Global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

36,4 KB


 
 
 
 
 
 
Global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi. 
 
Reja: 
1. Inson ma’naviyatini shakllantiradigan omillar.  
2. Xalqaro miqyosda ro‘y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak 
ma’naviyatning dolzarbligi masalalari.  
3. Globallashuv va ma’naviy inqiroz. 
 
Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini 
nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta 
og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish 
mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan 
ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish 
imkoniyatini 
ommaviy 
ongda 
yangicha 
axloqning 
shakllanishi 
va 
mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi 
bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-
atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan 
natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.  
Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi 
tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va 
odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi 
umuminsoniy muammolar echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur 
muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u 
muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks 
ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan 
dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti 
internatsionallashuvining 
keskin 
o‘sishi 
bilan 
belgilanadigan 
ijtimoiy 
munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi 
Global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi. Reja: 1. Inson ma’naviyatini shakllantiradigan omillar. 2. Xalqaro miqyosda ro‘y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi masalalari. 3. Globallashuv va ma’naviy inqiroz. Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l- atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi umuminsoniy muammolar echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin o‘sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi  
 
yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni 
shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, 
zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan 
olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor.  
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat 
ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, 
qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu 
sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi 
to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va 
ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy 
jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda 
qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, 
ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham 
hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? 
Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni 
amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish 
mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga 
harakat qilayotgan bosh masalalardir.  
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos 
kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik 
turli qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi.  
Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar 
eskicha qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Ular o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan 
tashqi yoki ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga 
ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi 
va nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki 
ularning ongiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. 
Ichki omillar inson manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki 
bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-sharoit va 
etarli asoslar paydo bo‘lgan hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan 
yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor. Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir. Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan tashqi yoki ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-sharoit va etarli asoslar paydo bo‘lgan hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan  
 
savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili 
albatta hisobga olinishi lozim.  
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. 
Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, 
davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z 
muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof 
muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, 
bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham 
bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab 
bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday 
hollarda mazkur siyosat boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga 
oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda 
yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p 
kuzatiladi.  
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy 
aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning 
turli burchaklarida jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, 
demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv 
manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora 
ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq 
anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob’ektiv ehtiyoj hozirning 
o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning 
ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda.  
Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham 
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va 
mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter 
inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-
shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda 
nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari 
(texnokratik 
optimistlar) 
sobiq 
izdoshlarining 
bir 
qismini 
ham 
qanoatlantirmayapti.  
savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi. Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda. Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl- shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.  
 
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat 
uchun shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning 
zamirida tabiat va uning resurslariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. 
Tegishli qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan 
sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z 
ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat 
imkoniyatlari va o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra 
o‘zgartiradi, degan dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik 
va demografik tangliklar, balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda 
avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob’ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan 
amaliyot bilan to‘qnashadi. SHu bois O‘zbekistonda aynan ma’naviy 
inqirozning oldini olish maqsadida 1994 yilda “Ma’naviyat va ma’rifat” 
jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996 yilda markaz faoliyatini 
takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va unga ko‘ra 1997 
yildan barcha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish joriy 
qilindi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida 
Ma’naviyat va ma’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviyat 
kengashi tashkil qilindi. 2008 yilda respublikamiz prezidenti Islom Karimov 
o‘zining “YUksak ma’naviyat engilmas kuch” asarida ma’naviy tahdidlar va 
ma’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero “Ma’naviyat-insonning 
ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”1, faqat ma’nan etuk insongina har qanday 
tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin.  
YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, 
ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash 
mo‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga 
aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga 
muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan 
taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta 
olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, 
mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi 
                                          
 
1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б.18. 
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurslariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar, balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob’ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi. SHu bois O‘zbekistonda aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994 yilda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996 yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish joriy qilindi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Ma’naviyat va ma’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviyat kengashi tashkil qilindi. 2008 yilda respublikamiz prezidenti Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat engilmas kuch” asarida ma’naviy tahdidlar va ma’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero “Ma’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”1, faqat ma’nan etuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin. YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi 1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б.18.  
 
antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani 
muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga 
asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning 
tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish 
ko‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va 
koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga 
tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini 
yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q.  
Dunyo xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yo‘liga yanada 
ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan 
ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar 
haqidagi ilmiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek 
odamlarning yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o‘z javobgarligini yanada 
teranroq tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, 
zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi insonning o‘z faoliyati 
natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va 
bashorat qilish qobiliyatini ko‘p karra oshiradi. SHu sababli ijtimoiy va ishlab 
chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning 
inson uchun ham, atrof muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa 
oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va 
tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida 
ahamiyat kasb etadi.  
So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga 
tobora ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Bu erda jonli organizmlarni, shu jumladan 
insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng 
imkoniyatlar ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni 
yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga 
shakllanadi, qolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari 
bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir.  
SHu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik 
masalalari yana birinchi o‘ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat 
ayrim insonning, balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita 
antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish ko‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q. Dunyo xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yo‘liga yanada ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek odamlarning yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o‘z javobgarligini yanada teranroq tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi insonning o‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko‘p karra oshiradi. SHu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga tobora ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Bu erda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir. SHu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana birinchi o‘ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita  
 
bo‘ysundiruvchi inson faoliyatini butunlay o‘zgartirish lozimligini ifodalovchi 
«ilmiy insonparvarlik» atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu 
xususda: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan 
mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini 
ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqibatda 
jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin»2 degan edi. 
Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan 
universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati er kurrasida 
yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu 
sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq 
me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning 
ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan.  
Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy 
tizimini yaratishning boshlang‘ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, 
davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro‘yobga 
chiqarish mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, 
P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar 
etikasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Uning bizgacha turli ko‘rinishlarda 
etib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy 
chorlov sifatida yangraydi: «O‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, 
boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz 
liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704) insonning uzviy huquqlari 
(yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari 
surdi. Alisher Navoiy o‘zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», 
«adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga 
bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. 
Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul 
qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 
yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi 
umumiy normaga aylandi.  
                                          
 
2 И.А. Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2016. – Б.12. 
bo‘ysundiruvchi inson faoliyatini butunlay o‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik» atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu xususda: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin»2 degan edi. Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati er kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan. Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini yaratishning boshlang‘ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro‘yobga chiqarish mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Uning bizgacha turli ko‘rinishlarda etib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi: «O‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy o‘zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi. 2 И.А. Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2016. – Б.12.  
 
Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z 
mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat 
qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan 
turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari 
harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, 
ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora 
qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni 
e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.  
 
Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.