GIDROMORF TUPROQLAR. Gidromorf tuproqlar. Tuproqlar gidromorfizmi va gidromorf tuproq paydo bo'lish jarayoni

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

23,4 KB


 
 
 
 
 
 
GIDROMORF TUPROQLAR 
 
 
REJA 
1.  Gidromorf tuproqlar 
2. Tuproqlar gidromorfizmi va gidromorf tuproq paydo bo'lish jarayoni.  
3. Gidromorf tuproqlar sistematikasi. 
 
Gidromorf (gidrogenli) tuproqlarga ma'lum tabiiy mintaqadagi  normal tuproq 
qoplamining namlanishiga nisbatan oshiqcha namlanish sharoitida shakllangan, 
tuproqlarning katta guruhi kiradi. Gidromorf tuproqlar quyidagi hodisalar tufayli 
shakllanadi: 1) sizot suvlarning er yuzasiga yaqin joylashishi yoki davriy ravishda 
ko'tarilishi (sizot – suv gidromorfizmi); 2) atmosfera yog'inlarining pastki qatlamlarga 
yoki qiyalik bo'yicha oqib chiqib ketmaydigan sharoitda ularning er ustida turib qolishi 
(yuza, yoki atmosfera, gidromorfizmi); 3) sizot-suv va yuza gidromorfizmlarning 
birgalikda sodir bo'lishi; 4) suv o'tkazmaydigan gorizontlar ustida tuproq qalinligi 
chegarasida davriy ravishda yuza oshiqcha namlanishning shakllanishi (tuproq ichki 
gidromorfizmi); 5) daryo sohillarining toshqin suvlari bilan davriy ravishda suv 
bosishi, odatda er yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlari ham bunda ishtirok etadi 
(sohil yoki allyuvial gidromorfizmi, amfibal gidromorfizm); 6) to'qayzorlar, marshlar, 
mangrolar, daryo delьtalari va dengiz va ko'l qirg'oqlari xududlarini suv bosishi 
natijasida doimiy suv bilan to'yinishi (marsh gidromorfizmi); 7) sholi ekinlganda 
tuproq yuzasining uzoq muddatli davriy suv bosishi (sholichilik gidromorfizmi). 
Barcha hollarda gidromorf tuproqlar tranzit yoki ko'pchilik hollarda, akkumulyativ 
landshaft – geokimyoviy sharoitlarda shakllanadi. Shu munosabat bilan ushbu 
tuproqlar, odatda, u yoki bu birikmalarning migratsiyasi (ko'chishi) yo'lida 
GIDROMORF TUPROQLAR REJA 1. Gidromorf tuproqlar 2. Tuproqlar gidromorfizmi va gidromorf tuproq paydo bo'lish jarayoni. 3. Gidromorf tuproqlar sistematikasi. Gidromorf (gidrogenli) tuproqlarga ma'lum tabiiy mintaqadagi normal tuproq qoplamining namlanishiga nisbatan oshiqcha namlanish sharoitida shakllangan, tuproqlarning katta guruhi kiradi. Gidromorf tuproqlar quyidagi hodisalar tufayli shakllanadi: 1) sizot suvlarning er yuzasiga yaqin joylashishi yoki davriy ravishda ko'tarilishi (sizot – suv gidromorfizmi); 2) atmosfera yog'inlarining pastki qatlamlarga yoki qiyalik bo'yicha oqib chiqib ketmaydigan sharoitda ularning er ustida turib qolishi (yuza, yoki atmosfera, gidromorfizmi); 3) sizot-suv va yuza gidromorfizmlarning birgalikda sodir bo'lishi; 4) suv o'tkazmaydigan gorizontlar ustida tuproq qalinligi chegarasida davriy ravishda yuza oshiqcha namlanishning shakllanishi (tuproq ichki gidromorfizmi); 5) daryo sohillarining toshqin suvlari bilan davriy ravishda suv bosishi, odatda er yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlari ham bunda ishtirok etadi (sohil yoki allyuvial gidromorfizmi, amfibal gidromorfizm); 6) to'qayzorlar, marshlar, mangrolar, daryo delьtalari va dengiz va ko'l qirg'oqlari xududlarini suv bosishi natijasida doimiy suv bilan to'yinishi (marsh gidromorfizmi); 7) sholi ekinlganda tuproq yuzasining uzoq muddatli davriy suv bosishi (sholichilik gidromorfizmi). Barcha hollarda gidromorf tuproqlar tranzit yoki ko'pchilik hollarda, akkumulyativ landshaft – geokimyoviy sharoitlarda shakllanadi. Shu munosabat bilan ushbu tuproqlar, odatda, u yoki bu birikmalarning migratsiyasi (ko'chishi) yo'lida  
 
