aristotel (yangi eradan oldingi 384-322 yillar) tomonidan rivojlantirilgan. Aristotelning ta’kidlashicha, suv minerallar tarkibiga kiradi, ammo minerallarning asosiy elementi olov hisoblanadi. Qadimgi rimliklar va greklarning, aniqrog‘i Aristotelning naturfalsafasi sharq olimlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, Abu Ali ibn Sino “Tabobat ilmi” kitobida “Suv o‘z tabiiy xususiyati va er kuchiga bog‘liq holda erga singishi yoki, aksincha, erning tabiiy xususiyatlari va suv kuchlari ta’sirida erdan sizib chiqishi mumkin”. Ma’lumki, necha ming yillar davomida na Evropada, na Osiyoda gidrosferada sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarni aniq tushuntirib beruvchi ilmiy ishlar bo‘lmagan. Faqat A.Lavuaze (1743-1794 yillar) shisha idishda suvni qaynatish jarayoni ustida tajriba o‘tkazib, suv aksariyat qattiq jinslarni hosil qiluvchi modda ekanligini isbotlab berdi. U suvning kimyoviy tarkibini aniqlash masalasiga ham katta hissa qo‘shdi. Tabiiy suvlarni chuqur o‘rganish masalasi rus olimi M.V.Lomonosov tadqiqotlari bilan chambarchas bog‘likdir. SHuning uchun ham uni birinchi rus geoximigi va gidroximigi deb hisoblaydilar. O‘tgan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida, dunyo miqyosida, sanoat ishlab chiqarishi va texnikaning rivojlanishi natijasida turli xil texnologik jarayonlarda foydalaniladigan suvlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish va baholashga juda katta ehtiyoj sezila boshladi. SHu davrlardan boshlab gidrokimyoga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, 1882 yilda Rossiya geologiya qo‘mitasi tasdiqlanib, u artezian havzalardagi er osti suvlarini o‘rganish bo‘yicha gidrogeologik tadqiqotlarini tashkil etdi. Ushbu tadqiqotlarda birinchi marta er usti va er osti suvlarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plandi. SHu yillarda tabiiy suv va uning eritmalari haqidagi bilimlarning yanada rivojlanishiga D.I.Mendeleev, A.M.Butlerov, N.S.Kurnakov, V.I.Vernadskiy va boshqalarning dunyo miqyosida tan olingan kimyo maktablari juda katta hissa  
 
