Gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

26,6 KB


 
 
 
 
 
 
 
Gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish 
 
 
 
Ushbu mavzuda o‘quvchilarni suv ob’ektlarida gidrokimyoviy kuzatish 
ma’lumotlarini umumlashtirish ishlari bilan tanishtiriladi. 
Reja: 
1. Gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirishning maqsadi va 
vazifalari; 
2. Suv ob’ektlarini kuzatish ma’lumotlai asosida tayyorlangan axborotlarning  
turlari; 
3. Tezkor- shtorm axborotlar; 
4. Joriy - rejimli axborotlar; 
5. Umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar; 
6. Iste’molchi talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlar 
  
Hozirgi kunda mustaqil respublikamizning deyarli barcha yirik suv ob’ektlarida 
gidrokimyoviy kuzatishlar olib boriladi. Bu ishlar umumdavlat kuzatish va nazorat 
qilish xizmati (OGSNK) tarmoqlarida amalga oshiriladi. Kuzatishlar natijasida 
olingan gidrokimyoviy ma’lumotlar juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. 
CHunki ulardan xalq xo‘jaligining suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchilari 
hisoblangan barcha sohalarida keng qo‘llaniladi. 
 Suv ob’ektlari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan 
materiallarni quyidagi to‘rt turga bo‘lish mumkin: 
tezkor-shtorm axborotlar; 
joriy - rejimli axborotlar; 
umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar; 
iste’molchi talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlar. 
Gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish Ushbu mavzuda o‘quvchilarni suv ob’ektlarida gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish ishlari bilan tanishtiriladi. Reja: 1. Gidrokimyoviy kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirishning maqsadi va vazifalari; 2. Suv ob’ektlarini kuzatish ma’lumotlai asosida tayyorlangan axborotlarning turlari; 3. Tezkor- shtorm axborotlar; 4. Joriy - rejimli axborotlar; 5. Umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar; 6. Iste’molchi talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlar Hozirgi kunda mustaqil respublikamizning deyarli barcha yirik suv ob’ektlarida gidrokimyoviy kuzatishlar olib boriladi. Bu ishlar umumdavlat kuzatish va nazorat qilish xizmati (OGSNK) tarmoqlarida amalga oshiriladi. Kuzatishlar natijasida olingan gidrokimyoviy ma’lumotlar juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. CHunki ulardan xalq xo‘jaligining suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchilari hisoblangan barcha sohalarida keng qo‘llaniladi. Suv ob’ektlari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan materiallarni quyidagi to‘rt turga bo‘lish mumkin: tezkor-shtorm axborotlar; joriy - rejimli axborotlar; umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar; iste’molchi talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlar.  
 