geokimyoviy barьer ( to'siq) bo'lib xizmat qiladi. Sernam (gumid) rayonlarda organik 
moddalar, kremniy, temir, marganets, fosfor birikmalari, quruq (arid) rayonlarda esa 
ohak, gips, suvda eruvchi tuzlar to'planadi. Barcha hollarda ular u yoki bu 
mikroelementlar, shu jumladan radioaktiv izotoplarining ushlanib qolishida tuzoq 
bo'lib xizmat qiladi.  
 
Gidromorf tuproqlar oksidlanish-qaytarilish rejimining o'ziga xosligi, 
kimyoviy yoki biokimyoviy (mikrobiologik) qaytarilish jarayonlarining rivojlanishiga 
va tuproq Σh ning past (100-200 mV gacha) ba'zan xatto manfiy ko'rsatkichgacha 
tushishiga olib keluvchi, ularning davriy yoki doimiy oshiqcha namlanishi va mos 
ravishda anaerobiozisi bilan bog'liq. Faqat ba'zi hollardagina yaxshi zovurlangan 
sharoitda yuqori kislorodli kuchli oksidlangan suvlar bilan oshiqcha namlanganda 
gidromorf tuproqlarda yuqori (500-600 mV) Σh ko'rsatkichli oksidlanadigan muhit 
saqlanishi mumkin.  Gleylanish – bu, gidromorf tuproqlar uchun xarakterli bo'lgan, 
spetsifik elementar tuproq jarayonidir. “Gleylanish” (gley hosil bo'lish, gleyning 
shakllanishi, gleyli jarayon) atamasi rus halqining “gley” (“berch”) so'zidan kelib 
chiqqan bo'lib, T.N.Visotskiy tomonidan 1905 yilda ilmiy lug'atga kiritilgan va halqaro 
atama sifatida yuritilmoqda. Tuproqning gleylanishi tuproq massasining uzoq davom 
etadigan mavsumiy yoki doimiy oshiqcha namlanishi va anaerobiozis va oksidlanish-
qaytarilishi potentsiali.ning past ko'rsatkichlari sharoitida qaytarilish jarayonlari 
rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Ko'p jihatdan bu, tuproq mikroflorasining 
anaerob faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, biokimyoviy jarayondir, qaysiki tuproqni sun'iy 
gleylanishi bo'yicha o'tkazilgan ko'p sonli eksperimentlar bilan isbotlangan. Bunda, 
organik moddalar va temir, marganets, oltingugurt birikmalarining oksidlanish-
qaytarilish transformatsiyasi hisobiga energiya oladigan, mikroorganizmlar katta rolь 
o'ynaydi. 
Odatda gley gorizontlari o'simliklar uchun zararli ko'pgina moddalarni, 
shuningdek zararli gazlar-metan, fosfin, kam oksidlangan azot va uglerod oksidlarini 
saqlaydi. O'simliklar uchun qulay azot ammiakli shaklda uchraydi, nitratlar amalda 
umuman yo'q Tuproqnig gleylanishi yoppasiga bo'lmaydi: gleylangan gorizontlarda 
oksidlangan va qaytarilgan zonalarning almashinishi kuzatiladi. Gleylashgan 
geokimyoviy barьer ( to'siq) bo'lib xizmat qiladi. Sernam (gumid) rayonlarda organik moddalar, kremniy, temir, marganets, fosfor birikmalari, quruq (arid) rayonlarda esa ohak, gips, suvda eruvchi tuzlar to'planadi. Barcha hollarda ular u yoki bu mikroelementlar, shu jumladan radioaktiv izotoplarining ushlanib qolishida tuzoq bo'lib xizmat qiladi. Gidromorf tuproqlar oksidlanish-qaytarilish rejimining o'ziga xosligi, kimyoviy yoki biokimyoviy (mikrobiologik) qaytarilish jarayonlarining rivojlanishiga va tuproq Σh ning past (100-200 mV gacha) ba'zan xatto manfiy ko'rsatkichgacha tushishiga olib keluvchi, ularning davriy yoki doimiy oshiqcha namlanishi va mos ravishda anaerobiozisi bilan bog'liq. Faqat ba'zi hollardagina yaxshi zovurlangan sharoitda yuqori kislorodli kuchli oksidlangan suvlar bilan oshiqcha namlanganda gidromorf tuproqlarda yuqori (500-600 mV) Σh ko'rsatkichli oksidlanadigan muhit saqlanishi mumkin. Gleylanish – bu, gidromorf tuproqlar uchun xarakterli bo'lgan, spetsifik elementar tuproq jarayonidir. “Gleylanish” (gley hosil bo'lish, gleyning shakllanishi, gleyli jarayon) atamasi rus halqining “gley” (“berch”) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, T.N.Visotskiy tomonidan 1905 yilda ilmiy lug'atga kiritilgan va halqaro atama sifatida yuritilmoqda. Tuproqning gleylanishi tuproq massasining uzoq davom etadigan mavsumiy yoki doimiy oshiqcha namlanishi va anaerobiozis va oksidlanish- qaytarilishi potentsiali.ning past ko'rsatkichlari sharoitida qaytarilish jarayonlari rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Ko'p jihatdan bu, tuproq mikroflorasining anaerob faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, biokimyoviy jarayondir, qaysiki tuproqni sun'iy gleylanishi bo'yicha o'tkazilgan ko'p sonli eksperimentlar bilan isbotlangan. Bunda, organik moddalar va temir, marganets, oltingugurt birikmalarining oksidlanish- qaytarilish transformatsiyasi hisobiga energiya oladigan, mikroorganizmlar katta rolь o'ynaydi. Odatda gley gorizontlari o'simliklar uchun zararli ko'pgina moddalarni, shuningdek zararli gazlar-metan, fosfin, kam oksidlangan azot va uglerod oksidlarini saqlaydi. O'simliklar uchun qulay azot ammiakli shaklda uchraydi, nitratlar amalda umuman yo'q Tuproqnig gleylanishi yoppasiga bo'lmaydi: gleylangan gorizontlarda oksidlangan va qaytarilgan zonalarning almashinishi kuzatiladi. Gleylashgan  
 