qo‘shdilar. 
YUqorida qayd etilganidek, quruqlik suvlari kimyoviy tarkibi va sifatini 
o‘rganishda XX asrning birinchi yarmida A.I.Voeykov, L.S.Berg, E.S.Markov, 
I.I.Lepexin, 
V.G.Glushkov, 
A.A.Sokolov, 
O.A.Alyokin, 
keyincharoq 
esa 
A.I.CHebotarev, 
G.A.Avsyuk, 
M.I.Lvovich, 
S.M.Grigorev, 
G.P.Kalinin, 
A.F.Lebedev, M.G.Valyashko, A.V.Karaushev, N.I.Tolstixin, S.A.SHukarev, 
A.M.Nikanorov, P.P.Voronkov va boshqa olimlarning hissalari juda katta bo‘ldi. 
O‘rta Osiyoda, aniqrog‘i, O‘zbekistonda gidrokimyoviy tadqiqotlarning 
hamda shu fanning rivojlanishiga B.T.Kirsta, F.E.Rubinova, YU.N.Ivanov, 
E.M.Vidineeva, 
A.M.Nikitin, 
N.E.Gorelkin, 
I.N.Stepanov, 
Z.S.Sirliboeva, 
E.I.CHembarisov, 
B.A.Baxritdinov, 
R.M.Razakov, 
G.A.Tolkacheva, 
X.S.Tojimuxamedov, M.A.YAkubov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Hozirgi 
kunda 
ushbu 
yo‘nalishdagi 
tadqiqotlar 
B.E.Adenbaev, 
Z.A.Smanova, 
T.A.Axmedova, S.R.SHodiev, R.T.Xojamuratova kabi yosh olimlar tomonidan 
muvafaqqiyatli davom ettirilmoqda. 
Bugungi kunga kelib, tabiiy suvlar sifatiga inson omilining ta’siri kuchaygan 
sharoitda, gidrokimyo fani yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Inson 
xo‘jalik faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitning, shu jumladan, tabiiy 
suvlarning ifloslanishi tufayli ularni tahlil qilishning yangi usullarini yaratish va 
amaliyotga tezda tadbiq etishga ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Huddi shu 
masalalarni o‘rganish va ularning echimini topish bog‘liq vazifalar O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 
- O‘zgidromet, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi tizimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus bo‘limlar va laboratoriyalar 
zimmasiga yuklatilgan. 
Ayni paytda Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida gidrokimyo sohasi bo‘yicha 
mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularda “Gidrokimyo”, 
“Suv 
havzalari 
kimyosi”, 
“Ko‘llar 
va 
suv 
omborlari 
gidrokimyosi”, 
“Gidrogeokimyo” kabi fanlarni o‘qitish yo‘lga quyilgan.  
 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1. Gidrokimyo faninig tadqiqot ob’ekti va predmetini eslang. 
qo‘shdilar. YUqorida qayd etilganidek, quruqlik suvlari kimyoviy tarkibi va sifatini o‘rganishda XX asrning birinchi yarmida A.I.Voeykov, L.S.Berg, E.S.Markov, I.I.Lepexin, V.G.Glushkov, A.A.Sokolov, O.A.Alyokin, keyincharoq esa A.I.CHebotarev, G.A.Avsyuk, M.I.Lvovich, S.M.Grigorev, G.P.Kalinin, A.F.Lebedev, M.G.Valyashko, A.V.Karaushev, N.I.Tolstixin, S.A.SHukarev, A.M.Nikanorov, P.P.Voronkov va boshqa olimlarning hissalari juda katta bo‘ldi. O‘rta Osiyoda, aniqrog‘i, O‘zbekistonda gidrokimyoviy tadqiqotlarning hamda shu fanning rivojlanishiga B.T.Kirsta, F.E.Rubinova, YU.N.Ivanov, E.M.Vidineeva, A.M.Nikitin, N.E.Gorelkin, I.N.Stepanov, Z.S.Sirliboeva, E.I.CHembarisov, B.A.Baxritdinov, R.M.Razakov, G.A.Tolkacheva, X.S.Tojimuxamedov, M.A.YAkubov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar B.E.Adenbaev, Z.A.Smanova, T.A.Axmedova, S.R.SHodiev, R.T.Xojamuratova kabi yosh olimlar tomonidan muvafaqqiyatli davom ettirilmoqda. Bugungi kunga kelib, tabiiy suvlar sifatiga inson omilining ta’siri kuchaygan sharoitda, gidrokimyo fani yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Inson xo‘jalik faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitning, shu jumladan, tabiiy suvlarning ifloslanishi tufayli ularni tahlil qilishning yangi usullarini yaratish va amaliyotga tezda tadbiq etishga ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Huddi shu masalalarni o‘rganish va ularning echimini topish bog‘liq vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus bo‘limlar va laboratoriyalar zimmasiga yuklatilgan. Ayni paytda Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida gidrokimyo sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularda “Gidrokimyo”, “Suv havzalari kimyosi”, “Ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi”, “Gidrogeokimyo” kabi fanlarni o‘qitish yo‘lga quyilgan. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Gidrokimyo faninig tadqiqot ob’ekti va predmetini eslang.  
 
2. Gidrokimyo faning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?  
3. Gidrokimyo faninig rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
4. Fanning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. 
5. Gidrokimyoning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini yoritib bering.  
6. O‘zbekistonda gidrokimyoviy tadqiqotlarni rivojlantirishga hissa qo‘shgan 
olimlarni bilasizmi? 
7. Respublikamizda gidrokimyoviy tadqiqotlar va gidrokimyoviy kuzatishlar 
olib boradigan qanday tashkilotlarni bilasiz? 
 
2. Gidrokimyo faning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 3. Gidrokimyo faninig rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Fanning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. 5. Gidrokimyoning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini yoritib bering. 6. O‘zbekistonda gidrokimyoviy tadqiqotlarni rivojlantirishga hissa qo‘shgan olimlarni bilasizmi? 7. Respublikamizda gidrokimyoviy tadqiqotlar va gidrokimyoviy kuzatishlar olib boradigan qanday tashkilotlarni bilasiz?