 
Tezkor-shtorm axborotlar xavfli gidrokimyoviy vaziyatlar, jumladan suv 
sifatining keskin yomonlashishi, suvdagi flora va faunaning nobud bo‘la boshlashi 
kabi holatlar yuzaga kelganda beriladi. Ular kuzatuv postlari yoki stansiyalardan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika gidrometeorologiya xizmati markaziga yoki uning 
viloyat boshqarmalariga, davlat boshqaruv apparatlariga, shaharlar yoki qishloq 
kengashlariga hamda maxsus tashkilotlarga telegramma, radiogramma  va boshqa 
shakllarda yuboriladi. 
 Joriy-rejimli axborotlar ikki xil shaklda taqdim etiladi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet 
tomonidan 
har 
chorakda 
bosma 
shaklda 
chiqariladigan 
gidrokimyoviy 
byulletenlarda beriladi. Ularda er usti suvlarining ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar 
aks ettiriladi; 
2) suv havzalaridagi xavfli va o‘ta xavfli ifloslantiruvchi moddalar 
konsentratsiyalari haqidagi ma’lumotnomalar. 
 Umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar ham O‘zgidromet tomonidan  ikki xil 
ko‘rinishda taqdim etiladi:  
1) suv havzalaridagi suvning sifati haqida chorak, yarim yillik va yillik 
ma’lumotnomalar ko‘rinishida;  
2) er usti suvlarining ifloslanishi haqida yillik umumlashtirilgan ma’lumotlar 
shaklida. 
 Turli tashkilotlar, jumladan davlat boshqaruv tizimi, mahalliy hokimiyatlar, 
ilmiy tadqiqot muassasalari, suv xo‘jaligi tizimi va boshqalar buyurtmalari bo‘yicha 
tayyorlangan ma’lumotlar - iste’molchilar talablari bo‘yicha tayyorlanadigan 
axborotlar turkumiga kiradi. Buyurtmachilar - iste’molchilarga kerakli bo‘lgan bu 
turdagi ma’lumotlar gidrokimyoviy byulletenlar, chorak, yarim yillik va yillik 
ma’lumotnomalar 
asosida, 
hududiy 
gidrometeorologik 
boshqarmalarda 
tayyorlanadi. 
 Gidrokimyoviy byulletenlarda ayrim regionlar va daryo havzalarida suvning 
sifatini kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi. U yuza 
suvlar ifloslanishining yillik holatini tahlil qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat 
qiladi.  
Tezkor-shtorm axborotlar xavfli gidrokimyoviy vaziyatlar, jumladan suv sifatining keskin yomonlashishi, suvdagi flora va faunaning nobud bo‘la boshlashi kabi holatlar yuzaga kelganda beriladi. Ular kuzatuv postlari yoki stansiyalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika gidrometeorologiya xizmati markaziga yoki uning viloyat boshqarmalariga, davlat boshqaruv apparatlariga, shaharlar yoki qishloq kengashlariga hamda maxsus tashkilotlarga telegramma, radiogramma va boshqa shakllarda yuboriladi. Joriy-rejimli axborotlar ikki xil shaklda taqdim etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet tomonidan har chorakda bosma shaklda chiqariladigan gidrokimyoviy byulletenlarda beriladi. Ularda er usti suvlarining ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi; 2) suv havzalaridagi xavfli va o‘ta xavfli ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyalari haqidagi ma’lumotnomalar. Umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar ham O‘zgidromet tomonidan ikki xil ko‘rinishda taqdim etiladi: 1) suv havzalaridagi suvning sifati haqida chorak, yarim yillik va yillik ma’lumotnomalar ko‘rinishida; 2) er usti suvlarining ifloslanishi haqida yillik umumlashtirilgan ma’lumotlar shaklida. Turli tashkilotlar, jumladan davlat boshqaruv tizimi, mahalliy hokimiyatlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, suv xo‘jaligi tizimi va boshqalar buyurtmalari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar - iste’molchilar talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlar turkumiga kiradi. Buyurtmachilar - iste’molchilarga kerakli bo‘lgan bu turdagi ma’lumotlar gidrokimyoviy byulletenlar, chorak, yarim yillik va yillik ma’lumotnomalar asosida, hududiy gidrometeorologik boshqarmalarda tayyorlanadi. Gidrokimyoviy byulletenlarda ayrim regionlar va daryo havzalarida suvning sifatini kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi. U yuza suvlar ifloslanishining yillik holatini tahlil qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.  
 
 
 Mamlakatimizdagi suv resurslari, ularning sifati davlat kuzatuvi va nazoratida 
turadi. Bu esa, o‘z navbatida, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida suv resurslaridan samarali 
foydalanishni tashkil etishga imkon beradi. Zero, har qanday mamlakatning qishloq 
xo‘jaligi, 
sanoati, 
kommunal-maishiy 
tarmoqlari 
va 
boshqa 
sohalarida 
foydalaniladigan suvlarning miqdorini hamda sifatini qat’iy nazorat qilishni shu yo‘l 
bilangina tartibga solish mumkin. YUqorida qayd etilganlardan tashqari, tabiiy 
suvlarni ifloslanishdan saqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar dasturini 
ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1. Suv ob’ektlari holati to‘g‘risidagi axborotlar nechta turga bo‘linadi? 
2.  Tezkor-shtorm axborotlari qanday vaziyatlarda yuboriladi? 
3. Joriy-rejimli axborotlar necha xil shaklda taqdim etiladi? 
4. Umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar qanday ko‘rinishlarda taqdim etiladi? 
5. Iste’molchilar talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlarga tavsif bering. 
 
Mamlakatimizdagi suv resurslari, ularning sifati davlat kuzatuvi va nazoratida turadi. Bu esa, o‘z navbatida, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishga imkon beradi. Zero, har qanday mamlakatning qishloq xo‘jaligi, sanoati, kommunal-maishiy tarmoqlari va boshqa sohalarida foydalaniladigan suvlarning miqdorini hamda sifatini qat’iy nazorat qilishni shu yo‘l bilangina tartibga solish mumkin. YUqorida qayd etilganlardan tashqari, tabiiy suvlarni ifloslanishdan saqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Suv ob’ektlari holati to‘g‘risidagi axborotlar nechta turga bo‘linadi? 2. Tezkor-shtorm axborotlari qanday vaziyatlarda yuboriladi? 3. Joriy-rejimli axborotlar necha xil shaklda taqdim etiladi? 4. Umumlashtirilgan - tavsifli axborotlar qanday ko‘rinishlarda taqdim etiladi? 5. Iste’molchilar talablari bo‘yicha tayyorlanadigan axborotlarga tavsif bering.