gorizontlar tusining olachiporligi: ko'kimtir (zangori, yashilsimon) va oxrali (sarg'ish, 
qizil), zangli dog'larning navbatma-navbat almashinishidan kelib chiqadi. Qaytarilish 
va oksidlanish sharoitlarning davriy almashinib turgan holatida tuproqning yuqori 
konkretsiyaliligi  -  tuproq asosiy massasining oqartirilishi va temir va marganets 
birikmalarining konkretsiyalarga segregatsiyalanishi (aylanishi) kuzatiladi. Suvlarning  
qisman oqib ketishi yoki doimiy oqishi evaziga  oshiqcha namlangan holatida,  suvda 
eriydigan, shu jumladan temir birikmalarining yuvilib ketilishi sodir bo'ladi va bu gley-
elyuvial yoki yolg'on gley gorizontlarning  shakllanishiga olib keladi.Odatda 
tuproqlarning turli darajada gleylangan gorizontlari uchraydi. Gleysimon tuproqda 
gleylanish ayrim dog'lar holida ifodalangan; gleylida – yaxlit gley gorzont mavjud. 
Tuproqlar yuza- va chuqur-gleysimon, yuza- va chuqur-gleyli bo'lishi mumkin. 
Gidromorf tuproqlar sistematikasi. Umuman aytganda, gidromorf tuproqlar 
klassifikatsion jihatdan tuproqlarning bir butun guruhini tashkil etmaydi, sababi 
gidromorfizm turli tabiiy zonalarda va gidromorfizmning turli tiplarida turli tipdagi 
tuproq paydo bo'lish jarayoni bilan birgalikda sodir bo'lishi mumkin.  Tuproq hosil 
bo'lishining gidroakkumulyativ (subakvalli, suvosti) bosqichi uchun mangro va marsh 
tuproqlarning hosil bo'lishi xarakterli. Gidromorf bosqichida allyuvial (sohil) va 
botqoq tuproqlar ajratiladi. Nihoyat, tuproq paydo bo'lishining mezogidromorf 
bosqichida profilining faqat pastki qismi gidromorfizmga uchragan turli xildagi yarim 
botqoqlangan, botqoqlangan va o'tloq tuproqlar ajratiladi. Tabiiyki, ko'pincha 
sho'rxoklar, sho'rtoblar, solodlar, soxta gleyli va boshqa tuproqlarning shakllanishi 
gidromorfizm bilan bog'liq, ammo sistematik jihatdan ular mustaqil holda qaraladi, 
sababi ular uchun boshqa jarayonlar yo'naltiruvchi hisoblanadi. Shunday qilib, aynan 
gidromorf tuproqlar deb, mangro, marsh, allyuvial va botqoq tuproqlarga aytiladi. 
Daryo sohili allyuvial (qayir) tuproqlari. Daryo vodiylarining davriy ravishda 
toshqin suvlari bosib turadigan qismi sohil (qayir) deb ataladi. Allyuvial (sohil, qayir) 
tuproqlarning katta gruppasi daryo vodiylarining sohil terrasalari (supalari)da 
shakllanadi. Amalda  barcha daryo sohilga ega. Daryo qancha katta bo'lsa, uning sohili 
shuncha keng, garchi, er yuzasining umumiy geografiyasiga bog'liq ravishda, ba'zan 
gorizontlar tusining olachiporligi: ko'kimtir (zangori, yashilsimon) va oxrali (sarg'ish, qizil), zangli dog'larning navbatma-navbat almashinishidan kelib chiqadi. Qaytarilish va oksidlanish sharoitlarning davriy almashinib turgan holatida tuproqning yuqori konkretsiyaliligi - tuproq asosiy massasining oqartirilishi va temir va marganets birikmalarining konkretsiyalarga segregatsiyalanishi (aylanishi) kuzatiladi. Suvlarning qisman oqib ketishi yoki doimiy oqishi evaziga oshiqcha namlangan holatida, suvda eriydigan, shu jumladan temir birikmalarining yuvilib ketilishi sodir bo'ladi va bu gley- elyuvial yoki yolg'on gley gorizontlarning shakllanishiga olib keladi.Odatda tuproqlarning turli darajada gleylangan gorizontlari uchraydi. Gleysimon tuproqda gleylanish ayrim dog'lar holida ifodalangan; gleylida – yaxlit gley gorzont mavjud. Tuproqlar yuza- va chuqur-gleysimon, yuza- va chuqur-gleyli bo'lishi mumkin. Gidromorf tuproqlar sistematikasi. Umuman aytganda, gidromorf tuproqlar klassifikatsion jihatdan tuproqlarning bir butun guruhini tashkil etmaydi, sababi gidromorfizm turli tabiiy zonalarda va gidromorfizmning turli tiplarida turli tipdagi tuproq paydo bo'lish jarayoni bilan birgalikda sodir bo'lishi mumkin. Tuproq hosil bo'lishining gidroakkumulyativ (subakvalli, suvosti) bosqichi uchun mangro va marsh tuproqlarning hosil bo'lishi xarakterli. Gidromorf bosqichida allyuvial (sohil) va botqoq tuproqlar ajratiladi. Nihoyat, tuproq paydo bo'lishining mezogidromorf bosqichida profilining faqat pastki qismi gidromorfizmga uchragan turli xildagi yarim botqoqlangan, botqoqlangan va o'tloq tuproqlar ajratiladi. Tabiiyki, ko'pincha sho'rxoklar, sho'rtoblar, solodlar, soxta gleyli va boshqa tuproqlarning shakllanishi gidromorfizm bilan bog'liq, ammo sistematik jihatdan ular mustaqil holda qaraladi, sababi ular uchun boshqa jarayonlar yo'naltiruvchi hisoblanadi. Shunday qilib, aynan gidromorf tuproqlar deb, mangro, marsh, allyuvial va botqoq tuproqlarga aytiladi. Daryo sohili allyuvial (qayir) tuproqlari. Daryo vodiylarining davriy ravishda toshqin suvlari bosib turadigan qismi sohil (qayir) deb ataladi. Allyuvial (sohil, qayir) tuproqlarning katta gruppasi daryo vodiylarining sohil terrasalari (supalari)da shakllanadi. Amalda barcha daryo sohilga ega. Daryo qancha katta bo'lsa, uning sohili shuncha keng, garchi, er yuzasining umumiy geografiyasiga bog'liq ravishda, ba'zan  
 
bunday  ham bo'lmasligi mumkin. Sohillarning eng katta massivlari Dnepr, Oka, 
Volga, Kama, Irtish, Obь, Lena, Amur va boshqa yirik daryolarning va shuningdek 
O'rta Osiyoning Amudaryo, Sirdaryo, Chu, Zarafshon va boshqa daryolarning 
vodiylarida tarqalgan. Daryo sohillari er shari quruqligining 3% ga yaqin maydonini 
ishg'ol etadi. Sohil terrasasi – har yili toshqin paytida suv bosadigan, daryo vodiylari 
sistemasidagi terrasalarning eng pastki va yoshi hisoblanadi. Turli daryolarda toshqin 
davri, daryo suvining hosil bo'lish xarakteriga ko'ra, daryo xavzasidagi qor erishi, 
boshlanish qismidagi muzliklarning erishi, mussonli jala yomg'ir suvlari bilan bog'liq 
bo'lishi mumkin, ammo odatda u yoki bu vaqtda har bir daryoda toshqin davri mavjud. 
Boshqariladigan daryolarda toshqinning vaqti va hajmi inson tomonidan suv 
omborlarida suvni to'plash va asta sekin qo'yib yuborish orqali to'liq tartibga solinadi. 
Daryo sohilida ikkita o'ziga xos jarayon – sohilli va allyuvialli jarayonlar mavjud. 
Mustaqil ishlash uchun savollar. 
1.  Gidromorf tuproqlar hosil bo’lish sharoitlarini tushuntiring? 
2.  Gidromorf tuproqlar hosil bo’lishidagi o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayonini 
ta’riflang? 
3.  Gidromorf tuproqlar klassifikasiyasini izohlang? 
bunday ham bo'lmasligi mumkin. Sohillarning eng katta massivlari Dnepr, Oka, Volga, Kama, Irtish, Obь, Lena, Amur va boshqa yirik daryolarning va shuningdek O'rta Osiyoning Amudaryo, Sirdaryo, Chu, Zarafshon va boshqa daryolarning vodiylarida tarqalgan. Daryo sohillari er shari quruqligining 3% ga yaqin maydonini ishg'ol etadi. Sohil terrasasi – har yili toshqin paytida suv bosadigan, daryo vodiylari sistemasidagi terrasalarning eng pastki va yoshi hisoblanadi. Turli daryolarda toshqin davri, daryo suvining hosil bo'lish xarakteriga ko'ra, daryo xavzasidagi qor erishi, boshlanish qismidagi muzliklarning erishi, mussonli jala yomg'ir suvlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ammo odatda u yoki bu vaqtda har bir daryoda toshqin davri mavjud. Boshqariladigan daryolarda toshqinning vaqti va hajmi inson tomonidan suv omborlarida suvni to'plash va asta sekin qo'yib yuborish orqali to'liq tartibga solinadi. Daryo sohilida ikkita o'ziga xos jarayon – sohilli va allyuvialli jarayonlar mavjud. Mustaqil ishlash uchun savollar. 1. Gidromorf tuproqlar hosil bo’lish sharoitlarini tushuntiring? 2. Gidromorf tuproqlar hosil bo’lishidagi o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayonini ta’riflang? 3. Gidromorf tuproqlar klassifikasiyasini izohlang?